Mavzu. Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish (uchta o‘zaro teskari masala)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash. O‘zaro teskari masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real ob’yektlar (masalan, teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi.
Tarbiyaviy: o‘zi yashab turgan joyining tarixini o‘rganishga chaqirish, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, masala yechish malakalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga o‘tilgan mavzular yuzasidan savollar beriladi.
1) Paletka nima? ( Shakllar yuzini topish uchun ishlatiladigan shaffof plastinka )
2) Undan qanday foydalaniladi?( Shakl ustiga paletkani qo‘yib, undagi to‘liq kvadratlar, hisoblab, unga to‘liq bo‘lmagan kvadratlarni sanab ikkiga bo‘lib qo‘shiladi )
3) Agar uchrashma harakatda jismlar bir-biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular sarflaydigan vaqt qanday bo‘ladi? (Agar jismlar bir – biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular uchrashguncha bir xil vaqt sarflaydilar)
4) Harakat vaqtini topish qanday amalga oshiriladi? ( Harakat vaqtini topish uchun masofa tezlikka bo‘linadi)
5) Masofani qanday topish mumkin? ( Masofani topish uchun harakat vaqti tezlikka ko‘patiriladi )
6) Siz yashab turgan shahar yoki qishloqning nomlanishi tarixini bilasizmi?
7) Sportning qaysi turlari harakat tezligiga bog‘liq? ( Velosport, yugurish, uzunlikka sakrash…. )
8) Shakllarning yuzini solishtirib nimalarni aniqlash mumkin? ( Ularning katta – kichiklagini, bir – biridan farqini aniqlash mumkin )
Savollar javobini o‘qituvchi to‘ldirishi, tahlil qilib borishi lozim
III. Yangi mavzuning bayoni.
439-m.
Rasmda berilgan hayvonlar o‘rinlarida emas ekranning chap tarafida qo‘llarida chipta bilan turadi. Sichqoncha bilan borib chiptaga ko‘ra joylashtiriladi. Agar to‘g‘ri joylashtirilsa, hayvonlar o‘tiradi agar joylashmasa yo‘q degan ma’noda boshini silkitadi.
Bu mashqda o‘quvchilar chiptasiga qarab hayvonlarni joyiga joylashtiradilar.
Ekran yordamida koordinata burchagi mavzusi tushuntiriladi.
Son nurida berilgan nuqtalar nomini o‘quvchilar aytadilar.
O‘quvchilarga koordinata to‘ri qanday chizilshi tushuntiriladi. Bunda O nuqta (koordinata boshi) tanlanadi va undan o‘zaro perpendikular ikki OX hamda OY sonli nurlar o‘tkaziladi. Bu nurlar koordinata o‘qlari deb atalishi, hamda har qanday nuqtaning joylanish o‘rni ikki koordinata bilan aniqlanishi ko‘rsatib beriladi. OX gorizontal o‘q bo‘yicha, OY vertikal o‘q bo‘yicha topiladi.
Yangi mavzu ekranda tushuntiriladi. Ovozga qarab nuqtalar ekranda paydo bo‘ladi.
440-masala sharti o‘qilgach,
Uning yechish rejasi ishlab chiqiladi.
1 – masala. Ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashishdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha?
Masalaga mos chizma doskada chiziladi va shu chizma asosida masala tushuntiriladi va birgalikda yechadilar.
Agar piyodalarning yurgan vaqti va harakat tezligi ma’lum bo‘lsa, masofani toppish uchun ikkala piyodaning tezligini qo‘shib, keyin uni sarflangan vaqtga ko‘paytiriladi. S = T ∙ ( V + V)
1) 3 km/soat + 4 km/soat = 7 (km/soat) bu piyodalarning tezligi
2) 7 km/soat ∙ 3 soat = 21 (km) ular bosib o‘tgan masofa yoki qishloqlar orasidagi masofa
2-masala. Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Ular necha soatdan keyin uchrashadilar?
Bu o‘rinda tezlik va masofa ma’lum bo‘lib, piyodalarning sarflagan vaqtini toppish talab etiladi. Bunda vaqtni toppish masofani tezlikka bo‘lish lozim.
T = S : V
1) 3 km/soat + 4 km/soat = 7 (km/soat) bu piyodalarning tezligi
2) 21 km : 7 km/ soat = 3( soat) bu sarflangan vaqt
3– masala. Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar. Piyodalardan birining tezligi 3 km/ soat, ikkinchisinikini toping.
Bu o‘rinda ikkinchi piyodaning tezligini toppish uchun masofani vaqtga bo‘lib, chiqqan umumiy tezlikdan piyodalardan birining tezligini ayirish kifoya.
1) 21 km : 3 soat = 7 (km/soat ) Bu piyodalarning birgalikdagi umumiy tezligi
2) 7 km/soat – 3 km/soat = 4 (km/soat ) ikkinchi piyodaning tezligi
Ko‘rinib turibdiki, masofa, vaqt va tezlikni topishda bizga quyidagi formulalar yordamga keladi.
T = S : V S = T ∙ ( V + V) V = S : T
I. Yangi mavzuni mustahkamlash.
441-m. Tomonlari
6 dm va 4 dm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak hamda tomoni 5 dm bo‘lgan kvadratning
perimetri va yuzini hisoblang. Bu shakllarning
perimetrlarini, so‘ngra yuzlarini taqqoslang.
Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga formula asosida masala yechishning qulayligi tushuntiriladi va masalalardan namunalar beriladi.
V. Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa qilib 442 misol beriladi.
VI. O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.
O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi va rag‘batlantiriladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.