МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.
Оценка 5

МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.

Оценка 5
Семинары
docx
физика
Взрослым
30.04.2019
МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.
Bilish vazifalarining qo‘yilishida muammoli savollar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday boshqa usullariga tegishli ravishda qoyiladi. Bilishga doir savol o‘quchilar uchun muayyan darajada qiyin bo‘lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko‘rsatishi va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo‘lishi, ya’ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning zapasiga bog‘liqligini hisobga olishi zarur. Appertseptsiya o‘quvchilarda yangi temaga nisbatan aktiv munosabatni uyg‘otish imkonini beradi, chunki ilgari hosil bo‘lgan vaqtincha aloqalar (singnallar yoki infomatsiyalar) bosh miya qobig‘ida yangi aloqalarning (signallar yoki informatsiyalarning) paydo bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “quvvat” tushunchasini o‘rganishdan oldn “Er kovlovchi bilan ekskovatorning ish qobiliyatlarini qiyoslash uchun ular bajargan ayni bir ishning miqdorini bilishning o‘zi yetarlimi?” degan savol qo‘yiladi. O‘quvchilar savolga javob berishlari uchun mavjud ma’lumotlarning yetarli emasligini payqaydilar va bir ishning o‘zini bajarish uchun ketgan vaqtni ham bilish zarurligini taxmin qilishlari (anglab yetishlari) kerak. Hatto bunday uncha katta bo‘lmagan mustaqil qadam o‘quvchilarni yangi, “quvvat” degan fizik tushunchaning kiritilishini ancha tushunib yetilgan holda zaruriyat deb bilishga olib keladi. Bilishga doir vazifa darsda muammoli namoyish tajribalari formasida qo‘yilishi mumkin. Masalan, “Arximed kuchi” temasini o‘qituvchilar muammoli tajribadan boshlaydilar: dinamometrga metall kubni ilib qo‘yadilar, dinamometrni ko‘rsatuvini qayd qiladilar, so‘ngra kubni suvga tushiradilar va yana asbobning ko‘rsatuvini hisoblaydilar. Shundan keyin o‘quvchilar oldiga poblemali savol qo‘yiladi:
Макола 2019 муаммоли вазият.docx
МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ. Зилола Болтаева Сафаевна ­ Бухоро ВХТХҚТ ва МОҲМ  “Аниқ ва табиий фанлар методикаси” кафедра ўқитувчиси. Bilish vazifalarining qo‘yilishida muammoli savollar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday boshqa usullariga tegishli ravishda qoyiladi. Bilishga doir savol o‘quchilar uchun muayyan darajada qiyin bo‘lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko‘rsatishi va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo‘lishi, ya’ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning zapasiga bog‘liqligini hisobga olishi zarur. bosh   miya   qobig‘ida   yangi Appertseptsiya   o‘quvchilarda   yangi   temaga   nisbatan   aktiv   munosabatni   uyg‘otish imkonini   beradi,   chunki   ilgari   hosil   bo‘lgan   vaqtincha   aloqalar  (singnallar   yoki infomatsiyalar)    aloqalarning   (signallar   yoki informatsiyalarning)  paydo   bo‘lishiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   “quvvat” tushunchasini   o‘rganishdan   oldn   “Er   kovlovchi   bilan   ekskovatorning   ish   qobiliyatlarini qiyoslash uchun ular bajargan ayni bir ishning miqdorini bilishning o‘zi yetarlimi?” degan savol qo‘yiladi. O‘quvchilar savolga javob berishlari uchun mavjud ma’lumotlarning yetarli emasligini   payqaydilar   va   bir   ishning   o‘zini   bajarish   uchun   ketgan   vaqtni   ham   bilish zarurligini taxmin qilishlari (anglab yetishlari) kerak. Hatto bunday uncha katta bo‘lmagan mustaqil qadam o‘quvchilarni yangi, “quvvat” degan fizik tushunchaning kiritilishini ancha tushunib   yetilgan   holda   zaruriyat   deb   bilishga   olib   keladi.   Bilishga   doir   vazifa   darsda muammoli namoyish tajribalari formasida qo‘yilishi mumkin. Masalan, “Arximed kuchi” temasini o‘qituvchilar muammoli tajribadan boshlaydilar: dinamometrga metall kubni ilib qo‘yadilar, dinamometrni ko‘rsatuvini qayd qiladilar, so‘ngra kubni suvga tushiradilar va yana asbobning ko‘rsatuvini hisoblaydilar. Shundan keyin o‘quvchilar oldiga poblemali savol qo‘yiladi: “Nima uchun dinamometr prujinasi endi ozroq cho‘zilyapti? Bu xodisaning sababini kub qirrasidagi (yoqlaridagi, tomonlaridagi) bosimni hisoblab tushuntirib berishga urinib ko‘ring”. O‘quvchilar botirilgan jismga suyuqlik ichidagi bosim ta’siri to‘g‘risidagi bilimlardan foydalanishlari va jismning pastki qirrasiga (tomoniga, yog‘iga) bo‘lgan bosi kuchi   uning   yuqori   qirrasiga   (tomoniga)  bo‘lgan   bosimning   kuchidan   katta   ekanligini, shuning uchun ham jism suyuqlik ichidan turtilib chiqishi haqidagi xulosaga kelish kerak. Shunday qilib, suyuqlikning turtib chiqaruvchi kuchi to‘g‘risida shunchaki aytilib qolmay, balki u ma’lum darajada o‘quvchilar tomonidan aniqlanadi ham.  