O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS
TА’LIM VАZIRLIGI
TОSHKЕNT DАVLАT IQTISОDIYOT UNIVЕRSITЕTI
V.M. KАRIMОVА, F.А. АKRАMОVА, G.О. ОCHILОVА,
G.M. MUSАХАNОVА
P Е D А G О G I K А.
(O’quv qo’llаnmа)
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus, kаsb-hunаr tа’limi o’quv mеtоdik birlаshmаlаr fаоliyatini Muvоfiqlаshtiruvchi Kеngаsh tоmоnidаn “Kаsbiy tа’lim(Iqtisоdiyot)” tа’lim yo’nаlishi vа bаrchа tа’lim yo’nаlishlаri tаlаbаlаri
uchun o’quv qo’llаnmа sifаtidа tаvsiya etilgаn
Kаrimоvа V.M., Аkrаmоvа F.А., Оchilоvа G.О., Musахаnоvа G.M. Pеdаgоgikа. Psiхоlоgiya: O’quv qo’llаnmа - TDIU, 2010 - 393 b.
Ushbu o’quv qo’llаnmа bаkаlаvriаt tа’lim stаndаrtlаrigа kiritilgаn «Pеdаgоgikа.Psiхоlоgiya» fаnini iхtisоsligi «Psiхоlоgiya» vа «Pеdаgоgikа» bo’lmаgаn оliygохlаrdа o’qitishgа mo’ljаllаngаn. O’quv qo’llаnmаdа pеdаgоgik vа psiхоlоgik bilim аsоslаri muхtаsаr tаrzdа bаyon etilgаn bo’lib, undаgi mа’lumоtlаr yoshlаrni o’z-o’zini, o’zgаlаrni bilish, turli vаziyatlаr vа guruhlаrdа muоmаlа qilish sirlаri, tа’lim vа tаrbiyaning turlаri, qоnuniyatlаri, pеdаgоgik vа psiхоlоgik tехnоlоgiyalаrning ko’llаsh shаrtlаri, erkin, mustаqil fikrlаsh оmillаri, psiхik hоdisаlаr, qоnuniyatlаrni bilgаn tаrzdа ulаrni bоshqаrish to’g’risidаgi mа’lumоt bilаn tаnishtirаdi. O’quv qo’llаnmаdаgi hаr bir bоb uchun rеjа, qisqаchа uning mаzmuni, mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr vа аdаbiyotlаr ro’yхаti bеrilgаn.
Данное учебное пособие по предмету «Педагогика.Психология» подготовлено в соответствии с программой по педагогики.психологии для бакалавров, обучающихся по специальностям вне психологии и педагогики. В учебном пособии раскрыты общие основы педагогических и психологических знаний, знания в области психологии личности, психологии человеческой деятельности, познавательных процессов, межличностных отношений, методов и средств образования и обучения личности. В учебном пособии в каждой главе дан план, краткое резюме, вопросы для самостоятельной работы, список использованной и рекомендуемой литературы.
The given manual in a subject «Pedagogics. Psychology» it is prepared according to the program on Pedagogics. Psychology for the bachelors trained on specialists outside of psychology and pedagogics. In the manual the general{common} bases of pedagogical and psychological knowledge, knowledge in the field of psychology of the person, psychology of human activity, cognitive processes, interpersonal attitudes{relations}, methods and means of formation{education} and training of the person are opened. In the manual in each chapter{head} the plan, the brief resume, questions for independent work, the list of the used and recommended literature is given.
Таqrizchilar:
1. N.М.Egamberdieva – Nizomiy nomidagi ТDPU “Pedagogika” kаfedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori.
2. М.F.Hakimova – Тоshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Pedagogika va psixologiya» kаfedrasi, pedagogika fanlari doktori.
M U N D A R I J A
|
KIRISH................................................................................ |
8 |
|
I-BO`LIM |
|
1-BOB
|
PEDAGOGIKA FANINI PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.................................................................... |
11 |
1.1. |
Pedagogika fanini predmeti, maqsadi va vazifalari........... |
11 |
1.2. |
Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari............................. |
15 |
1.3. |
Asosiy pedagogik kategoriyalar......................................... |
17 |
1.4. |
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi..................... |
19 |
1.5. |
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.......................... |
21 |
2-BOB |
TARBIYA NAZARIYASI.................................................. |
25 |
2.1. |
Tarbiya jarayoni haqida tushuncha................................... |
25 |
2.2. |
Shaxs va uning rivojlanishi hakida tushuncha................... |
26 |
2.3. |
Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar........ |
34 |
2.4. |
Tarbiya usullari xaqida tushuncha..................................... |
36 |
2.5. |
Tarbiya turlari.................................................................... |
41 |
3-BOB |
TA’LIM NAZARIYASI..................................................... |
53 |
3.1. |
Didaktika xaqida umumiy tushuncha................................. |
53 |
3.2. |
Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir............... |
57 |
3.3. |
Ta’limning mazmuni........................................................... |
58 |
3.4. |
Ta’lim tamoyillari............................................................... |
59 |
3.5. |
Ta’lim tamoyillariga tavsif................................................. |
62 |
3.6. |
Ta’lim metodlari................................................................. |
69 |
3.7. |
Ta’limni tashkil etish shakllari........................................... |
76 |
3.8. |
O’zbekistonda ta’limni isloh qilish tamoyillari.................. |
81 |
3.9. |
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosiy yo’nalishlari. |
86 |
4- BOB |
TA’LIMNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI...... |
90 |
4.1. |
Pedagogik texnologiya xakida tushuncha.......................... |
90 |
4.2. |
Bo’lajak iqtisodchi – o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga o’rgatish.............. |
96 |
4.3. |
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirish................................................. |
105 |
4.4. |
Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish............................................................ |
110 |
4.5. |
Faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish................... |
116 |
4.6. |
Darsda munozara, breynshtorming va treninglarni o’tkazish............................................................................ |
118 |
4.7. |
Bahs turlari. Yozma bahsni o’tkazish qoidalari................. |
121 |
5- BOB |
PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI........................... |
126 |
5.1. |
Pedagogik mahorat haqida tushuncha.............................. |
126 |
5.2. |
Pedagogik mahorat fani vazifalari va tarkibiy qismlari.... |
133 |
5.3. |
Hozirgi davr o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish................................................................ |
140 |
5.4. |
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari.. |
144 |
5.5. |
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi.............. |
164 |
5.6. |
Pedagogik texnika haqida ma’lumot................................. |
179 |
|
2-BO’LIM |
|
6-BOB
|
PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI. YANGICHA TAFAKKUR VA MILLIY MAFKURA SHAKLLANISHI SHAROITIDA PSIXOLOGIK BILIMLARNING TUTGAN O’RNI................................................................ |
196 |
6.1. |
Yangi davr va psixologiya................................................. |
196 |
6.2. |
Psixologiya fan sifatida...................................................... |
197 |
6.3. |
Psixologiyaning predmeti................................................... |
200 |
6.4. |
Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari....................... |
201 |
6.5. |
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni..................... |
205 |
6.5.1. |
Psixologiya va falsafa......................................................... |
206 |
6.5.2. |
Psixologiya va sosiologiya................................................. |
206 |
6.5.3. |
Psixologiya va pedagogika................................................. |
207 |
6.5.4. |
Psixologiya va tabiiy fanlar................................................ |
208 |
6.5.5. |
Psixologiya va kibernetika.................................................. |
209 |
6.5.6. |
Psixologiya va texnika fanlari............................................ |
210 |
6.5.7. |
Psixologiya va iqtisodiyot................................................... |
211 |
6.6. |
Psixologiyaning tarmoqlari................................................ |
212 |
7-BOB |
PSIXOLOGIYANING ZAMONAVIY METODLARI VA ULARNI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH. AMALIY PSIXOLOGIYANING BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDAGI IMKONIYATLAR. |
219 |
7.1. |
Psixologiyaning asosiy metodlari....................................... |
219 |
7.1.1. |
Kuzatish metodi.................................................................. |
221 |
7.1.2. |
So’rov metodi...................................................................... |
222 |
7.1.3. |
Test metodi.......................................................................... |
226 |
7.1.4. |
Psixologik tajriba metodi.................................................... |
229 |
7.1.5. |
Modellashtirish metodi....................................................... |
231 |
7.2. |
Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari..................... |
232 |
7.3. |
Amaliy psixologiyaning yo’nalishlari................................. |
233 |
7.3.1. |
Sanoat va ishlab chiqarish sohasi...................................... |
233 |
7.3.2. |
Siyosat sohasidagi psixologiya........................................... |
234 |
7.3.3. |
Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar............................ |
235 |
7.3.4. |
Maorif sohasidagi amaliy ishlar......................................... |
236 |
7.3.5. |
Xuquqbuzarlikni oldini olish.............................................. |
236 |
8-BOB |
PSIXOLOGIYADA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI. JAMIYATNI BOSHQARISHDAGI PSIXOLOGIK QONUNIYATLAR. SHAXSGA TASIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR. SHAXS DUNYOQARASHI VA MANAVIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI..................................... |
239 |
8.1. |
Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida.............................. |
239 |
8.2. |
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs............................ |
242 |
8.3. |
Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi............. |
244 |
8.4. |
«Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho..................................... |
246 |
8.5. |
Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar.. |
250 |
8.6. 8.7. |
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli............................. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli…………………… |
253 257 |
9-BOB |
SHAXSNING FAOLLIGI. FAOLIYAT TURLARI, MOTIVASIYASI VA ULARNI BOSHQARISH. IJTIMOIY XULQ MOTIVASIYASI. ANGLANGAN VA ANGLANMAGAN MOTIVLAR....................................... |
262 |
9.1. |
Shaxs va uning faolligi....................................................... |
262 |
9.2. |
Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.......... |
264 |
9.3. |
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi.................... |
269 |
9.4. |
Motivlarning turlari............................................................ |
272 |
9.5. |
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi............................................ |
274 |
10- BOB |
SHAXSNING IJTIMOIY BORLIQNI BILISHI. BILISH MEZONLARI VA UNING ADEKVATLIGI. IDROK, XOTIRA VA DIQQAT JARAYONLARINI BOSHQARISH.................................................................. |
278 |
10.1. |
Bilish jarayonlari va professional faoliyat........................ |
278 |
10.2. |
Bilish jarayonlari................................................................ |
279 |
10.3. |
Idrok va uning xususiyatlari............................................... |
282 |
10.4. |
Idrok qilish qonunlari......................................................... |
287 |
10.5. |
Xotira va shaxs tajribasining boyligi.................................. |
290 |
10.6. 10.7. |
Bilish jarayonlarini boshqarish usullari............................ Bilish jarayonlarini boshqarish usullari…………………… |
296 298 |
11- BOB |
TAFAKKUR VA MUSTAQIL FIKRLASH SHARTSHAROITLARI. IJODIY VA MANTIQIY FIKRLASH – SOG’LOM MA’NAVIYAT VA E’TIQODNI TARBIYALASHNING OMILI SIFATIDA...................... |
302 |
11.1. |
Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati........... |
302 |
11.2. |
Tafakkurning turlari........................................................... |
308 |
11.3. |
Tafakkur shakllari............................................................... |
311 |
11.4. |
Tafakkur operasiyalari....................................................... |
312 |
11.5. |
Mustaqil fikrlash - sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida................................................................................ |
313 |
12- BOB |
SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA ULARNI DIAGNOSTIKA QILISH. XARAKTER, TEMPERAMENT VA QOBILIYATLARNI BILISHNING AHAMIYATI............................................. |
316 |
12.1. |
Individual - tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi............ |
316 |
12.2. |
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi..................... |
319 |
12.3. |
Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar................. |
320 |
12.4. |
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi............................. |
323 |
12.5. |
Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi.......................... |
324 |
12.6. |
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari...... |
325 |
12.7. |
Xarakter va shaxs............................................................... |
333 |
13- BOB |
SHAXS TARAQQIYOTINING YOSHGA BOG’LIQ XUSUSIYATLARI. O’SPIRINLIK VA YETUKLIK DAVRLARI PSIXOLOGIYASI. AKMEOLOGIYA......... |
342 |
13.1. |
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.......... |
342 |
13.2. |
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish................................ |
343 |
13.3. |
O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi....................................... |
349 |
13.4. |
Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar.......... |
354 |
14- BOB |
SHAXS INSONIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA. MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI. PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY TASIR MASALASI. SAMARALI TASIR SIRLARI.......................................... |
359 |
14.1. |
Insoniy munosabatlar psixologiyasi................................... |
359 |
14.2. |
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi |
364 |
|
o’rni.................................................................................... |
|
14.3. |
Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari..... |
368 |
14.4. |
Muloqot va uni o’rganish muammolari............................. |
369 |
|
FAN BO’YICHA IZOHLI LUG’AT (glossariy).............. |
375 |
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......... |
388 |
O’zbеkistоn Rеspublikаsidа ro’y bеrаyotgаn inqilоbiy o’zgаrishlаr jаrаyoni оliy tа’lim vа o’rtа mахsus bilim yurtlаridа ijtimоiy fаnlаrni o’qitish usuli vа uni islоh qilish, bаrkаmоl аvlоdni iqtisоdiy tаrbiyalаsh, «Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi» qоnuni bo’yichа o’rgаtish iqtisоdiy tаrbiya mаsаlаlаrigа yangichа yondаshishni zаmоn tаlаbi tаqоzо etаdi. Yosh аvlоdning hаr tаmоnlаmа rivоjlаnishi vа dunyoqаrаshini shаkllаntirishdа, ijtimоiy hаyotning nеgizi bo’lgаn iqtisоdiy jаrаyonlаrni, uning shаkl vа mаzmuniy o’zgаrishlаrini, mаmlаkаtimizdаgi rеsurslаrdаn sаmаrаli fоydаlаnib, milliy bоyligimizni ko’pаytirish yo’l-yo’riqlаri ruhidа tаrbiyalаsh аlоhidа аhаmiyat kаsb etаdi.
Prеzidеntimiz I.А. Kаrimоv: “Qisqаchа аytgаndа, biz o’z oldimizgа qo’ygаn uzoq muddаtli strаtegik mаqsаdlаr, ya’ni zаmonаviy rivojlаngаn demokrаtik dаvlаtlаr qаtorigа kirish, iqtisodiyotimizning bаrqаror o’sishini tа’minlаsh, hаyot sifаtini yaxshilаsh vа jаhon hаmjаmiyatidа munosib o’rin egаllаsh borаsidаgi sа’y-hаrаkаtlаrimizgа
1 dеb bugungi kun nuqtаi nаzаridаn xolisonа bаho berishimiz tаbiiydir” аlоhidа tа’kidlаdilаr.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzalarida: “Hammamizga teran haqiqat ayon bo’lishi kerak – biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur uylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning qancha ko’p sarmoya sarf etmaylik, ularning barchasini amalga oshiriladigan, ruyobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtiizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, uylanmanki, xech xato bo’lmaydi”, deb alohida ta’kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib o’z yurti va xalkiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o’z Vatani manfaatlariga
1
Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizni mоdеrnizаsiya qilish yo’lini izchil dаvоm ettirish – tаrаqqiyotimizning muhim оmilidir. O’zR Kоnstitusiyasi qаbul qilingаnining 18 yilligigа bаg’ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi mа’ruzа. //Хаlq so’zi gаzеtаsi. – 7.12.2010. – № 33-34. 2- bеt.
g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.
Talabalar hukmiga havola etilayotgan ushbu ma’ruzalar matni ham mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil tafakkur qilishning dastlabki mevalaridandir. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya fanining, shaxsga ta’lim-tarbiya berishning sirasrorlarini o’rgatuvchi pedagogika fanining o’rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o’quv qo’llanma yoshlarga aynan pedagogik-psixologik bilimlar asoslarini bersada, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Ma’ruzalar matni pedagogika va psixologiya asoslari bo’yicha muxtasar bilimlarni bergani bilan uning har bobi yakunida tavsiya etilgan savollar talabalarni o’z ustida ishlashga o’rgatadi, pedagogikapsixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil o’rganish hamda tahlil etishga ko’maklashadi.
Pedagogika va psixologiya fanlarini oliy o’quv yurtlarida talabalarga o’rgatishda har bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo’nalishiga ko’ra dars soatlarini ajratadi. Rossiya oliygohlarida pedagogika fanini o’qitishda I.P.Podlasiy, M.N.Nevejina, R.A.Bordovskaya, V.A. Slastyonina, psixologiya fani va uning asosiy kategoriyalarini o’rgatishda 25 bobdan iborat dasturni (Nemov R.S.), 46 ta ma’ruzadan iborat rejani (Tixomirov O.K), 12 ta ma’ruzadan iborat dasturni (Makarova I.V.), 8 bobdan iborat rejani (Borozdina G.V.) taklif etganliklarini kuzatamiz. Shu tarzda yondashish o’zbek psixolog olimlari orasida ham ko’rinadi. Masalan,
O’zbekiston psixologlari orasida E.G’.G’oziyevning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelishi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. Nopsixologik va nopedagogik yo’nalishlarda tahsil oladigan talablarga pedagogika va psixologiya fani asoslarini o’qitishda pedagogika, umumiy psixologiya, yosh davrlari va ijtimoiy psixologiyani mavzulari qamrab olinganligini kuzatdik.
Mazkur o`quv qo`llanmada ko’tarilgan muammolarni o’rganishda zamonaviy pedagogik va psixologik texnologiyalardan foydalanish samara beradi. Boblarda ko’zlangan mavzularni talaba shaxsi tomonidan to’laroq va aniqroq idrok etish uchun aqliy xujum, tarmoqlar, yelpig’ich, venna diagrammasi, psixogimnastik mashqlar, sinkveyn, ZXU metodlarini qo’llash tavsiya etiladi. Shuningdek, guruhni guruhchalarga bo’lib, o’qish faoliyatini tashkil etish kerak. Axborot texnologiyalaridan foydalanish chunonchi, psixologiyadagi turli kategoriyalarni slaydlar, rasmlar, diagrammalar xolida ifodalab berish, internet tarmog’ida mavjud vebsaytlarda berilgan materiallarni talabalarga vizual ko’rsatib berish ta’lim sifatini yuqoriga oshiradi.
Mazkur ma’ruzalar matnini yozishda shuningdek, hukumat miqyosida shaxs, uning qobiliyati, iqtidorini o’stirish masalasi muhim ekanligini tasdiqlovchi bir qator Qonun, Qarorlarga asoslanilganki, ularning to’liq ro’yhati foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlarda aks etgan. Pedagogika va psixologiya fanlarida hamda ilmida o’tkazilgan jiddiy tadqiqotlarning statistik ma’lumotlaridan ham foydalanilgan.
Demak, hozirgi zamonda har bir shaxs o’zini psixologik xususiyatlarini bilib olishi uchun pedagogika va psixologiya fanidan xabardor bo’lishi kerak. Buning uchun biz adabiyotlar ro’yxatida juda ko’p adabiyotlarni tavsiya etishimiz bilan birga mazkur ma’ruzalar matnini ham taklif etamiz.
Mualliflar har bir o’quvchi kitobni mutolaa qilish jarayonida unda ko’tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro’y berayotgan olamshumul voqyealar mohiyatini anglashda va ularga nisbatan faol hayotiy mavqyening shakllanishida ko’makdosh bo’ladi, deb umid qiladilar.
Mualliflar
1.1. Pedagogika fanini predmeti, maqsadi va vazifalari.
1.2. Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari.
1.3. Asosiy pedagogik kategoriyalar.
1.4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
1.5. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug’orilgan bo’lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash pedagogika o’quv yurtlarining, ukuv muassasasi, lisey, gimnaziya, kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim.
Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo’lgan milliy urfodatlarimiz, an’analarimiz, o’chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning uchun avvalo milliy g’urur, milliy ong, milliy g’oya, ma’naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. Chunki tarixni bilmasdan, o’rganmasdan undan ruhiy, ma’naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo’lmaydi.
Demak, Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning, ta’limtarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Tarbiya jamiyatning vazifasi bo’lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g’oyalari ta’sirida aniq shaklga ega bo’ladi, shuning uchun ham ko’p jihatdan ma’rifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan birga tarkib topgan bo’lsa, ta’lim nazariyasi fan sifatida bir muncha keyinroq shakllangan.
Tarbiya jamiyat hayotida sezilarli rol o’ynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to’plangan tajribani umumlashtirish ehtiyoji tug’ilib, o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash imkonini beradigan maxsus o’quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo’lishi bilan birga, ta’lim nazariyasi ham fan sifatida rivojlana boshladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ham ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish kurtaklari bo’lgan. Masalan, kattalar va yoshlar o’rtasidagi munosabatlar bilan, keyinroq turli odat va marosimlar bilan bog’liq o’zini tutishning ba’zi bir ko’rinishlari shakllana boshlagan.
Qadimiy va O’rta Sharq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga
ega qator ilmiy qarashlar mavjud bo’lgan. Ular orasida Al-Farobiy, Alisher Navoiy va boshqalarning asarlarini misol keltirish mumkin.
Feodalizm davrida tarbiya asosan din ta’sirida bo’lgan. Shuning uchun ham ta’lim nazariyasining asosiy g’oyalari diniy ilm orqali ifodalangan.
Tarbiya nazariyasining g’oyalari ancha oldindan ilgari surilgan bo’lishiga qaramay pedagogik ilmiy bilim-fan sifatida bir oz keyin shakllangan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi Yan-
Amos Komenskiy (1592-1670) nomi bilan bog’liqdir. Komenskiy tomonidan taklif etilgan tamoyillar, ta’lim jarayonining shakl va uslublari «Pedagogika»ning oltin fondiga kirgan. Uning mashhur «Buyuk didaktika» asari pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasida birinchi muhim ilmiy asar hisoblanadi.
Y.A.Komennskiy (1592-1670)
Ukuv muassasasidagi o’quv jarayonida ta’lim, tarbiya va ma’lumot o’zaro bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Har qanday fan o’rgatilishi mobaynida pedagog tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini shakllantiradi, madaniy xulq-atvorini tarbiyalaydi.
«Pedagogika» atamasi qadimiy Yunonistondan kelib chiqqan. Bu yerda quldorlar farzandlarini ukuv muassasasiga kuzatib qo’yadigan, olib boradigan odamlarni «pedagog» deb atashgan. Keyinchalik bu atamaning ma’nosi birmuncha o’zgardi. Maxsus tayyorgarlik ko’rgan va tarbiya bilan shug’ullangan shaxslar «pedagog» deb atala boshlagan. Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi.
Oldiniga tarbiya jarayoni kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo’lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo’l talabga javob bermay qo’ydi. Endi tarbiya bilan bilimdon, tajribasi yetarli odamlar shug’ullana boshladi. Mashg’ulotlar tobora tashkiliy shakllarga, ko’rinishlarga ega bo’lib bordi va sekin-asta o’quv muassasalari paydo bo’ldi.
Pedagogika uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o’z ichiga olgan tarmog’iga aylandi. Bularning barchasi pedagogikaning tabaqalanishi, ya’ni uning alohida tarmoqlarga ajralishiga sabab bo’ldi.
Pedagogika strukturasini quydagi 1- rasimda aks ettiramiz
1 – rаsm. Pedagogika fanining strukturasi.
1 - rаsmni izоhlаb shuni аytish mumkinki, pеdаgоgikаning insоnni tаrbiyalаnuvchi vа tаrbiyachi sifаtidа o’rgаnuvchi qismi pеdаgоgik аntrоpоlоgiya dеb аtаlаdi. Pеdаgоgik аntrоpоlоgiya insоn tаbiаti vа kishilаr хаmjаmiyati хаmdа insоn vа kishilаr guruhini tаrbiyalаsh vа o’qitish хvqidаgi sаvоllаrgа jаvоb bеrаdi. SHuning uchun u imоrаt pоydеvоrigа qiyoslаnаdi.
Har bir mustaqil fan o’zining predmeti va metodik asosiga ega bo’lgani kabi Pedagogika fani ham fan sifatida shakllanib, o’z predmetiga ega bo’ldi. Barcha ijtimoiy fanlar kabi jamiyatdagi o’zgarishlar, inqiroz, yuksalishlar Pedagogika fanining metodologiyasi, o’qitish jarayoni, g’oyalar rivojiga ham o’z navbatida ta’sirini ko’rsatadi. Lekin insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat, tarbiyaviy jarayon mavjud bo’lgan. Shu sababli ham tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash, hamda oldin tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, insoniyat hayotidagi buyuk o’zgarishlarni, jamiyatni rivojlanishini, farovon turmush tarzini tasavvur qilish qiyin.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot ishlar, pedagogik g’oyalar, ilmiylikka asoslangan natijalar jamlanmalari, ilmiy ishlanmalar, tajribalar, tavsiyalar asosida bir qator ilmiy pedagogik qo’llanmalar, darsliklar chop etilgan.
Xozirgi zamon pedagogika fani jahon pedagogikasining yetakchi bir qismi bo’lib, pedagogika fani tarixi bilan mustahkam bog’liqdir. Pedagogika fanining tarixi esa, pedagogikaning qismlaridan biri, uning maxsus tarmog’i hisoblanadi.
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan boglangan xolda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Pedagogika fanining maksadi:
- Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun xolatdagi muammolarini xal kilish;
- Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dune talablari darajasiga olib chikish masalalariga ijodiy yondashish;
- Umuminsoniy kadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
- Pedagogika-tarbiyashunoslik koida, konunlarni ilgor tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash; - Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini xal kilish;
- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish. Pedagogika fanining vazifalari:
- Shark va G’arbda xalk yaratgan xalk ogzaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilgor goyalarini urganib, taxlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini urganish;
- Komil insonni tarkib toptirishning konuniyat, koida va zaruriy sifatlarini aniklash;
- Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini xozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya konunlariga amal kilish;
- Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi koida, konun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy xayoti bilan boglab, bulajak O’qituvchilarga urgatish;
Xalk ta’limini boshkarish va raxbarlik masalalarini chukur urganib
bulajak O’qituvchilarni kanday tayyorlash muammolarini xal kilish. Pedagogika fanining mazmuni, maksadi, vazifalari, tamoyil, usul va vositalari umuman, xar bir inson uchun zarur bulgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bulishi kerak.
Prezidentimiz I.A.Karimov bu borada shunday degan edilar:
“Uzbekistonning yangilanish va rivojlanish yuli turtta asosiy negizga asoslanadi:
- Umumiy kadriyatlarga sodiklik;
- Xalkimizning ma’naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; - Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon kilish;
[1]
Vatanparvarlik.”
Pedagogika tarixi pedagogik ta’limotning tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etuvchi pedagogik g’oyalarning salbiy pedagogik g’oyalarga qarshi kurashi tarixini, hukmron tabaqalarning demokratiyaga qarshi siyosatini ochib tashlaydi, ilg’or pedagogik g’oyalar, hur fikrlar, ta’lim qonuniyatlarining ayrim olingan tarixiy davrdagi rivojlanish tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolarni o’rtaga tashlaydi.
1.2. Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari
Tarixiylik tamoyili har qanday fan rivojlanishining zarur tamoyili hisoblanadi. Zero o’tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o’tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi va kelajakka yo’naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko’p darajada asos bo’ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o’sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Xozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoklari sifatida kuyidagilarni keltirib utamiz.
Yosh davrlari pedagogikasi mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-tashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning ukuv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi.
Katta yoshdagilar pedagogikasida oliy o’quv yurti shart-
sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmog’i sifatida oliy ukuv yurti pedagogikasining shakllanayotganligi, uning aniqlashib borayotganligi ko’zga tashlanadi.
Milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy o’quv yurtlarida yoshlarga ta’lim berish hamda tarbiyalash muammolari bilan harbiy pedagogika sohasi shug’ullanadi.
Bulardan tashqari oila pedagogikasi bugungi kundagi dolzarb vazifalardan birini tashkil etib, oilalarda, oila markazlarida, mahallalarda, jamoat tashkilotlarida, oila-nikoh muassasalarida amalga oshirilayotgan tadbirlarda namoyon bo’ladi.
Umumiy pedagogikada tarbiyalanuvchilar orasida mafkuraviy targ’ibot va madaniy ma’rifiy ishlar ham o’ziga xos tarmoqlariga egadir. Bu mehnatkashlarni tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shadi va belgilangan pedagogik g’oyalarga suyanadi. Pedagogika fanining hamma tarmoqlari o’zining turli rivojlanish, taraqqiyot bosqichlariga egadir: ularning ayrimlari aniq shakllanib bo’lgan va yetarli darajada keng ishlab chiqilgan boshqalari o’zining shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda (masalan, oliy ukuv yurti muassasasi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi) ba’zi bir tarmoqlar pedagogikasining ajralib chiqishi endigina boshlanmoqda. Umumta’lim ukuv yurtlarida emas, balki yordamchi ukuv yurtlarida shug’ullanishlari mumkin bo’lgan shaxslar ya’ni, ko’rish, eshitish, so’zlash a’zolarida kamchiliklari bo’lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tarbiyalash va ta’lim berishning o’ziga xos tomonlarini tadqiq etuvchi fanlar pedagogika fanining maxsus guruhini tashkil etadi. Pedagogikaning bu maxsus tarmoqlari defektologiya yoki maxsus guruhga birlashtirilgan.
