Mustaqil
Vatanimiz O’zbekiston butun dunyoga o’zining tarixiy me’moriy yodgorliklari,
qadimdan ilm – ma’rifat markazlaridan hisoblangan ko’hna shaharlari, buyuk
sarkardalar – u, mutafakkir allomalari bilan mashhur bo’lib tanilgan. Zero,
necha – necha asrlardan buyon o’z salobatini yo’qotmay, hamon butun dunyo
ahlini hayratga solib kelayotgan betakror me’moriy yodgorliklar, o’rta asrlarda
buyuk Amir Temur saltanatining poytaxti bo’lib, qadim zamonlardanoq ilm –
ma’rifat rivoj topgan, savdo – sotiq, hunarmandchilik yuksalgan Samarqand,
Islom dinining markazi hisoblanmish Buxoroyi – sharif, qariyb 2500 yillik
tarixga ega Xiva, Termiz, Islom madaniyati poytaxti bo`lgan 2200 yillik tarixga
ega Toshkent kabi jannatmonand shaharlari, A. Temur, Najmiddin Kubro,
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi sarkardalar, Alisher Navoiy, Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Al – Xorazmiy, Ahmad al – Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo
Ulug’bek, Z. M. Bobur singari dunyo tan olgan ilm – ma’rifat daholari yashagan
shu aziz tuproq, biz uchun muqaddas va mana shunday buyuk yurtda yashash har
birimizning qalbimizda cheksiz faxr – iftixorni uyg’otishi shubhasiz.
Yurtimizda hamon butun dunyo ahlini o`ziga rom etib kelayotgan minglab tarixiy
obidalar qad ko’targan bo’lib, ular xalqimizning asrlar davomida shakllanib
kelayotgan boy ma’naviy qadriyatlari, hamda yaratuvchanlik va bunyodkorlik
salohiyatini mujassam etgan, ajdodlarimizdan biz kelajak avlodlarga qoldirilgan
bebaho va nodir merosdir. Bu inshootlar bizning Vatanimiz tarixi uzoq o’tmishga
borib taqalishi, yurtimiz aholisi, ajdodlarimizning me’morchilikda erishgan
yutuqlari, ko’p asrlar oldin ham san’atning nozik qirralarini o’z inshootlarida
go’zal va jozibali ko’rsatib bera olgan, qurilishda yillab ter to’kkan
mehnatkash xalq timsoli yaqqol gavdalanadi.
Tarixiy obidalarimizning g’oyat aniqlik va murakkab geometrik hisob – kitoblar
asosida qad ko’targani, undagi nafis bezaklar va naqshlarning o’zaro
uyg’unlashuvi, ham go’zal, ham mahobatli, mustahkam va muhtasham barpo etilgani
hali xanuz kishilarni hayratga solib kelmoqda. Asrlar davomida tabiat
sinovlariga bardosh berib kelayotgan, shaharlarimiz ko’rkiga chiroy qo’shib
turgan ushbu tarixiy obidalarimizning dunyo miqyosidagi ahamiyatini dunyoning
nufuzli tashkilotlaridan biri bo’lgan YUNESKO ro’yxatiga O’zbekiston hududidagi
4000 dan ziyod tarixiy obidalarning kiritilganligida yaqqol ko’rish mumkin.
Mustaqillikka erishganimizdan buyon Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi va
bevosita rahnamoligi ostida mamlakatimiz obodonchiligi yo’lida keng ko’lamli
bunyodkorlik ishlari amalgam oshirilmoqda. Shu o’rinda mamlakatimizdagi tarixiy
obidalarning qayta tiklanishi va ta’mirlanishi, aziz bobolarimiz qabrlari
joylashgan maqbaralar muqaddas qadamjolarga aylantirilishi, tarixiy obidalarimiz
obodligi yo’lida olib borilgan say ‘ - harakatlarni alohida ta’kidlab o’tmoq
joiz. Jumlada, Shohi Zinda ansambli, Bibixonim Jome’ masjidi, Amir Temur
maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Tillakori, Nodirdevonbegi va boshqa ko’plab
madrasalar, 1997 – yilda Ichan qal’a, 2007 – yilda Hazrati Imom majmuasi qayta
ta’mirlanib, o’zining muhtasham ko’riishiga ega bo’lishi, Buxoroning 2500
yillik to’yi munosabati bilan shahardagi tarixiy obidalarni qayta tiklash va
ta’mirlash ishlarining olib borilishi, 2004 – yilda Samarqand tarixiy
yodgorliklari YUNESKO ning ,,Butun jahon ahamiyatiga molik yodgorliklar,,
ro’yxatiga kiritilishi va shunday shaharlarimiz, me’moriy yodgorliklarimizni
obodonlashtirish yo’lidagi say’ - harakatlarini aytadigan bo’lsak oxiriga yetib
bo’lmaydi. Bu albatta quvonarli hol.
