Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi.
Оценка 4.8

Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi.
Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi..docx

Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi.

 

 

Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy cholg‘ularimizdan bo‘lmish dutor cholg‘usining ta'rifini ko‘rishingiz mumkin. Aynan dutordan taraladigan sadolar insonga qay darajada ta'sir etishi mumkinligini yoritib berishga ham harakat qilingan. An'anaviy dutor cholg‘usining tovush pardalari aqida ham to‘xtalib yoritib o‘tilgan.

 

Kalit so‘zi: Mumtoz, musiqa, maqom, an'anaviy, ijrochi, ma'naviyat, harrak, idrok, san'at, tovush.

 

Аннотация: В этой статье вы можете увидеть описание одного из наших национальных инструментов - дутара. Также были предприняты попытки пролить свет на то, в какой степени звуки, исходящие от дутара, могут воздействовать на человека. Звуковые завесы традиционного дутара также выделены.

 

Ключевые слова: классика, музыка, статус, традиционность, исполнитель, духовность, характер, восприятие, искусство, звук.

 

Annotation: In this article you can see a description of one of our national instruments - dutar. Attempts have als been made to shed light on the extent to which sounds emanating from a dutar can affect a person. The sound curtains of traditional dutar are also highlighted.

 

Keywords: classics, music, status, tradition, performer, spirituality, character, perception, art, sound.

 

Mumtoz musiqamiz amaliyoti va ravnaqiga nazar solar ekanmiz, biz buyuk madaniyat sohiblari avlodi ekanligimizni ko`ramiz. Biz yosh avlod vakillari o`tmishda yaratilgan merosni o`qib, ardoqlab, ijro etib, idrok qilib o`zlashtirsak, zamonaga munosib san'atkor bo`lib yetishishimiz mumkin.

Maqomlarimiz asrlar osha yashab kelayotgan ekan, ularni kelajak avlodlarga qoldirish, umrboqiy qilish uchun katta mehnat va fidokorlik talab qilinadi.

O`zbek an'anaviy ijrochiligidagi yana bir muhim omil bu – uning tabiiyligini ifoda eta bilish va musiqiy asarni milliy bezaklar bilan ijro etishidadir. ”dan kelib chiqib, mustaqillik yillari davomida milliy mumtoz san'atimizga bo`lgan ahamiyat yanada kuchaydi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida ta'kidlaganidek: Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z qoliga, o`zibilarchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`qrilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.

O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q.

Dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe qilib, bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi.

Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi

Ushbu mavzuni ilmiy nazariy talqin qilib ko‘rsak. murakkab taraflarini yoritib chiqsak. Eng avvalo milliy so‘ziga urg‘u berib o‘tsak, so‘ng esa cholg‘u, dutor, navobvxsh va so‘ngida sado so‘zlariga to‘xtalib taxlil qilib olsak.

Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan dutor cholg‘uyimiz aslida o‘z tarixini o‘rganganimizda bir qancha murakkab ekanligia guvox bo‘lamiz.

Milliy so‘zi – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, halqona, millatga tegishli, biror milatning o‘ziga xos bo‘lgan uning hususiyatlarini ifodalovchi termindir.

Cholg‘u- musiqiy asarlarni ijro etish uchun mo‘ljallangan asbob.

Dutor-foris tilidan olingan bo‘lib, ikki torli, chertib chalinadigan musiqa asbobi[1] .

O‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholg‘ulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, o‘rik yog‘ochlaridan yasaladi. Cholg‘uning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg‘a)dan ishlanadi.

Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo‘g‘iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bog‘lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o‘yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi

1-Harrak

2-Shayton harrak

2-Sozlash uchun maxsus quloqlar

Ustozimiz bo’lmish S. Begmatov hamda M.Matyoqubovning “An'anaviy xalq cholg‘ulari” o‘quv qo‘lanmasida dutorning kelib chiqish tarixi XV asrdan boshlab ta'riflanib kelganligini aytib o‘tgan. Buyuk mutafakkir olim bobomiz Abu nasr Farobiy ma'lumotlariga qaraganda, Xurosonda zamonaviy dutorning o‘z nomi va uning barcha shakliy davrida XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy ozining musiqa ilmiga bag’ishlangan «Qonuni ilm va amali musiqiy» nomli risolasida bayon etgan[2].

Ko‘rinishidan oddiygina bo‘lib ko‘ringan ushbu dutor cholg‘usi o‘z yo‘lida birqancha murakkablik jihatlarini ham uchiratib turamiz. Barchamizga bir olib ijro etganda go‘zal kuy taronalar yangrab ketishini kutamizu lekin, unig uchun qancha mehnat izlanishlar talab etishini bir so‘z bilan aytganda tasavvur qila olmaymiz.

Keling shu o‘rinda imiy tahlil qilib olsak. Eng avvalo nima sababdan musiqa va san'at maktablarida chang, dutor, qashqar rubobi, avfg‘on rubobi, nay cholg‘ulariga ham 5 yil mobaynida bilim olamizu lekin, dutor cholg‘usi nazarimizda oson o‘rganuvchi cholg‘u bo‘lib hisoblanaveradi. To‘g‘ri tarozining bir pallasini ko‘radigan bo‘lsak urganish jihatdan juda sodda qilib ishlangan o‘z nomi bilan ikki tor degan ma'noni anglatganidek ko‘rinish jihatidan ham sodda bo‘lib barchani birdek rom qilishga ulgurgan cholg‘u asobi dutor cholg‘usi musiqiy asarlarni murakkab shaklda yozilganlarini ijro etish anchagina mehnat talab qiladi. Biroq bu cholg‘u asbobida o‘zbek, rus, chet el, qardosh xalqdarmizning kuylarini birdek ijro etishimiz uchun bu cholg‘uning har bir pardasini nozik jihatlarini o‘zimizda mujassam etmog‘imiz lozim. Ushbu dutor cholg‘usining yana bir jihati shundaki, an'anaviy ya'ni, maqom dutori, alt dutori, prima dutori, sekunda dutori, tenor dutori kabi dutorlar oilasi mavjud.

