Ta’limiy maqsad : O`quvchilar ongida mahalla to`g`risida kengroq va to`liqroq BKM larni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad: Mahalla- tarbiya o`chog`i ekanligini va uning zamirida insoniyat kamol topishini, milliy urf-odat, an`anlarimiz shakllanadigan manzil ekanligini anglatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mavzu doirasida o`quvchilarning ongi va qalbida vatanga, an`ana va urf-odatlarimizga, o`tmishimizga hurmat hissini rivojlantirish;
Kasbga yo`llovchi: Bunyodkorlik g`oyasi zamirida quruvchilik va fermerlik sohasiga qiziqtirish va kasbga yo`llash. Odam –odam tipida;
Milliy g`oya : Milliy urf-odatlarimiz, an`analarimiz, qadriyatlarimiz misolida ma`naviy yuksalish g`oyasining mavjudligini anglatish.
Darsning maqsadi:
www.agilash.uz@mail.ru
Yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Dars tipi
Dars uslubi
Dars usuli
a) og`zaki, yozma
b) senariyli sahna ko`rinishi
c) ko`rgazmali, amaliy
d) texnikaviy
“Kichik guruhlarga ishlash”, “Aqliy hujum”, “Qo`sh halqa”
“Biz bunyodkor quruvchi”, “Baliq skleti”
didaktik o`yinlari
I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”,
“Barkamol avlod orzusi”
asari ko`rgazmali material, qo`shimcha
adabiyotlardan foydalanish. tarqatma materiallar
kodoskop, slaydlar
Dars Jihozi
Texnik
vositalari
Kodoskop, axborot shakli: matn, animasiya
www.agilash.uz@mail.ru
KUTILADIGAN NATIJALAR:
O`qituvchi uchun :
Berilgan vaqt ichida mavzu mazmunini izchil yoritilishida o`quvchilarni yo`naltira olish.
O`quvchi uchun :
Mustaqil fikr yuritish ko`nikmasini hosil qilish, o`quvchilarda novatorlik mahoratini shakllantirish, tug`ilgan maskan, mahallaga hurmat hissini uyg`otish
www.agilash.uz@mail.ru
Dars adabiyot, tarix, geografiya, chizmachilik fanlari bilan bog`liq holda olib boriladi.
Fanlararo bog`liqligi:
Guruhlarning nomi:
“MAKTAB”
“MAHALLA”
“OILA”
Darsning tashkliliy qismida sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi.
www.agilash.uz@mail.ru
DARSNING BORISHI.
1. Tashkiliy qism (2 daqiqa)
2. Muammoli ta’lim bosqichlaridan muammoli savollar asosida muammoli vaziyatlarni hosil qilish (5 daqiqa)
3. Yangi mavzu doirasida yangi bilimlarni kashf etish (17 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash: “Qo`sh halqa” , aqliy hujum, “Biz bunyodkor quruvchi” didaktik o`yinlar asosida (15 daqiqa)
5. Erkin fikrlashga yo`naltiruvchi tezkor savol –javob (3 daqiqa)
6. Baholash va uyga vazifa (3 daqiqa)
www.agilash.uz@mail.ru
Lets check your knowledge
Questions
O`zaro hurmat va ahillik.
Milliy g`ururni
shakllantirish
O`zgalar fikrini tinglay olish va munosabat bildirish .
Darsdan
Yakuniy
Xulosani
o`zing
chiqar
Vaqt
Mezoniga
rioya qilish
Darsning oltin qoidalari
(ko`chma doskada yoziladi)
www.agilash.uz@mail.ru
II. YANGI MAVZU BAYONI
REJA:
Mahallaga berilgan e`tibor xususida.
Mahalla – ma`naviy- axloqiy qadriyatlar, an`analar saqlanib rivojlantiriladigan maskan.
Mahalla yoshlarni kasb-hunarga yo`llovchi ishsizlarni mehnat bilan ta`minlovchi makon.
Mahalla tarbiya maskani.
www.agilash.uz@mail.ru
O`quvchilarni muammoli vaziyatga olib kirishdan oldin, har bir guruh o`quvchilari guruh nomlarining nomlanishiga to`xtaladi. Mavzu yuzasidan muammoli savollar beriladi.
-Mahalla so`ziga ta`rif bering? Ushbu kunda mahallalarga berilgan e`tibor xususida gapiring?
