Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash
Raximova Zaynabxon - Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi 50-son umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika fani o’qituvchisi
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha Excel funksiyalar to’plamidagi 400 dan ortiq funksiyalardan matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlar yechishda qo’llay bilish bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni sog’lom raqobat muxitida muomala madaniyatini shakllantirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda Ms Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha mashqlarda matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlariniva mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: amaliy mashg’ulot
Dars uslubi: Savol-javob va Aqliy hujum
Dars jihozi: 8-sinf informatika darslik, kompyuter, proyektor va ekran, mavzuga mos slayd va tarqatma savollar.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil qilish(4 daqiqa)
O’quvchilar bilan salomlashib, xona ozodaligi va gullar parvarishiga e’tibor beraman. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar beraman. O’quvchilarga ekologik tarbiya beraman. Sinf o’quvchilari davomatini olaman va sinf jurnaliga qayd qilaman. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rayman, qo’shimchalar kiritaman. O’quvchilarni har bir faol harakati uchun rag’bat kartochkasi berib boraman. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rayman.
II. Oldingi mavzuni savol-javob uslubidan foydalanib tarqatma savol shaklida quyidagi savollar orqali so’rab olaman(8 daqiqa).
O’tilgan mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash
Savollar quyidagilar:
1- Savol:Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?
Javob: 1-Elektron jadval dasturi Visi Calc nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqarilgan.
2- Savol :Elektron jadvalning asosiy vaifasinimadan iborat?
Javob: Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
3- Savol: Qanday elektron jadvallar nomlarini bilasiz?
Javob: Super Calc, Multiplan, Fremework, Simphony, Works, 1S-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar.
4- Savol: Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar haqida so’zlab bering.
Javob: Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqdagi ustunlar soni 256 ta bo’lib, ular lotin alifbosining bosh harflari bilan tartiblanadi, satrlar 65536 ta bo’lib, 1 dan to 65536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.
5- Savol: Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi qanday?
Javob: Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi - .xls
6- Savol: Sonning absolyut qismini hisoblaydigan funksiya nomi?
Javob: ABS(X)
7- Savol: КОРЕНЬ(son) funksiyasining vazifasi?
Javob: Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi
8- Savol: ОСТАТ(son;b’luvchi) funksiyasininf vazifasi?
Javob: Sonni bo’luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi.
8- Savol: СТЕПЕНЬ(son;daraja ko’rsatkichi) funksiyasining vazifasi?
Javob: Sonni darajaga ko’taradi
9- Savol: ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda 1; ifoda 2) funksiyasining vazifasi?
Javob: Agar funksiyadagi mantiqiy ifoda qiymati rost bo’lsa, natija ifoda 1 ga , yolg’on bo’lsa ifoda 2 ga teng bo’ladi.
10- Savol: Sonning eng katta qiymatini aniqlaydigan funksiya qaysi?
Javob: МАКС(son1; son2; …)
11- Savol: ПСТР(matn; boshlang’ich o’rin; belgilar soni) funksiyasi vazifasi?
Javob: Matndan boshlang’ich o’rindan boshlab berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi.
12- Savol: ДЛСТР(matn) funksiyasi vazifasi nimadan iborat?
Javob: Matndagi belgilar sonini aniqlaydi.
13- Savol: Berilgan sonlarning eng kichigini aniqlaydigan funksiya qaysi?
Javob: МИН(son1; son2; … )
14- Savol: СРЗНАЧ(son1; son2;…) funksiyasi vazifasi nmadan iborat?
Javob: Sonlarning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi
III. Amaliy mashqlar(10 daqiqa)
1. Tug’ilgan oyingizdan boshlab necha yil va necha oy o’tganini joriy yil yozilgan katakchaga murojaat orqali hisoblang.
Yechish:
A1- katakchaga kiritamiz joriy yini: 17.02.2020
A2-katakchaga kiritamiz tug’ilgan yilimizni: 31.12.1986
A3-katakchada formatlash amalini bajarib katakchani turini sanali(Дата) turga o’tkazamiz va unga quyidagi formulani kiritamiz: =A1-A2
Javob:17.02.30
2.Tomonlari A va B bo’lgan parallelogram perimetrini hisoblang.
Yechish:
B1-katakchaga kiritamiz: 10
B2-katakchaga kiritamiz: 15
B3-katakchaga kiritamiz: =2*(A+B) va Enter klavishini bosamiz.
Javob: 50
3. Quyonning tezligi 12 m/s, baliqning tezligi 16 m/s. Ularning tezliklarini taqqoslab C3 katakchada “Quyonning tezligi katta” yoki “Baliqning tezligi katta” yozuvini aks ettiring (Yo’llanma: ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda 1; ifoda 2) funksiyasidan foydalaning.
Yechish:
C1-katakchaga quyonning tezligini kiritamiz: 12
C2-katakchaga baliqning tezligini kiritamiz: 16
C3-katakchaga kiritamiz: = ЕСЛИ(C1>C2; “Quyonning tezligi katta”; “Baliqning tezligi katta”) va enter klavishini bosamiz.
Javob: C3 katakchada “baliqning tezligi katta” yozuvi aks etadi.
4. D1 va D2 katakchalardagi sonlardan kattasining 3-belgisini D4 katakchada aniqlang.
Yechish:
D1-katakchaga kiritamiz: 3589
D2-katakchaga kiritamiz: 7894
D3-katakchada D1 va D2 katakchalardagi sonlardan kattasini topishni tashkil qilamiz: = МАКС(D1;D2)
Va Enter klavishini bosamiz.
D4-katakchada sonlardan kattasini 3-belgisini topishni tashkil qilamiz: = ПСТР(D3;3;1)
Va Enter klavishini bosamiz.
Javob: 9
IV. Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga mashqlarni kompyuterda bajarib ko’rishlari uchun vaqt ajrataman(20 daqiqa):
V. Darsda faol qatnashgan va topshiriqlarni kompyuterda kiritib bajara olgan o’quvchilar rag’batlarini hisoblab aqliy hujum uslubidan foydalanib savollr berib ballab olaman(2 daqiqa).
VI. Uyga vazifa: 6,7-mashq. Matematik formulalar bilan ishlash mavzusini o’qib kelish.
O’qituvchi Z.Raximova
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.