Defektologiya fanlari o’z navbatida alohida mustaqil bo’lgan tarmoqlarga bo’linadi:
Surdоpеdаgоgikа - kаr vа gung tаrbiyalаnuvchilаr tа’lim-tаrbiyasi mаsаlаlаri bilаn shug’ullаnаdi.
Tiflоpеdаgоgikа - ko’zi оjiz tаrbiyalаnuvchilаr tа’lim-tаrbiyasi bilаn shug’ullаnаdi.
Oligofrenopedagogika - aqli ojizlar ta’lim- tarbiyasi bilan shug’ullanadi.
Lоgоpеdiya – tilidа nuqsоni bоr bоlаlаr bilаn shug’ullаnаdi. Bunday ilmiy ishlar bilan shug’ullanadigan institutlar
Respublikamizda turli tavsiyalar berish, metodikani ishlab chiqish bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar, tajriba almashinish bilan ham samarali tadbirlarni olib borishadi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida maxsus tashkil etilgan Defektologiya fakultetida munosib mutaxassislar tayyorlanayotganligi fikrimizning dalilidir.
Bizga yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo’ldiki, pedagogika Fani ta’lim-tarbiya mAqsadini jamiyat talablariga va o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o’zgarishini o’rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi boxlanishlarni ochib beradi.Shu asnoda ta’lim va tarbiya soxasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo’llarini ko’rsatib beradi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga tarbiya, ta’lim, ma’lumot kiradi. Lekin, xozirgi pedagogikani taraqqy etib borishida, asosiy pedagogik kategoriyalar qatoriga rivojlanish va shakllanishni xam kiritsa bo’ladi.
Tarbiya-O’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.Tarbiya bola tuqilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir. Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llanishi mumkin.
Keng ma’noda qo’llanishi deganda – katta avlod vakillari o’zlari to’plagan xayotiy tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin.
Tor ma’noda qo’llanishi deganda – maxsus ta’lim muassasalari orqali shaxsda aniq bilim, dunyoqarash, ichki xissiyotlarini,umuman xayotga tayyorgarligini rivojlantirish tushuniladi. Shu yerda savol tuqiladi: qaysi ta’lim muassasasi boshqasiga nisbatan tarbiya taqdiriga ko’proq ta’sir ko’rsatadi? Bola tarbiyasini buzilishiga faqat tarbiya muassasalari va pedagoglar ko’proq sababchimi? Degan savollar insoniyatni doimo qiziqtirib keladi.[2]
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar raxbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, kunikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.Ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, ikki tamonlama xarakterga egadir.O’qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o’ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijani beradi. Ta’lim jarayonini mazmunini bilim, ko’nikma va malaka tashkil qiladi.
Bilim – bu o’quvchilar o’qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bilimni xayotda ko’p unum beradigan qilib qo’llay olish uchun bilim bilan birga ko’nikma va malaka hosil qilish lozim.
Ko’nikma – mashq qilish natijasida beriladigan xarakatlar yiqindisidir.
Iqtidor va ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi.
Bilim asosida ko’nikma va malaka paydo bo’ladi. Bilim baxsda kerak bo’lsa, ko’nikma mexnatda, dunyoni o’zlashtirishda zarur.
Ma’lumot – ta’lim –tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o’ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta’sirini o’rganadi. Shu bilan birga, pedagogika ukuv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko’pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda ukuv muassasasi, oila va jamoatchilikning o’zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi.
«Pedagogika» tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o’rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog’liqdir. «Falsafa» fan sifatida insoniyat jamiyati, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil etadigan, ya’ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy manbaidir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir.
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o’zaro aloqalar; dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan gneseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi.
Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sosiologiya, etika, estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.
Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog’liqdir. Ularni xal etishda pedagogika ahloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi.
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini o’rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi.
Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go’zallikni xis qila olish, tushunishga o’rganish vositalari va yo’llari belgilab beradi.
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’liqligini, hal etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati, uning mafkuraviy yo’nalishga ega ekanligini ta’kidlab turadi. Tarbiyaning hamma muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish zaruriyatini ko’rsatib beradi.
Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijtimoiy fanlardagi ma’lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga bo’lgan obyektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini o’rganadi.
Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o’rganadigan boshqa fanlardan farqli o’laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug’ullanadi.
Pedagogika psixologiya va fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog’liqdir. Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o’ziga xosligi, birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek sezgi organlarining, tayanch harakat apparatlarining, yurak. kon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga suyanadi.
Psixologik hodisalarning fiziologik asoslarini bilish pedagogika uchun tarbiya va ta’limning ba’zi bir omillarini yaqqol, aniq bilib olish, tushunish imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning ko’pgina muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.
Psixologiya pedagogikaning boshqa fanlar tomonidan aniqlangan bilimlar, o’sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ichki jarayonlarini yuz berish omillari va shart-sharoitlari haqidagi bilimlar bilan qurollantiradi.
Keyingi vaqtlarda pedagogika boshqa yangi rivojlanayotgan fanlar bilan, jumladan, murakkab dinamik tizimlarni rejali boshqarish haqidagi fan bo’lgan kibernetika bilan mustahkam aloqada rivojlanmoqda. Bularning barchasi pedagogika o’zining predmeti va tadqiqot sohasiga ega bo’lib, boshqa bir qator fanlar bilan juda mustahkam bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.
Hozirgi mustaqillik sharoitida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlarni, umuminsoniy ijobiy xislatlarni rivojlantirish O’zbekiston hukumatining qarorlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, nutqlarida o’z aksini, tasdig’ini topgan.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’z yo’li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo’ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi.
O’zbekistonda milliy istiqlol mafkurasi asta-sekin shakllanib borayapti. Pedagogika ilmidagi tushunchalar ta’riflar milliy istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog’i maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Albatta ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy o’ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega. Yana bir tomondan ta’lim nazariyasini, ta’lim - tarbiya mazmunini, shaklini va uslublarining asosiy jihatlari Sharqda ishlab chiqilib, Ovrupo orqali o’zgarib, rivojlanib yana Sharqqa qaytib kelganini va dunyo pedagogik jarayonini bir butunligini hisobga olinsa, quyida keltiriladigan tushunchalarda xususiy milliylikdan ko’ra, umuminsoniylik jihatlarining ko’pligi ko’zga tashlanib turadi.
Pedagogika fani o’z mazmunini boyitishda yangilashda mavjud bo’lgan pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri qo’llansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Lekin ilmiy tadqiqot metodlarining aniq chegaralangan tizimi hozirgacha fanda yaratilgan emas. Pedagog pedagogik jarayonda o’z auditoriyasi tarbiyalanuvchilari xarakter-xususiyatlaridan kelib chikqan, ularni psixologiyasini chuqur o’rganib bir qator metodlarni qo’llash mumkin.Chunki pedagogning asosiy maqsadi dars jarayonini tarbiyaviy ta’sirini oshirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi pedagogik ilmiy tekshirish metodlarni keltirib o’tish lozim bo’ladi.
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat usuli (yakka tartibda, guruh bilan )
3. Talabalar ijodini o’rganish usuli.
4. Test usuli 5. Ma’lumotlarni tahlil qilish usuli.
6.Eksperement-tajriba-sinov usuli. 7. Statistika ma’lumotlarini taxlil qilish usuli.
8. Matematika va kibernetika usuli.
Ta’lim usullarini tanlash bilan bir katorda O’qituvchi darsdagi talabalarni yosh va individual xarakter xususiyatlarini urganishi xamda taxlil kilishi shart.
Pedagogik kuzatish- odatda tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalardagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko’zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi- so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’li shvaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladi.
Suhbat metodida- maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan,yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo’li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va praktikasi intervyu tashkil etishning ko’p usullari mavjud:
- guruhlar bilan; - intensiv; - sinash va h.k.
Pedagogik so’rash metodi- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So’rash savollarning mantiiqIy o’ylangan sistemasini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni («ha», «yo’q») ham taqozo etishi mumkin.
Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig’ib olish metodidir. Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli – bunda o’quvchilarning umumiy miqdori, uning o’sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, Rag’batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli- Ushbu tajriba asosan ta’limtarbiya jarayoniga aloqador ilmiy fara zyoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli- xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari- o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir.
Bu kabi metodlardan foydalanib ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish faqatgina pedagog uchun emas, iqtisodiyot jabxalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi bilan shug’illanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan ma’suliyatli shaxs uchun xam zaruriy shart bo’lgan usullardan biridir. Zero, inson tarbiyasidek murakkab jarayonga hyech qachon e’tiborsiz
1 bo’lmaslik zarur.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa Ushbu ma’ruzada pedagogika fanining predmeti, hozirgi zamon pedagogikasining maqsad va vazifalari, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi, asosiy pedagogik kategoriyalar kabi mavzular yoritilgan va shu bilan birga pedagogika fanining metodlari va ularni kullanilishi xakidagi fikrlar xam keltirib utilgan.
1. Pedagogika fani nimani o’rganadi?
2. Pedagogika fanining vazifalari nimalardan iborat?
3. Sharq pedagogikasi namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
4. Pedagogika fanining tarmoqlari xaqida tushuncha bering?
5. Tarbiya nima?
1 K.Хоshimоv vа bоshqаlаr.Pеdаgоgikа tаriхi. Tоshkеnt. «O’qituvchi». 2003 yil. 72 – bеt.
6. Ta’lim nima?
7. Ma’lumot nima?
8. Ta’lim va tarbiya jarayonida muxim metodlarni kullashning axamiyati nimada deb uylaysiz.
9. Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?
10. Asosiy ilmiy tadqiqot metodlarini tushuntiring?
1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003.
2. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004. 3. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. – 4. Karimova V.M. va boshqajar Psixologiua Toshkent.,TDIU 2007 5. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
6. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
7. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 8. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
9. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
10.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov.
Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
11. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
12.www. inter – pedagogika. ru.
2.1. Tarbiya jarayoni haqida tushuncha.
2.2.Shaxs va uning rivojlanishi hakida tushuncha.
2.3. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar.
2.4.Tarbiya usullari xaqida tushuncha.
2.5.Tarbiya turlari.
Tarbiya jarayoninig mohiyati nimadan iborat? Bu oddiy savol bo’libgina qolmay, pedagogika rivojlanishi shu vaqtga qadar ushbu muammoni yechish yuzasidan ko’pgina qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo shu narsani bilib olish lozimki, tarbiya tushunchasi har xil mavzuda qo’llanishi lozim. Masalan, tarbiya deganda, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash deb tushuniladi. Lekin, bu tayyorlash maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan ikki yoqlama faoliyatni pedagog va talaba faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir.
Psixologik va pedagogik tadqiqotlarga qaraganda shaxsga tashqi omillar ta’siri u xoh ijobiy, xoh salbiy ta’sir ko’rsatsin, tarbiyalanuvchi tarbiyasida ular ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatni belgilab beradi va uning xulqiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishning o’zigina kifoya qilmaydi. To’g’ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbidan paydo bo’ladigan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, his qilishni hamda ulardan o’zi uchun nimalarni maqsad qilish olganligini bilish zarur.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg’ularini ham o’stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun talabaning ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. Talabani tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko’p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi. Pеdаgоgikаdа tаrbiyaning mаqsаdi, mаzmuni, shаkl vа usullаri tаrbiyalаnuvchi shахsining qаrоr tоpishi bilаn mustаhkаm bоg’liq hоldа qаrаb chiqilаdi. Tаrbiya jаrаyonidа shахsni shаkllаnish jаrаyonini quyidаgi 2- rаsm оrqаli ko’rsаtib o’tаmiz
2-rasm. Shaxsning shakllantrish jarayoni.
Har qanday jarayon o’z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar jamidan iborat bûladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o’zi aktivlik ko’rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi.
Sharqda ham azaldan farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab kelingan. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir».
Yurtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak. Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik, rostgo’ylik, halqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi. Aslida olganda ahloq ma’naviyatning o’zagi. Inson ahloqi shunchaki salom-alik xush muomaladagina iborat emas. Ahloq bu insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik deganidir.
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar.
Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu otabobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladigan va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishiga izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar». Islom dini har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko’paytirib yomon xislatlardan xalos etishga chorlagan.
Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo’lgan eng samarali shart-sharoitlarini o’rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo «shaxs» degan umumiy tushunchaning ma’nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko’rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs aktivligi rolini o’rganish kerak bo’ladi.
Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu masalaga filosofik jihatdan baho berish bilan asoslanadi. Filosofiya rivojlanishini tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb quyidan yuqoriga tomon bo’lgan harakat deb, yangining tug’ilishi va eskining yo’q bo’lishi yoki tubdan o’zgarishi deb hisoblaydi.
Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo’li deb qaraladi.
Murakkab bo’lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli xususiyatlarni asosiy tomonlar deb ko’rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani shaxsning uch asosiy tomoni deb ajratib ko’rsatish eng dastlabki o’rinishlardan edi. Keyinchalik pedagog olimlar shaxsni o’rganishga boshqacha yondasha boshladilar. Shaxs doim bir butun, murakkab hodisa bo’lib unda insonning biologik xususiyatlari ham, ijtimoiy xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, xususiyatlari ham sifatlari bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Bu bog’lanishlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, turli kishilarda turlicha sodir bo’ladi. Ba’zan ular birbiriga zid va o’zgaruvchandir. Shuning uchun ham kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki xarakter xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan kirishganiga qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi kishining ijodiy faoliyati uchun zarur bo’lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam xayolida o’ylab turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro’yobga chiqarmasa, bu xayol boyligi salbiy xususiyat bo’lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo’lgan kishi uni yaxshiroq o’rganish uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning
[3] qobiliyati o’smaydi.
Turmushda kishi o’zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari bilan qoplashga harakat qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam astoydil harakat qilib va zo’r berib uni tushunib oladi va mehnatini to’g’ri tashkil etadi. Har bir kishi juda ko’p odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda o’zining turli xususiyatlarini namoyon qiladi.
Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, mehnatga, Vatanga bo’lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko’p jihatdan belgilab beradi.
Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog’ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o’z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo’qotish kuch bag’ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo’lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o’rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko’p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo’ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o’z malakasiga o’ziga bo’lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy turmush mahsuli bo’lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo’ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-atvori alohida xarakterga ega bo’ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo’lib, kishi tarakqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo’lgan aloqalarining turli vaziyat va ko’rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo’ladi.
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o’z atrofidagi odamlar hayoti bilan bog’liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o’ziga bog’liq bo’lmagan munosabatlarga kirishib o’zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi.
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to’g’ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko’rsatish vositalarini bilish zarur.
Tug’ilgan inson shaxs bo’lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi va muayyan qonunlarga bo’ysunadi. Odatda shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Ushbu omillarning hyech biri vaziyat va sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko’rsatadi va kishilarning ongli irodasiga bo’ysunadi boshqalari esa boshqarilishi qiyin bo’lgan omillardir. Ba’zi omillarning ta’siri stixiyali ravishda sodir bo’ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi ayrim kishilarning irodasiga, tashkilotsizlik qobiliyatlarida va boshqalarda bog’liq bo’lmaydi.
Tarbiyaga shaxsni uning his-tuyg’ularini xarakterini, jismoniy rivojini, xulq-atvorini muayyan yo’nalishda shakllantirish maqsadida kishilar birbiriga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy hodisa deb qarash lozim. Pedagogika sohasining yetuk olimlari ijtimoiy omilning hal qiluvchi ahamiyatiga ega ekanligini himoya qiladilar, shaxs yaxshi yoki yomon bo’lib tug’ilmaydi. Balki, tarbiyaning ta’siri ostida yaxshi yoki yomon bo’lib o’sadi deb isbotlaydilar. Xo’sh shaxs tarbiyasi uchun ta’sir etuvchi omillar qaysilaridan iborat? Bu asosan uchta omilni tashkil etadi. Biologik omil, atrof - muhit va tarbiyadagi omillardan iboratdir.
Biologik omil. Bu omilning ta’sirini avvalo shuning uchun e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydiki, shaxs tirik organizmdir, uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga ham, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga ham bo’ysunadi. Hayotning muayyan davrlarida shaxsning ayrim organlari va butun bir organlar sistemasining tuzilishida va funksiyalarida o’zgarishlar yuz beradi. Shaxsning sog’lik holati va bu holat ko’p yoki oz muddat buzilib turishi biologik omilga taalluqli. Shaxs hayotida nerv faoliyatining individual va tipologik xususiyatlari, yosh va jinsiy jihatdan bo’lgan tafovutlar katta rol o’ynaydi, ular oldida irsiy emas, balki tug’ma xususiyat va tafovutlardir. Organizmning biologik yetilishi qonunlarga asoslanadi. Bu qonun muhitning ba’zi bir tarbiyaviy ta’sirlariga turli darajada bo’ysungan holda amal qilishi kerak. Lekin shaxs organizmining biologik hayoti uning psixik rivojlanishini bevosita belgilab bermaydi va shu bilan birga, unga nisbatan mutlaqo betaraf va befarq hodisa bo’lib ham qolmaydi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning roli olimlar tomonidan jiddiy muhokama qilinib kelinmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, ota-ona organizmining uzoq muddat bir xil sharoitda yashash natijasida mustahkam o’rnashib qolgan xossalari irsiyat yo’li bilan o’tadi.
Muhit. Biologiya fani muhitni organizm yashaydigan joy deb, muhitning ta’siri esa organizm bilan bog’liq muhit o’rtasidagi assimiliyasiya va dissimiliyasiya yoki moddalar almashish qonuni asosida amalga oshadi, deb tushuntiradi. Bu qonunga binoan organizm yashab turgan muhit bir butun narsadir. Tabiiy muhit yorug’lik, issiqlik, ovqat, havo kabi komponentlari shaxsning organizm sifatida rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shaxsning shaxs sifatida shakllanishi uchun bu mutlaqo yetarli emas. Shaxsning yashab turgan muhitida odamlar, birinchi navbatda tarbiyalanuvchiga yaqin kishilar, ya’ni oz sonli oila a’zolarigina emas, balki unga uzoqroq bo’lgan kishilar uning qo’niqo’shnilari, mahallasi, tarbiyalanuvchilar bog’chasidagi o’rtoqlari, so’ngra esa u birga o’qiydigan o’ynaydigan, birga ishlaydigan, turli aloqada bo’ladigan o’rtoqlari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Hozirda tarbiyalanuvchilar ommaviy axborot vositalari orqali o’zlariga notanish avlod-ajdodlarning jonli obrazlariga duch keladilar. Bu obrazlar yosh avlodning fikr va hislariga uning voqyea-hodisalariga beradigan baholariga va intilishlariga ta’sir ko’rsatadi. Bunday ta’sir ijobiy yoki salbiy o’tadigan birdan-bir yo’l shaxsning tevarak - atrofidagi odamlar bilan munosabatda bo’lishidir, shaxs munosabatda bo’lgan kishilar uning muhitidir. Shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’ziga xos modda almashish tipi bo’lgan aloqa orqaligina shaxs o’tmish - avlodlarining qimmatli tajribasini o’zlashtira olishi eng yaxshi katta kishilardan namuna ola bilishi mumkin.
Faqat munosabatda tarbiyalanuvchilarning tarbiyachilari-kattalarga emas, balki tarbiyalanuvchilarning o’zlari ham faol qatnashadigan mana shu aloqadagina, faqat ana shu ikki yoqlama jarayondagina shaxs xilma-xil bilim oladi juda ko’p malakalarni va ish usullarini egallaydi, o’zining sezgi organlari orqali idrok qilgan narsalarini anglab olishga tashqi dunyodagi voqyea va hodisalarga turli xil his-tuyg’ular fikr va tasavvurlar bilan javob berishga o’rganadi.
Odamlar bilan munosabatda u nima yaxshiyu nima yomonligini nimani qilish va qilmaslikni bilib oladi, u muayyan maqsad ko’zlab aqlga muvofiq tutishni hamda insonlarga va ularning fe’l-atvorlariga tanqidiy baho berishni o’rganadi. Odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida shaxs yaxshi fazilatlari bilan boshqa shaxslar o’rtasida ajralib tura boshlaydi, o’zi yashab turgan jamiyatda qabul etilgan ahloq me’yorlarini boshqalarga va o’ziga nisbatan qo’llab, ularni o’z ishida mezon qilib ola boshlaydi. Demak, birinchidan, muhit shaxsni rivojlantiruvchi omil sifatida tarixan o’zgaruvchi ijtimoiy hodisadir, chunki muhit, hatto shaxs dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq uning hayoti o’tadigan eng tor muhit ham, ya’ni shaxsning oilasi ham jamiyatning bir uyasi, hujayrasidir. Tarixiy taraqqiyotning har bir davrda yangi kishini tarbiyalashning maqsadlari va vositalari o’zgaradi, ahloq me’yorlari, madaniyat boyliklari, katta yoshdagi odamlarning did va qiziqishlari, fikr yuritish usullari o’zgaradi.
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchi o’z aktivligi tufayli, moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy muhit bilan o’zaro aloqaga kiradi. Faqat ana shu sharoitdagina muhit o’sib kelayotgan shaxsni rivojlantiruvchi omil bo’lib qoladi. Inson tarbiyasida muhit muhimmi yoki tarbiya degan savolni qo’yish mantiqan to’g’ri bo’lmaydi. Bu narsa g’ayriqonuniydir. Ammo muhit shaxsga ma’lum darajada tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatgan taqdirdagina rivojlantiruvchi omil bo’la oladi. Bu ta’sir stixiyali, tartibsiz ko’rinishda bo’lishi mumkin, bunday holda shaxsning rivojlanishi ham mauyyan maqsadga qaratilmagan bo’ladi, natijada shaxsda jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham zararli bo’lgan shaxsiy fazilatlar vujudga keladi.
Tarbiyalanuvchining o’z atrofidagi moddiy va ijtimoiy muxit bilan aloqada bo’lishi, uni rivojlantiruvchi asosiy sabab ekanini tushunish munozarali bir masalani, shaxsning psixik taraqqiyotida eng muhim narsa biologik omilmi yoki ijtimoiy omilmi degan masalani hal qilish imkoniyatini beradi. Shaxs hayotda va kattalar bilan munosabatda o’z individualligini tashkil etgan jismoniy va psixik sifatlarining butun majmui bilan harakat qiladi. Shunday qilib biologik va ijtimoiy omilni biri-biriga qarama-qarshi qo’ymaydi.
Pedagogikada tarbiyalanuvchining rivojlanishini uning faoliyati va shu faoliyat tufayli yuz beradigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqyelikka bo’lgan munosabatlarida, bilish jarayonlari va xarakter xususiyatlarini rivojida hosil bo’ladigan sifat o’zgarishlardan iborat murakkab jarayon deb hisoblaydi. Faoliyatsiz rivojlanish bo’lmaydi. Shaxsdagi rivojlanish mohiyati avvalo shundan iboratki, uning faoliyati o’zgarib va takomillashib boradi, faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar) ko’payadi, har xil faoliyat turlarining o’zaro nisbati, ularning natijalari o’zgaradi va shu o’zgarishlar jarayonida shaxsning rivojlanishi yuqoriroq darajaga ko’tariladi. Shunday qilib, bilish prosesslarida ham tarbiyalanuvchining dunyoga bo’lgan munosabatida ham, uning turli faoliyatida ham murakkab sifat o’zgarishlari sodir bo’ladiki, bu shaxs rivojlanishining mohiyatini tashkil etadi.
Faoliyatning har xil turlarida shaxsning individual xususiyatlari shakllanadi. Bu xususiyatlar faoliyatning maqsadlarida, faoliyatga undagan sabablarda kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan yo’l, usul va vositalarni va uning o’z ishiga, o’z faoliyatiga, o’zi va boshqalarning yutuq va muvaffaqiyatsizliklariga qanday qarashida namoyon bo’ladi.
Kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishda foydalanadigan vositalarga qarab ham shaxsga baho berishi mumkin. Bunda odam o’zidagi bilimini, o’zi yaxshi bilib olgan ish usullari, malaka va ko’nikmalarni qo’llaydi, qobiliyatlar ham shaxsning imkoniyatlaridandir. Kishining imkoniyatlari aksariyat hollarda o’zi o’ylaganidan ko’ra, ancha ko’p yoki oz bo’ladi. Talabchanlik darajasi ochiq ifodalangan sabab vaziyatning murakkabligi va masalani hal qilish yo’lini topish zarurligi unda bo’lgan yashirin imkoniyatlarini oshirib ko’rsatadi.
Shaxsning o’zi yutuq va kamchiliklariga munosabati, beradigan bahosi bu boradagi ruhiy kechinmalari ham uning onglilik darajasini ko’rsatadi. O’z yutuqlariga takabburlik yoki kamtarlik bilan baho berish, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda umidsizlanish yoki masalani hal etish yo’lini topishi uchun yana ham ko’proq sabr, matonat bilan harakat qilish bu turli xil ruhiy kechinmalarning hammasi kishining o’ziga va boshqalarga bo’lgan talabchanligini, o’ziga-o’zi baho berishini va bu bahoning qanchalik asosli ekanini har xil tarzda yaqqol namoyon etadi.
Shunday qilib, shaxsning eng muhim xususiyati uning tevarakatrofidagi dunyoga bo’lgan munosabatlari tizimidir. Kishi qancha ko’p bilsa har - xil odamlar bilan aloqada bo’lib turli xil ishlarda bo’lsa, shaxs sifatida unda o’z mamlakatining fuqarosi, yangi jamiyatning faol quruvchisiga xos eng yaxshi xislatlar shuncha yorqinroq ifodalangan bo’ladi.
Shaxs shakllanishi uchun zarur bo’lgan omillardan yana biri bu tarbiyadir. Tarbiya bu aniq maqsadga yo’naltirilgan, muayyan vazifalar belgilangan, shuningdek, shaxsga ta’sir o’tkazishning aniq yo’l, vositalari ko’rsatilgan va maqsadga muvofiq tashkil etilgan jarayondir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodni xalqning hayotini yaxshilashga, Vatanining gullab-yashnashiga sarflashni biladigan, istaydigan a’zolari qilib tayyorlashdir.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun shaxsdagi rivojlanish mohiyatini tushunish, uning bilish va aloqa boshlash faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlashi zarur. Tarbiyachi shaxsni rivojlantiruvchi eng muhim omilni ham bilishi, stixiyali ta’sir ko’rsatayotgan faktorlarni bartaraf etishi, shaxsda dunyoqarashni shakllantirish, uning o’sishi va rivojlanishining muayyan yosh bosqichlariga oid tarbiya qonunlarini aniqlashi kerak. Tarbiyaning shaxsni rivojlantirishdagi roli to’g’risida turli xil nuqtai nazarlar bo’lganligi pedagogika fanining taraqqiyoti tarixidan ma’lumdir. Pedagogika tarbiya omiliga aktiv rol ajratadi va shaxsning jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik rivojlanishiga to’g’ri tashkil etilgan tarbiyagina yordam beradi. Shu bilan birga tarbiyaga ikki yoqlama jarayon deb qaraladi, unda faqat katta yoshdagilar emas, balki kattalar tajribasini o’zlashtiruvchi shaxslar ham aktiv rol o’ynaydilar.
Tarbiyaviy ishda talabaning kuchi va qobiliyatlarini hisobga olmaslik kabi jiddiy kamchilik ham uchrab turadi. Har bir shaxsning o’z ehtiyoj va qiziqishlari bor. U aqlli tarbiyachining izidan borishi yoki belgilangan yo’nalishda aktiv harakat qilishi, ba’zan esa tarbiyachiga e’tiroz bildirishi, kattalar bilan turli xil aloqada bo’lishi yoki boshqalarga qo’shilmay, passiv holda yurishi mumkin. Tarbiyalanuvchi o’z rivojlanishining obyekti va subyekti sifatida harakat qilganda bu jarayon eng muvaffaqiyatli boradi. Shu bilan birga shaxsning aktivligi, tashabbuskorligi, mustaqilligi ancha oshadi va uning o’zini o’zi tarbiyalashida namoyon bo’ladi.
Pedagogika fanining asoschisi Ya.A. Komenskiy: «Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o’rgangani singari, o’z oldiga insonnini barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday xislatlarga ega ekanligini bilishi kerak» - degan edi. Albatta pedagog qaysi fandan dars bersa o’sha fanni talabalarning shu fanni to’g’ri o’zlashtirishlariga yordam beradigan uslublarni yaxshi bilishlari lozim. Ammo talabaning ehtiyojlari, qobiliyatlari qiziqishlari va ularning chin ko’ngildan xohlab chidam va matonat bilan o’qishga tayyormi-yo’qmi ekanligini hisobga olinmasa, o’qish qoniqarli natija bermaydi, pedagogning mehnati og’ir kechadi. Shaxsning fikrlash qobiliyati va xarakter xususiyatlarini nazarda tutgan holda olib borilgan ta’lim talabalarni bilim olishga rag’batlantiradi, o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, pedagog va talabalar faoliyatini zavqli ijodiy ishga aylantiradi.
Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko’ra o’zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari va yurish-turishlari hammaga ma’lum. Tarbiyalanuvchidagi o’sish va rivojlanishning yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo’lib ko’rinadi. Ma’lum bo’lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan notekis holda borar ekan, har qaysi yosh davrining o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari bor. Anatomiya, fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing ayrim organlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining faoliyatini ham ochib beruvchi g’oyat ko’p faktik material to’playdi. Tadqiqotchilar tananing ayrim organlari va qismlari ko’pincha bir-biridan o’zib ketib, o’zaro kelisha olmay o’sishi va rivojlanishini ko’rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga bo’lishda alohida qiyinchiliklar tug’diradi.
Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun bor kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini tasdiqlovchi to’g’ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy ta’sir ko’rsatiladigan obyektning o’ziga xos xususiyatini, ya’ni uning rivojlanayotgan, jonli mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya jarayonning faol ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi mumkin, biroq ularga qarshilik ko’rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin. Shaxs tarbiyachining maslahati, iltimosi va topshirig’ini bajarishni xohlaydi. Tarbiyalanuvchi pedagogning uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo’lishi kerak. Ularning faoliyati asosan beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit ta’siriga berilgan javobdir.
O’smirlik davrida insonning faoliyatiga ko’p darajada ichki sabablar tufayli sodir bo’ladi.
Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy ongi o’sishidagi muayyan bosqichda shaxs o’zi uchun tashqi bo’lgan maqsadlarnigina emas, balki o’z shaxsiy tarbiyasining maqsadini ham anglay boshlaydi. U o’ziga obyekt deb qarashga o’tadi. Shaxsning ichki sabablari shaxsning o’z nuqsonlarini yo’qotish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni hosil qilish vazifasini o’z oldiga qo’yishining asosidir. Shaxsning o’z bilim va malakasini oshirishi, o’zini-o’zi tarbiyalashi uning obyektiv maqsadni o’z faoliyatining subyektiv zarur motivi deb anglashi va qabul qilishdan boshlanadi. Shaxs o’z xulq-atvori yoki faoliyatini subyektiv ravishda muayyan maqsadga qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, ertangi kunning rejasini tuzish masalasini qo’yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar yuz berishi muqarardir.
Tarbiya san’ati shaxsda o’zini-o’zi takomillashtirishga intilishini mumkin qadar ertaroq uyg’otish va unga o’z oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish yo’lini ko’rsatib, yordam berishdan iboratdir. Bu ishda pedagoglar, ota-onalar hamma vaqt va hamma joyda kuchli va yaxshi bo’lishni istaydigan shaxsning o’ziga tayanishlari kerak.
Tarbiyalanuvchilarning o’sish bosqichlari asosan uch bosqichda rivojlanib boradi.
Uquv muassasasida tizimli ravishda o’qishga borganidan keyin hayot tarzi butunlay o’zgarib boradi. Endilikda u qiziqarli bo’lmagan ammo kerakli narsalarni bilib oladi. O’qish ukuv muassasasigacha davrda egallashgan hali ilmiy bo’lmagan hayotiy tushunchalarga qator o’zgartirishlar kiritadi.
O’spirinlik yoshining eng xarakterli belgisi-tarbiyalanuvchining katta odamga aylanishi ya’ni balog’atga yetishidir. O’spirin xuddi shaxsga o’xshab barcha taassurotlarni jon jahdi bilan o’zlashtiradi, jismoniy va ma’naviy jihatdan voyaga yetadi, bo’ysinishini idrok qiladi, undan o’zi uchun kuch va jasorat oladi, lekin o’z kuch qudratining chegarasini o’zi hali bilmaydi. Ûspirin nisbatan ko’proq darajada kattalar hayotining ishtirokchisi hisoblanadi, oiladagi ancha ma’suliyatli vazifalar uning zimmasida bo’ladi. Tevarak-atrofidagilar ham o’spiringa nisbatan boshqacha munosabatda bo’la boshlaydilar. Lekin uning ma’naviy va jismoniy kuchlarini kattalarga tenglashish uchun, o’zining porloq rejalarini amalga oshirish uchun xali yetarli darajada aniq emas. O’spirinlik yoshining ichki ziddiyatlari ana shulardan iborat. O’zining jismoniy taraqqiyotini anglash o’spirinda xususiy qadr-qimmatini ta’qid etish istagini, mustaqillik sari intilishni keltirib chiqaradi. O’spirin biron bir darajada o’zini ko’rsatishini xohlaydi. Bularning hammasi uning faolligini kuchaytiradi, ijodiy tashabbuskorligini rivojlantiradi, uni ijtimoiy hayotga olib kiradi, ma’suliyat va burch tuyg’usini oshiradi. Aytib o’tilgan xususiyatlar ukuv muassasasi talabasining ijtimoiy pozisiyasini shakllantirish uchun o’spirinlik yoshini ayniqsa maqbul qilib qo’yadi. Ushbu davrda ayrim yomon illatlar ham shaxsda borligi yaqqol ko’zga tashlanishi mumkin.
Yoshlik davri-bu shaxs balog’atga yetishi va shakllanishining yakunlovchi bosqichdir. Bu eng avvalo mustaqillikning rivojlanishida namoyon bo’ladi. Hali o’spirinlik yoshidayoq shaxsda o’zini qaror toptirishga munosabati bilan o’zining va uning xususiyatlariga katta qiziqish uyg’onadi. Yosh yigit va qiz xuddi o’spirin kabi o’zining nimaga qodirligi bilishini istaydi. Lekin endilikda u erishgan natijada hayotiy timsol haqidagi umumlashgan tasavvur bilan taqqoslangan holda o’z faoliyatini boshlaydi. Yigit va qizlar tafakkurining falsafiy yo’nalishi ularni o’zicha tahlil qilishga, o’zicha kuzatishga va o’zicha belgilashga olib keladi.
Tarbiya jarayoni to’xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo’lib, unga pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo’lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o’rtasida ijtimoiy, jamoa, o’rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani yaxshi yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Masalan, tarbiyalanuvchining odobliligi, yetukligi bilan unga qo’yiladigan talab o’rtasidagi farq tarbiyachi va jamoa ta’siriga shaxsning o’z pozisiyasi, ya’ni munosabati tarbiya jarayonining ichki qaramaqarshiligi bo’lsa, tarbiyachining talablari bilan shaxs mikro muhit ta’siri o’rtasidagi uzilish tashqi qarama–qarshilikdir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, tarbiyada tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik dajarajasini ham e’tirof etish lozim. Bordi-yu, bu masala unutilib qo’yilsa, tarbiya jarayonida yana qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Masalan, tarbiyalanuvchilarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun shu faoliyat nima uchun, qaysi maqsadda, qancha muddatda bajarilishini ularning ongiga yetkazish, bajarish usuli va natijasini hisobga olishda esa o’zlariga havola qilish ma’qulroqdir. Bordi-yu, yaxshi faoliyat turi tavsiya qilinganda ularning onglilik va ishni bajarishga tayyorgarlik darajasi hisobga olinmasa, uni bajarish istagi uyg’otilmasa, tarbiyachining o’rinishlari befoyda bo’ladi, talabalar passiv, behafsala bo’lib qolaveradilar.
Tarbiya usullarida har tomonlama shaxsni shakllantirish maqsadida shaxs ongi, his tuyg’ulari, irodasi va munosabatlar sistemasiga ta’sir ko’rsatish usulini tushunish kerak
Tarbiya usullari ham ma’lum bir elementlarga bo’linib tarbiya usullari deb yuritiladi. Masalan, pedagog tarbiyalanuvchiga biror bir vazifani topshirdi. O’z navbatida bu vazifani bajarish uchun ko’rsatmalar beradi. Bu ko’rsatmalar va tushuntirish maxsus holda metodik usul sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya usullari va vositalari o’zaro mustahkam bog’liqdir. Tarbiya usullari shaxsga ta’sir ko’rsatishdan iborat emas. Tarbiya ikki tomonlama jarayon bo’lib pedagog tarbiyachi faoliyati bilan talaba faoliyatini birlashtiradi.
Talabalarning tarbiyaviy ta’sirga faol tayyor bo’lishiga erishish uchun buni muayyan sharoitga qo’yish, uning faol faoliyatini tashkil etish lozim. U yoki bu tarbiyaviy vazifalarni hal etishning muvofiq tashkil etilgan metodik yo’llari tarbiya vositalari deb yuritiladi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan vositalar bunda televideniye, radio, kitoblar shaxslar jalb qilinadigan faoliyat turlari tarbiya vositalari bo’la oladi.
Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o’yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to’garaklari tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish kerak. Tarbiya natijasining samarali bo’lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularni qo’shib olib borishga bog’liq.
Tarbiya usulini tadbiq etish muayyan yoshdagi shaxs faoliyatiga mos kelsa muvaffaqiyatli bo’ladi. Tarbiyaning umumiy usullari asosan 4 gruppaga bo’linadi.
1. Ijtimoiy ongni shakllantirish usuli.
2. Ijtimoiy ahloqni shakllantirish usuli.
3. Rag’batlantirish usuli.
4. O’z-o’zini tarbiyalash.
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari - talabalarning ongli, his tuyg’usi va irodasiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish usullarini umuman shaxs ongiga ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari tushuntirish, suhbat va o’rnak ko’rsatish qismlardan iboratdir.
Tushuntirish - talabalarda e’tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan usulidir. Tushuntirish usulidan ko’zlangan maqsad shaxsga hattiharakatlar, voqyealar va hodisalarga u yoki bu talablarning ma’naviy, estetik, mazmunini ochib berish, unga hulq atvorga va insoniy munosabatlarga to’g’ri baho berishni shakllantirishda ko’maklashishdan iboratdir.
Hikoya va suhbat pedagogning jonli so’zi asosida shaxsni g’oyaviy va ma’naviy shakllantirishning ta’sirchan usuli hisoblanadi. Hikoya qilinadigan mavzu talabalar uchun dolzarb, shaxslarni ma’naviy ishonch, ijobiy his tuyg’ular vujudga keltirishga olib kelishi kerak. Masalan, pedagog boshqa gurux jamoasi metallom yig’ishda yordam berganligini maroq bilan gapirib bersa, buning samaradorligi talabalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar talabalar “Biz ham metallom terishda yordam beramiz”-degan umumiy istak bildirsa, demak, pedagogning hikoyasi shaxslar ongiga yetib borgan va bunga javoban biron maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatishga tayyorgarlik tuyg’usini keltirib chiqaradi.
Suhbat xilma-xil mavzularda olib boriladi, masalan etika- estetika mavzusida ya’ni insonni yurish-turishi, atrofdagi voqyealar, hulq atvor, go’zalligi, davlatning ichki va tashqi siyosati, bilim olishi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish va boshqa mavzularda olib boriladi. Suhbat vaqtida talabalar passiv tinglovchilar emas, balki muhokama qilayotgan faol ishtirokchilarga aylanadi. Suhbat vaqtida pedagog, tarbiyachilar tarbiyalanuvlarni tajribasiga, ularning bilimiga tayanishi lozim. O’tkazilayotgan suhbat talaba uchun ahamiyatliligini hisobga olish zarurdir. Yangi materiallarni tanlash, tarbiyalanuvchini o’ylashga, mazkur masala bo’yicha o’z bilimlarini orttirishga yordam beradi. Pedagogning o’zi qanchalik kam gapirsa, talabalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi.
Suhbat natijasida qabul qilingan ahloqiy me’yor keyinchalik talabalar hulq atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Va keyingi davrga mo’ljallangan o’z hulq atvorini kuzatishlar bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar berish imkoniyati tug’iladi.
Tarbiyalanuvchi xayotiy faoliyatga intilar ekan, kattalar hurmat qiladigan kishilarni o’ziga namuna qilib oladi, ularga taqlid qiladi. Taqlid qilishga moyillik ko’p sabablar bilan izohlanadi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarning hayotiy tajribasi hali kam, barqaror hulq atvor ko’nikmasi yo’qligidadir. Tarbiyalanuvchilarning aktivligi taqlid xarakteriga ega. Talaba kattalar tarjibasini o’zlashtira borar ekan, ko’pincha o’zi hurmat qiladigan, o’ziga yoqtiradigan kishilarning hulq atvori obrazlarida foydalanadi, ulardan nusxa ko’chiradi. Taqlid ularda bir muncha tanlash xarakteriga ega. Ularni boshqa kishilarning xarakteridagi ma’lum xislatlar jalb qiladi.
Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namunalar yordamida kengayib boradi. Taqlid qilish uchun ijobiy namunalar tanlashda ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy omillarning ahamiyati kattadir. Tarbiyalanuvchilar va o’smirlarning taqlid qilishga moyilligi ko’pincha salbiy odatlarni ham o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba’zan tarbiyalanuvchilarni ukuv muassasasi tartibini buzuvchilar, ularning qo’polligi soxta jasurligi jalb qiladi. Ota onalar va pedagoglar farzandiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan o’rtoqlari bilan aloqa qilishini ta’qiqlasa bu aksincha tarbiyalanuvchining haligi tarbiyalanuvchi bilan birga bo’lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi yomon ta’sirga ijobiy namunani qarama-qarshi qo’yish, oilada va ukuv muassasasida faoliyatni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat unga zerikarli, mazmunsiz, majburiy bir narsa bo’lib tuyulmasin.
Tarbiyalanuvchi bo’ladigan muhitga ham imkoni boricha ijobiy ta’sir ko’rsatmog’i zarur. Tarbiyada taqlid qilish va nusxa ko’chirish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Har bir shaxsning o’ziga xos tarzda alohida takrorlanmaydigan shaxs bo’lib uyg’onishiga erishmoq kerak. Namuna onglilikni, ijobiy faollik va mustaqillikni rag’batlantirib turgandagina bunga erishsa bo’ladi. Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun oilada ota-ona, aka-uka, sevimli pedagog namuna bo’la olishi mumkin.
Rag’batlantirish uslubi biron-bir omilning tarbiyalanuvchiga ta’sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-harakatlarini aktivlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Rag’batlantirish harakat qilishga ilhomlantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ishlarning formasi har qaysi tarbiyalanuvchining xususiyatiga qarab o’zgaradi. Istiqbolga doir talablar tarbiyalanuvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Istiqbolni qo’yish har xil insonning ulg’ayishi uchun ham, jamoa uchun ham muhimdir. Rag’batlantirish usullari orasida musobaqa katta o’rin tutadi. Ukuv muassasasi hayotida musobaqa ishlarini ommaviylashtirish muhimdir. Musobaqaning mohiyati qoloqlarni ilg’orlar darajasida yetkazish ishning umumiy yuksalishiga erishishdir. Musobaqa har bir talabaning imkoniyatlarini ko’ra olish va baholashda olg’a harakat qilishda, kuch yetadigan istiqbolni belgilashda iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi.
Rag’batlantirish talabaga shunday ta’sir ko’rsatsinki, bunda tarbiyachi alohida bir talabaning xatti-harakatiga, xulq-atvoriga ijobiy baho bera olsin. Jamoa talablarining bajarilishini rag’batlantirishi uchun asos deb hisoblash kerak. Rag’batlantirish insonga yashayotgan va ishlayotgan jamoaning undan mamnunligini ko’rsatadi.
Jamoa to’g’ri xulq–atvor ko’nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko’nikmalariga barham berishi mumkin. Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining takomillashuviga, xulq atvor va xatti–harakat bobida qanday yo’l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi. Talabani qanday va nima bilan rag’batlantirishni pedagog bilmog’i lozim.
Masalan, o’quv yili oxirida yakun yasaladi va baholash nimaga asoslanishi kerak, o’qish natijasigami, yoki talabaning o’quv mehnatiga, munosabatigami?
Istiqbolni tasvirlash talaba faoliyatini rag’batlantiradi, bu narsa quvonch bilan kutish kayfiyatini oshirib, qo’ygan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga beradi.
Istiqbolni tasvirlash har bir tarbiyalanuvchining rivojlanishi uchun ham, jamoa uchun ham zarur.
Maqtov rag’batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyachining alohida olingan shaxs xususiyatlariga ijobiy baho berishidir. Talaba tarbiyalanishida maqtovning o’rni muhimdir. Maqtov shaxsni ijobiy xislatlarini tarkib topishga yordam beradi. Lekin maqtov ham talaba xissiyotlari rivojlanishi tezlashtirib yuboradi, unda manmanlik, xotirjamlik tuyg’ularini keltirib chiqaradi.
Jamoa talabaning ahloqidan uning ishga munosabatidan, muomalasidan mamnun bo’lmasa, shaxsning o’z hulqini tuzatib olishda yordam ko’rsatish uchun jazo usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham talabaning o’zini noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi.
Tarbiyalanuvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jazolash ham me’yor darajasida bo’lishi shart. Chunki buning natijasida
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning bir qator usullarini ishlab chiqilishi lozim.
O’z-o’zini tarbiyalash usullari Tarbiya jarayonida talaba o’z-o’zini tarbiyalashi, ya’ni o’z ustida ishlash, aktiv ish olib borsagina tarbiyani samarali deb aytish mumkin.
Talaba o’z-o’zini tarbiyalash borasida istiqbolini yaratishga intilishi, hayotda ma’lum mustaqillikka intilishda namoyon bo’ladi. O’z-o’zini tarbiyalash oilada va ukuv muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning ta’siri ostida ro’y beradi. O’z-o’zini tarbiyalash jamoadagi shaxslarda faolroq amalga oshishi mumkinligi ularda iroda, tirishqoqlik intizomni tarbiyalaydi. O’z-o’zini tarbiyalash shaxslarning o’z oldida muayyan vazifa qo’ya olishini, uni bajarishida ichki ishtiyoq bilan bajarish jarayonida shu vazifani bajarishi mumkinligini anglashni, nima qilganligi haqida hisobot berilishini nazorat qilishni va to’plangan vazifalarning aniq natijalariga baho berishni o’z ichiga oladi. O’z-o’zini tarbiyalash shaxsiy majburiyat, o’z ishi haqida hisobotlarni tahlil qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’ziga baho berish usullariga bo’linadi.
Har bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, inson tarbiyasining ham o’ziga xos bir qator muhim tamoyillari, qonunqoidalari mavjud, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi:
Tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilar:
• tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
• tarbiyaning hayot, mehnat bilan O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanishi;
• shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
• tarbiyada shaxsni hurmat qilish va unga talabchanlik;
• tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
• tarbiyada shaxsning yoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kabilardir.
Yuqoridagi tamoyillar va qonun va qoidalarga amal qilib, yangi ijodiy uslublarni qo’llab, rivojlantirib tarbiyaviy jarayonni tashkil etish maqsadga erishishning eng samarali yo’lidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o’rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o’zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo’llash lozim bo’ladi. Bularning hammasi dars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo’lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o’quvchilarda aqliy mehnatni to’g’ri tashkil etish, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish, malakasini hosil bo’lishiga ko’maklashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operasiyalarini rasional o’tkazish kabi malakalarni o’stiradi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas», - deyiladi.
Axloqiy tarbiya «Ahloq», «hulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida qo’llaniladi. Ayrim odatlarda «ahloq-kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui» desa, boshqalar esa «ahloqijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, hamma sohalarda kishilarning hattiharakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi» deyishadi.
Ahloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-harakat ahloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo’lsa ahloq ixtiyoriydir.
Ахlоqiylikning biоlоgik аsоslаrini o’rgаnish tаlаbаlаrgа ахlоqiylik hаr bir shахsning biоlоgik, fiziоlоgik ehtiyoji ekаnligini tushunishgа yordаm bеrаdi. Biz quyidаgi 3- rаsm оrqаli ахlоqiy tаrbiya mаzmuni ko’rsаtib o’tаmiz.
Ахlоqiy tаrbiya jаrаyonining dаstlаbki bоsqichidа shахs ахlоq mе’yorlаrigа mа’lum dаrаjаdа to’g’ridаn-to’g’ri bo’ysungаn hоldа ko’rko’rоnа аmаl qilsа, ахlоqiylikning yuqоri dаrаjаsigа еtgаndа, to’g’ridаnto’g’ri ko’r-ko’rоnа bo’ysunnish оngli idrоk etishgа yakkа shахsning ахlоq mе’yorlаri vа jаmiyat ахlоq mе’yorlаri o’rtаsidа uyg’unlikning hоsil bo’lishigа erishish lоzimdir. Ахlоqiy mаdаniyatning muhim bеlgilаridаn biri hаm хuddi аnа shu shахs vа jаmiyat оrаsidаgi uyg’un munоsаbаtning, ахlоqiy birlikning hоsil bo’lishidir. Ахlоqiylikning yuqоri pоg’оnаsidа shахs jаmiyatning ахlоqiy mе’yorlаrini оngli rаvishdа qаbul qilаdi hаmdа o’z хulq-оdоb yo’nаlishini mustаqil rаvishdа tаnlаydi. Ushbu mе’yorlаrni burch vа vijdоn mеzоni sifаtidа qаbul qilаdi.
3- rаsm. Axloqiy tarbiya mazmuni.1
Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar,
1 Mаnbа: Rаsm muаlliflar tаmоnidаn ishlаb chiqilgаn.
mehnatsevar bo’lishga o’rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Ahloqiy tarbiyada yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o’qitish tarbiyalanuvchilarning ahloqiy mukammallashish bilan bog’liq bo’ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o’z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o’z aksini topgan:
a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
b) mehnatga ahloqiy munosabatni tarbiyalash;
v) atrofdagi kishilarga ahloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish;
g) shaxsning o’ziga, o’z hulqiga, ahloqiy munosabatni tarbiyalash.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To’maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib shaxsni tabiat va
[4] jamiyatdan go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi.
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o’zaro uzviy bog’liq, lekin shunga qaramasdan o’z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o’z spesifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, xuquqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz.
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo’ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o’zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo’ladi. Bu motivlar esa o’sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag’batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina o’quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan:
1. Axloqiy onglilik.
2. Axloqiy qadriyatlar.
3. Axloqiy his-tuyg’ular.
Pedagogikada axloqiy tarbiyani rivojlantirishni bir necha uslublari mavjud bo’lib, bu uslublarni biz 2-rasm orqali ifoda etib o’tamiz.
Ekologiya so’zi «tom» yoki «uy» degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida ko’pgina tarmoqlarga ega: o’simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o’rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi.
Bu yo’nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko’ra, yana boshqa yo’nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham bo’lsa ekologik tarbiya masalasidir.
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to’g’ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o’z oldiga talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo’yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg’ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.
Ekоlоgik tаrbiya bеrishni tаyyorlаshning o’zigа хоs mаzmuni mаvjud bo’lib, biz buni 4-rаsm оrqаli ifоdа etаmiz.
4-rаsm. Ekоlоgik tаrbiya bеrishning mаzmuni.1
Yuqоridаgi 4 – rаsm оrqаli biz ekоlоgik tаrbiya bеrishning mаzmuni, ya’ni, аtrоf muhit vа uning shахs mа’nаviy dunyosigа tа’siri, tаbiаtni
1 Manba: R.Mavlоnоva. Пеdagоgika.Tоshkеnt. «Sharq». 2006 yil.
muhоfаzа qilishdа оtа-оnаlаrning nаmunаlаri kаbi sifаtlаrni оchib bеrishgа хаrаkаt qildik.
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo’ladi. Ekologik munosabatlarga:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4.Tabiat go’zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko’zlagan holda ifodalanishidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo’naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarurdir.
O’sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o’z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipial jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yangi yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ’ibot va tashviqotlar kiradi. To’rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag’batlantirish, majburlash kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniye, adabiyot va san’at asarlari, ko’rgazmali tashviqot hamda targ’ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog’liqligi yanada ortadi.
Hayotda tabiat - go’zallikning manbasidir. U estetik tuyg’ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, talabalar san’atning har xil turlarini ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar jamg’armasiga ega bo’lishi zarur.
4. Talabalar ijodiy va ijrochilik faoliyatini tashkil etish, talabalar badiiy faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar o’tkazib, ijodiy qobiliyatlarini, voqyelik predmetlarini va hodisalarini san’at vositalari yordamida mustaqil tasvirlash ko’nikmalari va malakalarini rivojlantiradi. Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o’z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson oranizmini chiniqtirish va talabalarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o’g’il bolalarni armiya safariga tayyorlash; fizkultura va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Talabalarning sog’ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g’amxo’rlik qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha viloyatlar, +oraqalpog’iston Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport inshootlari, sport komplekslarini keltirish mumkin.
Mehnat tarbiyasi Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o’rinlardan birini egallaydi. Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim samaradorligini umumiy ta’lim ukuv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil hayotga amaliy va texnika inqilobi va hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar darajasiga ko’proq muvofiq bo’lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar ukuv yurtini tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda ro’y berayotgan o’zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak.
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari»da ta’kidlanadiki, mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va xalq xo’jaligining mehnat resurslariga talabini qondirish vositasi deb bilish kerak.
Mehnat faoliyati jarayonida inson tabiatini o’zgartiribgina qolmay u bilan birga o’zi ham o’zgaradi. Mehnat faoliyati shaxsning ahloqiy fazilatlarini shakllantirishga uning tabiat va jamiyatga qarashli tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnat inson aqliy qobiliyati jarayonini o’z ijodiy faolligini namoyon qilib ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi. Mehnat tufayli insonning ma’naviy munosabatlari shakllanadi. Jismoniy jihatdan kamol topib o’z mehnat ko’nikmalari va malakalarini rivojlantira boradi.
Mexnat faoliyatini tashkil etishga kuyiladigan umumiy talablarni kuyidagi 1- jadvalda keltirib utildi.
1- jadval.
Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo’yiladigan talablar.
|
||||
Mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiyg’oyaviy mazmunga egaligi.
|
Mehnat faoliyatini jamoa xarakteriga egaligi. |
Mehnat topshiriqlarini berishda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olish. |
Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo’lishiga erishish. |
Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi. |
Ammo har qanday mehnat ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirish omili bo’lavermaydi. Ekspulatasiya va zo’ravonlikdan xoli bo’lgan mehnatgina insonga hal qiluvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Agar inson majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy rivojlanishga xalaqit beradigan va ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga aylanadi.
Ukuv yurtlarida mehnat tarbiyasini rivojlantirish yo’llarini ijodiy ishlab chiqishda shaxs mehnatini tashkil etish metodikasiga jiddiy e’tibor berish kerak. Mehnatdan maqsadga muvofiq foydalanilsagina u tarbiyalanuvchilar ma’naviy kamolotini omili bo’lib qolishi mumkin. Buning uchun mehnat shaxsni qiziqtirishi, jismoniy mehnatgagina emas, balki aqliy mehnat bo’lishi lozim. Shaxs mehnat natijasini tushunishi kerak. Shaxs faqat ukuv muassasasidagina emas, undan tashqarida ham mehnat qilishi kerak. Mehnat tarbiyalanuvchilar uchun ularning qurbi yetadigan ijodiy faoliyat bo’lishi lozim. Mehnat tarbiyasini bir qator yetakchi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
• umumfoydasi uchun mehnat qilish zarurligi;
• talabalarda jamoa mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun zarur bo’lgan barqaror ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash;
• talabalarni umumiy bilim va politexnik bilimlar tizimi bilan hozirgi zamon ishlab chiqarishda qatnashish uchun zarur bo’lgan maxsus mehnat
ko’nikmalari va malakalari bilan qurollantirish;
• talabalarga bo’lajak kasbni ongli tanlashda yordam berish;
• mehnat madaniyati asoslarini tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning iqtisodiy tarbiyasi.
Mehnat tarbiyasining vositalari quyidagilar:
1. Ijtimoiy foydali mehnat.
2. Oilaviy mehnat.
3. Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv.
Mehnat ikki xil bo’ladi:
Aqliy mehnat.
Jismoniy mehnat.
Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og’ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo’r berishni talab qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug’ullanishni talab qiladi. Bu mehnatning murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo’lishi qiyinroq bo’ladi, bu natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi.
Akliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega bo’lgan va mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy xarakterlarni egallaydilar. Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning samarali turlarini shakllantiradi. Akliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi yetadigan darajada bo’lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning qurbi yetmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon yetkazadi. O’qishdan ko’nglini sovutishi mumkin. Shu sababli pedagog har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatini va ta’lim olishga individual tayyorligini aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi xususiyatlarini bilishi, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. Ûquv mehnatning bosh vazifasi-shaxsni o’qishga o’rgatishdan, uni ûquv mehnati metodikasi va texnikasini qurollantirishdan, ûzi bilim oladigan bo’lish imkoniyatini berishdan iborat. O’quv mehnati jarayonida ta’sir qiladigan ko’nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchini bûlajak mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo’ladi. Pedagogning ukuv muassasasi tarbiyalanuvchilarida darsliklar, kompyuter texnikasi bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishda mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. O’quv mehnati jarayonida aqliy mehnat madaniyati hosil qilinadi. O’rtoqlik, xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, bularning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish uchun xizmat qiladi.