Savol tug‘iilishi tabiiy buncha dutorlar ko‘p bo‘lmasa deb. Yuqorida aytib o‘tgan barcha mamlakatlarni musiqiy asarlarini ijro etish uchun mo‘ljallangan ovoz regstrlari moslashtirilgan cholg‘u asboblaridir. Bir so‘z bilan aytganda dutorlar oilasi bu ikki torli cholg‘ular oilasi demakdir.

Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo‘shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg‘urlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat o‘yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kosaxonasi qovurg‘alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, o‘yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo‘ladi. 20-a. da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida «Nolish», «Cho‘pon», «Andijon Kurdi», «Andijon Sayqali», «Tuya bo‘zloq», «Qo‘shtor»; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yo‘ldoshevlar talqinida «Sharob 1, 2», «Shafoat 1, 2, 3», Toshkent Sayqali», «Toshkent Kurdi», «Rajabiy 1, 2», «Kurash», «Dutor Bayoti», «Dutor Navosi»; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida «Guluzorim», «Bebokcha», «Bozurgoniy», «Gullar vodiysi»; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltaev, Yu. Jabborovlar ijrosida «Koradali», «Aliqambar», «Saqili Navo» singari mumtoz kuylarda o‘z ifodasini topgan. 1970-y. lardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N. Hasanov «Gilos», F. Sodiqov «Dutorim», S. Yo‘ldoshev «Dil kuylasin», 3. Obidov «Tog‘ go‘zali», O. Qosimov«Yangra sozim» kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar.

Dutorning navobaxshligi shundaki, uning mayin tovushi inson qalbida sokinlik, tinchlik, osoyishtalikni his qilishga olib keladi. Uning yuqori tovush qatorlari ham inson asab tolalarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ba'zan eng yuqori tovush pardalar ayrim cholg‘u asboblarida keksa yoshdagi ulug‘larimizning asab tolalriga salbiy ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Vaqt o‘tib yosh ulg‘aygan sari inson faqat sokinlik, xotirjamlik tinchlik, ohista kuylar tinglovchisiga aylanib qolar ekan. Tadqiqotchilarimizning fikricha dutorning ipak torlari inson qalbiga mayin navobaxsh sadolarni olib kirar ekan. Shuning uchun ham har bir xonadonga kirar ekanmiz albatta maqom dutorni uchiratishimiz tabiiy.

Aksincha alt dutorlarida esa torlari leska simlaridan tortilan bo‘lgani uchun ham maqom dutordan eo‘itilishi jihatidan anchagina farq qiladi. Ko‘rinishi bir xillikni ko‘rsatgani bilan ularning eshitilish sadolanishi butkul farq qiladi. Aynan an'anaviy maqom dutorlarimizda ko‘proq hurubaxsh taronalar va qalbni to‘lqinlantiruvchi sokin tovushlarni his qilishingiz mumkin. Huddiki yuragingiz torida nimalarnidur kimdur pichirlab ohista so‘zlayotganday, siz bilan ham suxbat bo‘layotganday, qolaversa allalayotganday tuyilishi bu musiqani sehrli kuchga ega eknligidan dalolatdir.

Hulosa so‘ngida shuni aytish joyizki musiqaning tarbiyaviy ta’sir kuchi, uning bugungi kundagi ahamiyati haqidagi birinchi Prezidentimiz I.Karimovning aytgan quyidagi so’zlari ham fikrimizni tasdiqlaydi: “Musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o’z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin... Eng muhimi bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda”.

Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlarni umumlashtirsak, milliy musiqa merosimiz o`tmishdan ikki ulkan yo`nalish ya`ni, bir-biridan paydo bo`luvchi, bir-birini to`ldiruvchi, shu bilan birga alohida o`ziga xos hususiyat-sifatlariga ega bo`lgan yo`nalishlardan tashkil topganiga guvohi bo‘ldik.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.      Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat”2008y.

2.      “SHarq taronalari” Maqolalar to’plami Toshkent – 2007 Tuzuvchilar: M.YUsupova, O.Ibrohimov, E.YAfasova

3.      Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: “O‘zbekiston”, 2017.

4.      Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston”, 2017.

5.      Begmatov S. Mumtoz xonandalik san’ati mezonlari.. Guliston, 1995.

6.      O.Matyaqubov Og`zaki an’anadagi professional musiqaga kirish T.1983.

 


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Mavaliev tahriri ostida. “O‘zbekiston milliy ensiklapediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. www.ziyo.uz comkutubxnasi.

[2] С.Бегматов,М.MаtyoqubovЎзбек анъанавий чолғулариўқув қўлланма Toshkent «Yangi nashr» 2008. 21б

Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi

Milliy cholg‘ularimizdan dutorning navobaxsh sadosi

Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi

Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi

Bir so‘z bilan aytganda dutorlar oilasi bu ikki torli cholg‘ular oilasi demakdir

Bir so‘z bilan aytganda dutorlar oilasi bu ikki torli cholg‘ular oilasi demakdir

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021