O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.
Оценка 4.8

O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.
O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish. .docx

O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunarni tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng foydalanish , mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerakligi haqida fikr yuritilgan.

 

Kalit so’zlar:Kasb, hunar, mehnat, mutafakkir, olim, ganj, rizq, qaram, ehtiyoj, moddiy, meros.

 

O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini o’rgatuvchi omillarga tayanib, o’quvchilarni kelajakda to’g`ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, mqksadga muvofiq bo’lardi.

O’quvchilarni mehnat turlariga qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o’zlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga o’quvchilarga yoshligidan boshlab ta’lim, tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqish ishlarini tugri yulga kuyishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:

1.             Boshlang’ich sinf o’quvchilariga kasb-hunar to’g’risidagi tushunchalarni singdirish;

2.             O’quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-xunar tanlashga ularga pedagogik-psixologik yondashish;

3.             Kasb-hunarga qiziqtirishda o’quvchilarning yoshi va qobiliyatlarini hisobga olish;

4.             Maxalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar o’rnatish;

5.             Mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;

6.             Darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib kasb-hunarga oid fikrlari  bilan tanishtirish.

O’zbek xalq tarbiyashunosligining o’tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat kasb-hunar to’g’risidagi qimmatli fikrlarini biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Bizga ma’lumki o’zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasb-korlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan.

O’rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo’lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al- Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.

X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o’z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki u insonlarni ilm-mahrifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb hunar egallashga chaqiradi.

Farobiy kasb-hunar va ahloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. Mutafakkir har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak mas’uliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb tahkidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy (978-1048) ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamolati uning halol mehnat qilishida va kasbhunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli mahlumotlar berilgan.

Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning ilmiy faoliyatida ham ko’rishingiz mumkin.

Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni olg’a surdi. Shunung uchun ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini tahkidlaydi. O’rta Osiyoda ko’plab shoirlarning ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020)ning “Shohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag’ishlangan misralarini ko’plab uchratish mumkin:

Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,

Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.

 

Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir Xisrav (1004-1088)dir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar-jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.

 Kasbdan jodu hurram yo’q jahonda,

 Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.

 Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,

 Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.

 Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,

 Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.

Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasbhunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan o’z hayoti maboynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak.

 Zero mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, ya’ni mehnat qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, ma’naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojiniqondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma’naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi.

Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunarni tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlarida keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerak.

 

 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. S. Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”. T.

1996y.

2. X. Sanaqulov, M. Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy

ishlar” 1996 yil

3. R. A. Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi”

T. , “O’qituvchi” 1986 yil

4. Shumulevich N. M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash”

T. , “O’qituvchi” 1989 y

5. Vorobg’yov A. SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T. ,

“O’qituvchi”1989 yil

6. Mavlonova. R. A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.

 


 

O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish

O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish

Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni

Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021