Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Оценка 4.6

Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Оценка 4.6
docx
24.01.2021
Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish.docx

Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish

 

Annotatsiya: Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan interfaol metodlardan namunalar keltirilgan.

 

Kalit so’zlar: intefaol, innovatsion texnologiya, charxpalak, taqdimot usuli, tanlash, ixtiyoriy, bajarish, majburiy, imkoniyat, metod, texnologiya.

 

Аннотация: Обучение - это длительный процесс, и его качество зависит от методов, используемых на уроке. Содержание урока, используемые методы и результаты определяются умениями и знаниями учителя. В статье приведены примеры интерактивных методов, рекомендованных для использования на уроках родного языка и литературы.

 

Ключевые слова: интерактив, инновационная технология, колесо, способ презентации, выбор, необязательный, исполнение, обязательный, возможность, метод, технология.

 

Annotation: Learning is a long process and its quality depends on the methods used in the lesson. The content of the lesson, the methods used and the results are determined by the skills and knowledge of the teacher. This article provides examples of interactive methods recommended for use in native language and literature classes.

 

Keywords: interactive, innovative technology, wheel, presentation method, selection, optional, execution, mandatory, opportunity, method, technology.

Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq.

 

Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.

Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.

Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi.

Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.

Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.

Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.

Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.

O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.

“Charxpalak”. Ushbu texnologiya o’quvchilarni o’tilgan mavzularni esga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berish va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu usulni qo’llashdan maqsad o’quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o’z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlash, boshqalar fikriga hurmat bilan qarash, ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatishdir. Ushbu texnologiya ona tili va adabiyot darslarining boshlanishi va oxirida yoki biron-bir bo’lim tugallanganda o’tilgan mavzuning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash uchun mo’ljallangan.

“Charxpalak” texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi:

-       o’quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi;

-       tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;

-       belgilangan vaqt ichida guruhlar tarqatmadagi topshiriqni bajarib, uning o’ng burchagiga guruh raqamini, chap burchagiga esa o’zining ramziy belgisini qo’yib ushbu tarqatmani keying guruhga “charxpalak aylanmasi” yo’nalishida almashtiradilar;

-       boshqa guruh a’zolari ham tarqatmadagi vazifani bajaradilar va o’zgartirishlar kiritadilar;

-       materialning oxirgi almashishidan so’ng har bir guruh o’zi ilk bor to’ldirgan tarqatmani o’z ramziy belgisi asosida tanlab oladi;

-       o’qituvchi tarqatma materialda berilgan vazifalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda to’g’ri javobni belgilaydi yoki tarqatma materialdagi vazifalar ekranda yoritilib, to’g’ri javob aytib o’tiladi;

-       har bir o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblaridagi farqlarni aniqlaydilar va o’zlarini baholaydilar.

“Charxpalak” texnologiyasidan foydalangan holda mashg’ulot o’tkazish uchun o’quvchilarga quyidagicha vazifa berish mumkin:

Mavzu: So’z ma’nosining ko’chish usullari.

Vazifa: Berilgan gaplardagi ma’no ko‘chish usullarini aniqlab, tegishli katakka “+” yoki “*” belgisini qo‘ying.

 

Misollar

Metafora

Metoni-miya

inek-doxa

Vazifa-doshlik

Zal oyoqqa turdi.

 

*

 

 

Mungli kuy yurakni tirnar edi.

*

 

 

 

Besh qo‘l barobar emas.

 

 

*

 

Sizning tomiringizda buyuk bobokalonlarimiz qoni oqmoqda.

 

 

 

 

*

Futbolchilarimiz chap qanotdan hujum uyushtirdilar.

 

*

 

 

 

Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?

 

 

*

 

 

Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.

*

 

 

 

Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi.

 

 

 

 

*

Alisher Navoiyni so‘nggi yo‘lga kuzatishga butun Hirot yig‘ilgan edi.

 

 

*

 

 

O‘n qo‘li – o‘n hunar.

 

 

*

 

 Baholash:

9-10 ta to‘g‘ri javob – “a’lo”

7-8 ta to‘g‘ri javob – “yaxshi”

6 ta to‘g‘ri javob – “qoniqarli”

“Taqdimot” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir mavzu yoki bo’limlar yakunida o’tkaziladigan takrorlash darslarini tashkil qilish mumkin. Bunda o’quvchilar yakka tartibda, juftlikda yoki guruhlarda ishlab, berilgan mavzu bo’yicha mustaqil izlanib, materiallar to’playdi, ularni saralaydi, asosiylarini tanlab olib taqdimot qiladi. Masalan “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida taqdimot darsi o’tkazilganda o’quvchilarni avvaldan guruhlarga bo’lib, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha taqdimot qilish topshiriladi:

1-guruh. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatini xronologik jadval asosida tushuntiring.

