Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir. Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

  • pptx
  • 22.05.2022
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала ZAMONAVIY TARBIYACHI IMIDJI.pptx

Mavzu: Zamonaviy tarbiyachi imidji

1.Tarbiyachining odob va madaniyati. 2.Pedagogik nazokat. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli. 3.Pedagogning nutq madaniyati. Nutqiy savodxonlik.

Reja:

Imij (ing . image, lot. imago — timsol, koʻrinish) — shaxs, hodisa, narsaning ommalashtirish, reklama qilish va h. k. maqsadlarda odamlarga hissiyruhiy taʼsir koʻrsatishni koʻzlab shakllantiriladigan qiyofasi; targʻib qilish vositalaridan biri (mas, siyosiy arbob I.i).

Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir. Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Tarbiyachining odob va madaniyati. 

Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: Birinchisi - jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; Ikkinchisi - o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati. O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo‘yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‘z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi. O‘qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi, mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‘qituvchining o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qo‘shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni va rolini belgilaydi.

  Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi. Ma’lumki, inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik xodim jamoalari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‘z faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi. Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim. Chunki ularning birini o‘zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada pedagogik mahorat to‘laqonli mazmunga ega bo‘lmay, uni egallash qiyin bo‘lib qolishi mumkin. O‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. 

Pedagogik nazokat. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli.

Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’lim oluvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi. Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiѐfasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoѐn qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jaraѐnini samaradorligini oshiradi. Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi - siymo, - timsol, - qiyofa va - obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida - joziba, - maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi.

Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati. 1. Gavdani tutish - to‘g‘ri tutish (yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi. 2. Kiyim - ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi. 3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi. 4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi). 5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, bolalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayѐrlab beradi. 6. Mimika - his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlayotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika - bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiyotini tinglovchi bajarayotgan ishdan roziligi yoki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir.

7. Pantomimika - qo‘l,oѐq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. Tarbiyachi mashg‘ulotda o‘quv ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, bolalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarga keltirish tarbiyachining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tarbiyachi bolalar oldida o‘zini tuta bilsa, harakatlarini tartibga keltira olsa, o‘quv-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. mashg‘ulotlar jarayonida oѐqlar 12-15 sm. oraliqda bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish bu tarbiyachining o‘z fanini mukammal bilishi, uni tushuntira olishiga ishoradir.
8.O‘z hissiyotini boshqara olish malakasi. Tarbiyachi pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi ta’sir ko‘rsatish vaqtida ( mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashqari paytlarda, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiѐtini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir.

Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin». Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim - hayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish;
- o‘z hulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish); - faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy daqiqalarni yaratish; - o‘z - o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h. k.

Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Ta’kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar tarbiyachining ijtimoiy - gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarini boyitadi. Pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, o‘z kasbiga qiziqish va burch hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagogning ijobiy qiѐfasi va jozibasi, o‘quvchilarga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazadi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi.

XULOSA

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT