Okeaniya
Оценка 4.9

Okeaniya

Оценка 4.9
docx
24.05.2022
Okeaniya
Grafika va yozuv tarixi reja_ Yozma nutq me’yorlari fani, uning .docx

1-ma’ruza

YOZMA NUTQ ME’YORLARI FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI. YOZMA NUTQ ME’YORLARI. GRAFIKA VA YOZUV TARIXI

 

                                                       Reja:

1. Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari.

2. Yozuv tarixi, turlari,

3. XX asrdagi yozuv bilan bog‘liq islohotlar.

 

Asosiy tayanch tushunchalar: alifbo, imlo, grafika, orfografiya, punktuatsiya,  harfiy yoki noharfiy vositalar, piktografik yozuv, iyeroglifik yozuv,  ideografik yozuv, logografik yozuv, fonografik yozuv

 

“Yozma nutq me’yorlari” fanining maqsadi: talabalarni hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari: grafik, orfografik va punktuatsion me’yorlarga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirish;

“Yozma nutq meyorlari” fanining vazifalari:

- yozma nutq me’yorlari: grafik, orfografik va punktuatsion me’yorlar xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;

- hozirgi o‘zbek adabiy tilining grafik me’yorlari, grafema va uning turlari haqida talabalarga ma’lumot berish;

-hozirgi o‘zbek adabiy tili orfografik me’yori, kirill va lotin alifbolari, imlo qoidalari, ulardagi o‘zaro farqli xususiyatlar haqida bilim berish;

-talabalarda punktuatsion me’yorlar, ya’ni tinish belgilarining qo‘llanilishi, tinish belgilarini ishlatish ko‘nikmasini shakllantirish.     

Mazkur fanning o‘rganish ob’ekti sifatida tilshunoslikning grafika, orfografiya va punktuatsiya bo‘limlari belgilab olinadi. Bundan asosiy maqsad talabalarning imloviy malakalarini mustahkamlash, savodxonligini oshirish, yozma nutq saviyasini yanada boyitishdan iboratdir. Chunki har bir yuksak madaniyatli kishi to‘g‘ri yoza bilishi va to‘g‘ri so‘zlay olishi kerak. Bu talab bo‘lg‘usi pedagoglar va filologlarga nisbatan ayniqsa qat’iy qo‘yiladi. Zero ular yosh avlodga umumiy savodxonlik va nutq madaniyati to‘g‘risida saboq beradilar, ularni savodxonlikka va chechanlikka o‘rgatadilar. Qolaversa, imloviy savodxonlik ma’naviy yetuklikning belgisi sifatida ko‘p asrlar ilgari e’tirof etilgan. Xususan, Sharq xalqlarida chiroyli xat bituvchi, savodxon kishilar – xattot nomi bilan alohida hurmat va ehtiromga loyiq deb topilganlar.

O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Furqatning quyidagi baytida ham yuqorida keltirilgan fikrlar o‘zining yorqin ifodasini topgan:

   

             Mening maktab aro bo‘lur murodim,

Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim.

Bugungi globallashuv jarayonida “Yozma nutq me’yorlari” fanining asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi uchun juda muhim. Hozirgi kunda yozuvda tinish belgilari va imlo bo‘yicha xatoliklar ko‘p o‘rinda ko‘zga tashlanadi. Buni kundalik hayotda deyarli har kuni uchratamiz. Shu sababli talabalar yozma nutqida uchraydigan imloviy va punktatsion xatolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berib boriladi. O‘qituvchilar, ayniqsa ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini, yozma nutq me’yorlarini yaxshi bilishi,  bu me’yorlarni talabaga aniq va puxta tushuntirishi, ularning yozma nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz mashg‘lot olib borishi zarur.

Hozirda imlo qoidalarini yanada takomillashtirish uchun olimlarimiz o‘z qarashlarini ilmiy jihatdan isbotlamoqda. Jumladan, professor N.Mahmudov til va imlo masalalari haqida quyidagi bugungi kun uchun dolzarb fikrlarni aytadi: ”Bugungi kunda mazkur imlo qoidalarida ham takomillashtirilishi lozim bo‘lgan bir qancha o‘rinlar mavjudligi ayon bo‘lmoqda. Masalan, bir qator so‘zlarning yozilishi, o‘zlashma so‘zlardagi ayrim tovushlarning ifodalanishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib va ajratib yozish qoidalarida mukammallashtirilishi, aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar ancha-muncha bor. Birgina misol, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (1995) da oktyabr, sentyabr so‘zlari oktabr, sentabr tarzida qayd etilgani holda aktyor, montyor, samolyot so‘zlarini aktyor, montyor, samolyot shaklida “y” bilan yozish qoidalashtirilgan, tabiiyki, bunda imlodagi izchillikka putur yetgan. Ko‘rinib turganiday, o‘zbek tili imlo qoidalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan, tilimiz qonuniyatlarini to‘g‘ri aks ettiradigan va amaliyot uchun qulay taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi davrning dolzarb talabidir”.[1] Yuqoridagi kabi yangiliklarni dars jarayonlarida talabalarga yetkazib borish, ularning yozma nutqida uchraydigan imloviy xatoliklarni tuzatish uchun, imlo qoidalari xususiyatlarni yaxshi bilishi uchun muhim sanaladi. Masalan, talabalarning yozma nutqida x va h harflarining xato qo‘llanishi, tutuq belgisi va ko‘chish belgisini farqlamay qo‘llash, tinish belgilarini o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llamaslik kabi holatlarga duch kelamiz. Bu jihatdan so‘zlovchi aytadigan fikr butunlay o‘zgarib ketishi mumkin. Shuning uchun oily ta’lim muassalarining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga “Yozma nutq me’yorlari” fani rejasida bu mavzularga alohida o‘rin berilgan.

Orfografiya xususida fikr yuritilganda albatta yozuvning ahamiyati masalasiga e’tibor qaratish talab etiladi.

Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta o‘rni va o‘ziga xos ahamiyati bor.

Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma’noni anglatadi. U biror tilning yozuv tizimini aks ettiradi. Grafika harfiy yoki noharfiy vositalar orqali ifodalanadigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir. O‘zbek tilininig grafik tizimi hozirgi vaqtda quyidagi belgilardan iborat bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirishda ulardan keng foydalaniladi: harflar, tinish belgilari, arab va rim raqamlari, orfografik belgilar – chiziqcha (ba’zan chiziqcha –inchi affiksi o‘rnida qo‘llanib, morfemani ham ifodalaydi), tutuq belgisi, xatboshi; ramziy belgilar (+, √ , >) va maxsus belgilardan iborat. Albatta har qanday yozuv sistemasining asosiy grafik vositalari harflar va tinish belgilari hisoblanadi. Shuning  uchun grafika xususida gap ketganda alifbo masalasi asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki alifbo va imlo o‘zaro bog‘liq bo‘lib, alifboning o‘zgarishi imloning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Alifbo tuzishning etakchi tamoyillari quyidagilardir:

1) alifbodagi har bir harf tovush ko‘rsatishi kerak; 2) har bir tovushning o‘z harfi bo‘lishi kerak; 3) alifboda tilda yo‘q tovush uchun harf bo‘lmasligi kerak. Lekin dunyodagi hech bir alifboda bu tamoyillarga to‘liq amal qilinmagan. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosida ham ng, ch - harfiy birikmalari bir tovushni ifodalasa, j (jurnal, jo‘ja kabi) harfi, o (ota, boks) harflari ikki ovushni ifodalaydi.

Odatda, har bir tovush yozuvi kelib chiqishi jihatidan fonetik xususiyatga ega bo‘ladi. Tilning tarixiy rivojlanishi natijasida so‘zlarning talaffuzi ham o‘zgarib boradi. Ammo so‘zlarning yozilishi esa so‘zlashuv nutqiga nisbatan turg‘unroq bo‘lib, ko‘pincha ilgarigi holicha qoladi. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari orasida yuzaga kelgan bu noo‘xshashlik, uzilish ongli ravishda tugatiladi, yoki tilda saqlanib, mustahkamlanib qoladi. Keyingi holatda tovush bilan harfning o‘zaro munosabatida boshqacha yangi qonuniyatlar yuzaga keladi. Demak, yozuv orqali o‘zaro aloqa qilishda faqat grafikaning o‘zi kifoya qilmaydi. Faqat grafik belgilardan foydalanish orqali yozuvda asosan so‘zning tovush tomonini ifodalash mumkin. Masalan: tomosha so‘zi tomosha, tomasha, tamosho kabi turlicha aytilishi va yozilishi mumkin. Bulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun bu o‘rinda orfografik me’yorlar talab etiladi.

Xulosa qilib aytganda, orfografiya to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilovchi imlo qoidalaridan iboratdir. Hozirgi o‘zbek orfografiyasining tarkibini 1995- yilda qabul qilingan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” va ayrim (xususiy) imlo me’yorlari tashkil etadi.

Orfografiya tilshunoslikning quyidagi sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Grafika ham orfografiya ham yozuv bilan bog‘liq bo‘lsada, ular mazmunan farqlanadi. Masalan: maktab so‘zidagi harflarning to‘g‘ri yozlishini (balandligi, kengligi, ulanishi, satrda joylashishi kabi jixatlarini) grafika aniqlasa, so‘z oxiridagi “b” undoshining og‘zaki nutqda jarangsizlanishi “p” tarzida aytilsada, “b” deb yozilishini (maktap – maktab kabi) imlo me’yorlari belgilaydi.

Orfografiyaning orfoepiya bilan bog‘liqligini imlo qoidalarining ko‘pchiligini talaffuzga nisbatan belgilanishida ko‘rish mumkin.

Orfografining fonetika bilan aloqasi tovush o‘zgarishi hodisalari oroqali aks etadi: burun – burnim, o‘g‘il – o‘g‘lim (sinkopa hodisasi).

Orfografiyaning morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya kabilar bilan aloqasini asos va qo‘shimchalarga, qo‘shma so‘zlarga oid imlo qoidalarida ko‘rish mumkin.

Tilshunoslikda ma’lumki, yangi alifbo joriy etilsa, shu alifbo asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqiladi. Imlo qoidalarini tasdiqlashdan maqsad esa, yozma nutqda bir xillikni ta’minlashdan iborat. Demak, hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz ta’savvur etib bo‘lmaydi.

Jamiyat taraqqiyotida kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan til qanday ahamiyatli bo‘lsa, yozuv ham shunday ijtimoiy qimmatga egadir. Til tarixida yozuv asosiy manba hisoblanadi. Yozuv ham til singari jamiyatdagi turli ijtimoiy talablar natijasida vujudga kelgan. Yozuv insoniyatning eng buyuk madaniy yutug‘i bo‘lib, u tosh davridan to kosmik davrgacha insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy va moddiy yutuqlardan darak beradi. Agar yozuv bo‘lmaganida, insoniyat tomonidan asrlar bo‘yi yaratilgan ana shu moddiy va madaniy yutuqlar bizgacha yetib kelmagan bo‘lardi. Yozuv haqida Beruniyning quyidagi fikri o‘rinlidir: “Til so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimon. Shuning uchun til zamonning bir oni kabi turg‘un qismi bilan cheklanib qoladi. Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol singari yoyiluvchan bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafas singari o‘tuvchi xat yozish sinoatini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonlarning xabarini, ayniqsa uzoq zamonlar o‘tganda, hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi”. 

Yozuv o‘z taraqqiyotida og‘zaki nutq bilan bir qatorda asosiy aloqa vositasi bo‘lib keldi. Biroq, yozuv jonli so‘zlashuv tiliga qaraganda juda ham keyin paydo bo‘lgan. Juda qadim zamonlarda kishilar ayrim voqealarni, o‘zaro kelishuvlarini va boshqa hodisalarni bildirish uchun shartli ravishda har xil predmetlardan foydalanishgan: chunonchi, arqon, ip, chilvir va kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqea-hodisalarni, fikr-istaklarini o‘zlaridan uzoqda turganlarga yetkazganlar. Har bir rang yoki har bir tugun biror tushunchani ifodalagan. qora rang – o‘limni, qizil rang – urushni, oq rang – yarashishni, ko‘k rang – nonni ifodalagan. Yoki qo‘shnilariga qilich, qalampir berib yuborish bilan ham o‘z fikrlarini, ularga bo‘lgan munosabatini bildirishgan. Jamiyatning keyingi davrlarida kishilar turli tayoqlarga iplarni tugib yuborib o‘z fikrlarini ifodalaganlar. Buning namunasi sifatida peruliklarning kipu, irokezlarning vampum yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Kishilik jamiyati asta-sekinlik bilan tugun yozuvidan piktografik yozuvga o‘tgan. Piktografik yozuvda qadimgi kishilar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan.

Dastlabki yozuvlar rasmlar orqali  ifodalangan. Turli voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik yozuv deb ataladi. Piktografiya lotincha pikto (rasmli, rasm bilan) va grekcha grafo (yozaman) so‘zlaridan tarkib topib, rasmli yozuv degan ma’noni bildiradi. Piktografiya yozuvning eng qadimgi turi bo‘lib, bu yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan. Piktografiya belgilari tildagi tovushlarni ifodalamay, balki kichik bir voqeani yoki tushunchani yaxshi holda bildiradi. Piktografik yozuv qadimgi Misr, Xitoy va Janubiy Amerikada paydo bo‘lgan. Bunda har bir rasm ma’lum bir ma’no tashish xususiyatiga ega bo‘lgan. Masalan, quyoshkunduzni, oytunni, toshbaqatunni ifodalagan.

Yozuvning keyingi davri ”ideografik” yozuvdir.( grekcha ”tushuncha”, – ”yozaman”). Bu xildagi yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil simvolik shakl olinadi.Yuqoridagi yozuvlarning yana bir ko‘rinishi – logografik  (”so‘z yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish, ularning yozuvining yangi bosqichi – fonografik yozuvga, ya’ni, avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya davlati bilan bog‘liq.

Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga so‘ngra pergament va qog‘ozga yozilgan.Olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi.

Jamiyatning taraqqiyoti natijasida narsalarning rasmini chizish ancha ko‘p vaqtni oladi. Shundan so‘ng ideografik yozuv paydo bo‘ladi. Bunda narsalarning rasmini emas, balki shaklini chizganlar. Tildagi har bir so‘z o‘z shakliga ega bo‘lgan.

Ideografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuv deb yuritiladi. Ieroglifik yozuv eng avval Misr bilan Xitoyda paydo bo‘lgan. Bu yozuv fonografik yozuvning yaratilishi uchun zamin tayyorlab berdi. Fonografik yozuv ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Ossuriya va Vavilondagi mix yozuvining ayrim belgilari bir tovushni, bir bo‘g‘in yoki so‘zni ifodalaydi.

Hindistondagi devanagari yozuvi 50 ta belgiga ega: 13 tasi unlini, so‘z yoki bo‘g‘in boshida keladigan diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni ko‘rsatadi, 4 tasi yordamchi belgidir. Bu yozuvga ko‘ra bo‘g‘in belgilari sillabogramma deb yuritiladi.

Piktogramma, sillabogramma va ideogrammalar evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi. Masalan, finikiy yozuvida (t) belgisi alif deb atalib, ho‘kiz ma’nosini ifoda etgan.

Alifbe Nil daryosi bo‘yiga bostirib kirgan giksos qabilalari tomonidan yaratilgan.  Alifbe so‘zi ham giksoscha bo‘lib, alif - ho‘kiz, be – uy demakdir.

Alifbeni giksoslardan finikiyaliklar olib, o‘z alfavitlarini yaratadilar. Finikiyaliklarning yozuvi boshqa xalqlar o‘rtasida juda tez tarqaldi. Dunyodagi ko‘pchilik fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuv tizimi asosida vujudga kelgan.

Bu yozuv uch tarmoq asosida rivojlanadi:

1. Aramey-Suriya tarmog‘i. Bu tarmoq asosida arab yozuvi yaratildi. Aramey yozuvi asosida uyg‘urlar o‘z yozuviga ega bo‘ldi. Uyg‘ur yozuvi negizida mo‘g‘ul  va manjur yozuvlari vujudga kelgan.

2. Janubiy Arabiston tarmog‘i. Bu tarmoq asosida efiop, hind, tibet yozuvlari paydo bo‘ldi.

3. Yunon-Yevropa tarmog‘i esa yunon, lotin, slavyan, umuman Evropa xalqlarining yozuvini yaratishga asos bo‘ldi.

Harf – tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv tizimidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30 foizi, slavyan – kirilitsa yozuvidan 10 foizi, arab yozuvidan 10 foizi, hind yozuvidan 20 foizi foydalanadi.

Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalqning o‘z yozuvi bo‘lgan. Jumladan, o‘zbek xalqining ham. Ma’lumki, o‘zbek yozuvi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘tmishda Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Grek-Baqtriya, O‘rxun Enasoy, Uyg‘ur kabi qadimiy turkiy yozuvlar mavjud bo‘lgan. Mashhur arxeolog, Xorazmning o‘tmish tarixi bo‘yicha mutaxasis, professor S.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda, Xorazm xalqi III asrdayoq o‘zining ancha mukammallashgan yozuv tizimiga ega bo‘lgan.

Ilgari bitiklar Enasoy (Yenisey) bo‘yidan topilgani sabab «Yenisey yodgorliklari» deb atalgan bo‘lsa, N.M.Yadrinsev topilmasidan so‘ng ular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari» deb atala boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan yodgorliklar topilayotgan joylar Mo‘g‘iliston va Yenisey daryolari hududidan kengayib ketgani va bu yodgorliklar xatining grafik shakllari Yevropa, Runik bitiklariga yaqin bo‘lgani sabab ular «Runik bitiklari» deb atala boshladi. Markaziy Osiyoning qulay sharoiti, rivoj topgan madaniyati doimo o‘zga xalqlarning diqqatini jalb qilib kelgan va uning qayta-qayta zabt etilishiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumki, VII asr o‘rtalarida islom dini vujudga keldi. Arablar boshqa davlatlar qatori O‘rta Osiyo, Kavkaz bo‘ylab ham harbiy yurishlar qildilar va pirovardida mazkur o‘lkalarning katta hududlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritdilar. Natijada VIII asrning oxirlariga kelib katta hududning o‘zida mujassamlashtirgan, turli tilda so‘zlovchi xalqlardan iborat arab xalifaligi vujudga keldi. Bu davrlarda Markaziy Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi va islom dini qattiq o‘rnashdi. Buning natijasida qadimiy ma’naviyat, din, madaniyat, yozuvlarga hamda olimu ulamolarga qarshi keskin kurashlar avj oldi. Xorazm, sug‘d, turk, qadimiy uyg‘ur, O‘rxun-yenisey kabi eng qadimiy yozuvlar siqib chiqarildi. Arab yozuvi VIII asrdan boshlab O‘rta sharq xalqlari uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida hukmronlik qila boshladi. Bu ahvol 100 yillar chamasi davom etdi. IX asrga kelib Markaziy Osiyoda arab xalifaligining ta’siri susaydi va oxir oqibat u mustaqillikka erishdi, lekin bu uzoq davom etmadi. Markaziy Osiyo doimo jahon xalqlari diqqat e’tiborida bo‘lib kelgani sabab endi bu yerlarda somoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faoliyat yurita boshladi.

Markaziy Osiyo xalqlarining eng eski yozma yodgorliklarini o‘rganish, ular ustida ilmiy tadqiqot olib borish o‘ta jiddiy masala. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor: biri – yozuvining murakkabligida. Qachonlardir qo‘llangan, hozirda unutilgan yozuvlarning kalitini topib, matnni o‘qish va uni talqin qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Ikkinchisi – til murakkabligi. Mazkur yodgorliklarning tili hozirgi jonli tillardan tubdan farq qiladi. Qolaversa, ularning ayrimlari butkul unutilib, hozir o‘lik tillarga aylangan. Demak, qadimgi tillarni o‘rganishning o‘zi bo‘lmaydi. Ana shunday mas’uliyatli vazifani hal etmoqlik hozirgi zamon sharqshunosligining yelkasida turibdi. O‘zbekistonda, sanoqli bo‘lsada, islomga qadar qo‘llanilgan yozuvlarni o‘qiy oladigan, ular ustida tadqiqot olib borayotgan olimlarimiz bor. Endigi ish ularning bilimini yoshlarga yetkazish, mutaxassislar yetishtirib, bu sohalarda g‘arb ilmi darajasiga intilishdan iborat.

    Yozma nutqning jamiyat taraqqiyotidagi bemisl o‘rni va ahamiyatini kompyuter texnikasi, internet va uyali aloqa kabi global tarmoqlar rivojlangan bizning hozirgi asrimizda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto, bu vositalarning ish faoliyatida ham yozma nutq asosida ish ko‘rish muhim o‘rin egallaydi. Yozma nutq aloqalarining oson va to‘g‘ri anglashuvini imlo qoidalari va me’yorlari belgilaydi. Arab alifbosida savodsiz kishilarning xat-savod o‘rganishlari uchun eng kami 300 soat kerak bo‘lar edi. Bu ish uchun lotin alifbosida esa 120 soat kifoya qiladi.(Mannon Ramz. O‘zbekiston Xalq maorifi komissari, Toshkent, 1928-yil, 11-mart.)[2]                   

O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi: bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi — bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan kam uchraydi.

Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:

1- davr — arab grafikasiga asoslangan yillar (1900—1929).

2- davr — lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929—1940).

3-  davr — rus grafikasiga asoslangan yillar (1940—1995).

4- davr  — ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995—2010). Lotin grafikasidagi o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati O‘zbekiston Respublikasining 2 0 0 4 -yil 3 0 - aprelidagi Qonuniga muvofiq 2 0 0 5 -yilning 1 - sentabridan 2 0 1 0 -yilning 1 - sentabrigacha uzaytirilgan.  ( «Xalq so‘zi», 2 0 0 4 -yil 2 6 - ivun soni).

Birinchi davr (arab grafikasiga asoslangan yillar) Bu davrning 1916- yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qish-o‘qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi, shu maqsadda bir qator o‘quv-uslubiy kitoblar yaratiladi: «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «Ikkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbari soni» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jayev, 1916) kabi qo‘llanmalar shular jumlasidandir. Bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad qilinmagan. ammo ularni yaratish, shular asosida savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni qoidalashtirish, uning alifbosi va imlosini o‘zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi sezila borgan, bunday zarurat sezgisi esa, o‘ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.

Yozuv tariximizning 1918-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish, soddalashtirish, keyinroq esa ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi. Xususan: 1918- yilda  Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar — «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va Qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu’basi» tashkil etiladi. Bu shu’ba o‘zbek maktablari ishi bilan shug‘ullanadi, xususan, ta’lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan.

 1919—1920- yillarda «Chig‘atoy gurungi» jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi: «Bitim yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga  («i» unlisi uchun), («o‘»unlisi uchun),  I j («o» unlisi uchun), («a» unlisi uchun), ^ («i unlisi uchun), ^ («e» unlisi uchun) harflarini kiritish tavsiya etiladi 1921- yilda Toshkentda 1—5- yanvar kunlari o‘zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag‘ishlangan birinchi O‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) ma’ruzalari tinglanadi.

Fitrat o‘z ma’ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflaming to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so‘zlami o‘zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi69. Bu fikrga Elbek ham qo‘shiladi. Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so‘zlarning ma’nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga - yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi.

Botu (M. Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: «... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir». Shu ma’ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan S. Usmonxo‘jayev Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi. Qurultovda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi:

1. Bu vaqtga dovur o‘zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo‘lsiz va qoidasiz bo‘1g‘onligidan, qo‘nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.

2. Imlomizning islohi uchun olti cho‘zg‘uli imlo qabul etilsa.

3. Harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur.

4. O‘zbek so‘zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.

5. Harflaming hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.

6. Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar o‘z harflarimiz bilan yozilsun».

1922- yilda  Toshkentda Turkiston Respublikasi «O‘zbek madaniyati va maorifi xodimlari qurultoyi» bo‘lib, unda imlo masalalari bo‘yicha Shokirjon Rahimiy, N e’mat Hakim va Y.D. Polivanov ma’ruzalari tinglanadi. Shokiijon Rahimiy o‘z ma’ruzasida til va yozuvning ijtimoiy hayotdagi roli xususida gapirib, shunday deydi: «Har qaysi ulusning adabiyotining tugallashmasi shu ulusning til va yozuvining tartiblik va yo‘sunlik bo‘lishiga bog‘liqdir. Tartibsiz va qoidasiz til, yozuv bo‘yicha tuzilgan adabiyotning bir kun emas bir kun bitishiga hech gumon yo‘qdir.Til jon bo‘lsa, yozuv uning badanidir. Sog‘ bo‘lmag‘on bir tanda jonning yashamog‘i qiyindir. Bizning yozuvimiz kasal. Buning ilojiga tezdan kirishilmasa ish xavflidir».

Qurultoyda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish masalasi ham ko‘riladi, hatto lotin harflari asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi (loyiha) kengash ishtirokchilariga ko‘rsatiladi.

Yuqoridagi takliflar muhokama qilib bo‘lingach, quyidagi qaror qabul qilinadi:

1. O‘zbek imlosini isloh qilish zarur: bunda o‘qish va yozishga o‘rgatishni yengillashtirish nazarda tutilishi, ayni vaqtda tegishli ilmiy asoslar va bu sohadagi yangi yo‘nalishlar e’tiborga olinishi kerak.

2. Lotin alifbosi o‘zbek tili uchun to‘liq yaroqli ekanligini e’tirof qilib, bu ishni hozirda amalga oshirishdagi katta qiyinchiliklarni hisobga olib, bu ish kelajakning vazifasi ekanligi ko‘rsatilsin, hozirda esa arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanilsin. (Bu qarorda o‘zbek tili unlilarining soni 6 ta, undoshlarining soni esa 23 ta ekanligi qayd etilgan.)

1922-yilning 5- dekabrida  Ozarbayjon turk yangi alifbo qo‘mitasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligiga yangi (lotincha) -turkiy alifbo loyihasini yuboradi.

1923- yilda  Buxoroda 9—10- oktabr kunlari O‘rta Osiyo o‘zbeklarining alifbo va imlo masalalariga bag‘ishlangan birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 1922- yildagi qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz: unlilar uchun - («i»),  j?*(«o‘»), Lj («o»), 41» («a»), ^ («i»), ^ («e») harflari; undoshlar uchun — i_> («»), i_j («r»), o («t»), £ («j»), £ («ch»),S (<<h>>)’ S (<<x>>)> J (<<d>>X j (<<r>>), j (<<z>>)i j (40* (<<s>>)’ O" (<<sh>>),£ («g‘»), <_a («f»), 3(«q»), ^ («k»),  £ («g»), («ng»), J («1»), ^ («m»), i («p»), j  ( « V » ) ,  6 (ruscha «a»),  l£ («u»), harflari. Arab tilining spetsifik tovushlarini ifodalab kelgan («se»), j («zol»), ^ («sod»),  ^ («zod»),(«to»), («zo»), £ («aun») harflari bu alifboga kiritilmaydi. Konferensiyada yangi alifbo bilan birga imlo qoidalari ham qabul qilinadi77, bu alifbo va imlo qoidalari Turkiston Maorifi Komissarligi tomonidan 1923- yilning 18- oktabrida tasdiqlanib, 1929- yilgacha amalda qollanib keladi.

1 9 2 4 -yilning 11-aprelida  Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bag‘ishlangan maxsus majlis o‘tkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi.

1925- yilning 29—31- noyabrida  Samarqandda til mutaxassislari va o‘zbekshunoslar kengashi o‘tkaziladi. Unda yozuvga oid quyidagi qaror qabul qilinadi: «Bugun ishlatilmoqda bo‘lgan imlomizning yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko‘p imlolardan mukammaldir ... shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasini ko‘tarish ortiqchadir»s0. «Butun turk olamining ko‘pchiligi tomonidan arab harflari asrlardan beri ishlatilib kelib, turklarning aksariyatining tarix va adabiyot bilan boglanganligini e’tiborga olib, biz, turklar uchun arab harflarini olishni muvofiq topamiz».

1926- yilning 26- fevraldan 6- martgacha Bokuda turkologlarning birinchi Butunittifoq qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda arab va rus grafikalari asosida ish ko‘rayotgan turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish masalasi ko‘riladi. Qurultoyda turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish taklifi ma’qullanadi, bu taklifning har bir Respublikada maxsus ko‘rib chiqilishi tavsiya etiladi. Ana shu tavsivadan so‘ng O‘zbekistonda lotin grafikasiga ko‘chish harakati ancha tezlashadi. Chunonchi, «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jumalida chiqqan bir maqolada bu haqda shunday deyiladi: «Nima uchun arabdan lotinga o‘tish kerak?». Shu so‘roqqa qisqa qilib shunday javob beramiz: 1. Arab alifbosi turk tilidagi tovushlarning shaklini tamomila bera olmaydir. 2. Arab alifbosi texnika tomonidan lotindan quyida turadir. Arabda nuqtalar, alomatlar, bosh, o‘rta va so‘nggi harflar bordir. Lotin esa bulardan uzoqdir.

3. Arab alifbosi o‘qitish, o‘rganish ishida lotindan ortda turg‘oni, texnika tomonining buzuqligi ustiga stenografiya, telegrafiya ishida ham to‘sqinlik qiladir».

1926- yilning 19—21- mayida Samarqandda o‘zbek ziyolilarining alifbo muammolariga bag‘ishlangan ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi va kengash qaroriga binoan yangi alifbo loyihasi tuziladi, u O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi.

1928- yilning 11- avgustida  O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7- martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123- sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi  Davlat alifbosideb e’lon qilinadi hamda bu alifboga asta-sekin (bosqichma-bosqich) o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Bu qarorda yangi alifboga to‘la o‘tishni 1932- yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi118. 1928-yilning l-dekabrida  O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi o‘zining 209- sonli qarori bilan shu yilning 11- avgustida qabul qilingan 123- sonli qaroriga o‘zgartirish kiritadi, bu yangi (209-sonli) qarorda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini 2 yilga qisqartirish (uni 1930- yilning  1 - yanvarigacha tugallash) nazarda tutiladi.

Ikkinchi davr (lotin grafikasiga asoslangan yillar.) Bu davr lotinlashtirilgan o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish bilan boshlanadi.

1929- yilning 15—23- mayida  Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala - adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari ko‘riladi. Bu konferensiyada adabiy til m e’yorlarini belgilashda singarm onizm li qishloq shevalarining xususiyatlarini hisobga olish lozimligi haqida takliflar bo‘ladi, shu asosda alifboda ham unlilarni ifodalovchi 9 harfning bo‘lishi ma’qullanadi; alifboga bosh harflar qo‘shiladi va harflar tartibi belgilanadi. 1929- yilning 10- avgustida  O‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi kollegiyasining yig‘ilishi bo‘lib, unda may oyida bo‘lib o‘tgan til-imlo konferensiyasi tavsiya qilgan yangi imlo qoidalari tasdiqlanadi. «Qoidalar» 29 moddadan iborat bo‘lib, ularda singarmonizmli sheva xususiyatlarini yozuvda ifodalashga ko‘proq o‘rin beriladi. Yozuvning ayni shu jihati jamoatchilikda e’tiroz tug‘diradi, bu e’tiroz 1933-yilda o‘zbek orfografiyasi qoidalarining yangi loyihasi yaratilishiga olib keladi.

1934- yilning yanvar oyida Toshkentda o‘zbek orfografiyasining yangi loyihasi muhokamalarini yakunlash maqsadida birinchi Respublika Qurultoyi o‘tkaziladi, unda alifbodan 3 ta harf (e, u, ) chiqariladi, natijada «o» — «e», «i» — «u», «i» — «» juftliklari o‘rnida «o», «i» va «i» harflarining o‘zini qo‘llash qoidalashtiriladi, biroq bu bilan alifbo va imlodagi qiyinchiliklarga to‘la barham berilmaydi: «a» bilan «e» harflarining qo‘llanishidagi noizchilliklar, «-ga» va «-Oja», «-gan» va «-c>|an», «-gac» va «-c>| as», «-lik» va «-liq» ... kabi ko‘p variantlilikning yozuvda saqlanganligi jonli til bilan imlo o‘rtasida jiddiy tavofutlarni yuzaga keltiradi, izchil va barqaror savodxonlikni ta’minlash ishiga xalaqit beradi. 1938- yilning boshlarida O‘zbekiston Fanlar Komitetining A.S.Pushkin nomli Til-adabiyot institutida A.K.Borovkov (rahbar), Olim Usmonov, Faxri Kamolov, B.Avizovlardan iborat maxsus mualliflar guruhi tuzilib, unga lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va orfografiyasini matbuotda bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rish va takomillashtirish vazifasi yuklatiladi.

1938- yilning 9- dekabrida  lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosining yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi loyihasi muhokama uchun matbuotda e’lon qilinadi. Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) «e» harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi «a» harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan «o» unlisi uchun alifboga usti chiziqli « a » harfi kiritiladi; d) alifbodagi harflar tartibi qisman o‘zgartiriladi:  9, q, oj, h, r| harflari alifbo oxiriga olinadi. Natijada alifbo loyihasi quyidagi 30 harfdan tarkib topadi: a, b, v, g, d, e, z, z, i, j, k,  1, m, n, a , o, p, r, s, t, u, f, x, c, §, oj, q,  9, h, r|,’ (apostrof). Loyihada bevosita imlo bilan bog‘liq o‘zgarishlar borligi ham ma’lum bo‘ladi: «-gan» va «-orp», «-gac» va «-ojac», «-gunca» va «-ojunca», «-ga» va «-oja», «-tak» va «-maq», «-gak» va «-raq» kabi juft qo‘shimchalarning ingichka va yo‘g‘on variantlaridan faqat bittasi imlo uchun standart sifatida belgilanganligini, ksi,  pcaq kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qisqa «i» unlisining yozilishi  (kisi, picaq kabi ), jazuci, toquci kabi so‘zlarning yazuvci/, toquvci shaklida bir «v» qo‘shib yozilishi qoidalashtirilganligini ko‘ramiz.

1938- yilning 12- dekabrida yuqoridagi loyiha A.S.Pushkin nomli Til- adabiyot va tarix instituti ilmiy kengashida muhokama qilinadi, ammo bu muhokama paytida yozuvni rus grafikasiga ko‘chirish kerakligi haqida ham takliflar bo‘ladi: bunga mamlakatda rus grafikasiga o‘tish jarayoni ommaviy tus olganligi asos qilib ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, 1936—38- yillar orasida 30 ga yaqin xalqning (abazin, avar, adigey, bolqor, buryat, darg‘in, yoqut, ingush, cherkes, koryak, lak, lezgin, nanay, nenes, no‘g‘ay, oltoy, osetin, tatar, xakas, chechen, chukchi, shor, even, evenk, eskimos, qorachay, qrim-tatar, quniiq xalqlarining) yozuvlari rus grafikasi tizimiga ko‘chirib bo‘lingan, boshqa Ittifoqchi Respublikalarda esa bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan edi. Institutning ilmiy kengashi shu omilni hisobga olib. rus grafikasiga o‘tish bo‘yicha takliflar tayyorlashni Olim Usmonovga topshiradi’b.

1939- yil,  aytish mumkinki, rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini shakllantirish yili bo‘lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiyani ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomli Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi, uni bajarish esa F.Kamolov,O.Nosirova va Z.Ma’rufovlarga topshiriladi.

1939-yilning 25—27- mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo‘lib o‘tadi, bu sessiyada garchi lotin grafikasidagi o‘zbek orfografiyasining 1938- yil dekabr oyida e’lon qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko‘rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tish vaqti kelganligi alohida ta’kidlanadi.

1939- yilning 13- oktabrida Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga ko‘chish masalasi ko‘riladi. Yig‘ilish qarorida bu haqda shunday deyiladi: «Biz, intelligensiya yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga qo‘yishni tabriklaymiz va o‘z vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz. Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz».

1939- yilning 22- oktabrida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi Raisining o‘rinbosari Qori Niyozov huzurida rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosining proektini muhokama qilishga bag‘ishlangan yana bir muhim kengash bo‘lib o‘tadi. Unda Faxri Kamolov proekt haqida doklad qiladi. Muzokaraga chiqqanlar proyektni asosan ma’qullab, uni tezroq omma muhokamasiga qo‘yish va joriy qilish zarurligini aytishidi.

1939- yilning 23- oktabrida «O‘qituvchilar gazetasi»da «O‘zbek adabiy tilining rus grafikasi asosidagi yangi alfaviti» nomli bosh maqola chop etiladi. Unda shunday deyiladi: «Hozirgi kunda RSFSR da 36 millat rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko‘chdi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o‘tish oldida turadilar...». «Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o‘tish — kelajakda ham shakl, ham mazmun jihatdan bir ... madaniyat va tilga qo‘shilib ketuvchi o‘zbek xalqi madaniyati va tilining taraqqiyotini tezlatish demakdir».

1939- yilning 18- noyabrida matbuotda «Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbesi» ning proekti muhokama uchun e’lon qilinadi. Unga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz; a, b, v, g, d, e (yo), j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh, щ,’, ы, , e, yu, ya, e, ch, K, f, h, n. 1940- yilning 26—28- martida  Toshkentda yangi o‘zbek alfaviti va orfografiyasi masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi. Kengash alifbo loyihasi bo‘yicha bildirilgan fikrlami hisobga olib, unga quyidagi o‘zgarishlarni kiritadi: a) «ы» va «щ» harflari alifbodan chiqariladi; b) «4», «h», «e» harflari «j»,  «\»va «u» bilan almashtiriladi; d) «yo» mustaqil harf deb belgilanadi. Natijada loyiha quyidagi harflami o‘z ichiga oladi: a’ b, v, g, d, e, yo, j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh,’, , e, yu, ya, u, j., k,, n".Uchinchi davr (rus grafikasiga asoslangan yillar)

Uchinchi davr:1940-yilning 5—8- mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining  1-  chaqiriq  III  sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiya o‘zining 8- maydagi yig‘ilishida rus grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining 35 harfdan iborat quyidagi loyihasini tasdiqlaydi: a, b, v, g, d, e, yo, j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh,’, , e, yu, ya, u, k, F,Oliy Kengash O‘zbekistonning barcha xalq komissarliklariga, respublika muassasalariga, mehnatkashlar deputatlari kengashlarining oblast ijroiya komitetlariga respublikada lotinlashtirilgan yozuvdan yangi alifbega ko‘chish ishlarining hammasini ikki yil ichida o‘tkazish, bu ishni 1942-yilning 1- yanvarigacha tugallash majburiyatini yuklaydi100.

1940- yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba’zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi101. Shunday qilib, o‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi — rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi. 1940—1941- o‘quv yilida  maktablarning quyi sinflarida o‘quv jarayoni yangi yozuvga ko‘chiriladi.

1941—1942- o‘quv yilida  maktablarning yuqori sinflarida ham o‘quv jarayoni yangi (kirillcha o‘zbek) yozuvga ko‘chiriladi. 1943-1946- yiUarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari  olib boriladi. Shu yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga yetarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni tuzatish maqsadida 1946-yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi. 1947-1950- yillarda A.S .Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946- yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to‘plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi. 1950—1952- yillarda til va imlo masalalariga bag‘ishlangan bir necha konferensiya va kengashlar bo‘lib o‘tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo‘yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi. 1953—1955- yillarda matbuotda bildiriigan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida « O‘zbek orfografiyasi asosiy qoidalari»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi. 1956- yilning 4- aprelida « O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi.

1956-1990- yillarni  rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi uchun jiddiy sinov yillari bo‘ldi deb baholash mumkin: bu yillar ichida alifbo va imlo qoidalarihing ijobiy baholanishi mumkin bo‘lgan jihatlari bilan birga, anchagina kamchiliklari borligi ham ma’lum bo‘lib qoldi: o‘zbek tilining ayrim milliy tovushlari uchun maxsus harflaming yo‘qligi, grafika va orfografiyaning ortiq darajada rus tili fonologik xususiyatlariga moslashtirilganligi bir qator mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelindi.

1990—93- yillarda  o‘zbek yozuvi muammolari bilan bog‘liq yangi davr boshlandi: bu davrda ruschalashtirilgan o‘zbek alifbosini boshqa sistemadagi alifbo bilan almashtirish g‘oyasi paydo bo‘ladi va shu g‘oya atroflda to‘rt xil yo‘nalish shakllanadi.  Birinchiyo‘nalishtarafdorlari o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitga ko‘chirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi; ikkinchi yo‘nalishtarafdorlari arab grafikasidagi eski o‘zbek yozuviga qaytishni yoxud uni (eski yozuvni) ma’lum vaqt amaldagi yozuv bilan parallel qo‘llashnij shu tarzda bu ikki yozuvdan birining tanlanishini vaqt ixtiyoriga berishni taklif qiladilar;  uchinchi yo‘nalishtarafdorlarining aniq shakllangan xulosa va takliflari bo‘lmasa-da, ularning fikrlarida qadimgi turkiy (urxun) alifbosini tiklashga moyillik bordek tuyuladi;  to‘rtinchi yo‘nalishtarafdorlari esa amaldagi alifboni ma’ium o‘zgarishlar bilan saqlash kerakligini aytishadi.Yuqoridagi yo‘nalishlarning tarafdorlari o‘rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko‘chirish g‘oyasining ustun kelishi bilan yakunlanadi.

To‘rtinchi davr (ikki yozuvlilik yillari) 1993-yilning 2 - sentabrida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» qonun qabul qiladi.

Qonunga muvofiq yangi o‘zbek alifbosining tarkibi quyidagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilanadi: a, b, c, d, e, f, g, h, i, j, k, 1, m, n, o, p, Q, r, s, t, u, v, x, y, z, g, g‘, j., n, o, §, (’) tutuq belgisi (apostrof) [ 135].

1995-yilning 6- mayida  O‘zbekiston Oliy Majlisi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritadi. Unda shunday deyiladi:

1. I - moddadagi «31 harf va 1 ta tutuq belgisi (apostrof)» dan so‘zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi» so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Cc, J j harflari mustaqil belgi sifatida alifbodan chiqarilsin.

3. Oo harfi O‘o‘ shaklida, G g harfi G‘g‘ shaklida, S,s, harfi Sh sh shaklida, C,c,harfi Ch ch shaklida, Nn harfi Ng ng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.

4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflari birikmasining yozma shakli tegishlicha  *4a^  Q ^ (jo Z z Ch cJt tarzida ifodalansin.

1995-  yilning 24-avgustida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339- sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari ham tasdiqlanadi.

Yuqorida keltirilgan qonunni amalga kiritish bo‘yicha qabul qilingan qarorda (Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995- yil, №6, 120- modda) ko‘rsatilishicha, o‘zgartirilgan yangi alifboga to‘la o‘tish muddati 2005- yilning 1- sentabriga qadar uzaytiriladi.

2004- yilning 30- aprelida O‘zbekiston Respublikasining «... ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilinadi. Unga ko‘ra lotin o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati 2005- yilning 1 - sentabridan 2 0 1 0 -yilning 1 - sentabrigacha ko‘chiriladi, shu tariqa O‘zbekistonda ma’lum muddat ichida (1995-2010- yillar orasida) o‘ziga xos yangi vaziyat — ikki yozuvlilik holati yuzaga keltiriladi.

 

Tekshirish savollari

1. O‘zbek xalqi XX asrda qanday yozuvlardan foydalangan?

2. Arab grafikasi asosidagi eski o‘zbek yozuviga qaysi yillarda qanday o‘zgartirishlar kiritilgan?

3.Arab grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan nechanchi yilgacha foydalanildi?

4.Arab grafikasidan lotin grafikasiga ko‘chish jarayoni qanday kechdi?

5. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosiga yo‘l-yo‘lakay qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

6. Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

7.Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

8. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon yuzaga keldi? Sabablari?

9. Yangi (lotincha ) o‘zbek alifbosining birinchi va ikkinchi variantlari qachon qabul qilindi?

10.Yangi (lotincha ) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlangan?

 

A D A B I YO T L A R:

1.     Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1992.

2.     Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Toshkent, 1999.

3.     Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.

4.     Jamolxonov H. Grafika va orfografiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 1999

5.     Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.

 

2-ma’ruza

YOZMA NUTQ VA IMLO QOIDALARI

Reja:

1.     Imlo qoidasining umumiy tavsifi. Harflar imlosi

2.      Asos va qo‘shimchalar imlosi

3.      Qo‘shib yozish va chiziqcha bilan yozish

4.      Ajratib yozish

5.      Bosh harflar imlosi va ko‘chirish qoidalari

 

Tayanch tushunchalar: qo‘shib yozish, takror so‘z, ajratib yozish, ko‘makchi fe’l, chiziqcha bilan yozish, kuchaytirma sifat, qo‘shma ot, izofali birikma, qo‘shma sifat, yuklamalar, qo‘shma fe’l, tartib son, murakkab son, arab raqami, juft son, rim raqami, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari.

1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlandi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

1995-yil 24-avgust                                   339-son   Toshkent shahri

O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI
TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.     O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2.      Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.

3.       O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr qilish choralarini ko‘rsinlar.

4.      Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov

    Yangi imlo qoidalari quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:

1.                 Harflar imlosi.

Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).

Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).

2.                 Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).

3.                 Qo‘shib yozish (38-50-qoidalar).

4.                 Chiziqcha bilan yozish (51-58-qoidalar).

5.                 Ajratib yozish (57-65-qoidalar).

6.                 Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).

7.                 Ko‘chirish qoidalari (75-82-qoidalar).

 

O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI.

Unlilar imlosi

1.     A a harfi:

1)      aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;

2)      bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi.

2.      O o harfi:

1)      ona, omon, quyosh, fido, baho xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi:

2)      boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon, direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.

3.      I i harfi:

1)      ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi sozlarda old qator unlini ifodalash uchun yoziladi;

2)      o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.

4.      Uu harfi:

1)      uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz, mafkura; ko‘zgu, uyqu, aluminiy, yubiley kabi sozlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;

2)      qovun, sovun, tovush, yovuz, qirgovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.