?
?
?
“MAKTAB”guruhi:
- “Vatan ichra mo`jaz Vatan” iborasini izohlang?
“MAHALLA”guruhi:
“OILA” guruhi:
-”Mahalla o`z-o`zini boshqarish tizimining eng noyob va sharqona usuli” deganda nimani tushunasiz?
“Mahalla” arabcha “Mahallum” so`zidan olingan bo`lib, o`zbeklarning tarixan shakllangan yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko`rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotning o`ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir.
Biz uchun oilamiz ko`z ochib ko`rgan dargoh bo`lsa, mahallamiz muqaddas vatanimiz ichidagi mo`jaz vatandir. Mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag`rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko`z oldida barpo bo`ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.
Asrlar mobaynida mahallalarda ko`pdan-ko`p hayotiy muammolar o`z yechimini topib keladi. To`y marakalar, hayitu-hasharlar ham mahalla ahlisiz o`tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo`lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Mahalla jamiyat uchun ichonchli tayanch va ta`sirchan kuch bo`lib xizmat qilishi lozim
www.agilash.uz@mail.ru
Savollar yuzasidan o`quvchilarning fikr-mulohazalarini tinglaymiz.
Mahalla-oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan joy.
Mustaqillik yillari mahallalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, rivojlantirish masalasiga alohida e`tibor berilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12-sentyabrdagi Farmoniga ko`ra, yurtimizda “Mahalla” xayriya jamg`armasi tashkil etildi. O`z. Res.VM ning 1992 yil 17-oktyabr “Respublika Mahalla xayriya jamg`armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida”gi qarori, Oliy Majlisning 1993 yil 2-sentyabr va 1999 yilning 14-aprelidagi sessiyasida yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish to`g`risida”gi Qonuni tufayli mahallaning maqomi mustahkam huquqiy asosga ega bo`ldi.
Mahallalarda qadimdan bayramlar, hayit kunlari to`y-tantanalarda qo`ni-qo`shnilar, bemorlar, yolg`iz keksalarni sovg`a-salomlar bilan yo`qlash urfga kirgan. Hashar yo`li bilan ko`chalar, mahalla hududini, qabristonlar va tevarak-atrofni obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish, sport maydonchalarini barpo qilish, yo`l va ko`piriklar qurish kishilarning qon-qoniga singib ketgan burch sanaladi
Mahallalarimizda turli-ma`naviy-ma`rifiy, madaniy sport tashkily tadbirlar muntazam o`tkazib turiladi. Masalan “Balli qizlar”, “Balli yigitlar”, “Huquqingizni bilasizmi?”, “Giyohvandlik-asr vabosi”, “Barchamiz terrorizmga qarshi”, “To`rt karra yo`q”, “Namunali oila” kabi ko`rik tanlovlar, sport musobaqalarini o`tkazish doimiy tus olgan.
Har bir oilaning o`z kasb sulolasi bo`lganidek, mahallaning ham uzoq tarixga ega kasb-hunar sulolalari mavjud. Avvaldan ayrim mahallalarning nomi muayyan hunar nomlariga mos shakllangan. Masalan temirchilik, to`quvchlik, zargarlik va hokazo. Shu tariqa hunarlarning umrboqiyligi ta`minlangan.
O`zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do`st – birodar bo`lib ketadi. Odamlar o`zaro quvonch va g`amlarga sherik, farzand tarbiyasiga mas`ul, yutuqlar ham, kamchiliklar ham mahalla ahliga barobar bo`lib tushadi.
www.agilash.uz@mail.ru
Xo`sh aziz o`quvchilarim, I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari haqida nimalarni bilasiz? Ushbu asarda mahalla to`g`risidagi qanday fikrlarni uchratamiz?
www.agilash.uz@mail.ru
MUQADDIMA.
3-17 betlar
“Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asari muqaddima, 4 bob, xotima qismlaridan iborat
Ikkinchi bob.
Мustaqillik-ma`naviy tiklanish va yuksalish.
71-102 betlar
Uchinchi bob.
Ма`naviyatga tahdid – o`zligimiz va kelajagimizga tahdid.
110-119 betlar
To`rtinchi bob.
Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori.
128-159 betlar
ХОTIMA .
171-173 betlar
Birinchi bob.
Ma`naviyat – insonning ulg`ayish va kuch-qudrat manbaidir.