Mazkur kitobda O`zbekiston hududidagi 4 ta viloyat Samarqand, Buxoro, Xorazm va
Toshkent viloyatlarining eng mashur tarixiy obidalari haqida ma`lumotlar
keltirilgan bo`lib, mamlakatimiz hududidagi bu tarixiy obidalarimiz haqida
kitoblar va turli manbalar asosida ma’lumotlar to’plab siz kitobxonlarga
yetkazishga harakat qildik. Ushbu kitob sizlarga manzur bo’ladi degan
umiddamiz.
ABDULLA ANSORIY ZIYORATGOHI
Abdulla Ansoriy ziyoratgohi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Yangiqo`rg`on
qishloq fuqarolar yig`iniga qarashli ,,Yangihayot,, mahallasining janubida,
qabriston yaqinida joylashgan muqaddas qadamjodir. Bu ziyoratgohda buyuk shoir
va alloma Abu Ismoil Abdulla Ansoriyning ramziy qabrlari joylashgan.
Yangiqo`rg`on bosh imom hatibi G`oyipov Otabekning ta`kidlashicha, ul zotning
haqiqiy qabrlari Afg`onistondadir. Abdulla Ansoriy hazratlari asli 1003-yilda
Madinada tavallud topgan bo`lib, Samarqand viloyatida 3 mobaynida bo`ladilar va
insonlarga dindan ta`lim beradilar. Abdulla Ansoriy hazratlarining 3 oy
mobaynida istiqomat qilgan qadamjolari bugunni kunda ziyoratgohga
aylantirilgan. Ul zot 3 oydan so`ng Afg`onistonning Hirot shahriga jo`nab
ketadilar va 1086-yilda shu yerda vafot etadilar. She`riyat mulkining sultoni
Alisher Navoiy Abdulla Ansoriy hazratlarini ustozim deb biladilar va Hirot
podshosidan izm so`rab ul zotning qabrlari ustiga maqbara bunyod etadilar.
Alisher Navoiy bobomiz ham o`z vasiyatiga ko`ra Abdulla Ansoriy hazratlarining
qabrlari yoniga dafn etiladilar.
Oqdaryo tumanida joylashgan Abdulla Ansoriy ziyoratgohi mustaqillik yillarida
atrofi obodonlashtirilib, qaytadan tiklandi. Umumhashar yo`li bilan Abdulla
Ansoriy hazratlarining ramziy qabrlari ustiga pishiq g`ishtdan imorat bunyod
etilgan. Ziyoratgohning atrofi obod etilib, ko`kalamzorlashtirilgan.
MAXDUMI A`ZAM ZIYORATGOHI
Maxdumi A`zam ziyoratgohi Oqdaryo tuman Dahbed mavzeida joylashgan. Maxdumi
A`zam hazratlari Namanganning Kosonsoy tumanida tavallud topganlar. Ul zot
Bahouddin Naqshband tariqatining davomchisi bo`lib, A`zam unvonini olganlar. Bu
ulug` zot Payg`ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ning 21 avlodlaridir.
Samarqand hukmdori Yalangto`sh Bahodir Maxdumi A`zam hazratlarini pirim deb tan
oladilar va ul zotga atab Dahbed mavzeida masjid barpo ettiradilar.
Oqdaryo tuman bosh imom hatibi Oblaqulov Habibullaxon xojining ta`kidlashicha,
dastlab masjidda hamma narsa 14 tadan bo`lib, jumladan, 14 ta gumbaz, 14 ta
ustun, 14 ta chinor va 14 ta davlat podshosinig qabrlari mavjud bo`lgan.
Maxdumi A`zam ziyoratgohida Yalangto`sh Bahodirning ham qabrlari mavjud.
Ziyoratgohga 100 yildan buyon qabr qo`yilmaydi.
Vatanimiz mustaqilligidan so`ng Maxdumi A`zam ziyoratgohida ta`mirlash ishlari
olib borildi. Muhtaram prezidentimiz I. A. Karimov rahbarligi va bevosita
rahnamoligi ostida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 1991-yil
ziyoratgohdagi masjid binosi qayta tiklandi. 1998-yilda 8 ta hujra, qur`on
o`qiladigan ayvon,azon aytiladigan minora barpo etildi.
AMIR TEMUR MAQBARASI
Amir
Temur maqbarasining qurilishi 1403-yildan boshlangan bo`lib, ushbu maqbarani
Sohibqiron bobomiz Amir Temur Samarqandda suyukli nabirasi Muhammad Sultonga
atab qurdirgan. Maqbarada Sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va Sayyid
Umarning qabri ham bor. Amir Temurning ustozlaridan bo’lgan Mir Sayyid Baraka
1404 – yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg’onistonning Andxud shahrida dafn
etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko’ra jasadi Samarqandga SHohruh Mirzo tomonidan
keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o’z jasadini uning oyog’i uchiga qo’yishlarini
vasiyat qiladi. Bundan tashqari, maqbaraga A. Temurning o’g’illari Umarshayx,
Mironshoh va SHohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulug’bek va boshqalar
dafn etilgan1.