5.      O‘ o‘ harfi ot, oq, ozbek, osimlik, doppi; botakoz, semizot, gulkorpa, noorin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

6.      E e harfi ekin, esla, evara, ekran, ekspot; kel, zehn; kecha, behi, nematkabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

7.      Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:

1)     unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:

a)                 ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;

b)                io: biologiya, million, stadion, radio kabi;

d)      at: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;

e)       oi: alkoloid, ellepsoid, shoir, oila kabi;

f)        ea: teatr, okean, laureat kabi;

2)      ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi;

Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi:

manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

Undoshlar imlosi

8.       B b harfi:

1)      bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi:

2)      kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi;

3)      qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi.

9.       P p harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.

10.   V v harfi:

1)      ov, suv, kuyov, ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

2)      avtobus, avtomat kabi o‘ztashma so‘zlarda v ba’zan f avtilsa ham, v yoziladi.

11.   F f harfi:

1)      fan, fel, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

2)      fasl, fayz, Fotima, fursat kahi so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.

12.   M m harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.

13.   D d harfi:

1)      dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

2)      obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.

14.   T t harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

15.   Z z harfi:

1)      zar, zamon; toza, ozbek; yoz, goz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

2)      iztirob, izquvar, bozchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.

16.   S s harfi sog‘, somon, oson, asos, olmos kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

17.   Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoslni ifodalash uchun yoziladi.

Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga’ tutuq belgisi qo‘yiladi: Is hoq, as’hob kabi.

18.   J j harfi:

1)      jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi so‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;

2)      jurnal, projektor; gijda, ajdar; garaj, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

19.   Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.

20.   R r harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi so‘zlarda til oldi ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.

21.   L I harfi lola, loyiq, la’l, iloj, mahal kabi so‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun voziladi.

22.   N n harfi:

1)      non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi so‘zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;

2)      shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa ham, n yoziladi.

23.   G g harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalsh uchun yoziladi.

24.   K k harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

25.   Y y harfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

26.   Ng ng harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil. keling. bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.

27.   Q q harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

28.   G„ g‘ harfi g‘oz, bag‘ir, tog‘ kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

29.   X x harfi xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.

30.   H h harfi hosil, hamma. bahor; isloh, nikoh kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.

31.   Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:

1)      baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artisl, g‘isht kabi so‘zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham yoziladi;

2)      metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar = metallar, kilogramm+m i= kilogrammi kabi.

32.   ’ - tutuq belgisi:

1)      alo, bazan, mayus, tazim; ray, tab; elon, etibor, etiqod, memor, nemat, sher, fel; Numon, shula kabi oz„zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mojiza, motadil, motabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi;

2)      inom, sanat, qatiy, masul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi.

ASOS VA QO‘ SHIMCHALAR IMLOSI

33.      Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:

1)    a unlisi bilan tugagan so‘zlarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda, a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla - saylov, sina - sinov, aya - ayovsiz; so‘ra - so‘roq, bo‘ya - bo‘yoq; o‘yna - o‘ynoqi, sayra - sayroqi kabi;

2)    i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi - o‘quvchi, qazi - qazuvchi, sovi - sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri - og‘riq, qavi - qaviq kabi.

E s l a t m a:

1)    undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol - oluv, yoz –yozuv kabi;

2)     undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz - uzuq, yut - yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.

34.       k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak - tilaging, vurak - yuragim, kubok - kubogi, bek - beg, tayoq - tayog‘i, qoshiq - qoshig‘i, yaxshiroq - yaxnhirog‘i, yo‘q - yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok- ishtiroki, ocherk - ocherki, erk - erki, huquq - huquqim, ravnaq - ravnaqi, yuq - yuqi kabi.

35.       Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:

1)     o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘sbilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin - o‘rnim, qorin - qorni, burun - burning, o‘g‘il - o‘g‘ling, ko‘ngil - ko‘ngli; yarim - yarmi; qayir - qayril, ulug‘ - ulg‘ay, sariq - sarg‘ay, ikki - ikkov, ikki - ikkala, yetti - yettov kabi;

2)    u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha

qo‘shimchalari qo‘shilganda, n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi;

3)    o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:

a)     ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m. -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirilmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi, orzumiz. orzungiz, orzusi kabi;

b)     parvo, obro‘, mavqe, muvzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; oibro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasiparvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y uudoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi);

4)     men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.

36.     Quyidagi qo‘shimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:

1.                       -bon, -boz qo‘shimchalari ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt - bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivahcha, xolavachcha kabi;

2.                       o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi; ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.

37.     Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:

1)     taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;

2)     nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi:

3)     jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, - gina qo‘shimchasi uch xil aytiladi va sunday yoziladi:

a)      k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, tokkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;

b)     q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday voziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;

v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.

QO‘SHIB YOZISH

38.     Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi sozlar yordamida yasalgan qoshma ot va qoshma sifatlar qoshib yoziladi: qabulxona, tabriknoma taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxaiq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.

39.     -(a)r (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: orinbosar, otboqar, cholquvar, ishyoqmas, qushqonmas kabi.

40.     Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+a’<), hayhayla (hay- hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.

41.     Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi:

karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.

42.     Narsani uning rangj, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarga, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.

43.     Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqora, nosqovoq, kozoynak kabi.

44.     Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: togolcha, cholyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.

45.     Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryogdi, Urtoqmoq, Ochildasturxon kabi.

46.     Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, sozboshi, olmaqoqi kabi.

47.     Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Yangiyol, Tortkol, Mirzachol, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: Orta Osiyo, Kohna Urganch, Orta Chirchiq kabi.

48.      Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika; yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.

49.     Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.

50.     Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi.

CHIZIQCHA BILAN YOZISH

51.     Juft soz va takror soz qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr- shafqat, qovun-tarvuz. omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz- moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta- bitta (bitta-bittalab), chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma- hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.

E s l a t m a:

1)     juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladl: baxl-saodatli, xayr-xoshlashmoq kabi;

2)     juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bogdovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: dost-u dushman (dost-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;

3)     yetakchi va ko‘makchi fed bir xil shaklda bodsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qoyasan, uxlabman-qolibman kabi.

52.      Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa- kunduzi, toppa-togri, bab-baravar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).

53.      So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

54.      Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yodi bilan olingan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.

55.    -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina, (-kina, -qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keldim, keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.

56.      Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf. 5- “4” sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilar, 60- yillur, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

AJRATIB YOZISH

57.    Qoshma fedning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib ket, olib chiq, miq etma kabi.

58.                    Ko‘makchi fe’1 va todiqsiz fed mustaqil feddan ajratib yoziladi: aytib ber, olib kor, sorab qoy, kora qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fed bilan yordamchi fed orasida tovush o‘zgarishi bodsa, bunday qismlar qo‘shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.

59.      Ko‘makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchun ko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.

60.     Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi: humma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi. Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zlari bilan ishlatilganda, bir y tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.

61.    Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi.

62.     Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir mingyetti yuz sakson beshinchi kabi.

63.    Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.

64.     Belgining ortiq darajasini bildiruvchi kopdan kop, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.

65.    Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nuzar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘zlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

BOSH HARFLAR IMLOSI

66.    Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif Soflzoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.

67.     Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyol (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chigatoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yarqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘lar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Murkaziy Qizilqum kabi.

68.    Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.

69.    Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), “Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi), “G‘uncha” (bog‘cha), “Botanika” (sanatoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug‘ qon”, (roman), “Dilorom” (opera), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgoriik), “Sino” (sovutgich) kabi.

70.    Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kimi, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami kabi.

71.       Davlatlaming, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlaming nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchiik Kengashi kabi. Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi. Yazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazjrligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.

72.       Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa tashkilotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog‘lom avlod uchun” (orden), ctO‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisf (nishon) kabi.

73.       Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oidim (O. Yoqubov).

E s l a t m a:

1)    ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot boTmasa) kichik harf hilan yoziladi: “Bu men, - qorqibgina javob berdi kolaga (O.Yoqubov);

2)    xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: Mamuriy huquqbuzariik togrisidagi ishni korishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:

-       mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish -kirmasligini;

-         ma’muriy huquqbuzariik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;

3)    gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan kirgan so‘zlar (“O‘zbek tili” darsligidan).

74.       Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot boTmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSh (Amerika Qo‘shma Statlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.

KO‘CHIRISH QOIDALARI

75.      Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: toq-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.

76.      So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:

1)      so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘z o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;

2)      so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirimaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.

77.      O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:

1)      ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;

2)      uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.

78.      Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shana, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.

79.      Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIXkabi.

80.                              Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi:

“Asinfi, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.

81.      Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z-92” (festival), “O‘qituvchi-91” (ko‘rik tanlov), “Andijon-9”, “Termiz-16” (g‘o‘za navlari), “Boing-767” (samolyotj, “Foton-774” (televizor) kabi.

82.      A.J.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kablilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilimaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1.     Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

2.      Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

3.      Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

4.      Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering.

5.      Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

6.      Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan?

7.      Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering.

 

3-MA’RUZA

KIRILL VA LOTIN ALIFBOSIGA ASOSLANGAN IMLO

QOIDALARI QIYOSIY TAVSIFI

Reja:

1.     Harflar imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

2.      Asos va qo‘shimchalar imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

3.      Qo‘shib yozish imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

4.      Chiziqcha bilan yozish imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

5.      Ajratib yozish imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

6.      Bosh harflar imlosi imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

7.      Ko‘chirish qoidalari imlosi bo‘yicha farqli jihatlar

Tayanch tushunchalar: qo‘shib yozish, takror so‘z, ajratib yozish, ko‘makchi fe’l, chiziqcha bilan yozish, kuchaytirma sifat, qo‘shma ot, izofali birikma, qo‘shma sifat, yuklamalar, qo‘shma fe’l, tartib son, murakkab son, arab raqami, juft son, rim raqami, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari.

 

Kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tuzilgan imlo qoidalari 1956-yil 4-aprelda tasdiqlangan edi. U “O‘zbek orfogarfiyasining asosiy qoidalari” deb nomlangan. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha tayyorlangan qoidalar esa “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” deb ataladi. U 1995-yil 24- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat: 1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§lar). 2. O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi (31-55-§lar). 3. Qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari imlosi (56-58-§lar). 4. Bo‘g‘in ko‘chirilishi (59-62-§lar). 5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§lar).

Lotincha o‘zbek alifbosiga asoslanuvchi yangi imlo qoidalari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. Harflar imlo qoidasi. Unlilar imlosi (1-7-bandlar). 2. Undoshlar imlosi (8-32-bandlar). 3. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar). 4.Qo‘shib yozish (38-50-bandlar). 5. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar). 6. Ajratib yozish (57-65-bandlar). 7.Bosh harflar imlosi(66-74-bandlar).8.Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar).

Kirill yozuviga asoslangan va yangi imlo qoidalarining nomlanishi, bo‘limlarining nomlanishida ham farq seziladi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari 5 bo‘limdan iborat bo‘lsa, yangi imlo qoidalari 8 bo‘limdan tashkil topgan. “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” deb nomlanishidan ko‘ra “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” deb atalishining o‘ziyoq uning qamrovi kengligini ko‘rsatadi va masala mohiyatini chuqurroq yoritadi. “Ayrim harflar imlosi” deb atalishining o‘ziyoq o‘zbek alifbosidagi barcha harflar haqida so‘z yuritilmasligini anglatib turibdi. Yangi qoidalarda “Harflar imlosi. Unlilar imlosi. Undoshlar imlosi” deb atalishi maqsadga muvofiqdir. Amaldagi qoidalardagi “O‘zak-negiz va qo‘shimchalar qoidasi” bo‘limi yangisida “Asos va qo‘shimchalar imlosi” deb o‘zgartirilgan. Shuningdek, amaldagi qoidalarda “Qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari imlosi” bo‘limida qo‘shib yoziluvchi, ajratib yoziluvchi va chiziqcha bilan yoziluvchi so‘zlar imlosi aralash berilgan edi. Yangi qoidalarda esa bu masalaga yanada aniqlik kiritilgan va ular uch bo‘limga ajratilgan: 1. Qo‘shib yozish. 2. Chiziqcha bilan yozish. 3. Ajratib yozish. Kirill yozuviga asoslangan qoidalarda “Bo‘g‘in ko‘chirilishi” va “Bosh harflarning yozilishi” bo‘limlari yangi qoidalarda o‘zaro joy almashtirilib, avval “Bosh harflar imlosi”, keyin “Ko‘chirish qoidalari” berilgan. Endi kirill yozuviga asoslangan qoidalarni pragrafma-paragraf qarab chiqamiz.

Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining dastlabki 3 paragrafini “Ayrim harflar imlosi” bo‘limi tashkil etadi. Bo‘limning nomlanishidan ham ko‘rinib turibdiki, kirillcha o‘zbek alifbosidagi barcha harflar imlosini qamrab olish ko‘zda tutilmagan. Uning 11 paragrafi unlilar imlosiga bag‘ishlangan. Qoidalar иharfi bilan boshlangan. мharfining yozilishi ikki bandda, уharfining yozilishi uchun uch band to‘rt xatboshida tavsiflangani holda, уharfining yozilishi atigi bir bandda bir necha qatordagina bayon etilgan. Bir paragrafda yonma-yon keladigan unlilar tavsiflangan (идиома, аэростат, оила, оид, доир, шоир kabi). To‘rtinchi paragrafda е, ё, ю, яharflarining yozilishi bayon etilgan. Keyin, б, ф, д, ж, ц, ш, ч, й, н, нг, уharflari, ъva ьbelgilari imlosi berilgan. 24-, 25-, 26-, 27-, 28-§lar yonma-yon kelgan undoshlar imlosiga bag‘ishlangan. Imlo qoidalarida в, г, з, к, л, м, п, р, с, т, х, ч, ш, к, гharflari va ularning qo‘llanishiga doir fikrlar berilmagan.

Yangi imlo qoidalarining “Harflar imlosi” bo‘limi ikki qismga ajratilgan. 1. Unlilar imlosi (7 band) 2. Undoshlar imlosi (25 band). Ularda har bir harf alohida bandlarda tasniflangan. Yonma-yon kelgan unlilar, undoshlar hamda tutuq belgisining qo‘llanishiga alohida bandlar ajratilgan. Qoidalar ancha ixcham, tartib bilan berilgan. Harflar imlosi haqidagi qoidalar uni o‘rganuvchilar uchun ancha qulay va yengil tuzilgan. Bu esa uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Ayniqsa, unda е, ё, ю, яharflari, ьbelgisi bilan bog‘liq qoidalarning yo‘qligi ham hozirgacha turli- tuman yozib kelingan so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yangi imlo qoidalaridagi 25-bandda berilgan lotincha уharfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor, soy, to‘ykabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi”, - degan qoidaning o‘zi kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining 8-, 9-, 10-, 11-, 19- §larida yozilgan qoidalarning barchasi o‘rnini bosadi. Chunki uning birgina o‘zi е, ё, ю, я, йharflarining yozilishini qoidalashtiradi. Yangi imlo qoidalarida o‘zbek tiliga o‘zlashgan va hozirgacha цharfi va шчharflar birikmasi bilan yozib kelingan so‘zlar imlosi berilmagan. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining 17-, 18- §lari uchun shunday so‘zlar imlosi haqida edi. Hozir, ayniqsa, цqorishiq undosh tovushining yozuvdagi ifodasida bir oz chalkashliklar mavjud. цo‘rnida ts yoki s harfi yozilishining sabablari, щo‘rniga sh harflar birikmasi yoki shch harflar birikmasi bilan yozilishi borasida bahslar bo‘lyapti. Shuningdek, baynalmilal so‘zlarda tutuq belgisining ishlatilmasligi sababi ham ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining “O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi” bo‘limidan yangi imlo qoidalarining “Asos va qo‘shimchalar imlosi” bo‘limi miqdori va mazmun jihatidan ancha farq qiladi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari 25 paragraf bo‘lsa, yangi imlo qoidalari besh banddangina iborat. Ushbu bandlar 2, 3, ba’zilari 6 bandgacha qo‘shimchalar bilan bog‘liq bandlardan tashkil topgan. Bu bo‘lim bandlari bo‘yicha quyidagi farqli holatlar mavjud.

1.     Ushbu bo‘limdagi 33-qoidaning eslatma qismida shunday deyiladi: “Undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz-uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarida esa -uq (-iq) qo‘shimchasining imlosi qoidalashtirilmagan.

2.     Ushbu bo‘limdagi 35-qoidaning 3-bandida keltirilgan holatlar ham kirill- o‘zbek yozuvining imlo qoidalarida berilmagan. Ma’lumki, o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari 2 xil qo‘shiladi va yoziladi:

a) bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabilarda hech qanday tovush orttirilishi kuzatilmaydi;

b) parvo, obro‘, mavqe, avzo kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa har uchta shaxsda ham y tovushi orttiriladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz, avzoyi. Ammo mavzu, xudo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, I va II shaxs shakllarida tovush orttirilsa, III shaxsda qo‘shimcha -si shaklida qo‘shiladi: mavzuyim, mavzuying, mavzusi kabi.

3.    Ushbu bodimdagi 37-qoidaning 1-bandida taqlid so‘zlardan fed yasovchi - illa qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bodganda -ulla tarzida aytilishi va yozilishi qoidalashtirilgan: shovulla, lovulla, gurulla kabi. Qolgan hollarda esa -illa yoziladi: taqilla, chiqilla. Kirill imlo qoidalarida esa bu qo‘shimcha -illa shaklida qo‘shilishi qoidalashtirilgan: шовилламоц, гувилламоцkabi. Ammo шовул, овул, цувурkabilarda esa v tovushidan keyin u yozilishi qoidalashtirilgan (2-paragraf). Ko‘rinadiki, bu xil holatlar kirill imlo qoidasi asosida 2 xil yoziladi. Bu qoidalar lotin imlo qoidalarida bir xillashtirildi.

4.    Ma’lumki, lotin imlo qoidalariga ko‘ra, nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘gdnli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; otkazdir, tomizdir. -tir qo‘shimchasi esa bir bo‘gdnli jarangsiz undosh bilan va ko‘p bo‘gdnli z dan boshqa tovushlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: tiktir, ektir; uyaltir, chaqirtir kabi. (37-qoidaning 2- bandi). Kirill imlo qoidasida esa orttirma daraja yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘gdnli so‘zlarga -tir shaklida qo‘shilishi aytilgan, aslida esa jarangli z dan so‘ng -tir emas, -dir qo‘shiladi. Qiyos qiling: chomiltirmoq, sevintirmoq, ammo tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Bu kabi holatlar lotin imlo qoidalarida yanada aniqlashtirildi.

5.    Kirill imlo qoidasida g‘ yoki q bilan tugagan so‘zlarga g bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilganda, so‘z oxiri va qo‘shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda, ya’ni -qa shaklida yozilishi qoidalashtirilgan: бог - боцца, тог - тоцца, чуг - чуцца, цишлоц - цишлоцца, тароц - тароцца.Lotin imlo qoidalarida esa bunday so‘zlar talaffuziga ko‘ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda yozilishi qoidalashtirilgan, ya’ni so‘z k tovushi bilan tugasa, -ka, so‘z q tovushi bilan tugasa, -qa, boshqa hollarning barchasida -ga qo‘shimchasi qo‘shilishi keltirib o‘tilgan: bogga, togga, sogga, oggan, sigguncha kabi (37- qoidaning “v" bandi).

Yangi imlo qoidalaridagi “Qo‘shib yozish” bodimida berilgan 13 band yangi qoidalardir. Bular hozirgacha goh qo‘shilib, goh ajratib yozib kelingan so‘zlarni yagona qoida ostida qo‘shib yozishni qonuniylashtirgan. Ushbu bodim bo‘yicha quyidagi farqli holatlar mavjud:

1.    Kirill imlo qoidalarida ikki otdan tuzilgan qo‘shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dutor boyin (ot+ot =qo‘shma sifat), havo rang (ot+ot =qo‘shma sifat), bodom qovoq (ot+ot =qo‘shma sifat), qoy koz (ot+ot =qo‘shma sifat) kabi (58-paragraf, 3-qoida). Qo‘shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o‘zini oqlagani yo‘q: orombaxsh, bugdoyrang, ilhombaxsh so‘zlari “ot+ot =qo‘shma sifat" qolipida tuzilgan bodishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug‘atlarida qo‘shib yozilgan, devsifat, odamsifat so‘zlari esa (ular ham “ot+ot =qo‘shma sifat” qolipida shakllangan) lug‘atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi “qoidalari"da bu tipdagi qo‘shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: “qoidalar"ning 38-bandida xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning qo‘shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bugdoyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi (qarang: 38-qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havorang, jigarrang, bodomqovoq, qoykoz kabi qo‘shma sifatlarning komponentlari ham lotin-o‘zbek yozuvida qo‘shib yozilishi kerak. Qiyoslang:  ҳаво ранг(kirill-o‘zbek yozuvida) - havorang (lotin-o‘zbek yozuvida), бодом қовоқ(kirill-o‘zbek yozuvida) - bodomqovoq (lotin-o‘zbek yozuvidaj, қўй кўз(kirill-o‘zbek yozuvida) - qoykoz (lotin-o‘zbek yozuvida), жигар ранг(kirill o‘zbek yozuvida) - jigarrang (lotin-o‘zbek yozuvida) kabi.

2.     Lotin imlo qoidalarining 46-qoidasida qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shilib yozilishi qoidalashtirilgan: mingboshi, sozboshi, olmaqoqi. Kirill imlo qoidalariga ko‘ra ming boshi, on boshi, soz boshi kabilar “birikmalik xususiyatini saqlagan so‘zlar (?)” sifatida ajratib yoziladi (qarang: 58-paragraf, 12-qoida).

3.     1956-yilgi “qoidalar”da ikkinchi komponenti “yo‘lashgan tovush bilan boshlangan шер юрак, муз ёрар, иш ёцмас, цул ёзмаtipidagi so‘zlarning ajratib yozilishi aytilgan (qarang: 58-paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (qarang: 39-qoida).

Yangi imlo qoidalaridagi “Chiziqcha bilan yozish” bo‘limidagi 15-band kirill yozuviga asoslangan qoidalarning 47-, 54- va 58-paragraflaridagi qoidalarga mos keladi. Yangi imlo qoidalarida chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlarning alohida ajratib berilishi undan foydalanishni osonlashtiradi va qulaylashtiradi. Shuningdek, bu bo‘limga 3 ta yangi qoida ham kiritilgan bo‘lib, ular 52-, 53- va 54-bandlardir.

Lotin imlo qoidalaridagi ushbu bo‘limning 51-qoidasida juft so‘z qismlari orasida -u (yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yilishi qoidalashtirilgan: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz kabi. Kirill imlo qoidalarida esa bu so‘zlar chiziqchasiz yozilishi qoidalashtirilgan: еру осмон, ору номус, туну кун, кечаю кундуз, ёшу цари, кую кузиkabi (57-paragraf, eslatma). Bu yozuvda - yu yuklamasi chiziqcha bilan, -u (yu) bog‘lovchisi esa so‘zga qo‘shib yozilgan: борди-ю, келди-ю(57-paragraf), еру осмон, ору номус, туну кун, кечаю кундуз. Lotin imlo qoidalarida esa -u (yu) bog‘lovchi yoki yuklamaligidan qat’i nazar chiziqcha bilan yoziladi. Demak, yangi imlo qoidalarida bu holat bir xillashtirilgan.

Lotin imlo qoidalarining 56-qoidasiga ko‘ra tartib sonlar arab raqamlari bilan ifodalansa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yilishi qoidalashtirilgan: 1991- yilning 1-sentabri, 60-yillar kabi. Kirill imlo qoidasida esa yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha yozilmaydi, deyilgan: 1956 йил 22 сентябрьkabi (47-paragraf).

Yangi imlo qoidalaridagi “Ajratib yozish” bo‘limi 57-65-qoidalarni qamrab oladi, kirill imlo qoidalarida esa ajratib yozishga 58-paragraf ajratilgan. Bu bo‘limda quyidagi farqlar mavjud:

1.                 Lotin imlo qoidalaridagi 63-qoidada  yildan yilga, tomdan tomga kabi so‘zlar ajratib yozilishi aytilgan. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida chiqizcha bilan yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf): йилдан-йилга.

2.                 Lotin imlo qoidalaridagi 64-qoidada kopdan kop, tekindan tekin kabi so‘zlar ajratib yozilishi aytilgan. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida chiqizcha bilan yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf): кўпдан-кўп.

3.                 Lotin imlo qoidalaridagi 65-qoidada izofali birikmalar ajratib yozilishi, bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi aytilgan: dardi bedavo, nuqtayi nazar. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida ajratib yozilishi hamda и shaklida qo‘shilishi qoidalashtirilgan (58- paragraf 7-qoida): дардибедаво, нуқтаиназар, таржимаиҳол каби.

Bundan tashqari, lotin imlo qoidalarida biroz so‘zi qo‘shib yozilishi qoidalashtirilgan (60-qoida), ammo kirill imlo qoidasiga ko‘ra bu so‘z ajratib yoziladi: бир оз kabi.

Yangi imlo qoidalarining oltinchi bo‘limi “Bosh harflar imlosi” deb nomlanib, 9 banddan iborat. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining oxirgi bodimi “Bosh harflarning yozilishi” deb nomlangan hamda u 10 paragrafdan iborat edi. Yangi imlo qoidalarida berilgan 73-bandning uchta eslatmasi va 74-band kirill yozuviga asoslangan qoidalarda o‘z aksini topmagan edi.

Yangi imlo qoidalarida “Ko‘chirish qoidalari” yakunlovchi bodim bodib, u 8 bandni qamrab olgan. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarida “Bo‘gdn ko‘chirilishi” bodimi 4 paragrafdan iborat edi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalaridagi mavjud paragraflar yangi imlo qoidalarining 75-, 76-, 78-, 79- bandlarida anchayin aniqlashtirilgan holda berilgan. Ayirish va yumshtish belgili so‘zlarning bo‘gdnga ko‘chirilishi haqidagi 61-paragraf tushirib qoldirilgan. Yangi imlo qoidalarning 77-, 80-, 81- va 82-bandlarida ko‘chirib yozish borasida ko‘p uchraydigan qoidalar keltirilganki, bu ham umumiy savodxonligimizning kodarilishiga xizmat qiladi.

Lotin imlo qoidalarining 77-bandida: “O‘zlashma so‘zlarning bo‘gdnlari chegarasida kelgan ikki yoki uch undosh quyidagicha ko‘chiriladi:

1)    ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;

2)    uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi”. Bu kabi qoidalar kirill imlo qoidalarida mavjud emas.

Qisqasi, yangi imlo qoidalari hozirgi o‘zbek tilining yozuvdagi mukammal va bexato aks etishini ta’minlash uchun ziyolilarimiz orasida ellik yildan ortiq davr mobaynida davom etib kelayotgan alifbo va imlo bo‘yicha bahs-munozaralarning natijasi sifatida maydonga kelgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yangi qoidalarimizda ham vaqt va hayot sinovlaridan o‘tishi, to‘ldirilishi lozim bo‘lgan ayrim o‘rinlar ham yo‘q emas.

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1.     Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

2.      Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

3.      Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

4.      Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering.

5.      Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

6.      Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan?

7.      Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering.

 

4-MA’RUZA

YOZMA NUTQ VA ORFOGRAFIYA TAMOYILLARI

Reja:

1.     Orfografiya va uning o‘rganish obyekti.

2.      Fonetik prinsip

3.      Fonematik prinsip

4.      Morfologik prinsip

5.      Tarixiy-an’anaviy prinsip

6.      Grafik prinsip

7.      Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip).

8.Shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy prinsiplar.

Tayanch tushunchalar: Orfografiya, orfoepiya, tamoyil, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, differensiallash tamoyili, etimologik (grafik yoki shakliy) tamoyil

Orfografiya so‘zi yunon (grek) tilidan olingan bo‘lib, “to‘g‘ri yozish” degan ma’noni anglatadi. Orfografiya atamasi zamonaviy tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Yozuvda so‘z va so‘z qismlarining to‘g‘ri yozilishini ta’minlaydigan qoidalar tizimi. 2. Tilshunoslikning yozma nutq qoidalari tizimini orgatuvchi bo‘lim.

O‘zbek tilshunosligida orfografiyaning dastlabki tadqiqi M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga borib taqaladi. M. Koshg‘ariydan keyin ulug‘ shoir va mutafakkir bobomiz A.Navoiy o‘zining “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida bu sohaga oid nodir fikrlarni bayon etgan. Imlo masalalari qadimda qisman husnixat, til va adabiyot darslarida o‘rgatilgan bo‘lsa-da, bu borada qat’iy qoidalar tizimi, tamoyillar ishlab chiqilmagan. Bu soha bilan ko‘proq shoirlar, xattotlar va hujjatlar tayyorlovchi mirzolar yo‘l-yo‘lakay shug‘ullanganlar.

Imlo qoidalariga talab kitoblarini ko‘plab nashr etish, gazeta va jurnallarning paydo bo‘lishi bilan kuchaydi. O‘zbek tili orfografiyasi XIX asr oxiri XX asrning boshlariga kelib avval arab alifbosi, keyinroq lotin alifbosi va yana keyinroq kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi bilan bo‘gliq imlo qoidalarining ishlab chiqilishi bilan takomillashib bordi.

Ma’lumki, tilda mavjud tovushlar bilan alifbodagi harflar miqdor va sifat jihatidan teng emas. Mana shu hol talaffuz va yozuvda o‘zgachalik bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida orfografiya - imlo qoidalariga katta ehtiyoj tug‘diradi. Marhum professor X.D.Doniyorov o‘z vaqtida o‘zbek tili orfografiyasi to‘g‘risida shunday yozgan edi: “...o‘zbek orfografiyasida hali anchagina kamchiliklar va ba’zi chalkashliklar uchraydi. Bularga sabab bir tomondan, o‘zbek alfavitida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘lsa, ikkinchidan, orfografiyaning o‘z prinsiplarining, xususan, uning fonetik prinsipining va qo‘shma so‘zlar imlosining bo‘sh ishlanganligidadir. Orfoepiyaning ishlanmaganligi ham o‘z navbatida orfografiyada aks etadi”[3].

Orfografiya adabiy tilining yozma shakli uchun xos bo‘lib, so‘zning asosi, unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar, sodda, qo‘shma, juft, takroriy so‘zlarning qaytarzda yozilishi, kichik va bosh harflar, ularning ishlatilish o‘rinlari, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi va ko‘chirilishi, qisqartma va ularning yozilish kabi qoidalarini o‘rganadi.

Orfografiya orfoepiya bilan ham uzviy bo‘gliqdir. Chunki nutq og‘zaki va yozma turlarga bo‘linadi. Og‘zaki nutq ba’zan yozma nutq bilan mos kelsa, ko‘pgina hollarda farq qiladi. Mana shu umumiylik va farqli jihatlarni yaxshi o‘zlashtirgan kishi adabiy til imkoniyatlaridan keng foydalanib, yozma nutqida imloviy, uslubiy va ishoraviy xatoliklarga imkon qadar yo‘l qo‘ymaydi. Masalan: talaffuzda ayttir va yozuvda ham shunday, talaffuzda ishtan, ammo yozuvda ishdan, talaffuzda kurakka va yozuvda ham shunday, talaffuzda borayapman, ammo yozuvda boryapman va h.k. So‘zlarning mana shunday talaffuz etilishi va turlicha yozilishi tilshunoslikda ma’lum tamoyillar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Orfografiya prinsiplari imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan tamoyillardir. Orfografiyaning fonetik, fonematik, morfologik, tarixiy-an’anaviy, differensiatsiya, shakliy-an’anaviy kabi tamoyillariga tayanilgan holda so‘zlar va so‘z shakllarini to‘g‘ri yozish qoidalashtiriladi.

Fonetik prinsip (tamoyil) - so‘zlarni asli qanday bo‘lishidan qat’i nazar talaffuziga ko‘ra yozish tamoyilidir. Bu tamoyilga asosan so‘zning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar hisobga olinadi. Bunday o‘zgarishlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

1.    Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining k, q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilishi bilan bo‘ladigan fonetik o‘zgarishlar: eshik-ka, terak-ka, telpak-ka, kurak-ka, qishloq-qa, qirgoq-qa, huquq-qa kabi.

2.    Ayrim otlarga egalik qoshimchasi qoshilishi natijasida yuz beradigan fonetik ozgarishlar: og‘iz - og‘zi, ko‘ngil - ko‘ngli, burun - burni, shahar - shahri, qorin - qorni, bo‘g‘iz - bo‘g‘zi, bo‘yin - bo‘yni kabi.

3.    Asosi k, q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yuz beradigan fonetik o‘zgarishlar: bilak - bilagi, yurak - yuragi, qarmoq - qarmogi, qoshiq - qoshigi, qoshiq - qoshigi (ammo bu qoidalarga erk, idrok, ishtirok, kork, ishq, haq, huquq, farq, turq kabi sozlar bo‘ysunmaydi).

4.    Ayrim so‘zlardan fe’l yasalganda: ulug‘ - ulg‘ay, o‘yin - o‘yna, ong - angla kabi.

5.    Unli bilan tugagan sonlarga -ov, -ovlon, -ala qo‘shimchalarini qo‘shganda: ikki - ikkov, ikkovlon, ikkala, olti - oltov, oltovlon, yetti - yettov, yettovlon kabi.

6.    Asosi -a, -i bilan tugagan so‘zlarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilib so‘z yasalganda: son - sana - sanoq, bo‘ya - q - bo‘yoq, sayla - v, saylov, tanla - v - tanlov, o‘qi - v - o‘quv, tirna - q - tirnoq, qayna - q, qaynoq, o‘yna - qi - o‘ynoqi kabi

7 Ayrim ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari, to‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmalari talaffuziga ko‘ra qo‘shib yoziladi: boroladi (bora oladi), olaveradi (ola beradi), borardi (borar edi), borarkan (borar ekan), borarmish (borar emish) kabi.

Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o‘zlashtirilishini ham osonlashtiradi.

Fonematik prinsip - harflarning (yoki grafemalarning) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanishidir. Chunonchi, kitob, omad so‘zlarining oxiridagi b va d fonemalari jarangsiz p (kitop) va jarangsiz t (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda b (kitob) va d (omad) harflari bilan yoziladi.

O‘zbek tilshunosligida “fonematik prinsip” tushunchasi XX asming oxirrog‘ida qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan.[4]

Morfologik prinsip - so‘zlarni qanday talaffuz etilishidan qat’i nazar asliga ko‘ra, qoidaga binoan yozish tamoyilidir. Bu tamoyilga binoan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydi. Masalan: maktabga (yozuvda) - maktapka (talaffuzda), aytgan (yozuvda) - aytkan (talaffuzda), ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda) kabi.

Qo‘shma so‘zlar, juft so‘zlar (ko‘m-ko‘k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt kabi) o‘zbek tili orfografiyasining morfologik tamoyiliga binoan yoziladi.

Tarixiy-an’anaviy prinsip - so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yoki an’anaga mos shaklda yozish qoidasidir. Sodda qilib aytganda, bu tamoyilga binoan so‘zlar hozirgi holatiga ko‘ra emas, yozma nutqda an’anaga aylangan qoidalarga asosan yoziladi:

Bas, yetar, cholg‘uvchi, bas qil sozingni.

Bas, yetar ko‘ksimga urmagil hanjar... (A. Oripov)

Bu tamoyilga asosan maqsad ravishdoshi -gani o‘rnida -gali, -g‘ali, -qali, - kali, hozirgi-kelasi zamon sifatdoshi -r, -ar o‘rnida -ur, chiqish kelishigi -dan shakli -din, so‘roq yuklamasi -mi o‘rnida -mu shaklida, sifatdoshning -gan shakli o‘rnida - g‘on, qo‘shimchalari qo‘llaniladi.

Shakliy-an’anaviy (grafik) prinsip. Bu tamoyil o‘zlashma so‘zlarning asosiy shakliga (u tilda qanday bo‘lsa, o‘zbek tilida ham shunday yozilishi) muvofiq yozilishini nazarda tutadi. Ma’lumki, sof o‘zbekcha so‘z boshida ikki undosh tovush, so‘z o‘rtasida ikki unli tovush qator qo‘llanmagan. O‘zlashgan so‘zlarda bunday hol ko‘p uchraydi: shturm, drama, stol, prokuror, traktor, zoologiya, biologiya, fikr, zikr, aql, mashq kabi.

Differensiatsiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra shakli bir xil bo‘lgan (omonim) yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan (paronim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilarni ishlatish orqali farqlanadi: atlas (geografiya) - atlas (mato), hozir (ravish) - hozir (sifat), tana - ta’na, davo - da’vo.

Semantik-uslubiy prinsip: semantikprinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ulaming ma’nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, lola, po‘lat (turdosh otlar) - Lola, Po‘lat (atoqli otlar), ishchi (“-chi" - kasb oti yasovchi) - ish-chi? (“-chi" - so‘roq yuklamasi), senda (“­da" - o‘rin-payt kelishigi affiksi) - sen-da! (“-da" - kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi) kabi;

a)      uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, ota, ona, vatan, siz, ozingiz kabi so‘zlar yoki grammatik shakllar shu so‘zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug‘ilib o‘sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e’tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi: Ota, Vatan, Ona, Siz, Ozingiz kabi. Shuningdek, gap ichida tinchlik, ozodlik, mehnat, baxt kabi so‘zlarning ba’zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy prinsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan, Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi[5][6].

Bundan tashqari, bazi adabiyotlarda grafik, sintaktik prinsiplar haqida hammalumotlar uchraydi .

O‘zbek tili orfografiyasida fonetik, fonematik va morfologik tamoyillar yetakchi o‘rin tutadi. Orfografiya tamoyillari, imlo qoidalarini mukammal o‘rganish adabiy tilning imkoniyatlaridan imkon qadar to‘liq foydalanishga, yozma nutqda ham og‘zaki nutqdagi kabi ravon va to‘g‘ri fikr ifodalashga, imloviy, uslubiy, ishoraviy xatolarning oldini olishga yordam beradi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Orfografiya nimani o‘rganadi?

2.     Orfografiyaning qanday tamoyillari mavjud?

3.     Qanday turdagi so‘zlar fonetik tamoyillar asosida yoziladi?

4.     Morfologik tamoyilning mohiyati nimadan iborat?

5.     Qanday so‘zlar, so‘z shakllari va qo‘shimchalar morfologik tamoyil asosida yoziladi?

6.     Tarixiy-ana’naviy tamoyilning o‘ziga xos tomoni nimadan iborat?

7.     Qanday qo‘shimchalarni olgan so‘zlar tarixiy-ana’naviy tamoyilga ko‘ra yoziladi?

8.      Differensiatsiya tamoyiliga binoan so‘z va qo‘shimchalarning qaysi jihatlari farqlanadi?

9.     Shakliy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra qanday so‘zlar yoziladi?

 

 

 

5-MA’RUZA

KIRILL VA LOTIN ALIFBOSIGA ASOSLANGAN IMLO QOIDALARI QIYOSIY TAHLILI

Reja:

1. Har ikki yozuv tizimlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar 

2. “Ayrim harflar imlosi” (1956) va “Harflar imlosi”(1995) qoidalaridagi tafovutlar;

3. “O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi” (1956) va “Asos va qo‘shimchalar imlosi”  (1995)  qoidalaridagi  tafovutlar;

4. “Qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari imlosi” (1956) bilan “Qo‘shib yozish”,  “Chiziqcha bilan yozish” va  “Ajratib yozish”  (1995)  qoidalaridagi tafovutlar.

5. “Bo‘g‘in ko‘chirilishi” (1956) bilan “Ko‘chirish qoidalari” (1995) o‘rtasidagi tafovutlar;

6. “Bosh harflarning yozilishi” (1956) bilan “Bosh harflar imlosi” (1995) qoidalaridagi tafovutlar.

 

Asosiy tayanch tushunchalar: rus grafikasi, lotin grafikasi, paragraf, qoidalardagi farqlar, tafovutla.

 

Amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar

Amaldagi «...qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «...qoidalar»ga kiritilmagan. Masalan: 2- paragraf (3- moddasi); 6- paragraf (2 va 3-moddalari); 8 - paragraf ( 1 - moddasi): 9 - paragraf («ё» harfi), 10-paragraf («ю» harfi), 11- paragraf («я» harfi), 12- paragraf (2-moddasi), 13- paragraf (в > 6 kabi holatlar), 21- paragraf, 22- paragraf (2-moddasi), 26- paragraf (1- moddasi), 27- paragraf, 28- paragraf, 31-paragraf, 40- paragraf,41- paragraf, 48- paragraf, 49- paragraf, 50- paragraf (2- moddasidagi «у/ю» ga aloqador qism), 52- paragraf, 58-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to‘plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: «е» harfining yangi yozuvda faqat «е» unlisini ifodalashi («y»+«e»ni emas), ё, ю, я harflarining yangi alifboda yo‘qligi, ayrim qoidalarning o‘zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasidandir.

 

Yangi to‘plamda yangicha talqinda yohud jiddiy o‘zgarishlar bilan berilgan qoidalar

1. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek orfografiyasida «-uq» («-ук,»), «-iq» («-ик») qo‘shimchasining imlosi qoidalashtirilmagan, lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi orfografiyasida esa bu qo‘shimchaning imlosiga oid maxsus eslatma bor, unda shunday deyiladi: «Undosh bilan tugab, tarkibida u  unlisi bor fe’lga  -uq  qo‘shiladi:  uz-uzuq, yut-yutuqkabi. Lekin  uyushiq, burushiq, uchiriq(shuningdek,  bulduriq)kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida «i»  aytiladi va shunday yoziladi. (q. 33- qoidaning eslatma qismi).

2. Ma’lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishida har xil holatlar uchrab turadi. Masalan,  bobova avzoso‘zlariga egalik qo‘shimchasi ikki xil tarzda —  bobo so‘ziga «-m» va «-ng» shakllarida  (bobom, bobong kabi),  avzo so‘ziga esa «у+im», «у+ing» shakllarida («о» dan so‘ng bir «у» orttirilib) qo‘shiladi:  avzo+y+im, avzo+y+ingkabi. Bunday holatni «u» bilan tugagan ayrim so‘zlarda ham uchratamiz:  uyqu+m, uyqu+ng, ammo  mavzu+y+im, mavzu+y+ingkabi. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining imlosida bunday holatlarni me’yorlashtiruvchi qoidalar yo‘q edi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining imlo tizimida esa yuqoridagi kabi holatlar hisobga olingan. Unda, xususan, shunday qoida berilgan: «о, o‘, и, e» unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:

a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari  -m, -ng, -si; -miz, -ngiz(yoki  -lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz orzungiz, orzusi kabi;

b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir «у» tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga  -yi shaklida,  xudo, mavzu so‘zlariga esa  -si shaklida qo‘shiladi:  avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi «у» undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda «-si» qo‘shiladi: dohiysi kabi) (q: 35- qoidaning 3- bandi).

3. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra шовул (shovul’), овул (ovul), қувур (quvur) so‘zlarida «в» dan so‘ng «у»,  шовилламоq, (shovillamoq), ловилламоq (lovillamoq), гувилламоқ (guvillamoq) fe’llarida esa «в» dan so‘ng «и» yoziladi. (q. 2- va 50-paragraf qoidalari). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvida yuqoridagi ot va fe’llar uchun bitta umumiy qoida berilgan, bu qoidaga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’llarda ham «v» dan so ng «i» emas, «и» yoziladi:  shovullamoq, lovullamoq, gurullamoq kabi. (q: 37- qoidaning I-bandi).

4. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida («...qoida» ning 42- paragrafida) fe’llarning orttirma daraja yasovchi «-dir» qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga «-tir» shaklida qo‘shilishi aytilgan, aslida esa jarangli «z» dan so‘ng «-tir» emas, «-dir» qo‘shiladi. Qiyos qiling:  cho‘miltirmoq, sevintirmoq, ammo  tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu kamchilikka barham berilgan. Unda shunday qoida bor: «nisbat shaklini yasovchi  -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo‘shiladi:  quvdir, egdir, kuldir, yondir, о’tkazdir, tomizdir kabi». (q. 37- qoidaning 2- bandi).

5. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida (qoidalarning 34- paragrafida)  «ғ»  yoki  «г»  bilan tugagan so‘zlarga  «г»  bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilganda, so‘z oxiri va qo‘shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda yozilishi qoidalashtirilgan:  боғ — боққа (bog‘ —boqqa),  тoғ  — тоққа (tog‘ — toqqa), тег — теккан (teg — tekkan) kabi.

Lotin grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa bunday so‘zlar talaffuziga (fonetik prinsipga) ko‘ra emas, morfemalaming asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yoziladi:  bog‘ga, tog‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha, bargga, teggan kabi (qarang: 37- qoidaning «d» bandi).

6. 1956- yil «qoidalari»ning 43- paragrafiga ko‘ra  «-гин»  («-gin»), «-гир»  («-gir»),  «-гиз»  («-giz»), «-гaз»(«-gaz») qo‘shimchalari jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda aytilishiga muvofiq  «-кин» («-kin»),  «-қин»  («-qin»),  « -к ир»  («-kir»),  «-қир»  («-qir»),  « -к и з » («-kiz»),  «-киз»  («-qiz»),  «-каз»  («-kaz»),  «-қаз»  («-qaz») shakllarida yoziladi:  торткин, топкин, тушкин, тортқиз, ўтказ, ўткир, чопқир kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra «-gin» qo‘shimchasi «-k» yoki «-q» bilan tugagan so‘zlardan boshqa so‘zlarga qo‘shilganda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki g aytilishidan qat’iy nazar, ««g» bilan yozilishi aytilgan. Qiyos qiling:  торткин(1956-yil qoidasiga ko‘ra),  tortgin (1995-yil qoidasiga ko‘ra),  топкин (1956-yil qoidasiga ko‘ra),  topgin (1995-yil qoidasiga ko‘ra). Biroq, «-gir», «-giz», «-gaz» qo‘shimchalari bu qoida doirasiga kiritilmagan.

7. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining «...asosiy qoidalari»da ikki otdan tuzilgan qo‘shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan:  дyтop бўйин(ot + ot = qo‘shma sifat),  ҳаво ранг(ot + ot = qo‘shma sifat), бодом қовоқ (ot + ot = qo‘shma sifat),  қўй кўз(ot + ot = qo‘shma sifat), ғўза пўчоқ (ot + ot = qo‘shma sifat) kabi (58- paragraf, 3- qoida). Qo‘shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o‘zini oqlagani yo‘q:  оромбахш, буғдойранг, илҳомбахш so‘zlari «ot + ot = qo‘shma sifat» qolipida tuzilgan bo‘lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug‘atlarida qo‘shib yozilgan, девсифат, одамсифат so‘zlari esa (ular ham «ot + ot = qo‘shma sifat» qolipida shakllangan) lug‘atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi «qoidalari»da bu tipdagi qo‘shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: «qoidalar»ning 38- bandida xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning qo‘shib yozilishi qayd etilgan:  qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (q. 38- qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda,  havo rang, jigar rang, bodom qovoq, qo‘у ko‘z kabi qo‘shma sifatlarning komponentlari ham lotincha o‘zbek yozuvida qo‘shib yozilishi kerak:  havorang, bodomqovoq, qo‘yko‘z, jigarrang kabi.

8. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlo qoidalariga ko‘ra минг боши (ming boshi), ун боши (o‘n boshi), суз боши (so‘z boshi) kabilar «birikmalik xususiyatini saqlagan so‘zlar sifatida ajratib yoziladi (q. 58- para­graf, 12- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa «qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shilib yoziladi:  mingboshi, so‘zboshi, oimaqoqi»(q.46- qoida).

9. 1956-yil «qoidalari»da ikkinchi komponenti «ё» lashgan tovush bilan boshlangan  шер юрак, муз ёрар, иш ёқмас, қўл ёзма tipidagi so‘zlarning ajratib yozilishi aytilgan (q. 5 8 - paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi:  sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (q. 39- qoida).

10. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra  еру осмон (yeru osmon), ору номус (oru nomus), туну кун (iunu kun), кечаю кундуз (kechayu kunduz), ёшу кари (yoshu qari), кую кузи (qo‘уи qo‘zi)kabi juft so‘zlarda defis (chiziqcha) qo‘yilmaydi (57- paragraf, eslatma). Lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra ham bunday so‘zlar ajratib yoziladi, ammo ularning qismlari orasida  -u  (-yu) bog‘lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo‘yiladi:  do‘st-u dushman, kecha-yu Kunduz kabi (51 - qoidadagi eslatmaning 2- bandi).

11. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha (defis) yozilmaydi:  1956 йил 22 сентябрьkabi (47- paragraf qoidasi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yiladi:  1991- yilning 1- sentabri, 60- yillar kabi (56- qoida).

12. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra  aллa (alla), қай (qay) elementlari so‘zga qo‘shib yoziladi:  аллаким (allakim), аллақандай (allaqanday), қайбир (qaybir), қайвақт (qayvaqt) kabi (58-qoida, 13- bandi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra  qayso‘zi o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi:  qay kuni. Agar  qay so‘zi  yoq, yer so‘zlari bilan jshlatilganda, bir «у» tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shilib yoziladi:  qayoqqa,  qayerga kabi (60- qoida).

Izoh:lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek imlosida  alla (alla) komponentli so‘zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan.

13. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra  бир оз (bir oz) ravishi komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra biroz so‘zining komponentlari qo‘shib yoziladi (60- qoida).

14. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida  йилдан-йилга (yildan-yilga), кўпдан-кўп (ko‘pdan-ko‘p) tipidagi birliklar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shu bois ularning komponentlari orasida chiziqchaning (defisning) yozilishi qoidalashtirilgan (57- paragraf, 1- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalaming komponentlari, shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi  ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilar ajratib (chiziqchasiz) yoziladi (64- qoida).

15. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning —  нуқтаи назар  (nuqtai nazar), ойнаи  жаҳон  (oynai jahon), дарди бедаво (dardi bedavo)kabilarning ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58- paragraf, 7- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu qoidaga bitta o‘zgarish kiritilgan: endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga «i» shaklida (masalan,  dardi bedavokabi), unli bilan tugagan so‘zlarga esa «yi» shaklida (masalan,  nuqtayi nazarkabi) qo‘shiladi (65- qoida).

16. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi «qoidalari»ning 69- va 71- paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo‘l ochadi: birikma muhim yig‘ilish nomi bo‘lganda, undagi har bir so‘z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo‘lganda esa undagi birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf’bilan boshlanadi, Крим Конференцияси (69- paragraf qoidasiga mos) —  Крим конференцияси (71 - paragraf qoidasiga mos).

Izoh:birinchi misolda  Qrim Konferensiyasining muhim yig‘ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan.

Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faqat bittasi saqlangan, unga ko‘ra «Muhim tarixiy sana va bayramlaming nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami kabi» (70- qoida).

Demak, lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo‘yilgan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo‘lishi ta’minlangan.

17. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosining «Ko‘chirish qoidalari»da rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida berilmagan quyidagi qoidalar bor: 77- qoida:  o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:

1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi:  dia-gramma,  mono-grafiyakabi;

2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi:  silin-drik kabi.

79- qoida:  ...bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:  ToshDUkabi.

Izoh:79- qoidaning bosh harflardan tuzilgan qisqartmalarga  (AQSh, BMT kabilarga), shuningdek, ko‘p xonali raqamlarga (16, 245, 1994, XIX kabilarga) aloqador qismi rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida ham bor.

80- qoida:  Harflardan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-«A» sinf, V «В» guruh, 110 kg, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.

81- qoida: Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: «Navro‘z-92» (festival), «Oqituvchi-91» (ko‘rik tanlov), «Andijon-9», «Termiz-16» (g‘o‘za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) kabi.

82- qoida:  A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyevkabilarda ismning va ota ism ining birinchi harfiga teng qisqartmalar fam iliyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek,  v.b.(va boshqalar),  sh.k.(shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

 

Mavzuni mustahkamlovchi savolar

 

1. Amaldagi (kirillcha) o‘zbek yozuvi im lo qoidalari qachon tasdiqlangan?

2. Yangi (lotin ch a) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari-chi?

3. Amaldag i « 0’z b e k o r f o g r a f iy a s in in g a s o s iy q o id a la r i»  qanday bo‘lim lardan tarkib topgan? (B o‘lim larn in g nomlanishi, paragraflari...).

4.Yangi (lotin ch a) o‘zbek yozu vin in g im lo qoidalari qanday bo‘lim lardan tarkib topgan? (B o‘lim larn in g n om lan ish i, m odda va bandlari).

5. A m aldagi (k irillch a) o‘zb ek yozu vi im losidagi qaysi q o id a la r yangi (lo tin ch a ) o‘zb ek yozuvi im lo qoidalari sirasiga kiritilm agan? Sabablari?

6. Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a harflar im losiga oid q a n d a y farqlar bor?

7 . Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a asos va q o‘sh im ch alar im losiga oid qanday tafovutlar bor?

8. Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a q o‘shm a so‘zlar im losiga oid qanday tafovutlar bor?

9. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida chiziqchaning qo‘llanishiga оid imloda qanday tafovutlar bor?

10. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida bosh harflar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?

 

                                                          6-MA’RUZA

PUNKTUATSIYA VA UNING PRINSIPLARI. TINISH

BELGILARINING TASNIFI

Reja:

1.    Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti

2.     Punktuatsiya prinsiplari

3.     Tinish belgilari tasnifi

Tayanch tushunchalar: punktuatsiya, tinish belgilari, grafika, orfografiya, sintaksis, intonatsiya, punktogramma, logik-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, farqlovchi (differensial) tamoyil, tinish belgilari, tasnif, qo‘llanish o‘rni, qo‘llanish usuli, tuzilishi, vazifasi, yakka holda qo‘llanuvchi, qo‘sh holda qo‘llanuvchi, bir elementli, ko‘p elementli, chegaralovchi, ayiruvchi, murakkab vazifali tinish belgilari.

“Punktuatsiya” so‘zi lotincha “punctum”, yani“nuqta”, “o‘rin, joytushunchalarini anglatadi.

"Punktuatsiya” tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda tinish belgilari (punktogramma)ning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Punktuatsiya tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prosodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig‘indisini (tinish belgilarini) anglatadi.

Punktuatsiya yozuv tizimining grafika va orfografiya bilan bir qatorda turadigan uchinchi komponentidir.

Tilshunoslikda punktuatsiya termini quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) tilshunoslikning bir bo‘limi, u tinish belgilari tizimini, ularning ishlatilish qonun- qoidalarini o‘rganadi; 2) punktuatsiya qoidalari yig‘indisi; 3) tinish belgilari.

Tinish belgilari punktogramma deb ham yuritiladi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy qismi bo‘lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.

Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-grammatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.

Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladi” (Boduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik qurilmaning ham mazmun, ham tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, ushbu gapda tinish belgisini o‘zgartirirish orqali ikki xil mazmunni farqlash mumkin:

1.    Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq, odam emassiz, - dedi.

2.     Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq odam emassiz, - dedi

Birinchi holatda ahmoq so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Ikkinchi holatda esa podshoning ahmoq odam emasligi, aqlliligi haqida gap boradi. Demak, ushbu gapda talaffuzda ohang, yozuvda tinish belgisi orqali ikki xil ma’no anglashilmoqda.

Yoki quyidagi gapda ham tinish belgilari bilan bog‘liq turli holatlarni aniqlash mumkin: Ey tabib, qo‘y, boqma dardim bedavolardan biri (Muqimiy) gapida uch holat bor:

a)     qo‘y so‘zidan keyin vergul o‘qilmasa, “tabib” “qo‘yboqar”ga aylanadi;

b)    dardim”dan keyin vergul qo‘yilsa, “dardim” “boqma”ga bog‘lanadi - kesim+to‘ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug‘iladi;

d) “boqma”dan keyin vergul qo‘yilsa, “ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) munosabati ifodalanadi.

Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv), logografik (so‘z yozuv) shakllarida bo‘lganligi sababli tinish belgilariga ehtiyoj sezilmagan.

O‘rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo‘llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos “punktuatsion” belgilar deyish mumkin.

O‘rta Osiyoda arab yozuvi qo‘llanila boshlangandan keyin bunday maxsus belgilar ishlatilmagan. Demak, XIX asrning 2-yarmigacha arab grafikasidagi o‘zbek yozuvida tinish belgilari bo‘lmagan.

O‘zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning 2-yarmidan keyin boshlanganki, buning obyektiv va subyektiv tarixiy sabablari bor:

1.    XIX asrning 2-yarmida O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatining, jumladan, o‘zbek xalqi madaniyatining rivojlanishida omil bo‘ldi. Rossiya va u orqali boshqa Yevropa xalqlari bilan bo‘lgan turli madaniy aloqalar yozuvda ham o‘z ifodasini topadi.

2.    XIX asrning 2-yarmida O‘rta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi: bosmaxonalar, nashriyotlarning paydo bo‘lishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr etilishi, o‘zbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga ko‘tarilishi yozuv madaniyatini, savodxonlikni - tinish belgilari qo‘llash ilmini shakllantirdi. Bunda 1917-yildan muntazam ravishda ikki tilda (ruscha va o‘zbekcha) nashr etilgan “Turkiston viloyatining gazeti” ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

3.    Bu davrda tarjimachilik ishlari juda ravojlandi. Rus tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima matnlarda, tabiiyki, tinish belgilari o‘zbekcha nusxaga ham o‘tdi.

4.    Turkiy tillar, turkiy yozuvlar tadqiq qilina boshlandi: ilmiy asarlar, grammatik qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Turkologlar tomonidan tahlil qilingan o‘zbekcha matnlarda ham tinish belgilari qo‘llanila boshlandi.

Bu holat keyinchalik o‘zbek yozuvida an’anaga aylandi. Shunday qilib, XX asr boshlarida o‘zbek punktuatsiyasi shakllanib yetdi.

O‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotining muhim davrlari:

I.      XIX asrning 2-yarmidan 1917-yilga qadar bo‘lgan davr. Bu davr o‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi hamda o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi.

II.      1917-yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi. Bu davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlanadi.

Xususan, 1920-yillardan keyin barcha turkiy tillar bilan birga, o‘zbek grafikasining rivojida, xususan, orfografik va punktuatsion qoidalarning ishlanishida o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbek tiliga ko‘pgina tinish belgilari (so‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabi) kiritirildi.

Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog‘langan. Ma’lumki, grafika muayyan tilning yozuv tizimini, yozuvda ishlatiladigan barcha belgilar yig‘indisini o‘rganuvchi soha. Tinish belgilari punktuatsiyaning o‘rganish birligi bo‘lsa-da, yozuv birligi sifatida grafikaning ham tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, harf, raqam, diakritik va transkripsion belgi kabilarni ham o‘z ichiga oladi.

Demak, punktogrammalar (tinish belgilari) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni paytda, zarur qismi bo‘lgan shartli belgilar yig‘indisidir.

Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Bu ikki bo‘lim yozuvning ikki komponenti sifatida to‘g‘ri yozish va to‘g‘ri fikr ifodalash qonun-qoidalarini o‘rganadi. Orfografiya so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgansa, punktuatsiya gap turlari, gap qismlari orasida tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishini o‘rganadi. Masalan, so‘roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so‘ng gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko‘pincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini ko‘rsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar yig‘indisi bo‘lib, yozuvni to‘g‘ri ifodalash haqidagi ta’limotdir.

Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me’yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga bog‘lamasdan o‘rganish mumkin emas. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilarining ishlatilishini gap qurilishi, uning grammatik-logik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Turg‘un ukam vrach bo‘ldi gapida:

1)    Turg‘un undalma bo‘lsa, undan keyin vergul qo‘yiladi: Turg‘un, ukam vrach bo‘ldi;

2)    Turg‘un, ukam so‘zlari uyushiq bolak bo‘lsa, Turg‘un so‘zidan keyin vergul qo‘yiladi: Turg‘un, ukam vrach bo‘ldi;

3)    ukam ajratilgan bo‘lak bolsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi:

Turg‘un, ukam, vrach bo‘ldi;

4)    Turg‘un ukam izohlovchi izohlanmish munosabatida bo‘lsa, hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Turg‘un ukam vrach bo‘ldi.

Demak, gapning sintaktik va logik strukturasiga bog‘liq holda tinish belgilari ishlatiladi.

Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy bog‘langan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshlanishi, ko‘tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tugallanishi; tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho‘ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko‘rinadi.

Ohang juda murakkab bo‘lib, urg‘u, pauza, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang boshqaradi. Ohangning o‘zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyoslaylik:

Mustaqil O‘zbekiston- kelajagi porloq davlatdir.

Mustaqil O‘zbekiston - kelajagi porloq davlatdir?

Mustaqil O‘zbekiston - kelajagi porloq davlatdir!

Mustaqil O‘zbekiston - kelajagi porloq davlatdir!...

Bu gaplarning birinchisida xabar ohangi, ikkinchisida so‘roq, uchinchi va to‘rtinchi gaplarda esa his-hayajon, sevinch, mamnunlik ma’nolari ifodalangandir. Gaplardagi tire ishorasi esa ta’kid ma’nosini kuchaytiradi. Bunday mazmuniy munosabatlar og‘zaki nutqda intonatsiya yordamida nfodalanadi, yozma nutqda esa punktuatsion belgilar yordamida ko‘rsatiladi. Ko‘rinadiki, yozma matndagi ma’noni (maqsadni) tinish belgilari vositasida aniq tasavvur qilish mumkin .

Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo‘lmasin, ular o‘ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) - birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) - hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir.

O‘zbek tilida ham punktogrammalarni qo‘llashning o‘z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo‘llanishida:

1.    Gap mazmuni e’tiborga olinadi. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa, nuqta, undov yoki so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi:

Gaplar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalashda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.

2.    Gapning grammatik qurilishi ham tinish belgilarining ishlatilishini belgilab beradi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.

3.    Gap ohangi asosida tinish belgilari qo‘yiladi. Undov, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta va nuqta, tire tugallangan ohang bilan, vergul kichik to‘xtam bilan, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire esa izoh ohangi bilan talaffuz qilinadi.

Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. O‘zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanishtamoyillari tilshunos olimlar Sh.Shoabdurahmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab berilgan.

Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarininig qo‘llanish tamoyillari:

1.   Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyil nutq mazmuni, tuzilishi, nutq intonatsiyasini o‘z ichiga oladi. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari nutqning logik- grammatik jihati bilan bog‘liq tarzda ishlatiladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning oxirida nuqta, so‘roq mazmunini anglatgan gaplarning oxirida so‘roq, emotsiya (hayajon) ifodalangan gaplar oxirida undov belgilari ko‘proq nutq mazmuniga asoslanib qo‘yilgan bo‘ladi; kiritma qurilmalarning asosiy gap bilan zich bog‘langanlari qavs, sayoz, bo‘sh bog‘langanlari tire bilan ajratilish holatlari ko‘proq nutq tuzilishga asoslanadi: “Dod!” degan ovoz eshitildi. (O.) Qalandarov jon-jahdi bilan baqirdi: Yo‘qol!!! gaplarining birinchisidagi qo‘shtirnoq nutq tuzilishiga, ikkinchisidagi undov belgilari ohangga asoslanib qo‘yilgan.

2.   Uslubiy tamoyil. Bu prinsipga ko‘ra tinish belgilari nutq parchasining uslubiga bog‘liq holda qo‘llanadi. Uslubiy tamoyil keng ma’noda bo‘lib, yozuvchining individual uslubini ham o‘z ichiga oladi.

Til taraqqiyoti, til uslublarining rivojlanishi nutqning ajralmas qismi bo‘lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo‘llanish doirasining kengayishi yoki o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, badiiy asarlarda (dialogik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga ehtiyoj bo‘lmaydi yoki qo‘shtirnoq havola (sitata)larda qo‘yilib, badiiy asarlardagi ko‘chirma gaplarda qo‘llanilmaydi. Nutqning individual uslub shaklida tinish belgilari, ko‘pincha, yozuvchining sub’yektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta’sirchanligini oshirish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Yoz. Quyosh hamma yoqni qizdiradi. (O.) Yoz! Pishiqchilik, tokinchilikfasli! (U.) gaplarida “yoz” so‘zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari (nuqta, undov belgisi) orqali ifodalangan. G„ovur bo‘lib ketdi: Xotin- qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi! (A.Q.) gapida ritorik so‘roq bilan fikrning kuchli (emotsional) va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko‘p nuqta orqali ifodalangan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o‘z bilganicha, o‘z istagicha foydalana beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual uslub talabiga ko‘ra qo‘llanilishi ham uslubiy tamoyilning umumiy me’yoriga bo‘ysinadi.

3.   Farqlovchi (differensial) tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog‘liq holda odatdagidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so‘zlarni qisqartirishda iqtibos - sitatalarning manbasini ko‘rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko‘rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent - 2011 kabi), havolalarda vergul (G„afur G‘ulom. Tanlangan asarlar. - Toshkent, 1985 kabi) qo‘yiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishini belgilashda bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.

Ba’zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy - N.; Oybek - O.; Abdulla Qahhor - A.Q.

Ko‘p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo‘yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi.

Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil - logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo‘llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo‘lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi - yordamchi tamoyil.

Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim:

a)     ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi;

b)    vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi;

v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi;

d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim.

XX asrning boshlarida Turkistonda o‘zbek tilshunosligini rivojlantirish, maktablar uchun darsliklar yaratish, izchil ta’limni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biriga aylangan va bu holat o‘zbek ma’rifatparvarlari tomonidan anglab yetilgan edi. Xuddi shu sharoitda birinchilardan bo‘lib tilshunos olim Ashurali Zohiriy ona tili darsligi va turli o‘quv kitoblarini yaratdi. Ayniqsa, olim maktablarda ona tilida to‘g‘ri yozishni o‘rgatish uchun zarur darsliklar yo‘qligini inobatga olgan holda o‘zbek tilida birinchi bor “Imlo” darsligini yaratib (1916-yil), o‘zbek punktuatsiyasiga tamal toshini qo‘ydi. Boshlang‘ich maktablarning to‘rtinchi sinflari uchun mo‘ljallangan bu darslik o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalarini belgilashda, tilning taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlashda tilshunoslar uchun tayanch qo‘llanma vazifani o‘tadi. Fitrat A.Zohiriyni o‘zbek imlosi va tili ustida ish olib borgan ilk tadqiqotchi sifatida e’tirof etgan.

A.Zohiriyning “Imlo”si o‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-metodik qo‘llanmadir. Uning 3-qismi tinish belgilarining qo‘llanishi qoidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari” deb sarlavha qo‘yilgan.10 Muallif bu bo‘limda tinish belgilarining yozuvda qo‘llanishi va qanday holatlarda qo‘yilishi haqida mulohaza yuritadi.

O‘zbek tilshunosligida tinish belgilari dastlab Abdurauf Fitratning “Nahv” asarida o‘rganiladi va “turish belgilari” deb nomlanadi[7][8]. Fitrat tinish belgilarini shunday ta’riflaydi: “So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir. Bunlarning hammasig‘a birdan “turish belgilari” yo sodacha “turishlar” deyiladir. Turish belgilaridan qaysi birtasini gapning qaysi bo‘lagidan so‘ng qo‘yilishi to‘g‘risida har birining o‘z o‘rnida ma’lumot berilgusidir. Bunda hammasini bir qatordan ko‘rib o‘tishimiz kerak:

1-     “Nuqta» (.)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchining to‘xtashi lozim.

2-    “Bir tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi to‘xtamaydir; biroq gapdagi so‘zlarning munosabatlari uzilmasin uchun bir nafas tolish (bir tinish) vaqti turib o‘tadir.

3-     “Yarim tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi yarim tinish vaqti turib o‘tadir.

4-      So‘rash belgisi (?)dir.

5-      Undash belgisi (!)dir.

6-      Qo‘sh nuqta (:)dir.

7-      Tirnoqlar («»)dir.

8-      Yoylar ( )dir.

9-      To‘rtkul (to‘rtburchak) yoylari [ ]dir.

10-     Ulkan yoylar { }dir.

11-     Chiziq (-) dir.

12-     Nuqtalar (...)dir”.

Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari to‘rt jihatdan - qo‘llanish o‘rni, ishlatilish usuli, tuzilishi va vazifasi jihatidan tasnif qilinadi.

Qo‘llanish o‘rniga ko‘ratinish belgilari uch guruhga ajratiladi:

1.                Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari.

2.                Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari.

3.                Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.

Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!). Bu belgilar quyidagi holatlarga ishora qiladi: a) gapning (fikrning) tugallanganligiga; b) gapda qanday mazmun-ma’no ifodalanganiga; d) gapning tugallanish chegarasiga, keyingi gapdan ajralishiga. Ular ba’zan gap oxiridan boshqa o‘rinlarda ham ishlatiladi. Bunday paytda bu belgilar boshqa vazifa bajaradi, maqsad ham har xil bo‘ladi.

Nuqta, so‘roq va undov belgilari ba’zan gap o‘rtasida ham ishlatiladi. Biroq bunda ular yuqoridagi asosiy funksiyani bajarmay, boshqa maqsad (vazifa) uchun qo‘llaniladi. Masalan, Z.M.Bobur - o‘zbek adabiyotida memuar asar muallifidir gapida nuqta gap o‘rtasida kelib, so‘zning qisqarganligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan. Bu o‘rinda u sintaktik vazifa bajarmaydi. Agar gapdagi qisqartirilgan so‘zlarni to‘liq yozsak, nuqtani ishlatishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ko‘rinadiki, nuqtaning gap o‘rtasida qo‘llanishi yordamchi, qo‘shimcha mohiyatga ega bo‘lib, uning bunday qo‘llanishi yozuvchining maqsadi bilan bog‘liq. So‘roq va undov belgilarining ham gap o‘rtasida qo‘llanishi yuqoridagi kabi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi.

Oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgilari qo‘yilgan gaplar bir tarkibli va ikki tarkibli, to‘liq va to‘liqsiz, tasdiq va inkor, sodda va qo‘shma, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarida bo‘ladi.

Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi shu gapning mazmuniga ham ishoradir: nuqta xabar-darak mazmunli gaplarga, so‘roq belgisi so‘roq mazmunli gaplarga, undov belgisi esa buyruq, tashviq, emotsiya ifodalovchi gaplarga ishora qiladi.

Vergul gap boshida yoki gap oxirida qo‘llanmaydi, doim gap ichida ishlatiladi. Shuning uchun u gap o‘rtasida qo‘llanuvchi tinish belgisi sanaladi.

O‘rin jihatidan aralash qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqta kiradi. Bular gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ham qo‘llanadi. Ular o‘z ichida quyidagicha guruhlanadi:

a)      gap boshida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: tire;

b)      gap oxirida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: ikki nuqta, nuqtali vergul;

v) gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanuvsilar: qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p

nuqta.

Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining vazifasi joyga nisbatan ham har xildir. Masalan, tire gap boshida kelganda gaplarni bir-biridan ajratish uchun, gap o‘rtasida kelganda esa gap yoki gap bo‘laklarining turli sintaktik munosabatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ko‘p nuqta gap oxirida kelganda fikrning davomi borligini, gap o‘rtasida kelganda fikrning uzilganligi yoki har xil emotsional holatni, gap boshida kelganda esa mazkur gapning qisqartirilganligini bildiradi.

             Tinish belgilarining qo‘llanish usuliga ko‘ra tasnifi

Qo‘llanish usuliga ko‘ra tinish belgilari quyidagicha guruhlanadi:

1.     Yakka holda qo‘llanuvchilar. Bunga faqat ikki nuqta kiradi

2.   Yakka va qo‘sh holda qo‘llanuvchilar. Bu tinish belgilari yakka holda (alohida-alohida, mustaqil) qo‘llanishi bilan birga, qo‘sh holatda ham qo‘llana oladi.

Tinish belgilari qo‘sh qo‘llanganda ikki va undan ortiq tinish belgisi bir o‘rinda ketma-ket (birgalikda) ishlatiladi. Bular qo‘sh qo‘llanganda: a) o‘z shaklini to‘liq saqlaydi (so‘roq+undov tipida: ?! ); b) o‘z shaklini o‘zgartiradi (qo‘shtirnoq va qavs kabi); d) bir tinish belgisi ikkinchisining hisobiga qisqaradi (vergul va ko‘p nuqta qo‘sh qo‘llanganda, vergul qisqaradi); g) bir belgining o‘zi (mas., undov belgisi) takrorlanadi.

                Tinish belgilarining tuzilish jihatidan tasnifi.

Tinish belgilari tuzilish jihatidan ikkiga ajraladi:

1.     Bir elementli tinish belgilari: vergul, nuqta, tire.

2.      Ko‘p elementli tinish belgilari:

a)      ikki elementli tinish belgilari: ikki nuqta, nuqtali vergul, so‘roq, undov va

qavs;

b)      uch elementli tinish belgilari: ko‘p nuqta;

d) to‘rt elementli tinish belgilari: qo‘shtirnoq. Buni o‘z mohiyatiga ko‘ra “juft elementli” yoki “qo‘sh elementli” tinish belgisi deb ham yuritish mumkin.

Bir elementli tinish belgilari tarkibi jihatidan qismlarga ajralmaydi. Ular shartli bir belgidan (bir grafik shakldan) iborat bo‘ladi. Ularni o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda tinish belgilari deb yuritiladi.

Ko‘p elementli tinish belgilari birdan ortiq tinish belgilarining birikuvidan tashkil topadi. Bularni qo‘shma yoki tarkibli tinish belgilari deyiladi.

Ko‘p elementli tinish belgilari tarixan ikki va undan ortiq shartli belgidan (shakldan) tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda bir grafik belgi sifatida qaraladi. Masalan: ikki nuqta nuqtaning vertikal usuldagi kombinatsiyasi asosida (ikkita nuqtaning birikuvi zaminida) vujudga kelgan, ya’ni [:]; ko‘p nuqta nuqtaning gorizontal usuldagi kombinatsiyasi asosida (uchta nuqtaning birikuvi zaminida) paydo bo‘lgan, ya’ni [...]; nuqtali vergul nuqta va vergulning qo‘shiluvi asosida tug‘ilgan, ya’ni [;]. Bunda vergul va nuqta ustma-ust qo‘yilgan. Qavs ham ikki elementdan iborat bo‘lib, uning birinchisi “ochiluvchi qavs”, ikkinchisi “yopiluvchi qavs” deb yuritiladi. “Yopiluvchi qavs” ba’zan “yarim qavs” ham deyiladi va numerativlarni bildiruvchi raqam hamda harflardan so‘ng qo‘llanadi.

So‘roq, undov va qo‘shtirnoqlarning tarkibi yanada murakkabroq. So‘roq belgisi ham, undov belgisi ham ikki elementdan iborat. Ma’lumki, “undov belgisi lotincha lo - undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan”[9][10].

Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi.

Tinish belgilari, o‘z vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:

1.   Chegaralovchi tinish belgilari. Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.

2.   Ayiruvchi tinish belgilari. Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.

3.   Murakkab vazifali tinish belgilari. Bular yozma matn qismlarini o‘rni bilan ham ajratish, ham chegaralash, ba’zan ham biriktirish vazifalarini bajaradi.

a) “ajratish + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (ikki nuqta); b) “ajratish + chegaralash + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (vergul, tire); d) fikrning bo‘linishi, qisqarishni va turli emotsiyalarni bildiruvchilar (kop nuqta) .

“O‘zbek tili va adabiyoti” jumalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, katta ilmiy xodimlar A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:

1.    Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.

2.    Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.                Punktuatsiya termini qanday ma’nolarda qo‘llaniladi?

2.                Punktuatsiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

3.                Punktuatsiya qaysi sohalar bilan aloqada bo‘ladi?

4.                Tinish belgilarning yozma nutqdagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

5.                Punktuatsiya taraqqiyoti nechta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi?

6.                Punktuatsiya tamoyillari qaysilar?

7.                Logik-grammatik tamoyil asosida qaysi tinish belgilari ishlatiladi?

8.                Uslubiy tamoyil mezonlari nimadan iborat?

9.                Farqlovchi (differensial) tamoyil nima asosida ish ko‘radi?

10.            O‘zbek tilida tinish belgilari qanday tasniflanadi?

11.            Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

12.            Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

13.            T inish belgilarining tuzilish j ihatdan nechta turi bor?

14.            Tinish belgilari vazifasiga ko‘ra necha hil?

7 - MA’RUZA

NUQTA, SO‘ROQ, UNDOV BELGILARINING QO‘LLANILISHI

 

Reja:

1.     Nuqta belgisi va qo‘llanish holatlari

2.      So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari

3.      Undov belgisi va qo‘llanish holatlari

 

Tayanch tushunchalar: nuqta, so‘roq, undov, darak gap, buyruq gap, so‘roq gap, remarka, numerativ, sarlavha, raqamlar, bosh harflar, matematik ishora.

Nuqta belgisi va qo‘llanish holatlari

Nuqta - eng qadimgi va eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta yozuv belgisi sifatida arabcha matnlarda Abdul Malik xalifaligi (hijriy I asr) davrlaridan qo‘llana boshlagan. Lekin qadimgi yozuvlardagi nuqta tom ma’nodagi tinish belgisi sifatida emas, umuman, yozuv belgisi sifatida qo‘llangan va turli vazifalarni bajarib, turli xil maqsadlarda ishlatilgan. “Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan” 15

Nuqtaning asosiy vazifasi xabar ma’nosini anglatuvchi muayyan bir fikrning (gapning) tugallanganligini ko‘rsatishdir.

Nuqta gap oxirida qo‘llaniluvchi, yakka va qo‘sh qo‘llanuvchi, bir elementli, ayiruvchi tinish belgisidir. Uning qo‘llanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.

Ba’zan nuqta shartli qisqartmalardan so‘ng ham ishlatiladi. Bunda uslubiy yoki farqlash tamoyillariga asoslaniladi. Nuqtaning shartli qisqartmalardan so‘ng qo‘llanishi uning qo‘shimcha (yordamchi) vazifasidir. Qiyoslang: Alisher Navoiy - ulug‘ shoir! A.Navoiy - ulug‘ shoir!

Nuqta Abdurauf Fitrat tomonidan quyidagicha tavsiflanadi: “(.) nuqta - to‘qtash belgisidir. Gaplarning oxirlarig‘a qo‘yiladir. To‘qtash belgisi qaysi gapning oxirig‘a kelsa shul gapda o‘yning tamom bo‘lg‘anini, o‘zidan keyingi gap bilan hech baylanishi qolmag‘anini bildiradir. Shuning uchun bunga kelgach o‘quvchining to‘qtashi, undan keyingi gapni yangidan boshlashi lozimdir: Uyqusi o‘chib ketkanligidan endi ko‘ziga uyqu kelmay o‘z boshig‘a, o‘z davriga munosib bo‘lg‘an xayollar ichiga ko‘mildi (Cho‘lpon)”[11].

Hozirgi o‘zbek tilida nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1.  Tugallangan darak gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Xuftonda ayollar davra qurib gulxan yoqdi. (T.Murod) Ayollar nag‘malarga hamohang chapak chaldi. (T.Murod)

2.  Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo‘lishidan (sodda, qo‘shma, todiqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat’i nazar, ularning har qanday tipi oxiriga nuqta qo‘yiladi: Ayol go‘dak isini birinchi farzandi tug‘ilganidayoq his etadi. Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi. To‘qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. (O‘.Hoshimov)

3.  Agar alohida emotsionallikka ega bolmasa, buyruq gaplar oxiriga nuqta qoyiladi: Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma. Qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Dono nodondan o‘zini birpog‘ona quyi tutsa, hayron bo‘lmang. (O‘.Hoshimov)

4.  Gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda, darak (va nominativ) mazmunida bo‘lishiga qaramasdan, ularning oxiriga nuqta qo‘yilmaydi: Mustaqillik ozlikni tanimoqdir (B.Qosimov); Ular xalqning yuragida yashaydi (B.Qosimov). Ammo sarlavda ikki gap (qism)dan iborat bo‘lsa, mazmun shuni talab qilsa, birinchi qismdan keyin nuqta qo‘yiladi: Mantiq fanining bahs mavzusi va maqsad-vazifalari. Mantiq qonunlari (“Mantiq” o‘quv qo‘llanmasi). Estetik ong va estetik faoliyatning mohiyati hamda oziga xos xususiyatlari. Asosiy estetik kategoriyalar (tushunchalar) (“Mantiq” o‘quv qo‘llanmasi)

5.  Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlardan keyin nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, bu raqamlar bilan ko‘rsatilgan gaplardan keyin ham nuqta qo‘yiladi: Mazmuniy-sintaktik munosabatlarni umumlashtirgan holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1.    Subordinativ munosabat.

2.    Koordinativ munosabat.

3.    Kopulyativ munosabat.

4. Introduktiv munosabat. (“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi).

Ammo mazkur tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan gaplarning so‘nggisidan boshqalari oxiriga nuqta emas, balki nuqtali vergul (ba’zan vergul) qo‘yiladi: Shunday qilib, mavjud adabiyotlarda sintaksisning to‘rtta o‘rganish obyekti ko‘rsatiladi va o‘z navbatida, sintaksis ham o‘rganish obyektiga ko‘ra to‘rtga ajratiladi: 1) so‘z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi; 3) qo‘shma gap sintaksisi; 4) matn sintaksisi. (N.Mahmudov, A.Nurmonov)

Bundan tashqari, mavjud qo‘llanmalarda nuqtaning qo‘llanilishidagi quyidagi holatlar ham sanaladi:

1.   Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng: A.Qodiriy, A.Oripov, A.Cho‘lpon kabi.

2.   Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng: va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘.G‘. (G„afur G„ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent); “O‘qituvchi” nashr.; 1995-y.

3.   Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin: O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi maxdumga, albatta, yoqmas edi. Biroq onasining ra’yini qaytarishdan ham ojiz edi. Maxdumdan arazlab Marg‘ilon ketishga majbur bo‘ldi. Biroq ketar chog‘ida ham Anvarni unutmadi. (A.Qodiriy). O‘tgan qishda, senga emas, mollarga ichim achidi. Shuning uchun pichan berdim. Bola yolg‘iz, jo‘ralarsiz mana shu sodda, bayov narsalar qurshovida yashardi, avtolavkagina hamma narsani unutish-ga, ko‘ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchun ko‘chma do‘konni ko‘rgan zahoti hamma narsani unutib, o‘zini o‘sha tomonga otardi. (Ch.Aytmatov) Bobosi avtodo‘kondan bolaga yangi va yaltiroq portfel olib beradi. Chunki u bu yil kuzda maktabga borishi kerak edi. (Ch.Aytmatov)

4.   Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2015.

5.    Qavs ichidagi remarkadan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan:

Dezdemona. Duo o‘qiy hech bo‘lmasa!

Otello. Vaqt o‘tdi, kech. (Uni bo‘g‘adi.) (Shekspir, “Otello ”)

6.   Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan:

Otello. Ko‘p shifobaxsh yoshlar oqar. Barisin ayting... (O‘ziga o‘zi xanjar uradi.) (Shekspir, “Otello”)

Remarka qahramonni anglatuvchi so‘zdan keyin kelsa, uni biror jihatdan tavsiflasa yoki biror harakatini bildirsa, qahramonni anglatuvchi so‘zdan keyin emas, remarkadan so‘ng qavs yopilgach, nuqta ishlatiladi: Farmon (g‘azab bilan). Ota-onangiz axloq, odob degan narsalarni o‘rgatmaganmi? (S.Ahmad)

7.    Yozma nutqda davomiylikni bildiruvchi va hokazo, va boshqalar kabi iboralar qisqartirilsa, har bir harfdan keyin nuqta qo‘yiladi: va h.k., va h.,va b., va sh.k.

8.    Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi. 2 • 2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt).

Ba’zan nuqta murakkab sonlami (raqamlarni) sinflarga bo‘lib ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Bunda murakkab (ko‘p xonali) sonlarni o‘qish osonlashadi, metodik izchillik, qulaylik vujudga keladi: 4.400.000 tonna.

So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari

          So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan .

So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin

qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan?

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq belgisining qo‘llanishi quyidagicha:

1.    So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’iy nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Rashk do‘stimizmi yoki dushmanimizmi ?( T.Malik)

1.     So‘roq mazmuni ifodalangan sodda gaplarning ham, qo‘shma gaplarning ham oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sen... bu yerda nima qilib yuribsan? (O.Yoqubov) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov). Uqanday qo‘llarkim, uzarlar, hidlarlar, yancharlar? (She’rdan) Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Qachon jilovlab qo‘yiladi bu ig‘vogar, g‘alamislar-a?! Qachon bartaraf bo‘ladi bu anonimchilar-a?! (T.Murod) O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! (A.Qahhor) Asqarali tog‘a, bas endi, shu choyni ichaymi-yo‘qmi?! (T.Malik). O‘g‘lingiz ot olmoqchi edi bupulga, sizda insof degan narsa bormi?! (T.Malik). [12][13]

2.              Qoshma gaplar (boglovchisiz boglangan, boglovchili boglangan, ergashgan) komponentlarining har ikkisida ham soroq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo soroq belgisi faqat yaxlit qoshma gapning oxiriga qoyiladi: Nega yerda uchrashdilar bu ikki malak, Nega suubat qurmadilar fazolar aro? (E.Vohidov) O‘rniga kim ekan - bilsak buladimi? (E.Azam) Biz, rahbarlarga ishonasizmi yo mana shunga o‘xshagan podachiga ishonasizmi? (T.Murod) Bu o‘zingning fikringmi yo biror ko‘rsatma bormi? (T.Malik) Rang-ro‘yingga nima bo‘ldi, tuzukmisan o‘zi ? (E.A’zam). Endi bularni kim oladi, kim kiyadi? (T.Murod)

3.               Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgap) komponentlarining faqat bittasida so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq mazmunini ifodalagan komponentning oldin yoki keyin turishidan qat’i nazar, so‘roq belgisi yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Otasi ham hayron: kimga tortgan bu qiz? (O‘.Hoshimov) Avval menga ayting, shu qishloq qizidan olim chiqadimi? (S.Ahmad) Shu ahvolda o‘lib-netib ketsang, shuncha bola chirqillab qolishini o‘yladingmi? (S.Ahmad) Darhaqiqat, tuyaning ustiga g‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod bo‘ladi? (S.Ahmad) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov) Jalil ota karaxt tortib qoldi: qayoqdan paydo bo‘ldi bu dard? (Sh.Xolmirzayev) Qanday donishmand odamsizki, qalbimni darhol bildingiz? (Sh.Xolmirzayev) Tushuntirib ayting, o‘zi nima gap? (T.Murod)

4.   Ritorik so‘roq gaplar oxiriga, asosan, so‘roq belgisi qo‘yiladi: Biron orzusi bo‘lmagan, biron narsaga intilmagan odamning mushukdan nima farqi bor? (A.Qahhor). Biron orzusi bo‘lmagan, biron narsaga intilmagan odamning mushukdan nima farqi bor? (A.Qahhor).

Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Xalqini sevgan qaysi farzand Vatanini ozod korishni xohlamaydi?! (E.A’zam) Oymomo opaning anavi beldastadan boshqa nimasi bor?! (T.Murod)

5.   So‘roq mazmunidagi gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda, ulardan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Toshpo‘lat tajang nima deydi? (A.Qodiriy) Men nechun sevaman O‘zbekistonni? (A.Oripov) Unutmaysizmi? (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” boblaridan biri) Bizda kim ko‘p yig‘laydir? (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” boblaridan biri) Taniysanmi shu jajji qizni? (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” boblaridan biri) Nega yerga qaraysan, Ra’no? (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” boblaridan biri) Saylovmi, bosqinchilikmi? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi) Nima qayoqqa ketadir? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi). Shirvon xola nima deydi? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi)

Kim edigu kim bo‘ldik? Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? (I.Karimov)

6.   O‘zganing fikr-mulohazasiga shubha yoki e’tiroz-norozilikni ifodalash uchun ba’zan matnda mazkur fikr-mulohaza bayon qilingan iqtibosdan keyin qavsga olingan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Nasriy ifoda bolsa: “Bu Zarafshon daryosi tepalikda joylashgani uchun (?) “Kohak” deb nom berdilar... Shu tepalikdan pastga qarab qo‘yilgani uchun ham (?) Zarafshonni Ko‘hak daryosi deydilar” (104- bet). Samarqand Afrikada yoinki Amerika qit’asida emas, shundaygina ikki qadam joyda, kopchiligimiz ko‘rganmiz va Zarafshonning qayerdan, qanday oqishini bilamiz. Hech zamonda daryo tepalikdan pastga qarab oqqanmi? (N.Komilov. “Tarjimami yo talqin?» maqolasi).

9. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng.

Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

                                    Undov belgisi va qo‘llanish holatlari

Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha lo - undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan[14][15].

Undov belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov belgisi, o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki elementli tinish belgisidir. Undov belgisi badiiy asarlarda (ayniqsa, poeziyada, lirik asarlarda) ko‘p qo‘llanadi: yozma nutqdagi turli tuyg‘ular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisining roli katta. Hozirgi o‘zbek tilida undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qo‘sha (birgalikda) qo‘llanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir o‘rinda uch martagacha takroriy qo‘sha qo‘llana oladi. Masalan:

Seni unutolmas yuragim aslo,

Ey, O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo!!!

Undov belgisi boshqa tinish belgilari bilan (vergul va ikki nuqtadan tashqari) birgalikda ham qo‘llanadi.

Fitrat undov belgisini (!) undash belgisi deb yuritadi: “Undashli gaplaridan keyin qo‘yiladir:

Sharif, sen kel! Karim, sen ket!

Qayg‘uli gaplardan keyin qo‘yiladir:

Esiz, seni ko‘rmadim!

Hayronliq bildirgan gaplardan keyin ham qo‘yiladir:

Voy, Sharifjon kelibdir!Bu juda qiziq bir ish!

«So‘rashli gap» qizg‘inliq yo hayronliq bilan aytilsa so‘rash belgisidan keyin undash yana belgisi qo‘yiladir:

Nechun meni o‘ldiralar?! Menim gunohim nima?!

Undov belgisining qo‘llanish holatlari:

1.    Undov gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: “Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo‘q! Joni yo‘q temir odamga el bo‘lmaydi!

2.              Tarkibida emotsionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so‘zlar mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Mana, farg‘onacha kurash. Buyam o‘zimizniki! Demak, ikkita kurashimiz bor ekan! Qanday yaxshi! Boylik, boylik!

“Eh-he-e-e! - dedi ichida. -Buncha kop qog‘oz!”

Shunday ekan, bir sodiq bandangni bunchalar xo‘rlama-da, ey, xudo! Bir sodiq bandangni bunchalar oyoq osti qilma-da, ey, xudo! U naqadar murakkab va naqadar ulug! (O‘.Umarbekov) Bu yo‘l naqadar ulug, sehrli va muqaddasdir! (U.Hamdam)

3.    Emotsionallik darajasi kuchli bolgan ritorik soroq gaplar oxiriga bazan undov belgisi qoyiladi: Ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi! (A.Qahhor). Qiladigan kasbingiz tappi yopish bo‘lsa, nafaqangizni oshirib bo‘ladimi! (T.Murod) Izidan o‘g‘il qoldirib, otasi uchun motam tuttirmagan erkak, erkak boptimi! Orqasidan qiz qoldirib, enasi uchun qora kiydirib, aza ochdirmagan ayol, ayol boptimi! (T.Murod)

4.    Buyruq, talab, undash emotsional shaklda buyruq maylidagi fed yoki boshqa vositalar orqali ifodalangan buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:

Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying! (Cho‘lpon) Otingni bog‘lab, buyoqqa yur! (T.Murod) Qo‘lingizni oling, birodar! - dedim. (T.Murod)

5.    His-hayajon intonatsiyasi bilan talaffuz qilingan nominativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Shunday go‘zalga musht ko‘tarish! (O.Yoqubov) Ammo bu og‘riq, bu xo‘rliklarga chidamoq! (E.A’zam).

6.         Murojaat obyektini ko‘rsatuvchi, ya’ni vokativ gaplar odatda emotsionallikka ega bo‘ladi va ular oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Ona tilim! Mehring bu qadar o‘rtaguvchi ekan jonimga. (E.Vohidov) Do‘stlar! Siz ham Matmusa hikmatin unutmanglar. (E.Vohidov) Enaxon! Jonim o‘rtog‘im! Bormisiz? (Cho‘lpon).

7.    Emfatik urg‘u olgan so‘zni emotsionallikni kuchaytirish maqsadida takrorlash holatlari mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Ha, ot

surmoq darkor, ot surmoq! (O.Yoqubov) Yonib yasha to tanda jon bor, Quyosh bo‘lgin, azizim, quyosh! (E.Vohidov) Zebixonni qarang, Zebixonni! (Cho‘lpon). Qoch yo‘ldan, qoch! Men Momoqizga yolvorgani ketyapman! - dedi. (T.Murod) Tarlonni yo‘qlab qarayin dedim. Boshimni ko‘tarayin dedim. Bo‘lmadi, bo‘lmadi! (T.Murod)

8.    Emotsionallikni kuchaytirish maqsadida bo‘laklari inversiv holatda (odatdagi tartibdan farqli) qo‘llangan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:

O‘lganim yaxshi mening! - dedi u. - Ko‘ngildagidek bir siylay olmasam mehmonlarimni! (Cho‘lpon ) Yetar endi! .(Ch.Aytmatov) Bo‘ldi endi! Ishmi ish! (Ch.Aytmatov)

9.    Undovlar alohida gap vazifasida kelganda, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi: Oh! Uyoqda xo‘rladilar, bu yoqda kaltakladilar. (R.Haydarova) Hoy! Ovqatlaringdan darak bormi? (O‘.Umarbekov) Obbo! Yana kutarkanmiz-da! (O‘.Umarbekov) Kisht! Kisht-ye, qirilibgina ketgur!.. (Sh.Boshbekov). Hay-hay! Qarang, ana qarang! - deya ko‘zlarini katta-katta ochdi Mamat bobo. (T.Murod)

10.    Tarkibida his-hayajon undovlari mavjud bolgan gaplarda emotsionallik yorqin ifodalanadi va bunday gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: O ayol qalbi! Dunyoda mavjud barcha fojialar sel bo‘lib yopirilsa chidar-u, ammo erining xiyonatiga sira-sira chiday olmas! (T.Malik) Ey Odam farzandlari! U o‘limni va hayotni sizlarning qaysi birlaringiz amalda yaxshiroq ekanliklaringizni sinash uchun yaratgandir. (T.Malik) - O-o-o, haloling bo‘l-e, kuyov-e, haloling bo‘l-e!.. (T.Murod)

11.    Salomlashish-xayrlashish, tabrik, minnatdorlik, tashakkur, uzrxohlik, ma’qullash, rag‘batlantirish kabi muomala odatlarini bildiradigan gaplarda dam kopincha emotsionallik yorqin ifodalanadi va ularning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Men ketdim! Xayr! (O‘.Hoshimov) Xayriyat! (Bu kimsasiz orolda bittagina insofli tirik odam bor ekan!) (T.Malik) Ofarin, ofarin! - deya, boshini sarak-sarak qildi Mamat bobo. (T.Murod) Ha, Momoqizning oldiga, ha! - dedi. (T.Murod)

12.    Gapda emotsionallik darajasining behad ortiq ekanligini ko‘rsatish uchun ba’zan gap oxiriga birdan ortiq (uchtagacha) undov belgisi qo‘yilishi mumkin: Ha- a-a!! Sen hali meni uyingdan haydayapsanmi?! Meni-ya?! (T.Murod)

Ha-a-a!!! Meni-ya?! O‘z otangni-ya?!. (T.Murod)

Boshimda haq nikohlik egam turibdi-ku!!! (T.Murod)

13.    Undov gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda ham ularning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Qutlugbolsin! (A.Qodiriy, “O‘tkan kunlar” boblaridan biri). Xayr endi, Ra’no! (A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon” boblaridan biri). Og‘zingga qarab gapir! (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi). Bozor surishtirmaydir! (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi)

14.    O‘zganing fikr-mulohazasiga muallifning o‘ta ma’qullash, alohida ta’kidlash, rozilik yoki kinoya-achchiqlanish, ajablanish munosabatini ifodalash uchun ba’zan matnda mazkur fikr-mulohaza bayon qilingan iqtibosdan keyin qavsga olingan undov belgisi qo‘yiladi: Iqtisodiy yuksalish natijasida turmush darajasi sezilarli ravishda yaxshilangan - onalar o‘limi 2 barobar, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygan, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 61 yoshdan 73 (!) yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 (!) yoshga yetgan. (A.Ibrohimov. “Umrimiz boqiydir, boqiy!” maqolasi) Undalmalar kuchli to‘xtam bilan aytilsa, undan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Odamning azal tartibot qurilmasini ostin-ustun qilishni o‘ylagan. Bevosh tentak! Qoyil-e! Yo‘q, bunday odamni sira tirik qoldirish mumkin emas. (Ch.Aytmatov)

Tekshirish uchun savollar

1.   Nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.    Nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

3.    Matematika fanida nuqtaning vazifasi nima?

4.    Nuqta qaysi o‘rinlarda uslubiy vosita sifatida qo‘llaniladi?

5.     So‘roq belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

6.     So‘roq belgisi asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

7.     Undov belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

8.      Undov belgisi qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

 

8-MA’RUZA

VERGUL VA NUQTALI VERGUL BELGILARINING

QO‘LLANILISHI

Reja:

1.     Vergul belgisi va qo‘llanish holatlari

2.      Nuqtali vergul belgisining qo‘llanilishi

 

Tayanch tushunchalar: nuqta, so‘roq, undov, darak gap, buyruq gap, so‘roq gap, remarka, numerativ, sarlavha, raqamlar, bosh harflar, matematik ishora.

 

Vergul belgisi va qo‘llanish holatlari

Vergul o‘zbek yozuvida XX asr boshlaridan qo‘llana boshladi. “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida 1901-yildan, Toshkentda nashr etilgan “Taraqqiy” gazetasida esa 1906-yildan boshlab ishlatilgani ma’lum. Vergul eng qadimgi tinish belgilaridan bo‘lib, o‘zining uzoq tarixiga ega: u G„arbiy Yevropa yozuvlarida XV asrdan tinish belgisi sifatida qo‘llana boshlagan .

Vergul eng ko‘p qo‘llanuvchi va eng ko‘p vazifali tinish belgilaridan hisoblanadi.

A.Fitrat vergul haqida shunday fikr bildiradi: (,) yarim tinish belgisidir. Gapning qaysi bo‘lagi birdan ortiq bo‘lsa, gapning uyushqon bo‘laklaridan birtasi juda uzun bo‘lsa, gap orasida “kirish so‘z” bo‘lsa, gapda undash so‘zi bo‘lsa, mana shularni boshqalaridan ajratmoq uchun “,” belgisi qo‘yiladir, bunga kelgach o‘quchining yarim nafas olg‘ancha turib o‘tishi lozim:

Qop-qora tuban tim-tin yerlarni

Qo‘ydi-da, oldin ko‘klarga oshdi.

(Elbek)

Otajon, men kechalari uypoylash uchun kelin bo‘lib keldimmi?

(Cho‘lpon)

O‘ng, so‘l uni tepkan, uni urg‘an,

Inson-da yotib uyqug‘a toldi.

So‘lg‘un, qora, turg‘un dema ko‘rdim,

Mungli kechaning mungli chog‘inda... (Fitrat)

Vergul gap ichida qo‘llaniluvchi, yakka va qo‘sh qo‘llanuvchi, bir elementli, murakkav vazifali tinish belgisidir. Uning qo‘llanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.

Vergulning qo‘llanish holatlarini quyudagicha guruhlash mumkin:

1.     Sodda gapda vergulning ishlatilishi.

2.     Qo‘shma gapda vergulning ishlatilishi.

Sodda gapda quyidagi hollarda vergul ishlatiladi:

               1. Gapda bog‘lovchisiz, tenglanish intonatsiyasi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Bakovul oldida turli-tuman ro‘mol, gilam, kalish, choponlar bo‘ldi. (T.Murod) Umuman, odamlar hayotlarida bo‘lgan xatolar, gunohlarini tan olmaslikka moyil. (O.M.)

               2.Zidlovchi teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gaplarda mazkur bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi: Yovvoyi quvrayning yaproqlari, gullari va changlarida odamning boshini aylantiradigan, chekkanda hushini eltadigan va xayolini koklarda sayr qildiradigan, lekin me’yoridan ortsa, ruhni ezadigan, qiynaydigan va oxir-oqibat jinni qilib qo‘yadigan moddalar bo‘ladi. (Ch.Aytmatov) Bo‘rilarni uchratgani, [16][17] ko‘kyol bo‘ri o‘qday uchib boshidan oshib o‘tgani, ammo unga ziyon yetkizmagani esiga tushdi. (Ch.Aytmatov)

3.Takror qo‘llanuvchi teng bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi birliklar (biriktiruvchi, ayiruvchi, inkor) vositasida bog‘langan uyushiq bo‘laklar vergul bilan ajratiladi: Zulflarini toblab-toblab... Ham iboli, ham ginali kulib-kulib... qo‘shiq aytadi! (T.Murod) Emishki, yo kuyov, yo kelin birinchi bo‘lib birovi oyog‘ini bossa, ana shu ro‘zg‘orda umr bo‘yi o‘ktam bo‘ladi!_(T.Murod). Quvonchli damlarda esa xohlasam ham na onamni, na otamni tushimda ko‘rolaman (O‘.Hoshimov).

4.Murojaat obyektini ifodalovchi undalmalar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Ashurboy, qo‘ylarni ushlab, og‘ilxonaga qamang! (T.Murod) Endi o‘ylab o‘tirasizmi, Polvonboy, magarkim, yuzingizga oyoq qo‘ydimi, endi o‘ylash yo‘q! (M.M.Do‘st.)

Bunga nima deysan, ey inson! (O‘.Hoshimov).

5.Undovlar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: E, bo‘ldi-e, charchab qoldilaringiz! (T.Murod) E, balli, gap bunday bopti-da! Qani, yuringlar. (T.Murod) Shu tobda bir g‘aram bedaning ustiga chiqib cho‘zilsang bormi, oh, buning gashtiga nima yetsin! (M.Mansur) Vaqt-soati yetganga o‘xshayapti, uf-f. (X.Do‘stmuhammad).

Ammo gapda undalmalardan oldin kelgan undovlar odatda undash, murojaatni kuchli darajada ifodalash uchun xizmat qiladi, shuning uchun undalmalar oldidan kelgan undovlardan so‘ng odatda vergul qo‘yilmaydi: Sen o‘zingni o‘yla, ey sho‘rlik! (Ch.Aytmatov) Buddiylar aytganlariday, balki sen, ey ko‘kko‘z bo‘ri, uni odam qiyofasidagi o‘z egaching, deb tan olarsan? Nima, shunday bo‘lishi mumkin emasmi? (Ch.Aytmatov)

6.Kirish so‘z va kirish birikmalar (so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi) gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: To‘g‘ri, biz bu ablahning zimmasiga bir nima vazifa yuklagan edik. (O.) Juvonning toqati toq bo‘ldi, shekilli, dumalayotgan o‘g‘lini yerdan yulqib ko‘tardi. (O‘.Hoshimov). Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. (O‘.Hoshimov) Hali hech kim bilmaydi, menimcha. (A.Namozov) Ularningfikricha, Akbarning shuhrati va obro‘si davlat manfaatlariga xizmat qiladi. (P.Qodirov) Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar olamidagi jinoyatning 70 foizi aynan shu badmastlik oqibati ekan. (T.Malik)

7.Kirish gaplar (so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi) ham asosiy gapning boshida kelganda, undan keyin, o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Bizda, mana, serjant Orziqulov biladi, bir kallada ming xil tashvish. (T.Murod) Inga Fyodorovna, esingizda bo‘lsa kerak, Sizning yurtingizga borishdan murod - maqola yozish edi. (Ch.Aytmatov) Shunday kilib desangiz, o‘zim ham bilmagan holda shu orzular tufayli men yo‘qlik dag‘dag‘asiga qarshi ustivor turaman. (Ch.Aytmatov) Chorva ham, o‘zingiz bilasiz, haminqadar. (S.Ahmad) Bir parcha qog‘ozga yozilgan jo‘ngina xat har qanday odamning boshiga yetardi, men sizga aytsam. (A.Muxtor) Sizni dog‘da qoldirmaydi, ishonavering! (U.Uteuliyev).

             8.Gapda qani, nima, xo‘sh kabi so‘zlar gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan holda turli modal ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilib, asosiy gapning boshida kelganda, undan keyin, o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Qani, polvon bova, davraga chiqing! (T.Murod) Xo‘sh, u yerda nima rohat ko‘rding. (O.) Nima, men go‘dakmidim? (Sh.Xolmirzayev) Men qachon nonu tuz ko‘tarib yovuzlarga peshvoz chiqqan ekanman, qani, ayt! (A.Muxtor) Xo‘sh, nima qilish kerak endi? (Sh.Xolmirzayev) Suvi bir xil, yeri bir xil, lekin ikkita baravarini topib ber, qani? (A.A’zam)

Ba’zan mazkur so‘zlar yonma-yon kelsa, ular ham bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Ko‘rganimni aytdim, deysiz. Nimani ko‘rdingiz? Xo‘sh, qani? (T.Murod) Qani, xo‘sh, masalan, choynakning qopqog‘ini ruscha nima deydi? (A.Qahhor).

                9.Salomlashish-xayrlashish, tabrik, minnatdorlik, tashakkur, uzrxohlik, ma’qullash, rag‘batlantirish kabi muomala odatlarini bildiradigan so‘z va qoliplashgan birikmalar gap boshida kelsa, undan keyin, o‘rtasida kelsa, har ikki tomonidan, oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Salom, Amirqul aka, hormang! (O‘.Umarbekov) Xayr, siz bilan kechqurun ko‘rishamiz. (T.Malik) Uzr, tajribasizlik qilibman. (A.Meliboyev) Og‘ayni, tegib ketgan bo‘lsa, uzr, kechiring. (A.Obidjon) Rahmat, do‘stlar, buning hojati yo‘q. (P.Qodirov) Marhamat, keling, o‘rtoq Abdurahmonov! (Sh.Xolmirzayev) Xudoga shukr, qo‘shnilarim tillo odamlar. (T.Malik) Shukur, sog‘, ba’zi ishlar bilan bo‘lib kelolmadi. (A.Qodiriy) Men esam, shukur, yuzdan o‘tdim. (A.Abdullayev).

10. Gapda tasdiq (ha, xo‘p, mayli) va inkor (yo‘q) ni bildiradigan so‘zlar alohida gap yoki gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanmagan va boshqa gap bo‘lagi bilan grammatik aloqaga kirishmagan hollarda ular vergul bilan ajratiladi: Anavi qo‘y yetaklab kelayotgan kuyovi Qurbonmikin? Ha, shuyakan! (T.Murod) Xo‘p, xo‘p, Polvonboy, bizniki tig‘iz emas,-dedi Nazar Maxsum. (M.M.Do‘st.) Mayli, yaxshi o‘qish bo‘lsa bora qolsin. (O‘.Umarbekov) Yo‘q, u ertaga uchrashuvga bormaydi. (O.Yoqubov) Sen-ku, mayli, o‘zimiznikisan. (U.Hamdam).

Tasdiq bildiruvchi so‘zlar yonma-yon qo‘llanganda, ular vergul bilan ajratiladi: Ha, mayli, birpiyola choy ichsak ichibmiz-da. (U.Hamdam) Xo‘p, mayli, agar Otani sizning makoningizga olib borsam, yaxshi kuta olasizmi? (O.Yoqubov).

                11.Gapda takrorlangan so‘zlar orasiga vergul qo‘yiladi: Oh, siz qadrdonlarim! - deb irg‘ishlardi Petruxa qo‘llarini keng cho‘llarga yozib ko‘rsatib,- Qara, ana yana, ana, ana! (Ch.Aytmatov) Kelib, mana, Farhodning uyqusini buzishibdi, uzr, uzr. (E.A’zam) Rahmat, rahmat, o‘zlari ko‘raversinlar. (E.A’zam) Bas, bas! Buyog‘ini eshiting, opa. (Sh.Xolmirzayev)

                12.Muayyan ikkinchi darajali bo‘lakni mazmun va mantiq jihatidan odatdagiga qaraganda kuchli, ta’sirli, emotsional qilib berish, uning ma’nosini izohlash, aniqlashtirish maqsadi bilan mazkur bo‘lak gapda ajratiladi va bunday ajratilgan bo‘laklarning har ikki tomoniga odatda vergul qo‘yiladi (ba’zan ifoda maqsadiga muvofiq tire ham qo‘llanadi): Enaxonning onasi, o‘zi pakana va uning ustiga bukchaygan kampir, o‘yin qilgan bo‘lib, hammani kuldirdi. (Cho‘lpon) Onam uvushgan oyoqlarini uqalagancha orqaga, bola yig‘layotgan tomonga qarab ketdi. (O‘.Hoshimov) Qayerdadir, yaqin joyda, daryo shovullaydi. (O‘.Hoshimov) Haligi yigit, qo‘lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta’tilga chiqar ekan. (A.G„ulomov) Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut. (A.G„ulomov) Kechqurun, yotarpaytda, kampir ikkovini yoniga chaqirib, o‘z fikrini aytdi. (Cho‘lpon).

                13.Gapda -(i)b va -gach qo‘shimchasi bilan yasalgan ravishdoshlar o‘ziga tobe boshqa so‘zlar bilan kengayib kelganda, ulardan keyin vergul qo‘yiladi:

Yerga tushib, davraga kirguncha vaqt o‘tdi. (T.Murod) Qaysi bir yil olis bir qishloqdan o‘gay akasi kelib, uch-to‘rt kun qo‘nib ketgan edi. (Cho‘lpon) Siz, axir, men bilan bir shapaloq yerni talashib, shu to‘g‘rida nari-beri bo‘lishib, shu tufayli shaharga kelib qolgan edingiz... (Cho‘lpon). So‘fining baqirishidan so‘ng biroz shoshib turgach, ular yugurgancha uyga kirdilar. (Cho‘lpon) Hech natija bo‘lmagach, uni bo‘shatishga qaror qilindi. (T.Sodiqova). Maydonga to‘rtta nazoratchi kirib kelgach, gazetchilar shaqirlatib suratga tushira boshlashdi. (N.Eshonqul).

Ammo -(i)b qo‘shimchasi bilan yasalgan ravishdoshlar o‘ziga tobe boshqa so‘zlar bilan kengaymagan bo‘lsa, ravishdoshlar odatdagi ravishlar bilan bir xil ma’noviy-grammatik maqomda bo‘ladi va shuning uchun ulardan keyin vergul qo‘yilmaydi: Bo‘ri cholga qarab kulib qo‘ydi. Tomog‘ini qirdi. (T.Murod) Divanda g‘ujanak bo‘lib uxlab yotar edi. (O.Yoqubov) Kotiba ko‘zlarini pirpiratib chiqib ketdi. (A.Namozov).

Shuningdek, -(i)b qo‘shimchasi bilan yasalgan ravishdoshli qurilmalar tilda idiomatik, frazeologik iboralarga aylanib qolgan bo‘lsa, ulardan keyin vergul qo‘yilmaydi: Bugun... yeng shimarib ishlab o‘tirsam, qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. (A.Meliboyev) Og‘zingga qarab gapir, men Vatan uchun jang qilib edim! (T.Murod) Ammo ko‘zingga qarab ishla. (T.Murod) Zum o‘tmay qo‘lini yuvib chiqdi. (O‘.Hoshimov).

                14.Gapda -gan qo‘shimchasi bilan yasalgan va o‘rin-payt kelishigining qo‘shimchasini olgan sifatdoshlar o‘ziga tobe so‘zlar bilan kengayib kelganda, ulardan keyin vergul qo‘yiladi: Men kopincha eski gruzin ko‘shiqlarini eshitganda, o‘zimni shunday yo‘qotib qo‘yaman. (Ch.Aytmatov) Uzoqdan poezdning chirog‘i tushganda, shu sepilgan narsa xuddi yonayotgandek, yo‘l, shpallar, relslar alanga ichida qolgandek tuyuladi. (Ch.Aytmatov) Ular dabdurustdan o‘rinlaridan turishganda, tag‘in xijolat hissi ezdi meni. (Sh.Xolmirzayev) Qosimjon mashinada xotinini bir aylantirmoqchi bo‘lib turganda, eshik taqillab qoldi. (S.Ahmad)

Ammo gapda -gan qo‘shimchasi bilan yasalgan va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olgan sifatdoshlar o‘ziga tobe so‘zlar bilan kengayib kelmagan bo‘lsa, ulardan keyin vergul qo‘yilmaydi: Tisarilayotganda o‘zini birdan orqaga ololmadi. (T.Murod)

Shuningdek, -gan qo‘shimchasi bilan yasalgan va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olgan sifatdoshli qurilmalar tilda idiomatik, frazeologik iboralarga aylanib dolgan bo‘lsa, ulardan keyin vergul qo‘yilmaydi:                                     Kopam

hovliqavermanglar, kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r. (S.Ahmad) U kun bo‘yi saroydagi dokondan chiqmas, uyga qosh qorayganda qaytardi. (T.Malik) Noinsofning kech kirganda uxlashini qarang! (Cho‘lpon) Bir yilgacha marosimlarni o‘tkazaman deb, qoqqanda qozig‘im, osgandaxurmacham qolmaydi. (S.Ahmad).

          Qo‘shma gapda vergul quyidagi hollarda ishlatiladi:

1.    Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar o‘rtasida alohida mazmuniy munosabatlar mavjud bo‘lmay, bu gaplar bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan (bo‘ladigan, bo‘layotgan) voqea-hodisalarni ifodalasa, odatda ular o‘rtasiga vergul qo‘yiladi: Koklamning sayroqi qushlari tabiat ko‘rinishlarini kuylamoqdalar, ko‘m-ko‘k kokatlar silkinib, qushlarni olqishlamoqdalar. (Oybek) Botirlari kanal qazadi, shoirlari g‘azal yozadi. (H.Olimjon) Sohibqironning bug‘doyrang yuzi xiyol qoraydi, ko‘zlari katta-katta ochildi. (M.Ali) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz. (X.To‘xtaboyev) Sidiqjon to‘xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. (A.Qahhor).

2.    Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq

kabi zidlovchi bog‘lovchilar bilan bog‘langanda, bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi:Kishnash ko‘rdim, kishnashlar ko‘rdim, ammo ushbuoqshomdagidayini ko‘rmadim. (T.Murod) Endi kopkariniyam kitob qilayotgan emish. Yozishga yozdi, lekin tekshirtirmadi, chora ko‘rdirmadi. (T.Murod) Havo aytarli sovuq emas, biroq kuchsiz izg‘irin badanni junjiktiradi. (T.Malik)

3.    Boglangan qoshma gap tarkibidagi gaplar ozaro -u (-yu), -da yuklamalari vositasida boglanganda, bu yuklamalardan keyin vergul qoyiladi: Zardam qaynadi. Men nima g‘amda-yu, chol nima g‘amda! (T.Murod) Zum o‘tmay qo‘lini yuvib chiqdi-da, mehmonlarni kutib olish uchun shoshildi. (O‘.Hoshimov) Lo‘li yigit Hikmatilloning kaftini chap qo‘liga olib, o‘ng qo‘li bilan sharaqlatib urdi-da, poyezdga qarab yugurib ketdi. (O.Yoqubov). Bu holat mazkur yuklamalardan keyin zidlovchi bog‘lovchilar qo‘llanganda ham saqlanadi: Bu holat

shuv etib o‘tib ketdi-yu, lekin kayfiyatimni buzdi. (A.A’zam) Soqchilar yaqinlashayotgan qora sharpani ko‘rishdi-yu, ammo uxlab qolganlarini o‘zlari ham sezishmadi. (T.Malik).

4.   Boglangan qoshma gap tarkibidagi gaplar ozaro takrorlangan ayiruvchi boglovchilar (yoyo...; goh..., goh...; dam..., dam... kabi) bilan boglanganda, takrorlanayotgan boglovchidan oldin vergul qoyiladi: Kurashni asl zo‘r polvonlarga chiqargan-da! Yo yiqitadi, yo yiqiladi! Cho‘zib o‘tirmaydi! (T.Murod) Goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O‘.Hoshimov).

5.   Boglangan qoshma gap tarkibidagi gaplar ozaro takrorlangan inkor boglovchisi (na..., na...) bilan boglanganda, takrorlanayotgan boglovchidan oldin vergul qoyiladi: Bor, ozimizning kiyimdan kiyib chiq.. Buningni na yoqasi bor, na yengi bor, qayeridan ushlab bo‘ladi? (T.Murod)

6.   Ergashgan qoshma gaplarda ergash gap bosh gap bilan chunki, negaki, shuning uchun, goyo kabi boglovchilar yoki boglovchi vositalar bilan boglansa, ulardan oldin vergul qoyiladi: Men ularni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchiman, shuning uchun bu yerla “yo‘ldan urish” degan gap ketmaydi. (Ch.Aytmatov) Yuragim toshib ketyapti, chunki faqat seni o‘ylayman. (Ch.Aytmatov) Tamara sahnada qushday uchadi, go‘yo go‘zal tovus o‘ynab uchadi. (G„.G„ulom).

7.   Ergash gap bosh gapga -ki yordamida boglansa, undan keyin vergul qoyiladi: Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. (M.M.Do‘st). Men sizga nima gunoh qilib edimki, meni munchalik xor-u zor qilasiz? (T.Murod) Qanday otasanki, o‘z farzandingni bilmaysan? (T.Murod)

8.   Ergash gap bosh gapga deb vositasida bog‘lansa, undan keyin vergul qo‘yiladi: Tishimni tishimga qo‘yaman deb, tilimni tishlab oldim. (T.Murod) Vatan uchun jangga bor deb, qurol berdim qo‘lingga. (H.Olimjon) Yubkaga mos tushsin deb, qora amirkon yo‘g‘onposhnalik tuflisini ham berdi. (O‘.Umarbekov).

9.        Kesimi shart maylidagi fel (-sa qoshimchasini olgan) bilan ifodalangan ergash gapli qoshma gaplarda mazkur kesimdan keyin vergul qoyiladi: Polvonlar sovuq qotsa, ana shu cho‘qqa isinadi. (T.Murod) Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo‘lsa, hammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi. (Cho‘lpon)

10.    Darak, buyruq gap xarakteridagi ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratishda vergul qo‘yiladi. Masalan: - Astrobodda bag‘oyat nomaqbul harakat ro‘y bermish, - dedi Husayn Bayqaro shikoyatlanib. (O.)

Nuqtali vergulning qo‘llanish holatlari

Nuqtali vergulning o‘zbek yozuvida qo‘llana boshlashi XIX asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. U o‘zbekcha matnlarda 1885-yillardan boshlab qo‘llangan. Nuqtali vergul (;) bir tinish belgisidir. Bir-birlariga baylanishli bo‘lg‘anlari uchun nuqta bilan ajralishlari istanilmagan gaplar orasig‘a qo‘yiladir: Ota ko‘ngli bolada; bola ko‘ngli dalada. Mulla bilganing o‘qur; tovuq ko‘rganin cho‘qur. Yaxshi otg‘a bir qamchi; yomon otg‘a ming qamchi .

Nuqtali vergul, yozma nutqda qo‘llanish o‘rniga ko‘ra aralash holda ishlatiladigan tinish belgilari guruhiga kiradi. Nuqtali vergul, gapning tugallanish chegarasini ko‘rsatish bilan birga, uning ma’no jihatdan keyingi gapga yaqin emasligini ham bildiradi: ma’nosi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni hodisani turli tomondan izohlovchi gaplarning chegarasini ko‘rsatadi.

Nuqtali vergul ikki elementli tinish belgilaridan sanaladi: unda nuqta va vergul vertikal holatda (;) joylashadi. Shuning uchun ham uning nomi nuqtali verguldir. Yozma matnlarda nuqtali vergul boshqa tinish belgilariga nisbatan kam qo‘llanadi.

Hozirgi o‘zbek tilida nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1.   Gapda uyushiq bo‘laklar me’yoridan ortiq ko‘p bo‘lganda, ularni muayyan bir tarzda guruhlab berish zaruriyati tug‘iladi va ayni shu guruhlarning har biri nuqtali vergul bilan ajratiladi: Demak, bu daraxt ro‘dapo boyar choponlarini-yu xipcha kamzul, yasama sochlarni; qora frak va silindrlar-u, charm kurtka va budyonovkalarni; shalviragan ishtonlaru torpocha shimlarni ko‘rgan. (R.Hamzatov). Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.

2.  Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan so‘z, so‘z birikmasi va gaplar oxiriga (eng so‘nggisidan tashqari) nuqtali vergul (ba’zan vergul) qo‘yiladi: Nutq ham til va yozuv kabi ikki xil shaklga ega: a) og‘zaki nutq; b) yozma nutq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligi) Affiksal morfemalar ma’nosi va fazifasiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) so‘z yasovchi qo‘shimchalar; 2) shakl yasovchi qo‘shimchalar. (Q.Sapayev)

3.  Boglovchisiz yoki murakkab qoshma gap tarkibidagi gaplar mazmunan sezilarli mustaqil bolib, bir-biriga mazmunan bevosita yaqin bolmaganda, odatda ular orasiga nuqtali vergul qoyiladi: Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi; ikki marta sekin, og‘zini ochmasdan esnadi. (A.Qahhor) Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqsin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. (A.Qahhor) Uotasi singari baland bo‘yli, keng yag‘rinli; otda ko‘p yurgani uchun oyog‘ini kerib tashlaydi, ovda ko‘p bo‘lganidan fikrini qo‘l harakati bilan ham tushuntirib [18] gapiradi. (Sh.Xolmirzayev) Chet yoqalariga barra qo‘zi terisi yopishtirib tikilgan, yoqasi ochiq pochapo‘stin kiygan bo‘lsa, o‘ziga, po‘stini keng ko‘kragiga yarashib turgan bo‘lsa, o‘ziga; sog‘lom, baquvvat, o‘ktam, ko‘zlari tiniq, tani misday bo‘lsa, o‘ziga; Bozorboydan besh yosh katta bo‘lsa, o‘ziga; uning bular bilan necha pullik ishi bor, axir. (Ch.Aytmatov)

4.   Boglovchisiz yoki murakkab qoshma gap tarkibidagi gaplar bir nechta bolsa, ularning mazmunan bir-biriga yaqinlari vergul bilan ajratilib, qolgan muayyan bir yoki bir nechtasi nuqtali vergul bilan ajratiladi: Dunyoda boshqa bunday baxtiyor odam yo‘q, bo‘lmagan ham; omadim bor ekan, men xuddi nog‘orasini chertib o‘yinga tushayotgan yovvoyi odamga o‘xshayman. (Ch.Aytmatov) Choponning ishi qaynagan palla: mol haydaydi, ko‘ch-ko‘ronini tashiydi va hammasidan og‘irrog‘i, qo‘ylarning junini qirqadi; bularning hammasi qo‘shilib, bosh qashigani qo‘l tegmay qoladi. (Ch.Aytmatov) Vaholanki, ketaman deb, ariza berib ko‘r-chi, darrov senga militsiyani to‘g‘rilashadi, pasportni olib qo‘yishadi, hech qanday hujjat-pujjat berishmaydi; bor, akasi, ishingni qil, ketishga ruxsat yo‘q, deyishadi. (Ch.Aytmatov)

5.       Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplarda ifodalangan voqea-hodisalarni solishtirish, qiyoslash mazmuni aniq ifodalanganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Ba’zilar ularning juda-juda inoq yashashlarini aytisharmish; ba’zilar esa aksincha, gap tarqatisharkanki, osmondan tushib, yerdan chiqqandek kopayishib ketgan odamlarning bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari, otishga o‘qlari yo‘q deyisharkan. (Sh.Bo‘tayev) Ana, Ildam ham hozir-u nozir; mana, Suyginoy - onasining ko‘zlariga tik va sadoqat bilan boqadi; ularning yonida Toshchaynar, nari borib-beri kelib turibdi. (Ch.Aytmatov) Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir. (A.Navoiy)

6.   Bir qancha gaplar uyushganday bo‘lib, yaxlit bir bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Razzoq so‘fining sovuq yuzlari uning ko‘zlaridan yiroqlashganlar; nasihat yo‘li bilan minglarcha marta aytilgan va ta’kidlangan so‘zlar unutilgan; sovuq sufilarning “harom” degan da’volari sinib, parcha-parcha bo‘lgan; “nomahramlik” safsatalari ot oyoqlari ostida yanchilgan; to‘rt devorning bu tutqun qizi o‘ziga o‘xshagan tutqunlardan boshqa hech bir guvoh va tilchi bo‘lmagan shu keng dalaning quloch yetmas bag‘rida yillardan beri tug‘ilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, cheksiz bo‘shliqlarga yoyib yuborgan edi. (Cho‘lpon). Kamdan-kam uchraydigan qilg‘ilik bilan qo‘lga tushgan; jazo bataloni kazarmalarida bor-yo‘g‘i erkaklar bilan yotgan; xizmat mavqeidan foydalanib, ularni shunga majbur qilgan, xolos. (Ch.Aytmatov)

Tekshirish uchun savollar

1.   Vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.       Vergul sodda va qo‘shma gaplarda asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

3.      Kirishlar, undov so‘zlar qanday holatda vergul bilan ajratiladi?

3.      Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

4.      Nuqtali vergul asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

9-MA’RUZA

KO‘P NUQTA VA IKKI NUQTA BELGILARINING QO‘LLANILISHI

Reja:

1.     Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari

2.     Ikki nuqtaning qo‘ llanish holatlari

 

Tayanch tushunchalar: ikki nuqta, ko‘p nuqta, kirishlar, remarkalar, sitatalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, uyushiq bo‘laklar, numerativlar, mazmunan tugallanmagan gaplar, matn qisqarishi.

 

Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari

Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. Dastlab u ruschadan qilingan tarjima matnlarida, keyinchalik gazeta sahifalarida qo‘llana boshlaydi. 1876-yildan e’tiboran “Turkistonviloyatining gazeti”da muntazam qo‘llangan .

Ko‘p nuqta A.Fitrat tomonidan (...) nuqtalar deyiladi. Gapning bir bo‘lagi qanday bir sabab bilan aytilmay qolsa, uning joyig‘a nuqtalar qo‘yiladir:

Bosqon izin ko‘rmay o‘tkan tuyoqlar

Toptab-toptab... Oh, aytolmam ketini!

Ko‘p nuqtaning vazifasi murakkabdir. U, odatda, turli his-hayajonni ifodalovchi, ma’no jihatdan tugallanmagan gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar barcha nutq uslublariga xos yozma matnlarda uchraydi.

Ko‘p nuqta, o‘z tarkibiga ko‘ra uch elementli tinish belgisi hisoblanadi, ko‘p nuqta deyilganda ketma-ket qo‘yilgan uchta nuqta tushuniladi. Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rni (joyi) ham murakkabdir: u gap oxirida, o‘rtasida va boshida, hatto so‘z o‘rtasida ham qo‘llanaveradi.

Yozuvchi o‘zining har qanday maqsad va istaklarini, turli emotsional holatlarini ko‘p nuqta vositasida beradi. Bu jihatdan ko‘p nuqtaning yozma nutq uchun ahamiyati kattadir.

Ko‘p nuqta hozirgi o‘zbek tilida quyidagi holatlarda ishlatiladi:

1.     Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga kop nuqta qo‘yiladi:To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor) Cho‘nqaymaning qaltis taraflari tag‘in kop...(T.Murod) Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor) Bo‘lmasa, kunda nima ayb, xudoning hamishagidek karami keng bir kuni... (A.A’zam).

2.     Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A.A’zam). Oqibat... Bo‘ripolvon... Polvon nomini olgandan buyon umrida birinchi marta yelkasi yer ko‘rdi!(T.Murod)

3.     Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun kop nuqta qo‘yiladi: O‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (O‘.Hoshimov) Ammoko‘nglitub-tubidayashirinibyotmishnimadir... nimadirbuistaginiradetdi.(T.Murod) Bo‘ri, men... seni aldab edim. (T.Murod)

4.     Nutqda kutilmaganda bir fikrdan boshqasiga o‘tib ketishni ko‘rsatish uchun gapda ayni o‘tish o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi: Seni siypab, erkalatib, Asta-sekin ko‘kartirgan Go‘zal ko‘klam... o‘tib ketdi. (Cho‘lpon) Yarim kechada uyga qaytsam... hamma yoq jimjit. (O‘.Hoshimov).

5.     Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirq og‘ayni, ossaldirg‘och... (N.Eshonqul) Bolaligimda kop kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov). Dasturxonda turfa noz-ne’matlar, palov-nisholda, holva... bo‘ldi. (T.Murod) To‘ylovchi ayollar sochqilar sochdi: yong‘oq, pista, mayiz... (T.Murod)

6.     Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi: 1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida “Cho‘lpon” degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov).

7.     Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi: ...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koz oldimga keladi. (O‘.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul).

8.     Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi: Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi) Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi) Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi).

9.     Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.

-         Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?

-         Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)

10. Tushirib qoldirilgan harf, soz yoki boshqalar ornida: Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar.

11. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda ko‘p nuqta qo‘yiladi.

Masalan: - Xurshida bonu?... Siz... Sizmu?

Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari

Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.

Ikki nuqta (:) qo‘sh nuqta. Bu sharh, izoh belgisidir. Undan keyin kelaturg‘an gap bundan burung‘i gapning izoh ham sharhi bo‘ladir: Bu kun uch kishi bilan ko‘rishdim: Sharif, Karim, Ahmad11.

Ikki nuqta - ikki elementli tinish belgi. U nuqtaning vertikal holatdagi kombinatsiyasi asosida shakllangan, shuning uchun ketma-ket emas, ustma-ust [19] qo‘yiladi, ya’ni (:) shaklida. Ikki nuqta o‘zbek tilshunosligida “bayon belgisi”, “bayon alomati” deb ham yuritiladi.

Ikki nuqta aralash qo‘llanuvchi tinish belgilar jumlasiga kiradi.

Ikki nuqtaning boshqa tinish belgilari bilan qo‘sha qo‘llanishi kam uchraydi. U nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul, ko‘p nuqta va vergul bilan birgalikda qo‘llanmaydi.

Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari:

              1.Muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy ta’rif, qoida kabilami ifodalovchi gaplardan keyin ayni fikr-mulohaza, hukm, ta’rif, qoidalarning to‘g‘riligini asoslash uchun keltirilgan birdan ortiq daliliy faktlarni ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida ikki nuqta qo‘yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘ladi: Saida kuldi. Qalandarovning ko‘zlari olayib ketdi. (A.Q.) Tong: havo salqin, yumshoq shamol mayingina esib turibdi.(A.G’ulomov).

Ba’zan bunday hollarda mazkur gaplardan keyin masalan, misol, dalil, chunonchikabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin, bunda ikki nuqta ayni so‘zlardan keyin qo‘yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Masalan: Saida kuldi. Qalandarovning ko‘zlari olayib ketdi.(A.Q.) Tong.Havo salqin. Yumshoq shamol mayingina esib turibdi. (A.G„ulomov).

              2.Tasniflash qoliplari aks etgan gaplarda tasnif asosini ifodalovchi gapdan keyin tasniflangan birliklarni ta’kidlash uchun ikki nuqta qo‘yiladi: So‘zlar tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) sodda so‘zlar; 2) qo‘shma so‘zlar; 3) juft so‘zlar; 4) takroriy so‘zlar; 5) qisqartma so‘zlar.(Q.Sapayev)

               3.Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z bu bo‘laklardan oldin

kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Bu sirni faqat uch kishi:            Abdulla, o‘zi va Samad bilardi.(O‘.Umarbekov) Ichkaridagilar:

chaqaloqning ota-onasi, opa-akalari, Shavkatning ikkita sherigi ham qulab tushgan tom tagida qolib ketdi...(Sh.Boshbekov) Qish bo‘yi allaqaysi go‘r ostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar va boshqa allaqancha qush turkumlari o‘z toplari bilan vijir-vijir, chugur-chugur sayrab kuladirlar.(A.Qodiriy).

              3.Ba’zan uyushiq bo‘laklarni alohida ta’kidlash maqsadi bilan ular gapdan tashqariga chiqariladi, bunday hollarda bevosita umumlashtiruvchi so‘zdan keyin emas, balki asosiy gapdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Lekinundanqimmatlinarsalarhambor: obru, vijdon, aql, madaniyat. (O‘.Umarbekov) Bu doston hali kuylanmadi. Dostonni uch odam bildi: Momoqiz, Nasim, o‘zi bildi.(T.Murod) To‘ylovchi ayollar sochqilar sochdi: yong‘oq, pista, mayiz...(T.Murod) Muxbir so‘ramish, kotib aytmish o‘sha bandayi mo‘minlar ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tdi: Xolliyev, Saidov, To‘rayeva...(T.Murod)

Gapda umumlashtiruvchi so‘z bo‘lmagan hollarda ham asosiy gapdan keyin uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun ikki nuqta qo‘yiladi: Mana shu qizil “Jiguli”damiz: xotinim, o‘g‘lim, qizim. (Sh.Xolmirzayev) Manavi barmoqlarim bilan sanab aytaman: ovozlarning ichida cholnikiyam bor - bir! Yoshnikiyam bor - ikki! Momonikiyam bor - uch! Qiznikiyam bor - to‘rt! Chaqaloqnikiyam bor -besh! (T.Murod)

              4.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh (yoki olmoshga vazifadosh so‘z, gap, odat, narsa, tomon, fikr kabi mazmuni tavsiflanishi lozim bo‘lgan so‘zlar) bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan eganing mazmunini izohlab, aniqlab kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Yarq etib yorishgan xayolimga yana shular keldi: insonda bu narsalarning hammasi - musiqa, tarona, munojot, qo‘shiq qaerdan, ularning odam bolasiga qanday zaruriyati bor va bo‘ladi? (Ch.Aytmatov) Militsiyaga bir narsa qorong‘i edi: u tasodifan tushib ketganmi yo o‘zini tashlaganmi?! (O‘.Umarbekov) Pishmagan yong‘oqning bitta yaxshi tomoni bor: og‘ir bo‘ladi. (O‘.Hoshimov). O‘shanda uning xayoliga yomon fikr keldi: mashina xotinini yoki o‘zini bosib ketganda nima bo‘lardi? (O‘.Umarbekov).

              5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh (yoki olmoshga vazifadosh so‘z) bilan ifodalangan kesimning mazmunini izohlab, aniqlab kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Mening senga javobim shu: birinchidan, haqiqat haqi aytilgan so‘zdan qaytish yo‘q, zero, Sen o‘zing shuni istayapsan. Ikkinchidan - qilmagan ishingning jurmini gardanga olmoq joiz emas va qorakuya kabi bo‘htonlardan ko‘krakka urmoq bilan qutulib bo‘lmas. (Ch.Aytmatov) Va’zxonning vazifasi ham shu: chin dildan samimiy so‘z yuritish, hech qanday xavf-xatarga qaramay so‘z bilan fidokorlarcha tushuntirish. (Ch.Aytmatov) ...Uning maqsadi bitta: sayg‘oqlarni pistirma yotgan tomonga haydab borish, ana o‘sha yerda u o‘g‘lonlariga ov qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. (Ch.Aytmatov) Erkak kishi o‘zi shunaqa: bir kun uyda bo‘lsa, o‘n kun ko‘chada. (O‘.Umarbekov).

              6.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh (yoki olmoshga vazifadosh so‘z) bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, aniqlab kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta q o‘yiladi: Bo‘ri polvon bildi: polvonlar hal etuvchi vaziyatni - toboq qo‘yilishini kutyapti. (T.Murod) U o‘zicha mo‘ljal qildi: Hozir olishmoqchi bo‘lib o‘giriladi. (T.Murod) Bo‘ri polvon o‘ylab qaradi: bundayin dabdabali yurishlari bilan o‘z niyatiga yetishi amrimahol bo‘ldi. (T.Murod)

              7.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism so‘roq shaklidagi gapdan iborat bo‘lib, oldingi qismdagi ifodalangan yoki ifodalanmagan to‘ldiruvchining mazmunini ochishga xizmat qilganda, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi:

Bu yerda bo‘rilar maslahat ma’raka qiladilar: kim quvishga boradi, kim pistirmada qoladi?.. (Ch.Aytmatov) Bo‘ri polvon o‘ylab qoldi: unda borib nima qiladi?

(T.Murod) Ular inson jamoatchiligi uchun odatiy bo‘lib qolgan bu narsalarni nimalarga yo‘naltirar ekanlar: yaxshilikkami yo yomonlikka, tuzishgami yo buzishga?.. (Ch.Aytmatov)

                8.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismda ifodalangan

voqea-hodisaning sababini bildirsa (ikki gap orasiga chunki bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa), oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Bo‘ri polvon ko‘ngli uvishib-uvishib ketdi: shu yotmish bandalar yaqin-yaqinlarda tirik edi, eson-omon edi. Endi esa yo‘q... (T.Murod) Ko‘nglimni zo‘r bir xushvaqtlik qitiqlar emish: ushbu behishtga birinchi bo‘lib men qadam qo‘yibman! Ahay-ahay! (T.Murod) Yanglishasiz: men ko‘klarga berkingan yer qizidan xayolimni olmaymen.(Cho‘lpon).