18-65 betlar
www.agilash.uz@mail.ru
Prezident I.A.Karimov ta`kidlaganidek:
Ma`lumki, azaldan o`zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo`lib kelmoqda. O`zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, e`htiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to`y-tomosha, hashar va ma`rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat o`tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo`lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an`analar avvalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o`zini-o`zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas.
(“Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”. 59-bet)
www.agilash.uz@mail.ru
2010-yil “Barkamol avlod yili”deb e’lon qilindi . A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” asari yuzasidan tezkor savol javoblar o`tkaziladi. Savollarga berilgan javoblarni o`quvchilar “Klaster” usulidan foydalanib izohlaydi.
Beruniy asri
nom olgan asr
qaysi asr (11 asr 42 bet )
A. Navoiyga qaysi yurtlarga haykallar qo`yilgan? (Tokiyo, Boku, Moskva 48-bet)
A.Temur siymosiga qo`yilgan haykallar qayerda? (Toshkent, Samarqand, Shaxrizabz)
I bobda nechta shaxs nomlari tilga olingan? (48 nafar)
Buyuk ma`naviy jasorat namunasi deya e`tirof etilgan sana (mustaqillik sanasi
Ushbu asar 2008 yilning Eng yaxshi kitobi nomini olgan
“Din va millatning hujjati” nomiga sazovor bo`lgan vatandoshimiz kim (Burxoniddin Marg`iloniy 40 bet )
“Musilmonlar e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga ega bo`lgan shaxs kim (Imom Motrudiy 39 bet)
“Al-fraganus”nomi bilan mashhur alloma kim ? (Ahmad Farg`oniy 42 bet )
“Teatr –bu ibratxonadir” fikrlari muallifi kim (Bexbudiy 148-bet)
“Ma’naviy jasorat sohibi” deya tilga olingan olim jamoat arbobi kim edi (Ozod Sharafiddinuf 167 bet )
www.agilash.uz@mail.ru
Darsning 3-rejasiga to`xtalganda sinf o`quvchilarining bitiruvchi sinf ekanliklari hisobga olingan holda mahallaning kasb-korga yo`llovchi, ishsizlarni mehnat bilan ta`minlovchi maskan ekanligi ta`kidlanib, ularning qaysi kasblarga qiziqishi, qaysi kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylarni tanlaganliklari so`raladi. Kasblardan quruvchilik kasbiga qiziquvchilar borligi aniqlanib, har qanday binoning mustahkam poydevori, baquvvat ustunlari bo`lishi kerakligi aytilib, bunday binoning uzoq yillar davomida umrboqiy bo`lishi ta`kidlanadi. Shundan so`ng o`quvchilarning fikri bilan “Biz bunyodkor quruvchi” didaktik o`yini tashkil etiladi. Avvalo binoning mustahkam poydevori hosil qilinadi, keyin ketma-ketlikda g`ishtlar qo`yib chiqiladi. Doskada yoki kodoskopda binoning shakli tushurilgan holatda bo`ladi. Uchala guruh fikr-mulohazalarini birlashtirib, ushbu didaktik o`yin tashkil etiladi
www.agilash.uz@mail.ru
“BIZ BUNYODKOR QURUVCHI”
Kasbga yo`llaydi
Ta`lim beradi
Tarbiya beradi
Mehr-muhabbat ulashadi
Ona allasi
Ustozlar o`giti
Ajdodlar ma`naviy merosi
KOMIL INSON
Xalqning boy tarixi
Prezidentimiz asarlari
Asraydi-avaylaydi
O`stiradi
OILA, MAKTAB
MAHALLA
Xalq farovonligi
Yurt tinchligi
Vatan ravnaqi
www.agilash.uz@mail.ru
“BIZ BUNYODKOR QURUVCHI”
An`ana va qadriyatlarni singdiradi
Hayotga tayyorlaydi
Kamol topdiradi
Kasbga yo`llaydi
O`rnak bo`ladi
Ta`lim beradi
Tarbiya beradi
Mehr-muhabbat ulashadi
Ona allasi
Ustozlar o`giti
Ajdodlar ma`naviy merosi
KOMIL INSON
Xalqning boy tarixi
Prezidentimiz asarlari
Asraydi-avaylaydi
O`stiradi
OILA, MAKTAB
MAHALLA
Xalq farovonligi
Yurt tinchligi
Vatan ravnaqi
www.agilash.uz@mail.ru
1-o`quvchi: bu binoni men ushbu kunda o`z hayotim bilan bog`lamoqchiman. Mana hozir katta hayot ostonasida turibmiz. 1-4 sinfda olgan bilimim- mustahkam poydevor edi. Keyingi sinflarda olgan bilimlarim ketma-ket qo`yilgan g`ishtlar timsoli. Bilimlarimni yanada boyitib, mustahkamlash uchun kasb-hunar kollejlariga, akademik o`quv litseylarga o`qishimiz kerak. Komillik, yetuklik cho`qqisi sari intilaversak, bor bilim kuchimiz, salohiyatimizni shu yo`lda sarflab, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo`lida o`z hissamizni qo`shsak, shundagina yurtimiz, mahallamiz, ota-onamizga munosib farzand bo`la olamiz. Zero A.Fitrat aytganidek: bolalarni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun uning tarbiyasiga oilagina javobgar bo`lmasdan, butun jamiyat a`zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama yetuk inson bo`lib tarbiyalansa, jamiyatning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega.