Amir Temur maqbarasining ichki ko’rinishi to’rtburchak, uning tashqi ko’rinishi
esa sakkiz tomonli prizma shaklida. Prizma ustida ko’p qovurg’ali gumbazni
ko’tarib turuvchi slindr shakldagi qurilma ishlangan1. Ziyoratxona o’rtasidagi hazira sahniga qator qabrtoshlar
qo’yilgan. Maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvozasi bor hovli
saqlangan. Maqbaraning janub va g’arb tomonidagi g’ishtdan ishlangan bezaksiz
katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi aniq emas.
Maqbara devorlari havorang, zangori va oq sirli koshinlar, geometrik shakldagi
naqshlar bilan bezalgan. Maqbara quril;ishi Amir temurning nabirasi Mirzo
ulug’bek davrida ham davom ettirilgan. Uning davrida qabrlarning turgan joyi
o’ymakor marmar panjara bilan o’raglan. Uning buyrug’i bilan 1424 –yili
maqbaraning sharq tomonida to’rt qubbali galeriya qurildi. Ushbu galeriyadan
maqbaraga kirish mumkin. Maqbara interyerining sosi havorang, devorlariga esa
naqshlar berilgan. Maqbaraning tashqi gumbazi qovurg’ali baland doira asos
poyasiga o’rnatilgan.
Amir Temur maqbarasining bugungi ko’rinishi XV asrdagi majmuaning saqlanib
qolgan bir qismidir. Bu me’moriy ansambl O’rta Osiyoning noyob me’moriy
durdonalari orasida alohida o’rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida ko’plab tarixiy obidalarimiz singari Amir Temur maqbarasi
ham qayta ta’mirlandi. O’zining serhasham, mahobatli ko’rinishi qaytadan
tiklandi.
BIBIXONIM JOME’ MASJIDI
Sohibqiron Amir Temur Hindistonga 1399 – yildagi muvaffaqiyatli yurishidan
qaytgach yangi muhtasham Jome’ masjidini barpo etishga kirishadi. Zero, mavjud
Jome’ masjidi ancha xarob holga kelgan, buning ustiga uncha katta ham emasdi.
Amir Temur yangi masjidni Dehlidagi Jome’ masjididan o’zining ulug’vorligi va
hashamati bilan ustun bo’lishini xohlardi. Qurilish ustidan umumiy nazorat
Saroymulkxonimga topshirildi. Masjid qurilishida mohir ustalar va me’morlar
mehnat qilishgan. Masjid qurilishi uchun Hindiston yurishidagi qo’lga
kiritilgan boyliklar sarf etilgan. Masjidning qurilishi 1404 – yilda o’z
nihoyasiga yetkaziladi. Bibixonim masjidining maydoni 167 x 109 metr, kengligi
46 metr va balandligi 36 metr bo’lgan peshtoqi va 5 masjiddan iborat2. Hovlisining sathi 63,8 x 76,0 metr bo’lib, to’rt tomondan
ravoq va peshtoqlar bilan o’ralgan.
Quruvchilar
masjidning sosiy binosiga jiddiy e’tibor berganlar. Hovliga qaragan peshtoq
juda serhasham va ulkan bo’lgan. Baland peshtoqli ravoq asosi tepaga qarab
ingichkalashib boradigan
minoralar bilan o’raglan edi. Masjidga kiraverishdagi peshtoq devorlari kulrang
marmar bilan bezatilgan edi. Binoning dekorativ bezaklari va naqshlarining
turli – tumanligi bilan kishini hayratga soladi. Masjid burchaklarida
xushbichim minolar qad roslagan bo’lib, hozirda faqat shimoli – g’arbiy
balandligi 18,2 metr bo’lgan minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan.
Ularning peshtoqlariga 360 ta oyat bitilgan. Bu jozibador binoning ichki
devorlari manzarali lavhalar bilan bezalgan. Ganchdan qilingan oq fonga ko’k
bo’yoqlar bilan chizilib, oltin suvi yugurtirilgan bu manzaralar barchani lol
qoldirgan.
Mustaqillik yillarida Samarqand ulkan qurilish maydoniga aylandi. Mamlakatimiz
Prezidenti tashabbusi va bevosita rahnamoligida Samarqanddagi tarixiy
obidalarni tiklash va ta’mirlash borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga
oshirildi. Shu jumladan Bibixonim Jome’ masjidida ham keng ko’lamli ta’mirlash
ishlari olib borildi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.