                9.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda oldingi qism keyingi qismda ifodalangan voqea-hodisaning sababini bildirsa (ikki gap orasiga shuning uchun bog‘lovchi vositasini qo‘yish mumkin bo‘lsa), oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Omon ovchining ov sarguzashtlari koplarni qiziqtirardi: koplari hikoya eshitish uchun kelardi. (Sh.Xolmirzayev) U haligi yuksak qahqahani eshitgach, uning ma’nisini angladi: yugurib Zebining yoniga kirdi. (Cho‘lpon). Bo‘ri polvon ko‘tarilib-ko‘tarilib ketdi: el Bo‘ri polvonni qora tortib keldi! (T.Murod)

                10. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismda ifodalangan voqea-hodisaning natijasini, oqibatini bildirsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Tilovberdipolvon Abray polvon ko‘zlariga tikildi: Abray polvon ko‘zlari hayiqdi! Ana endi hamlaga o‘tsa bo‘ladi! (T.Murod)

                11. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh (yoki olmoshga vazifadosh so‘z) bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan aniqlovchining mazmunini izohlab, to‘ldirib kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Ey Salomxon, bu eshon pochchamning o‘g‘illari bir yigit bo‘ldi: o‘ktamlikdayam, suqsurlikdayam tengi yo‘q. (M.Mansur) Shoirlardan doimo talab: O‘qimog‘i kerak yangi she’r va aytmog‘i kerak yangi gap. (E.Vohidov) Sizdan bugun birgina o‘tinch: Yolg‘iz qo‘ying meni, do‘stlarim. (E.Vohidov) Adolatxondan xunuk bir xabar keldi: u Samarqanddagi maktabni bitirib, Toshkentga ketibdi. (A.Qahhor).

                12. Qo‘shma gapning oldingi qismida ko‘rmoq, qaramoq, diqqat qilmoq, eshitmoq, bilmoq, tushunmoq, sezmoq, eslamoq kabi fe’llar qo‘llanib, keyingi qismda keladigan muayyan fakt bayoni yoki muayyan tavsifga semantik ishora qilib tursa, ikki qism orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Boshda rais yurish qilib ko‘rdi: qo‘llari ortda, oyoq uchlari ikki yoqqa kerilgan. (N.Norqobilov) Ha, aytganday, Bo‘ri polvonning kopni ko‘rgan ko‘zlari bir nimani sezib qoldi: Abray polvon ko‘kragini berib olishdi. (T.Murod) O‘zim ham bilgan edim: katta omburga chap berib bo‘lmaydi. (A.Qahhor) Muhammad Churog‘a dodxoh esladi: besh yil avval Samarqandda Bog‘i Behisht mehmonxonasida ham xuddi shunday voqea yuz bergandi.(M.Ali). Bular darvozadan chiqib, muyulishga yetganda u yoqdan O‘lmasjon ko‘rindi: charchagan otini horg‘in-horg‘in qamchilab, asta-asta sudralmoqda edi.(Cho‘lpon).

                13. Qo‘shma gapning keyingi qismi oldingi qismdagi mazmunni umuman izohlab kelsa, ikki qism orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Hamidning tushi o‘ngidan keldi: u ertasi kuni darsdan xushxabar bilan qaytdi.(E.A’zam) Chiroqlar uch marta o‘chib yondi: chiroqchi to‘y xizmatchilarini ogohlantirdi.(T.Murod) Daraning aholisi o‘z ishi bilan mashg‘ul: o‘spirinlarpodalarni haydab chiqib ketadi, erkaklar qo‘sh qo‘shib shudgor qilmoqda.(S.Ayniy) Musofir muxlis uni darrov tanidi: u tanimay kim tanisin!(E.A’zam) Sobiq maktabdoshini tanib-tanimay, noqulayroq biror gapni ko‘zg‘ab solishidan yuragi taka-puka bo‘lib o‘tirgan Oqsoqol shoir, nihoyat, yengil tortdi: shunisiga ham shukr!(E.A’zam).

               14. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Rais ogohlantirdi: “Ertagayoq yerni shudgorlash ishlarini boshlash lozim ”.

                15. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng: Mavzu: “Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin ” dostoni ”.

                16.Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin: Toshkentda “O‘zbek tilshunosligi: kecha va bugun” mavzusida yettinchi an’anaviy respublika ilmiy- nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

                 17.Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun:

Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o‘yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27: 21 hisobi bilan yengdi.

 

Tekshirish uchun savollar

1.     Ko‘p nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.     Ko‘p nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

3.     Ikki nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

4.     Ikki nuqta sodda gapda qaysi holatlarda ishlatiladi?

5.     Ikki nuqta qo‘shma gapda qaysi holatlarda ishlatiladi?

 

10-MA’RUZA

QO‘SHTIRNOQ VA QAVS BELGILARINING

QO‘LLANILISHI

Reja:

1.     Qo‘shtirnoqning qo‘llanish o‘rinlari

2.     Qavsning qo‘llanish o‘rinlari

 

Tayanch tushunchalar: qavs, tire, qo‘shtirnoq, kirishlar, remarkalar, sitatalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, uyushiq bo‘laklar.

 

Qo‘shtirnoqning qo‘llanish o‘rinlari

Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi . Qo‘shtirnoqni prof. A.A.Barsov “kiritish” belgisi deb atagan.

Fitrat uni tirnoqlar deb yuritadi. Bir yozg‘uchi tomonidan muhim sanalsa, yozg‘uchi o‘z so‘zlari orasida boshqa bir kishining so‘zlarini hikoya qilsa, anglashilishi yengil bo‘lmag‘an otlar, atamalar bo‘lsa, shular tirnoq ichra olinadir: “Samarkent”ni olmoqqa qo‘shin tortqonda yo‘l o‘rtasida Nil daryosimi, Jayxunmi degan bir daryoga to‘g‘ri kelar ekan. Mudarrislikka “ukaz” berilgach oq podshohningyashamog‘ig‘a qo‘l ko‘tarib... Podshohlig‘ “nisf nubuvvat” deganlar; kofir bo‘lsa ham “nubuvvat”, ya’ni payg‘ambarlikning yarim kuchi bor... Orada

urush boshlanib Turkistonda “rabo‘chi” mas’alasi qo‘zg‘alg‘anda “podshohning amri vojib; ma’noyi vojib farzligida ozg‘ina shubha bor; ma’noi farz amri ilohiy” deb elni shov-shuvliqdan to‘qtatmoqqa kirishar edi .

Qo‘shtirnoq - ikki elementli tinish belgisidir. Uning birinchi elementi “ochiluvchi qo‘shtirnoq”, ikkinchi elementi “yopiluvchi qo‘shtirnoq” deb yuritiladi. Buning grafik shakli “ ” dan iborat bo‘lib, nashriyot ishlarida burchak (« ») shaklida ham qo‘llanadi; ilmiy uslubda tirnoq shaklida (‘‘) ishlatiladi.

Qo‘shtirnoq - chegaralovchi tinish belgisi. U yozma matndagi muayyan qismlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, o‘zganing gapini (ko‘chirma gapni) muallif gapidan ayirib, uning boshlanish va tugallanish chegarasini va qanday shaklda ekanligini ko‘rsatadi.

Qo‘shtirnoq murakkab vazifali tinish belgilari jumlasidandir. U muayyan qismni chegaralab ko‘rsatish bilan birga, uning muayyan matnga (qo‘shtirnoqqa olingan qism kiritilgan umumiy matnga) sintaktik va intonatsion jihatdan ma’lum darajada bog‘lanishini, unga muvofiqlashuvini ham ko‘rsatadi.

Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘llaniladi:

1.   Har biri alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan emas, balki ketma-ket bir qatorda berilgan dialog replikalari shaklidagi ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi: “Endi topolmaydi, - dedi. - Qarab-qarab ketadi. Ammo idoradagilar oldida sharmanda bo‘ladigan bo‘ldim”. (T.Murod) Yo‘lda o‘ylab yurdi: “Madaniyatli odamlar shaharga boradi. Ajab, bari shunday deydi. Shoirligimga shama qilyaptimi deyman”. (T.Murod)

2.    Turli manbalardan olingan iqtiboslar qo‘shtirnoq ichida beriladi: Navoiy

umrining oxirlarida yaratgan “Mahbub ul-qulub” asarida yozadi:                 “Yaxshi-

yamonning fe’lini bilibmen va yamonu yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen”. (N.Komilov) “Odami ersang, demagil odami Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”. (Alisher Navoiy) Cho‘lpon shunday deb hayqirgan edi: “...Kishan kiyma, Bo‘yin egma Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsen!” Yunonlarning Lukian degan yozuvchisi o‘tgan. Eramizdan avval. Uning “Vatan sha’niga” degan asari bor. Undagi birinchi jumla shunday ekan: “O‘z ona-otasini sevmagan farzand o‘zga ota- onalarni hurmat qila bilmaydi. Va o‘z vatanini sevmagan kishi o‘zgalar vatanini hurmat qila olmaydi!” (Sh.Xolmirzayev).

3.   Ichki nutq shaklidagi birliklar (oy-xayol, mulohaza, tasavvur kabi) qoshtirnoqqa olinadi: “Nima bo‘ldi menga?” deb o‘ylamoqchi bo‘ldi mingboshi: shu uch so‘zni miyasiga toplay olmadi. (Cho‘lpon) “Har qanday original tip bo‘lsa ham, maqsadi belgili. Bu joyda o‘zga maqsad bo‘lishi mumkin emas!deb o‘ylardi u. (Cho‘lpon) Bo‘ri polvon soqoli uchini buklab tishladi. Sezilar-sezilmas bosh irg‘adi. “Bordi-yu, Momoqizga yetganimda, shu Abray polvon mening o‘g‘lim bo‘lardi...” (T.Murod)

4.   Gapda odatdagi ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llangan, shuningdek, eski, yangi yoki chet so‘zlar qo‘shtirnoqqa olib beriladi: Borib-borib yirikroqishga otdi - odamlarning uy-joyi, mol-holini ogirlaydigan boldi. (Sh.Boshbekov) [20]

Shundagina Shavkat “o‘tlab ” ketayotganini anglab qoldi. (Sh.Boshbekov) Bu turqi sovuqning sho‘rlik Otaga “mehri” tushgan ekan, uni tinch qo‘ymadi. (O.Yoqubov) (Malades, Shayx! Orangutan bop ket-e!) Bunday “maqtovlar” Shayxni battar jazavaga soladi. (O‘.Hoshimov) Ko‘p o‘zingdan ketaverma, adang “shishka ” bo‘lsa o‘ziga! (Sh.Boshbekov). U kelganimizdan beri allaqanday lug‘atni yonidan qo‘ymaydi, biroq ovqat mahali bor bilimi esidan chiqib ketadimi, nuqul “fish” (baliq), “chiken” (qovurma joja go‘shti), “ti: (choy) yoki “bia” (pivo) deydi. (E.A’zam). Men Maskovdan Berlingacha Gitler quvib borib edim! Men oltita “til” ushlab kelib edim! Men generallardan rahmatnomalar olib edim, generallardan! (T.Murod)

5.    Turli asarlarning, shuningdek, kitob, gazeta, jurnallarning nomlari, sarlavhalar alohida olinganda emas, balki matnda qollanganda, qoshtirnoqqa olinadi: A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini o‘qidim; O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari ” qissasi; A.Oripovning “O‘zbekiston ” she’ri; “Maftuningman ” badiiy filmi; “Hozirgi o‘zbek adabiy tili ” darsligi; “Mehnat kodeksi ” kitobi; “Xalq so‘zi” gazetasi; “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi; “Sharq yulduzi” jurnali; “O‘zbek tili va adabiyoti ” jurnali kabi. Shuhrat Umiraliyev bir ro‘znomada

“Ona tuproq obrazi ” deya atalmish maqola chop etdi.

6.    Muassasa, tashkilot, korxona va shu kabilarning shartli nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: “O‘qituvchi" nashriyoti, “Fan» nashriyoti, “Jahon» axborot agentligi, “Oila» ilmiy-amaliy markazi, “Tasviriy oyina’ ijodiy uyushmasi, “Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi kabi.

7.    O‘zbekiston Respublikasi orden va medallarining nomi qo‘shtirnoqqa olinadi: “Mustaqillik” ordeni, “Buyukxizmatlari uchun” ordeni, “El-yurt hurmati” ordeni, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, “Oltin yulduz” medali, “Jasorat” medali, “Shuhrat” medali kabi.

Ammo buyuk shaxslar nomi bilan atalgan orden nomlari qo‘shtirnoqqa olinmaydi: Amir Temur ordeni, Jaloliddin Manguberdi ordeni kabi.

8.    Turli mahsulotlarning shartli nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: “Qoraqum” konfeti, “Paxta” torti, “Neksiya” avtomashinasi kabi.

Qavsning qo‘llanish o‘rinlari

Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan qo‘llanila boshlangan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti”da 1873-yilda ishlatilgan .

A.Zohiriyning “Imlo”si o‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-metodik qo‘llanmadir. Uning 3-qismi tinish belgilarining qo‘llanishi qoidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari” deb sarlavha qo‘yilgan. Qavs belgisining xususiyatlariga ham to‘xtaladi: “Ishorati” “( )” (qavsayn yoki tafsir ishorati) bir so‘zning ma’nosini so‘z orasinda bayon qilg‘onda yoki so‘z orasinda biror mazmunni eska tushurub [21][22] ketmoqchi bo‘lg‘onda, ikki chetiga qo‘yilur. Chunonchi, Arz (er) yumaloqdur. Johil (nodon) kishilarning suhbati aqlni kamaytiruf".

Qavs belgisining ikkinchi alomatini muallif shunday izohlaydi: “... yoki so‘z orasinda biror mazmunni eska tushurub ketmoqchi bo‘lg‘onda ikki chetiga qo‘yilur”. So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir.

Fitrat qavs haqida shunday deydi: () yoylar. “Kirish so‘z”larning hammasi yoylar orasida yoziladir. Kirish so‘zlarning iki tomonida iki yoy o‘rnida ikki “,” belgisi qo‘ymoq ham bo‘ladir:

Bu zot Amrika, Olmoniyo (Girmaniya), Angliya, Yapo‘niya, Firansiya, Bilgiya va shuning kabi har davlatlarni yodlab bilar edi.

(A.Q.)

Bizda o‘zlarini ulamo atag‘anlar (Bizda haqiqiy ulamo yo‘qdir) butun taraqqiy ishlariga qarshi turdilar.

Kirish so‘zlarining iki tomonida, yoylar joyig‘a chiziqlar qo‘yilsa-da bo‘ladir:

Bu kichkina, o‘ksuz, oppoq bibaklar -

Ucha, uchayetmay qolg‘an tilaklar-

Eskan yelning qo‘llarig‘a o‘zini

Tashlab qo‘yar borlig‘ini unitar.

Qavs vazifasiga ko‘ra chegaralovchi tinish belgilari jumlasiga kiradi: yozma nutqdagi muayyan qismlarning boshlanish va tugallanish nuqtasini ko‘rsatib, mazkur qismning sintaktik jihatdan boshqa qismlar bilan kuchsiz bog‘langanligini, semantik jihatdan u yoki bu darajada aloqadorligini bildiradi. Qavsga olingan qism tinch ohang, kirish intonatsiyasi bilan aytiladi.

Qavs tuzilish jihatdan ikki elementli tinish belgisi sanaladi. Uning birinchi elementi ochiluvchi qavs, ikkinchi elementi esa yopiluvchi qavs deb yuritiladi. Yopiluvchi qavs yozma nutq jarayonida mustaqil holda ham qo‘llana oladi: bunda u raqamlashda (raqam yo harf bilan) ishlatiladi.

Qavs, odatdagi shaklidan tashqari, kvadrat shaklda ham qo‘llanadi. Kvadrat shakldagi qavs “katta qavs", odatdagi qavs esa (“katta qavs”ga nisbatan) “kichik qavs" deb yuritiladi.

“Katta qavs" matematika, geometriya, ximiya kabi fanlarga oid yozma matnlarda ko‘p uchraydi. Boshqa sohaga oid matnlarda esa ikki qavsning takroriy qo‘sha (bir o‘rinda parallel) qo‘llanishi zarur bo‘lganda, ularning biri “katta qavs" shaklida (kvadrat shaklda) ishlatiladi. “Katta qavs”dan transkripsion belgilar ifodasida foydalaniladi.

Hozirgi o‘zbek tilida qavsning qo‘llanish doirasi va vazifasi kengaydi. Ilgari faqat asosiy gap bilan ma’nosi yaqin bo‘lmagan qismlar qavsga olingan bo‘lsa, hozirgi kunda asosiy matn bilan semantik jihatdan uzviy aloqador bo‘lgan qismlar ham qavsga olinadi.

Qavsning yozma nutq jarayonida qo‘llanish o‘rni chegaralanmagan: qavs gap boshida, gap o‘rtasida va gapning oxirida kela oladi. Qavs gap o‘rtasida kelganda, qavs ichidagi matn ma’nosining undan oldingi yoki keyingi jumlaga taalluqliligi matndan aniqlanadi.

Hozirgi o‘zbek tilida qavs quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1.  Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan izoh, ma’lumotni ifodalaydigan kiritma so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Uni birinchi marta To‘la aka (T.Xojayev)ning repetitsiyasida ko‘rganman. (A.Meliboyev) Gulya Lagutina ichkarigi xonada o‘ziga o‘xshashib ketadigan (yo armani, yo ozari) bir ayol bilan achomlashib-cho‘lpillashib, pichir-pichir qila boshladi. (E.A’zam) Bunga kaminaning qulog‘ida va tevaragida kuchaygan (botiniy va zohiriy) shovqin ham sabab bo‘ldi-yov. (E.A’zam) Farhodning taxminicha, kinoga bevosita daxldor bir- ikkitasini aytmasa, davradagilarning aksariyati (kelib-ketuvchilarini ham qo‘shganda) anchayin san’at atrofida o‘ralashib yuradigan, ammo o‘zini uncha- munchadan kam sanamaydigan omadsizroq bir toifa edi. (E.A’zam) Bordi-yu, hushyorlik qilinmaganida, qora bozorga kamida 50 ming so‘mlik (o‘sha yillarning bahosida) zahri qotil mahsulot chiqib ketgan bo‘lar edi. (A.Meliboyev) Jarohat o‘rniga qov (kuydirilganpaxta) qo‘ydi. (G‘.G‘ulom).

2.  Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan ma’lumotni ifodalagan kiritma gap qavsga olinadi: O‘sar Hojarga uylangach (uylanganigayam yigirma yildan oshdi), ana shu eski uychaga taqab bir dahliz va bir mehmonxona- yotoqdan iborat boshpana qurib olgan edi. (Sh.Xolmirzayev) Qarasam, bolalikdan birga o‘sgan “o‘ris o‘rtog‘im” Vali tushib kelyapdi (asl ismi Valentin ekanini keyin bilganman). Ustida o‘sha kir ko‘ylagi bilan gardi ro‘moli, etagida qo‘ng‘iz kovlab ketgan besh-oltita g‘ovak tezak (shuni bahona qilib chiqqan), birov urganmi, o‘zi yig‘laganmi, ko‘zlari qizargan... Zaynab yovqarash bilan, yalt etib dushmaniga qaradi, (ha, u yori emas, dushmani edi!) o‘rnidan turdi.(Tohir Malik)

3.  Boshqa tildagi gapning yoki boshqa tildagi muayyan bo‘lakning tarjimasi qavsga olinadi: Ok. Continue the fly (“Yaxshi. Uchishda davom eting”). (I.Sulton) Yes, sir (“Xo‘p buladi, ser”). (I.Sulton) Mening birinchi maqolalarim qirg‘iz tilida chiqadigan “Emgek danqi” (“Mehnat shuhrati”) nomli tuman gazetasida bosilgan. (A.Meliboyev). Bu hodisa tilshunoslikda pronominalizatsiya deyiladi. (pronom - lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi).(Q.Sapayev)

4.  Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Muqaddas esa (ajabo!) go‘yo hech narsani sezmas, u nimagadir sevinib, hadeb kular... edi. (O.Yoqubov) Birov o‘q borib uning qo‘liga tekkan desa, boshqa birov (Astagfurulloh!) naqd og‘ziga tekkan deydi. (E.A’zam) Menga bitilgan xatni ikki kun (ikki kun-a) saqlab yuribsiz, o‘sha ikki kun mobaynida xayolan ikki yuz ming ko‘chaga kirib chiqanimni tasavvur qilasizmi? (X.Do‘stmuhammad) Tuyqus yon tomondan qo‘llarida cho‘qmor (ha ha rostakam cho‘qor!), korjoma kiygan ikki barzangi sahnaga kirib keldi. (E.A’zam). Balki Mo‘yinqumdan pul topib qaytgunimcha, Inga Fyodorovna ham kelib qolar va hammasi joy-joyiga tushib ketar: yoki u (o, qanday baxt!) sevgani bilan butkul qovusha-di, yoki orqaga qaytishga, yana yashash uchun o‘zida kuch topishga to‘g‘ri keladi... Lekin bunisidan u juda-juda qo‘rqadi...(Ch.Aytmatov)

5.  Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish gap qavsga olinadi: Ko‘ngil qo‘yganlari boshqa edi, boshqalar edi. Uni biz bilamiz (Bilmaylar ketaylik, iloyim!). (E.A’zam) Sizning xayollaringizni ostin-ustun qilgan o‘zimdagi fazilatlarni (Rostdan ham, bormi ular?) topib, ardoqlab yashayman. (X.Do‘stmuhammad) Boylar bo‘lsa na fuqaroni bir chaqaga oladi (bunisi-ku mayli-ya), na mingboshini (mana munisiga chidab bo‘lmaydi!). Ochiqdan-ochiq so‘kadi, haqorat qiladi... (Cho‘lpon). Kandalov kopni ko‘rgan kishi, temir yo‘l yong‘indan saqlash idorasida komendant bo‘lib joylashib olgan, ilgari harbiyda va buning ustiga jazo batalonida xizmat qilgani, (bir balosi bordir- ku, axir!) cho‘ldagi shoshilinch tadbirga juda mos tushardi.(Ch.Aytmatov)

6.  Sahna asarlari matnidagi turli izoh, remarkalar qavs ichida beriladi: SOHIBQIRON. Yo‘q! Bari Ollohdan. Yaratgan egamning xohishi shul erkan. O‘z jannatidan joy ato qilg‘ay! (Qalqonbekka). Dafn taraddudini ko‘ringlar! (Yuziga fotiha tortadi. Saragulni o‘rnidan turg‘izadi). Sen qachon kelding bu maskanga? (O.Yoqubov) OLIMJON (Alomatga qarab turib). Iye, bu o‘chib qopti-ku... (Robotning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.) (Sh.Boshbekov). Ayiq: (Pufakka ishora qilib) Orqada yov turibdi, Ko‘p chalg‘imang, xo‘jayin. Sher:(Pufakka sarosimali boqib qo‘yib Tulkiga yuzlanadi).

7.  Fikr manbayi, uning muallifi, ismi sharifi, manba haqidagi malumotlar qavs ichida beriladi: Qayerda kurash bolmasa, u yerda osish ham bolmaydi. Kim birovga chuqur qazisa, bunga ozi yiqiladi(Maqol). Hasanxon qayda bolsa, qiy- chuv ham shunda bolur(Ozbek xalq dostonidan).

8.   Tasniflarda (nuqtadan farqli holda) yarim qavs ishlatiladi: Sozlar tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bolinadi: 1) sodda sozlar; 2) qoshma sozlar; 3) juft sozlar; 4) takroriy sozlar; 5) qisqartma sozlar.(Q.Sapayev)

9.  Muayyan birliklarning variantlari qavs ichida beriladi: -gi (-g‘i, -ki, -qi, g‘u). Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat quroli, holat va narsa oti yasaydi. Odatda, jarangli va sonor undosh bilan tugagan asoslarga -gi, -g‘i affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan asoslarga -ki, -qi affiksi qo‘shiladi.(Q.Sapayev)

Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi.

(57 + 38) - 17 = ?

[ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah[a]ri, o‘r[i]ni, sing[i]lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.     Qo‘shtirnoq o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.     Qo‘shtirnoq qachon takroriy qo‘sha qo‘llanadi?

3.     Qo‘shtirnoqning grafik jihatdan qanday ko‘rinishlari bor?

4.     Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qo‘shtinoqning vazifasi nimadan iborat?

5.     Qo‘shtinoq qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

6.     Qavs o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

7.     Qavs asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

 

 

                                           11-MA’RUZA

TIRENING QO‘LLANILISHI. TINISH BELGILARINING QO‘SH QO‘ LLANILISHI

 

Reja:

1.     Tire va uning tarixi

2.      Tirening sodda gapda qo‘llanish o‘rinlari

3.      Tirening qo‘shma gapda qo‘llanish o‘rinlar

4.      Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi

 

Tayanch tushunchalar:, tire, kirishlar, remarkalar, sitatalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, uyushiq bo‘laklar

 

Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan[23].

Fitrat tireni chiziq deb nomlaydi: Ikki-uch kishining bir-biriga gapirishlarini yozg‘anda har birining gapidan burun chiziq yoziladir:

            Yana xalq churillashib ketdi:

          - Barakalla taqsir, barakalla!

-         Bo‘sh kelmadilar taqsirim!

-         Hali bellari baquvvat ekan taqsirimning!

(Cho‘lpon)

Yaxshi-yomon, katta-kichik, bola-chaqa, qo‘zi-echki kabi bir-biriga qarshi

yoki bir turli munosabatli so‘zlar orasiga tire qo‘yiladi .

Hozirgi o‘zbek tilida tire eng ko‘p qo‘llanadigan tinish belgilaridan hisoblanadi.

Tirening qo‘llanishidagi barcha xususiyatlari logik-grammatik, uslubiy, qorishiq va differensiatsiya prinsiplariga ko‘ra belgilanadi.

Tire - aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. U gap qismlari va gap bo‘laklari orasidagi grammatik munosabatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

Tire yakka va takror qo‘llana oladi: yakka holda qo‘llanganda gap bo‘laklarini ajratish, takror holda (qo‘sh tire holatida) ishlatilganda esa ma’lum bo‘laklarni chegaralash, chegaralangan bo‘lakning ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Tire - murakkab vazifali tinish belgisi. Uning yozma nutq jarayonida o‘taydigan vazifasi (ma’no va vazifalari) turli xildir. Tirening ayrim vazifalari vergul va qavsning vazifalariga (ajratilgan bo‘laklar, kirish va kiritma konstruksiyalarda qo‘llanishi) o‘xshab ketadi. Bu uning omografik xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Lekin tire vositasida ajratilgan bo‘lakda chegaralanish, ma’noni ta’kidlash, emotsionallik, ajratilgan bo‘lakning nisbiy mustaqilligini oshirish kuchli bo‘ladi.

Hozirgi o‘zbek tilida tire sodda va qo‘shma gap tarkibida qo‘llanadi. Tire yozma nutq jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) gap bo‘laklarini ajratadi; 2) gap bo‘laklarini chegaralaydi; 3) gaplarning birini ikkinchisidan ajratadi; 4) kiritma konstruksiyalarni ajratadi va chegaralaydi; 5) turli maqsadlarni - emotsionallikni ifodalaydi; 6) tushirib qoldirilgan ayrim bo‘laklar o‘rnini qoplaydi.

Tire sodda gapda quyidagi vazifalarda qo‘llanadi:

1.   Ot kesim ot, son, olmosh, harakat nomi, taqlidiy so‘zlar yoki ular hokim bo‘lgan so‘z birikmalari bilan ifodalanib, bog‘lamasiz qo‘llanganda, ega va kesim orasiga tire qo‘yiladi: Ulug‘ ustozlarim so‘zi - qoida. (I.Mirzo) O‘g‘ilni uylantirish

-         otaning vazifasi. (A.Mamarasulov) Uyqu - umrning tanobi! (Cho‘lpon) Samarqand - olamning sayqali, ko‘rki. (I.Mirzo) Bu - hayvonlarga xos bo‘lmagan xislat. (H.Shayxov) Dunyo go‘zali - sen, qadoqqo‘l singlim. (I.Mirzo) Ikki o‘n besh

2.              bir o‘ttiz. (Maqol) Lekin hozir bizni qiynayotgan birdan-bir masala - siz bilan bevosita fikr almashish metodikasini aniqlash. (H.Shayxov) Oyoq osti - “chilip- chilip”, Zirqiraydi eski yaralar... (A.Muxtor) Shabnam, bu - tunda oy to‘kkan achchiq yosh, Hovur, bu - quyoshning ko‘ksida alam. (I.Mirzo).Ammo ot kesim inkor shaklida (ya’ni undan keyin inkor ifodalovchi emas so‘zi kelgan) bo‘lsa, ega va kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Har qalay, er xotinning yugurdagi emas.(A.Mamarasulov) Salim Karimovich yomon odam emas. (O.Yoqubov) Bu yol emas, do‘mbira tori, do‘mbira tori! (T.Murod)

3.              Agar ega bilan ot kesim orasida kirish so‘z, undovlar kelsa, ular orasiga tire qo‘yilmaydi: Rashk, avvalo, kuchli muhabbat belgisi. (O‘.Hoshimov) Tantana qahramoni, albatta, Bahrom Farang. (M.Xujayev).

4.  Ega bilan ot kesim orasida ham, faqat kabi yuklamalar kelgan bo‘lsa, ot kesimdan oldin tire qo‘yilmaydi: Rahmat ham o‘qituvchi. Velosiped ham transport vositasi. Mening bilganim faqat Sunnatullayev. (T.Malik).

5.  Ot kesimli gap tilda idiomatik, frazeologik iboralarga aylanib qolgan bo‘lsa, ega va ot kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Insonning qo‘li gul. (Maqol).

6.  Ega kishilik olmoshlari bilan ifodalanganda, odatda ot kesimdan oldin tire qo‘yilmaydi: Sen Lutfiyning so‘lim g‘azali. (A.Oripov) Sen urush qatnashchisi. (T.Murod). Ammo qarshilantirish ma’nosi voqelanganda, tire qo‘yiladi: Men - o‘qituvchi, sen - talaba.

7.  Ot kesim (yoki ega) so‘roq olmoshlari bilan yoki yuklamali so‘zlar bilan ifodalanganda, ega va ot kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Do‘sting kim? Do‘sting nechta? To‘y qachon? Oralaringda chaqqon va bilag‘on Botirmi? Suv sening shaxsiy mulkingmi? (E.A’zam).

8.  Ot kesim sifat, ravish, tartib son yoki egalik olmoshi bilan ifodalanganda, ega va kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Dalalar ko‘m-ko‘k. Havo toza, musaffo, zangor. (E.Vodidov) Issig‘i baland, alahsiraydi. (T.Malik) Ammo Miryoqub akaning yurishi ko‘p! (Cho‘lpon) O‘sha amal seniki, xijolat tortma. (A.Namozov) Mana shu uy-joy turish-turmushi bilan seniki. (T.Murod) Eti sizniki, suyagi meniki, deb uyiga tashlab kelaman. (S.Ahmad) Mening o‘g‘lim hamisha birinchi... (T.Murod).

9.  Makon, zamon va miqdor chegaralari (“...dan ...gacha”)ni ko‘rsatuvchi so‘zlar orasiga tire qo‘yiladi: Andijon - O‘sh yo‘lini quyuq, tuman bosgan. (S.Ahmad) XII - XVI asrlarda bu shahar Yassi deb yuritilgan. (N.Karimov) Yosh Mirtemirning eski maktabda o‘qigan davri 1914-1915-yillarga to‘g‘ri keladi. (N.Karimov) Moskva - Olmaota poezdi Saratov yerlarini orqada qoldirib, ikki kundan beri Qozog‘iston cho‘llaridan borardi. (T.Murod)

10.     Gapda uyushiq bolaklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi sozdan oldin tire qoyiladi: Yozuvchining shaxsiga, qanaqa asarlar yozayotganiga, qanday yozishiga, hatto kechasi yo kunduzi yozishigacha - hamma-hammasiga qiziqadilar. (S.Ahmad). Shu ajib bayramni tortiq qilish uchun meni yetaklab kelgan tasodifga tahsinlar o‘qir, o‘zimda yo‘q quvonar, butun vujudim go‘yoki vaqtdan, makondan butkul xoli bo‘lib, ko‘z ilg‘amas kengliklarga chiqqan bunda o‘tgan kunlar xotirasi ham, shu onlarning sezim va tushunchalari ham, kelajak orzulari ham - bari-bari mening barcha bilgan narsalarim, boshdan kechirganlarimga mo‘‘jizakor bir tarzda qo‘shilib, birlashib ketganday edi (Ch.Aytmatov) .Qarshimizda na sahna, na mikrofon, na parda - bunaqa narsalar yoq(Ch.Aytmatov).

11.       Gapda umumlashtiruvchi sozdan keyin kelgan uyushiq bolaklar aniqlashtirish, izohlash, ilova mazmuniga ega bolsa, umumlashtiruvchi sozdan keyin ikki nuqta emas, balki tire qoyilishi mumkin: Olloh taolo bul yulduzlarni uch maqsadda - osmonga ziynat, shaytonlarga otiladirgan tosh hamda bandalariga yo‘l ko‘rsatuvchi alomatlar bo‘lmogi uchun yaratdi. (NJaloliddin) Aytib beraversa barchaga barin - Omadu judolik va yonganini, Rashk, umid, alami va afsuslarin, Aldagani, quvonganini. (A.Muxtor) Zotan, ziyolikka bir qarashingizdayoq unda uzoq, asrlar mobaynidagi murakkab taraqqiyot jarayonida yuzaga keluvchi fikrlovchi mavjudotga xos hamma sifatlar - aql, farosat, bahodirlik, ko‘tarinki ruh, olijanoblik, yumor va hokazolarni payqab olish sira qiyin emasdi. (H.Shayxov). Hammalari - oltovlon ham yettinchi ham, otlarni apil-tapil egar-jabdukdan chiqarib, charchoqning zo‘ridan o‘zlarini ham tappa-tappa yerga tashlaydilar. (Ch.Aytmatov) Shuni bilganday uchta azamat chopar - Petruxa, Avdiy, Lyonka yetib kelishgan edi. (Ch.Aytmatov)

12.  Gapda umumlashtiruvchi sozdan keyin kelgan uyushiq bolaklarni kuchli takidlash zarnriyati mavjud bolgan yoki ular ajratilgan izohlovchiday qollangan hollarda uyushiq bolaklar ikki tomonidan tire bilan ajratilishi mumkin: Sudda juda kop narsalar - tergovchilarning jinoyatkorona xatti-harakatlariyu, dastlabki sudning yuzakiligi, tergov va sudning protokolidagi qalbakiliklar - aniq isbotlar bilan fosh qilindi. (N.Aminov) Ikkala yosh - yuzlari kulgan, ko‘ngillari yozilgan - qo‘ltiqlashib, ayvonga bordilar. (Cho‘lpon).

13.  Gapda aniqlashtirish, izohlash mazmunidagi ajratilgan bolaklardan oldin tire qoyilishi mumkin: Gangrenaga - qorasonga aylanib ketsa nima bo‘ladi? (S.Ahmad) Bu masalani hal etish, chamasi, hushyor, dovyurak, idrokli aqli raso, iste’dodli yoshlarimiz - kelajak avlodlar zimmasiga tushadi. (M.Hasaniy) Alibek eng asosiysi - majaqlangan inni yerga tashlagandan keyin darhol tepkilash kerakligini esdan chiqargan ekan. (A.Mamarasulov) Xalqaro savdo yo‘li - Buyuk ipak yo‘li Temur va temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. (B.Ahmedov) Tashqarida -gulzor tomonda esa ola qrong‘ilikhukm surardi. (Cho‘lpon). Shupayt pastda - mashina yonida qadam tovushlari eshitildi. (Ch.Aytmatov) Yangi bo‘ri xonadoni - Toshchaynar bilan Akbaraning qismatlari mana shu yerlarda kechadigan edi. (Ch.Aytmatov)

14. Ajratilgan bodaklarni gapda alohida takidlash zaruriyati bolganda, ular har ikki tomonidan tire bilan ajratilishi mumkin: Toy hammadan uzoqdan - Beshqo‘rg‘ondan - o‘ziga o‘xshash yuvosh sigirini oldiga solib kelardi. (O‘.Hoshimov) Oyim kop tayinlagani uchun biz - bolalar - unga tegmasdik. (O‘.Hoshimov) Shuhrat Salimovich - mening sobiq yordamchim, meditsina fanlari kandidati, dotsent - xonamga kirib keldi. (H.Shayxov) Shu topda uning juda ehtiyot bilan - hech bir sharpa chiqarmay - bosgan qadamlarining bo‘shang shitirlashi ham o‘tirganlarga malol kelgan kabi edi. (Cho‘lpon)

15.  Kirish va kiritma birliklar gapda har ikki tomonidan tire bilan ajratilishi mumkin: Bittasi - ularning kattasi bo‘lsa kerak - yonidagi sherigiga “beshikni yo‘qot ” deganday ishora qildi. (Sh.Boshbekov) Chaqaloq - tonggi salqinda sovuq qotganmi, yo qorni ochganmi - big‘illab yig‘lardi. (Sh.Boshbekov) Gulmiraning onasi - og‘zi to‘la tilla tish, pakana, semiz ayol - barmoqlari bilan stolni asabiy chertib o‘tiribdi. (Sh.Boshbekov) Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li - boyagi o‘n to‘qqiz yashar yigit - shunday xatti-harakatga jur’at etgandi. (N.Karimov) Miryoqub - bir joyda bir nafas o‘tirolmaydigan narsa - olti-yetti kundan beri mingboshi yonidan jilmaydi. (Cho‘lpon). Ular jomening tagida joylashgan pastki qavatlarida - buni kript deyishar ekan,- kechki konsertlar uyushtirishib, ularda tirik eksponatlarni qatnashtirisharkan. (Ch.Aytmatov) Ular o‘zlarining nimasiga ishonarkin. Nihoyat, o‘ng tomondan uchinchi bo‘lib turgan qo‘shiqchi - u to‘daning yetakchisi shekilli - ishora qildi va qo‘shiq boshlandi. (Ch.Aytmatov)

Tire qo‘shma gap turlaridan asosan bog‘lovchisiz qo‘shma gapda qo‘llaniladi:

16.    Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi: Hamal keldi - amal keldi. (Maqol) Qor yog‘di - don yog‘di. (Maqol) Yulduz o‘chadi - Yo‘qlik dunyosiga ko‘chadi. (A.Muxtor) Ot bitdi - qanot bitdi. (T.Murod)

17.    Boglovchisiz qoshma gap qismlari orasida savol-javob munosabati jfodalanganda, shuningdek, faqat birinchi qismi savoldan iborat boTganda, ular orasiga tire qoyiladi: Atrofda nima ko‘p - kimyo zavodlari ko‘p. (H.Shayxov). Yetimlik nima - mendan so‘rayver. (Sh.Boshbekov) Xayolidan ne o‘ylar o‘tdi - yolgiz xudoga ayon. (Sh.Boshbekov). Nimalar debdi, nimalar aytibdi - unisini yolg‘iz o‘zi bilibdi, yolg‘iz Olmako‘z bilibdi... (T.Murod) Kapitan katta yoza-yoza, bosh chayqab kuldi. Nimaga kuldi - farosatim yetmadi. (T.Murod)

18.    Boglovchisiz qoshma gap qismlari orasida zidlash, qarshilantirish munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qoyiladi: Yulduzlarni xayolida hap xil rangga bo‘yab ko‘rdi - yulduzlar o‘z rangida xira miltillab turaverdi. (A.Muxtor) It huradi - karvon o‘tadi. (Maqol.) Jismimiz yo‘qolur - o‘chmas nomimiz. (H.Olimjon).

19.    Boglovchisiz qoshma gap qismlari orasida shart munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qoyiladi: Birovga ayta ko‘rmang - ikkovimiz ham baloga qolamiz. (S.Ahmad) Odamlarni biriktir - har birining yuragida bo‘ron qo‘zg‘aladi. (Oybek). Erkakmisan - oyog‘ida tik turgan erkak bilan olish! (T.Murod)

20.    Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida sabab-oqibat, asos-xulosa munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo‘yiladi: Sen borsan - men uchun bu hayot go‘zal, Sen borsan - men uchun dilbar koinot. (A.Oripov) Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q idorada odamlar kutib o‘tiribdi. (A.Qahhor) Uyda qadam bosgani joy yo‘q - hammayoq o‘yinchoq. (Sh.Boshbekov). Keyingi kunlarda daryo qirg‘og‘ini chumchuq bosib ketdi - kanal miroblari suvi chekinib, ochilib qolgan orolchalarga sholi ekishgan. (S.Ahmad) Qarasam, oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapti - oyim o‘g‘irda tolqon qilyapti. (O‘.Hoshimov) Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi - quruvchilar ishga tushdilar. (N.Jaloliddin). Lekin Guram Jo‘xadzening vaqti soati bitmagan ekan! - u do‘lday yog‘ilgan o‘q ostidan omon-eson qutulib chiqadi. (Ch.Aytmatov)

21.         Boglovchisiz qoshma gap qismlari orasida payt munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qoyiladi: Arava notinch bo‘ldi - qo‘shquloqdagi sut chayqaladi, to‘kiladi. (A.Qahhor) Yon tarafdagi salobatli eshik ohista ochildi - yordamchi kerakli qog‘ozlarning barchasini olib kiradi. (A.Toshmatov) Chala- chulpa u gapirdi - men angladim, chin ko‘ngildan men gapirdim - u angladi. (Cho‘lpon).

22.  Boglovchisiz qoshma gapning ikkinchi qismi izoh, ilova xarakteriga ega bolsa, ular orasiga tire qoyiladi: Esladi - u sevgilisi Layli haqida gapirgandi. (N.Jaloliddin) Uning sarkash fe’li bor edi - birovning o‘ziga bo‘lgan munosabatining ma’nosini oydinlashtirmaguncha tinchimasdi. (N.Jaloliddin).

23.  Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi tushib qolgan hollarda ikki gap vergul bilan ajratilib, ikkinchi gapdagi egadan keyin tire qo‘yiladi: Torgay dashtda kuylar, bulbul - chamanda. (I.Mirzo) Oltin o‘tda bilinadi, odam - mehnatda. (Maqol) Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod. (Maqol).

24.   Boglovchisiz qoshma gap tarkibidagi sodda gaplardan tez almashinuvchi voqea-hodisalar mazmuni anglashilsa36: Dilshod birdan qo‘lini ko‘tardi - chanog‘idan toshib chiqqan paxta havoda oppoq qorday chaqnadi. Tog‘a radioni o‘chirdi - birdan sukunat boshlandi.

25.  Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda ko‘chirma gap muallif gapdan oldin kelganida muallif gapidan oldin tire qo‘yiladi: Sen unday o‘ylarga borma, - dedi kuyov. - Chin, qaraganim chin. Men senga aytsam, qaraydigan vaqtlar edi-da. (Ch.Aytmatov)

26.  Dialoglarning replikalari ketma-ket bir qatorda emas, balki ularning har biri alohida abzas shaklida yangi qatordan berilsa, replikalar oldidan tire qo‘yiladi:

-         Qanday, jiyanlar katta bo‘layaptimi, suyaklaryengilmi, aka?... - dedi.

-         Shukur, shukur, - dedim.

-         Ikki marta kelib ketdim...

-         Ayolimiz aytdi, yo‘qladi, dedi. (T.Murod)

Bundan tashqari, tire nashr, kitobot ishlarida ham faol ishlatiladi: Tohir Malik. Shaytanat. 2-kitob. - T.: Sharq, 2005.

Tire hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda ayirish belgisini bildiradi: 307 - 23. Bugun Toshkentda -3°C sovuq bo‘ladi.

Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo’llanilishi

-        Ko‘chirma gaplar alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan emas, balki ketma-ket bir qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinadi: Muning ustiga yana ta’na ham qilib qo‘ydi: “Kim olardi endi u kampirni?” (Cho‘lpon). Ammo agar ko‘chirma gap alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi: Shunda keksa olim dedi:

-        O‘g‘lingizning dunyoda tengi bo‘lmaydi. (O‘.Umarbekov)

Birdan u qaddini rostladi va o‘choq boshiga qarab baqirdi:

-         Oyi! Otini nima qo‘yamiz! (O‘.Umarbekov)

Eshikka yetganda Obid aka:

-         Teshavoy! - deb chaqirdi. (O‘.Umarbekov).

1.    Agar ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan so‘ng

ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma gap bosh harf bilan boshlanadi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, nuqta qo‘shtirnoqdan tashqarida, so‘roq mazmunida yoki emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi: Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. (E.Vohidov) Otasi gapini ma’qulladi: “Tentirab yurma begona yurtlarda! Kelaver, ochingdan o‘lsang, men kafil”. (O‘.Hoshimov). Mansurning og‘zidan nogoh chiqib ketdi:“Jo‘ra, bir o‘tirish qilsam, nima deysiz?”(Sh.Xolmirzayev) Shahobiddin gap qotdi: “Otasi sotarmikan bu hurliqoni yo sandiqqa qamab, narxini oshirib o‘tiraverarmikan?” (A.Ibodinov) Salim uning qo‘lidan yulqinib, uyga chopdi, zum o‘tmay otasidan qolgan qo‘shtig‘ni ko‘tarib chiqib, Polvonga o‘qtaldi:“Ket, bo‘lmasam, otaman!Mahfirat miltiqqa ko‘kragini tutdi: “Avval meni otasan!..” (M.M.Do‘st) Dam o‘tmay ko‘chada onaning fig‘oni eshitildi: “Mening bolam o‘g‘ri emas, nega uni qiynaysizlar. Uning jigari kasal...” (T.Malik).

2.  Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan oldin tire qo‘yiladi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, qo‘shtirnoqdan keyin vergul qo‘yiladi, so‘roq mazmunida yoki emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi, muallif gapi esa kichik harf bilan boshlanadi: “Tushunsangiz-chi, aya, o‘z holimga qo‘ying, yosh bola emasman”, - dedi. (O‘.Hoshimov) “Sizga bir og‘iz gapim bor edi”, - dedim. (Sh.Xolmirzayev) “Kimsan o‘zing?” - dedim jahlim chiqib. (E.A’zam) Hoy, shu kuningdan o‘lganing yaxshimasmi?” - deb baqirdim. (Sh.Xolmirzayev) “O‘zing panohngda asra, Xudo!” - deydi Muyassar xayolan. (O‘.Hoshimov).

