3-Tajriba ishi
Mavzu: Qattik diskka xizmat ko’rsatish
Vinchestor - qattiq disk HDD ( Hard Disk Driver). Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo`llaniladi. Ular OS programmalari, taxrirlagichlar, programma sistemalari, amaliy programmalar va x.k. Vinchester OX hisoblamaganda boshqa qurilmalar ichida eng tez yuqori qo`zg`alish ( 7- 20 millisekund, ms) va o`qish-yozishni 5 Mbaytgacha tezligini ta’minlaydi. Kompyuter foydalanuvchi vinchesterni asosan 3 parametriga qarab aniqlab oladi. Bular – sig`im, tezlik, interfeys. ( HDD SEA CATE – 40-80-120-160, G8, VAHTOR – 40, 80, 120, 250, 200G8.). Sig`im – diskda joylashishi mumkin bo`lgan ma’lumot miqdorini belgilaydi. Eng birinchi IBM RS kompyuterlarida qattiq disk sig`imi 5 MBayt bo`lgan bo`lsa, xozir 800 Mbaytdan to 1,6 Gbaytgacha, xattoki 2-4 Gbaytga etdi. 500 Mbaytli qattiq disklar eskirgan hisoblanib, ishlab chiqarishdan olingan. Vinchester tezligi qo`zg`alish va ma’lumotlarni o`qish-yozish bilan xarakterlanadi. Ko`p kompyuterlarda diskdagi qo`zg`alish 1-12 ms, yangi disklarda 7 -8 ms ga teng. Vinchester asosan EIDE turidagi interfeys bilan kontrollerga ulangan bo`ladi. Hamma kompyuterlarning ona platasida EIDE kontrollari mavjud.
Qattiq disklar uch turda bo’ladi: ichki qattiq disk, qattiq disk, katrij va qattiq disk paketi.
Flupy dikslar ingichka egiluvchan plastmassali disklardan foydalangan bir paytda, qattiq disklar biroz qalinroq, o’tkir uchli metallic qattiq disklardan foydlanadilar.
Qattiq disklar axborotni ancha tez saqlab qoladilar va tiklaydilar va katta sig’imga egadilar. Ular-sezgir qurilmadir. O’qish-yozish asoslari havoning 0.000001 qalinlikdagi dyumidadir. Shunchalik ingichkaki, tutun zarrasi, barmoq izi, chang yoki odamning sochi uchning talofatiga olib keladi. Uchning talafoti o’qish sathi- yozish uchi yoki uning sathidagi zarra magnitli diks sathi bilan aloqaga kirishganda sodir bo’ladi. Uchning talofati- qattiq diskning ishsiz bo’lib qolishi demakdir. Bu degani, diskdagi ayrim yoki barcha ma’lumotlar buziilb ketdi.
Ichki Qattiq disk
Ichki qattiq disk qattiq disk sifatida mashhurdir, chunki u tizim modulining ichida joylashgan. Bundan dastur va katta ma’’lumotlar fayllarini saqlab qolish uchun foydlaniladi. Masalan, deyarli har bir mikrokompyuter o’zining amallari va Word, Excel singari bosh ilovalarni saqlab qolish uchun ichki qattiq diskidan foydlanadi. Ichki qattiq disk konteyner ichida muhrlangan bitta yoki bir nechta metal qattiq disklardan tashkil topgandir. Konteyner disklarni aylantiruvchi dvigatelni o’z ichiga oladi. Unda tanlov richagi, ma’lumotlarni yozib olish va ma’lumotlarni diskdan o’qib olish uchun qizil uchlar bo’ladi. Mikrokompyuterning tashqi tomonidan qaraganda, ichki qattiq disk tizimning SAV-faylidagi bosh panelining qismini eslatadi. Odatda, ichida 4 ta 3 ½-dyumlik oldinga va orqaga yurivchi richagli metallik qattiq disk bo’ladi.
Qattik diskka xizmat ko’rsatish amallari deganda nima
tushuniladi? Malumki, kompyuter yelektr tarmog’iga ulanganda vinchester
diskchalari xarakatga tushadi va uning aylanish tezligi 6500 –10000 martagacha
etadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari
ham ish jarayonida katta kuchlanishga yega bo’ladi va yelektr toki o’tishi
natijasida o’zidan issiklik chiqaradi. Qattik diskka ko’rsatiladigan xizmatlar
undagi malumotlarga ishlov berishdan iborat. Ularni qanday amalga oshirishni
ko’rib chiqamiz.
Diskka fayllar bilan ishlaganda operatsion tizim, o’zaq, katalog, fayllar
joylashish jadvali (FAT – Fail allacation Table ), diskning yuklanish dasturi
yozilgan qismidagi malumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi
buzilsa, diskdagi ma’lumotlardan to’la yoki qisman ham foydalanib bo’lmaydi.
Diskning tizimli bo’limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash
mumkin. Lekin bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko’p vaqt talab
qiladi. Agar tizimli bo’lim fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yoradamida
nusxalanib quyilsa, diskning tizimli soxasi buzilganda uni qayta tiklash ancha
engil bajariladi.
Image. exe dasturi diskning tizimli soxasi xaqidagi ma’lumotlarni Image. dat
fayliga yozib kuyadi. U bu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali
va o’zak katalog xaqida ma’lumotlar tasvirlanadi.
Xar safar Image.exe fayli ishga tushirilganda undagi axborot yangilanib turadi,
faylning avvalgi xolati yesa, Image.bak faylida saqlanadi.
Image.exe faylini ishga tushirish quyidagicha bajariladi:
Agar disk yurituvchi ko’rsatilmasa, faol (joriy) disk
yurituvchi tushuniladi.
