KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI
Оценка 4.9

KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI

Оценка 4.9
doc
31.01.2023
KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI
KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI.doc

 

KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI XUSUSIYATLARI

 

Ibragimova Dilbar Atxamovna

Chirchiq OTQMBYu ingliz tili fani katta o‘qituvchisi

 

Annotatsiya: Ushbu maqola fazoviy ob'ektlar nomlarining leksik va semantik xususiyatlarini turli strukturaga ega tillar tarkibida o‘rganishga bag‘ishlangan. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida yulduzlar nomining leksik-semantik xususiyatlariga oid yangiliklarni ham qamrab o‘tadi. Maqolada yulduzlar nomining nominativ va leksik-semantik xususiyatlarni tahlil qilish natijalari, shuningdek kosonimlarning ekstralingvistik omillarining kosmik ob'ektlarni nomlash jarayoniga ta'siri borasidagi fikrlar ham keltirilgan. Shu bilan birga kosmik ob'ektlarning lingvistik holati, kosonimlarning onomastik fazoda joylashishi muammosi to‘g‘risida turli xil fikrlar ham o‘rin olgan. Zamonaviy ingliz, rus va o‘zbek tillarda ekstralingvistik omillar kosonimlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sirining  tahlil natijalar keltirilgan.

Аннотация: Сравнительный анализ лексическо-семантических особенностей звездных имен в современном английском, русском и узбекском языках.

В статье рассматриваются лексические и семантические особенности названий космических объектов, а именно названия звезд на контрастных языках. В статье представлена ​​попытка проанализировать имена звезд из точки зрения их семантики, особенно на английском, французском и русском языках, и сделать их сравнительными анализ. В статье освещены результаты комплексного анализа номинативных и лексико-семантических особенностей космонемов, а также влияние внелингвистических факторов на процесс выдвижения внеземных объектов. А также содержат информацию о лингвистическом статусе космических объектов, излагают различные мнения по проблеме места космонимов в ономастической области. Внелингвистические факторы, влияющие на возникновение и развитие космонимов, было обнаружено. Кроме того, результаты сравнительного анализа семантических особенностей имен звезд в современном английском языке, русском и узбекском языках были выделены.

Annotation: The Comparative Analysis of Lexical - Semantic Features of the Star Names in the Modern English, Russian and Uzbek languages.

The article deals with the lexical - semantic features of names of space objects, namely the names of stars in the contrasted languages. The article presents an attempt to analyze names of stars from the view point of their lexical - semantics particularly in English, Russian and Uzbek languages, and to make their comparative analysis. The paper highlights the results of complex analysis of the nominating and lexical-semantic peculiarities of cosmonims as well as the influence of extra-linguistic factors on the process of nominating the non-terrestrial objects and also contains the information about the linguistic status of the space objects, providing different opinions on the problem concerning the place of cosmonims in the onomastic field. The peculiarities of their nomination have been studied. The extra-linguistic factors, which influence the appearance and the development of cosmonims have been revealed. Alongside, the results of comparative analysis of lexical-semantic features of the star names in modern English, Russian and Uzbek languages have been highlighted.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 noyabr sanasida 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konseptsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilinishi ota-bobolarimiz, xususan, buyuk o‘zbek astronomi Mirzo Ulug‘bek bobomiz qilgan ishlarining uzviy davomidir. O‘zbekiston Respublikasi 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konseptsiyasini amalgam oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi [1] ushbu ilmiy izlanishning asosli va maqsadli ekanini anglatib, shu bilan birga, fazoviy ob'ektlar nomlarining leksik va semantik xususiyatlarini ingliz, rus va o‘zbek tillari tarkibida o‘rganishga, yulduzlar nomining leksik-semantik xususiyatlariga oid yangiliklar, tahlil natijalari, shuningdek kosmik ob'ektlarning lingvistik holati, fazoda joylashgan kosonimlarning onomastik muammosi to‘g‘risida turli xil fikrlarni ilgari surish va muhokamaga qo‘yish davr talabi ekanini oshkor etdi.