3.  Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelganda, muallif gapi ikki tomonidan tire bilan ajratiladi; bo‘laklangan ko‘chirma gap qismlarining har biri emas, balki yaxlit ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi, ya’ni ichida muallif gapi mavjud bo‘lgan ko‘chirma gapning boshida qo‘shtirnoq ochilib, uning oxirida yopiladi; bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga qadar vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire kabi tinish belgilarini taqozo etgan yoki hech qanday tinish belgisini taqozo etmagan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida vergul qo‘yiladi va muallif gapidan keyin ham vergul qo‘yilib, muallif gapi, shuningdek, ko‘chirma gapning ikkinchi qismi kichik harf bilan boshlanadi: Kim astoydil harakat qilsa, - deydi keksalar, - osha har qanday maqsadiga erishadi ”. (Gazeta) “Shuni ham aytib qoyay, - sozida davom etdi Ibrohimov, - hozirgi zamonda xotin baxtini erdan kutmaydi”. (A.Qahhor) ccLekin qobiliyat keyin ham yuzaga chiqishi mumkin, - deb ozicha tongilladi Zokir Orin nihoyat. - Buyam talantday gap”. (Sh.Xolmirzayev) “Talabalar, - deydi ustozlar, oz ustlarida muntazam ishlamoqlari lozim”. (Gazeta).

4.  Agar bolaklangan kochirma gapning birinchi qismi bolaklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bolsa, kochirma gapning ayni uzilgan joyida vergul qoyiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta q oyiladi; kochirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: “Ma, - dedi mashinaning qiya ochiq eshigidan uzatib. - Gulandomniyam ogzi tegsin”. (O‘.Hoshimov) “Uch yildan beri shu gapni kutar edim sizdan, - dedi Omon iymanib. - Qiling. Bir yonini o‘zim ko‘taraman...”. “Yo‘q, hammasi o‘zimdan, kesib ta’kidladi Mansur. - Armonim shu edi, jo‘ra”. (Sh.Xolmirzayev) “Kambag‘alning ekkani unmaydi, bolasi kopayadi o‘zi, - deb o‘yladi Shoikrom ijirg‘anib. - Shu kunimdan ko‘ra urushga borib, o‘lib keta qolganimyaxshiydi”. (O‘ .Hoshimov).

5.  Agar bolaklangan kochirma gapning birinchi qismi bolaklanganga qadar soroq yoki undov belgisini taqozo etgan bolsa, kochirma gapning ayni uzilgan joyida soroq yoki undov belgisi qoyiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qoyiladi; kochirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: “Nahotki, Sultonmurod akam? - deyman. - O‘zi qolib, sherik boshlab keptimi endi?.. Bo‘lakdir-e, o‘libdimi?!” (M.Mansur) “Tavba! - deyman. - Bu qanaqasi bo‘ldi!” (Sh.Xolmirzayev) “Menga desa, otib yubormaydimi?! - deb o‘yladi u ayvon labiga cho‘qqayib o‘tirganicha usti yopiq simni ochiq simga ildam ularkan. - Harna bitta haromxo‘rni o‘ldirganim ”. (O‘ .Hoshimov).

6.    Kochirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf bilan boshlanib, qoshtirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta qoyiladi; kochirma gapdan keyin uning mazmuniga muvofiq vergul (yopiluvchi qoshtirnoqdan keyin) yoki soroq, yoki undov, yoki kopnuqta (yopiluvchi qoshtirnoqdan oldin) qoyiladi, bu belgilardan keyin esa tire qoyiladi: Kampirni uygotib: “Tur, karomatingni korsat ”, - dedim.(Oybek) Bunga qarshi ojar choloq: “Avval quda qilib, keyincha ozim ham shaharga kochmoqchiman”, - deb javob berdi. (Cholpon) Mehmonlarga: “Zerikmadingizlarmi?” - deb, supaning bir chetiga otirdi.(Oybek) Ton kiyib, belbogboglagan bolakaylar kozidan duv-duv yosh oqib: “Buvijonim, buvijonim!” - deb chirillashar edi.(O‘.Hoshimov) Ona esa: “Bolam, qishlogimiz, odamlarimiz yana ham yaxshi bolib ketdi, mana, kelsang korarsan...”- derdi.(S.Ahmad) Qizaloq:               “Otam sizni yoqlayotuvdi.

Zerikkanlar...”- dedi.(Sh.Xolmirzayev).

 

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.     Tire belgisi qachondan ishlatila boshlangan?

2.    Tire va uning tarixi, qo‘llanish o‘rinlari haqida ma’lumot bering.

3.    Tire sodda va qo‘shma gaplarda qaysi o‘rinlarda qo‘llanadi?

4.    Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot bering.

 

 

AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI

 

1-amaliy mashg‘ulot. O‘zbek xalqining yozuv tarixi

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Yozuv madaniyatiga doir ilmiy manbalardan ma’lumotlar to‘plash va konspektlashtirish. O‘zbek yozuvini davrlashtirish bo‘yicha olimlarning fikrlarini to‘plash

2-mashq. Yozuv davriga oid slaydlar tayyorlash va namoyish etish.

Ma’lumki, o‘zbek yozuvi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Dastlabki yozuvlar rasmlar orqali ( bu xil yozuvlar ”piktografik”: piktus – ”chizilgan” va grafoyozaman” deyiladi) ifodalangan. Bunda har bir rasm ma’lum bir ma’no tashish xususiyatiga ega bo‘lgan. Masalan, quyoshkunduzni, oytunni, toshbaqatunni ifodalagan.

Yozuvning keyingi davri ”ideografik” yozuvdir.( grekcha ”tushuncha”, – ”yozaman”). Bu xildagi yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil simvolik shakl olinadi.Yuqoridagi yozuvlarning yana bir ko‘rinishi – logografik  (”so‘z yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish, ularning yozuvining yangi bosqichi – fonografik yozuvga, ya’ni, avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya davlati bilan bog‘liq.

Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga so‘ngra pergament va qog‘ozga yozilgan.Olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi.

Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘tmishda Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Grek-Baqtriya, O‘rxun Enasoy, Uyg‘ur kabi qadimiy turkiy yozuvlar mavjud bo‘lgan. Mashhur arxeolog, Xorazmning o‘tmish tarixi bo‘yicha mutaxasis, professor S.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda, Xorazm xalqi III asrdayoq o‘zining ancha mukammallashgan yozuv tizimiga ega bo‘lgan.

Ilgari bitiklar Enasoy (Yenisey) bo‘yidan topilgani sabab «Yenisey yodgorliklari» deb atalgan bo‘lsa, N.M.Yadrinsev topilmasidan so‘ng ular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari» deb atala boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan yodgorliklar topilayotgan joylar Mo‘g‘iliston va Yenisey daryolari hududidan kengayib ketgani va bu yodgorliklar xatining grafik shakllari Yevropa, Runik bitiklariga yaqin bo‘lgani sabab ular «Runik bitiklari» deb atala boshladi. Markaziy Osiyoning qulay sharoiti, rivoj topgan madaniyati doimo o‘zga xalqlarning diqqatini jalb qilib kelgan va uning qayta-qayta zabt etilishiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumki, VII asr o‘rtalarida islom dini vujudga keldi. Arablar boshqa davlatlar qatori O‘rta Osiyo, Kavkaz bo‘ylab ham harbiy yurishlar qildilar va pirovardida mazkur o‘lkalarning katta hududlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritdilar. Natijada VIII asrning oxirlariga kelib katta hududning o‘zida mujassamlashtirgan, turli tilda so‘zlovchi xalqlardan iborat arab xalifaligi vujudga keldi. Bu davrlarda Markaziy Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi va islom dini qattiq o‘rnashdi. Buning natijasida qadimiy ma’naviyat, din, madaniyat, yozuvlarga hamda olimu ulamolarga qarshi keskin kurashlar avj oldi. Xorazm, sug‘d, turk, qadimiy uyg‘ur, O‘rxun-yenisey kabi eng qadimiy yozuvlar siqib chiqarildi. Arab yozuvi VIII asrdan boshlab O‘rta sharq xalqlari uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida hukmronlik qila boshladi. Bu ahvol 100 yillar chamasi davom etdi. IX asrga kelib Markaziy Osiyoda arab xalifaligining ta’siri susaydi va oxir oqibat u mustaqillikka erishdi, lekin bu uzoq davom etmadi. Markaziy Osiyo doimo jahon xalqlari diqqat e’tiborida bo‘lib kelgani sabab endi bu yerlarda somoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faoliyat yurita boshladi.

    Yozma nutqning jamiyat taraqqiyotidagi bemisl o‘rni va ahamiyatini kompyuter texnikasi, internet va uyali aloqa kabi global tarmoqlar rivojlangan bizning hozirgi asrimizda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto, bu vositalarning ish faoliyatida ham yozma nutq asosida ish ko‘rish muhim o‘rin egallaydi. Yozma nutq aloqalarining oson va to‘g‘ri anglashuvini imlo qoidalari va me’yorlari belgilaydi. Arab alifbosida savodsiz kishilarning xat-savod o‘rganishlari uchun eng kami 300 soat kerak bo‘lar edi. Bu ish uchun lotin alifbosida esa 120 soat kifoya qiladi.(Mannon Ramz. O‘zbekiston Xalq maorifi komissari, Toshkent, 1928-yil, 11-mart.)[24]   

Tilshunoslikda ma’lumki, yangi alifbo joriy etilsa, shu alifbo asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqiladi. Imlo qoidalarini tasdiqlashdan maqsad esa, yozma nutqda bir xillikni ta’minlashdan iborat. Demak, hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz ta’savvur etib bo‘lmaydi. O‘tmishda odamlar ba’zi voqea-hodisalar haqidagi xabarni uzoq masofaga etkazish niyatida har xil predmetlar, ranglardan foydalaganlar. Masalan, qora rang – o‘limni, qizil rang – urushni, oq rang – yarashishni, ko‘k rang – nonni ifodalagan. Yoki qo‘shnilariga qilich, qalampir berib yuborish bilan ham o‘z fikrlarini, ularga bo‘lgan munosabatini bildirishgan. Jamiyatning keyingi davrlarida kishilar turli tayoqlarga iplarni tugib yuborib o‘z fikrlarini ifodalaganlar. Buning namunasi sifatida peruliklarning kipu, irokezlarning vampum yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Kishilik jamiyati asta-sekinlik bilan tugun yozuvidan piktografik yozuvga o‘tgan. Piktografik yozuvda qadimgi kishilar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan.

Jamiyatning taraqqiyoti natijasida narsalarning rasmini chizish ancha ko‘p vaqtni oladi. Shundan so‘ng ideografik yozuv paydo bo‘ladi. Bunda narsalarning rasmini emas, balki shaklini chizganlar. Tildagi har bir so‘z o‘z shakliga ega bo‘lgan.

Ideografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuv deb yuritiladi. Ieroglifik yozuv eng avval Misr bilan Xitoyda paydo bo‘lgan. Bu yozuv fonografik yozuvning yaratilishi uchun zamin tayyorlab berdi. Fonografik yozuv ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Ossuriya va Vavilondagi mix yozuvining ayrim belgilari bir tovushni, bir bo‘g‘in yoki so‘zni ifodalaydi.

Hindistondagi devanagari yozuvi 50 ta belgiga ega: 13 tasi unlini, so‘z yoki bo‘g‘in boshida keladigan diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni ko‘rsatadi, 4 tasi yordamchi belgidir. Bu yozuvga ko‘ra bo‘g‘in belgilari sillabogramma deb yuritiladi.

Piktogramma, sillabogramma va ideogrammalar evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi. Masalan, finikiy yozuvida (t) belgisi alif deb atalib, ho‘kiz ma’nosini ifoda etgan.

Alifbe Nil daryosi bo‘yiga bostirib kirgan giksos qabilalari tomonidan yaratilgan.  Alifbe so‘zi ham giksoscha bo‘lib, alif - ho‘kiz, be – uy demakdir.

Alifbeni giksoslardan finikiyaliklar olib, o‘z alfavitlarini yaratadilar. Finikiyaliklarning yozuvi boshqa xalqlar o‘rtasida juda tez tarqaldi. Dunyodagi ko‘pchilik fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuv tizimi asosida vujudga kelgan.

3-mashq. Berilgan so‘zlarni lotincha alifbo asosida qayta yozib chiqing, amaldagi e, ё, ю, я harflarining yangi alifboga ko‘ra yozilishiga e’tibor bering.

Адабиёт, алюминий, антенна, археолог, ашёвий, аҳён-аҳён, бедапоя, бежирим, белбоғ, биология, бояги, брокер, бунёд, буфет, бухгалтерия, буюк, буюм, бюджет, бюро, бюрократ, бюст, вaлюта, дастёр, деҳқон, диёр, дунё, елвизак, ер, ёнғоқ, ефрейтор, ёднома, ёзувчи, ёшлик, ёқут, жонкуяр, заём, зарчечак, зиёда, идеолог, иллюзия, инвестиция, интернат, интонация, июль, камёб, келажак, коллеж, комбинация, конвейер, кредит, куёв, курьер, кґпаювчи, мезон, мумиё, назария, ноёб, нортуя, октябрь, пейжер, пенсионер, перпендикуляр, премьера, приёмник, разъезд, режиссёр, сайёра, салют, сарёғ, сармоядор, сентябрь, суюкли, суянч, тайёр, уюшиқ, уят, хиёбон, шеър, шеърият, шлюз, шляпа, электор, ювош, юз, ютуқ, ягона, қиём, қуюшғон, қуюқ, ҳаёт.

4-topsiriq. Lotin alifbosi asosida harflar sirasini yoddan aytib bering. Alifbodagi harflar tartibini raqamlar yordamida ifodalang. qo‘yidagi misollar tarkibidagi so‘zlarning keltirib chiqargan raqamlar qatorini yozib chiqing.

Namuna: Vatanimiz 21,1,19,1,13,8,12,8,24.

Dunyoda har ishning bordir o‘z gali,

Olis xotiralar hamroh ishimga.

Shoirlik yodimdan chiqqan mahali

Cho‘ponlik yillarim tushar esimga.(Oripov)

Uyga vazifa: Amaldagi va lotin yozuvidagi yozilishi farq qiladigan so‘zlarga misollar toping.

 

2-amaliy mashg‘ulot. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvning grafik tavsifi

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

1-mashq. Yozuv davriga doir matn tanlash va matnda berilgan ma’lumotni talabalar bilan muhokama qilish.

         2-mashq.Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi grafemalarning grafik tavsifini bering.

MITTI   QUSH

Dunyodagi eng jajji qush Kubada yashaydi. «Ari kolibri» degan sinchalak qushning og‘irligi atigi ikkig`uch gramm keladi. Bu qush soatiga 40 km uchib, 900-1000 km masofani dam olmay o‘ta oladi. Mitti qushchaning yuragi bir daqiqada 500-1300 martagacha uradi va u bir daqiqada 600 marta nafas olib nafas chiqaradi.

N a m u n a: engso‘zida evang grafemalari qo‘llangan:

E grafemasining ifodalanishi - alifbedagi e harfining o‘zi. Demak, u monograf (bir harfdan iborat bo‘lganligi uch|un) sanaladi.e grafemasining mazmun planida o‘zbek tilining o‘rta keng, lablashmagan “e” fonemasi kodlashtirilgan, shuning uchun u fonografema hisoblanadi (fonema kodlashtirilgani uchun); ng grafemasiniig ifoda plani ikki harfdan n+gqo‘shilmasidan tarkib topgan, shunga ko‘ra u poligraf (digraf) sanaladi; ng grafemasining mazmun planida sayoztil orqa «ng» fonemasi kodlashtirilgan, shunga ko‘ra u ham fonografema hisoblanadi.

Birinchi gap oxirida nuqta (.) qo‘llangan. U noharfiy belgidir. Bu belgining mazmun planida tinch ohang, darak ohangi (prosodik birlik) kodlashtirilgan, shuning uchun u prosodemografema sanaladi.

 

3-amaliy mashg‘ulot.  Yozma nutq va orfografiya tamoyillari

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

                                                             Alifbodur xat-u savod beshigi,

                                                          U birlan ochilur bilim eshigi.

                                                                 Ko‘zlarning nuri-yu dillar g‘ururi,

                                                        U birlan zohirdur ellar shuuri.

 

1- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan. so‘zlarning orfografiyaning qaysi prinsipiga ko‘ra yozilganligini tushuntirib bering.

        -Janob ustod, - murojaat etdi Behzod. Sherning bo‘ynidanzanjirlar uzildimi?

Navoiy “yalt” etib qaradi. Keyin kulimsirab dedi: - Haydar aytdimi sizga? U yigitning ko‘nglig‘oyat beg‘ubordir.

-          Haydar ishontirdiki, - dedi Behzod, - u yolg‘iz menga so‘zlangan. Men u rasmni ko‘rmoqqa mushtoqmen. Qachon ko‘rsatursiz?

-          Meniki bamisoli bolalarning chizmakashligidek bir narsa... – dedi Navoiy qo‘lini silkib.

-          Zanjirband sher o‘z asoratchilariga qarshi yana ham qo‘rqinchliroqbo‘lur, - dedi sekingina Behzod, - Sherning bo‘yni zanjirga itoat qilsa ham, yuragi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok etmaydilar... (Oybek).

2- mashq. Etimologik yoki grafik prinsip asosida yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring va izohlang.

 

 

4-amaliy mashg‘ulot. Orfografiya va uning asosiy prinsiplari. Kirill alifbosiga asoslangan imlo qoidalari

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

Bilib oling.

Imlo quyidagi qoidalarga asoslanadi:

1. Fonetik yozuv. So‘z va qo‘shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi: yoz, o‘qi, lug‘at; senga, buloqqa; og‘iz — og‘zi, yosh — yasha, sana — sanoq kabi.

2. Morfologik yozuv. So‘z va qo‘shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi: tussiz emas tuzsiz, o‘qipti emas o‘qibdi.

3. Shakliy yozuv. Boshqa tillardan kirgan so‘zlar qanday yozilgan bo‘lsa, shu shakl saqlanadi: ustol emas stol, tanka emas tank, tiyatr emas teatr, sallot emas soldat kabi.

1-mashq. Quyidagi atamalarning ma’nosini aniqlang. Bunda bilmaganlaringizni lug‘atlardan qarang yoki o‘qituvchilaringizdan so‘rang.

Namuna: filologiya »so‘zni sevaman».

bibliografiya, geologiya, zoologiya, monografiya, konstitutsiya, universitet, biblioteka, ulamo, ash’or, kutubxona.

2-mashq. Rus va Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga 20 ta misol ayting. Ularning yozilishini tushuntiring.

3-mashq Berilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang. Bunda imloning tutgan o‘rnini tushuntiring.

xush — hush, tuzsiz — tussiz, yod — yot, xo‘p — xo‘b, saf — sof, sof — sop, bot — bod, ham — xam, yog‘du — yog‘di, judo — juda, sa’va — sava, yondosh — yondash, ahil — ahl, qurt — qurut, sahna — sahni, ta’qib — taqib, asl — asil, chinni — chini, siylash — silash, yuvundi — yuvindi.

4-mashq. Ajratib yozilgan so‘zlarning qanday yozuv qoidasi asosida yozilganini izohlab bering.

1. Og‘zida boli bormi, asal tomar so‘zidan. 2. Og‘zi yomon so‘zi bilan qopadi. 3. Yaxshi kishi doim topadi. 4. Ko‘ngilda til jarohati bitmas. Anga hech nima marham yerin tutmas. (N.) 5. Til jamiyat hayotida mehnat, o‘t, suv va nur kabi buyuk hodisalardan sanaladi. 6. So‘z qanchadan-qancha dilkash naqshlarni bir to‘lqin bilan yarqiratib yuboruvchi dengizdir. (N.) 1. Noming mangu bo‘lsa, o‘zing mangudir. («Qutadg‘u bilig».)

 

 Unlilar imlosi

5-mashq. Berilgan so‘zlarning yozilishiga oid qoidalarni eslang.

mudofaa, taassurot, mutolaa, taajjub, taalluq, matbaa, badiiy, tabiiy, Lutfiy, fanniy, juz’iy. Bilib oling.

1. Old qator keng a harfi ayrim so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarida i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi (muomila, munosibat, muhokima va b.), ammo har vaqt a yozish kerak (muomala, munosabat, muhokama va b.).

 2. o harfi o‘zbek tilidagi lablanmagan, keng, orqa qator tovush o‘rnida yoziladi: bog‘bon, posbon, osmon, ol, Olim (jon), tog‘, soz, non, Qo‘qon, Hirot, Toshkent, don, Tojixon, poydevor va b.

Rus tilidan kirgan so‘zlarda esa o‘rta keng, lablangan o‘ tovushi o‘rnida ham o yoziladi, lekin o‘ tarzida o‘qiladi: zavod, oktabr, tok, noyabr, kod (telefon), tonna, kilogramm, poyezd, revizor, kurort. Bu harflarning ikki tildagi so‘zda kelishi natijasida paronimlar hosil bo‘ladi: tok-tok, tom-tom (uy tomi), ton-ton (fe’l).

Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya va b. Lekin konstitutsiya yoziladi.

Rus va Yevropa tillaridan kirgan so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida eshitiladi, lekin har doim direktor, traktor, rektor, konduktor, irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi.

Ii harfi hamma so‘zlarda aniq eshitiladigan, ba’zan juda qisqa aytiladigan, lablanmagan, tor, til oldi tovushi o‘rnida aytiladi va yoziladi: ilm, ildam, til, bil, ilgak, ish, kishi, fil, tish, million, rizq, hid, iz va b. Aql, vaqt, rahm, fikr, ilm, mehr, qahr, xayr, naqd, asl (asil so‘zi ham bor), nasl, asr (asir so‘zi ham bor) kabi so‘zlarda oxirgi ikki undosh orasida o‘rinsiz (xato) urg‘u qo‘yish bilan go‘yo bir i orttiriladi, aslida esa so‘z boshidagi unliga urg‘u qo‘yish lozim.

Uu unlisi un, buloq, uyqu kabi so‘zlarida orqa qator tor unlini ifodalaydi. Qovun, sovun kabi oldingi bo‘g‘inida o kelgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi.

 6-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.

 avf, tatbiq, taqozo, biroz, muvaffaqiyat, tomosha.

7-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli harflarni qo‘yib ko‘chiring.

1. So‘zni bilib so‘zlasa, don...lik sanalur, Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi. 2. Zak...vatning ko‘rk... tildir, bu tilning k...rki so‘zdir. Kishining ko‘rki yuzdir, bu yuzning ko‘rk... k...zdir. («Qut. bilig») 3. B...ror narsani yomon bilgandan ko‘ra but...nlay bilmagan ma’qul. 4. Birinchi o‘zbek lingvist profess...ri G‘ozi Olim Yunusov 1920-yillardayoq ...lmiy-tadqiqot ishlariga keng ko‘lamda kirishgan edi. 5. P...yoz juda ko‘p kasalliklarga, jumladan, qon bosimiga ham d...vodir. 6. Yotishdan oldin og‘iz chayishni, oyoqni il...q suv bilan yuv...shni un...tmang.

 E e harfi old qator o‘rta keng e tovushini ifodalaydi: el, ekin, edi, aeroport, duel kabi.

Rus va jahon tillaridan kergan adres, teatr, telefon kabi so‘zlarda e bir oz kuchsizlanib, i ga yaqin talaffuz qilinadi, lekin har vaqt e yoziladi.

 Berilgan so‘zlarni o‘zingiz talaffuz etganday yozing. so‘ngra har ikki shaklning farqini ayting.

konsert, sentner, aeroport, kinosujet, konstruktor, konstitutsiya, delegatsiya.

  Berilgan so‘zlardagi o harfining talaffuzi va imlosini izohlang.

 obro‘, byuro, sho‘ro, obdasta, kinoocherk, obod, noyabr, ona, O‘zbekiston, oppoq, kombayn, vzvod, mayor, bola, bog‘bon, motor, Don, don, voqea, bepoyon, obyekt, shofyor, hayajon.

 

 Undoshlar imlosi

8-mashq. Jadvalni diqqat bilan kuzating. Undoshlarning paydo bo‘lishi, aytilishi, bunda nutq a’zolarining xizmati haqidagi tushunchalaringizni bir tartibda izohlang.

Bilib oling.

Jadvaldan ko‘rinadiki, undosh tovushlar nutq : a’zolarining faol ishtiroki va ta’sirida paydo bo‘ladi. Undoshlarning muhim xususiyati ularning jarangli va jarangsizligidir. Ularning ba’zilari shu jihatdan juftlanadi: b, d, z, g, v, g‘, j, j (Jo‘raboy, jurnal) — jaranglilar; p, t, s, k, f, x, sh, ch — jarangsiz tovushlar.

Jarangli va jarangsiz tovushlarning kelish o‘rniga qarab, bir-biriga ta’sir etish hodisasi bo‘ladi. Taxsim, maxtov, maxsad kabi so‘zlar talaffuzida ikki jarangsiz tovush bir-biriga moyillashadi, lekin yozuvda q tovushi saqlanadi: taqsim (qism), maqtov, maqsad.

Undoshlarning yozilishiga oid ayrim qoidalarni esga olamiz:

1. Bb harfi qibla, tobla kabi so‘zlarda v aytilsa ham, b yoziladi.

2. Vv harfi avtobus, avtomat kabi so‘zlarda f aytilsa ham, v yoziladi.

3. Jj harfi portlovchi j (Jon) tovushi o‘rnida yoziladi: jun, jahon, majlis, toj-u taxt, jimjitlik.

Yevropa tillaridan o‘tgan so‘zlarda j sirg‘aluvchi qorishiq tovush o‘rnida yoziladi: jurnal, projektor, juri.

Shunday tovushli so‘zlar arab va fors tillaridan kirgan so‘zlarda ham uchraydi: mujda, ajdar va b.

4. Xx va Hh tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. H (h) bo‘g‘izda paydo bo‘lib, sirg‘aluvchi va ma’no ayiruvchi tovush o‘rnida yoziladi: behi, hush (es), shohi, ham. X(x) esa portlovchi, til orqa tovushi: xulq, axloq, xalq, xol, shox (qo‘yning shoxi), xabar, paxta, shox, taxt, baxt.

5. Nn harfi shanba, yonbosh, yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda m aytilsa ham, n yoziladi.

6. Zz harfi iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda s aytilsa ham, z yoziladi.

7. Sh harflar birikmasi shahar, shodlik, bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshdir. Agar bu harflar ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq belgisi (‘) qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.

8. Ch ch harfi choy, chevar, kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangli titroq undoshni ifodalaydi.

9. Ng ng harflar birikmasi singil, tong kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz burun tovushini ifodalaydi.

Quyidagi so‘zlarning aytilishi va imlosiga diqqat qiling va o‘zingiz ham shunday yoziladigan so‘zlar toping.

I. 1. Zamon, kamon, savol,...

2. Oila, doim, tabiat, ...

3. Sovun, tovush, yovuz, ... .

II. 1. Avtomobil, avtobus, fursat, ...

2. Zavod, sud, badqovoq, ...

3. Izquvar, bo‘zchi, ko‘zsiz, ...

4. Jonbozlik, yakshanba, yonbosh, ... .

III. 1. Toshkent, artist, do‘st, ...

2. Kilovatt, kongress, metall, ...

3. Ne’mat, ta’b, ra’y, ... .

Jj , Oo va tutuq belgisi qo‘llanadigan so‘zlarga misollar keltiring.

9-mashq.  Nuqtalar o‘rniga x yoki h harflarini qo‘ying. Ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang.

1. ...immatli bo‘linglar, azizlarim. Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy ...immatli kishini mo‘jizakor, dedi. Kim ...immatsiz bo‘lsa, zamonasi uni pastlar ...isobida ko‘radi. 2. — Sabr qil, do‘stim, — derdi Yo‘ldosh aka. — Sendan dala ...idi kelyapti. Birpas to‘yib ...idlab olay. («Sh.y.» jurn.) 3. ...arom narsalardan saqlaning... Ollo...ning taqsim qilgan rizqiga rozi bo‘ling: odamlarning boyrog‘i bo‘lasiz. («Hadis»dan.) 4. Dars.onada sukunat ...okim, Garchi dilda jo‘shqin e...tiros. (M. Omon.) 5. ...ech bir ota-ona o‘z farzandiga ...ulq-u odobdan buyukroq meros qoldirmaydi. («Hadis»dan.) 6. Dara...t yashnab turgani uchun, soyasidan odam arimaydi. 7. Ilm buloqlaridan ba...ramand bo‘lishning o‘zi bir ba...t. (O. Yunusov.)

Esda tuting.

1. Aa harfi: savol, avval, mavsum, avgust, navbat, vafo kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida o eshitilsa ham, a yoziladi.

2. Uu harfi: qovun, sovun, tovus, yovuz, qirg‘ovul kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida i eshitilsa ham, u yoziladi.

3. Ketma-ket kelgan unlilar orasiga y qo‘shib aytilsa ham yozilmaydi: diagnoz, material, shariat, filial, million, teatr, aerodrom, aloe kabi.

4. do‘st, artist, go‘sht, Samarqand kabi so‘zlar oxiridagi t va d tovushlari talaffuzda tushirib qoldirilsa-da, lekin yoziladi.

5. kilovatt, kongress, metall kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Agar bu so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, oxirgi undosh tushiriladi: kilogram+mi, metal+lar kabi.

6. mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ cho‘ziq aytilsa ham, undan so‘ng tutuq belgisi qo‘yilmaydi.

Nuqtalar o‘rniga mos harflarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.

Erta ko‘klamda Usmon aka yer chopi..., kungaboqar, bo...ring, qo...un, tar...uz e...di. Unga kichik o‘g‘li Isroiljon ham yordamlashdi: dadasiga tog‘oradagi ivitilgan ur...g‘dan oli... beri... turdi. Ertasiga Isroiljon qo‘liga tesha oli... O...gina ...oyni chopib teki...ladi-da, guldor paqirchasi bilan suv quydi. Namlik yetgan yerni cho‘... bilan kovla... urug‘ tashladi-da, ustini bekitdi. K...yin oyisining oldiga borib: — Men ham dadamdek de...qon bo‘ldim, kungaboqar ek...im. Pish...a-chi, Si...ga ham beraman, — dedi sevinchi ichiga sig‘may.

Oradan o‘n-o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas, dadasi ekkan urug‘lar yerdan qa... ko‘tari... chiqa boshladi. Eng avval sichqon qulog‘idek ko‘k bar... chiqardi. (S. G‘afurov)

 Quyidagi so‘zlarning o‘qilishi va yozilishiga e’tibor bering. Shu so‘zlardan beshtasi ishtirokida gap tuzing.

Anqov, bekinmoq, bayram, Maryam, jingalak, arava, Rahim, rahmdil, kungaboqar, kongress, chinqiriq, manman, yonma-yon, manba, tanbeh, tanbal, tanga, tangens, qo‘nmoq, yalinmoq, qorong‘i, to‘ng‘ich.

 ng birikmali va n — g harfli so‘zlarni ajratib yozing.

1. Onangni boshingda tutsang, singlingni kaftingda tut. 2. Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli-chi? 3. Iloho, mingga kirgin. 4. So‘nggi nafasgacha kurashdi. 5. Mashina changini artib chiqdi. 6. Insonning birinchi so‘zi ham, so‘nggi so‘zi ham — Ona! 7. Tonggi shabada esdi.

Takror undoshlar imlosi

 Berilgan so‘zlarni qiyoslab o‘qing. Farqini tushuntiring.

Qattiq — qatiq, essiz — esiz, tilla — tila, yo‘lladi — yo‘ladi, til — tili — tillik, nonning — noning, silla — sila, ellar — elar, medalli — medali, ushshoq — ushoq.

Bilib oling.

Hamma tillar kabi o‘zbek tilining ham o‘z ichki qonunlari bor: tovushlar tushishi (o‘g‘il — o‘g‘li), o‘rin almashuvi (yog‘mir — yomg‘ir), o‘zgarishi (son — sana), tovushlar ortishi (tanka, banka) va boshqa hodisalar ana shu ichki qonuniyatlardan sanaladi.

Boshqa tillardan kirgan so‘zlarda ayrim unli va undoshlar takror talaffuz qilinadi: muallim, mudarris, muzaffar, taajjub, taassurot, Qahhor, kassa, murakkab, antenna, qissa, naqqosh, mutolaa, matbaa, izzat, muvaffaqiyat, naqqosh va b. Shunday o‘rinlarda yozuvda ham ikki unli yoki undosh yozib, to‘g‘ri talaffuz etish zarur.

Bu hol ba’zi o‘zbekcha so‘zlarda ham uchraydi: sakkiz, ikki, ellik, tilla, chappa, to‘qqiz, o‘ttiz va b.

So‘z yasash jarayonida, ayniqsa, ba’zi o‘zak yo negizda undoshning takrorlanishi aniq seziladi, shunga ko‘ra yozuvda bir xil undosh orttirib yozib, bu bilan talaffuzga moslashtiriladi: isi+q — issiq, achi+q — achchiq, qati+q — qattiq, sasi+q — sassiq.

Aks holda talaffuz buziladi: karra — kara, durra — dura, qattiq — qatiq.

Nuqtalar o‘rniga talab qilingan yolg‘iz yoki takror unli yo undoshlarni (ikkita bir xil harf) qo‘yib ko‘chiring.

1. Tro...eybuslar harakati bugun juda erta boshlandi. 2. Yi...ar o‘tishi bilan, Ona, Non, Suv so‘zlari qatoridan A...alom degan so‘z ham o‘rin oldi. Keyinroq ka...a-yu kichik bu so‘zni aytganda yo eshitganda, chehralari yorishib, di...ari yengil tortadigan bo‘libdi. 3. Zu...o — dur, bilimsiz — bir hovuch kuldir. (Yusuf Xos Hojib.) 4. Olimlarning ilmga katta muha...atidan buyuk kashfiyotlar yuzaga keladi. 5. Osmonda sayr etar mi...ion juft ko‘zlar. (H.O.) 6. Hayot daraxtlari o‘sgan bog‘larda So‘zni payvand qiling har bir yura...a, Toki bu bi...a dard, bi...a ishq bilan Zaminga o‘rnashsin, o‘..in fala...a. (N.Ostonov.) 7. U...atlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman: nafs-u havoga berilishdan, nafsoniy va shahvoniy hi..iyotga berilishdan, ilmli va ma’rifatli bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishdan. («Hadis»dan.) 8. A..a aytay, uxla o..og‘im. Girgi..oning bo‘layin doim. (Qo‘shiqdan)

 

5-amaliy mashg‘ulot . Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek tili imlo qoidalarining mazmuniy tavsifi. Asos va qo‘shimchalar imlosiga doir amaliy mashqlar ustida ishlash

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

1-mashq. Berilgan matndagi so‘zlarni qismlarga (o‘zak, negiz, yasovchi va turlovchi qo‘shimchalarga) ajrating. Ishni bajarishda tegishli shartli belgilardan foydalaning.

Inson bolasi hamma rizq-ro‘zini yerdan topadi. Bir kaft tuproqda million-million bobolarning qoni, qanchadan-qancha go‘daklarning umidi, baxti bor. Hamal kirganda bir kaft tuproqni quloqqa tutib ko‘rgan asl dehqon yerning nafas olishini eshitadi.

Insonni taqdir toshi qayerga irg‘itmasin, u o‘z yurtida yegan non ta’mini unutmaydi, o‘sha non, mehr birlashib, insonni o‘sha ona-yurtga chaqiradi, ko‘rgan-bilganlarimizni, topgan-tutganlarimizni, yutuqlarimizni o‘rtoqlashmoqchi bo‘lamiz-da, sen tomon oshiqamiz... (T. Po‘lat.)

Bilib oling.

Quyidagi holatlarda yasovchi qo‘shimchalar o‘zak va negizga fonetik tomondan ta’sir qiladi, ularni talaffuz bo‘yicha yozamiz:

1. Ot yasovchi q, v qo‘shimchalari a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, o‘zak yo negizdagi a tovushi o ga aylanadi va shunday yoziladi: sayla+v (saylov), qishla+q (qishloq), bo‘ya+q (bo‘yoq).

2. i tovushi bilan tugagan so‘zlardan ot yasalganda (v tovushi orqali), o‘zak-negizdagi i tovushi u ga aylanadi va shunday yoziladi: o‘qi+v (o‘quv), to‘qi+v (to‘quv+chi).

3. O‘zak-negizida u tovushi bo‘lgan sifatlardan, fe’llardan ot yasalganda, yasovchi-im qo‘shimchasi -um tarzida aytiladi va shunday yoziladi: tuz+im/tuzum/, un+im /unum/, uy(moq)+im (uyum).

4. Ot yasovchi -indi qo‘shimchasi o‘zagida u tovushi bo‘lgan fe’llarga qo‘shilganda, -undi shaklida yoziladi: yuv+indi (yuvundi), kuy+indi (kuyundi — o‘t-olov).

5. Ot yasovchi -lik va sifat yasovchi -li qo‘shimchalari talaffuzda ko‘pincha o‘xshab ketadi:

a) -lik: yigitlik, bolalik, zargarlik; yaxshilik, tezlik, mardlik; farg‘onalik, uychilik, toshkentlik; darslik, kundalik, ko‘rpalik va b.;

b) -li: kuchli, aqlli, uyli-joyli, ilmli...

2-mashq. Nuqtalar o‘rniga -li va -lik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.

1. Sodda... go‘zal...ning birinchi va zarur shartidir. (L. Tolstoy.) 2. Ona-qishloq! Sen naqadar chog‘... va ko‘rimsiz bo‘lmagin, biz uchun dunyoda eng katta, chiroy... joy bo‘lgansan doim. (T. Po‘lat.) 3. Yaxshi va xayr... ishning birortasini kichik sanamang, suv so‘ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan bo‘lsa-da, ezgu... qiling. 4. Sovuq mijoz... kishilar o‘rikni asal bilan yeyishlari kerak. O‘rik suvi tashna...ni qondiradi. 5. Aniq..., ravshan... ohangdor... — mana go‘zal... qanday yuzaga keladi. 6. Bilim olishning bosh yo‘li — moyil...dir. 8. Yaxshi odam beg‘ubor, keng fe’l... bo‘ladi.

3-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan so‘zlarning o‘zagini aniqlang. Nima uchun shunday yozilishini izohlang.

Alisher Navoiy baytlari yuz mingdan ortiq. 2. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 3. Qiynalib-qiynalib marza olsang, to‘yib-to‘yib qovun yeysan. 4. Ustoz jabri afzal ota mehridan — Inson anglab yetgan buyuk haqiqat; Gul va tikan unar quyosh nuridan, Sizning mehringizdan gul unar faqat, O‘qituvchim, ezgu olamim mening, Sizgadir ehtirom, salomim mening. (M. Qaynar) 5. Biz gulning nafisligini, suvning zilolligini, oppoq tonglarning go‘zalligini, oydin tunlarning zavqbaxshligini bilamiz-u, nima uchunligini chuqur sezavermaymiz. (Q. Sobirov) 6. Qadim Turkistonning tanti o‘g‘loni, Pokiza edingiz misli oq qog‘oz. (A. O.) 7. Tilimni sog‘indim, nechun soqovlik, O‘zga tildan tushunmam bironta so‘zga, O‘z tilda so‘zlashmay yondim olovdek, Yorug‘ jahon zulmat ko‘rindi menga. (B. Boyqobilov)

Esda tuting.

1. tilak, bek, tayoq, qishloq so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, k harfi g ga, q harfi g‘ ga o‘tadi: tilagi, begi, tayog‘i, qishlog‘i kabi. Ammo ocherki, yuqi kabi so‘zlarda oxirgi undosh saqlanadi.

2. qorin, o‘g‘il kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa o‘zakdagi i tushib qoladi: qorni, o‘g‘li.

3. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo kabi so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zakdan so‘ng y qo‘shib aytiladi va yoziladi: parvoyim, obro‘yim, mavqeyim, mavzuyim, avzoyim. Shu so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, y tushib qoladi: parvosi, avzosi kabi.

4. O‘rin-payt, chiqish kelishiklari, o‘tgan zamon fe’li qo‘shimchalari tarkibidagi d tovushi t shaklida talaffuz qilinsa ham d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.

5. k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda ka va qa shaklida aytiladi va yoziladi: tokka, qishloqqa. Ammo bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi so‘zlarda g yoziladi.

4-mashq. Gaplarni o‘qing, qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zakda o‘zgarish hosil bo‘lgan so‘zlarni aniqlang va ularning qaysi imlo qoidasi asosida yozilganini tushuntiring.

1. Sinovlarda men chiniqdim, qasamimga sodiqman. (Sh. Rustaveli.) 2. Ikkovi valsga raqs tushib, shamolday gir aylanib turganlarida, oyog‘i kimgadir tegib ketdi. (S. Nazar.) 3. Tanaffusga chalingan qo‘ng‘iroqning keti uzilmasdanoq, auditoriya zshigi lang    ochildi-yu, o‘qituvchi bilan izma-iz bolalar yo‘lakka oqib chiqishdi. (S.An.) 4. Yotog‘iga qaytib kirganda, Hamidaning jarangdor, sho‘x tovushi qulog‘i tagida hamon yangrab turganday tuyuldi. (S. An.) 5. Issiq ovqat, choy-poylarimiz shularning bo‘ynida. (J. Abd.)6. Munavvar oktyabrning boshlarida Hamidalarnikiga yana bir kelganida, Yo‘ldosh singlisi bilan uni ... bog‘ sayliga olib ketdi. (S. An.) 7. Munavvar eng yaqin do‘stini to‘satdan uchratganday o‘rnidan turib ketdi. (S. An.) 8. Uni bunday qiynoqdan faqat qo‘ng‘iroqqina qutqaradi. (S. An.)

5-mashq. Orfoepik normaga mos holda berilgan so‘zlarni o‘qing. Har bir so‘zning orfografik shaklini yozib, ularni “Imlo lug‘ati”dan tekshiring; talaffuzi va yozilishidagi farqni izohlang.

Bangkir, botingka, ko‘ngilchang, mungkaymoq, to‘ngka, fingka, chungki, esangkiramoq, sho‘xchang, bangkrot, bangket, bangka, ko‘langka, masqaraboz, maxtov, qizixchilik, bixsimoq, boxcha, bo‘yoxchilik, vaxt, vaxtincha, vaxtichog‘lik, zixna, zorixtirmoq, ixtisod, nixtamoq, oxsamoq, oxshom, o‘xshoq, poyloxchi, soxchi, taxchil, to‘xson, to‘xmoq, chaxchaymoq, o‘xtalmoq, quloxchin, alangga, banggi, barzanggi, vatanggado, vaholangki, gunggalak, go‘shangga, davanggir, danggal, danggasa, buxangka, varangka, denggiz, domanggir, yenggiltak, janggavor, kalamingka, karzingka, jinggalak, kunggaboqar, kunggira, kunggay, tangketka, ko‘langka, ko‘taringki, mingashmoq, nongko‘r, chekangka, sarpoychang, tangga, to‘ngka, changgal, shinggil, shtanga, sho‘xchang, enggash, yanggi, harakatchang, qizilo‘nggach.

 

6 - mashg’ulot: Qo‘shib va ajratib yozish imlosiga oid mashqlar tahlili

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

1-mashq.  Berilgan so‘zlarni o‘qing. Ma’nosini izohlang. Qavs ichidagi so‘zni o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yozish ma’qulmi yo ajratib yozsa ham bo‘ladimi?

Oltin (ko‘l), Ashur (ali), poy (abzal), chim (qo‘rg‘on), Qarshi (cho‘li), O‘rta (Osiyo), «O‘zbek (film»), yozuvchilar (uyushmasi), Qora (daryo), oq (oltin), temir(yo‘l), o‘rin (bosar), Sora (opa), Yangi (Farg‘ona), Yangi (yo‘l), Nor (buva), Ko‘k (terak), ko‘k (qarg‘a), Shodi (aka), Xo‘ja (ariq), Oltin (ariq), Mulk (obod), Sharif (tog‘a), Bek (obod), oq (soqol), Yangi (obod), Yangi (qo‘rg‘on), Markaziy (Farg‘ona), «Toshkent (oqshomi»), «Sharq (yulduzi»), qayin (ota), ish (boshi), sholi (poya), Koson (soy), mirza (terak), Tentak (soy), Ko‘hna (Urganch), yangi (turmush), Mahmud (pahlavon), Karim (berdi), Qo‘sh (chinor), ra’no (gul), osh (qovoq), Yakka (bog‘), Issiq (ko‘l), ko‘z (oynak), Umum (Yevropa), so‘z (boshi), Umum (ittifoq).

Bilib oling.

Qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda qo‘shib yoziladi:

1. Ikki yo uch so‘z qo‘shilib, yangi bir ma’no ifodalasa (qum va qo‘rg‘on — endilikda bitta qishloq: Qumqo‘rg‘on) qo‘shib yoziladi: Buloqboshi, Oltiariq, Yangiqo‘rg‘on, gultojixo‘roz.

2. Qo‘shma fe’llarning ikki turini qo‘shib yozish mumkin:

a) a tovushi bilan tugagan fe’lga o unlisi bilan boshlanuvchi ko‘makchi fe’l qo‘shilganda, har ikki unli qorishib ketadi va bitta o bilan yoziladi: aytoldim, boroldi;

b) ko‘makchi fe’l b tovushi bilan boshlansa, uni yetakchi fe’l oxiridagi a y tovushlarining ta’sirida yozaveramiz, ishlayveramiz, ketaver tarzida qo‘shib yozish mumkin.