(o`quvchilar fikrlarini kasblarga bog`lab gapiradi)
Dars mavzusidan kelib chiqib yasagan ushbu binomiz sizga qanday fikr uyg`otdi? Siz uni qanday izohlaysiz?
www.agilash.uz@mail.ru
2-o`quvchi: Bu binoga qarab, avvalo “Birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar” maqolining nechog`li haqiqat ekanligini angladim. Ya`ni biz yoshlar ham doimo ezgu g`oyalar yo`lida birlashsak, ezgu ishlarni amalga oshirsak, hech qachon yo`ldan og`ishmaymiz, aksincha yetuklik sari bo`y cho`zaveramiz.
3-o`quvchi: Men bunda mamlakatimiz bo`ylab olib borilayotgan islohotlardan biri bo`lgan, “Qishloqlarda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar misolida izohlamoqchiman. Bu ham kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi bir sobitqadamlilik deb bilaman. Hozirgi kunga mamlakatimizda 42 ta massivda yangi uy-joylar qurilishi boshlangan. Shundan o`zimizning tumanga ham joriy yilga Malikcho`l, Vang`ozi, Zarmeton massivlariga ish boshlangan.
4-o`quvchi: Bu binoni men asosiy 7 ta g’oyalarimiz timsolida izohlamoqchiman: Bunda asosiy g’oya –YURT TINCHLIGI g`oyasini tanladim. Yurt tinch bo’lsa, XALQ FAROVON bo’ladi , o’zi to’q xalq, qo’shniga bera oladi, bu MILLATLARARO TOTUVLIK, DINLARARO BAG`RIKENGLIKni yuzaga keltiradi. Tinch totuv xalqlar IJTIMOIY HAMKORLIK qila oladi. Tinchlik, farovonlik, hamkorlik, bag`rikenglik mavjud bo`lgan joyga VATAN RAVNAQ topadi, ravnaq topayotgan vatan kelajagini esa-jismonan va ma`nan barkamol insonlar ya`ni KOMIL INSONlar qura oladi, uni ravnaqiga hissa qo`shib, asray oladi. Biz yoshlar ham ana shu komillikka intilib yashaylik va doimo bunyodkorlikdan, yaratuvchanlikdan charchamaylik! Tinch va ravnaq topayotgan yurtga to`ylar, bayramlar yarashadi.
www.agilash.uz@mail.ru
Beparvolik va loqaydlik, sotqinlik va xiyonat, xasad va ko`rolmaslik, ommaviy madaniyat kabi ma`naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan illatlardan qochib, oila, maktab, mahalla hamkorligini yanada takomillashtirib farzandlarimizni milliy mafkuraviy immunitetini kuchaytirib, hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlashda ota-ona, maktab, mahalla doimo birgalashib ish olib borishimiz kerak.
Shu o`rinda o`quvchilar tomonidan sahna ko`rinishi ijro etiladi. Undan chiqarilgan xulosada oila, maktab, mahalla hamkorligining samarali natijasi ta`kidlanadi.