Image.bak faylini xosil qilishni bekor qilish uchun Image / Noback buyrug’i
beriladi.
Image dasturining bajarilish vaqti juda qisqa, shuning uchun uni tez-tez
bajarib turish tavsiya yetiladi.
YOrdamchi
diskni tayyorlab ko’yish ham foydalanuvchi uchun muximdir. YOrdamchi disk nima va uning
vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang’ich
yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va ularni ishlatish uchun
(ya’ni boshqarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan
foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma’lumotlar buzilgan bo’lsa, kompyuter ishga
tushmaydi (yuklanish oxiriga etmaydi) yoki ba’zi bir mantikiy disklar (diskdan
yuklanish ruy berganda) «ko’rinmaydi». Bunday xolatda yo’qolgan yoki buzilgan
ma’lumotlarni tiklash oson ish yemas, xatto mutaxassislar uchun ham talaygina
vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur
ma’lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qo’yadi va ularni shu
diskdan qayta tiklab beradi.
YOrdamchi diskni tayerlash uchun 2-3 dakika vaqt sarf yetiladi va xar safar DOS
konfiguratsiyasi o’zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya
yetiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda ko’p keraksiz va bak kengaytmali
fayllar xosil bo’ladi. xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq
disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish
mumkin.
Kompyuterdan qancha ko’p foydalanilsa, qattiq disklar fayllarga to’lib qolish
yeхtimoli shuncha ortadi. Albatta, xar
qanday axborotni ishlatib bo’lingach, xotiradan o’chirish kerak bo’ladi. Lekin
shunda ham bazi bir «keraksiz» fayllar soni ko’payib ketadi. Bunday xollarda
(bazan, axborot xajmi anchagina katta bo’lganda), axborotlarni «siquvchi»
maxsus arxivlash dasturlari qo’llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus
uslublarni qullash xisobiga axborotlarni «siqish» imkonini beradi, yani
axborotning nisbatan kichik xajmdagi nusхasini
yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi.
Bunday dasturlar bilan keyingi bobda tanishasiz.
qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko’rinish)ga yega bo’ladi.
Bu xolat barcha ko’rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida
– fayllarni yozish, o’chirish, qayta yozishda juda ko’p bo’sh joylar xosil
bo’ladi va ko’pgina fayllar bo’lak-bo’lak bo’lib ajralib qoladi.
SHunga o’xshash xollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur,
masalan, Spee Disk yoki Scan Disk dasturlaridan
foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga
ko’chiradi va fayllarning bo’laklarga ajralishini
to’g’rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil
yetadi. SHu bois, vaqti-vaqti bilan kompyuterning barcha mantikiy
disklarini optimallashtirish maqsadga muvofik.
Kompyuterdan foydalanuvchi uning resurs va imkoniyatlarini yaxshi bilishi
kerak. Kompyuterning asosiy tashkil yetuvchilari—markaziy protsessor, kattik
disk (vinchester), xotira va boshqalar uning ishlashi jarayonida katta yuklanma
(nagruzka) oladi. Buni quyidagicha o’xshatish bilan tushuntirish mumkin. xar
bir avtomobil xaydovchisi o’z mashinasida yurish uchun unga doimiy ravishda
benzin quyib turishi, yuvishi, texnik xizmatlar ko’rsatishi va shu kabi
ishlarni o’z vaqtida bajarib turishi lozim. Agar bu ishlar uz vaqtida
bajarilmasa, uning natijasi juda achinarli bo’ladi. xuddi shuningdek,
kompyuterdan foydalanuvchilar ham uni faqat o’z masalalarini echishda yoki
turli xil kompyuter o’yinlarni tashkil yetishda foydalanmasdan, xotiradagi
keraksiz fayllarni o’chirishi, turli o’zgarishlarni to’g’rilashi, fayllar
tizimining butunligini saqlash kabi amallarni bajarib turishi kerak.
Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi kurilma sifatida xizmat kilar yekan,
undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo’lishi kerak. Bunday imkoniyatni
yesa, xar bir foydalanuvchi o’ziga moslab «yaratib oladi».
Bunday muxitga nimalar kiradi?
Birinchidan, kompyuter siz muljallagan ishlarni bajara olishi uchun u etarlicha
xotiraga yega bo’lishi, etarlicha tezlikda ishlay olishi, zarur kurilmalarni
ishlata oladigan dastur ta’minotiga yega bulishi lozim. Bular kompyuterning
texnik jixatdan talabga javob berishini takozo qiladi. Foydalanuvchi ulardan
o’ziga mosini tanlashi maqsadga muvofik.
Ikkinchidan, foydalanuvchi xar kuni amalga oshiradigan ishlarini bajarish uchun
interfeysni qulay xolatga keltirib ko’yishi lozim. Masalan, birgina matn
muxarririga kuniga bir necha marta murojaat kilinishi mumkin. Bunday dasturni
ishga tushirish uchun bir necha katalog ichiga kirish talab qilinmasligi, balki
bosh katalogda (Windows muxitida «Rabochiy stol»da) joylashishi lozim. Bu
dasturlardan foydalanish masalasi.
Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay xolatga keltirish lozim.
Masalan, o’ng qo’l bilan ishlaydiganlar uchun sichqonchaning chap tugmachasi,
chap qo’l bilan ishlaydiganlar uchun o’ng tugmachasi foydalanish uchun qulay
bo’ladi. Ularni operatsion tizimdagi mos parametrlarni o’zgartirish bilan
sozlab qo’yish kerak.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.