3. xona, noma, poya, ham, sifat, umum kabi so‘zlar bilan yasalgan qo‘shma ot va sifatlar, -(a)r//-mas qo‘shimchasi yordamida yasalgan qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: ishxona, tabriknoma, bedapoya, hamkor, devsifat, umumxalq, otboqar, ishyoqmas.

4. Qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi:

1) qo‘shma so‘zlarning qismlari bir-birini izohlasa: temir eshik, osma ko‘prik, Janubiy Farg‘ona kanali, til oldi, o‘rta keng, uzun bo‘yli, Jo‘ra tog‘a va b.;

2) qo‘shma fe’llar: yozib ol, sir tut, churq etma va b.;

3) hamma, har, hech, u, bu so‘zlari bilan yasalgan ot va ravishlar: hamma vaqt, har kim, hech qachon, u yerda, bu vaqt;

4) sifatlar oldida to‘q, jiqqa, tim, liq kabi so‘zlar kelsa: to‘q sariq, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la va b.;

5) belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi, ochiqdan ochiq kabi qo‘shma so‘zlar.

2- mashq. Qo‘shib va ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlarning ma’nosini izohlang.

To‘rtburchak, mingoyoq, Oqtepa, oqqush, tog‘olcha, tuyaqush, To‘rtko‘l, askarboshi, gulxayri, yo‘lboshchi, Mirzacho‘l, hayotbaxsh, ko‘ylakbop, ommabop, hamkasb, hamsuhbat, umumxalq, Yangiyo‘l, elektrostansiya, fotoapparat, kinostudiya, elektrotexnika, radioapparat, kinorejissor, jigarrang, quloq solding, o‘sha yerda, o‘n besh, yetmish uch, och sariq, o‘qib berasan, bu yerda, sakson bir, to‘q qizil, yozib olmoqchi, u yoqda, to‘qson ikki, ishlab chiqdi, hech narsa, uch yuz besh, aytib turdi, ba’zi bir, ko‘chirib bersin, sakkiz yuz, yarim orol, kelib ketdi, hech narsa, o‘ttiz uch, g‘ayri rasmiy.

3- mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarning tarkibini aniqlang va imlosiga e’tibor berib ko‘chiring.

Tomorqa, makkajo‘xori, baqaterak, qorako‘lchilik, beshiktervatar, gulxayri, gultojixo‘roz, o‘qib berdi, tasdiq qildi, yozib ola bildi.

 Foto so‘zi bilan boshlanadigan qo‘shma so‘zlarga 4 ta misol toping.

 Qo‘shma so‘zlarga (ikki va uch o‘zakli) 10 ta misol toping.

 Qo‘shma va juft so‘zlarni ajratib ko‘chiring. Imlosini tushuntirib bering.

Sholipoya, zavod fabrika, kuch quvvat, besh olti, asbob uskuna, non pon, choy poy, ko‘zoynak, asalari, yuzma yuz, idish tovoq, yaxshi yomon, yozu qish, mingoyoq, ko‘ksulton, gulchechak, chopa chopa, opa singil, yeru ko‘k, yaxshi yomon, oshqozon, baland past.

4-mashq. Qavslar ichidagi so‘zlarni chiziqcha bilan, qo‘shib, ajratib yozing. Buning sababini tushuntirib bering.

orom (baxsh), omon (eson), har (kun), sher (yurak), kecha (kunduz), och (sariq), kiyim (kechak), qo‘zi (qorin), bodom (qovoq), bordi (keldi), hamma (vaqt), taklif (noma), mehr (shafqat), achchiq (tosh), uyma (uy), kilovatt (soat), qiyma (taxta), oz (moz), to‘q (qizil), yildan (yilga), dardi (bedavo), karnay (gul), ur (to‘qmoq), To‘rt (ko‘l), O‘rta (Chirchiq).

5- mashq .Ushbu so‘zlarning qaysi qoida asosida yozilganini va qanday yozilishini aniqlang.

Ko‘z oynak, oy bolta, erta pishlar, oq qush, temir yo‘l, ko‘ribchiqdi, ko‘cha ko‘y, kundan kunga, katta kichik, kattadan katta, tog`tog`, kam kam, o‘n yetti, sotib olmoq, osh qozon, Yangi yo‘l, ot boqar, yoril tosh, kuch quvvat, ota-ona, tog` tosh, o‘q  ilon, tog` olcha, gul toji xo‘roz, foto apparat, Sir daryo, qora qurt, oq qo‘rg`on, Ming buloq, Besh ariq,  beshik tervatar, O`rta Osiyo, Janubiy Amerika, Markaziy Farg`ona, Yuqori chirchiq, osma ko‘prik, ish haqqi, yer yong`oq, qo‘l yozma, qozon yuvgich, yosh qari, oziq ovqat, o‘z kitob, katta qo‘rg`on, sariq yog`, jomboy don.

6- mashq .Ushbu so‘zlarning qaysi qoida asosida yozilganini va qanday yozilishini aniqlang.

Ko‘z oynak, oy bolta, erta pishlar, oq qush, temir yo‘l, ko‘ribchiqdi, ko‘cha ko‘y, kundan kunga, katta kichik, kattadan katta, tog`tog`, kam kam, o‘n yetti, sotib olmoq, osh qozon, Yangi yo‘l, ot boqar, yoril tosh, kuch quvvat, ota-ona, tog` tosh, o‘q  ilon, tog` olcha, gul toji xo‘roz, foto apparat, Sir daryo, qora qurt, oq qo‘rg`on, Ming buloq, Besh ariq,  beshik tervatar, O`rta Osiyo, Janubiy Amerika, Markaziy Farg`ona, Yuqori chirchiq, osma ko‘prik, ish haqqi, yer yong`oq, qo‘l yozma, qozon yuvgich, yosh qari, oziq ovqat, o‘z kitob, katta qo‘rg`on, sariq yog`, jomboy don,

O`z dun robita, akayu-uka, elu yurt, shifo baxsh, qo‘l bola, shirin so‘z, bir so‘zli, rahm dil, erta pishar, to‘q qizil, behs qavatli, ochiq sochiq,  ko‘k qashqa, sohibjamal, cho‘qqi saqol, bosh yalang, har bir, hech bir, alla narsa, u bu, qaysi bir, har nima, yozib qo‘ya qol, o‘tdi ketdi, olib chiq, oz muncha, har qachon, hech qachon, asta -sekin, kecha kunduz, ruxsat noma, xush vaqt, guldura, video kamera.

 

 

7-amaliy mashg‘ulot. Chiziqcha bilan yozish imlosiga oid mashqlar tahlili

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

Bilib oling.

Odatda, sinonimlar yo antonim so‘zlar ba’zan yonma-yon qo‘llanadi: mehr-oqibat, aka-uka, katta-kichik, unda-bunda va b. Bir so‘zning o‘zini ham takrorlash mumkin: yosh-yosh bolalar, katta-katta teraklar.

Bunday so‘zlar juft so‘zlar deyiladi va ular orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi: uch-to‘rt kishi, ellik-oltmishga yaqin terimchi...

Agar juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari qo‘llansa, yuklama birinchi so‘zga qo‘shib yoziladi; ikkinchi so‘z ajratib yozilaveradi: yer-u osmon, yor-u do‘st, qishlog‘-u shahar.

Quyidagi juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: belgini kuchaytiruvchi sifatlar (qip-qizil, dum-dumaloq, to‘ppa-to‘g‘ri), -ma, ba-bilan birikkan so‘zlar (uyma-uy, dam-badam).

Quyidagi juft otlar va uyushiq bo‘laklar orasidagi farqni izohlab bering.

Namuna: qozon-tovoq — ro‘zg‘or ma’nosida, qozon va tovoq — ikki xil ro‘zg‘or asbobi.

ota-ona, yer-suv, choynak-piyola, uy-joy, ota-bola, yor-og‘ayni, qo‘ni-qo‘shni, ko‘z-quloq, bola-chaqa, o‘yin-kulgi, urf-odat, savdo-sotiq.

 

1-mashq. Quyidagi juft otlarning ma’nosini aytib bering.

azob-uqubat, qosh-qovoq, yosh-qari, qovun-tarvuz, rahm-shafqat, ko‘rpa-to‘shak, olma-o‘rik, xavf-xatar, orzu-umid.

Bir-biriga zid ma’noli yo yaqin ma’noli so‘zlarni qator keltirib, juft so‘z hosil qiling. Ularning imlosiga e’tibor bering.

sabzi, qayg‘u, baxt, voqea, cheva, xavf, dushman, yor, do‘st, qo‘shni, bola, tog‘, bog‘, qozon, opa, og‘a, ekin, mehr, piyoz, ovqat, saodat, alam, hodisa, xatar, yov, chaqa, qir, rog‘, tovoq, singil, tikin, muhabbat, oziq, meva.

2-mashq. Qo‘shma va juft so‘zlarni toping. Ularning imlosini tushuntiring.

1. Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan, Hamma bir-biriga jigarso‘z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. (Xalq qo‘shiqlaridan.) 2. Bitta bulbul qanchadan-qancha odamning dilini xush qiladi. 3. Ota-onangni naqadar e’zozlasang, do‘st-yorga ham shunday oqibatda bo‘l. 4. Urushning azob-uqubatlarini tortgan Ikromjon boshliqning gapiga ko‘navermadi, ishga kirishib ketdi. 5. Oqtosh mevazor bog‘-rog‘larga aylandi.

3-mashq. Ajratib  ko’rsatilgan  so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq (qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan) yozing.

Shu asnoda payvasta/qosh, shalpang/ quloq, barmoqlarida binafsha/rang siyoh dog‘lari bor, oriqqina yigitcha — idora sekretari  paydo bo‘ldi va mashinada hozir bir kishi kelib,  Raisani kutib turganini bildirdi. (O.) 2. Idorada pravleniyening o‘zga a’zolari hali    to‘planmagan    edi. Rais qo‘llarini orqaga qo‘yib, katta qo‘rada unga/bunga ko‘z tashlab, ot/boqar yo aravakashlar bilan u/bu  to‘g‘risida so‘zlashib,  kimlarni koyib, kimni maqtab asta yura/boshladi.

O‘ktam bo‘sh xonalardan birida osma/lampa ostida gazeta o‘qir ekan, labida papiros, chakkasida atir/gul Nasimjon kirib keldi va kolxozning butun tashvishi go‘yo yolg‘iz uning zimmasida bo‘lib, benihoyat charchagandek o‘zini stulga tappa tashladi. O‘ktam ma’nodor iljayib qo‘ydi-da, o‘qiyverdi. (O.)

4-mashq. So’larni imlo qoidasiga ko’ra yozing. Tosh/baqa, och/sariq, issiq/sovuq, oy/bolta, azob/uqubat, dam/badam, ayiq/tovon, arz/dod, amaliy/nazariy, beshik/tervatar, bir/zumda, boy/o‘g‘li, bo‘lar/bo‘lmas, bir/tomonlama, butun/ ittifoq, afsus/nadomat, dev/qomat, dov/daraxt, gul/dasta, kasb/kor, nim/pushti, nim/rang, oyoq/osti, orzu/umid.

5-mashq. Quyidagi so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq (qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan) yozing.

Himoya qil, javob ber, qo‘l qo‘y, yod ol, bildi oldi, yozib ko‘r, o‘qib ol, imzo qo‘y, oh ur, ola kel, alla vaqt, bir muncha, bir varakay, birpas, har zamon, har gal, hech vaqt, bir oz, bira to‘la, bu yoqdan, bir erga, uzil kesil, qishin yozin, kundan kun, unda bunda, ko‘chama ko‘cha, o‘q ilon, tog olcha, qo‘l yozma, ish haqqi, yosh qari, mosh ho‘rda, man manlik, besh otar, asal ari, badan tarbiya, a‘zoyi badan, duoi salom, akayu uka, do‘stu dushman, sabzi piyoz, yer to‘la, zina poya, umum xalq,  to‘qqiz qavatli, och yalang‘och, havo rang, xasta dil, oyoq yalang, bug‘doy rang, hozir javob, ola bula, mo‘min qobil, xush chaqchaq, ilhom baxsh, keng elkali, dam g`uli, amaliy nazariy, mehnat sevar, jurnal bop, quralay ko‘zli, yigirma o‘ttiz, o‘ttiz qirq, ikki uch, bir million, o‘n besh, ellik olti, biz siz, hech qaysi, ana u, oynai jahon, uzundan uzun, kundan kunga, g‘irt yolg‘on, ko‘cha tomon.

 

8-amaliy mashg‘ulot mavzusi : Bosh harflar imlosiga oid mashqlar tahlili

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

    3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

Bilib oling.

1. Gap boshidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.

2. She’rlarda har bir misra bosh harf bilan boshlanadi:

Endi sen chorlasang, toki tanda jon,

Labbay deyajakman, Vatan — onajon.  (A.O.)

3. Gap tamom bo‘lgandan keyin qo‘yilgan nuqta, so‘roq, undov belgilaridan keyin, shuningdek, ko‘p nuqtadan so‘ng keladigan gap bosh harf bilan boshlanadi: Kim? Chaqir!

4. Atoqli otlarning birinchi harflari bosh harf bilan yoziladi: Alisher Navoiy, O‘sh, Sirdaryo, Oloy va Pomir...

5. Hurmat ma’nosida qo‘llangan 5/^va O‘zingiz olmoshlari.

6. So‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar: MDH, BMT, AQSH.

7. Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi so‘zi: Mustaqillik kuni, Xotira va Qadrlash kuni.

8. Oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlarning har bir .so‘zi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Oliy Kengashi. O‘zbekiston Qahramoni.

9. Orden va medallarning nomi bosh harf bilan, orden va medal so‘zlari kichik harf bilan yoziladi: «Mustaqillik» ordeni, «Do‘stlik» ordeni.

10. Atab qo‘yilgan so‘zlar (tashkilot va zavodlarga, kitob va nashriyotlarga, gazeta va jurnallarga) bosh harf bilan yoziladi. Bunday so‘zlar birikma tarzida bo‘lsa, birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi: «Me’mor» romani, «Sen yetim emassan» she’ri.

Birikmaning ikkinchi (yo uchinchi) so‘zlari atoqli ot bo‘lsa, tabiiyki, ular ham bosh harf bilan yoziladi: Markaziy Farg‘ona, Katta Andijon kanali.

Ba’zan atoqli otlar umumiylik, tur kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bunday hollarda ular kichik harf bilan yoziladi: Kecha farhodlar kelishdi.

11. Turli ishlab chiqarish mahsulotlariga, nashr hamda nashriyotlarga atab qo‘yilgan atoqli va turdosh otlar bosh harf bilan qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi: «O‘zbekiston» nashriyoti, «Hurriyat» gazetasi, ”Lola” atiri.

1-mashq. Bosh harf bilan yozilgan so‘z va so‘z birikmalarini ajrating. Nima uchun bosh harf qo‘llanishini ayting.

1. «Gaping haq, ayol!» — dedi Xirmoniy. — Ona bo‘lmasa, shoir ham, pahlavon ham dunyoga kelmasdi. 2. Jahon podsholari xazinasidan oltin yuborganda hamki beadad, Dilorom, Dilorom, Jajji singilcham, Sening yordamingcha bo‘lmasdi madad! (E. V.) 3. Ey aziz Toshkentim buncha sen bugun Boladek to‘polon qilding ertalab? (Sh.) 4. Qayum Rahmonov o‘z jasorati bilan mardlik maktabi yaratdi. 5. 9-sinf o‘quvchisi B. Jo‘rayeva «Qadr» She’rini yod aytganda, butun zal oyoqqa qalqidi. 6. Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»da saxovat va karamni ulug‘laydi. 7. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari O‘rta Osiyo turkiy tillarining eng bebaho yodgorligidir.

2-mashq. Quyidagi qo‘shma so‘zlarni qisqartma so‘z (harf va bo‘g‘in) shaklida yozing.

Toshkent Davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston televideniye va radio eshittirish kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi maorif vazirligi, O‘zbekiston Davlat nashriyoti.

3-mashq. Bosh harf bilan yoziladigan tashkilot, orden, medal, adabiy asar va mahsulot nomlariga uchtadan misol keltiring.

4-mashq. Berilgan atoqli otlarni alifbo tartibida ko‘chiring, mashhur kishilarning ismi va taxalluslarining imlosini yodda saqlang.

Abu Ali ibn Sino, Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Muqimiy, Furqat, Gulxaniy, Maxmur, Avaz O‘tar o‘g‘li, L. N. Tolstoy, M. V. Lomonosov, A. P. Chexov, Isaak Nyuton.

     5-mashq. O‘qing. Kerakli o‘rinlarda kichik harflar o‘rniga bosh harflarni qo‘ygan holda gaplarni ko‘chirib yozing va nima uchun shunday yozilishini izohlang.

1.  O‘rta osiyo kobrasi eng katta zaharli ilonlardan biridir. Uning uzunligi ikki metrgacha boradi. (“G‘uncha”dan) 2. Biz vatanimizning kelajagi porloq ekaniga ishonamiz. (I.Karimov) 3. Meni kutayotir ajib kelajak, u mening iqbolim, mening baxtimdir. (A.Oripov) 4. Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqlarni ko‘zlab yashagan. (I.Karimov)   5. Oshnam: “dunyoda eng aziz, eng qimmatli narsa nima”, - deb so‘rab qoldi. Mo‘ysafid hamrohimiz javob berdi: “inson va uning vaqti”. (Yo. Sh.) 6. Men Muhammad kabir nodirshoh bilan gaplashib olishim kerak! (H. Shayxov)

 

 

9-amaliy mashg‘ulot .Ko‘chirish qoidasiga oid mashqlar tahlili

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.

 

Bilim oling.

Ko‘chirish qoidalari o‘zbek imlosidagi belgilangan qoidalar asosida bo‘lib, bo‘g‘in ko‘chirish va bo‘g‘inga ajratishni farqlash lozim. Eng kichik bo‘g‘in bir unlidan iborat bo‘ladi: u (olmosh), o-na, o-ta, e-kin va boshqalar.

Har bir bo‘g‘inda kamida bitta unli tovush ishtirok etadi.

1. Bir unlidan hosil bo‘lgan bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi, yonidagi bo‘g‘in bilan birga ko‘chiriladi: o-na emas, ona.

2. Mudofaa, mutolaa kabi so‘zlardagi oxirgi bo‘g‘inbir a ning o‘zi ko‘chirilmaydi.

3. Yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshning biri birinchi yo‘lda qoldiriladi, ikkinchisi keyingi yo‘lga ko‘chiriladi: qat-tiq, til-la.

4. Bir tovushni ifodalagan ikki harf (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: mash-hur, pi-choq, si-ngil yoki oldingi qatorda qoldiriladi.

5. Ism va ota ismlari qisqartirilsa, familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi: S. V. Rahimov, A. G‘. G‘ulomov kabi.

6. Qisqartma so‘zlar, ishoralar va ko‘p xonali sonlar bir yo‘ldan ikkinchisiga ko‘chirilmaydi: gr, sm, O‘zMU, 245, 2003, XXI kabi.

7. Harflardan iborat shartli belgilar o‘zi tegishli sondan ajratilmaydi: 6-A sinf, 7-B guruh.

1-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating va ko‘chiring.

murabbiya, minnatdor, bahramand, daraxt, mingoyoq, qal’a, ma’lumot, traktor, ingramoq, yenggan, ingichka, mo‘jiza.

2-mashq. Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shib, so‘ng hosil bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlarga ajrating.

Namuna: qalb+i qalbi — qal-bi.

qalb, fikr, do‘st, naqd, mard, sulh, g‘isht, mehr, quvonch, Samarqand.

3-mashq. Ruboiyni o‘qing. Mazmunini tahlil qiling. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating. So‘ng bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi asosida ko‘chirib yozing.

Oltin-kumush etma kasb davlat kunidin,

Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,

Gar yo‘qtur adab, ne sud oltin unidin,

 Elning adabi xushroq erur oltundin. (N.)

Lug‘at: sud — foyda, uni — un, ovoz, xushroq — yaxshiroq.

4-mashq. Berilgan gaplarda noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang va yozuv qoidasini belgilang.

1. Kampirning hayajonli dovushi dovoldan osha ketdi va bu xushxabar bir zumda hammaga eshitildi. 2. Meymonlar tarqab ketti va hovlida qarindoshlardan boshqa kishi qomagan edi. 3. Moshin kotta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, shopur hushyorlik qilib to‘xtatdi.

 

 

10-amaliy mashg‘ulot. Kirill va lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidalarining qiyosiy tahlili

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Gaplarni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga e’tiboe bering. Kirill va lotin grafikasiga asoslangan yozuvda farq qiluvchi so‘zlarga e’tibor qarating.

1.Hovli etagidagi pastak eshik g‘iyqilladi.U uylanganidan keyin otadan qolgan hovlini o‘rtadan ikki paxsa devor olib bo‘lishgan.Bungayam bir chekkasi Hadichaning injiqligi sabab bo‘lgan edi.(O‘.H.) 2.Gulnor Yo‘lchining xayoliy iziga ko‘z tikdi. Uni chuqur sog‘inch va sabrsizlik bilan kutadi.(O.)3.Endi-chi? Endi shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi.(O.)4.Umri xola sharpaday unsiz yurib keldi-da, yapaloq “musulmon” g‘ishdan yasalgan zinadan ayvonga ko‘tarildi.(O‘.H.) 5.U so‘zlarkan, yuzlariga goh do‘q, goh g‘azab, goh yalinchoqlik yopishadi.(O). 6.Yangigina solingan burglar ustida bir tekis pishillab o‘rmalayotgan qurtlar derazalardan kirgan yorug‘dan qochib boshini barg ostiga oldi. Lutfixon bir parcha somonli loy bilan taxmon chetidagi sichqon uyasini yaxshilab suvadi. (S.Ahm.) 7.Qimirlamang, ota, terlagan ekansiz. (S.Ahm.)8.Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan ormat qorong‘ulikka sho‘ng‘idi. (O) 9.Shoikrom xotinini tarsakilab yubormaslik uchun yuzini o‘girib, tishini g‘ichirlatdi. (O‘.H.)10. Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi.(O‘.H.)

2-mashq. Gaplarni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga e’tiboe bering. Kirill va lotin grafikasiga asoslangan imlo qoidalarida asos va qo‘shimchalar imlosida, tinish belgilarining qo‘llanilishida farq qiluvchi o‘rinlarlarga e’tibor qarating.

1.Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.Aybdordek maxzun tovushda uzr so‘radi.(O‘.H.) 2.Injiq, cho‘rtkesar do‘stining odatini yaxshi biladi.(O‘.U.) 3.Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi. Hamma yoqda gul: oq, pushti, qizil, sariq, qo‘ying-chi, ming xil tusdagi gullar ochili-sochilib yotibdi.(O‘.U.) 4.Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi.(O.) 5.Ikki o‘rtoq, ikki shirin jon, Yangi uyga bo‘ldilar mehmon.(H.O.) 6.Saman otini bir me’yorda yo‘rg‘alatib borayotgan qotma, xushqomat chol qoramag‘izdan kelgan shiddatli chehrasiga yarashgan qalin qohlarini chimirib, dam orqaga, bog‘lar ortida qolgan Samarqandga tikilar, dam o‘ng qo‘ldagi Urgut tog‘lariga qadalib-qadalib qarar, u bir nimadan bezovtagalanayotganga o‘xshar,chuqur botgan o‘ychan ko‘zlarida ham teran bir qayg‘u, ham allaqanday taraddud sezilib turardi.(O.Y.) 7.Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning hayotiga qayoqdan yopirilib keldi? (P.Q.) Menga haqiqiy hayot, chinakam inson hayoti kirib keldi.(S.Ahm.) 8.U o‘sha yerda muhabbatidek sof, qizlik iffatidek beg‘ubor kishilar safiga  qo‘shiladi.(S.Ahm.)

 

11-amaliy mashg’ulot: Punktuatsiya va uning prinsiplari.tinish belgilarining tasnifi

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang.

1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 2. To‘g‘ri, Olim – mashhur rais, deputat, hammamiz uni hurmat qilamiz. 3. Adolatsizlik gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq - ulug‘ baxt! (SH.) 4. Uning nazarida, har bir chanoq - baxt tabassumi, har bir tola - qon tomiri; u paxta bilan tirik, paxta - uning hayoti, paxta - uning kasbi, quvonchi. (I.R) 5. «Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, - dedi Sultonmurod bo‘g‘iq ovoz bilan, - qilichingizni mahkam tuting, bahodir!». (O.) 6. Shu payt qabulxonaga Qalandarovning qalin oshnasi – Ummat Nazarov kirib keldi. (A.Q.) 7. Maktabni, maktabdoshlarimni har qancha qo‘msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. (P.Q.) 8. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildli tarixiy asarlari yonida, Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.Yo.) 9. Bu – bizning chinakam mehnatimizning natijasi! 10. Erining xotirasi, bolalarining tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g‘amidan boshqa tashvishi yo‘q u muhtaramaning! (H.G’) 11. YOmon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat – odamning naqshi! (U.) 12. Anvarning hay-haylashiga qaramay, ko‘chaning o‘rtasiga tushib olib, qo‘l ko‘tardi, ammo mashinalar to‘xtamas, uni mayna qilganday, g‘izillab o‘tib ketardi. (O’.H.) 13. Qodirjonning tinch uyqusidan (nisbatan tinch, chunki u uyquda ham fikr qilardi) mamnun ayol mehr to‘la ko‘zlarini undan uzib xona to‘riga o‘tadi-da, bahor va go‘zallik nishonalarini guldonga terish bilan band bo‘ladi. 14. Bu erda, Potsdamdan, uncha uzoq bo‘lmagan Babel’sbergda, o‘zining mo‘’jazgina kottejida yakka o‘zi turardi; uning xizmatchisi bir hafta oldin toqqa - jiyaninikiga jo‘nab ketgan edi. 15. E’tiqod va muhabbat yonma-yon bo‘lgani ma’qul, biri - qalb, biri - qanot. (Mirm.) 16. Qora bulutlar tarqala boshlaydi, osmon ko‘m-ko‘k charaqlaydi, maysa, o‘t-o‘lanlar qaddini rostlaydi, daraxt shoxlari ilk barglarini chiqara boshlaydi.

2-mashq. Tinish belgilarni qo‘yib ko‘chiring.

 1. Iroda insonning qudrati sevishi va sevilishi nafrati va quvonchi vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abdulllaxonov) 2. Unga Vatanining ishi tushibdimi demak u etuk fuqaro. (H.G’.) 3. Bu o‘simliklarga doir qalingina kitob edi. (O.) 4. Oqshomdagina ko‘chalarda bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. (O.) 5. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib yurt  tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. (O.) 6. Olmalar anoru anjirlar shaftoli behilar giloslar g‘aynolilarnoklar kamolga etdi. (H.G’.) 7. Tashqari gullarga ko‘milgan sadarayhonlar qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Biz uchun suvi kul rang dengiz farzandlari uchun bu bir jonli afsona. 9. Mulla Abdulhay qulluq qiling etti uxlab tushingizga kirmagan baxt qushi boshingizga qo‘ndi. (H.G’.) 10. U bog‘da maysalar ustida dars tayyorlar edi. (SH.) 11. Baxtimizga shimoldan bir oz shamol esa boshladi. 12. Temurning ketidan mash’al olib kirdilar shu on uyning ichi yorishib ketdi. 13. A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi. (G’.G’.) 14. O’n gektar erning atrofi jamoat binolari idora bog‘cha maktab radiouzel va boshqalar bilan o‘rab olingan. (S.N.) 15. Xayr o‘g‘lim oq yo‘l bo‘lsin Xayr ko‘zim qorasi Bilkim jangda bilinadi Mard yigitning sarasi. (H.O.) 16. Qirg‘iz O’roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni kim biladi buni qachondan beri saqlab kelgan chiqarib sekingina tashladi. (O.) 17. Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. (H.O.) 18. Lekin shuni esda tutki shoshilish befoyda kechikish xavflidir.

3-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring.

1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.)  4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.)5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.)  13. Sizdan o‘rtoq To‘raboev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim.

 

12-mavzu: Nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘llanilishi

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Tinish belgilarni qo‘yib ko‘chiring.

 1. Iroda insonning qudrati sevishi va sevilishi nafrati va quvonchi vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abdulllaxonov) 2. Unga Vatanining ishi tushibdimi demak u etuk fuqaro. (H.G’.) 3. Bu o‘simliklarga doir qalingina kitob edi. (O.) 4. Oqshomdagina ko‘chalarda bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. (O.) 5. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib yurt  tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. (O.) 6. Olmalar anoru anjirlar shaftoli behilar giloslar g‘aynolilarnoklar kamolga etdi. (H.G’.) 7. Tashqari gullarga ko‘milgan sadarayhonlar qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Biz uchun suvi kul rang dengiz farzandlari uchun bu bir jonli afsona. 9. Mulla Abdulhay qulluq qiling etti uxlab tushingizga kirmagan baxt qushi boshingizga qo‘ndi. (H.G’.) 10. U bog‘da maysalar ustida dars tayyorlar edi. (SH.) 11. Baxtimizga shimoldan bir oz shamol esa boshladi. 12. Temurning ketidan mash’al olib kirdilar shu on uyning ichi yorishib ketdi. 13. A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi. (G’.G’.) 14. O’n gektar erning atrofi jamoat binolari idora bog‘cha maktab radiouzel va boshqalar bilan o‘rab olingan. (S.N.) 15. Xayr o‘g‘lim oq yo‘l bo‘lsin Xayr ko‘zim qorasi Bilkim jangda bilinadi Mard yigitning sarasi. (H.O.) 16. Qirg‘iz O’roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni kim biladi buni qachondan beri saqlab kelgan chiqarib sekingina tashladi. (O.) 17. Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. (H.O.)

18. Lekin shuni esda tutki shoshilish befoyda kechikish xavflidir.

2-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring.

1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.) 4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.) 5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.)  13. Sizdan o‘rtoq To‘raboev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim.

 

13-mavzu: Vergul, nuqtali vergul belgilarining qo‘llanilishi

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Quyidagi misollarni o‘qing. Birinchi bo‘limda berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang va ular nima uchun qo‘yilishi kerakligini izohlang.

1. Bizda yaxshi rahbar yuzlab minglab kishilarning yurak haroratini bir joyga to‘plab uchqundan alanga chiqaradigan odam. Bizda yaxshi rahbar kollektivning o‘qi o‘q bo‘lmasa, mashinaning detallari sochilib ketadi. Bizda yaxshi rahbar — o‘ziga xos geolog odamlarning qalbida yotgan qimmatbaho fazilatlar konini qidiradi topadi ishga tushiradi. Bizda yaxshi rahbar hayotni bilishda olim bo‘lishi kerak odamlarni boshqarishda san’atkor... Bizda yaxshi rahbar eng yaxshi tarbiyachi bo‘lishi kerak chunki tarbiyaning ham, rahbarlikning ham markazida odam turadi, odamlarga g‘amxo‘rlik turadi.    (P.Q.) 2. O‘tgan yili radiodan Vatan urushi ishtirokchisi o‘z farzandlarini qanday topganligi haqidagi bir hikoyani zshitib, men ham Mudofaa vaziriga hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy komissariatiga xat yozdim. Mana nihoyat yaqinda Toshkentdan quvonchli xat oldim Sizni dadamni topdim (N. Fozilov.) 3. Mening ishonchim faqat shaxsiy ishonchgina emas xalq ishonchi ekanini unutmang. Aslo  Yagona niyatim endigina baxtga erisha boshlagan xalqimga xizmat qilishdan iborat.  Balli dedi Davron aka mamnun Aql chiroq, nafs — suv. Nafs ustunlik qilsa sham suvga cho‘kib o‘chadi. Buni ham unutmang! (Yo.Shukurov.) 4. Bahor Uch tup o‘rik birdan gullab Faridalarning hovlisini oppoq go‘zallikka to‘ldirdi. (P. Q.)

2-mashq. Berilgan misollarni tegishli tinish belgilarini o‘z o‘rniga qo‘ygan holda ko‘chirib yozing.

1. Akramning esida bor urushdan oldin, Akram yetti-sakkiz yashar paytida, butun qishloq yozda hu anavi adirlar ortidagi dashtga qovun ekib kapa qurib ko‘chib chiqar bolalar har kuni kechqurun eshakda qishloqqa qovun tashishar edi. (O.Yo.) 2. Gavhar o‘zining o‘qishi u birinchi kursni a’lo baholar bilan bitirib kelgan edi Moskvadan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan bir necha marta o‘zbek arxitekturasini ham tilga oldi. (P.Q.) 3. Kular yuzli xushxulqli xushmuomalali odam andisha va farosat egasi bo‘ladi Shunday go‘zal sifatlarga ega bo‘lgan lekin o‘qimagan odam bilan hamsuhbat bo‘lish yomon xulqli qo‘rs bir olim bilan hamsuhbat bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroqdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») 4. Bosh arxitektor bu juda katta, juda mas’uliyatli vazifa Bu vazifa birgina iste’dod emas tashkilotchilik va rahbarlik qobiliyatini nihoyat vijdoniy poklikni talab qiladi (O.Yo.)

3-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring.

1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.) 4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.) 5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.)  13. Sizdan o‘rtoq To‘raboyev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim.

 

14-amaliy mashg’ulot. Ko‘p nuqta va ikki nuqta belgilarining qo‘llanilishi

 

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. O‘qing. Tinish belgilaridan nuqta, ikki nuqta va ko‘p nuqta qo‘yilgan o‘rinlarga diqqat qiling. Ular nima maqsadda qo‘yilganini izohlang.  So‘ngra ot va fe’llarni topib, ularni ikki ustunga ajratib yozing, otlarning ma’no va tuzilish jihatdan turlarini, fe’llarning esa mayllari, shaxs-soni va zamonini ayting.

1.Paxta...

U sevgidek mavzudir o‘lmas,

U ilhom chashmasi, mangu buloqdir. (E. V.)

2.Mana, maktub bahona ko‘z o‘ngimizda Mirzakalonning yoshlik chog‘lari namoyon bo‘ldi. O‘sh. Yetim bolalar uyi. Toshkent. O‘zbek erlar bilim yurti. Mashhur jurnalist  A’zam Ayub bilan bo‘lgan hamkorliklar... (M.Muhamedov.)

3.Fanning chegarasi ufqqa o‘xshaydi: unga qanchalik yaqinlashaversalar, u shunchalik uzoqlashaveradi. (Buast Per.) 4. Shunday aqlli mashina topishimiz kerakki, u hamma ishni bajarsin. Yerni haydasin, molalasin, eksin, sug‘orsin, chopiq qilsin, paxtasini terib, tashib bersin... (I. R.) 5. 19.... yil,  11 iyul. O‘zFA Biofizika ilmiy-tekshirish instituti. Professor Aliyevning tajribaxonasi. (T. Malik.) 6. Asalarining dushmani ham yo‘q emas. Uning dushmanlari: ayiq, ninachi, qurbaqa, chumoli, sichqon, ilon. Ular asalni yaxshi ko‘rishadi, lekin arisini ham o‘ldirishadi.  (Yu. Alperovich.)

2-mashq. Har bir gapning ifoda maqsadi va tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang; qo‘llangan tinish belgilariga diqqat qilib, ular nima uchun ishlatilganini ayting. I. Bir mahallar bog‘larni to‘ldirgan qushlar qani? Yovvoyi kaptarlar, kakkular, zarg‘aldoqlar, daraxt shoxlari orasida bir parcha cho‘g‘dek yal-yal yonib yuradigan qizilishtonlar, to‘g‘on va soy bo‘ylarida javlon urguvchi mitti va go‘zal baliqchi qushlar qani? Har bir terak, har bir qayrag‘och tepasiga uya qo‘yadigan va qishloq bolalariga olam-olam quvonch keltiradigan laylaklar qayda? Qir va adirlarda, shivoq va yovshan orasida yo‘rg‘alab yuradigan va semizligidan zo‘rg‘a uchadigan qirg‘ovullar, bulduriqlar, tustovuqlar, to‘qaylardagi yovvoyi g‘ozlar qayda? Qishda, tog‘larni qor bosganda pastga, qishloqlarga uchib tushadigan gala-gala kakliklar qayoqqa ketdi? Men tog‘ oralig‘ida, archazorlar ichida suruv-suruv bo‘lib yuradigan arxarlar, ohularni aytmay qo‘ya qolay!

Albatta, bu tilsiz bechoralarning kamayib ketishiga faqat ovchilar aybdor emasdir, buning boshqa ob’ektiv sabablari ham bordir. Lekin osmondagi qushdan yerda miltiq ko‘targan ovchining ko‘payib ketgani ham rost. Eshitishimcha, ovchi uchun osmonda uchib borayotgan qushni otib tushirishdan katta zavq yo‘q emish. Ehtimol. Lekin millionlardan iborat jamiyat ovchi atalmish bir guruh kishilarning zavqi uchun o‘zini tabiatning eng ulkan in’omidan, qushlar va hayvonlarni ko‘rish, ularning ovozlarini eshitish baxtidan mahrum bo‘lolmaydi. (O.Yo.)

2-mashq. Uyushiq bo‘laklarni topib, qanday bo‘laklar uyushgan holda qo‘llanganini, ularning o‘zaro bog‘lanishni izohlang.

Polkovnik davom etdi: — Diyorning ishonchli  posboniga xos mas’uliyat hissi sizlarni hech qachon, hech qayerda bir daqiqa ham tark etmasin. O‘zingiz xizmat qilayotgan  harbiy kollektivning obro‘-e’tiborini yana oshirish uchun tinmay kurashingiz. Soldatlik oilasidagi ma’naviy va axloqiy poklikni ko‘z qorachig‘iday muqaddas deb bilib, avaylab asrang. Unutmangki, harbiy intizom bu harbiy xizmatning negizi, sarchashmasidir. Busiz yuksak jangovar tayyorgarlikni tasavvur etib bo‘lmaydi. (H. Tojiboyev.) 

Eh, tinchlikni qo‘riqlash bilan sazovormiz xalq olqishiga,

Ayting, do‘stlar, bundan ham ulkan yana qanday baxt bor kishiga!  (E.Yondash.)

Muallim — yetakchi, rahnamo, ustoz

Har orzu, har tilak, har bir xohishga.

U berar doimo aqlga pardoz,

Berar u yo‘llanma hayotga, ishga. (O‘. Rashid.)

 

15-MAVZU: Qo‘shtirnoq va qavs belgilarining qo‘llanilishi

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. O‘qing. Tegishli o‘rinlarga nuqta, so‘roq va undov belgilarini qo‘ygan holda gaplarni ko‘chiring. So‘ngra so‘z turkumlarini aniqlab, ustiga nomini yozib qo‘ying.

1. Dunyoda pul o‘g‘risi bor, mol o‘g‘risi bor, lekin qadr o‘g‘risi yo‘qmi Birovning qadrini yerga urish yo‘li bilan o‘z qadrini oshiradigan odam qadr o‘g‘risi emasmi  (P.Q.) 2. — Yo‘q, singlim, o‘limdan qo‘rqqanning kuni qursin O‘lim qo‘rqoqqa dahshat Hayotda o‘z o‘rnini topgan, ideali yuksak odam uchun o‘lim umrning qonuniy yakunlanishi Chunki u nima maqsadda yashab, nima uchun o‘layotganini biladi. Oliy maqsad yo‘lida yashab, dunyodan o‘tish naqadar sharaf (Sh.) 3. Nigoraning eng katta boshlig‘i ham, eng yaqin sirdoshi ham eri Eng katta quvonchi esa bolalari (E. Usmonov.) 4. — Domlaning planlari Napoleonning planlaridan ham katta — Xo‘sh — Domla mukofot olgani keptilar bu yerga Beruniy nomidagi Davlat mukofotini — A Qanaqa qilib — Normurod Shomurodovning ko‘zlaridagi horg‘inlik taajjub va hayrat bilan almashdi (O. Yo.) 5. Eh, ko‘ksi so‘qirlik ko‘zi so‘qirlikdan qanchalik yomon Shuncha ajoyib mashinalar kashf etgan dono odamlar nega kishining yuragini, fikru e’tiqodini ro‘yi rost ko‘rsatadigan, aniqlab beradigan birorta asbob o‘ylab topolmaydilar (Sh.)

2-mashq. Qanday tinish belgilari ishlatilganini ayting. Vergul va nuqtali vergul qo‘yilgan o‘rinlarga alohida diqqat qilib, ular nima uchun qo‘yilganini izohlang. Komponentlari vergul va nuqtali vergul qo‘yib ajratilgan qo‘shma gaplarni ko‘chirib, qo‘shma gap turini ayting.

1.Gaz-chi? Qayoqqa boshlasang, o‘z oyog‘i bilan boradi. Qayerga to‘g‘rilab qo‘ysang, o‘zi yonib, o‘zi qizitib yotadi. Ulkan xazina! Kelajakning yoqilg‘isi shu! Rohatijonligini aytmaysizmi! Barmoqday quvurchadan oqizib qo‘ysangiz, qirq quloqlik qozonni qaynatadi. (I. R.) 2. Odatda qizning go‘zalligini, aqlini hurmat qilib sevish qiyin emas, lekin ishini ham  chinakam hurmat qilib sevish qiyinroq. (P. Q.) 3. Biz yashayotgan, o‘qiyotgan, sof havodan nafas olayotgan mana shu ona tupprog‘imiz uchun bo‘lgan ayovsiz janglarda o‘n uch millat farzandlari qahramonlarcha kurashganlar. (I. R.)  4. Aytishlariga qaraganda, shamdonning og‘irligi besh pud sof tilla zkan; uni Amir Temurning buyrug‘iga muvofiq o‘sha zamondagi eng zo‘r hunarmand ustalar yasashgan ekan. (H. Irfon.) 5. Yuksak fikr, yorug‘ o‘y bo‘lmas tuban odamda, Derlarki, past tog‘ning boshida qori bo‘lmas. (U.) 6. O‘lmas o‘ziga-o‘zi dedi: “Qo‘rqma, O‘lmas, aytsang ham o‘ldiradi bular, aytmasang ham! Yaxshisi, mardlarcha halok bo‘l! Sen nomard, qo‘rqoq bo‘lsang, Iskandarov ham, Sergey amaki ham ishonib bu yoqlarga yubormas edi. Menga otam ham ishonib rozilik bermas edi. Mayli, istagancha qiynashsin!... Men mard odamning o‘g‘liman” (Yo. Shukurov.) 7. Shimol tomon biyday yalanglik, ho‘ ufqqa tutashib ketgan qirda esa qo‘yday-qo‘yday silliq, xarsanglar dumalab yotar, undan u yog‘i qop-qora qoyalar boshlanar; ship-ship bosib borayotganim serqum tuproq ustida, kuz bo‘lishiga qaramay, ko‘m-ko‘k, o‘tkir hidli, shaharda uchramaydigan baland-baland gullar, giyohlar o‘sib, shabadada to‘xtovsiz silkinib turardi. (O‘. Usmonov.)

3-mashq. Qanday tinish belgilari ishlatilganini aniqlang. Tire, qavs va qo‘shtirnoq qo‘yilgan o‘rinlarga diqqat qiling, ular nima uchun qo‘yilganini ayting. Tire qo‘llangan gaplarni ko‘chirib, uning qo‘yilish sababini izohlang.

1. Bir donishmanddan so‘radilar: — Qanday qilib ilmning eng yuqori cho‘qqisiga chiqding? Donishmand shunday javob berdi: — Bilmagan, tushunmagan narsamni olimdan ham, oddiy kishidan ham, kattadan ham, kichikdan ham so‘radim. Bu to‘g‘rida uyalmadim, nomus qilmadim, o‘zimni yuqori tutib, mutakabbir bo‘lmadim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.»)  2. Ishkom tagida stolda samovar shaqillab qaynar (Obid Yunusovich, choydishdan choy ichganday bo‘lmayman, deb doim samovar qo‘ydirardi!) Mavjuda xola nevarasiga ovqat yedirar,  dadasi yangi gazetalarni ko‘zdan kechirmoqda edi.    (O. Yo.)  3. Yoshu qari, bola-chaqa — hammasi shoshilib guzar tomongaketishardi. (Yo. Shukurov.) 4. Dala shamolidan qoraygan yuzlar, g‘o‘zaga tirnalib, issiq-sovuqni ko‘p ko‘rib chiniqqan qo‘llar (so‘nggi ikki kun qor changallab ko‘sak yulishga to‘g‘ri kelgandi), jismoniy mehnatda pishgan navqiron gavdalar hozir har qachongidan ham o‘tliroq edi. (P. Q.) 6. Amudaryo sohili. Telba daryoning ulkan idishda biqirlab qaynayotgan kofega o‘xshash bo‘tana suvi burala-burala shimoli-g‘arb tomon — Orol sari oshiqmoqda. (S. Karomatov.) 7. Azizov Farhodning gaplarini esladi: «Ajoyib apparat! Asrimizning chinakam mo‘‘jizalaridan biri! (H. Shayxov.)

 

16-amaliy mashg’ulot. Tirening qo’llanilishi. Tinish belgilarining qo’sh qo’llanilishi

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1-mashq. Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang.

