Sinf: 3-“B”
Sana: 8.02.2019-yil.
Dars: O’qish.
Dars mavzusi: Navoiyning do’sti. (Rivoyat)
Maqsad va vazifalar: |
Darsning ta'limiy maqsadi: O`quvchilarga o`tmishda yashagan, Vatanparvar ajdodlarimizdan Alisher Navoiy haqida ma`lumot berish, uning adabiyoti oldidagi burchini o`quvchilar ongiga yetkazish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga Vatan tuyg`usini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqatli ajdodlarimizga o’xshab ham jismoniy jihatdan,ham aqliy jihatdan barkamol bo’lish ruhida tarbiyalash Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning mustaqil fikrlash, mustaqil bilim olish, olgan bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. |
O'quv jarayonining mazmuni: |
Mavzu yuzasidan o`quvchilarda bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish.Tafakkur, iroda, idrok va hissiyotni jilovlashni o`rgatish. |
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: |
Dars turi: yangi bilim beruvchi. Uslub: Sahna,og’zaki savol-javoblar. Shakl: Savol-javob.Yozma. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash. Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar,Alisher Navoiyning rasmi, asar mazmuniga mos rangtasvir.
|
Kutiladigan natijalar: |
O'quvchilar so`z yasovchi va so`z o`zgartuvchi qo`shimchalar rasm asosida hikoya tuzishni, mustaqil fikrlashni o`rganadilar. O`qituvchi esa o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
Darsning texnologik xaritasi
Darsning borish taqsimoti va bosqichlari
t/r |
Darsning borish bosqichlari |
Vaqti |
1 |
Tashkiliy qism . O’quvchi bilan salomlashish. O’quvchini darsga jalb qilish.
|
3 daqiqa |
2 |
Uyga vazifani tekshirish Yangi mavzuni boshlashga hozirlik |
5 daqiqa |
3 |
Yangi mavzuni yoritish. |
20 daqiqa |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzu asosida misol va masalalar yechish |
8 daqiqa |
5 |
Darsga yakun yasash va baholash . |
2 daqiqa. |
6 |
Uyga vazifa . |
2 daqiqa . |
I.Salomlashish.
Eng avvalo qalam tutmoq o`rgatgan
Qalam bilan ismim bitmoq o`rgatgan
Bilmaganni o`qib, o`rgan , bil degan,
Ta`zim sizga ey, mehribon muallim,
Dildan deymiz:
Assalomu alaykum!
Navbatchi bo`l,qani hushyor:
Navbatchi men, man ustoz.
Har so`zingiz dilga mos
So`rang javob beraman
Parta , doska ham tayyor.
Biz bugungi o’qish darsimizni sahna tarzida tashkil qildik. O`quvchilarni ikki guruhga bo`ldik.
1-guruh: “Yaxshilik”
2-guruh: “Go`zallik”
Bizning sinfimizda yaxshilikka intilib ta`lim-tarbiya oladigan go`zal o`g`il-qizlar tashkil oladi.
Sinf shiori: Nimaki qilsak tilak
Bariga o`qish kerak.
Maqsadimiz: Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
O`zingizni tanishtiring: Biz buyuk yurt osmonida
Go`zal kapalak!
Barkamol avlod bo`lmoq
Eng ezgu niyat.
-Biz qanday vatanda yashayapmiz ?
Biz ozod va obod Mustaqil Vatanda yashayapmiz. – Davlatimiz qachon mustaqil deb e`lon qilindi?
1991-yil , 1-sentabrda .
-Mustaqil bo`lib nimalarga erishdik?
O`z armiyamizga , konstitutsiyamizga, ramzlarimizga erishdik.
-Necha yilligini nishonlaymiz? 22-yilligini.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash:
Navoiy bobomizning talay misralari xalq maqollari, hikmatli so’zlarga aylanib ketgan. Jumladan:
Tilga ixtiyorsiz-
Elga e’tiborsiz.
Bu hikmatga eng avvalo o’zlari amal qilganlar.Barcha asarlarida halollikka, mardlikka, yaxshilikka chaqirganlar.Hatto shahning vaziri b’lganlarida ham xalq uchun ko’p yaxshi ishlar qilib,el mehriga tushganlar.
Odami ersang demagil odami,
Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami
Satrlari buning isbotidir.
-Nima uchun xalqimiz Alisher Navoiy nomini mehr bilan tilga oladi?
-Bobomiz ijodidan kimlar bahramand bo’lmoqda?
III. Yangi mavzu bayoni:
_Alisher Navoiy kim bo`lgan?
-Qachon , qayerda tavallud topdi?
-Qanday asarlarini bilasiz.
-O`qigan asarlaringiz haqida gapirib bering?
Dam olish daqiqasi:
Alisher Navoiy bobomiz haqidagi eng yaxshi ta'rifni Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yili chop etilgan "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitoblaridan topamiz:
"Agar Alisher Navoiyni avliyo desak - u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak -mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak - shoirlarning sultonidir".