Qisqa xulosa Tarbiya jarayoni to’xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo’lib, unga pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo’lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o’rtasida ijtimoiy, jamoa, o’rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani yaxshi yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir.
1.Tarbiya jarayoni nima?
2.Tarbiya jarayoninig murakkabligi nimada?
3.Tarbiya tamoyillari.
4.Tarbiya usullari, turlarini sanab bering?
5. Shaxs tushunchasiga ta’rif bering?
6. Muhit nima?
7. Tashqi muhitning shaxsga ta’siri nimalarda namoyon bo’ladi?
8. Tarbiya orqali insonni to’liq o’zgartirish mumkinmi?
9.Tafakkur, idrok, ilmiy dunyoqarash deganda nimani tushunasiz?
1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003.
2. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004. 3. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. – 4. Karimova V.M. va boshqajar Psixologiua Toshkent.,TDIU 2007 5. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
6. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
7. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 8. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent.
TDIU, 2007 yil
9. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
10.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov.
Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
11. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
12.www. inter – pedagogika. ru.
3.1. Didaktika xaqida umumiy tushuncha. 3.2. Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir.
3.3. Ta’limning mazmuni.
3.4. Ta’lim tamoyillari.
3.5. Ta’lim tamoyillariga tavsif.
3.6.Ta’lim metodlari.
3.7. Ta’limni tashkil etish shakllari.
3.8. O’zbekistonda ta’limni isloh qilish tamoyillari. 3.9.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy yo’nalishlari.
Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo’lib u o’qitish, bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug’ullanadi. Ta’lim nazariyasini “Didaktika” tushunchasi bilan ham ifodalanadi. “Didaktika” so’zi grekcha “Didasko” so’zidan olingan bo’lib, “Uqitish, o’rgatish” degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning o’rganish obyekti o’quv jarayoni, o’quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to’plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ma’lum
[5] tizim orqali amalga oshirish bo’lib hisoblanadi.
Albatta, avloddan-avlodga o’tib borgan sari ijtimoiy tajriba hajmi, demak bilimlar hajmi ham ortib boradi. Fan va texnikaning rivoji ham ilmiy bilimlarning hajmiga va xarakteriga ta’sir ko’rsatadi. Bularning hammasi esa o’z navbatida ta’lim tizimida o’z aksini topadi. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo’lib xizmat qiladi. Chunki aynan ta’lim tizimi jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy, ilmiy dunyoqarashini shakllanishida eng asosiy o’rinni egallaydi. Shuning uchun ham barcha tarixiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta’lim tizimini isloh qilish muhim o’rin tutgan. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
O’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim jarayonida:
Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi;
Kerakli malakalarga ega bo’ladi;
Ko’nikmalar hosil qiladi;
O’quv jarayonida ta’lim oluvchilar va pedagoglar o’rtasida o’ziga xos munosabatlar o’rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta’lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo’naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o’zlashtirib olishlari kerak. Ta’lim jarayonida pedagog o’rgatish, bilim, malaka, ko’nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o’zlashtirish jarayonini o’z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo’lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O’qish talabalarning o’zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operasiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma’lum bo’lgan xaqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta’limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo’lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta’lim tizimi talabalarga berishili kerak bo’lgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni yechimini topish ustida bosh qotirmoqda.
Zaruriy bilimlar hajmini belgilash va shu bilan bir qatorda o’qish muddatini aniqlash eng muhim masalalardan biri. Ta’lim jarayonida biror fan sohasidagi insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o’rganish kerak deb o’ylash mutlaqo noto’g’ri bo’lar edi. O’quv jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar- fanlarning asoslari o’rganiladi. Ammo shunga qaramay hozirda o’rganish zarur bo’lgan yangi-yangi fanlarning tarmoqlari (ekologiya, EHM, oila psixologiyasi, iqtisod asoslari, ma’naviyat asoslari) vujudga kelmoqdaki ular ta’lim hajmini benihoya kengayishiga sabab bo’lmoqda. Bunday muammolar hozirda deyarli barcha davlatlarda mavjud va har bir davlat bu muammolarni o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishga harakat qilmoqda. Biz bu muammolarni ta’lim tamoyillarini (prinsiplarini) buzmagan holda, yosh avlodning sog’ligiga ziyon yetkazmagan holda yechimini topishga harakat qilmoqdamiz. Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo’lgan ma’naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bo’lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi bugungi kun talabinigina hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan xulosaga kelamiz. Chunki, bugungi kun talablari kelajakda jamiyatning asosiy o’zagiga aylanadi. Demak, ta’lim tizimi talabalarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi hayotga tayyorlashi lozim. Bu
[6] ham ta’limning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Ta’limning yana bir o’ziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. Har qanday tarbiya asosida bilim mavjud bo’lganidek har qanday ta’lim o’zida ma’lum tarbiyaviy ta’sirni mujassamlashtiradi. Bilimlarning talabaning faqat fikrlash qobiliyatiga emas, balki ichki kechinmalariga, his-tuyg’ulariga, fazilatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayniqsa, gumanitar fanlarni o’rganish talabaning ma’naviyatini shakllanishida ahamiyatlidir. Shuning uchun ta’lim muassasalari tarixan faqat ilm maskanlarigina bo’lib qolmasdan, balki tarbiya uchoqlari sifatida ham qabul qilingan. Ta’lim va tarbiya bir jarayonning ikki tomoni bo’lib, biri-birini to’ldirib keladi. Bilim bu kuchqudrat, ana shu kuch-qudrat ma’naviyati yetuk inson qo’lida rivojlanishga xizmat qiladi. Ma’nan qashshoq inson bu qudratdan noo’rin foydalanishi va jamiyatga ziyon yetkazishi ehtimoldan holi emas. Bunday holatlar tarixda juda ko’p marotaba takrorlangan va bu isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylangan. Demak, ta’lim albatta tarbiyaviy asosga ega bo’lishi va talabalarga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasligi, balki tarbiyalashdek murakkab jarayonini ham o’z zimmasiga olishi lozim.
Ta’lim jarayoni ta’sirida talabaning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirish va yangi pog’onaga ko’tarish asosiy masalalardan biridir. Aynan ta’limning rivojlantiruvchi xususiyatini ikki darajaga ajratib tahlil qiladi.
Zaruriy rivojlanish. Bu talaba tayyorgarligidagi mavjud daraja, boshqacha qilib aytganda, talabadagi bor daraja, ya’ni talabaning bugungi o’quv jarayonigacha bo’lgan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja talabaning ishni mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Yuqori darajadagi rivojlanish. Boshqacha qilib aytganda, shu dars davomida ko’tarilish kerak bo’lgan darajadir. Bu talaba hozircha qila olmaydigan, lekin ko’mak vositasida eplay oladigan ishdir. Talaba ana shu o’zi uchun yangi bo’lgan va bajarishga kuchi yetadigan vazifani bajarish davomida ikkinchi darajaga ko’tariladi. Lekin bu vazifa talabaning taraqqiyot zonasida joylashgan bo’lishi shart, aks holda rivojlanishga erishish qiyin. Yaqinlashib qolgan taraqqiyot zonasiga kirgan har narsa ta’lim jarayonida zarur rivojlanish darajasiga o’tadi.
Shunday qilib, yaqinlashib qolgan taraqqiyot zonasi rivojlanishdan ilgarilab ketadigan ta’lim vositasida yaratiladi. Ta’limning har bir bosqichi taraqqiyotning erishilgan bosqichiga tayanadi va muayyan bosqichni ko’zlagan holda navbatdagi bosqichni tayyorlab beradi.
Demak, ta’limning yana bir zaruriy xususiyatlaridan biri uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega ekanligidir.
Ta’limning ana shu yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda va ularga amal qilgan holda o’quv jarayonini tashkil qilish shubhasiz ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish lozim. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
2. Talabalarda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o’stirish.
3. Talabalarning ma’naviyatini boyitish va tarbiyalash.
4. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va iste’dodlarini ochish hamda o’stirish.
Ushbu vazifalarni bajarishda differensiyalashgan yondashuvning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, differensiasiya (ya’ni yakka holdagi yondoshuv) talaba shaxsini chuqurroq o’rganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Talaba shaxsi chuqurroq o’rganilgandan keyingina unga mos bo’lgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha talabalar uchun umumiy metodlar qo’llash ta’limni ko’r-ko’rona olib borish bilan barobar va bu holda ta’limning samarasini juda past darajaga ega bo’ladi. Ta’limni differensiasiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda ma’lum darajada o’z yechimini topmoqda va aytish kerakki, bu yechimlar ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishga yordam bermoqda.
Ta’limda yoshlarni bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish jarayonida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash ta’lim tizimida foydalanilayotgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, [7] talabalarning o’zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Albatta ta’lim tizimini samarali bo’lishi pedagog kadrlarning tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. Pedagog birinchi galda o’z kasbini sevishi, hurmat qilishi, talabaga katta qiziqish va mehr bilan qarashi, jamiyat oldidagi o’zining katta mas’uliyatini his qila olishi shart. Pedagog har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o’quv materiallarini to’g’ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan bo’lishi pedagogik vaziyatga qarab ulardan o’rinli foydalana olishi, o’z faoliyatini tahlil qila olishi va xulosalar chiqara olishi kerak.
Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan toboro to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi.
Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o’rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o’zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya xar hil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir.
Kuzatish, tajriba o’zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ko’rsatib berishdan iborat.
Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun axamiyati ham bo’lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy bog’lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqyelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi.
Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko’rsatib o’tamiz.
Bilim olish darajasi.
|
Analiz |
||||
|
Sintez |
||||
|
Taxlil qilish |
||||
|
Q’o’llash |
||||
|
Tushunish |
||||
Olingan bilmni yodda saqlash |
|||||
Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
1.Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur extiyojlar, ijtimoiy tuzimning xususiyatlari.
2.Davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad va vazifalar.
3.O’qitish qoidalaridan kelib chikadigan va o’quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e’tiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta’lim mazmuni o’quv rejasi, o’quv dasturi va darsliklarda ifodalangan. O’quv rejasi - deb, o’qitiladigan fanlar, o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilini tuzilishini belgilab beruvchi davlat xujjatiga aytiladi.
O’quv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so’zsiz amal qilinishi lozim bo’lgan davlat xujjatidir. Unda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va o’sha fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Maktabning yagona o’quv rejasi xalq ta’limi vazirligi tamonidan tasdiqlanadi.
O’quv dasturi – o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O’quv dasturi xar bir o’quv fanining o’qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va g’oyaviy – siyosiy yo’nalishini aniqlab beradigan davlat xujjatidir.
O’quv dasturida o’quv yili davomida xar qaysi sinfda aloxida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda xar qaysi o’quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan o’quvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
Darslik – o’quv jarayonining zarur qismidir. Ko’p vaqtlardan beri u o’qitishning eng muhim vositasi xisoblanar edi.
Xar bir o’quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o’quv qo’llanmalar xam tuziladi. Masalalar va mashqlar to’plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug’at kitoblari vash u kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
O’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalari bilan xam darsda, xam uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy axamiyatga ega. U bilan ishlash tarbiyalanuvchilarning ahliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq, odob, tafakkurning, nutqning, ishdagi mustaqilligini rivojlanishiga yordam beradi.
Inson vujudga kelibdiki, o’z farzandiga bilganlarini ûrgatish, o’zi ega bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarini keyingi avlodga o’tkazish dastavval anglanmagan holda bo’lsada mavjud edi. Bu yashash uchun kurash êîíóíèäàí kelib chiqib, yashashning zaruriy sharti hisoblangan.
Jamiyat rivojlanar ekan avloddan-avlodga o’tkazish lozim bo’lgan bilimlar hajmi ortib bordi. Bilimlar, egallash lozim bo’lgan malaka va ko’nikmalar murakkablashib bordi. Bu jarayon olimlar tomonidan tahlil qilinib astasekin ma’lum qoidalar ishlab chiqildi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ta’lim jarayonini chuqur o’rgangan olimlardan biri. U ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi. O’quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga: -talabani zeriktirmasligi;
-bilim berishda turlilikka asoslanishi; -uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak.
Beruniy yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko’rgazmali bayon etish samarali natijalar berishini ham ta’kidlaydi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslarni ukuv muassasasida o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
-talaba bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik; o’qitishda jamoa bo’lib, ukuv muassasasida o’qitishga e’tibor berish; -bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; -o’qitishni jismoniy mashklar bilan qûshib olib borish.
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o’rin egallay boshladi.
Keyinchalik chex olimi Yan Amos Komenskiy ham bu borada ilmiy izlanishlar olib boradi va o’zining “Buyuk didaktika” asarini yozishga kirishadi. Va u bu asarida ta’lim-tarbiyaning samarali tamoyillari, uslublari, dars jarayonlarini tizimlarini aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatib o’tadi “Didaktikaning otasi, asoschisi” nomiga sazovor buladi.
O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, +ori Niyoziy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq.
Shunday qilib didaktika tamoyillari asrlar osha sayqal topib bordi.
Albatta didaktika tamoyillari har bir davrning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zgarib boradi. Chunki ta’lim tamoyillari jamiyat va davlat oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda pedagog va talabalar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.
Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi tegishli ko’nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo’l yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko’ra ta’lim qoidalari o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o’rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmokda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo’lib kelgan.
Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko’rsatmoqda:
1. Ta’limning ilmiy bo’lishi;
2. Ta’lim va tarbiyaning birligi;
3. Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi;
4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;
5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;
6. Ta’lim jarayonining ko’rsatmali va ko’rgazmali bo’lishi;
7. Bilimlarni puxta va tizimli o’zlashtirib olish;
8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish; 9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
Ta’lim tamoyillarini guruhlarga ajratish va ularga tavsif berish ishi butunlay yakunlangan deya olmaymiz. Chunki yuqorida aytib o’tganimizdek bu tamoyillar davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ta’lim xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari pedagogika va xususan didaktikaning fan sifatida mukammallashib borishi yangi bilimlarning xosil bo’lishi ham ushbu tamoyillarni guruhlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda 7 ta, ba’zi adabiyotlarda 9 ta, ba’zi adabiyotlarda esa 10ta tamoyilni sanab o’tilgan. Õozircha biz 9 ta tamoyil guruhini ajratishni lozim topdik.
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqyelikni inson ongida aks etishidir. Tevarak-atrofni o’rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning xossalarini va ularning o’zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari haqiqiy voqyelikka ma’lum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq o’rganishi kerak bo’ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga isbotlab bo’lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko’rilgan bilimlarni yetkazishimiz lozim.
Ta’limning ilmiyligi talabaning o’quv materiallaridagi qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Nazariy qoidalarni tushunish-materialini ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo’lib, u talabaning fikrlash faoliyatini xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqyeilikni har xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri nazariy ma’lumotlar tizimini shu ma’lumotlar tevarak–atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir.
Ilmiylik qoidasi barcha yosh guruhlardagi va turli o’quv yurtlaridagi talabalarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Yetuk milliy kadrlarni tarbiyalash va yetishtirish uchun hozirgi zamon fan-texnikasining rivoji darajasidagi ilmiy bilimlarni egallashga erishish muhim. Shu bilan bir qatorda talabalarni ilmiy–tadqiqot usullari bilan ham tanishtirib borish maqsadga muvofiq. Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir ya’ni darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv dasturlari, o’quv rejasi ilmiy asosda yaratilishi lozim.
Ta’lim va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy tadbir o’zida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat bo’lib biz ta’lim jarayonida uni hisobga olishimiz lozim. Ta’lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonilarini to’g’ri belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda qulay. Chunki tarbiya hishayajon va amaliy hayot bilan chambarchas bog’liq. Bu esa bilimlarni puhtaroq o’rganishga yordam beradi. Bilimlar esa ana shu tarbiyaviy jihatlarni mustahkamlanishiga ta’sir etadi. Bilimlar hayotni, hayotiy qonuniyatlarni bilishga xizmat qilsa, tarbiya ana shu hayotga nisbatan to’g’ri munosabatni tarkib topishini ta’minlaydi. Demak, bir butun ta’lim jarayonida ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni sodir bo’lar ekan.
Ta’lim–tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil metod va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ham ilmiy,
ham g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi;
b) o’qitilayotgan mavzunining ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib borilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilish; v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonini vujudga keltirish, talabalarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborining kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida talabalarning uyushqoqligini, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta’minlash zarur.
Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi.
Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda sistemalilik va izchillik bo’lishi shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum sistemaga solinishi va izchil bo’lishi ta’lim samaradorligi belgilovchi eng yetakchi omillardan biridir. Xozirgi zamon didaktikasidan bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki ta’limda izchillikka rioya qilib o’qitish bugun o’rganilgan bilimlarni mustahkamlashga va ertaga o’rganiladigan bilimlarga zamin tayyorlashga yordam beradi. Ya’ni o’tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning talabalarning oldingi o’zlashtirilgan ilmiy bilimlari, ko’nikma va malakalari bilan izchil va o’zviy bog’lanishi, shu bilan bir vaqtda o’qitilayotgan o’quv materiallarini o’zlashtirish orqali kelajakda yangi bilimlarni o’zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limning tizimli bo’lishi uning izchil bo’lishi bilan bog’likdir.
Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, u talabalarning oldindan o’zlashtirilgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning o’zaro boshlanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida oldindan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir. Demak tizimli va izchillik ta’limda uzluksizlikni vujudga keltirishda ahamiyatlidir. Bundan tashqari ma’lum sistemaga solingan bilimlarni egallash o’rganish jarayonida qulaylik vujudga keltiradi. Albatta tizimli va izchillikni soddadan murakkabga qarab yo’naltirilishi maqsadga muvofiq. Bilimlarning asta-sekin, izchillik bilan murakkablashib borishi tafakkurni rivojlantiradi va natijada ta’limning rivojlantiruvchi xususiyati kelib chiqadi.
Ta’limning asosiy maqsadi yoshlarni mustaqillik hayotga tayyorlash ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o’z bilim, malaka va ko’nikmalarini amalda qo’llay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun biz ta’lim jarayonida talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu bilimlarni amaliyotda qullay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Demak, bu tamoyil ta’limning ilmiyligi haqida tamoyil bilan hamoxang bo’lib, ular bir-birlarini to’ldirib keladilar. Ta’limning ilmiyligi bilimlarni nazariy jihatdan o’rganishga, mantiqiy bog’liqliklarni tushunishga, fikrlash qobiliyatini o’stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni amalda qo’llab ko’rish yanada to’liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
3.5.4.Ta’lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili Mazkur tamoyilda dastavval o’quv fanining mazmunini va o’ziga xos xususiyatga bog’liq holda o’qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirish va uni amalda qo’llay olish, o’quv materiallarini idrok qilish, anglash, shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy operasiyalar bilan bog’liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida talabalar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan nazariy bilim, ko’nikma va malakalar tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo’llaniladi.
Bu mashg’ulotlar ularni kelgusida murakkab ilmiy nazariyalarni amalda qo’llana olishlari uchun zarur bo’lgan tajriba bilan qurollantiradi. Talabalar o’quv materialini tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonununiyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladilar. Shuning uchun ham har bir mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’rganilayotgan yangi bilimlarni mumkin qadar amaliyot bog’lash o’quv jarayonining tamoyili sifatida qabul qilinadi.
Ma’lumki, eski musulmon ìàêòàálarida o’qitish jarayoni, yod olish muhim o’rin egallagan. Lekin tushunishga va anglab olishga e’tibor bir oz kamroq ajratilgan. Ayni vaqtda mohiyati anglab olingan bilimgina amalda samarali qo’llash mumkin. Shuning uchun o’quv jarayonida xotirasi kuchli bo’lgan talabalarning mavzuni shunchaki yuzaki yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Onglilik talabalarni yangi materialini idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyatdan she’r yodlash va hokazolarning ifodalanishinigina emas, balki ularning hayotiy xodisalar, jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan mavzuni ham tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda material quruq yodlab olingan bo’ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat xosil qilishni, emosional kechinmalar uyg’otishni ham o’z ichiga oladi. [8]
Biz yaxshi bilamizki, ta’lim ikki tomonlilik xususiyatiga ega. Ta’lim jarayoni pedagog yo’naltiruvchi bo’lib maydonga chiqadi va talabalar o’rganish jarayonini o’z boshlaridan kechiradilar. O’rganish jarayoni murakkab psixik jarayon bo’lib talabadan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagog qanchalik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin talaba tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, o’quv jarayonida samaraga erishish mumkin bo’lmaydi. Demak o’quv jarayonida avval talabalarda faollikni uyg’otish zarur. Bu faollik bilish jarayoniga ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi. Talabalarda faollik holatini vujudga kelishda motivasiyalar ahamiyatlidir.
Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo’yishdir. Aytib o’tish joizki onglilik va faollikkina mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo’yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash, muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman onglilik, faolllik va mustaqillik o’zaro bir-birini to’ldirib turuvchi psixik holatlar deyish mumkin. Bilimlarni ongli o’zlashtirish, bir tomondan, talabalarning mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida talabalarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Talabalar faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, talabalar ongliligini o’stirish o’qitishda yuksak samaradorlikka erishishga yordam beradi.
3.5.6. Ta’lim jarayonining ko’rsatmali va ko’rgazmali bo’lishi tamoyili
Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlàrini ko’proq jalb etish o’rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, ko’rish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi.
Ko’rsatmalilik mavzuni o’rganishda yengillik tug’dirishi bilan birga talabada qiziqish ham uyg’otadi. O’rganilgan mavzuni uzoq muddat esda saqlanishiga va qayta esga tushirishga yordam beradi.
Talabalarning sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirishga yordam beradi.
Albatta ko’rsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlarini ham e’tiborga olish kerak. Birinchidan, ishlatiladigan ko’rsatmali qurollar u yoki talabalarining yoshi va o’ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarlikka-saviyasiga mos keladigan bo’lishi lozim. Ikkinchidan, foydalaniladigan ko’rsatmali qurollar o’tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishiga yordam beradigan materiallar bo’lishini hisobga olmoq, demak, uning to’g’ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko’rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari to’g’ri tanlangan bo’lishi lozim. Umuman olganda, ta’limni ko’rsatmali bo’lishini ta’minlash ustida hozirda ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va ko’rsatmalilikni samaradorligini oshirishda fantexnikaning keyingi yillar ichida erishgan yutuqlaridan foydalanish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Ta’lim jarayonida biz talabalarni bilimlarni mustahkam esda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablardan biridir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o’quv materiallarini tizimli va ongli o’zlashtirishga bog’liq. Avvalgi mashg’ulotlarda hosil qilingan bilim, ko’nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o’zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar bazasining puxta bo’lmasligi keyingi o’rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo’lishiga olib keladi. Yaxshi o’zlashtirilgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni o’rganishda va mustahkamlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish, ba’zi tushunmovchiliklarni yo’qotish, mustahkamlashga e’tiborni qaratish didaktikaning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni uyushtirish bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldindan o’zlashtirilgan o’quv materialinigina esga tushirmay, balki shu o’quv materiallariga bog’liq bo’lgan yangi-yangi ma’lumotlar ham beriladi, o’zlashtirilgan bilimlarning noaniq tuman bo’lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to’ldiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib borish, takrorlash tizimli va uzluksiz ravishda to’ldirib borish muhim didaktik talabdir.
3.5.8.Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
Har bir talaba o’ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir talabaning o’ziga xos bo’lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o’quv jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar har qancha unumli metodlardan foydalanmasinlar o’quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini ta’minlash. Lekin talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Talabalarning real o’quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o’rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir.
Busiz o’quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga sig’maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil va ularni o’rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida talabaning kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga mos bo’lgan xususiyatlarini bilib olish mumkin. Talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarini tahlil qilish hamda shu muammolarning sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rejalashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o’zlashtirishi bir oz pastroq bo’lgan talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o’zi uchun talabaning yangi qirralarini kashf etishi e’tiborli. Keyingi davrlarda “differensiallashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni hisobga olgan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan. Guruhlar uchun tuzilgan dasturlar, qo’llaniladigan metodlar talabalarning shaxsiy xususiyatlari hisobga olgan holda tanlanadi. Didaktika bu yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va bu ta’limning samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
3.5.9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili Ma’lum gurux uchun belgilangan o’quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. O’rganilayotgan bilimlar, xosil qilinayotgan malaka va ko’nikmalar talabalarni xaddan ziyod toliqtirib qo’ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, o’quv jarayoni talabalarning sog’ligi, psixik holatiga salbiy ta’sir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir yosh xususiyatlarini chuqurroq o’rganib imkoniyatlar darajasini belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo’lishiga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo’la olmaydi. Demak har bir yosh davrida talabalarning imkoniyatlarini o’rganish va imkoniyatlarga mos ravishda ta’limni tashkil etish, o’rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda muhim bo’lib bu yo’nalishda ham tegishli ilmiy-tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda O’zbekistonda ta’lim tizimini yangilash, mukammallashtirish borasida bir talay ishlar olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, o’quv tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini mukammallashtirish, har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoit yaratish masalalari ko’rib chiqilgan. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustivorligi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo’nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Ko’rib turganimizdek uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillar bilan hamoxang bo’lib, ana shu didaktik tamoyillarni yanada mukammallashuviga turtki bo’lib xizmat qilmokda.
Demak, bugungi kun talablarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika o’quv jarayonini qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishi hamda ta’lim samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq.
Xalq ta’limi vazirligi, pedagogika ilmiy tadqiqot instituti, metodist pedagoglarning, xususan pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biri - ta’lim-tarbiyadagi muammolarni, mahalliy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta ko’rib chiqish, barcha o’quv fanlari bo’yicha yangi milliy dasturlar yaratish, ta’limni pog’onalash, dars jarayonini toifalashdan iboratdir.
Shu munosabat bilan yaqin o’tmishdagi o’zbek ukuv muassasasilari o’qitish tarixiga bir nazar tashlash ayni paytda ta’lim metodlarini o’rganishni osonlashtiradi. Shubhasiz, mazkur ta’lim metodikasi tarixiga oid manba muayyan darajada ta’limning metodik bo’shliqlarini ma’naviy jihatdan to’ldiradi, pedagog tarbiyachilarning pedagogik meros va xalq pedagogikasiga bo’lgan katta ehtiyoj va qiziqishlarini qondiradi.
Keyingi vaqtlarda taraqqiy etgan mamlakatlarning ukuv muassasasi sohasidagi yutuq va tajribalarini o’rganishga uni bizning sharoitimizga joriy etishga e’tibor kuchaydi. Shuningdek, xalq ta’limi ko’lamiga inqilobgacha bo’lgan o’qitish tartibining turlari (lisey gimnaziya) ham dadil kirib kelmokda. Bunga mamlakatimizda gimnaziyalarning ochilishi, liseylarni ochilishini misol qilib keltirish mumkin.
Ta’lim berishda o’qitish metodlari asosiy o’rinni egallaydi.
Metod-yunoncha atama bo’lib, usul, yo’l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:
• So’z orqali ifodalanadigan metod.
• Ko’rgazmali metod.
• Amaliy metod.
• Ta’lim jarayonida talabalarni o’zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bo’yicha esa quyidagi metodlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
• O’qitishning ma’ruza (suhbat) metodi.
• O’qitishning amaliy ishlar metodi. Laboratoriya ishlari metodi.
• Mustaqil ishlar metodi.
• Reproduksiv-evristik metod. Ilmiy-tadqiqot metodi.
• O’qitishning muammoli-izlanish metodi. O’qitishning induktiv va diduktiv metodi.
Axborotni so’z orqali yetkazish va qabul qilishga qaratilgan birinchi guruh metodlariga: Hikoya, suhbat, ma’ruza kabilarni kiritish mumkin.
Nutq madaniyatini o’stirishda hikoyaning o’qitish va fikrlarni bayon qilish metodi sifatidagi imkoniyatlari boshqa metodlarga nisbatan yuqoridir. Hikoya qilish - pedagog tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqyealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishdi, obrazlarga xarakteristika berishdi, tabiat hdisalari va ijtimoiy hayotdagi voqyealarni tasvirlashda qo’l keladi.
Hikoya qilish davomida talabalar passiv tinglovchi bo’lib qolishlariga yo’l qo’ymaslik kerak. Talabalarning diqqatini tasvirlanayotgan obyektga qaratibgina qolmay balki xuddi shu obyekt haqida ular ongli va aktiv fikr yuritishlarini ham ta’minlamoq lozim.