2-guruh. Alisher Navoiy ijodini “Klaster” usuli asosida tushuntiring.

3-guruh. Alisher Navoiy lirikasini “Kungaboqar” usuli asosida tushuntiring.

4-guruh. Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini konseptual jadval asosida tushuntiring.

Har bir guruh berilgan yo’nalishlar bo’yicha darslik va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumot to’playdilar va slayd yoki chizmalar orqali taqdimot qiladilar.

“Taqdimot” darslari orqali o’quvchilarda quyidagi ko’nikmalarni shakllantirishga erishish mumkin:

-                o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish;

-                axborot manbalaridan foydalana olish, zarur ma’lumotlarni izlab topish, tahlil qilish, saralash orqali ma’lumotlar bazasini yarata olish;

-                o’qib o’rganish, bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o’qib o’rganganlarini o’rtoqlari bilan muhokama qilish, o’zini nazorat qila bilish kabi sifatlarga ega bo’lish;

-                sinfda va jamiyatda o’z o’rnini anglay olish va boshqalar.

Namuna:

1-guruh taqdimoti

Xronologik jadval

2-guruh taqdimoti

“Klaster” usuli

Alisher Navoiy ijodi

 

 

3-guruh taqdimoti

“Kungaboqar” usuli

Alisher Navoiy lirikasi

 

 

4-guruh taqdimoti

Konseptual jadval

 “Xamsa” dostoni

 

 

“Xamsa” dostonlari

Ta’riflar, toifalar, xususiyatlar va b.

Yozilgan yili

Hajmi

Asosiy mavzusi

Vazni

Bosh qahramon-lari

“Hayrat ul-abror”

1483-yil

3988 bayt, 64 bob,

20 maqolat

falsafiy-ta’limiy doston

aruzning sari’ bahrida

“Farhod va Shirin”

1484-yil

59 bob,

5782 bayt

sevgi-muhabbat

aruzning hazaji musaddasi mahzuf bahrida

Farhod va Shirin

“Layli va Majnun”

1484-yil

36 bob,

3622 bayt

sevgi-muhabbat

aruzning hazaji musaddasi axrabi maqbuzi makfuf bahrida

Qays va Layli

“Sab’ai sayyor”

1484-yil

38 bob,

5000 bayt

ishqiy-sarguzasht doston

aruzning hafif bahrida

Bahrom

“Saddi Iskandariy”

1485-yil

89 bob,

7215 bayt

ta’limiy-axloqiy doston

aruzning mutaqorib bahrida

Iskandar

 

 “Tanlash ixtiyoriy, bajarish majburiy” usuli. Bunda o’quvchilar darslikdagi mashqning shartida keltirilgan topshiriqlarni o’zi ixtiyoriy ravishda badiiy asar, boshqa darsliklardagi matn, materiallar asosida bajarishlari kerak. Natijada o’quvchilarda mustaqil o’qib o’rganish, o’zining qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qila olish ko’nikmalari shakllanadi.

 

“Imkoniyat” usulida semestr yakunida o’zlashtirishi yuqori bo’lgan o’quvchilarga o’rganilgan mavzular bo’yicha javobi tanlanadigan va javobi yoziladigan testlar tuzib kelish topshiriladi. Bu vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar yakuniy nazorat ishlarini topshirishdan ozod qilinadi. Test tuzgan o’quvchilarda test yechgan o’quvchiga nisbatan quyidagi ko’nikmalar shakllanadi:

-                o’z fikrini yozma tarzda izchil, aniq, tushunarli bayon qila olish;

-                mavzudan kelib chiqib savollarga javob berish va o’zi ham savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish;

-                axborotlarni izlab topish, saralash, tanlash va tahlil qila olish;

-                bilimini mustaqil ravishda oshirib boorish va uni amaliyotda qo’llay olish kabilar.

 “5 savolga 5 javob” usuli. Ushbu usuldan ona tili darslarida “Qo’shma gaplar” mavzusi o’rganilayotganda foydalanish mumkin. Bunda tarqatma material yoki ekranda o’quvchilar e’tiboriga test javoblari shaklidagi gaplar havola etiladi:

A. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo’ladi.

B. Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.

D. Orzular buyukdir, umrlar qisqa.

E. Biz ko’rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.

O’quvchilarga jadval tarqatiladi. Ular jadvalga javoblarni belgilaydi.