Ilmiy muammoning bayoni va uning ahamiyati. Astronomiya va kosmonika,  onomastikaning kosmik ob'ektlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ikka muhim yo‘nalishini anglatadi. Astronomiya tadqiqotlari osmon jismlarining nomlari, ya'ni sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar va meteoritlarning nomlarini o‘rganadi. Kosmonimika esa samoviy jismlarning fazoviy birlashmalarining nomlarini, ular yerga qanday ko‘rinishini o‘rganadi, ya’ni burjlar, yulduz klasterlari, galaktikalar. Astronomiyaning yana bir bo‘lagi bo‘lgan Mastika tarkibiga Astrotoponimiya kiradi – u sayyoralar  va ularning yo‘ldoshlari yuzasida ob'ektlarni belgilash va nomlash bilan shug‘ullanadi (Yerdan tashqari) [4].

Til tizimining tarkibiy qismi sifatida kosmonik lug‘atlar ushbu fan va uning sohalari qonunlariga to‘liq bo‘ysunadi va  o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir qator jihatlarga ega. Onomastik tadqiqotlar tilshunoslar uchun alohida qiziqish uyg‘otadigan sohalardan biridir. Bu borada asarlari muhim o‘rin tutgan taniqli olimlarni alohida  ta’kidlab o‘tish zarur: A.V. Superanskaya, V. D. Bondaletov, V. A. Nikonov, N.V. Podolskaya, E. S. Otin va boshqalar. Kosmonimlar jadal kengayib borayotgan soha bo‘lishiga qaramay, kosmik fazoviy birliklarning lug‘ati, leksik-semantik jihatlari o‘shandan beri deyarli o‘rganilmagan. Kosmonik lug‘at va fazoviy jismlarga bag‘ishlangan asarlari bilan mashxur bo‘lgan Yu. A. Karpenko, M. Rut, F. Yu. Sigel, D. I. Ermolovich, V. P. Tsesevich, V. A. Zvegintseva va boshqalar alohida ajralib turadi.

Uzoq vaqt davomida kosmonika faqat astronomiya fanining o‘rganish ob'ekti bo‘lib keldi. Hozirgi vaqtda kosmik ob'ektlarning nomlari onomastik fazoning sezilarli qismini tashkil etadi va u hali ingliz va o‘zbek tillarida tizimli ravishda o‘rganilmagan. Kosmonimika mavzusidagi lugaviy asarlarning deyarli barchasi asosan samoviy sfera voqeliklarining rus nomlarini o‘rganishga qaratilgan. Zamonaviy ingliz, rus va o‘zbek tillarda yulduz nomlari haqida bilimlarning etishmasligi ushbu sohadagi leksik-semantik xususiyatlari jihatidan to‘liq o‘rganilmagadandir. Bu tadqiqot avvalambor, kosmik birliklarni turli strukturaga ega tillardagi leksik-semantik jihatlarini tasniflash bilan boshlanadi. Ushbu maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, bu tadqiqot o‘zbek tilidagi o‘z yo‘nalishidagi ilk ilmiy ish bo‘lib, yulduzlar nomlarining leksik xususiyatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan va ilk bor kosmik ob'ektlarning nomlarini uch hil strukturaga ega tillar ortasida qiyosiy tahlil qilish amalga oshiriladi. Tadqiqot ob'ekti kosmik jismlarning nomlarini ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi leksikografik manbalaridan uzviy ravishda foydalanilgan holda amalga oshirilgan [6].