O’quv materialini tushuntirish metodi
Pedagog tomonidan o’rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqyealarning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod ko’proq matematika, fizika, ximiya, ona tili, rus tili va shunga o’xshash fanlarni o’qitishda ko’proq qo’l keladi. Pedagogning ma’lum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek masalalar, misollar ishlash yo’li bilan isbotlab beradi.
Bu jarayonga talabalarning aktiv ishtirok etishlarini ta’minlamay turib, ko’tilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ayniqsa bayon qilinayotgan materiallarini umumlashtirish va xulosalar chiqarishda talabalarning o’z mulohazalari bilan ishtirok etishlarini ta’minlash muhim.
Ma’ruza metodi
Bu metod o’quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari isbot va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda ularni to’la qamrab oladi. Ma’ruza davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko’rgazmali materiallarni namoyish etish, ma’ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni oshiradi. Ma’ruza metodi keng qamrovli axborotni talabalarga yetkazishda juda ham qo’l keladi.
Suhbat
Bu metod asosan savol-javob yo’sinida olib boriladi. Suhbatlarning ma’lum maqsadga qaratilganligi ularning xarakterini belgalaydi. Suhbat evristik xarakterda, etik xarakterda, instruktiv metodik xarakterda bo’lishi mumkin.
Suhbat metodi talabalarni faol ishtiroki orqali o’tkazilganligidan mustaqil fikrlash, xulosalash kabi xislatlarni talabalarda shakllantiradi. 1
O’qitishning ko’rgazmali metodlari
O’qitish jarayonida ko’rgazmalilik metodidan foydalanishning muhimligi o’rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga talabani undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilish nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgata bilishdadir.
Ta’limda ko’rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustrasiya va ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin. Ta’limda namoyish etish metodidan foydalanish asosan materiallarning xarakteriga-mazmuni, shakli ham hajmiga bog’liqdir. Namoyishning o’zi ham turlicha bo’lishi mumkin: a) aslicha ko’rsatilishi mumkin bo’lgan buyum va narsalar, o’simliklar va ularning tarkibi, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va hokazo.
Ekskursiya metodi
Ekskursiya metodi sinf sharoitida dars jarayonida qo’llaniladigan o’qitish metodidan tubdan farq qiladi. Bu metod bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va hokazolarga) tashkiliy
1 1 Подласый И. П. “Педагогика”. Москва. “Владос» ,2005, 67-срт.
ravishda boriladi. Ekskursiya vaqtida kuzatish, zarur materiallarini yozib olish, rasmga tushirish, o’lchash, hisoblash ishlarini olib borish mumkin. Ekskursiya davomida suhbat o’tkazish, xulosalar yasash, o’z fikrlarini umumlashtirish va yakun yasash lozim.
O’qitishning amaliy ishlar metodi
Amaliy metodlarga masalalar yechish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar amalda qo’llab ko’riladi. Grafik jadval, kartalar chizish ham tegishli ko’nikma va malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari metodi.
Laboratoriya mashqlari frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, praktikumlar o’qitishning texnik vositalari va o’quv qurollari tipidagi boshqa asbob-uskunalar bilan mashg’ulotlar tarzida o’tkaziladi. Laboratoriya metodining boshqa o’qitish metodlaridan farqi, shundaki, bu metod bilan ish qo’rilganda har qaysi talaba nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib kuradi. Dars pedagog rahbarligida talabalarning mustaqil tajriba o’tkazishlariga qaratilgan bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotlarida mustaqillik, aktivlik, tashabbuskorlik oshadi.
Mustaqil ishlar metodi
Keyingi davrda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki bu metod talabada ijodkorlikni, mustakillikni rivojlantiradi. O’quv dasturlarida mustaqil ta’lim uchun soatlar ajratilmoqda. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda ma’lum fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi. Topshirishgan mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo’l yo’riqlarni ko’rsatishi, qisqacha tushuntirish berishi lozim. Talaba bajarishi kerak bo’lgan mustaqil ish ko’p vaqt egallamasligi va shu bilan bir qatorda talabaga rivojlantiruvchi sifatida ta’sir ko’rsatishi kerak.
Reproduktiv, evristik metod
Reproduktiv metodlar birinchi navbatda talabalarning o’quv materialini tezroq va mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash bilimdagi tipik kamchiliklarni tez aniqlash uchun qulay. Reproduktiv metodlar ayniqsa o’quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo’lsa, murakkab va butunlay yangi bilimlar o’rganilishi lozim bo’lgan holatda samarali natija beradi. Tafakkurning reproduktivlik xarakteri pedagog yoki boshqa manba orqali xabar qilinadigan o’quv axborotlarini aktivroq qilishini va eslab qolinishini nazarda tutadi. Xikoya, ma’ruza, ko’rgazmalilik va amaliy ishlar ham reproduktiv asosga qurilish mumkin. Reproduktiv xarakterdagi amaliy ishlar shunisi bilan farq qiladiki, bu ishlarning davomida talabalar namunaga ko’ra ilgari yoki yaqindagina o’zlashtirgan faolligini oshirish maqsadida u ko’pincha evristik ya’ni qisman izlanuvchan metod bilan qo’yib olib borilishi mumkin. Yangi mavzuni bayoni davomida o’rganilayotgan materialning ba’zi elementlari ustida talabalarga fikr yuritish imkoni beriladi. Pedagog tomonidan yengil qisqa savollar tuzilib, talabalarning ishtirokida ularga javob topishga harakat qilinadi. Evristik metod talabalarning bilish darajasini aniqlashga ham yordam beradi. Demak, evristik metod yangi mavzuni idrok qilishda talabalarning ham qisman ishtirok etishini ta’minlaydi.
Ilmiy tadqiqot metodi
Bu metod ta’lim tizimida unchalik keng tarqalmagan metod bo’lib, ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. Pedagog rahbarligida talabalar yoki bir talaba ma’lum ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishi va ma’lum fan uchun yangi xulosalarni yasashi mana shu metodni qo’llash jarayonida vujudga keladi. Bu metod oliygohlarda ko’proq qo’llaniladi. Bu metod davomida ilmiy bilish jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni xali noma’lum bo’lgan bilimlar kashf etiladi va egallanadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot rejasi tuziladi. Maqsad belgilanadi va tadqiqot usullari tanlab olinadi. Tadqiqot natijalari asosida xulosalar yasaladi.
O’qitishning muammoli-izlanish metodi
Yangi mavzuni o’rganish jarayoni o’rganilayotgan materialni tayyor holda talabalarga bayon etmasdan, balki muammo sifatida taqdim etish muammo-izlanish metodini keltirib chiqaradi. Ya’ni dars davomida yasash kerak bo’lgan xulosalar pedagog tomonidan emas, balki talaba tomonidan yasalishiga harakat qilinadi. Har bir talaba qo’yilgan muammoni o’zicha yondoshib hal etishga harakat qiladi va o’z fikrlarini bayon etadi. O’rtaga tashlangan fikrlar muhokama qilinadi va pedagog tomonidan yo’naltiriladi. Pedagog va talabalar birgalikda xulosalar yasashadi. Muammoli-izlanish metodi talabalarni bilish faoliyatini faollashtiradi, mustaqillikka, ijod qilishga o’rgatadi, o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Bu metod o’rganilayotgan masalani chuqur tahlil etishga va bilimlarning puxta bo’lishiga yordam beradi. Bu metod o’rganilayotgan masalani chuqur tahlil etishga va bilimlarning tafakkur darajasi hisobga olinishi kerak. Tanlangan mavzuni tahlil etish uchun talabalarda ma’lum bilimlar bazasi mavjud bo’lishi lozim. Shuning uchun ham bu metodni qo’llash uchun talabalar alohida axborotlar bilan qurollantiriladi. Keyingi davrlarda muammoli-izlanish metodidan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.
O’qitishning induktiv va deduktiv metodi
O’qitishning mantiqiy metodlari ikki turda: Induktiv va deduktiv metodlar bilan olib borilishi mumkin.
Darslarga tayyorlanish jarayonida o’qitishning induktiv, deduktiv kabi metodlarini tanlash zarurati ham tug’iladi. Keyingi davrlarda deduktiv o’qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Ammo tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib faqat tabiiy-ilmiy emas, balki umum mehnat xarakteridagi tajribalar amaliy faoliyatida ham muvaffaqiyatga erishishga umid qilib bo’lmaydi. Induktiv yoki deduktiv metodlarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqiyxususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv metodlar texnik qurilmalarni o’rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo’llaniladi. Matematika va fizikaga doir ko’pgina masalalar, ayniqsa pedagog talabalarni ayrim umumiyroq formulalarni mustaqil egallashlariga olib kelishi zarur deb hisoblangan hollarda, induktiv metod vositasida yechiladi.
Deduktiv metoddan foydalanganda pedagog va talabaning faoliyatida avval umumiy holat, formula va qonunini beriladi, so’ngra asta-sekin ayrim holatlarni chiqarib aniqroq vazifalarni hal etish nazarda tutiladi.
Deduktiv metod o’quv materialini tezroq o’tishga yordam beradi, abstrakt tafakkurni aktivroq rivojlantiradi. Nazariy materialni o’rganishda, anchagina umumiyroq holatlardan ayrim oqibatlarini aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv metodni qo’llash ayniqsa foydalidir.
Dasturlashtirilgan ta’lim
Dasturlashtirish deganda o’quv materialini o’rganishning har qanday dastur emas, balki dasturlashtirishning kibernetik va matematik qoidalari yoki shartlariga muvofiq dasturgina tushuniladi.
Ma’lumki, kibernetika murakkab tizim yoki jarayonlarni eng qo’lay yo’l bilan ma’lum maqsadga muvofiq holda idora qilish haqida baxs yuritadi. Talabalarga tegishli ilmiy ma’lumotlarni qayta hisobga olishini ta’minlash, tekshirib ko’rish, o’z-o’zini tekshirish kabi vazifalarni kibernetika boshqaradi.
Dasturlashtirilgan ta’lim esa, yuqoridagi kabi kibernetika ilmi va metodlariga bog’liq holda ish kuradi. Dasturlashtirilgan ta’limning bosh vazifasi, talabalar mustaqil ishining unumdorligini oshirishga yordam berishdan iboratdir.
Dasturlashtirilgan ta’lim ikki yo’nalishda: mashina vositasida hamda mashina vositasisiz olib boriladi.
Dasturlashtirilgan ta’limning mazmuni davlat dasturi asosida belgilanadi. U ma’lum fan yuzasidan dastur hajmida ilmiy bilim berish va shu bilimlarga bog’liq holda tegishli ko’nikma hosil qilishga qaratilgan mashqlar, misollar va masalalar ishlatish, ishlangan masala yoki savollarning javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini talabalar tomonidan tekshirib ko’ra olish imkoniyatlarini yaratadi. O’zlashtirilgan bilim va malakalarni bir tartibga tushurishga yordam beradi.
Dasturlashtirilgan o’qitish metodlari o’quv materialini element bo’yicha nazorat qilishni, o’qitishni imkoniyati boricha individuallashtirishni, bilimlarni egallashning individual sur’atini hisobga olishini ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Mashinasiz dasturlashtirilgan ta’lim maxsus ishlangan darslik va metodik qo’llanmalar vositasida olib boriladi. Bunda darsliklarda ayrim o’quv fanining alohida qismlaridagi mavzu yuzasidan ma’lumotlar berilgan bo’ladi. Bunda ham mashq uchun topshiriqlar, o’zlashtirilgan bilimlarni amalda masala va misollar yechishda mehnat jarayonida qo’llana olishlari, o’zi bajargan vazifalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirib ko’ra olishlari uchun yo’llanmalar berilgan bo’ladi. Garchi talaba topshiriqni bajara olmasa yoki xato qilsa, o’sha joydan, ya’ni o’rganilishi lozim bo’lgan materialning o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan o’rnidan boshlab qay darajada ish ko’rish lozimligi ko’rsatilgan bo’ladi.
Bunday darsliklar xususan talabalarning mustaqil ishlari uchun juda muhimdir. Darslikda materiallar shunday taqsimlanadiki, unda berilgan materiallar qismlarga bo’lib ko’rsatiladi va har qaysi talaba tomonidan bajarilishi bilanoq o’zini-o’zi tekshirib ko’rish imkoniyati beriladi. Shu yo’sinda topshiriqlar borgan sari murakkablashib boradi.
Dasturlashtirilgan matnlar bilimlarni o’zlashtirishni muayyan mantiqiy yo’lini vujudga keltiradi. Ammo bu yo’l faqat ma’lum material uchun xarakterlidir, ya’ni ta’lim uslubi materialni mazmuniga bog’liqdir. Mazmun o’zgarsa, axborot berish va o’z-o’zini nazorat qilish usullari ham o’zgaradi. Uni bilimlarning ayrim tarkibiy qismlari bo’lish mumkin bo’lgan mavzularni o’rganishda, chunonchi, grammatikaga doir ayrim masalalarni, matematika teoremalarini, ba’zi bir ximiyaviy va fizikaviy formulalarni fanda qaror topgan tizimlar haqida ma’lumot beruvchi tarixiy, biologik va geografik materialni o’rganish vaqtida qo’llash mumkin.
Pedagog shuni nazarda tutish kerakki, dasturlashtirilgan matnlarda aqlni o’stirish dasturi emas, balki o’quv materialni o’rganish dasturi berilgan. Shuning uchun bu metoddan foydalanishda ham uning kamchiliklarini hisobga olish lozim.
Ta’limni tashkil etish shakllari ma’lum ijtimoiy tuzumning manfaatlariga mos xolda shakllangan.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya.A. Komenskiy (1592 - 1670) tarixda birinchi bulib maktab ta’limida sinf – dars tizimini yaratdi.
Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil kilish xakidagi karashli bir kator jiddiy karshiliklarga uchragan bulsa xam garb mamlakatlariga juda tez tarkaldi va ta’limni tashkil kilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi.
Sinf – dars tizimi shark mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbik bulmadi. Ularda oktyabr tuntarishiga kadar urta asr maktablariga xos ta’lim tizimi davom etib keldi. Bir ukish xonasida 6 yoshdan 15 - 16 yoshgacha bulgan bolalar guruxi bilan bir vaktda mashgulot olib borilardi. Shuningdek, bir ukish xonasidagi (20 - 30) O’quvchining bilim darajasi xam turlicha bular edi. 1 Uzbek maktabi oktyabr tuntarishidan keyin sinf – dars tizimiga utdi.
Sinf – yoshi va bilimi jixatdan bir xil bulgan ma’lum mikdoridagi O’quvchilar guruxidir.
Dars deb bevosita O’qituvchining raxbarligida muayyan O’quvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim mashgulotiga aytiladi. Dars – ukuv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars – ukuv ishlarining markaziy kismidir.
Ayni paytda, o’quv muassasalarida ta’limni tashkil kilish shakllari ikki turda olib borilmokda.
1. Sinf – dars shaklida olib boriladigan mashgulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashgulotlar.
Sinf – dars shaklida olib boriladigan mashgulot O’qituvchining kundalik ukuv materialini tizimli bayon kilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, O’quvchilarning bilim, kunikma va malakalarini izchillik
1 1 Подласый И. П. “Педагогика”. Москва. “Владос» ,2005, 77-срт.
bilan xisobga olib borishni, O’quvchilarni mustakil ishlashga urgatishni uz ichiga oladi.
Amaliy va tarjiba ishlari shaklida olib boriladigan mashgulotlar sinf sharoitidan tashkarida, ukuv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalari va kolxoz – sovxoz ekin maydonlarida ishlash, ekskursiyalar utkazish yuli bilan olib boriladi.
Xozirgi zamon didaktikasi kup yillar davomida tuplangan ukitish koidalari, fan yutuklari va ilgor tajribalar asosida boyib bormokda deyishga asos bor. Ammo ukuv jarayonining xamma kismlarini ukitishni tashkil kilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib berilmagan. Bularning xammasi didaktik koidalardan amalda foydalanishni kiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va extiyojlar O’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yukori boskichga kutarishni talab kiladi.
O’qituvchi uzining anik sharoitlari va imkoniyatlariga eng kup mos keladigan ukuv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muxim tomonlarini tanlashga tavakkalchilikka, bilim, kunikma va malakalarni uzlashtirish jarayonini boshkarishga kandaydir tasodifiy yondashishga yul kuymaydi.
Dars, yukorida aytib utilganidek, ukitishni tashkil etishning uzgarmas shakli emas. Ukuv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yullarini izlaydi. Bu soxada turli xil kurik-tanlovlar, jumxuriyat mikyosida utkazilayotgan pedagogik ukishlarda urtaga kuyilayotgan ilgor O’qituvchilarning fikr va muloxazalari dikkatga sazovordir.
Turli - tuman fikr va muloxazalarni xisobga olgan xolda dars kuyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
1. Xar bir dars ma’lum bir maksadni amalga oshirishga karatilgan va puxta rejalashtirilgan bulmogi lozim.
2. Xar bir dars mustaxkam goyaviy - siyosiy yunalishga ega bulmogi lozim.
3. Xar bir dars turmush bilan, amaliyot bilan boglangan bulmogi lozim.
4.Xar bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan xolda olib borilmogi lozim.
5. Darsga ajratilgan xar bir soat va dakikalarni tejab, undan unumli foydalanmok lozim.
6. Xar bir dars O’qituvchi va O’quvchilarning faolligi birligini ta’minlamogi lozim.
7. Darsda ukuv materiallarining mazmuniga oid kursatmali kurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmok lozim.
8. Dars mashgulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan xar kaysi O’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustakilligini oshirish xisobga olinadi.
9. Xar bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalkimizning boy pedagogik merosiga murojaat kilish va undan foydalanmok imkoniyatini izlamok lozim.
Bir soatlik darsga muljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon kilish uchun didaktik maksad va talablarga muvofik ravishda tashkil kilingan mashgulot turi dars turlari deb yuritiladi.
Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari kuyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon kilish darsi.
2. O’tilgan materiallarni mustaxkamlash darsi.
3. O’quvchilarning bilim, malaka va kunikmalarini tekshirish va baxolash darsi.
4. Takroriy – umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5.Aralash dars (yukoridagi dars turlarining bir nechtasini birga kullanish).
Xar bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa O’qituvchining ukuv materialini tugri va samarali tushuntirishiga, mustaxkam esda koldirishga, takrorlashga va uning uzlashtirilishini nazorat kilib borishiga yordam beradi.
Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashgulotlarda ikkinchi, xatto uchinchi bir dars turining elementlari bulishi mumkin. Masalan, maktablarimizda eng kup kullaniladigan dars turlaridan biri – yangi bilimlarni bayon kilish darsidir. Bu dars turi kuyidagicha tuziladi:
a) yangi bilimlarni bayon kilish;
b) yangi bilimlarni mustaxkamlash;
v) yangi bilimlar ustida mashk kilish;
g) yangi bilimlarga boglik xolda uy vazifalari topshirish.
Demak, xar bir dars turlicha kurinishda buladi, shu sababli xam, shu darsda yangi bilimni bayon kilish bilan birga uni mustaxkamlash (ikkinchi bir dasr turi elementi – savol–javob utkazish), yangi bilimlar ustida mashk utkazish (uchinchi bir dars turi elementi – masala va misollar yechdirish, grammatik taxlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa (boshka bir dars elementi – tushuntirish, yul-yuriklar kursatish va xokazo) kabi boshka elementlarning bulishi xam mumkin. Shunga karamay, darsdan kuzlangan maksad O’quvchilarga yangi bilim berishga karatilgan bulsa, butun didaktik usullar shunga buysundiriladi. Shuning uchun xam bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.
Ma’lum dars turi bilan ish olib borilayotganda boshka bir dars elementlari asosiy dars turidan urin olishi va ayni paytda asosiy dars turining tuzilishini tashkil kilishi mumkin.
Demak, dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning kismlarini anglatadi.
Birok, dars turlari tuzilishidagi xar kanday kism – didaktik usul, dars tuzilishi bulavermaydi. U ukitish usuli bilan boglangandagina dars tuzilishini tashkil kila oladi. Ya’ni dars tuzilishining uzgarishi bilanok dars olib borish usuli xam uzgaradi. Demak, darsning shu kismiga kelib, dasrning shakli xam, usuli xam uzgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi boskichi boshlanadi.
3.7.3. Seminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashgulotlar Seminar mashgulotlari talabalarning mavzudagi muxim masalalarni chukur urganish yuzasidan mustakil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bulib muxokama kilishini tashkil etish shaklidir.
Seminar darslarida mavzu urganilgunga kadar O’qituvchi
O’quvchilar uchun savol va topshiriklar tuzib chikadi. Kirish mashgulotida u O’quvchilarni materialning mazmuni, kilinadigan ishning xarakteri bilan kiskacha tanishtiradi, ularga xar kaysi seminar uchun topshirik beradi va tayyorlanishi uchun adabiyot kursatadi. Bir xil vazifalar xamma uchun umumiy buladi, boshka vazifalar ayrim O’quvchilarga yoki 3 – 4 kishidan tuzilgan guruxga beriladi. Bunda xamma O’quvchilar seminar uchun dasturdagi majburiy materiallar minimumini ishlab chikishlari kerak. Seminarlarga 2 – 3 xafta tayyorgarlik kuriladi. O’quvchilar adabiyotni urganadilar, material yigadilar, xar xil kuzatishlar utkazadilar, uz axboratlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminarlar ukish vaktida utkaziladi. Bunday mashgulotlar mikdori mavzuning mazmuniga va uni urganish ajratilgan vaktga boglik. O’quvchilar mashgulotlarda axborot beradilar; ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova kiladilar. Masalani muxokama kilishda xamma O’quvchilar ishtirok etishadi.
Sеminar mashgulotining turlari
Sеminar oldi Sеminar Maxsus sеminar. mashguloti mashguloti.
Bu mashg'ulot aso- Sеminar mashgu- Maxsus sеminarlar san talabalarning lotlarida sеminaroldi lеktsiya mavzulariga mustaqil ishning mashпulotlariga nis- aloйador bщэlmaydi o`ziga xos xususi- batan o`ta muhim va biror fanning yatlari bilan tani- vazifalar hal qilinadi. dasturi mazmuniga shtirish Masalan, ayrim sеmi- kirmaydi. Odatda maqsadida o`tka- narlar tеmatik bosh- fanning xususiy ziladi. Unda ada- langan muayyan mun- masalalarini chuйur biyotlar, ma'lu- tazam kursni chuqur ўrganish maйsadini motnoma - adabi- o`rganishni maqsad ko'zlaydi.
yotlar va boshqa qilib qo`yadi. Bosh- manbalar bilan qalari esa biror mav- ishlash usullari zuni yoki kursning o`rgatiladi. Sеminar alohida, nihoyatda oldi mashgulotlari mu-him bo`lgan mavsеminar mashg'u- zularini mеtodologik lotlarining tay- jixatdan ishlab
yorgarlik shakli hi- chiqishga bagishlansoblanadi va odatda gan bo`ladi.
birinchi kurslarda o'tkaziladi.
5-rasm. Sеminar mashgulotining turlari
Seminarga puxta tayyorlanish uchun O’qituvchi ayni bir vazifani xammaga yoki bir necha O’quvchiga berishi mumkin.
Seminar mashg’uloti bir qancha funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin.
6-rasm. Seminar darsining funksiyalari
3.8. O’zbekistonda ta’limni isloh qilish tamoyillari
Respublikamizning istiqlolga erishuvi jamiyat hayotining barcha jabhalarida shu jumladan ta’lim-tarbiya sohasida ham o’z aksini topdi. O’zbek pedagogikasi tarixida burilish davri, yangilanish davri boshlandi. O’zbekiston Respublikasidagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni intellektual-amaliy rivojlanishi uchun yangi shartsharoitlar yaratib berdi. Bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy– ilmiy boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish albatta pedagogika fanini keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Endi pedagogika fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta’minlovchi emas, komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani o’z oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo’ydi. Shuning uchun ham yangi ta’lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlanishlarning barcha yo’nalishlari qayta ko’rib chiqildi. Ko’p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat qilib kelgan va ma’lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bo’lgan bo’lsa, endilikda u siyosatdan holi bo’lgan holda erkin fan sifatida o’z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbek pedagogikasi o’z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Ona tili, Vatan tarixi, geografiyasi, milliy urf-odat va an’analar e’tibordan chetda qolib, shaxslar ota-bobolar o’tmishidan bexabar o’qitilar edi. Respublikamizning istiqlolga erishuvi natijasida o’zbek pedagogikasi ijodiy va milliy yo’nalishda e’tiborli o’zgarishlar kasb etdi. Boy milliy madaniy meros va an’analar e’tibordan chetda qolgan ilg’or pelagogik fikrlar O’zbek pedagogikasi o’z o’rnini topdi hamda o’z vazifasini bajara boshladi. Yangi mazmunli darsliklar, uslubiy qo’llanmalar yaratishda milliy-madaniy, tarixiy adabiyotlardan, materiallardan keng foydalanila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 29 avgust qaroriga asosan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni kuchga kirdi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni ta’lim tizimini jiddiy yangilanishi, isloh qilinishiga asos bo’ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan (1930, 1949, 1958, 1973, 1984 yillar) farqli ularoq, xalq ta’limi tizimini tuzilishining quyidagi yangi tamoyillardan joriy etildi: ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi hamda xalqchilligi;
• ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida har bir kishiga millati, dinidan
qat’iy nazar ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;
• davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;
• ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustivorligi;
• tayanch (to’qqiz sinf darajasida) ta’limning majburiyligi;
• ta’lim standartlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv bo’lishiga asoslanganligi;
• ta’lim muassasalarida chet tillarini jiddiy o’rganish, din tarixi, xalqimiz tarixi, madaniyati va jahon madaniyatini tarixi sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratilganligi;
• ta’lim muassasalarining turli siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holiligi;
• amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shaklida ta’lim muassasalarining teng huquqliligi;
• bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish;
• tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash;
• pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqyeini hurmatlash va boshqalar. Ta’limni quyidagi yo’nalishlarda isloh qilish vazifalari belgilab olindi: umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan tuyg’usi asosida o’zgartirish va takomillashtirish;
• ta’lim samaradorligini tinmay oshirish, jahon andozalari darajasiga olib chiqish;
• variativ o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish;
• bilimdonlik va iste’dodni qo’llab-quvvatlash;
• ilg’or tajribalarga, ijodkor ustozlar tajribasiga suyanish;
• ta’lim-tarbiyada bosh islohotchi bo’lgan pedagog, tarbiyachilarpning yangi avlodni tayyorlashga kirishish;
• ta’lim muassasalarining moddiy-texnika asosini mutahkamlash, ta’limni kompyuterlashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyani olib kirish;
• ta’lim tizimini, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
• isloh g’oyalarini iloji boricha viloyat, tuman, ukuv muassasasi pedagogik jamoalariga tezroq yetkazish, singdirish, amalga oshirish:
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, qayerda ta’lim va tarbiyaga e’tibor katta bo’lsa, o’sha yerda taraqqiyot, yuksalish bor. Shuning uchun respublikamizning istiqboli uzluksiz ta’limni qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyida gilardan iborat:
• ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi:
• ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarining tanlanishida o’quv yurtlarining mustaqilligini kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o’tilishi;
• ta’limning insonparvarligi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
• ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish ;
• ta’limning milliy yo’naltirilganligi - ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
• ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;
• iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari quyidagilardan iborat: ta’lim tizimining kadrlar saloùiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, pedagog, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
• davlat va nodavlat ta’lim muasassalarining har xil turlarini rivojlantirish;
• ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta kurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalarning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o’zgartirish;
• -majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tilishini ta’minlash;
• maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integrasiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;
• ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el investisiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish bilan bog’liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; milliy mustaqillik tamoyillarini va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy
fazilatlarini rivojlantirish;
• ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;
• ta’lim olishda, shuningdek talabalarni ma’naviy ahloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
• ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish
tizimini yaratish va joriy etish;
• ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish;
• uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
• ta’lim va ilm-fan bilan bog’liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
• tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
• ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarning izchilligi asosida ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xosligi mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishni ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim uzluksiz davlat ta’limi tizimida asosiy bo’g’in bo’lib, ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta’limi, boshlang’ich kasb ko’nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o’z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishlarini ta’minlaydi.
Ta’lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta’limining (to’qqiz yillik) majburiyligidir.
O’rta maxsus ta’lim (akademik lisey, kasb-hunar kollejlari) uch yillik.
Oliy ta’lim: Birinchi bosqich - bakalavriat; Ikkinchi bosqich - magistratura.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim: Aspirantura, doktarantura, tadqiqotchi kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmog’i. Ta’limning davlat standartlarini ishlab chiqish va tadbiq etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko’zda tutilgan bo’lib, u boshlang’ich va tayanch ukuv muassasasilarda 1995-1996 o’quv yillargacha, So’ngra oliygohlar uchun standartlar ishlab chiqish ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlangan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasbkor madaniyatiga, ijodiy hamda ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda muljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmuni qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Yangi o’quv rejalari, dasturlarni, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni, o’quv yurtlarni attestasiyadan o’tkazishni va akreditasiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarni tashkil etishni taqozo etdi.
