Ona tili metiodikasi
Оценка 4.6

Ona tili metiodikasi

Оценка 4.6
docx
05.05.2021
Ona tili metiodikasi
001 ona tili metodikasi.docx

ONA TILI O’QITISH METODIKASI

fanidan ma’ruza matni
(5111700-Boshlang’ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun)


TERMIZ – 2 0 1 3

Ushbu ma’ruza matni “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” fanidan 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalariga mo’ljallangan bo’lib, dasturda belgilab berilgan mavzular taqvim rejaga muvofiq joylastirilgan. Ona tili o’qitish metodikasi haqida umumiy tushuncha, savod o’rgatish metodikasi, sinfdan tashqari va sinfda o’qish metodikasi, fonetika va grafika asoslari, nutq o’stirish masalalari yoritilgan.



Tuzuvchilar:

Hayitova F.A. - TerDU Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, boshlang’ich ta’lim magistri.

Turdiqulov Sh.D. - TerDU Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, filologiya fanlari magistri.

Taqrizchilar: Rahmatullayev A.. – Termiz davlat universiteti dotsenti,

pedagogika fanlari nomzodi.


Ergasheva O. - Termiz davlat universiteti ”Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchichi.

Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafеdrasining 2013-yil 27-avgustdagi 1-sonli yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri:_________dots.v.b X.Norbo’tayev

© Termiz davlat universiteti


ONA TILI O’QITISH METODIKASI – PEDAGOGIK FAN

Ona tili o`qitish metodikasining maqsad va vazifalari, ilmiy asoslari va bog`liq fanlar. Ona tili dasturi.

Reja:

1. Ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.

2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy

bo’limlari.

3. Ona tili o’qitish metodikasi fanining boshqa fanilar bilan aloqadorligi.

4. Pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, o’zbek adabiyoti fanlari bilan aloqasi.

5. Ona tili dasturi bo’limlari, xususiyatlari.


  1. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish tarixidan.

  2. Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy fanlardan biridir.

  3. Boshlang’ich sinf ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni.

Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. CHunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.

Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.

Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.

Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:


  1. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.

  2. Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim 
    berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.

  3. Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.


Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.

Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.

Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.

Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:

1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.

2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi

4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.

Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak.

Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi. U til fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda o’rganiladi.

Ona tili – boshlang’ich sinflarda o’quv fani

O’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo’lmasin o’z farzandlarini savodli bo’lishini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga – o’qishga berganlar. Maktabdor domlalar o’z usullari va tajribalariga asoslanib, bolalarga saboq berganlar. Demak, O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular rivojlanib borgan.

Bu jarayon silliq kechgani yo’q. Ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Chunonchi, 20- yillarda maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o’rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko’nikmalarga etarli ahamiyat berilmadi. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlarni ta’minlamadi, puxta, to’g’ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931 yil 5 sentyabr “Boshlang’ich va o’rta maktab haqida” gi, 25 avgust 1932 yil “Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi haqida”gi Qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o’rgatishga, o’quvchilarning har tomonlama savodli bo’lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi. O’quvchilar va o’qituvchining o’quv mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo’lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi.

50-90-yillar mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillar mobaynida ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasi fanini takomillashtirish va Yangi metodika yaritshga imkon berdi. O’zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o’zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam berdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o’qituvchilarning ommaviy ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’sha davrdagi jurnallarda o’nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi.

1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o’qitish metodikasi fanining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchilarining umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi o’sadi. Institut qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalari chuqur, ilmiy asosda hal qilishga yordam beradilar.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, ona tili o’qitishga katta ahamiyat berila boshladi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda qabul kilingan “O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi” alohida o’rin tutadi.

Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu Yangiliklardan ko’plari ommaviy maktablarda amalga oshirilmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. Sinov davrida, birinchidan, o’quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o’quv mehnatiga, u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, uning ko’nikma, faoliyat, malakalarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish metodikasiga ko’proq ahamiyat berilmoqda: o’qituvchi mehnati haqidagi fan o’qituvchi va o’quvchi mehnati haqidagi fanga aylantirilmoqda. Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, mustaqilligini va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Uchinchidan, mavjud ta’lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda o’qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib borilmoqda. SHunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi fanining o’z fani, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.

Til fikrni shaklantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qildigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.

K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv fanlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va etakchi fan hisoblaydi. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, yigirma yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilini ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”, – deydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi.


 

Скачано с www.znanio.ru

ONA TILI O’QITISH METODIKASI ” fanidan ma’ruza matni (5111700-Boshlang’ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun)

ONA TILI O’QITISH METODIKASI ” fanidan ma’ruza matni (5111700-Boshlang’ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun)

Pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, o’zbek adabiyoti fanlari bilan aloqasi

Pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, o’zbek adabiyoti fanlari bilan aloqasi

Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish

Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish

Bu yillar mobaynida ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasi fanini…

Bu yillar mobaynida ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasi fanini…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
05.05.2021