Ilmiy muammoning tahlili. Kosmik ob'ektlarning nomlari nom jihatdan juda murakkab xolatni yuzaga keltiradi. Ba'zi bir nomlar aynan bir millatga tegishli bo‘lgan va aynan ulargagina tushunarli bo‘lgan so‘z bo‘lishi mumkin, misol uchun, yulduzlar turkumidagi burjlarining nomlari: Leo, Лев, Arslon; The Balans, Весы, Tarozu; Twins, Близнецы, Egizaklar; lekin ba’zilari umuman tushunarli bo‘lmasligi mumkin, chunki ular arab, yunon, lotin tillaridan tarjimasiz olingan,  misol uchun, Deneb - “Quyruq”(arab.), Mira – “Ajoyib” (lotin.) kabi yulduzlarning nomlari [2]. Ba'zi yulduzlarda esa yunoncha (Arcturus, Antares, Sirius) va lotin nomlari bor (Polaris, Chapel, Regulus), ammo bu nomlarning aksariyati arab tilidan kelib chiqqan - Dubhe, Aldebaran, Denebola, Akrab, Alkaid, Metzar. Buning sababi, O‘rta asrlarda ilg‘or fan va ilm tili arab tili bo‘lgan va ilm-fan markazi Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari bo‘lgan. Asosiy arab tilidagi nomlar Aleksandriya astronomi Klavdiy Ptolemey (II asr) "Almagest" asaridan olingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yulduzlar nomining asosiy qismi yulduzlar turkumidan kelib chiqadi, misol uchun, Katta Ayiq turkumidagi eng yorqin yulduz arabchada Dubge – the Bear, Медведь, Ayiq; Qarg‘a yulduz turkumidagi Algorab (arab.) – the Raven, Ворон, Qarg‘a. Ba'zi yulduzlar nomlari ularning joylashgan o‘rnilariga emas, balki koinotdagi atrof muhitdan kelib chiqib nomlangan, misol uchun, Gidra yulduz turkumidagi Alphard yulduzi – the Solitary one, Одинокая, Yolg‘iz deb nomlanadi, chunki samoning o‘sha qismida boshqa yorqin yulduzlar yo‘q. Samodagi joylashgan joyiga ko‘ra eng mashhur yulduzi bu Polaris - the Polar Star, Полярная звезда, Qutb yulduzi [3,5]Ushbu yulduzning ilmiy nomi uning Qutbda harakatsiz turishidan dalolat beradi. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi yulduzlarning asosiy qismining nomlari arab, yunon va lotin tillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tarjimasiz) kirib kelgan. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi xollarda bunday nomlashlar so‘zlar ortasida tafovutni yuzaga keltiradi, ammo bu yo‘sindagi yulduz nomlarining talqini oz bo‘lsada uchraydi, misol uchun, rus tilidagi (Andromeda yulduz turkumidagi) Almak yulduzining rus tilidagi ekvivalenti “Сандалия” bo‘lib (Ptolomeyning “Almagest” asarida bu yulduzni “chap tovondagi yulduz” deb nomlagan), bu nom uning yulduzlar turkumidagi joylashgan joyiga nisbatan qo‘yilgan, ammo Almak so‘zi arab tilida sut emizuvchilar turkumining susarsimonlar oilasiga mansub xayvon nomi bilan bog‘liq , ayni paytda ingliz tilida yulduzlarni nomini silovsin xayvoni bilan bog‘lash odat tusiga kirgan (the Desert Lynx) va bu xolat zamonaviy yondashuv xisoblanadi [8,9,10].

Теория и методика ономастических исследований” jamoaviy monografiyasi mualliflarining ta’kidlashlaricha, samoviy jism va obektlarga nom tanlashda ularning yuzasini inobatga olgan xolda amalga oshirish juda ham ko‘p uchraydigan va ommalashgan xolat xisoblanadi, chunki ming yillar davomida insoniyat samoga o‘z bilgan va anglagan barcha bilimlarini o‘rnatib bo‘lgandi [7].

 

Xulosa. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi yulduzlar nomlarining leksik-semantik tahlili quyidagi xulosalarga asos bo‘ladi:

1. Astronomlar, etnograflar va folklorshunoslar uzoq vaqtlardan buyon samoviy jismlarning nomlari va ularning izohi bilan qiziqib kelishadi, ammo kosmik obektlar nomlariga bog‘liq onomastik materialni ilmiy o‘rganish natijasida ushbu xolat aniqlandiki, barcha qiziqishlarning boshlanishi tilshunoslarning aynan shu yo‘nalishdagi leksikaga e’tibor qaratganlaridan keyingina boshlangan. Kosmik obektlar onomastikada ikki termin bilan ifodalanadi – kosmonimlar (fazoviy kosmik obektlar) va astronimlar (samoviy jismlar) [6].