Yangi tipdagi ukuv muassasasilar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlana boshladi. Hozirgi kunda 238 ta lisey va 136 ta gimnaziya ishlab turibdi. “Iqtisodiy ta’lim”, “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim ukuv muassasasilarida 435 mingdan ortiq pedagog ishlamokda, ularning 73% oliy ma’lumotlidir.
Mehnat bozorini shakllantirishning xududiy xususiyatlarini hisobga olgan xolda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 ta o’quv yurti, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar ukuv muassasasi, 180 ta kasb-hunar liseyi va 53 ta biznes-maktablari ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang’ich kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlarida kariyib 20 ming pedagog va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 ta o’rta kasbhunar ta’limi o’quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyib 16 ming pedagog va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.
O’zbekiston oliy ukuv muassasasi tizimi 58 ta oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institutni o’z ichiga oladi. Ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda. 16 ta universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy ta’limni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirildi.
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
• Respublikaning demokratik huqukiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
• mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishdagi raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatini kengayayottganligi;
• davlat ijtimoiy siyosatida shaxs madaniyati va ta’lim ustivorligi qaror topganligi;
• milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
• O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, respublikaning jahondagi mavqyei va obro’sining mustahkamlanib borayotganligi. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro’yobga chiqarilishi ham ko’zda tutilgan:
• Birinchi bosqich-(1997-2001 yillar)-mavjud kadrlar tayyorlash tizimini ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy jihatdan, ilmiy-uslubiy, moddiy shart sharoitlar yaratish.
• Ikkinchi bosqich-(2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
• Uchinchi bosqich-(2005 va undan keyingi yillar)-to’plangan tajriba tahlil qilinishi va umumlashtirilishi asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
O’tkaziladigan islohotlar, samarali tajribalar respublikada ta’limning davlat standartlarini ishlab chiqish va tadbiq etish davr talabi ekanligi, bu ishni kechiktirmay amalga oshirish zarurligini taqozo etadi.
Ta’lim standartlari vositasida talabadagi ma’lumot darajasi muvozanati saqlanadi, rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyoti istiqbollari muvofiqligi ta’minlanadi. Davlat ta’lim standartlari o’quv jarayonini qat’iy chegaralangan qolipga solib qo’ymaydi, balki aksincha pedagogik ijodkorlikka, ta’lim mazmunining yagona negizi atrofida turli-tuman tabaqalashtirilgan dasturlar, o’quv qo’llanmalari, o’qitish uslubiyatlariga katta yo’l ochadi.
Davlatimiz rahbari uzluksiz ta’limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurilishiga katta ahamiyat berish kerakligini ta’kidlar ekan, davlat ta’lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhimligiga e’tiborni qaratadi.
Standart - ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda talabani xaddan tashqari zeriktirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u talaba yoshiga mos, uni bajarishga qurbi yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchini qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan, o’sha muassasalar tomonidan
tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham ko’rsatib berish tabiiydir. Ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yohud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdoridagi ilmiy asoslarda malaka yohud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdoridagi ilmiy asoslarda berilgan rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Demak davlat ta’lim standartlari nazorat vositasi, ayni vaqtda ta’lim muassasalarida ko’zlangan ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan talabaga singdirilishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin.
1. Talabalarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumlarini belgilash.
2. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan talablar majmuasini belgilash, bilim, ko’nikma va malakalarning minimal miqdorini belgilash.
1999 yil 16 avgust Vazirlar Mahkamasi o’zining “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risdia”gi 390-sonli qarori bilan sinovdan o’tkazilgan va takomillashtirilgan umumiy o’rta ta’limning davlat standartlarini tasdiqladi. Mazkur standartlar asosida yaratilgan va tajriba sinov asosida takomillashtirilgan yangi o’quv dasturlari Xalq ta’limi vazirligi hay’at majlisining 1999 yil 18 avgustdagi
13-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Davlat ta’lim standartlari yangi o’quv dasturlari bilan birgalikda 1999-2000 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim ukuv muassasasilarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonun va qoidalarini o’rganuvchi pedagogikaning asosiy qismlaridan biri. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to’plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, yoshlarni bilimlar bilan qurollantirish, kerakli malakalar va ko’nikmalarni xosil qilish. Talabalarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatini va iste’dodlarini ochish hamda rivojlantirish, ularni ma’naviy yetuk va tarbiyali shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdir. Nazorat savollari 1.Ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 2.Ta’limning qanday xususiyatlarini bilasiz?
3.Didaktikaning asosiy tushunchalarini sanab bering.
4.Mustaqil O’zbekistonda ta’limni isloh qilishning qanday asosiy yo’nalishlarini bilasiz?
5. Ta’lim tamoyillarini izoxlang.
6.Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz? 7.Ta’lim metodlarini izoxlab bering?
8.Darsning qanday shakllarini bilasiz?
9.O’qitish metodlariga izoh bering. 10.Darsning samaradorligi qanday omillarga bog’liq?
11.Dasturlashtirilgan ta’limga izoh bering.
12. Bilim olish darajalarini izohlang.
1. Karimova V.M. va boshqajar Psixologiua Toshkent.,TDIU 2007
2. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
2. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
3. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 4. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
5. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
6.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov.
Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
7. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
8.www. inter – pedagogika. ru.
4.1. Pedagogik texnologiya xakida tushuncha.
4.2.Bo’lajak iqtisodchi – o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga o’rgatish.
4.3.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirish.
4. 4..Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
4.5. Faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish.
4.6. Darsda munozara, breynshtorming va treninglarni o’tkazish. 4.7. Bahs turlari. Yozma bahsni o’tkazish qoidalari.
Xozirgi vaktda O’zbekistonda jaxon ta’lim maydoniga kirishga yunaltirilgan yangi ta’lim tizimi karor topdi. Bu jarayon bilan bir vaktda pedagogik o’quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli uzgarishlar sodir bulmokda. Ta’limdagi yondashuvlar tarkibi uzgarmokda va boshkacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar urnatilmokda.
Ta’lim tarkibi yangi prosessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatining rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyotining ijodiy yechimining ta’lim dasturlarini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmokda.
Axborotning an’anaviy usullari-ogzaki va yozma nutq, telefon va global masshtabli telekommunikasiyalarni ishlatish bilan almashtirilmokda.
Pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib talaba bilan pedagogning shaxsga yunaltirilgan o’zaro munosabatlari xisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo’lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishda fanning roli ortib bormokda.
Pedagogik ta’lim texnologiyalarning psixologik-pedagogik nuktai nazardan takomillashuvining asosiy yunalishlari kuyidagilar bilan ifodalanadi:
1) Yodlashdan eslab kolish funksiyasiga utish, ya’ni o’zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi akliy rivojlanish jarayoniga utish.
2) Bilimning assosiativ statistik modelidan akliy xarakatning dinamik tarkibiy tizimlariga utish.
3) O’rtacha talabaga yunaltirilganlikdan o’qitishning differensiallangan va individuallashtirilgan dasturlariga utish.
4) Talabaning tashki motivasiyasidan ichki ma’naviy irodali tartibga solinishga utish.
Ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi goya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi ishlatilmokda. Bunda xar xil pedagogik tizim bilan o’qitish texnologiyalari o’rtasida bogliklik, amaliyotda davlat ta’lim tizimining yangi shakllari (kushimcha va alternativ) ning aprobasiyasi, xozirgi zamon sharoitida zamonaviy pedagogik tizimlarini kullash muhim xisoblanadi. Bunday sharoitda pedagog, boshkaruvchi keng kulamli zamonaviy innovasion texnologiyalar, goyalar, o’quv muassasalar, yunalishlarda ma’lum bo’lgan narsalarni kayta ochishga vaktini sarflash kerak emas.
Bugungi kunda savodli mutaxassis bulish uchun ta’lim texnologiyalarning barchasini o’rganish lozim.
Xozirgi vaktda pedagogik lugatda pedagogik texnologiya tushunchasi mustaxkam urnashgan. Lekin uni tushunish va ishlatishda turli xil yondashish mumkin.
Texnologiya- bu bir ishda, mahorat va san’at kullaniladigan usullar yigindisidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim shakli, usuli, uslublari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yigilishini aniklovchi psixologik-pedagogik kursatmalarning majmuidir.
Pedagogik texnologiya-bu o’quv jarayonini amalga oshirilishining sermazmun texnikasidir. (G. Bespalko)
Pedagogik texnologiya-o’qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish jarayonining tavsiflaridir.
Texnologiya- bu san’at, mahorat va qobiliyat, ishlov uslublarining majmuidir. (Shepel)
Pedagogik texnologiya-bu o’quv jarayonining loyihalashtirilishi, tashkil etilishi, utkazilish buyicha barcha tavsilotlari bilan uylab chiqilgan jamoa pedagogik faoliyatining modeli xisoblanadi. U talaba va pedagoglarga kulay sharoitlar yaratishi shart. (Monaxov)
Pedagogik texnologiya-bu ta’lim shakllarini optimizasiyasini uziga maksad kilib olgan inson va texnik resurslari va ularning o’zaro ta’sirini xisobga olgan holda o’qitish jarayonini tashkil etish, kullash va
1. aniklashning hamda bilimlarni o’zlashtirishning uslublaridir (YUNESKO)
Pedagogik texnologiya-pedagogik maksadlarga erishish uchun kullaniladigan shaxsiy, intelektual, uslubiy vositalarning amal qilish tartibidir. (Klarin)
Pedagogik texnologiya tushunchasiga bir qator pedagog olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan, masalan U.Tolipovning “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” nomli monografiyasida kuyidagicha ifodalanganligini 7-rasmda keltirib utdik.
Pedagogik texnologiya aspektlari.
Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo’lishi mumkin:
1. Ilmiy aspekt-pedagogik texnologiya pedagogik fanning kismi sifatida ta’lim uslublari, tarkibi va maksadlarini ishlab chikadi va urganadi, hamda shu bilan birga pedagogik jarayonlarini loyihalashtiradi.
2. Prosessual-tavsifiy aspekt - ta’limda rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun jarayonni tasvirlash, maksad, tarkib, uslub va vositalar majmuidir.
3. Prosessual-amaliy aspekt - pedagogik (texnologik) jarayonning amalga oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarning amal qilish.
Shunday kilib, pedagogik texnologiya fan sifatida amal kilib, ta’limning yanada rasional yullarini tadqiq etadi.
Bu esa ta’limda kullaniladigan usullar, tamoyillar va regulyativlar tizimi sifatida hamda ta’limning real jarayoni sifatida bajaradi.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasi ta’lim tajribasida 3 darajada kullaniladi:
1. Umumiy pedagogik daraja:
Umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiya) texnologiya berilgan xududdagi ta’lim maskanida ta’limning ma’lum darajasidagi to’liq umumta’lim jarayonini tavsiflaydi.
Bunda pedagogik texnologiyaning pedagogik tizimida farklar mavjud:
unga ta’lim maksadlari, tarkibi, vositalari va uslublarining majmui, jarayonda subyekt va obyektlarning faoliyat algoritmi kiradi.
1 Хоdiеv Bахоdir Yunusоvich, Gоlish Lyudmilа Vlаdimirоvnа. Mustаqil o’quv fаоliyatini tаshkil etish usul vа vоsitаlаri (birinchi bоsqich tаlаbаlаrigа yordаm tаriqаsidа): O’quv-uslubiy qo’llаnmа – T.: TDIU, 2010. 12-b.
2. Kisman pedagogik daraja:
Kisman predmetli pedagogik texnologiya «kisman metodika» tushunchasini beradi, ya’ni bir fan doirasida tarbiya va ta’lim, uslub va vositalar majmuidir.
3. Chegaralangan daraja:
Chegaralangan texnologiya-ta’lim-tarbiya jarayonning alohida kismlarini ifodalab, xususiy didaktik va tarbiya masalalarini yechadi. (faoliyatning alohida turlarini texnologiyasi, tushunchalarning shakllanishi, yangi bilimlarni o’zlashtirish, materialni nazorat qilish va kaytarish texnologiyasi)
Shuningdek texnologik tarkiblar farklanadi: Usullar texnologik zanjirga birikib yaxlit pedagogik texnologiya (texnik jarayon)ni tashkil etadi.
Texnologik jadval- texnologik jarayonning shartli tasviri, uning alohida funksional elementlariga bulinishi va ular o’rtasidagi manti=iy aloqalarning belgilanishi.
Texnologik xarita- jarayonni boskichma-boskich usulda ifodalash, bunda makbul bo’lgan vositalar kursatiladi (bu odatda grafik shaklda ifodalanadi).
Texnologik nyuanslar- adabiyotda odatda pedagogik tizim tushunchasi pedagogik texnologiya sifatida kursatiladi. Lekin pedagogik texnologiya kengrok ma’nodagi tushuncha bo’lib, uziga xos pedagogik faoliyatning obyekt va subyektlarini oladi.
Kullanilishiga kura texnologiyalarni 3 sinfga ajratish mumkin: a) umumiy pedagogik texnologiyalar;
b) xususiy pedagogik texnologiyalar;
v) kichik pedagogik texnologiyalar, modellar; Falsafiy jiщatdan texnologiyalar: a) materialistik;
b) idealistik;
v) ilmiy;
g) diniy;
d) gumanistik; ye) majburiy. Psixik rivojlanish omili bo’yicha:
a) biogen, ya’ni insonning jipslangan rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi texnologiya; bu texnologiya asosan jismoniy tarbiya kabi fanlarda kullaniladi.
b)sosiogen, ya’ni shaxsning sosiologik ongini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya, bular qatorida jamiyatshunoslik, xukukshunoslik, sosiologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni sanab utish mumkin.
v) psixogen, ya’ni insoning psixologik rivojlanishiga ta’sir kursatuvchi texnologiya; bular jumlasiga psixologiya, etika, estetika,
1 ma’naviyat, ruxiyat, dinshunoslik kabi fanlarni kiritishimiz mumkin. Ilmiy tajribani o’rganish buyicha:
a) refleksiv, ya’ni ayrim tajribalarning shartli refleks tarzida yoki
odatiy holda bir avloddan ikkinchisiga utishi;
b) rivojlantiruvchi, ya’ni oldingilar tajribalarini umumlashtirib, uz tajribalaridan kelib chiqqan holda mavjud texnologiya bilan uygunlashtirish;
v) geshtalt, ya’ni ushbu texnologiya talabaning xis tuygularini kamrab
oladi;
g) bixevioristik, bu texnologiya talabalarning tashki xatti-xarakatlariga
asoslangan buladi.
a) axborot texnologiyalar (bilim, malaka, ko’nikmani shakllantirishga
qaratilgan texnologiya);
b) operasion texnologiya (fikrlash malakasini shakllantirishga
qaratilgan texnologiya);
v) estetik-axlokiy texnologiya.
g) boshkaruvchilik xususiyatini shakllantiruvchi texnologiya;
d) evristik texnologiya (ijodiy yondashuvni shakllantiruvchi
texnologiya);
y) amaliy xatti-xarakatlarni shakllantiruvchi texnologiya.
Pedagogik texnologiyalar pedagogning talabaga nisbatan munosabatiga karab bir kancha turlarga bulinadi:
1) avtoritar texnologiya; bunda pedagog asosiy subyekt sifatida boshkaruvchi, tekshiruvchi, talab kiluvchi bo’lib maydonga chikadi, talaba esa tobe sifatida tan olinadi.
2) didaktik texnologiya, bunda pedagogning o’rni ma’lum Yuqori bo’lib, bu texnologiya markazida ta’lim jarayoni turadi va tarbiyadan ustunlik kuladi.
3) shaxsga yunaltirilgan texnologiya, bunda tizimning markazida talaba shaxsi turadi, talabaning rivojlanishida soglom psixologik xususiyatni tashkil qilish, imkoniyat va qobiliyatlarni ustirish asosiy bo’lib xisoblanadi. Bu yunalish xam uz navbatida 3 guruxga bulinadi:
1 Ishmuхаmеdоv R., Аbduqоdirоv А.,Pаrdаеv А. Tа’limdа innоvаsiоn tехnоlоgiyalаr. T. «Istе’dоd»2008.24-b.
a) insoniy (shaxsiy) texnologiya, bu texnologiya uzining psixoteraptik
xususiyati bilan ajralib turadi.
b) xamkorlik, bu o’zaro tenglik, demokratizmga asoslangan
texnologiya;
v) erkin tarbiya, talabaga bunda tanlash, erkinlik, mustaqillik beriladi;
g) ekzoterik, ongdan tashkari bilimlarni o’rganishga qaratilgan
texnologiyadir.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi goya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi kullanilmokda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bulish uchun ta’lim texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chukur urganib, taxlil qilish lozim.
Pedagogik lugatda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yullar bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar xar xil mualliflarning ta’riflarini umumlashtiruvchi sermazmun fikrlarining yigindisidan tashkil etilgan. Pedagogik texnologiya kuprok sifatli natijaga erishishga qaratilgan.kullanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning mahoratiga, pedagogik klassifikasiya turlaridan moxir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga boglik.
Pedagogik texnologiya paydo bulguncha kadar ta’lim tizimi doirasida ta’lim jarayonini yetarli samarali loyihalash koidasi ishlab chiqilmadi. Pedagogik texnologiyanin uziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maksadlariga kafolati erishishda o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzalikda emas, balki rejalashtirilgan natijasi olish imkonini beruvchi konstruktiv, kursatmali sxemada uz ifodasini topadi.
Maksadga yunaltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshirish, ta’limni aloщida urgatuvchi kismlarga bo’lib tashlash o’quv jarayonining kirralarini bugungi kunda ta’limni kayta ishlab chiqish sikli goyasiga birlashtirish imkonini beradi. U asosan uz ichiga kuyidagilarni oladi.
Ø ta’limda umumiy maksadning qo’yilishi;
Ø tuzilgan umumiy maksaddan anik maksadga utish;
Ø pedagoglarning bilim darajalarini dastlabki baxolash;
Ø bajariladigan o’quv ishlarni majmuasi; Ø natijani baxolash.
Bundan kurinadiki, o’quv jarayoni «modulli» kurinishga kelib, turli mazmun bilan tuldirilgan, umumiy tizimga mos holda ishlab chikariladigan bloklar kismlardan iborat.
O’quv jarayoni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirishda pedagogdan yuksak malaka talab etadi, materiallar tayyor bulgach, pedagog asosan tashkili va konsultativ vazifalarni bajaradi. Umumiy kurinishda pedagogik texnologiya tarkibiga kuyidagilar kiradi:
Ø fanning identifikasiyalashgan o’quv maksadlarini ishlab chiqish;
Ø o’quv maksadli shajarasi;
Ø o’quv maksadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish; Ø maksadga erishish usullari;
Ø erishilgan o’quv maksadlarini baxolash.
Ø Bu tarkibiy kismlarning xar biri ma’lum yunalishdagi pedagogik operasiyalar tizimini tashkil etadi.
4.2.Bo’lajak iqtisodchi – o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga o’rgatish
Darxaqiqat, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, ilg’or metodikalarini qo’llagan holda tashkil qilish va o’tkazish shu kunning muhim muammolaridan xisoblanadi.
Hammamizga ma’lumki, ta’lim jarayonida o’qituvchi bosh omil.
U rejalashtirilgan ma’lumotlarni talabaga tezroq berishga harakat qiladi, lekin ta’limning asosiy ikki jihatiga e’tibor beradimi?
Ta’limning tashki jihati-o’qituvchi harakatlarining izchilligi va talabalar xarakatiga mos kelishidir. Ichki jixati talabaning xolatini, uning bilim olishidagi faolligini, ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini ifoydalaydiki, bu xolat o’qituvchining ish uslubiga to’liq mos kelavermaydi. Talaba o’qituvchi o’rgatganidek fikr yuritishga intilsa-da, baribir o’zicha muloxaza yuritadi.
Talabalarning ma’lumotlarni qabul qilish darajasi bir xil, bo’lishlari turlicha, ular passiv eshituvchi. Bu ularning ta’lim jarayonidagi ma’suliyatni va javobgarlik xissini susaytiradi, ular mustaqil fikr yuritish, xulosa chiqarish va bu xulosalardan umumlashmalar xosil qilishdan yiroqda.
Talabalar yuqorida nomlangan ta’lim metodlarini o’rganish zaruratini bilishadi, lekin tajribalar shuni ko’rsatadiki, ma’ruza darslarida o’qituvchi kutganidek natija bo’lmaydi. Shuning har bir talabaga alohidaalohida yondashish ularning har biri uchun ushbu talabni o’rganish bo’yicha mustaqil topshiriqlar berilishi kerak, toki talaba metodlarining ilmiyliy jihatlarini to’liq tushunib yetishi uchun bilimlar yetarli bo’lsin.
Ilmiy manba. Uslubning ommabopligi deganda o’quvchi – talabavlarning rivojlanishiga va ruxiy-pedagogik imkoniyatlariga Ushbu uslubning muvofiq kelishi tushuniladi. Bu uslub asosan uchta qoidani o’z ichiga oladi:
1. Yangi ma’lumotlarni ilgari urganilgan ma’lumotlar bilan boshlash. Bu yerda, ya’ni talabaning mustaqil ravishda ishlashi, utilgan ma’lumotlarni mutsakil takrorlashi, mustaqil ravishda fikrlardan xulosalar chiqarilishi talab qilinadi;
2. Rivojlanishning erishilgan darajasiga, bilishning shakllangan jihatlariga va talabaning xususiyatlariga tayanish reting asosida joriy nazorat yo’li bilan aniqlanadi;
3. O’quv materialni chuqurrok o’zlashtirilishi va talabaning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish asosan ularga mustaqil o’rganish uchun mavzular berish, mavzular asosida referatlar yozdirish va o’qituvchining ishchi dasturi asosida keyingi darslarda tayyorgarlik ko’rishlar orqali amalga oshirilishi kerak.
4. Ta’lim metodining samaradorligi, uning o’quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi. Bu yerda ham o’zlashtirilishi kerak bo’lgan ta’lim metodining samarasi talabaning mustaqil harakati, uning oldindan ushbu metod haqida ma’lumotga ega bo’lishiga bog’liqdir.
5. Ilg’or metodlarni mumtazam o’rganib borish, zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni loyihalash, tanlash va amalda qo’llash.
6. Ta’lim metodining ilmiyligi qoidasiga amal qilishda G’arb va Sharq allomalari, o’zbek mutafakkirlari, pedagog - olimlari durdonalaridan foydalanilgan holda ma’lumotlarni boyitib borish.
Ta’lim metodlariga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda ta’lim metodlari bilan bo’lajak o’qituvchilarni qurollantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar elementlarini qo’llash shu kunning asosiy zaruriyatiga aylandi. Har bir metodning muhimligi, muammoliligi, maksa dva vazifalari, amaliy axamiyati xakida zarur ma’lumotlarga ega bo’lishligi davr taqazosidir.
Har bir o’tiladigan darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi bo’ladi. Bu maqsadga erishish uchun o’qituvchi rahbarligida talabalar birgalikda harakat qiladilar. Bu harakat asosan uch tarkibiy qismdan iborat o’lishi kerak:
1. Motivasiya qismi.
2. Boshkarish qismi.
3. Bilish faoliyati.
Motivasiya qismining asosiy maqsadi talabalarda ta’lim metodlari haqida bilim olishga qiziqish, istak, xoxish va zarurat uyg’otish. Agar talabada u yoki bu mavzuni o’zlashtirish bo’yicha qiziqish, xoxish va zarurat bo’lmasa ta’lim jarayoni samarasiz buladi. Talaba ushbu metodlar va metodlarga qo’yiladigan talablar, ma’lumotlar ularga qanday imkoniyatlar yaratilinishi tushunib yetishi kerak. Umuman olganda, talabaning ongida «men shu mavzu bo’yicha bilimli bo’lmasam, hayotda o’z o’rnimni topa olmayman» degan fikr doimo bo’lishi kerak. Ushbu motiv ta’lim jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lishi shart.
Boshqarish faoliyati qismi asosan o’qituvchi tegishli bo’lib, u talabalarda mustaqil bilim olishga, mustaqil fikrlashga va oxir oqibat ta’lim muassasasini bitirgandan so’ng tuslik nazariy bilimli, amaliy ko’nikmali va malakaliy o’qituvchi bo’lib shakllanishi nazarda tutishi kerak.
Bilish faoliyati qismi o’quvchi – talabaga tegishli bo’lib, u asosan o’z bilimini o’zigina oshirishga qodir ekanligini tushunib yetishi va asosda mustaqil harakat qilishi kerak.
Bo’lajak iqtisodchi-o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan qurollantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar elementlarni ko’llash natijasi ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari yaratiladi kutilgan natijaga erishiladi, vakt tejaladi va ta’lim jarayoni samaradorligi oshadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar elementlarini boshka pedagoglar qo’llanganda xam yuqori natija beradi va ta’lim samarasi yangicha bosqichga ko’tarilib, ta’limning yangi modeli amalga oshadi:
Ø talabaning istak – xoxishi – qiziqishi va harakatlari ularning imkoniyati darajasiga qondiriladi;
Ø talabaning o’quv mehnatiga va ilmiy dunyoqarashini ustirishga ma’suliyati, javobgarligi, burchi oshadi;
Ø bilimlarni mustaqil egallash, erkin fikrlash va xulosalar chiqarish qobiliyatlari oshadi;
Ø nihoyat, o’qituvchi sifatida jamiyatda o’z o’rnini topib olishga muhim yaratiladi.
Demak, provard maqsad bo’lajak iqtisodchi-o’qituvchilariga ta’lim metodlari xaqida nazariy bilimlar berish, ularda bu mavzu bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun ma’ruza darslarini qisqartirib, ular bilan yakka holda shug’ullanish imkoniyalarini kengaytirish, ularning mustaqil ishlashi, mustaqil bilim olishlari uchun keng yo’l ochib berishda zamonaviy pedagogik texnologiya elementlarini qo’llash shu kunning zaruratiga aylanishi kerak.
An’anaviy ta’lim tizimda o’quvchi – talabalarga ko’proq nazariy bilimlar beriladi. U dogmatik xarakterga ega bo’lib, ko’proq tushuntirishnamoyish etish usuliga tayanadi. O’quv jarayonida o’qituvchi fvoliyati asosiy o’rin egallaydi, o’quvchi-talabalar faollik ko’rsatmaydi. Bunday ta’lim tizimi unchalik samara bermaydi. O’quvchi-talabalrni «Nimaga o’rgatish kerak?», «Nima uchun o’qitish kerak?», «Qanday o’qitish kerak?», «Qanday qilib samarali o’qitish mumkin?» kabi savollarga javob izlash natijasida pedagog-psixolog olimlar va amaliyotchilar o’quv jarayonini «texnologiyalashtirish»ga, ya’ni o’qitishni natijasi kafolatlangan o’ziga xos «texnologik jarayon»ga aylantirishga urindilar. Anna shunga bog’liq holda pedagogikada yangi yo’nalish – pedagogik texnologiyalar, xususan, o’qitish va tarbiyalash texnologiyasi paydo bo’ldi.
Rossiyalik olima O.B.Yepeshivaning fikriga ko’ra, pedagogik texnolgogiyaning uch manbai mavjud.
Birinchi Manba – psixologiya, o’zlashtirish va o’rganishning psixologik konsepsiyalari – bixevorizm, aqliy qobiliyatni bosqichmabosqich shakllantirish nazariyasi: bu nuqtai nazarda pedagogik texnologiya bir qancha amallardan iborat tadbirlar yordamida o’quvchi-talabalar ongi xolatini bevosita o’zgartirish jarayonini boshqarish tarzida talqin etiladi.
Ikkinchi manba – ishlab chiqarish jarayonlari va fan: bu ma’noda texnolgiya maxsulot ishlab chiqarishda material, xom ashyoning shakli, xossasi, xolatini o’zgartirish, uni tayyorlash, qayta ishlash usullari yig’indisi tarzida tushuniladi. Bu tushunchaning boshqa ta’riflarini ham keltirib o’tish mumkin: texnologiya – bu prosessual kategoriya bo’lib, obyektni o’zgartirish metodlari majmuasi tarzida tasavvur etiladi; texnologiya samarali iqtisodiy jarayonlarni loyihalashtirish va ulardan foydalanishga yo’naltiriladi.
Uchinchi manba – pedagogika fanining o’zi (bu borada mashxur pedagog A.S.Makarenko xam o’z fikrini bildirgan). Uning e’tirof etishicha «pedagogik ishlab chiqarish» pedagogik texnikaga mos kelishi kerak. Bundan tashqari, u quyidagi muloxazalarni ta’kidlab o’tadi: «Bizning pedagogik ishlab chiqarish hyech qachon texnologik mantik bo’yicha tuzilmagan, hamma vaqt axloqiy tashviqot mantiqiga asoslangan».
