Toshkent Viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Insituti.Aniq Fanlar Fakulteti.
MO’M 17/2- GURUH TALABASI.XAMIDULLAYEVA SHAXNOZANING 8-SINF ALGEBRA FANIDAN “KVADRAT TENGLAMA” MAVZUSI BO’YICHA TAYYORLAGAN 1 SOATLIK DARS ISHLANMASI.
Chirchiq-2020.
DARSNING MAQSADI
Ta`limiy:
O`quvchilarda umumiy ta`lim mahoratini shakllantiriish, ijodiy qobiliyatini o`stirish, Bikvadrat tenglama, kvadrat tenglamalarga keltiriladigan tenglamalar tushunchasini hosil qilish va uni tahlil etish.
Tarbiyaviy:
O`quvchilarga aqliy va axloqiy tarbiya berish, ota-ona va Vatan oldidagi o`z burchlarini chuqur tushunadigan, bilimli va erkin fikrlay oladigan ma`naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:
Mantiqiy tafakkurni, nutqni, xotirani rivojlantirish, BIKVADRAT TENGLAMALAR haqidagi tushunchani mustahkamlash, BIKVADRAT TENGLAMALARNI YECHISH ko’nikmasini shakillantirish.
DARSNING TURI:
Yangi bilim berish
DARSNING USULI:
Suhbat, bahs, kichik guruhlarda ishlash, “O`rgan-o`rgat”, tezkor savollar.
DARSNING USLUBI:
Ko`rgazmali-amaliy.
Dars jihozi
Tarqatma materiallar,
kompyuter,proyektor, slaydlar, reklama roligi.
Tayanch iboralar: tenglama,
kvadrat tenglama, bikvadrat tenglama,
rag’bat va jarima.
Kechikmaslik
O’zaro hurmat
3. Reglamentga rioya
qilish
4. Faollik
5. Erkin fikr
6. O’ng qo’l qoidasi
Darsning oltin qoidasi
Darsning borishi:
DARS REJASI:
I. Tashkiliy qism
“Ta`lim taraqqiyoti—amalda” reklama roligi orqali psixologik iqlim yaratish, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
Darsni muzyoyar usuli orqali o`quvchilarga tanishtirish, kichik guruhlarga bo`lib, ular bilan ishlash orqali olib boramiz.
Endi o’quvchilar lirik chekinish qilamiz.
Sizning yoshingiz nechada bo’lsa yoshingizni uch marta yozasiz.
Hosil bo’lgan sonni, yoshingizning yettiga ko’paytirilganligiga bo’lasiz.
Natijadan ikkini ayirasiz. Qanday son hosil bo’ldi?
Bu son sizga nimani anglatayapti?.................................
Alisher Navoiy va Bobur g’azallari yoki ruboiylaridan namuna ayting.
Mamlakatimizda ta`lim islohotlari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, bugungi darsimizni “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida “O`rgan-o`rgat” usulida olib boramiz.
Shu o`rinda xalqimizning bir purma`no naqli yodimizga tushadi.
“Shunday insonlar borki, biladi, bilishini ham biladi, undan o`rganmoq kerak. Yana shundaylar borki, bilmaydi, bilmasligini ham biladi, u qobil insondir, unga o`rgatmoq kerak. Uchinchi toifadagilar esa bilmaydi, bilmasligini ham bilmaydi, u uyqudadir, uni uyg`otmoq kerak”.
Bu naqliga amal qilib, darsimizni kichik guruhlarga bo`lib, guruhlarni “Abu-Rayhon” “Al-Xorazmiy” “Ibn-Sino” “Ilg’or matematiklar” “Yosh matematiklar” deb nomlaymiz.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun xotira mashqidan foydalanib, guruhlarga savollar beriladi va natijalar rag’bat va jarima kartochkalari bilan baholanadi.
Tezkor savollar
Kvadrat tenglama formulasini yozing .
2. Kvadrat tenglama ildizlarini hisoblash formulasi yozing.
I guruh
II guruh
1. Diskriminant formulasi.
2. Keltirilgan kvadrat tenglama deb qanday tenglamaga aytiladi, ildizlarini hisoblash formulasini yozing.
III guruh
1. Diskriminant nolga teng bo’lsa, kvadrat tenglama nechta yechimga ega?
2. Viyet teoremasi bo’yicha keltirilgan kvadrat tenglamaning ildizlarini topish formulasi.
IV guruh
1. Diskriminant katta noldan, tenglama nechta yechimga ega?
2. x2-5x-6=0 tenglamani Viyet teoremasi yordamida tenglamaning ildizlarini toping.
V guruh
1. Diskriminant kichik noldan, tenglama nechta yechimga ega?.
2. x2-5x-6 keltirilgan kvadrat tenglamani kvadrat uchhadga ajrating.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.