2. Samoviy jismlarining nomlarida ham lingvistik, ham ekstralingvistik faktorlar namoyon bo‘ladi, bu faktorlar o‘z navbatida usha xalqning ijtimoiy, tarixiy, madaniy va ma'naviy hayotini aks ettiruvchi omillarni ham aks ettiradi.

3. Yulduzlarning nomlarini qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi kosmik obektlar nomlarining asosiy qismi arab, lotin, yunon va boshqa tillar bog‘liq holdagi  ekvivalentlardan iborat ekanligini ko‘rsatdi, faqatgina oz qismida millatning milliylik darajasi kuchliligi bois farq qiladi.

Manbaa va adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 noyabr sanasida 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konseptsiyasining loyihasi.

2. Бондалетов В. Д. Русская ономастика / В. Д. Бондалетов. – М. : Просвещение, 1983.

3. Зигель Ф. Ю. Сокровища звездного неба. Путеводитель по созвездиям / Ф. Ю. Зигель. – М. : Наука, 1968.

4. Карпенко Ю. А. Астронимика / Ю. А. Карпенко // Русская ономастика и ономастика России. Словарь / под ред. Н. О. Трубачёва. – М. : Школа-Пресс, 1994.

5. Карпенко Ю. А. Названия звездного неба / Ю. А. Карпенко. – М. : Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2010.

6. Никонов В. А. Космонимика Поволжья / В. А. Никонов // Ономастика Поволжья : материалы III конференции по ономастике Поволжья. – Уфа : Академия наук СССР ; Башкир. филиал Ин-та этнографии им. Н. Н. Миклухо-Маклая ; Башкир. гос. ун-т, 1973.

7. Суперанская А. В. Теория и методика ономастических исследований / Александра Васильевна Суперанская, Велта Эрнестовна Сталтмане, Наталия Владимировна Подольская, Александр Хамитович Султанов ; отв. ред. А. П. Непокупный. – 2-е изд. – М. : Изд-во ЛКИ, 2007.

8. Dictionary of Modern Star Names. Kunitzsch Paul, Smart Tim. – London : Press, 2006.

9. Oxford Advanced Learner’s Dictionary of Current English. – Oxford University Press, 1998.

10. Ўзбекистон ССР фанлар академияси/А.С.Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти// Русча - Ўзбекча Луғат// I ва II – том/ Тошкент, 1984.

 

 


KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA

KOSMONIMLARNING INGLIZ, RUS VA

Кроме того, результаты сравнительного анализа семантических особенностей имен звезд в современном английском языке, русском и узбекском языках были выделены

Кроме того, результаты сравнительного анализа семантических особенностей имен звезд в современном английском языке, русском и узбекском языках были выделены

Ilmiy muammoning bayoni va uning ahamiyati

Ilmiy muammoning bayoni va uning ahamiyati

Ushbu maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, bu tadqiqot o‘zbek tilidagi o‘z yo‘nalishidagi ilk ilmiy ish bo‘lib, yulduzlar nomlarining leksik xususiyatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan va…

Ushbu maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, bu tadqiqot o‘zbek tilidagi o‘z yo‘nalishidagi ilk ilmiy ish bo‘lib, yulduzlar nomlarining leksik xususiyatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan va…

Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi xollarda bunday nomlashlar so‘zlar ortasida tafovutni yuzaga keltiradi, ammo bu yo‘sindagi yulduz nomlarining talqini oz bo‘lsada uchraydi, misol uchun,…

Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi xollarda bunday nomlashlar so‘zlar ortasida tafovutni yuzaga keltiradi, ammo bu yo‘sindagi yulduz nomlarining talqini oz bo‘lsada uchraydi, misol uchun,…

Manbaa va adabiyotlar 1. O‘zbekiston

Manbaa va adabiyotlar 1. O‘zbekiston
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.01.2023