Dastlabki vaqtlarda pedagogik texnologiya o’quv jarayonini texnologiyalashtirish sifatida tushunilgan. Lekin dasturli o’qitish tizimining kiritilishi uchu asos bo’ldi. V.P.Bespalko, V.I.Juravlyov,
M.V.Klarina, V.M.Manoxovning fikrlariga ko’ra, o’qitish texnologiyasi – ta’lim jarayonlari, o’qitishning tashkiliy shakli va vositalari bilan bog’liq bo’lgan o’qitish tizimining tarkibiy qismi. Aynan o’qitishning xuddi anna shu qismida «Qanday qilib samarali o’qitish mumkin?» degan savolga javob topish muhim.
«Pedagogik texnologiya» atamasi bilan «o’qitishga texnologik yondashuv» tushunchasi uzviy bog’liq. O’qitishga texnolgik yondashuvda uch bosqich alohida ko’rsatib o’tiladi: maqsad qo’yish va natijaga erishish uchun uni maksimal darajada aniqlashtirish (bu bosqichga eng birinchi navbatda e’tibor beriladi); o’quv materiallarini tayyorlash va o’quv maqsadlariga muvofiq holda o’quv jarayonini tashkil etish; joriy natijani baxolash, qo’yilgan maqsadga erishish uchun ta’limga o’zgartirishlar kiritish, natijalarni yakuniy baholash.
V.V.Guziyev ta’lim texnologiyalari sohasida olib borilgan tadqiqot natijalarini taxlil kilib, turtta asosiy goyani alohida ajratib ko’rsatadi: «didaktik birliklarni yiriklashtirish; o’qitish natijalarini rejalashtirish va ta’limni tabaqallashtirish; ta’lim jarayonini psixologiyalashtirish; kompyuterlashtirish». Biz o’qitish texnologiyasiga nazariy yondashuvlarni faoliyatli nuqtai nazaridan taxlil kilib, o’qitishning mavjud texnologiyalariga xos bo’lgan belgilarni alohida ajratib ko’rsatishni ma’qul topdik va bunda asosan O.B.Yepishevaning muloxazalariga tayanib ish ko’rdik. Olimaning fikriga ko’ra, o’qitishning mavjud texnologiyalarini quyidagicha tizimlashtirish maqsadga muvofiq.
1. O’quv faoliyati nazariyasi. O’qitish texnologiyasining psixologik asosi o’rganiladi. O’qituvchi va talaba faoliyati turlari aniqlanadi. Ularni ketma-ket amalga oshirish qo’yilgan maqsadga erishishga olib keladi. Asosiy g’oya shundan iboratki, bunda o’quvchi-talabaning o’zi mustaqil o’qishi kerak. Buning uchun esa, ta’lim muassasasida zaruriy shartsharoitlar yaratilishi zarur.
2. Diagnostik maqsad. Ma’lum tadbirlar asosida o’qitish texnologiyasi loyihalanadi. Pedagogik texnologiyada taklif etiladigan o’qitish maqsadini loyihalash usulini belgilash ta’limga faoliyatli yondashuvga tayaniladi. Maqsad o’qitish natijalariga asoslanib ta’riflanadi. Natijalar o’quvchi-talabaning faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Ushbu holda ularni o’qitish maqsadlari emas, balkio’q maqsadlari yoki o’quvchitalabalar o’quv faoliyatining maqsadi deb atash mumkin.
3. O’quvchi – talabalarning o’quv-bilish faoliyati davri. O’quvbilish faoliyatida o’quv materiallari o’zlashtiriladi. U o’z ichiga har qanday axborotni qabul qilish, anglash, eslab qolish, amalda qo’llash, umumlashtirish va tizimlashtirishni qamrab oladi. Biroq o’quvchitalabalarning barchasi bu ishni uddalay olmaydi. O’qitish texnologiyasi ularning potensial imkoniyatini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
4. O’qitish texnologiyasining o’quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi. Bu xol nafaqat o’quv jarayonini, balki o’qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarini loyihalashni ham taqozo etadi. Bunday maqsadlarga turli bosqichli (tabaqalashtirilgan, shaxsga yo’naltirilgan) ta’lim sharoitlarida erishish mumkin.
5. O’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsatish uchun o’quvmateriallarini eng maqbul darajada taqdim etish. O’quvchi-talabalar uchun maxsus o’quv materiallari va darsliklarda quyidagilar aks etadi: o’quv maqsadlari tizimi, urganiladigan o’quv materiallari mazmunini kamrab oluvchi didaktik modullar, bloklar yoki sikllar, ularni o’rganish tartiblari, o’quvchi-talabalarning bilimlarni o’zlashtirishini baxolash mezonlari va boshkalar.
O’quvchi – talabalar uchun tayyorlangan didaktik materiallar texnologik xaritalar kurinishida rasmiylashtiriladi.
6. O’quvchi-talabalarning o’quv faoliyatini yunaltirish. Bunda o’quvchi-talabalarga o’quv faoliyatining asosiy tamoyillari va o’quv faoliyati usullari, uning natijalarini nazorat qilish va baxolash, o’quv faoliyati motivasiyasi tushuntiriladi.
7. O’quv jarayonini tashkil etish. O’quv jarayoni o’quv maqsadlariga muvofiq tashkil etiladi. Bunda tayyorlangan o’quv materialllariga tayaniladi. O’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyati tabakalashtiriladi. An’anaviy sinf-dars tizimi vao’qitishning frontal usulidan voz kechiladi.o’qitish tartibi o’zgaradi, barcha o’quv muloqot turlaridan foydalaniladi, o’quvchi-talabalarning o’quv faoliyati shakllari (frontal, gurux, jamoa va individual) turli tarzda kushiladi. 8. Bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirishni nazorat qilish. O’quvchi-talabalar bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirishi uch darajada nazorat kilinadi: kirish nazorati, joriy (yoki oralik) nazorat, yakuniy nazorat. Kirish nazoratida o’quvchi-talabalarning ishni bajarishga tayyorgarligi xakida axborot olinadi va zarur holda bu darajaga o’zgartirishlar kiritiladi.
O’quvchi-talabalarning o’quv materialini o’zlashtirishi va rivojlanishini o’rganish maqsadida xar bir o’quv elementidan keyin nazorat o’tkaziladi (nazorat, birbirlarini o’zaro nazorat qilish, o’z-o’zini nazorat qilish tizimiga amal qilinadi). Shundan so’ng sinov o’tkaziladi.
O’zlashtirish usullariga o’zgartirishlar kiritiladi. Yakuniy nazoratda o’quvchi-talabalarning bilimlarni o’zlashtirish darajasi baxolanadi.
9. Joriy nazorat natijalariga ko’ra o’quvchi-talabalarning o’quv faoliyatiga (ularning bilim va malakalarini o’zlashtirish usullariga) o’zgartirish kiritish. Nazorat natijalariga asoslanib o’quvchi – talabalar faoliyatidagi o’zlashtirish usullariga o’zgartirishlar kiritiladi. O’zgartirish kiritish uch boskichda amalga oshiriladi:
1) o’quvchi-talabalar duch kelgan qiyinchiliklarni tizimlashtirish;
2) o’quvchi – talabalar yo’l qo’ygan tipik xatolar va ularning sabablarini tizimlashtirish; 3) o’quvchi-talabalarni oliy ta’lim va umumta’lim davlat standartlari darajasiga olib chiquvchi pedagogik va uslubiy tadbirlar tizimi. 10. Bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirish darajasini baholash.
O’quvchi – talabalarning bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirish darajasini baholashda testlar va reytingshkalalaridan foydalaniladi.
11. Standartlashtirish. O’quv jarayonlarida ta’lim texnologiyalarini qo’llash orqali ma’lum sharoitlarda ko’zlangan natijalarga erishishni kafolatlash.
O`rtacha talabaga yo`naltirilganlikda n o`qitishning diffеrеnцiallangan va individuallashtirilg an dasturlariga o`tish
|
|
Talabaning tashqi mоtivaцiyasidan ichki ma`naviy irоdali tartibga sоlinishga o`tish
|
Ta`lim tехnоlоgiyalari asоsiy yo`nalishlari
7- rasm. Ta’lim texnologiyalari asosiy yo’nalishlari
O’qitish texnologiyasida ham an’anaviy didaktikaga xos bo’lgan ayrim kamchiliklar uchraydi. Masalan:
- o’qitishning ayrim masalalarni hal etish uchun faoliyatli yondashuv elementlaridan foydalanish;
- texnologiyani loyihalashtirishda yuqori sanab o’tilgan
ko’rsatkichlarning faqat bir-ikkitasidan foydalanish va ularni rivojlantirish;
- o’quvchi-talabalarning mustaqil ta’lim olish malakasiga “tayanish”, ammo ularni o’qitishga o’rgatish borasida maxsus maqsadlarning yo’qligi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo’ladi
Pеdagоgik tехnоlоgiya tushunchasi 3 asпеktda namоyon bo`ladi:
1. Ilmiy asпеkt-пеdagоgik tехnоlоgiya пеdagоgika
mafqasniningadlarini bir ishl qismiab chi sifqaatiddia vta a`limo`rg auslublnadi haarimd, taa rkibishu bilva an birga пеdagоgik jarayonlarini lоyihalashtiradi.
3. Пrоцеssual-amaliy asпеkt-пеdagоgik (tехnоlоgik) jarayonning amalga оshishi, barcha пеdagоgik mqilishеtоd. оlоgik (uslubiy), instrumеntal vоsitalariga amal
8- rasm. Pedagogik texnologiya tushunchasi namoyon bo’lishi
V.M.Monaxovning pedagogik iyexnologiya nazariyasi yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlarga to’la javob beradi. Undan turli pedagogik obyektlar – o’quv jarayonini, o’qitishning uslubiy tizimini, o’qituvchining kasbiy shakllanishi va boshqalarni loyihalashtirishda foydalanish mumkin.
O’quv jarayonining loyihalashtirish texnologik xarita ko’rinishida birlashtiriladigan beshta blokdan iborat (maqsad qo’yish, tashxis qilish, o’quv jarayonining mantiqiy tuzilmasi, o’zlashtirishlar kiritish, o’quvchitalabalarning mustaqil o’quv faoliyatini qismlarga ajratish).
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish iqtisodiy ta’lim tizimida talabalarni chuqur bilim olishiga, iqtisodiyot qonunlarini puxta o’rganishga, kasbiy mutaxassislik fanlarini o’qitishda zamonaviy pelagogik texnologiyalardan keng foydalanishga yangi talablar qo’ymoqda.
Iqtisodiy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda zamonvaiy pedagogik texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi quyidagi zaruriyatdan kelib chiqadi:
- jahon talablari darajasida raqobatlaridan iqtisodsi mutaxassis kadrlar tayyorlash;
- bozor iqtisodiyoti talablariga moslashish;
- ta’lim tizimiga yondashuvlar va dars o’tish metodlarini tanlash, ishlab chiqish;
- o’qituvchining o’quv jarayonida tutgan o’rni, ta’lim- tarbiyaviy jarayonga qo’yilgan talab, erishilgan natija va h.k.
Albatta, kasbiy mutaxassislik fanlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlari katta bo’lib, bunda dars o’tish metodlari ta’lim qonuniyatlari va didaktik prinsiplaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Dars o’quvchi – talabalarga bilim berishning asosiy tashkiliy shaklidir. Hozirgi zamon darslari qanday bo’lmog’i kerak? Bugungi o’qituvchi darsda qanday natijalarga erishishi kerak? O’quvchi-talaba darsdan qanday bilimlar olib ketishi kerak?
Bugungi dars o’quvchi-talabada ijodiy qobiliyatni o’stirishi, aqliy salohiyatni kengaytirishi, ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirishi va har bir yangilikni to’g’ri qabul qila olishni o’rgatishi kerak. Shunday ekan, darsda o’qituvchi va o’quvchi-talaba munosabatlari qanday tashkil etilishi, o’qituvchi darsda o’quv maqsadlarini amalga oshirish uchun metod va vositalarni to’g’ri tanlay olishi g’oyat muhim ahamiyatga ega. Bugun darsda o’qituvchining asosiy vazifasi darsni boshqarish hisoblanadi. Darsni boshqarish uchun darsda o’quv – metodik ta’minot to’liq bo’lishi kerak. Darsda o’qitish vazifalari bilan tarbiya vazifalari o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan tushunchalar, g’oyalar tarkib topishi natijasida ilmi dunyoqarash va e’tiqodlar hosil qilishi muhim ahamiyatga ega. Darsda talabalarning erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi uchun o’quv materialini to’g’ri va aniq tanlash kerak. An’anaviy ta’lim metodlari bilan birga noan’anaviy ta’lim metodlaridan – interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda o’quvchi-talabalarning ijodiy ishlashlariga imkon berilishi g’oyat muhim. Interfaol metodlar o’quvchida erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchi (talaba)lar bu metodlardan foydalanganda yangi bilim va tushunchalarni tez va mustaqil o’zlashtirib oladilar. Ular o’z fikrlarining to’g’ri yoki xato ekanligini isbot qila oladilar. Interfaol metodlardan foydalanganda quyidagi talablarga amal qilish lozim:
- dars uquv dasturi asosidagi ta’limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lmog’i lozim;
- dars maqsadlari amaliyotdagi tajribalarga asoslanib, mteodlar qo’llanilganda to’liq hal qilinishi muhim;
- metod barkamol shaxsni tarbiyalash mezonlariga asosan axloqodob me’yorlariga mos kelishi zarur;
- metod tashkil qilinishi mantiqiy ketma – ketlikka ega bo’lishi kerak;
- interfaol metodlardan foydalanganda didaktik prinsiplarga amal qilingan holda eng kam vaqt sarflashga erishish kerak.
Interfaol metodlardan foydalanib dars o’tganda, o’quvchi – talabalarning alohida va o’ziga xos xususiyatlari to’liq namoyon bo’ladi. Ular ijodiy ishlaydilar, berilgan muammo ustida qo’shimcha manbaalar hamda o’z kuzatishlari asosida xulosalar chiqaaradilar, yangi g’oya va fikrlar asosida o’zlariga ishonch, o’rtoqlari fikriga hurmat bilan qarash sifatlari tarkib topadi. Bunday darslarda belgilangan maqsad va vazifalar to’liq amalga oshriladi va yakuniy natija kafolatnadi.
4.3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirish
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni o’rganishga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’quvchi faoliyati bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, ilm olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchi, yo’naltiruvchi vazifalarni bajaradi.
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim moleni tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishni o’z ichiga oladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o’quvchi – talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishiga ta’minlaydi. Inovasion (inglizcha innovation) – yangilik, kiritish, yangilikdir. Inovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi-talabalar faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlaridan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lim ta’lim mazmunini tarkibiy qismlari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagogik o’quvchi-talabalarning birgalikdagi faolit ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o’quvchi – talabaning dars davomida befarq bo’lmasligi,
mustaqil fikrlashni, ijod etishi va izlanish majbur etishi;
- o’quvchi – talabani o’quv jarayonida bilimga bo’lgan
qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
- o’quvchi – talabaning bilimga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijobiy yondashgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o’quvchi – talabaning hamisha hamkorlikdagi
faoliyatini tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarining eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchi – talabalarining hamkorlikda belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq. Har bir dars mavzusi, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiyalar, - bu yakka tartibdagi jarayoni bo’lib, u o’quvchi – talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning xislati shundaki, unga qo’yilgan maqsadga erishish kafolatini berishi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotning muvofiqqiyatli o’tishining 80% i o’quv jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishiga bog’liq.
O’quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi 3 bosqichdan iborat:
1. O’quv maqsadlari va natijalarini belgilash;
2. Natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish; 3. O’quv jarayonining texnologik xaritasini ishlab chiqish.
O’quv jarayonining loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, maqsadini, o’tilayotgan natijani to’g’ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to’g’ri tanlash, o’quvchi – talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborini qaratish.
Maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchi – talabaning hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, mazmun, metod, shakl, vosita, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
Zamonaviy ta’lim texnologiyasi quyidagi elementlardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi;
2. Ta’lim oluvchi;
3. Ta’lim shakllari;
4. Ta’lim maqsadi;
5. Kutilayotgan natija;
6. Ta’lim metodlari;
7. Ta’lim vositalari;
8. Nazorat va baholash.
Elementlardan eng asosiysi maqsad va kutilayotgan natijalar.
O’quv maqsadi – bu muayyan ta’lim jarayonini yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi, ya’ni xosil qilinishi lozim bo’lgan bilim, hatti-harakat bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlari va xulqini belgilaydi.
O’qituvchi va o’quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyoriga, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi – talabaning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan natijaga erishishi uchun balkim, kompyuter bilan ishlashi lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchi – talabalarga bog’liq
Demak, o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalari (O’TV)ni asosiysi, o’quvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamdahamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Natija esa baholanmog’i zarur, o’quvchi – talabaning bilimini baholash doimo “Nimani baholamoq kerak?” degan savol bilan bog’liq.
Bunga “o’qitish va o’rgatish maqsadi va vazifalariga erishganlik darajalarini baholash” deb javob berish zarur. Bu holda maqsad o’qituvchining faoliyatiga qaratilganligi (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, gapirib berish va hokazo), vazifalarga esa (ingliz adabiyotiga asoslani) o’rgatish natijalari kiritilganligi foydaliroq.
Agar vazifalar aniqlangan bo’lsa, unda o’quv natijalarini aniqlash uchun nazorat topshiriqlari tuzish lozim. Bular og’zaki, yozma, nazorat savollari yoki test bo’lishi mumkin.
Ta’lim oluvchilarni baholashda mezonli baholash shaklidan foydalaniladi. Ushbu baholash-baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga kiritilgan natijalarini bilish, ko’nikma va malakalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir.
O’qituvchi har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilishi, uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi muhim ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchi – talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo’lishi, avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xaritani tuzish o’qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.
Demak, o’quv jarayonining texnologik xaritasi dars jarayonidagi faoliyatni loyihalashtirish, dars mazmunini boyitish va ta’lim samaradorligini oshirishdir, masalan:
Fan: zamonaviy pedagogika asoslari Mavzu: ta’lim jarayonini loyihalash
Mavzu maqsadi: o’quvchi – talabalardan ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiya va didaktik loyihalashtirish to’g’risidadastlabki bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Kutilayotgan natija:
- mavzuning mohiyatini tushuntira oladi;
- didaktik jarayonni tashkil etishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida o’quv jarayonini loyihalashni aytib bera oladi;
- parallel va zanjirsimon bog’lanish orasidagi farqlarni aytib bera oladi;
- tayanch iboralarni ifodalab bera oladi; - o’zi mustaqil mavzuni tahlil qila oladi. Mavzuni o’rganish uchun ajratilgan vaqt: (80 daqiqa)
O’qitish va o’rganish strategiyasi:
Trening shakli va interfaol o’qitish usullaridan foydalanish. Resurs (dars uchun zarur bo’lgan jihozlar):
Dars turi: hamkorlikda o’rganish. Dars tafsiloti.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mazmunmohiyati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitda va ajratilgan vaqt oralig’ida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasini tashkil etadi.
Bunday yondashishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib, tanlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelida zamonaviy pedagogik texologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarida joriy qilish zarurligi qatiy uqtirilgan. Shunday ekan, pedagogik jamoatchilikning birdan - bir muhim vazifasi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo’llanib kelinayotgan zamonaviy pedagogik texn-logiyalarni yaxshilab o’rganib, o’zining kundalik pedagogik faoliyati va dars amaliyotida qo’llashdir.
O’quv maqsadlariga yetishda qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tom ma’no va mazmunini bilish, uning asosida har bir fanning, har bir darsning loyihasini tuzib chiqish uchun har bir pedagog- o’qituvchi majmular nazariyasini to’la egallab olishlari zarur. Bizning nazarimizda bu o’rinda "majmua" tushunchasining mohiyatini batafsil yoritib o’tish maqsadga muvofiqdir. "Majmua" deganda, o’zaro funksional bog’liq bo’lgan qismlardan tashkil topib, bir butunlikni tashkil qiluvchi narsa yoki hodisalarga aytiladi. Obyektiv borliqdagi barcha narsa va hodisalarga majmu deb qarasa bo’ladi. Uyg’unlik nazariyasidan kelib chiqadigan majmuiy yondashuv tamoyilining o’ziga xos, ancha murakkab qonun va qoidalari mavjud.
Har qanday majmua ikki yoki undan ortiq qismlardan iborat bo’lib, ayni vaqtda o’zi ham, o’zidan yuqori pog’onada turgan majmuaga qism bo’lib kiradi. Uning qismlari bir pog’ona pastdagi majmualar hisoblanib, ular ham bir necha qismlardan iborat bo’ladilar. Bu hodisa chekli va cheksiz bo’lishi mumkin.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlar deb faqat o’zaro uzviy
(funksional) aloqadorlikda bo’lgan qismlarga aytiladi.
Majmuani tashkil qiluvchi qismlarning bir xususiyati o’zgarsa, shu tufayli boshqa qismlarning ham xususiyatlari o’zgarishlarga uchrasa, uni funksional aloqadorlik deyiladi.
Majmua xususiyatlari faqat boshqa majmualar bilan aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
Aloqadorlik deb, majmuani shakllantirish xususiyatiga aytiladi. Yangi aloqadorlik xususiyati funksiya deyiladi.
Har qanday majmua asosini aloqadorliklar tashkil qilib, ular o’z asoslariga nisbatan tartibli va tartibsiz, harakatchan va stasionar, qaramaqarshi va ko’p tomonlama, nuqtaviy, chiziqli, tiklanuvchan va tiklanmaydigan, oddiy va murakkab, determinlashgan, markazlashgan va markazlashmagan, bir hamda ko’p pogonali hamda hokazo tarzda bo’ladi.
Har bir ishda majmualar nazariyasidan kelib chiqishlikni majmuali yondashuv tamoyili deyiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning an’anaviy dars berish uslublaridan asosiy farqi ham darsni bir-biri bilan funksional aloqadorlikda bo’lgan bir necha qismlardan iborat bir butunlik - majmua deb qarashdir.
"Dars" deb ataluvchi, tartib va tezlikka ega, tiklanuvchan, murakkab, markazlashgan bir pogonali majmuning o’zaro funksional aloqadorlikda bo’lgan qismlari quyidagilardir:
- majmuaning markazida turuvchi va boshqa barcha qismlar aloqalarini o’zidan o’tkazuvchi talabalar xohish-istagi;
- darsning mazmunini tashkil qilib, talabalar istagidan tashqari barcha qismlarni o’ziga xizmat qildiruvchi dastur va darslik;
- darsning umumiy metodologik asosini tashkil qiluvchi o’git berish, tarbiyalash-didaktika tamoyillari;
- darsni tushunishni osonlashtiruvchi hamda darsni tez va sifatli o’tishiga xizmat qiluvchi didaktik materiallar;
- darsga zamonaviy tus beruvchi, uning mazmuni va mohiyatini to’laroq ochib berishga yordamlashuvchi o’qitishning texnik vositalari;
- dars o’tuvchi o’qituvchining kasbiy faoliyat tayyorgarligi degan qismlardir.
O’qituvchi kasbiy faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv elementi mazmunini o’quvchi-talabalarga uzatish yo’llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgaliqda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali zamonaviy pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas.
O’TF - o’quvchi-talaba bajaradigan o’quv faoliyati;
O’F - o’qituvchi bajaradigan o’rgatuvchilik faoliyati. Bu formula yuzasida juda muhim sanalgan №1 - raqamli pedagogik qonun qayd etilayapti: o’quvchi - talabalarning xususiy o’quv faoliyati va unga hamohang bo’lgan, o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyatidan tashqari hyech qanday o’qitish jarayoni mavjud bo’lmaydi. Bu jarayon bosqichlarini o’rganishdan oldin yuqorida keltirilgan ikki formulani o’zaro taqqoslash zarur bo’ladi. E’tibor bersangiz, o’qitish jarayoni ikki faoliyat turidan - o’qituvchining o’rgatuvchilik va o’quvchi-talabaning o’quv faoliyatidan iborat. O’qitish jarayenining ana shu komponentlari didaktik jarayonning keyingi ikki bosqichi bilan bir xil ma’no kasb etib, bir xil faoliyatni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqi - didaktik jarayondagi dastlabki element - bu motivasiyasi o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahoratiga tegishli tushunchadir.
Pedagogik jarayonda o’quvchi-talabalarni darsga qiziqtirish yo’llari xilma-xildir. Bir muncha samarali bo’lgan metodika - bu muammoli vaziyatlarni mashg’ulot boshlanishida o’quvchi-talabalarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berilishi lozim. Muammoli vaziyatlar o’quvchi-talabaning o’zida qiyinchilikni (muammoni) aniq yoki xira egalashini ifodalaydi va uni zabt etish, yangi bilimlarni, yangi usul va harakatlarni izlab topishni talab etadi.
Agar o’quvchi-talabada qiynalishlarni bartaraf etish yo’llarini qidirish uchun boshlang’ich bilimlar yetishmasa, u muammoli vaziyatlarni qabul qila olmaydi va tabiiyki, tafakkurida ko’rash va qarama-karshilik jarayoni kechmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud vaziyatlarning uch ko’rinishini keltirish mumkin.:
1. Vaziyat ma’lum. Uni hal etish uchun shunga o’xshash aniq namunalar mavjud bo’ladi. Bunday holatda yechish metodi standartli bo’lishi mumkin.
2. Vaziyat o’xshash. Bunday holatda ana shunga o’xshash vaziyatlar bilan taqqoslash zarur. Ular bir-biriga aynan o’xshash bo’lmasligi mumkin, biroq yaxlit asosga ega bo’lganligi uchun uning ko’rinishini o’zgartirib, qaralayotgan vaziyatga yaqinlashtirib, maqbullashtiriladi va oqilona yechish yo’li topiladi.
3. Noma’lum vaziyat. Bunday vaziyat amaliy faoliyatda uchramaydi. Uni boshqa qandaydir namuna bilan solishtirish imkoni yo’q. Shu boisdan yechimning yangi metodini izlab topish zarur bo’ladi.
Muammoli vaziyatlar ta’lim maqsadini ko’zlab, oldindan konstruksiyalanadi va o’qitish jarayoniiing ma’lum qismiga kiritiladi. Didaktik jarayonning motivasiya bosqichi esa muammoli topshiriqlarni ko’proq darsning boshlang’ich qismiga kiritishni va o’quvchi-talabalar diqqatini dars mavzusiga to’liq jalb etishni taqozo qiladi. O’quvchi (talaba) ham o’z navbatida tanish vaziyatlardan yangi muammolarni ko’ra olishi, obyektning yangi vazifalarini, obyekt tuzilishini aniqlab olishi, muqobil yechimlar topa bilishi kabi ijodiy faoliyatini namoyish qilishi kerak.
Didaktik jarayonning motivasiya bosqichi o’quvchi-talabalarning bilish faoliyatiga kirib ketishini tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlari va uslublarini o’quvchi-talabalar individual holda tanlay olishi kerak.
Dars mavzusini tushuntirishda tarixiy materiallardan foydalanish ham o’quvchi-talabalarda kuchli motivlarning vujudga kelishiga, bilishga qiziqishini kuchaytirishga sabab bo’ladi. Biroq o’quv materiallarini bayon qilishga tarixiy yondashish qo’shimcha xarakterga ega bo’lishi, mavzu bo’yicha egallanayotgan bilimlar tizimi ichida mantiqiylik saqlanishi kerak.
U yoki bu mavzuga oid qisqa metrajli kino kadr ham kuchli motivasion omil hisoblanadi. Biroq kino dars o’qituvchi va o’quvchitalabalar o’rtasida bo’ladigan evristik suhbat mazmuniga zamin yaratishi kerak, shundagina o’quvchi-talabalarda mavzuni o’rganishga ehtiyoj seziladi va ko’zlangan maqsadga erishiladi. O’qituvchi anglab yetishi kerak bo’lgan holat shundan iboratki, darsda motivlarni o’quvchitalabalarda rivojlantirish asosiy maqsad emas, balki o’quvchi-talabaning bilish faoliyatini tezlashtirish vositalaridan biri sanaladi.
Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlay olishi ksrak. Zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni loyihalash shartlaridan biri ham "tashkiliy shakllar"ni to’g’ri tashkil etish sanaladi.
Ma’lumki, ta’lim tizimida bilish faoliyatiga auditoriyadagi (ma’ruza, seminar, laboratoriya, o’quv maslahati, sinov, imtihon) va auditoriyadan tashqaridagi (uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash, tadqiqotchilik, to’garak) mashg’ulotlar kiradi.
Pedagogik o’quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak: didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o’quvchi-talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak (o’quv faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, avtomatlshgan sinf yordamida yoki boshqa texnik vositalar yordamida: kino, diafilm, kompyuter, modelli ta’lim va h.z.).
Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalarning ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo’llashni taqozo etadi. Bu yo’nalish zamonaviy pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlaridan biridir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning loyihachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog qisoblanib, malakali mutaxassis tayyorlashdek muhim ijtimoiy (davlat) buyurtmasiii bajaradi. Xo’sh, pedagog-o’qituvchining pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan pborat?