1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 2. To‘g‘ri, Olim – mashhur rais, deputat, hammamiz uni hurmat qilamiz. 3. Adolatsizlik gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq - ulug‘ baxt! (SH.) 4. Uning nazarida, har bir chanoq - baxt tabassumi, har bir tola - qon tomiri; u paxta bilan tirik, paxta - uning hayoti, paxta - uning kasbi, quvonchi. (I.R) 5. «Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, - dedi Sultonmurod bo‘g‘iq ovoz bilan, - qilichingizni mahkam tuting, bahodir!». (O.) 6. Shu payt qabulxonaga Qalandarovning qalin oshnasi – Ummat Nazarov kirib keldi. (A.Q.) 7. Maktabni, maktabdoshlarimni har qancha qo‘msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. (P.Q.) 8. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildli tarixiy asarlari yonida, Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.YO.) 9. Bu – bizning chinakam mehnatimizning natijasi! 10. Erining xotirasi, bolalarining tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g‘amidan boshqa tashvishi yo‘q u muhtaramaning! (H.G’) 11. YOmon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat – odamning naqshi! (U.) 12. Anvarning hay-haylashiga qaramay, ko‘chaning o‘rtasiga tushib olib, qo‘l ko‘tardi, ammo mashinalar to‘xtamas, uni mayna qilganday, g‘izillab o‘tib ketardi. (O’.H.) 13. Qodirjonning tinch uyqusidan (nisbatan tinch, chunki u uyquda ham fikr qilardi) mamnun ayol mehr to‘la ko‘zlarini undan uzib xona to‘riga o‘tadi-da, bahor va go‘zallik nishonalarini guldonga terish bilan band bo‘ladi. 14. Bu erda, Potsdamdan, uncha uzoq bo‘lmagan Babel’sbergda, o‘zining mo‘’jazgina kottejida yakka o‘zi turardi; uning xizmatchisi bir hafta oldin toqqa - jiyaninikiga jo‘nab ketgan edi. 15. E’tiqod va muhabbat yonma-yon bo‘lgani ma’qul, biri - qalb, biri - qanot. (Mirm.) 16. Qora bulutlar tarqala boshlaydi, osmon ko‘m-ko‘k charaqlaydi, maysa, o‘t-o‘lanlar qaddini rostlaydi, daraxt shoxlari ilk barglarini chiqara boshlaydi.

2-mashq. Tinish belgilarni qo‘yib ko‘chiring.

 1. Iroda insonning qudrati sevishi va sevilishi nafrati va quvonchi vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abdulllaxonov) 2. Unga Vatanining ishi tushibdimi demak u etuk fuqaro. (H.G’.) 3. Bu o‘simliklarga doir qalingina kitob edi. (O.) 4. Oqshomdagina ko‘chalarda bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. (O.) 5. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib yurt  tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. (O.) 6. Olmalar anoru anjirlar shaftoli behilar giloslar g‘aynolilarnoklar kamolga etdi. (H.G’.) 7. Tashqari gullarga ko‘milgan sadarayhonlar qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Biz uchun suvi kul rang dengiz farzandlari uchun bu bir jonli afsona. 9. Mulla Abdulhay qulluq qiling etti uxlab tushingizga kirmagan baxt qushi boshingizga qo‘ndi. (H.G’.) 10. U bog‘da maysalar ustida dars tayyorlar edi. (SH.) 11. Baxtimizga shimoldan bir oz shamol esa boshladi. 12. Temurning ketidan mash’al olib kirdilar shu on uyning ichi yorishib ketdi. 13. A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi. (G’.G’.) 14. O’n gektar erning atrofi jamoat binolari idora bog‘cha maktab radiouzel va boshqalar bilan o‘rab olingan. (S.N.) 15. Xayr o‘g‘lim oq yo‘l bo‘lsin Xayr ko‘zim qorasi Bilkim jangda bilinadi Mard yigitning sarasi. (H.O.) 16. Qirg‘iz O’roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni kim biladi buni qachondan beri saqlab kelgan chiqarib sekingina tashladi. (O.) 17. Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. (H.O.) 18. Lekin shuni esda tutki shoshilish befoyda kechikish xavflidir.

3-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring. 

1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.) 4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.) 5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.)  13. Sizdan o‘rtoq To‘raboev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim.

 

 

17-MAVZU: Matn tahlili, undagi tinish belgilarining qo‘yilish holatlarini  izohlash

MASHG‘ULOT REJASI:

1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.

2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.

3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash

 

1–mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yili-shini izohlang.

1. Shodmon aka kulib dedi: «Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz, og‘zingiz ochilib qoladi. (YO.SH) 2. «Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan kechmaganman, endi tashlab ketarmidim», - deb javob berdi Yo‘ldosh bobo. (Yo.Sh.) 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon otaning : «Qo‘rqma, chirog‘im, polvonning qo‘lidan mol bo‘tasi qochib qutulgan emas», - degan ovozi eshitildi. 4. «Rahmat, direktor buva», - deganicha bola yana chopib ketdi. (SH.) 5. Onam buvimga qarab dedi: «Qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin bolam». (O.) 6. «Kechikdingiz, do‘stim, - dedi Karim tantana bilan, - men qovun uchun er hozirladim». 7. «Ma, buni tik, - dedi u yaktagini echib, - ma». (A.Q.)

2-mashq. Ko‘chirma gap va avtor gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.

1. Barno uzr so‘raganday, ovozini pasaytirib dedi endi sizning gaplaringizga quloq solaman. (H.N.) 2. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim endi aytadigan bo‘ldim. (As.M.) 3. Bu haqiqat! dedi Orif aka. (As.M) 4. Azimjon, kun tig‘iga qolmay yo‘lga chiqib olaylik! dedi Ochil  buva mashina tomon yurib. (As.M.)

5.  Adabiyot gap boshladi,

    YAngi fikr axtarib;

    Men darslarning burrosiman

    Der darrovdan maqtanib. (P.M.)

6. «Ona tili» turib dedi o‘z tilini bilmay turib, Bilish qiyin boshqani. (P.M.) 7. Bu o‘ljalar dedi Olimov bolalarini tinchitib maktab biologiya kabinetiga kerak. (H.N.) 8. Men ham, birodar, sendan qolishmaydigan bo‘laman derdi u Karpovichning suratiga qarab. (B.P.) 9. Endi dam olamiz dedi Bektemir Zinaning sovuq, oqargan yuzini silab. (O.) 10. Bunkerni qisqa bog‘lang deb buyurdi Komila. (As.M.)

         3-mashq. Nuqtalar o‘rniga o‘zingiz avtor gapini qo‘yib chiqing va tinish belgilarini belgilab, gaplarni ko‘chiring.

         1. Sinfimiz o‘quvchilari sport musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladilar. 2. Bizga choy keltirib bersangiz... . (Y.Sh.) 3. Qirg‘ovul bilan bedana ... hech qachon tushgan joyida turmaydi. (Y.Sh.) 4. Sizlar bimetall plastinkani o‘qigansizlar, yodlaringizdami?... (Y.Sh.) 5. To‘g‘ri, bizning xo‘jalik bu yil planni ortig‘i bilan bajarishni mo‘ljallagan ... . G’o‘zamizning cho‘g‘i yaxshi. (Y.Sh.)

         4-mashq. Ko‘chirma gap va avtor gapi («K»., -A.) shaklida tuzilgan misollarni, avtor gapi va ko‘chirma gap (A: «K».) shakliga keltirib, tinish belgilariga rioya qilib ko‘chiring.

         1. «Men maymunjon tergani shu ergacha kelgan edim», - dedi Qo‘ziboy. (H.N.) 2. «Qani, ukajonlar ashulani to‘xtatmanglar», - dedi Marhamat. (H.N.) 3. «Arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar, bir yopishsa qo‘ymaydi», - deb ogohlantirdi Olimov. (H.N.) 4. «Ota, qaergacha quvib bordingiz?» - dedi Haydarov cholning gaplarini tez-tez yozib borar ekan. (S.Ahm.)

 

 

                               Seminar mashg’ulotlari

1-MAVZU:YOZMA NUTQ ME’YORLARI. YOZMA NUTQNING NAZARIY MASALALARI

 

                  Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1.   Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

2.   Yozuvning jamiyat hayotidagi ahamiyati qanday?

3.   Yozuv nima? Uning komponentlariga nimalar kiradi?

4.   O‘zbek xalqi qanday yozuvlardan foydalangan?

5.   Hozirgi o‘zbek grafikasi qanday belgilarni o‘z ichiga oladi?

6.   Orfografiya nimani o‘rganadi?

7.   Punktuatsiya nimani o‘rganadi?

 

2-MAVZU:YOZUV VA YOZUV TARIXI. LOTIN GRAFIKASIGA ASOSLANGAN YOZUVNING GRAFIK TAVSIFI

                   Mavzuni mustahkamlashuchun savollar:

1.   O‘zbek xalqi XX asrda qanday yozuvlardan foydalangan?

2.   Arab grafikasi asosidagi eski o‘zbek yozuviga qaysi yillarda qanday o‘zgartirishlar kiritilgan?

3.   Arab grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan nechanchi yilgacha foydalanildi?

4.   Arab grafikasidan lotin grafikasiga ko‘chish jarayoni qanday kechdi?

 

YOZMA NUTQ VA ORFOGRAFIYA TAMOYILLARI

Savollar:

1.                 Orfografiya nimani o‘rganadi?

2.                 Orfografiyaning asosiy prinsiplari

3.                 Fonetik prinsip

4.                 Morfologik prinsip

5.                 Fonematik prinsip

6.                 Etimologik prinsip

7.                 Tarixiy-an`anviy prinsip

 

              YOZMA NUTQ VA  IMLO QOIDALARI

 

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1.   O‘zbek alifbosini yoddan ayta olasizmi?

2.   Eski (kirillcha) o‘zbek alifbosi bilan yangi (lotincha) alifbo orasidagi farqlarni aytib bering.

3. Bosh harflar qaysi o‘rinlarda yoziladi? Misollar keltiring.

4. Qo‘shtirnoq qo‘llanadigan atoqli otlarni aytib bering.

5. Unlilar va undoshlar orasidagi farqlar nimada?

 

 

ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI BO‘YICHA MASHQLAR

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1. Lotin-o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon va qanday nom bilan qabul qilingan?

2. Hozir amalda qo‘llanib turgan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” necha bo‘limdan iborat?  Bo‘limlarning nomlanishi?

3.Har bir bo‘lim tarkibiga kiritilgan imlo qoidalarining mazmuni bilan tanishmisiz?

4.Lotin-o‘zbek va rus-o‘zbek yozuvlari imlo qoidalarida qanday tafovutlar bor?

5 Rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlariining imlo qoidalariga asos bo‘lgan prinsiplarning tanlanishida tafovutlar bormi? Misollar, faktlar.

QO‘SHIB VA AJRATIB YOZISH IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI

Savollarga javob bering.

1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida  qo‘shma, juft, takroriy va qisqartma so‘zlar imlosi  haqida ma’lumot beriladi?

2. Qaysi holatlarda qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi?

3. Qaysi holatlarda juft so‘zlar o‘rtasida chiziqcha qo‘yilmaydi?

4.  Qo‘shma so‘zlar qaysi yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi?

5. Takroriy so‘zlar ofografiyaning qaysi tamoyili asosida yoziladi?

6. Qisqartma so‘zlar ofografiyaning qaysi qoidasiga muvofiq asosida yoziladi?

7. Juft so‘zlarning yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?

8. Rus tilidan o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar qanday imlo qoidasiga muvofiq yoziladi?

9. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida juft so‘zlar imlosi  qaysi  jihatdan farqlanadi?

10. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida qo‘shma so‘zlar imlosi  qaysi  jihatdan farqlanadi?

CHIZIQCHA BILAN YOZISH IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI

Savollarga javob bering.

1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida  qo‘shma, juft, takroriy va qisqartma so‘zlar imlosi  haqida ma’lumot beriladi?

2. Qaysi holatlarda qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi?

3. Qaysi holatlarda juft so‘zlar o‘rtasida chiziqcha qo‘yilmaydi?

4.  Qo‘shma so‘zlar qaysi yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi?

5. Takroriy so‘zlar ofografiyaning qaysi tamoyili asosida yoziladi?

6. Qisqartma so‘zlar ofografiyaning qaysi qoidasiga muvofiq asosida yoziladi?

7. Juft so‘zlarning yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?

8. Rus tilidan o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar qanday imlo qoidasiga muvofiq yoziladi?

9. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida juft so‘zlar imlosi  qaysi  jihatdan farqlanadi?

10. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida qo‘shma so‘zlar imlosi  qaysi  jihatdan farqlanadi?

BOSH HARFLAR IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI

Savollarga javob bering.

1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida  bosh va kichik harflar  imlosi o‘rganiladi?

2. Qaysi holatlarda so‘zlar bosh harf bilan yoziladi?

3. Qaysi so‘zlarni bosh harf bilan ham, kichik harf bilan ham yozsa xato hisoblanmaydi?

4. Ko‘ngil, dengiz, singil, yorug‘, ona, yangi, meshchan so‘zlari qaysi qoida asosida bo‘g‘inga ko‘chiriladi?

5. Qanday so‘zlar bo‘g‘inga ko‘chirilmaydi?

6. Qanday so‘zlar ham bosh harf bilan, ham qo‘shtirnoq ichida yoziladi?

7. Ona-Vatan, Siz, О‘zbekiston Qahramoni, Janubiy Koreya so‘zlarining yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?

8. Kishilarning ism-familiyalari qanday qoidaga muvofiq yoziladi?

9. Qanday atoqli otlar grafik yozuv qoidasi asosida yoziladi?

10. Qanday holatda so‘zlar kichik harflar bilan yoziladi?

11. Qaysi so‘zlarning bo‘g‘inga ko‘chirilishi  lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida farqlanadi?

 

KO‘CHIRISH QOIDASIGA OID MASHQLAR TAHLILI

Mavzuni  mustahkamlash uchun  savollar: 

1.   Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

2.   Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

3.   Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

4.   Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering.

5.   Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

6.   Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan?

7.   Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering.

 

Kirill va lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidalarinining qiyosiy  tahlili

 

Mavzuni mustahkamlashuchun savollar:

 

1.   Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosiga yo‘1-yo‘lakay qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

2.   Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

3.   Kirill grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

4.   Kirill grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon yuzaga keldi?

5.   Yangi (lotincha) o‘zbek alifbosining birinchi va ikkinchi variantlari qachon qabul qilindi?

6.   Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlangan?

 

PUNKTUATSIYA VA UNING PRINSIPLARI.TINISH

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.   Punktuatsiya termini qanday ma’nolarda qo‘llaniladi?

2.   Punktuatsiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

3.   Punktuatsiya qaysi sohalar bilan aloqada bo‘ladi?

4.   Tinish belgilarning yozma nutqdagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

5.   Punktuatsiya taraqqiyoti nechta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi?

6.   Punktuatsiya tamoyillari qaysilar?

7.   Logik-grammatik tamoyil asosida qaysi tinish belgilari ishlatiladi?

8.   Uslubiy tamoyil mezonlari nimadan iborat?

9.   Farqlovchi (differensial) tamoyil nima asosida ish ko‘radi?

 

NUQTA, SO‘ROQ, UNDOV BELGILARINING QO‘LLANILISHI

Savollarga javob bering.

1.             O’zbek punktuatsiyasi bo‘yicha ishlagan tilshunoslardan kimlarni bilasiz?

2.             Punktuatsiyaning qanday lingvistik asoslari bor?

3.             Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra tasnifi..

4.             Tinish belgilarining qo‘llanish usuliga ko‘ra tasnifi.

5.             Tinish belgilarining tuzilish jihatidan tasnifi.

6.             Tinish belgilarining vasifasiga ko‘ra tasnifi.

 

VERGUL, NUQTALI VERGUL BELGILARINING QO‘LLANILISHI

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.     Nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.     Nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

3.     Matematika fanida nuqtaning vazifasi nima?

4.     Nuqta qaysi o‘rinlarda uslubiy vosita sifatida qo‘llaniladi?

5.     Vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

6.     Vergul sodda gaplarda asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

7.     Vergul qo‘shma gaplarda qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

8.     Kirishlar, undov so‘zlar qanday holatda vergul bilan ajratiladi?

9.     So‘roq belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

10. So‘roq belgisi asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

11. Undov belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

12. So‘roq va undov belgilari qanday hosil qilingan?

13. Undov belgisi qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

 

KO‘P NUQTA VA IKKI NUQTA BELGILARINING QO‘LLANILISHI

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.     Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

2.     Ikki nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

3.     Ko‘p nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?

4.     Nuqtali vergul asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

5.     Ko‘p nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?

 

QO‘SHTIRNOQ VA QAVS BELGILARINING QO‘LLANILISHITIRENING QO‘LLANILISHI. TINISH BELGILARINING QO‘SH QO‘LLANILI

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1. Qavs belgisi qachondan ishlatila boshlangan?

2.Qavsning qo‘llanish o‘rinlarini misollar bilan izohlang.

3. Tire va uning tarixi, qo‘llanish o‘rinlari haqida ma’lumot bering.

4.Qo‘shtirnoq qaysi o‘rinlarda qo‘llanadi?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fanni mustahkamlovchi savol va mashqlar:

1. Fe’l nisbatlarini yasovchi qo‘shimchalar qanday yoziladi?

2. Qo‘shma fe’llarning yozilishi haqidagi qoidalarni eslang. Misol keltiring.

3. Quyidagi o‘xshash (paronim) so‘zlarning ma’nosini imlosiga qarab tushuntirib bering:

quyildi — quyuldi, yuvundi — yuvindi, tushuncha — tushunib, yondosh — yondash.

4. Ravishlarning imlosiga oid qoidalarni aytib bering.

O‘zbek tilshunosligining amaliy bo‘limlaridan biri — orfoepiya bo‘lib, u to‘g‘ri so‘zlash (orfo — to‘g‘ri, epos — so‘zlash) qoidalari haqida bahs yuritadi. To‘g‘ri so‘zlash, avvalo, shaxsning madaniy yetukligini belgilaydi.

Talaffuzda sheva xususiyatlariga yo‘l qo‘ymay, adabiy tilda so‘zlash muhim ahamiyatga ega: oka emas, aka; apa emas, opa; kelutti, kelopti, kevotti emas, kelyapti kabi.

Adabiy talaffuzning ba’zi qoidalari:

1. Aql, qism, ism, fikr, vaqt, ilm, hal, uzr, xalq, naql, naqd, nasl, hukm kabi arabcha so‘zlarning barchasida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Bu bilan orfografik xatoning ham oldi olinadi.

2. Muhim, mudir, muqim, muhit, mumkin, munis kabi arabcha so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini urg‘u oladi hamda juda aniq talaffuz etiladi.

3. Bahor, nahor, savol, savob, avval, shamol kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi a tovushi o tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.

4. Obr/a/z, trakt/o/r, direkt/o/r kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi keyingi unli tovush deyarli talaffuz etilmaydi. Lekin yozuvda a va o harflari saqlanadi: obraz, traktor, direktor va b. Bu xil so‘zlarda o unlisi urg‘u olsa o‘ tarzida, urg‘u olmasa a kabi talaffuz qilinadi: polk, tonna va dotsent, izotop.

5. Urg‘uning o‘rnini o‘zgartirish so‘z ma’nosiga ta’sir qiladi: bog‘lar bog‘lar, surma — surma, atlas — atlas, mexanik — mexanik, fizik — fizik, olma — olma kabi qatorlarda so‘zlarning ma’nosi faqat urg‘u yordamida ajratiladi.

So‘zlarning urg‘usini ko‘chiring va ma’noda qanday o‘zgarish bo‘lganini ayting.

Chog‘lar — chog‘lar, bog‘lar — bog‘lar, yigitcha — yigitcha, qo‘llar — qo‘llar, ishlar — ishlar, ahl — ahil.

Urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib o‘qing; shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.

vazn, madh, nazm, nasr, fasl, sabr, rahm, mehr, jins, mulk, husn.

She’riy matnni o‘qing. Har bir so‘z urg‘usini qo‘ying.

1. Odam bo‘lib odam qadrin bilmagan Kishilardan o‘tlab yurgan mol yaxshi, So‘zlaganda so‘z ma’nosin bilmagan Insonlardan so‘zlayolmas mol yaxshi. (Maxtumquli) 2. Non yopadi tongda novvoyi, Hovlisida gullar anvoyi, Ko‘rsa arzir hazrat Navoiy, Serfarzand-u serto‘y mahallam, Orttiraver obro‘, mahallam. (P.M.)

Gapda ham ayrim so‘zlar urg‘u olib kuchliroq aytiladi. Odatda, urg‘u olgan so‘z ko‘pincha kesim oldida keladi. Buni mantiqiy urg‘u deymiz.

Bitta gapda nechta so‘z bo‘lsa, hammasi o‘z o‘rnida mantiqiy urg‘u olishi mumkin:

1. Bugun Toshkentda o‘qituvchilar anjumani ochiladi.

2. Toshkentda o‘qituvchilar anjumani bugun ochiladi.

3. Toshkentda o‘qituvchilar anjumani bugun ochiladi.

4. O‘qituvchilar anjumani bugun Toshkentda ochiladi.

 Berilgan matndagi so‘zlardan urg‘u olgan unli tovushni aniqlang.

Mutolaa inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Kitob o‘qimagan talaba darslarni tushunmaydi, quruq yodlashga moyil bo‘ladi, o‘zi o‘qigan bilim va fan xulosalarini muhokama etmaydi, natijada o‘quvchining zehni o‘tmaslashadi, «eslab qoladigan jonli asbobga» aylanadi. Bu juda xavflidir. Bu yo‘l kishining aqlini ham, aqliy faoliyatini ham, tabiiy iste’dodini ham zaiflashtiradi. Bu xavfdan qochish kerak, o‘tdan qanday qo‘rqsak, bu kasallikdan ham shunday qochish kerak. Donolar aytishgan edi:

Har kimki qo‘lidan tushmadi kitob,

Ilm osmonida u bo‘ldi oftob.  (N. Ganjaviy)

Berilgan so‘zlarning urg‘usini to‘g‘ri qo‘yib ko‘chiring. Imlosini esda saqlang.

Sibir, qit’a, ya’ni, ta’zim, ma’naviy, san’at, Sa’diy, va’da, juz’iy, daf’a, taqozo.

Eslatma: Talaffuz me’yorlariga oid quyidagi qoidalarni bilib oling:

1. O‘zbek tilida tutuq belgisi unli tovushdan so‘ng kelsa, o‘sha unli cho‘zib talaffuz qilinadi, undoshdan so‘ng kelsa, ayirib o‘qiladi. Masalan: alo, Rano, talim, masuliyat, qat’iyat kabi.

2. b, v, g, d, z tovushlari urg‘usiz bo‘g‘inlarda, so‘z oxirida, jarangsiz undoshlar yonida jarangsizlashadi va shunday talaffuz qilinadi: ketti, kitop, zavot, isnot va b. Lekin yozuvda qoidaga amal qilinadi: zavod, isnod, kitob, ketdi.

3. Bir so‘ziga -ta qo‘shimchasi qo‘shilganda, r tovushi t ga aylanadi va shunday o‘qiladi hamda yoziladi: bitta.

4. Qo‘sh undoshlar to‘liq talaffuz qilinadi: muhabbat, takabbur, muqaddas, raddiya, izzat, muallim, tavallud, muammo, himmat, tamanno, tannoz, muyassar, qassob.

5. f tovushi ko‘p hollarda p tarzida aytiladi, lekin uni aniq talaffuz etish va yozish talab qilinadi: pabrika emas, fabrika, shapqat emas shafqat. Bu o‘rinda har ikki tovushning ma’no ayirishdagi o‘ziga xos xususiyatini ham nazarda tutish lozim: sof — sop, tif tip va b.

6. x va h tovushlari ikkita mustaqil fonemadir; ularni juda aniq talaffuz qilishni o‘rganish lozim.

Muhimi, har ikki tovush ma’no ayiradi: xush — hush, xol — hol, xiyla — hiyla, shox — shoh, xam — ham, uxlamoq — uhlamoq va b.

7. Qo‘shma fe’llarning qisqargan shakli talaffuz qilinsa ham, uning to‘liq shakli yoziladi: opketti — olib ketdi, opqochti — olib qochdi kabi.

8. Barcha yuklamalar urg‘usiz bo‘ladi: siz-mi, siz-chi, meni-ya, siz-a, siz-da. O‘xshash formalar (omoformalar) urg‘u bilan aytilib, ikkinchi (urg‘usiz) formadan ajratiladi: ishda (ish-da).

Berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishini solishtiring.

Unutti — unutdi, o‘qipti — o‘qibdi, maxsad — maqsad, chochiq — sochiq, Boxodir — Bahodir, yo‘xlab keldi — yo‘qlab keldi, chochdi — sochdi, bohor — bahor.

 Gaplarni o‘qing. Orfoepik va leksik xatolarni aniqlab, to‘g‘rilang.

1. Baxtga qarshi, ko‘pchilik aql to‘lganda, ozchilik esa, aql ozayganda olamdan o‘tadi. 2. Bu daraxt Maktuba juda yaxshi ko‘radigan, to dovuchchaligidan boshlab yeb yuradigan qantak o‘rik edi. (M. Qoriyev.) 3. Yo‘q, Sobir Sobirovich hozir zaynitlar, boshqa vaqtda zvonit qiling.(S.Ahm.) 4. Biz 10-15 keksa sho‘tta to‘planishib, bo‘lajak choyxona rejasini tuzvotgan edik, birdan rais kelib qoldi. (Radiodan.) 5. Vot tak, Xurshidjon yosh bo‘lishiga qaramay, respublikada xizmat ko‘rsatgan artist degan sharafli unvon egasi Salimovning nuri diydalari. (N.Aminov.) 6. Uchinchi to‘pning avtori tepgan so‘nggi to‘pi o‘yindan chiqib, tashqari holatda edi. (Futbol reportajidan.) 1. Mashi deng, ko‘mmasam, ayaq tiravoldi.

Quyidagi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi a tovushining talaffuziga e’tibor bering.

Muvaffaqiyat, mashq, muzaffar, xavf, mashina, davlat, sazovor.

O‘qing, i va u unlilarining talaffuziga e’tibor bering. Shu so‘zlardan beshtasini qatnashtirib gap tuzing.

Buyuk, junjikmoq, kuzgi, musicha, pushti rang, turtki, tulki, mumkin, tutqich, kultivatsiya, turnik, kubik, stadion, universal, Yupiter, dispanser, divan, gipnoz, gigiyena, pijama, gimnastika, muhit, girdob, muhim, uyqu, qovurma, tovush, zovur, umid, muxbir.

Tarkibida i, u unlilari bo‘lgan so‘zlarning aytilishiga e’tibor berib, maqollarni ko‘chiring.

1. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. 2. Ishlikning ishi bitar, ishsizning kuni o‘tar. 3. Shirin so‘z shakardan shirin. 4. Qimirlagan qir oshar. 5. Uyat o‘limdan qattiq. 6. To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir. 7. Tog‘ning ko‘rki — tosh bilan, odamning ko‘rki — bosh bilan.

So‘zlarni to‘g‘ri o‘qishni mashq qiling.

1. Kashf, ilm, sarf, qarz, arz, aks, ayb, akt, fakt, mulk, fikr, aql, mashq.

2. Muallim, muzaffar, muvaffaqiyat, murabbiy, muddat, muassasa, tavakkal, muharrir, karra, Quddus Muhammadiy, Muyassar Sharafiddinova, Muhabbat Abdullayeva.

Quyidagi so‘zlarning aytilishi va yozilishiga e’tibor bering. Shu so‘zlar qatnashgan o‘nta gap tuzing.

Jizzax, Samarqand, Toshkent, professor, issiq, jizza, izza, o‘ttiz, chaqqon, qattiq, g‘ijjak, achchiq, parrak, arra, sodda, modda, labbay, ittifoq, zarra, diqqat, rassom, pashsha, muqarrar, muqaddas, murakkab, mukammal, do‘ppi, minnatdor, attestat, tashakkur, tashabbus, albatta, vanna, mahalla, sport, front, punkt, juft, konspekt, kaft, zabardast, past, amalparast, durust, daraxt, rost.

 Ko‘chiring, x va h undoshlarning talaffuziga e’tibor bering.

Xalq, xabar, shox, xom, mahraj, maxsus, maxfiy, mexanizm, mehmon, mehr, mehnatkash, tahlil, daho, mahkam, hukm, hokim, behi, siyohdon.

 

GLOSSARIY

 

ARAB RAQAMLARI avval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy  xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.

ARAB YOZUVI. VIII asr boshlaridan 1930-yilgacha O‘zbekiston hududida  amalda bolgan yozuv.

ABZASnemischa –“ absetzen”  - surmoq, nari surmoq, aynan xatboshi.

AJRTIB YOZISH – imloda so‘zlarni ajratib yozish tamoyili.

ALFAVIT – harflarning ma’lum tartibda joylashtirilgan qatori.

BOSH HARFLAR IMLOSI – imloda so‘zlarni bosh harf bilan yozish tamoyili.

BO‘G‘IN KO‘CHIRISH – yozuvda so‘zning qatorga sig‘may qolgan qismini ma’lum qoida asosida keyingi qatorga yozish.

HARFLARGA ASOSLANGAN GRAFEMALAR tilda mavjud bo‘lgan fonetik-fonologik birliklarniifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so‘zidagi  beshta fonemani ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi.

MONOGRAFEMALAR bir harfdan iborat bo‘ladi: a, b, d…

DIGRAFLAR ikki harf qo‘shilmasidan iborat:  ng, ch, sh.

TINISH BELGILARIGA ASOSLANGAN GRAFEMALAR nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan belgilardir.

RAQAMLARGA ASOSLANGAN GRAFEMALAR miqdor va tartib tushunchalarini yozuvda aks ettirish uchun qo‘llanadigan grafemalardir.

RIM RAQAMLARI eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan yaratilgan va qadimgi rimliklar qo‘llagan raqamlardir: I (bir), V (besh),   X (o‘n),   L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming).

RAMZIY BELGILARGA (SIMVOLLARGA) ASOSLANGAN GRAFEMALAR ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo‘llanadigan maxsus belgilar tizimi:a) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv),  + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), x (iks),(katta), < (kichik) va boshqalar;

b) astronomiyaga oid  ramziy belgilar -ʘ (Quyosh), (Mars),    (Venera),  ђ(Saturn) va boshqalar;

d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar -  <>(o‘tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho‘ziqlik belgisi;

e) moliyaga oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling).

Yozuvning turlari: 1.Piktografik yozuv. 2.Ideografik yozuv.                    3. Iyeroglifik yozuv. 4. Fonografik yozuv

PIKTOGRAFIK (lot.  pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman) yozuv rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi.

IDEOGRAFIK (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman ) yozuvni “tushunchaviy yozuv” desa bo‘ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi.

IYEROGLIFIK (yun.  hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar) yozuv ideografik yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik yozuvda qo‘llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi.

FONOGRAFIK (yun. phone – tovush, grapho – yozaman degani) yozuv eng mahsuldor yozuv sifatida yuzaga keldi, chunki bu yozuv tilning fonetik tomonlarini ham aks ettirishga imkon yaratdi. Buning mohiyati shundaki, endi so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linib, har bir bo‘g‘in ayrim iyeroglif yordamida ifodalangan.

MIXXAT. Eramizdan oldin VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida  ishlatilgan yozuv (namunasi oldingi bo‘limda berilgan).

OROMIY YOZUVI. Finikiy yozuvi asosida eramizdan oldin 1-ming yillikda oromiy davlatida shakllangan consonant yozuvdir. Uning namunalari oromiylar shohi Farasman tomonidan chiqarilgan tangalar orqali bizgacha yetib kelgan.

YUNON VA KAROSHTA YOZUVLARI. Eramizdan oldingi III-I asrlarda ishlatilgan yozuvdir. 

 SO‘G‘D YOZUVI. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv.

XORAZM YOZUVI. II asr oxiri III asr  boshlarida Xorazm shohi chiqargan tangalarda uchraydigan yozuv bo‘lib, oromiy yozuviga o‘xshash bo‘lgan. 

O‘RXUN-ENASOY YOZUVI. Namunalari Mo‘g‘ulistonning O‘rxun (yoki O‘rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan topilgan yozuv.

UYG‘UR YOZUVI. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo‘g‘ullar tomonidan qo‘llangan yozuv.

LOTIN YOZUVI. 1929-yildan 1940-yilgacha O‘zbekistonda amal qilingan yozuv. Maktablarda bu alifboga o‘tish 1927-28 o‘quv yilidan boshlanib, 1929-30 o‘quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to‘liq o‘tib bo‘lingan.

KIRILL YOZUVI. 1940-yil 6-8-may kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo‘lib, unga to‘liq o‘tish 1942-yil boshlarida yakunlandi.

YANGI LOTIN YOZUVI.  1993-yilda maxsus qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonun. 1995-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi.

GRAMMATIK ME’YOR – so‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi.

GRAFIKA - yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti.  U  harfiy

va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini

ta’minlaydi.

GRAFEMA  - grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va

ifodalanuvchi tomonlari bor bo'lgan semiotik belgi.

HARF – nutq tovushlarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiluvchi shakllar.

HARFLAR BIRIKMASI – bir tovushni ikki harf bilan ifodalanishi.

IMLO – 1)so‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi; 2)so‘zlarning yozlishidagi barqarorlik, qat’iylik.

IMLO LUG‘ATI – 1)so‘zlarni to‘g‘ri yozishni ko‘rsatuvchi lug‘at; 2)so‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to‘g‘ri yozilishini qay etuvchi lug‘at.

IMLO QOIDALARI – so‘zlarni to‘gri yozishga qaratilgan maxsus qonun qoidalar majmui.

IMLONING AN’ANAVIY TAMOYILI – imloning morfologik yoki fonetik asosga ega bo‘lmagan, faqat an’anaga, ya’ni avvalgi yozilishiga asoslanuvchi tamoyil.

IMLONING FONEMATIK TAMOYILI – alifbo harlari bilan u yoki bu pozitsiyada talaffuz etiluvchi tovushlar emas, bu tovushlarni birlashtiruvchi fonemaning o‘zi tasvirlanadi.

IMLONING FONETIK TAMOYILI –  imloda so‘zlarni talaffuziga ko‘ra yozish tamoyili.

IMLONING MORFOLOGIK TAMOYILI – so‘zlar (qo‘shimchalar) talaffuziga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi.

IMLONING TARIXIY TAMOYILI – aynan imloning an’anaviy tamoyili.

IMLOVIY TAHLIL – so‘zdagi orfogrammalarni ajratish, ularning turini aniqlash,qaysi qoida asosida yozilishini belgilash va shu kabilar nuqtai nazaridan bo‘ladigan tahlil.

IZOFA -  fors va boshqa ba’zi tillarda aniqlovchi va aniqlanmish munosabatini ifodalovchi vositalardan biri.

ORFOEPIYA – (yun. orthos – to‘g‘ri +epos – nutq) so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qoidalari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi.

ORFOGRAFIYA -(yun. orthos – to‘g‘ri +grapho -yozaman) so‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi.

PUNKTUATSIYA – (lot punctuatio<punctum – nuqta) tinish belgilarining qo‘llanilishiga doir qoidalar to‘plami.

PUNKTUATSION TAHLIL – gapda tinish belgilarining pnktuatsiya qoidalariga mos holda yo unga zid holda ishlatilganligi, shuningdek, punktuatsiya qoidalari talab etiladigan yoki bu tinish belgisining qo‘llanilmaganligini belgilash nuqtai nazaridan bo‘ladigan tahlil.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1. Ahmedova N. O‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi asoslari. - Toshkent, 2016.

2. Eltazarov J. O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohotlari tarixidan (sotsiolingvistik tahlil). - Toshkent, 2006.

3. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. - Toshkent, 1999.

4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent, 2013

5. Abdullayev Y. Sovg‘a. - Toshkent, 1996

6. Жамолхонов X,., Сапаев Қ. Имло муаммолари. - Toшкент, 2007.

7. Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism. - T., 1990, 88-b.

8. Nazarov K., Egamberdiyev B. O‘zbek tili ishora-imlo qoidalari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996, 6-b.

9. Shoabdurahmonov Sh. Punktuatsiya qoidalari. - Toshkent, 1953;

10.     Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek tilida punktuatsiya. - Toshkent, 1955;

11.     Nazarov K. Tinish belgilari va yozma nutq. - Toshkent: Fan, 1974;

12.    Nazarov K., Egamberdiyev B. O‘zbek tili ishora-imlo qoidalari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996;

13.    Abdurahmonov G„. Punktuatsiyani o‘rgatish metodikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1968.

14.     Tog‘ayev T. Ashurali Zohiriy va uning tilshunoslik merosi: Filol. fan. nom.

... diss. - Toshkent, 2005, 46-b.

15.     Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 177-b.

16.    Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 95-120-betlar.

17.    Mahmudov N., Madvaliyev A., Mahkamov N. Punktuatsiya - fikrni yozma mukammal ifodalash vositasi // O‘zbek tili va adabiyoti. 2015, №1, 57-79 betlar.

18.     Rasulov I. Tanlangan asarlar. II jild, 81-b.

19.     Ўзбекорфографиясинингасосийкоидалари. - Toshkent, 1956.

20.      Mirtojiyev M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent, 2004.

21.      G‘ulomov A. Ona tili ta'limi mazmuni. -T.: O‘qituvchi, 1995

22.      G‘ulomov A. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. -T.: O‘qituvchi, 1998.

23.      The Bumper Guide to Spelling, Punctuation and Grammar. 2015.

24.      Grammar, punctuationand spelling mark schemes. 2015.

25.     Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68.

26.     O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari / Nashrga tayyorlovchi: Rahmatullayev Sh. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

27.     O‘zbek tilining imlo lug‘ati./ Tuzuvchilar: Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

28.      Ўзбек пунктуациясининг асосий қоидалари. - Тошкент: Фан, 2015.

29.      http:/www. ziyonet.uz.Ta’lim portali

30.      http:/www.pedagog.uz/ Pedagogika muassasalari portali.


 

31.      Скачано с www.znanio.ru



[1] Mahmudov N. Ozbek adabiy tili: Alifbo va imlo muammolari. Ozbek tilining dolzarb masalalari ToshDOTAU, Respublika ilmiy-anjumani materiallari, Toshkent, 2016-yil, 10-bet.

[2] Y.Abdullayev. Hamrohim. Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma. Toshkent, 1996-yil, 5-bet.

[3] Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism. - T., 1990, 88-b.

[4] ЖамолхоновX-, СапаевX- Имломуаммолари. - Toshkent, 2007, 172-б.

 

[5] Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent, 2013, 181-b.

[6] Jamolxonov H. Ko‘rsatilgan asar. 177-181 b.

[7]  Bu haqda qar.: Tog‘ayev T. Ashurali Zohiriy va uning tilshunoslik merosi: Filol. fan. nom. ... diss. - Toshkent, 2005, 46-b.

[8]  Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 177-b.

[9]  Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 95-120-betlar.

[10] Tinish belgilari haqidagi ma’lumotlarning berilishida N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamovlarning “Punktuatsiya - fikrni yozma mukammal ifodalash vositasi” maqolasiga asoslanildi. Qarang: Mahmudov N., Madvaliyev A., Mahkamov N. Punktuatsiya - fikrni yozma mukammal ifodalash vositasi // O‘zbek tili va adabiyoti. 2015, №1, 57-79 betlar.

[11] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 210-b.

 

[12] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 100-b.

[13] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 211-b.

[14] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 100-b.

[15] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 211-b.

[16] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 97-b.

[17] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 211-b.

[18] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 211-b.

[19] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 212-b.

[20] Fitrat A. Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006, 212-b.

[21] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 103-b.

[22] Bu haqda qarang: Tog‘ayev T. Ashurali Zohiriy va uning tilshunoslik merosi: Filol. fan. nom. ... diss. - Toshkent, 2005, 46-b.

[23] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 96-b.

 

[24] Y.Abdullayev. Hamrohim. Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma. Toshkent, 1996-yil, 5-bet.

YOZMA NUTQ ME’YORLARI FANI, UNING

YOZMA NUTQ ME’YORLARI FANI, UNING

Mening maktab aro bo‘lur murodim,

Mening maktab aro bo‘lur murodim,

Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma’noni anglatadi

Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma’noni anglatadi

Orfografiyaning orfoepiya bilan bog‘liqligini imlo qoidalarining ko‘pchiligini talaffuzga nisbatan belgilanishida ko‘rish mumkin

Orfografiyaning orfoepiya bilan bog‘liqligini imlo qoidalarining ko‘pchiligini talaffuzga nisbatan belgilanishida ko‘rish mumkin

Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan

Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan

Bu yozuv uch tarmoq asosida rivojlanadi: 1

Bu yozuv uch tarmoq asosida rivojlanadi: 1

Markaziy Osiyo xalqlarining eng eski yozma yodgorliklarini o‘rganish, ular ustida ilmiy tadqiqot olib borish o‘ta jiddiy masala

Markaziy Osiyo xalqlarining eng eski yozma yodgorliklarini o‘rganish, ular ustida ilmiy tadqiqot olib borish o‘ta jiddiy masala

Ustodi a vv al» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla

Ustodi a vv al» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla

Shu tariqa imlochilar ikkiga - yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi

Shu tariqa imlochilar ikkiga - yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi

Xalq Komissarligiga yangi (lotincha) -turkiy alifbo loyihasini yuboradi

Xalq Komissarligiga yangi (lotincha) -turkiy alifbo loyihasini yuboradi

O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi

O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi

Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) «e» harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi «a» harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan «o» unlisi uchun alifboga usti…

Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) «e» harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi «a» harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan «o» unlisi uchun alifboga usti…

Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz»

Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz»

Uarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi

Uarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi

To‘rtinchi davr (ikki yozuvlilik yillari) 1993-yilning 2 - sentabrida o‘n ikkinchi chaqiriq

To‘rtinchi davr (ikki yozuvlilik yillari) 1993-yilning 2 - sentabrida o‘n ikkinchi chaqiriq

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon yuzaga keldi?

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon yuzaga keldi?

Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy…

Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy…

Uu harfi: 1) uy, kun; buzoq, buloq,

Uu harfi: 1) uy, kun; buzoq, buloq,

F f harfi: 1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) fasl, fayz,

F f harfi: 1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) fasl, fayz,

G g harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalsh uchun yoziladi

G g harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalsh uchun yoziladi

Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri - og‘riq, qavi - qaviq kabi

Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri - og‘riq, qavi - qaviq kabi

III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y uudoshi…

III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y uudoshi…

QO‘SHIB YOZISH 1.

QO‘SHIB YOZISH 1.

Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi

Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi

Ko‘makchi fe’1 va todiqsiz fed mustaqil feddan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan,…

Ko‘makchi fe’1 va todiqsiz fed mustaqil feddan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan,…

Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi:

Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi:

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab…

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab…

Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: “A ” sinfi,

Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: “A ” sinfi,

U “O‘zbek orfogarfiyasining asosiy qoidalari” deb nomlangan

U “O‘zbek orfogarfiyasining asosiy qoidalari” deb nomlangan

Bir paragrafda yonma-yon keladigan unlilar tavsiflangan ( идиома, аэростат, оила, оид, доир, шоир kabi)

Bir paragrafda yonma-yon keladigan unlilar tavsiflangan ( идиома, аэростат, оила, оид, доир, шоир kabi)

Ushbu bo‘limdagi 35-qoidaning 3-bandida keltirilgan holatlar ham kirill- o‘zbek yozuvining imlo qoidalarida berilmagan

Ushbu bo‘limdagi 35-qoidaning 3-bandida keltirilgan holatlar ham kirill- o‘zbek yozuvining imlo qoidalarida berilmagan

Yangi imlo qoidalaridagi “Qo‘shib yozish” bodimida berilgan 13 band yangi qoidalardir

Yangi imlo qoidalaridagi “Qo‘shib yozish” bodimida berilgan 13 band yangi qoidalardir

Shuningdek, bu bo‘limga 3 ta yangi qoida ham kiritilgan bo‘lib, ular 52-, 53- va 54-bandlardir

Shuningdek, bu bo‘limga 3 ta yangi qoida ham kiritilgan bo‘lib, ular 52-, 53- va 54-bandlardir

Yangi imlo qoidalarida “Ko‘chirish qoidalari” yakunlovchi bodim bodib, u 8 bandni qamrab olgan

Yangi imlo qoidalarida “Ko‘chirish qoidalari” yakunlovchi bodim bodib, u 8 bandni qamrab olgan

Morfologik prinsip 2.

Morfologik prinsip 2.

Orfografiya orfoepiya bilan ham uzviy bo‘gliqdir

Orfografiya orfoepiya bilan ham uzviy bo‘gliqdir

Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o‘zlashtirilishini ham osonlashtiradi

Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o‘zlashtirilishini ham osonlashtiradi

Semantik-uslubiy prinsip: semantikprinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ulaming ma’nolariga tayanib belgilaydi

Semantik-uslubiy prinsip: semantikprinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ulaming ma’nolariga tayanib belgilaydi

MA’RUZA KIRILL VA LOTIN ALIFBOSIGA

MA’RUZA KIRILL VA LOTIN ALIFBOSIGA

Ma’lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishida har xil holatlar uchrab turadi

Ma’lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishida har xil holatlar uchrab turadi

Lotin grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa bunday so‘zlar talaffuziga (fonetik prinsipga) ko‘ra emas, morfemalaming asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yoziladi: bog‘ga,…

Lotin grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa bunday so‘zlar talaffuziga (fonetik prinsipga) ko‘ra emas, morfemalaming asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yoziladi: bog‘ga,…

Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (q

Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (q

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning — ну қ таи назар (nuqtai nazar), ойнаи ж аҳ он (oynai jahon), дарди бедаво (dardi bedavo)kabilarning…

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning — ну қ таи назар (nuqtai nazar), ойнаи ж аҳ он (oynai jahon), дарди бедаво (dardi bedavo)kabilarning…

Andijon-9», «Termiz-16» (g‘o‘za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) kabi

Andijon-9», «Termiz-16» (g‘o‘za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) kabi

Punktuatsiya ” so‘zi lotincha “punctum”, yani“ nuqta”, “o‘rin, joy ” tushunchalarini anglatadi

Punktuatsiya ” so‘zi lotincha “punctum”, yani“ nuqta”, “o‘rin, joy ” tushunchalarini anglatadi

Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan

Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan

O‘zbek tiliga ko‘pgina tinish belgilari (so‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabi) kiritirildi

O‘zbek tiliga ko‘pgina tinish belgilari (so‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabi) kiritirildi

Ohang juda murakkab bo‘lib, urg‘u, pauza, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi

Ohang juda murakkab bo‘lib, urg‘u, pauza, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi

Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarininig qo‘llanish tamoyillari: 1

Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarininig qo‘llanish tamoyillari: 1

Ba’zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi:

Ba’zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi:
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.05.2022