Muammoli­izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning o‘zaro bog‘liqligi. O‘qitishning   muammoli­izlanish   metodlari   amalda  o‘qitishning   og‘zaki,   ko‘rgazmali   va amaliy metodlari yordamida qo‘llaniladi. Shu sababli o‘quv materialini muammoli bayon qilish metodlari, muammoli va evristik suhbatlar, muammoli­izlanish tipidagi ko‘rgazmali metodlarni   qo‘llash,   muammoli­izlanish   amaliy   ishlarini   yoki   hatto   tadqiqotchilik ko‘rinishidagi ishlarni olib borish haqida gap yuritiladi.  O‘quv   materiallarini  muammoli   hikoya  va  muammoli   tuzilgan   lektsiya  metodida bayon qilish o‘qituvchining bayon jarayonida fikr yuritishini, faktlarni isbotlashini, tahlil qilishini   va   tinglovchilarning   tafakkurini   yanada   aktivroq   va   ijodiyroq   qilib,   o‘ziga ergashtirishini nazarda tutadi. O‘qituvchi materialni shunchaki “bayon qilmaydi”, balki u muammo   ustida   ovozini   chiqarib   mulohaza   yuritadi,   masalani   yechishga   qanday   qilib yondoshishni, uni yechish yo‘llarini qidiradi. Muloxaza yuritish jarayonida ba’zi fikrlarni ular asossizligini ko‘rib inkor etadi (chiqarib tashlaydi), boshqalarini esa rivojlantirib, shu zaylda oxir­oqibat to‘g‘ri va aniq yechimga keladi.    Evristik   va   muammoli­izlanish   suhbati  muammoli   o‘qitish   metodlaridan   biri hisoblanadi.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   oldiga   bir   qator   izchil   va   bir­biri   bilan   o‘zaro bog‘langan savollarni qo‘yadi, o‘quvchilar bularga javob berar ekanlar, ayrim taxminlarni aytishlari va so‘ngra ularning to‘g‘riligini mustaqil isbotlashga harakat qilishlari kerak, bu bilan   ular   yangi   bilimlarni   o‘zlashtirishda   mustaqil   olg‘a   qadam   tashlashga   harakat qiladilar.    O‘qitishning  muammoli­izlanish metodlarida ko‘rgazmali qurollar  endilikda eslab qolishni faollashtirish maqsadida emas, balki darslarda muammoli vaziyatlarni yaratadigan vazifalarni   qo‘yish   uchun   qo‘llaniladi.   Bundan   tashqari,   keyingi   vaqtlarda   ko‘rgazmali qurollar tobora ko‘p tayyorlanmoqdaki, ularda bir qator rasmlar va sxemalar ko‘rinishida o‘quvchilarning qanadydir umumlashtirishni aytib berish, ustun bo‘lgan sababalarni ajratib ko‘rsatish uchun mustaqil fikr yuritishlarini talab qiluvchi muayyan vaziyatlar tasvirlanadi.  Tadqiqotchilik   laboratoriya   ishlari  muammoli   amaliy   ishlarning   qimmatli   turi hisoblanadi.     Bunday   laboratoriya   ishlari   nazariyani   o‘rganishga   qadar   o‘tkaziladi   va o‘quvchilarni ayrim o‘quv “kashfiyotlari”ni qilish zarurligiga ro‘para qiladi.  Lekin muammoli o‘qitishning o‘z­o‘zidan bo‘ladigan ob’ektiv ijobiy ta’siriga umid bog‘lab bo‘lmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga nisbatan alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Bilish vazifalarini qo‘yishda o‘qituvchilar ular qyinligining variantligini ta’minlaydi, bunin uchun bo‘sh o‘zlashtiruvchilarni ancha yengil savollarga javob berishga tortadi, ularning javoblarini   rag‘batlantiradi   va   bu   bilan   ancha   murakkabroq   muammolar   ustida   fikr yuritishga   qatnashish   uchun   qiziqtiruvchi   omil   yaratadi.Bo‘sh   o‘quvchlarga   muammoli tajribalar o‘tkazishni tayyorlash va o‘tkazishni topshirish ayniqsa foydalidir, bu o‘quvchi tafakkurini   faollashtiradi.  O‘qitishga   muammoli   yondoshish,   odatda,   ayni   bir   darsning o‘zida axborot­reproduktiv metod bilan birga qo‘shib boriladi, chunki tema mazmunida doimo   o‘quvchilarga   ma’lum   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   yoki,   aksincha,   ular   uchun murakkab, bajarishga qurbilari yetmaydigan, tushuniritilishi lozim bo‘lgan savollar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham izlanish va reproduktiv xarakterdagi o‘qitishning xilma­xil metodi va usullarini optimal tarzda birga qo‘shib borish zarur bo‘ladi.

МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.

МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.

МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.

МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКИ.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
30.04.2019