Mahallang – ota-onang. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Hunarli kishi xor bo`lmas.
www.agilash.uz@mail.ru
“Rangli qo`sh halqa” usulidan
foydalanib IMOM AL-BUXORIY, ABU RAYHON BERUNIY, IMOM AT-TERMIZIY, BURXONIDDIN MARG`ILONIY, AHMAD FARG`ONIY, AL-XORAZMIY, ABDU XOLIQ G`IJDUVONIY bobokalonlarimizning o`xshash va farqli jihatlari topiladi.
O`XSHASH
FARQI
www.agilash.uz@mail.ru
Qiyoslash bosqichida o`quvchilar “Rangli qo`sh halqa” usulidan
foydalanib IMOM AL-BUXORIY, ABU RAYHON BERUNIY, IMOM AT-TERMIZIY, BURXONIDDIN MARG`ILONIY, AHMAD FARG`ONIY, AL-XORAZMIY, ABDU XOLIQ G`IJDUVONIY bobokalonlarimizning o`xshash va farqli jihatlari topiladi.
O`XSHASH
1. Yurt ravnaqiga hissa qo`shgan.
2. Xalqni ma`naviyatini dunyoga yoygan.
3. Ulug` kashfiyotlar qilishgan.
4. O`zlari tug`ilib o`sgan joy nomlarini taxallus qilib olganlar. O`z nomlari bilan birga vatanlarini ham dunyoga mashhur qilgan
1. Turlicha sohalarda faoliyat ko`rsatishgan.
2. Birlari fan, texnika sohasida ish olib borgan bo`lsalar, birlari dinimizning buyuk darg`alaridir.
3. Turli sohagga oid asosiy manbaalar qoldirganlar.
4. Noyob fazilatlar egalari bo`lishgan.
5. Ularga qo`yilgan muhtasham haykallar turli joylarda joylashgan.
6.Olib borgan ishlariga qarab, turli unvon va sharaflarga ega bo`lishgan
www.agilash.uz@mail.ru
Salomlashish
qoidalari
Yoshi ulug`larga
Hurmat ko`rsatish
Bemor, yolg`iz muhtojlar holidan xabar olish
Kelin qizlarning
ertalab hovli va darvoza
oldini supurishi
To`yga to`yona bilan
borish,
Navro`z oldi hashar
o`tkazish
Taziya marosimlarida
Hamdardlik bildirish
Mehmonni hurmatini
joyiga qo`yish
URF - ODATLAR
BALIQ SKLETI
Har bir jonli-jonsiz narsalarning tuzilishi, o`zagi bo`lgani kabi insonning umurtqa suyaklari ham inson tanasini tik tutib turadi. Xuddi shunday baliqning ham suzishida suyaklari asosiy vazifani bajaradi. Darsimizda baliq suyaklari texnologiyasidan foydalanib, o`tilgan mavzular yodga olinadi va ushbu didaktik o`yin o`ynaladi.
Har bir guruh a`zolari o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`zlariga berilgan “Baliq skleti”ga mos so`zlarni tanlab joylashtiradi. Bunda har bir guruhdan 2 nafardan o`quvchi ishtirok etadi. Chaqqonlik va tezkorlik inobatga olinadi. Sinfning qolgan o`quvchilariga mustaqil ish beriladi. “Mahallam- 10 yildan so`ng mening tasavvurimda ”mavzusida matn yaratish
www.agilash.uz@mail.ru
Beshik to`yi
Nikoh to`yi
Askar kuzatish
Muchal to`yi
Aza marosimlari
Oltin va kumush to`ylar
Diniy marosimlar
Sunnat to`yi
MAROSIMLAR
BAYRAMLAR
Navro`z
Ro`za hayiti
Qurbon hayiti
Mustaqillik
Hosil bayrami
Ustoz va murabbiylar kuni
Xotira va qadrlash kuni
Gullar bayrami
www.agilash.uz@mail.ru
Mahallamning baland, go`zal minori bor,
Asrlarga tengdosh bo`lgan chinori bor.
Vang`ozini dunyolarga mashhur qilgan,
Ne-ne buyuk g`oziy-g`olib dilbandi bor.
Mayli, yurtim, tuprog`ingda giyoh bo`laylik,
Tarixingni bitmoq uchun siyoh bo`laylik.
Mahallam koriga yarasam bir kun…,
Mash`alangni yoqquvchi mayoq bo`laylik.
O`qituvchi o`z ijodidan quyidagi she`rni o`quvchilar bilan birgalikda kuylaydi va darsga yakun yasaydi.
www.agilash.uz@mail.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.