Namuna:

T/r

Savollar

Javob

Ball

1.

Bog’langan qo’shma gap berilgan javobni aniqlang.

B

1

2.

Qaysi gapda zidlov bog’lovchi qo’shma gap qismlarini bog’lab kelgan?

B

1

3.

Qaysi gapda qo’shma gap qismlari tobe bog’langan?

A

1

4.

Qaysi gapda qo’shma gap qismlari teng bog’langan?

B va D

1

5.

Qaysi javobda qo’shma gap berilmagan?

E

1

Jami:

5

O’quvchilarning javoblari tekshiriladi va to’plagan ballari umumlashtirilib, baholanadi.

“Davom ettir” metodi. Ushbu metod o’quvchilarni tez fikrlashga o’rgatish bilan birga, esda saqlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi, darslik bilan ishlash ko’nikmasini shakllantiradi.

“Davom ettir” metodi uchun topshiriq quyidagicha tashkil etiladi: o’qituvchi o’tilgan mavzuga oid ma’lumotlarning bosh so’zlaridan beradi va o’quvchi ushbu so’zlarning davomchi so’zlarini berilgan matn yoki badiiy asar parchasidan topib, jumlani to’ldiradi. “O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi” mavzusi o’rganilgandan so’ng ushbu metodni qo’llash mumkin:

 

1. “Dunyoning ishlari” qissasining bir bobi shu so’zlar bilan boshlanadi: ………

2. Aslida har qanday asarda ham ma’lum ma’noda ……………………………….

3. Chinakam badiiy asar yozilmaydi, ……………………………………………….

4. Har gal yangi kitobim chiqishi bilan ……………………………………………. .

5. Hamisha bir orzu bilan yashayman: …………………………………………….

6. Yozuvchi o’zi yozayotgan asarga ………………………………………………

7. Haqiqiy ijodkor…………………………

8. Ijodkorda qishloqning qalbi, …………………………………………………….

9. Kitobxon qalamkashni tan olishi, kitobini bagriga bosib oqishi uchun ……………………………………………………………… .

Javoblar:

1. … “Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko’z oldimga keladi”.

2. … qalamkash biografiyasining bir bo’lagi aks etadi.

3. … tug’iladi.

4. … birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim, “Birinchi ustozim Oyimga” , - deb yozib berardim.

5. … shunaqa kitob yozsangki, uni o’qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asarni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to’lg’onib chiqsa, oradan yillar o’tib asarni qaytadan qo’liga olganida tag’in hayajonlansa.

6. … qalbini bag’ishlaydi.

7. … Xudo ko’ngliga solganda qo’liga qalam oladi.

8. … shaharning aqli bo’lishi kerak.

9. … inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbat va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamogi lozim.

Yuqorida keltirilgan interfaol metodlarni ona tili va adabiyot darslarida qollash natijasida oquvchilarning fanga bolgan qiziqishlarini oshirishga, ozlarining fikrini erkin bayon eta olishga, atrofidagilarning fikrlarini hurmat qilishga, ozining nuqtayi nazarini himoya qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.    Rafiyev A. , G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T. , “Sharq”, 2013.

2.    Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”, 2018.

3.    Golish L. V. , Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. T. , “Iqtisodiyot”, 2012.

4.    “Umumta‘lim fanlari metodikasi” jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018.

5.    “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, 1-12 sonlar, 2018.

 


 

Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi

Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi

Charxpalak” texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: - o’quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi; - tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi; - belgilangan vaqt ichida guruhlar tarqatmadagi topshiriqni bajarib,…

Charxpalak” texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: - o’quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi; - tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi; - belgilangan vaqt ichida guruhlar tarqatmadagi topshiriqni bajarib,…

Alisher Navoiy lirikasini “Kungaboqar” usuli asosida tushuntiring

Alisher Navoiy lirikasini “Kungaboqar” usuli asosida tushuntiring

Konseptual jadval “Xamsa” dostoni “Xamsa” dostonlari

Konseptual jadval “Xamsa” dostoni “Xamsa” dostonlari

Natijada o’quvchilarda mustaqil o’qib o’rganish, o’zining qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qila olish ko’nikmalari shakllanadi

Natijada o’quvchilarda mustaqil o’qib o’rganish, o’zining qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qila olish ko’nikmalari shakllanadi

Kitobxon qalamkashni tan olishi , kitobini bag ’ riga bosib o ’ qishi uchun ………………………………………………………………

Kitobxon qalamkashni tan olishi , kitobini bag ’ riga bosib o ’ qishi uchun ………………………………………………………………
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021