Avliyo deganda dunyoning oddiy odamlar his etmaydigan sir-sinoatlarini teran anglagan, hayotning qanday kechishini oldindan ko'ra biladigan beqiyos zotlar tushuniladi.
Mutafakkir deb esa aql-tafakkuri bag'oyat yuksak, hayotdagi eng murakkab masalalarga ham javob topib, ularni oqilona hal qila oladigan o'ta donishmand kishini anglaymiz
Sulton - podsho degani, Yurtboshimiz ulug' bobokalonimizni shoirlarning sultoni deya ta'riflayaptilar.
O’quvchilarga “Navoiyning do’sti” rivoyatini ifodali o’qib berib mazmunini tushuntirish.
Ulug’ shoir Alisher Navoiyning Pahlavon Muhammad degan do’sti bor ekan.Shoir uni juda yaxshi ko’rar, oziga qadrdon,sirdosh deb bilar ekan.Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir gunohi tufayli Sulton Husaynning qattiq g’azabiga uchrabdi.Voqea bunday bo’libdi: Sulton Husayn g’azab otiga minib turgan bir paytda,Pahlavonning gunoh ish qilib qo’yganiniyetkazishibdi.husayn Boyqaro:
-Pahlavonning saqol-mo’ylovini qirqib tashlanglar,so’ng kaltadum libos kiydirib, ko’cha ko’yda sazoyi qilinglar,- deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bo’lganini Navoiyga aytishibdi.Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadninmg izzat-nafsi kamsitilib,bunga chidolmay o’lib qolishini anglabdi.Uni sharmandalikdan qutqazish harakatiga tushibdi. Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib boribdi:
-Sultoni Boyqarom,ma’luminqizki,men va Pahlavon Muhammad yoshligimizdan bir xil kiyinamiz,birga saqol-mo’ylov qo’yib, do’st-birodar bo’lib yuramiz. U boshqa kiyinib,men boshqa kiyinib yursam,o’rtadagi ahillik buzilib,gapimiz tuzsiz,o’zimiz subutsiz bo’lib qolamiz.Buyursangiz,mening ham soqol-mo’ylovlarimni qirsinlar,menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga berilganmdek kalta libos kiygizib, do’stim bilan birga ko’cha aylantirsinlar, -debdi.
Navoiyning do’stiga bo’lgan sadoqatini, mehr-oqibatini nko’rgan Husayn Boyqaro g’azab otidan tushib,karamdaryosi mavj olganini o’zi ham bilmay qolibdi-da:
- Pahlavonning gunohidan o’tdim,jazo qoldirilsin,- deb buyuribdi.
Sahna ko’rinishi orqali rivoyatni yanada o’quvchilar ongiga yetkazish.
O’quvchilarga chin o’rtoq qanday bo’lishi kerakligi haqida suhbat o’tkazish orqali do’stlik haqida maqollar so’rash.
Alisher Navoiy, avvalo, buyuk odob sohibi edi.
Navoiyning odobi deganda uch narsani tushunish kerak.
Birinchisi - shoirning shaxsiy odobi, uning fe'l-atvoridagi muloyimlik, yuksak ma'naviy faziiatiar. Buni uning asarlaridan, zamondoshlari u haqda yozib qoldirgan xotiralardan bilib olamiz.
Ikkinchisi- asarlarida uchraydigan odob haqidagi tasvir va bayonlar. Bu sehrli qalam egasining butun ijodi buyuk bir odobnoma edi, desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Ulug' mutafakkir asarlarini o'qigan kishi: "Qanday odam odobli hisoblanadi?" - degan savolga har taraflama mukammal, puxta-pishiq javob topadi. Chunki shoir odobning barcha jihatlarini, turii-tuman qirralarini bevosita hayotdan olingan har xil fikr-mulohazalar bayoni, xilma-xil voqea-hodisalar tasviri orqali aks ettiradi.
Uchinchisi - xalq u haqda to'qigan hikoyat-u rivoyatlar. Ularda bu ulug' mutafakkir buyuk odob namunasi tarzida tasvirlanadi.
IV. Mustahkamlash:
1.Nima uchun Husayn Boyqaro Pahlavonni jazolashga buyruq beribdi?
2.Nima sababdan Navoiy Muhammad Pahlavonni jazodan qutqarish harakatiga tushubdi?
Alisher Navoiy o’ziga jazo so’rashining sababini ayting?
V. Darsni yakunlash:
Guruh g`oliblarini aniqlash.
Darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini rag`batlantirish;
VI.Uyga vazifa:
“Navoiyning do’sti”rivoyatini ifodali o’qib,mazmunini so’zlashga tayyorlanish. Alisher Navoiy o’ziga jazo so’rashining sababini yozma ravishda bayon eting.
Mavzu: Navoiyning do’sti.
2013-2014-o’quv yili.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.