O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadni tashxislanuvchi holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, buning natijasida ajaratilgan vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.
O’qituvchi belgilangan ta’lim maqsadiga to’g’ri keladigan o’kuvtarbiyaviy jarayon mazmunini saralashda fanning abstraksiya pog’onalarini va o’zlashtirish darajalariga mosligini inobatga olishi zarur.
O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak. Bu talablar jadallashtirish va tabiatan monandlik tamoyillaridir. Jadallashtirish tamoyili didaktik masalalarni ma’lum vaqt doirasida bir muncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo’llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyada jadallashtirish tamoyilini aniqlab beruvchi omil, o’quvchi-talabalarning ma’lum faoliyatni o’zlashtirish natijalari hisoblanadi. Ikkinchidan, tamoyil o’quv - tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanadiki, bunda mumkin qadar o’quvchi-talabalarning keng doirada tajriba (bilim, ko’nikma va ijodiy faoliyat) egallashga imkon tug’diradigan va ularning aqliy zakovatini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin.
O’qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o’qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi zarur. Bu pedagogik tizimda elementlarning ma’lum qonuniyat asosida bog’liq ekanligini bildiradi. Bu bog’lanishlarda foydalanish va maqbul bo’lgan tashkiliy shakllarni topish ta’limda rasmiyatchilikni yo’qotishga yo’l ochadi.
O’qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo’lgan o’quvchitalabaning ta’lim mazmunini va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar bilan nazorat qilib borishi lozim. Olingan axborotlar pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmunini tuzatish kerakligini belgilab beradi.
Demak, didaktik loyihalash o’quvchi-talabalarni ta’lim jarayonida passiv bog’lanish - bilimlarni tayyor holda o’rganish, bunda xotiraga asoslanish, o’quv materialini verbal izohlashdan ozod etib, faol bog’lanishga yo’naltiradi.
Faol bog’lanish — bilimlarni shaxsiy faoliyat evaziga, shaxsiy intilish, qiziqish, bilim ehtiyojlarini qondirish natijasi sifatida shakllanadi. Aynan, ta’lim jarayonini yuqori bosqichga ko’tarishda koordinasiya qilishga bog’liq. Koordinasiya ta’limni tashkil etish, boshqarish, nazorat etishning bosh tamoyiliga aylanganda o’quvchi-talaba ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan teng huqukli subyektga aylanadi. Ta’limni o’qituvchi va o’quvchi-talaba birgalikda amalga oshiradi, o’qish va o’rganishning ta’lim oluvchi uchun qimmati oshadi.
Xullas, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga o’rgatishning maqsadi va istiqbollari porloq bo’lib, bu ta’limni tashkil etish jarayoni ustuvorligini ta’minlabgina qolmay, balki ijtimoiy buyurtma sifatida butun jamiyatni pedagoglashtirish yuzaga keladi. Bu yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarur deganidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga kiritishning didaktik maqsadi va istiqbollari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik jamoani zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza. Adabiyotlar tavsiya etish.
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi pedagoglar jamoasini aniqlash. Ushbu orqali o’qituvchilarga zamonaviy-pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan ko’zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini yetkazish.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlamoqchi bo’lgan o’qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish:
- seminar;
- trening;
- individual maslahat berish;
- ko’rgazmali darslar tashqil egish.
4.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchilarning ishini nazorat qilish, kuzatuv va tahlillar o’tkazish, metodik yordamlar ko’rsatish. Ularning hisobotlarini eshitib borish.
5.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchi o’qituvchilarning metodika kengashida, pedagogika kengashlarida chiqishlarini tashkil etnsh.
6.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo’yicha ishlash uchun zarur didaktik materiallar, vositalar xonasini tashkil qilish.
7.Zamonaviy texnologiya bo’yicha ishlashning afzalliklarini, o’quvchi-talabalar, ota-onalar, pedagogik jamoa tomonidan qo’llabquvvatlanishini oshkor etib borish.
8.Ilg’or, innovator pedagogdan innavator pedagogik jamoani shakllantirish.
9.Yangilanishning uzluksizligi, davomiyligini ta’minlash.
Har bir ta’lim muassasa o’z pedagogik jamoasining umumpedagogik tayyorligi, istak va hohishlariga muvofiq zamonaviy pedagogik texnolgiyalarni joriy etish strategiyasi va taktikasini o’ziga moslab rejalashtirish mumkin.
Zamonaviy pedagogik texnolgiyalarni joriy etish strategiyasi o’qituvyai tomonidan faoliyat muayyan ketma-ketlikda amalga oshirish rejalashtirilganda (jumladan, o’quv jarayonini turli shaklda tashkil etish variantlarida puxta o’ylanmasdan, qulay standart vositalarni qo’llnilsa) qo’llaniladi.
Bahsning samarali bo’lishi eng avvalo bahslashuvchilarning birbirlariga nisbatan fazoviy joylashuvlariga bog’liq. Tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqyelarining mohiyati muhim bo’lganligi bois biz ushbu xolatlarni keltiramiz:
• Sinf sharoiti. Bu - an’anaviy dars o’tkazish shakli bo’lib, tinglovchilar bir-birlarining yuzlarini ko’rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi o’qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning mavqyelari, mas’uliyati turlicha. Bu sharoitda bahs o’tkazish mumkin emas. Chunki sinfda oxirgi qatorda o’tirgan bola bilan birinchi qatorda o’tirganning darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqyei - «Men» - o’yindan tashqarida».
• «Men» - o’yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi, hatto boshlovchi ham «qatorda» o’tiradi. «Ishchanlik o’yinlar» va boshqa rolli o’yinlar ana shunday sharoitda o’tkazilishi mumkin.
• «Men»- munozarada» deb ataluvchi bu holat ayni bahs - munozaralar o’tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o’z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to’rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.
• «Men» - hamkorlikdaman» degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a’zolari to’rt-besh kishidan bo’lib alohida stollar atrofida o’tirib, har bir guruh o’z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
Bu keltirilgan har bir xolat baxs qatnashuvchilarida o’ziga xos ruhiy tayyorgarlik va mas’uliyat xissini keltirib chiqaradi.
Demak, dars mobaynida o’qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish lozim bo’lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shunday keyingina mashg’ulotni boshlashi kerak. Ko’rinib turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg’ulotlarning samaradorligi deyarli yo’q, chunki ular oldingi qatorlarda utirgan tinglovchilarning faolligigagina yo’naltirilgan, qolganlar «o’yindan tashqari» holatda, bu narsa ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog’liqdir («disput» so’zining lug’aviy ma’nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa - guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har biriing o’z fikr mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimini batamom hal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.k.) o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar baxlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha) bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu xolda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo’linadi. Birinchi guruh - «fikrlarni jamlovchilar» - generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi - «tanqidchilar» va uchinchi guruh - «fikrlarni tezlatuvchilar» - katalizatorlar» deb ataladi. Har bir ajralgan guruhninig o’ziga xos funksiyalari bor: «generatorlar» o’rtaga tashlagan muammo yoki bahs mavzusi bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri - lider - ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga «tanqidchilar» kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi «mag’zini» va «puchak» fikrlarni saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yana so’z «generatorlar» ga yoki «katalizatorlar» ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu mavzuga aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So’ngra «tezlatuvchilar» bahsni davom ettirishga ruhsat berib, agar uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhnnig o’yiniga xolis baho bergan xolda munozarani to’xtatishi mumkin. Ular ko’pincha ikkala guruh uchun xolis orbitorlar - «hakamlar» rolini o’ynaydilar.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy ma’naviy mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash imkoniyati bo’lsa, suhbatdoshlarning uchburchak shakldagi berk stol atrofiga o’tirishlari mumkin. Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog’i kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli ularoq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlar uyushtiriladigan munozarannig mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
4.6. Darsda munozara, breynshtorming va treninglar o’tkazish texnologiyasi
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida «mozgovaya ataka», inglizchasiga «brain storming» deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchannig aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin uni
«miyaga xujum» yoki «fikrlar to’qnashuvi», «fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar ko’proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr qo’yilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda «erkin assosiasiyalar»ga imkon beriladi va oxir oqibat guruhning o’zi ma’lum rasional «mag’izni» ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A.Osborn 30-yillardayoq
taklif etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Birok to’g’ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas.
2. Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar tanqiddan xolidir.
3. Mantiqiy fikrlardan ko’ra, fantastik yoki qo’qqisdan, tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.
4. Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
5. Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular - muallifsizdir.
6. Fikr yoki yaxshi g’oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki guruhnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ta’kidlangan guruh katta bo’lgan sharoitda bahs uyushtirishda ham generator, ya’ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki o’tkazilgan tekshiruvlar va ko’plab sinov mashg’ulotlarining ko’rsatishicha, aynan shu guruhda breynshtorming usulining qo’llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks xolda muhim muammolar bo’yicha munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erishish juda qiyin bo’ladi. Bu usul ayniksa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.
Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida shakllanishi shart va bunda boshlovchi - o’qituvchining roli katta. Amaliy mashg’ulotlarni bahs-munozara shaklida o’tkazilishi bolalarga oldindan aytilishi va ularning tayyorgarlik ko’rishlari uchun savollar berilib qo’yilishi maqsadga muvofikdir. Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun mashg’ulot boshlanishidan avval ularning o’zlarini erkin tutishlari uchun ayrim yengillashtiruvchi mashqlar, boshqacha qilib aytganda, psixogimnastik mashqlar o’tkazish tavsiya etiladi. Masalan, ana shu maqsadda o’tkaziladigan psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.O’qituvchi guruhni aylana shaklida turishlari so’raydi va a’zolarni navbatma-navbat o’rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda, lekin samimiy salomlashishni so’raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko’proq yoqqanini so’raydi.
2.Guruh a’zolari o’qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi. Navbat bilan guruh a’zolari o’rtaga chiqib, xoxlagan a’zo bilan so’zsiz, lekin ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so’raladi.
3.Hamma doira shaklida o’tiradi va o’qituvchi olib kelgan koptok navbat bilan muloqot katnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o’sha odamning kuchli, yaxshi bir sifati aytilib, so’ngra yana otiladi. O’qituvchi koptokning albatta har bir kishiga tegishini nazorat qiladi.
Bu kabi mashqlar munozara katnashchilari o’rtasida o’zaro tanglikning bo’lmasligi va o’z fikrini bayon etayotganda o’qituvchidan tortinmasligi uchun o’ziga xos trening hisoblanadi.
O’qituvchi munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni yetkaza olishi kerak:
a) mashg’ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo’ladi va ular birbirlariga yordam berish uchun kelganlar;
b) munozara o’zaro muloqotning bir shakli bo’lib, har bir ishtirokchi birbiriga ochiq va samimiy munosabatda bo’lsin;
v) munozara ishtirokchilarning o’zaro tajribalarini almashinishlari uchun qulay sharoitdir;
g) fikr bayon etishda kerak bo’lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik shiorimiz bo’lmasin;
d) munozara paytida ko’p yozish shart emas;
ye) agar biror narsa tushunarli bo’lmasa, uni so’rashdan tortinmang;
j) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham bundan manfaatdor bo’lsinlar, «yashiringan bilim - bilim emas» ligini unutmaylik!
«Tarmoqlar» (Klaster) metodi pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchi- talabalarni bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam beradi. O’quvchi-talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul bilan mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchitalabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda o’quvchi-talabalarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. “Klaster” metodi aniq obyektiv yunaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan boqliq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Bumerang» texnologiyasi bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi hamda g’oya va fikrlarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni; bo’lajak iqtisodchilarda jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalik, xushfe’llik, o’zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’z faoliyatini samarali bo’lishiga qiziqish, o’zini xolis baholash kabilar.
«Veyer» texnologiyasi murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veyer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari va fikrlarini yozma va og’zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu texnologiya mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin: bilimlarni erkin faollashtirishda; mavzuni o’rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetishda; yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solishda.
Agar mashg’ulotlar bir-birlarini yaxshi tanimaydigan boshlangich guruhlarda boshlangan bo’lsa, «tanishish» mashqlarini o’tkazish, albatta ishni kichik guruhlardan boshlash lozim. Bunda erkin yunaltirilmagan bahs shaklini qo’llash o’rinliroq. Bunda o’qituvchi ishtirokchilarga birbirlarini yaxshi tanib olsalar, birgalikda harakat qilsalar, umumiy ish uchun manfaatli bo’lgan natijalarga erishish mumkinligini tushuntirishi lozim.
Agar ishtirokchilar biror yangi ma’lumotlarga ega bo’lish, murakkabroq masala yuzasidan umumiy nuqtai nazarga ega bo’lish va mantiqiy xulosalarga erishishni maqsad qilgan bo’lsalar, unda dars avvalida o’qituvchi yoki oldindan tayyorgarlik ko’rgan guruh a’zosi ma’ruza qilishi, ma’ruza yuzasidan keyin bahs uyushtirilishi, dars oxirida imkon bo’lsa, o’qituvchi o’zi tayyorlagan tarqatma materiallarini har bir a’zoga berishi kerak. Faollashtiruvchi usullar materiallar kulga berilgach, ishga solinadi.
Agar darsning yoki amaliy mashg’ulotning maqsadi tinglovchilardagi aniq qobiliyatlarni rivojlantirish, malakalarni oshirish va yangi tajribadan foydalanish bo’lsa, unda bahsning predmeti avvalo tajriba almashinuvga qaratilishi, bunda ayrim mashqlar ham bajarilishi, ularning natijalari tahlil qilinishi, rolli o’yinlarni bajarishgacha olib borilishi kerak. Bunda o’qituvchining roli ancha mas’uliyatli bo’lib, u mashg’ulotgacha konkret yo’riqnomalarni o’quvchilarga berishi va guruh ishini muntazam kuzatib, nazorat qilib turadi.
Agar munozara darslarining maqsadi - ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularni shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog’lab aytib berishlariga olib kelish bo’lsa, unda o’qituvchi «Men» - munozaradaman» holatida guruhli bahsni kichik guruhlarda tashkil etishi, ularda alohida holatlar va vaziyatlarning tahliliga barchaning diqqatini qaratishi, ishtirokchilarni turli rollarni tasavvur qilishga majbur qila olishi va oldindan tayyorlab qo’yilgan savolnomalarni dars oxirida tarqatib, shakllangan yangi g’oyani ajratib olishi kerak. Demak, bu shakldagi ish har bir ishtirokchidan puxta tayyorgarlikni va aniq ko’nikmalarni talab qiladi.
Bahs shaklida mashg’ulot o’tkazganda, qabul qilinadigan qarorlarning ahamiyati katta. Qarorlarning samarali bo’lishi uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:
• mashg’ulot boshlanishidan oldin o’qituvchi tahlil qilinishi lozim bo’lgan muammoni belgilaydi va unga qay tarzda munosabat bildirilishi lozimligini tushuntiradi;
• qisqa bo’lsa-da, bu muammoning oldingi darslarga bog’liqligi, uyga berilgan vazifa, muhokama qilinadigan masalaga oid muhim faktlar esga tushiriladi;
• bahs katnashchilari kichik guruhchalarga (4-5 kishi) bo’linib, mashg’ulot oxirida fikrlar umumlashtirilishi uchun kog’ozlar taxt qilib qo’yiladi;
• guruhda ishlash mobaynida bildirilgan fikrlarning afzal va kamchilik tomonlari haqidagi o’z mulohazalarini og’zaki yoki yozma tarzda qarorlar shaklida bayon etadilar;
• ish yakunida guruhning vakillari o’z guruhining ishi to’g’risida gapirib, ularni boshqalarniki bilan qiyoslaydi. Zarurat bo’lsa, o’qituvchi har bir guruhning qarorlarini o’zaro qiyoslab, savollarga javob beradi, noaniqroq qarorlarga o’z munosabatini bildiradi.
Pedagogik amaliyotda bahsning mohiyati ko’pincha faqat og’zaki dialoglar va tortishuvlar tarzida tasavvur qilinadi. Lekin og’zaki bahslarning yanada samarali va ta’sirchan bo’lishi uchun yozma bahs shakli ham qo’llaniladi. Bu usul o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, munozara madaniyatini oshirish va har bir fikrni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. O’qituvchi esa o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini asosli baholash va bilimdonlikni to’la ma’noda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul ayniksa, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantiruvchi fanlar - ijtimoiygumanitar fanlar yuzasidan o’tkazilsa yanada samarali bo’ladi.
O’quvchilar oldindan mavzu bilan tanishtiriladilar, uyga berilgan topshiriqlar orasida qay biri yozma tarzda o’tkazilishi ma’lum qilinadi. Yozma bahs o’tkaziladigan kuni o’qituvchi uni quyidagi tarzda amalga oshiradi: 1.O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi va ularni alohida qatorlarga o’tkazadi. Har bir guruh mavzu bo’yicha qaysi nuqtai nazarni himoya qilishini ma’lum qiladi. Masalan, birinchi guruh bolalarning aqliy darajalarini muntazam o’lchab turish va shu orqali ta’lim muassasalariga jalb etishni himoya qilsa, ikkinchi guruh - bu fikrni asosli tarzda inkor qiladi.
2.Shundan so’ng o’qituvchi qarama-qarshi guruh a’zolarini juftlaydi va ularga nomeri yozilgan varoqlarni tarqatadi. Har bir ishtirokchiga biror fikrni yozma asoslashga 5 daqiqadan beriladi. Yozma dalillar ravon tushunarli tilda, asosli tarzda yozilishi kerak.
3.Yozilgan varakchalar qarama-qarshi sheriklarga beriladi. Ular o’z
«raqiblari» fikriga qarshi fikrni 8-10 daqiqa mobaynida o’ylab, yozishlari kerak bo’ladi va narigi tomondagi sherigiga beradi.
4.Yozma dalillar almashinuvining bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, har safar har bir o’quvchi sherigining dalil-isbotini diqqat bilan o’rganib chiqib, javob qaytaradi. Oxirgi raundda o’quvchilarning o’zlariga yakunlash imkoni beriladi va yozma ishlar yig’ib olinadi.
5.O’qituvchi yozma baxlarni yakunlashda tomonlarga «Qarshi tomonning eng yaxshi dalil-isboti qaysilar bo’ldi?» deb so’raydi va o’quvchilar bilan oldindan kelishgan xolda ular bilimlarini yakka-yakka yoki guruhiy baholaydi.
Yuqorida keltirilgan yozma bahslarni o’tkazish tamoyillari Fred Nyumen materiallari asosida tayyorlandi. Uylaymizki, bizning sharoitimizda ham bu usullar ancha samara beradi. Kisqacha xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi g’oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi qo’llanilmoqda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bo’lish uchun ta’lim texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur o’rganib, tahlil qilish lozim.
Pedagogik lug’atda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yo’llar bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar har xil mualliflarning ta’riflarini umumlashtiruvchi sermazmun yig’imdir. Pedagogik texnologiya ko’proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan. qo’llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning mahoratiga, pedagogik klassifikasiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog’liq.
Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o’quv faoliyatini samarali bo’lishi uchun faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish usullarini bilish muhim bo’lib, yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning o’z psixologik qonuniyatlari mavjud. Dars mobaynida munozara, breynshtorming va treninglarlarni o’tkazish, dars samarasini oshiradi. Har qanday muammoni yechish uchun qo’llash mumkin bo’lgan bahs turlari va asosan yozma bahsni o’tkazish qoidalari bor. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” da o’qitishning yangi texnologiyalari va o’qituvchi-pedagoglarga qo’yilgan yangi talablar ham ta’lim sifatini oshirishga, ham o’qituvchining kasb mahoratini yuksak bo’lishiga xizmat qiladi.
1. Pedagogik texnologiyalar xakida tushuncha bering?
2. Pedagogik texnologiyalarning maksadi va vazifalari nimalardan iborat.
3. Noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish an’anaviy ta’limdan kanday fark kiladi?
4. Ta’lim texnologiyalaridan Klaster tuzing?
5. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyatini kanday tushunasiz?
6. Pedagog kadrlarga qo’yiladigan zamon talablari nimalardan iborat?
7. Darsda samaradorlikka erishish kuprok kimning faoliyatiga boglik deb uylaysiz?
8. Muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun tajribali, maxoratli O’qituvchi nimalarga kuprok e’tibor berish lozim?
9. Aqliy xujum texnologiyasiga ta’rif bering?
10. Iqtisodiy ta’limda ko’llanadigan ta’lim texnologiyalarini kursatib uting?
1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. –
T.:TDPU, 2003.
2. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004. 3. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. – 4. Karimova V.M. va boshqajar Psixologiua Toshkent.,TDIU 2007
5. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
6. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
7. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 8. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent.
TDIU, 2007 yil
9. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
10.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov.
Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
11. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
12.www. inter – pedagogika. ru.
5.1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
5.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari.
5.3. Hozirgi davrda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish.
5.4. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari 5.5. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi.
5.6. Pedagogik texnika haqida ma’lumot
O`zbеkistоn Rеsпublikasi Пrеzidеnti I.A. Karimоv: “Ayni пaytda barchamiz bir haqiqatni o`zimizga aniq tasavvur etishimizni istardim. Ya`ni erishilgan bunday marralar – barqarоr rivоjlanib bоrayotgan iqtisоdiyotga asоslangan, оchiq dеmоkratik хuquqiy davlat qurish, insоn, uning manfaatlari, хuquq va erkinliklari so`zda emas, amalda оliy qadriyat darajasida ko`tarilgan, jahоn miqyosida оbro`-e`tibоr qоzоngan jamiyat barпо etish bоrasida biz o`z оldimizga qo`ygan yuksak maqsadga
1 qaratilgan uzоq va murakkab yo`lning bir qismi хоlоs”.
O`z-o`zidan ravshanki, bularning barchasi iqtisоdiyotimizning yuqоri sur`atlar bilan barqarоr o`sib bоrayotgani va mamlakatimizda ro`y bеrayotgan ulkan ijоbiy o`zgarishlardan dalоlat bеradi. Dars bеrish san`atini egallashda o`qituvchi uyushtirgan o`quv mashғulоti, chuqur bilim bеrish vоsitasi bo`lishi bilan birga, mustaqil O`zbеkistоnning ravnaqi, ertangi kunga bo`lgan ishоnch, хalqimizning aql–zakоvati va mеhnatining nimalarga qоdirligi, jamiyatning munоsib fuqarоsi hamda quruvchisi bo`lish uchun nimalar qilish zarurligini ko`rsatuvchi ko`zgu bo`lib хizmat qiladi.
Islоm Karimоvning “Yuksak ma`naviyat – еngilmas kuch” asarida ilmiy asоslangan “Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi - bu sharqоna qarash, sharqоna hayot falsafasi»2 haqidagi ta`limоti milliy didaktikaning mеtоdоlоgik asоsini rivоjlantirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va
1 Karimоv I.A. “Mamlakatimizda dеmоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish kоnцепцiyasi” Пrеzidеnt I.Karimоvning O`zbеkistоn Rеsпublikasi Оliy majlisi Qоnunchilik пalatasi va Sеnatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. T.: 2010 yil, 13-bеt.
2Karimоv I.A. .Yuксак ма`навият – енгилмас кuч” – Т.: O`zbекистон, 2008 yил, 135-bет
ularning kasbiy mahoratini avvalo ta’lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimmasiga ulkan mas’uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimovning “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida “Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit–qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart–sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq
1 muhim vazifa sifatida yo‘naltirilgan chora–tadbirlarni amalga oshirish”
belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko‘st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda avvalo, bo‘lajak o‘qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
1 “ADOLAT” ijtimoiy siyosiy gazetasi. – Toshkent, 2010, № 4, 29 yanvar.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb–hunar sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy – metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim.
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK
FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI
Pedagogik faoliyatning maqsadi
Pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti
Pedagogik faoliyatning vositasi
9-rasm. O‘qituvchining pedagogik faoliyati tarkibiy qismlari
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo‘lib, o‘qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o‘rganadi.
Pedagogik mahorat o‘qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim – tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq–atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo‘lib, o‘qituvchilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O‘qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo‘lmish tarbiyalanuvchi insonga, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhiga hamda alohida o‘quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari
─ ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog‘lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan har xil ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish uchun o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik–psixologik ta’limot nuqtai – nazaridan yondashish, ta’lim – tarbiyani milliy an’analarimiz ruhida zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o‘quv – tarbiyaviy jarayonda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o‘qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma’lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o‘rin olgan.
Shunga ko‘ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o‘qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi.
Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilar milliy urf–odat va an’analarimizda va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik–psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
5. O‘quv–tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar.
6. O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy–ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o‘qituvchilar uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o‘qituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko‘ra olishga o‘rgatadi. Har bir o‘qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o‘z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o‘rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo‘lishni tarbiyalaydi.
O‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon–e’tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob–axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o‘z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy–siyosiy talablariga o‘z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
O‘qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o‘z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo‘llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
Xo‘sh pedagogik mahoratning o‘zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi:
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik–psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
10- rasm. Pedagogik mahoratning tashkil etuvchi komponentlari
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o‘zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: “pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik–psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, o‘qituvchilik kasbi murakkab va mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, o‘qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo‘lmish insonning ta’lim–tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu sababli, bo‘lajak o‘qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, unga ta’sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 1) O‘qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O‘qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.
3) O‘qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi.
4) O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik–psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika
taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;
b) ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish aso-
sida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, ba-
diiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o‘qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.
5.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o‘qituvchi-tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilingan hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prins iplari belgilab berilgan:
Ø ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; Ø ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
Ø umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining
majburiyligi;
Ø o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda
yoki kasb–hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Ø ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Ø davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ø ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Ø bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
Ø ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Ushbu prinsiplar zamirida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy mohiyati mujassamlangan bo‘lib, uni hayotga tatbiq etish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. O‘qituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimini vujudga keltirish ta’kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo‘llab–quvvatlash ta’minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham o‘qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan, “Pedagogik mahorat” fanining vazifalarini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ø ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
Ø ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;
Ø bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf–odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ø ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida o‘qituvchilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv–uslubiy adabiyotlar, moddiy–texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
Ø bo‘lajak o‘qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy–axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
Ø bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga o‘rgatish. Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o‘qituvchining ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. “Barcha illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir” degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo‘lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko‘proq o‘qituvchilar zimmasida.
2 - jadval Pedagogik mahoratni egallash vositalari
PEDAGOGIK MAHORAT FANINING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI |
1. Nutq malakasi va texnikasini mukammal o‘zlashtirish. |
2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash. |
3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish. |
4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash. |
5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish. |
6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni bosh qarish. |
7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish. |
8. O‘quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish. |
9. Savodli va sof adabiy tilda so‘zlash. |
10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish. |
11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish. |
12. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish. |
13. Muosharat odobiga doimo rioya qilish. |
Darhaqiqat, o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o‘qituvchi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay oladigan bo‘lishi, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o‘zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Bu o‘qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf–odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o‘qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
O‘qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O‘quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O‘qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirilib borilishi mumkin.
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:
1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2. Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3. O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferens iya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi. Maktablarga yosh o‘qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.
Mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg‘or va tashabbuskor o‘qituvchilar aniqlanib rag‘batlantirilishi, yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg‘otadi. 2006-yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” – Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni targ‘ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta’limi tizimidagi 3425 nafar o‘qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganlari va fidokorona mehnatlari uchun turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishda cheksiz matonatlari uchun ustoz o‘qituvchilardan olti nafari “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan, 302 nafari “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” va 319 nafari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lganlar, 101 nafari “El-yurt hurmati”, 21 nafari “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 1229 nafari “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – barkamol inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlarning roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.
5.3. Hozirgi davrda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish
“Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin” deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda qabul qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
1. shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, histuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet.
5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.
10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.
11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O‘qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
Ø shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
Ø kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
Ø yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
Ø o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;
Ø ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;
Ø o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;
Ø pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
Ø o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni echadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ø hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;
Ø o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;
Ø o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:
1. Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2. Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. Shunda o‘qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3. Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. O‘qituvchining o‘z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy qobiliyat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6. Shaxsning ichki qobiliyati. O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikrmulohazasini erkin bayon eta oladi.
Qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar.
Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakalardir.
Ko‘nikmalar – o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Ular o‘qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluvchi jarayonlar bo‘lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashda ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ko‘nikma va malakalar etarli bo‘lmagan qobiliyatni birmuncha to‘ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini tuzatishi mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashtirib mohirlik ham deb ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo bo‘lish jarayonida shakllanadi.
Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati – bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik – insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat – insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishiga aytiladi. U o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘ladi.
Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituvchining ijodkorligida namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik – bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir.
Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste’dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi, iste’dodining yuksak cho‘qqisi – uning intellektini belgilaydi. “Intellekt – bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati” (Veksler), ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Biroq, kishidagi tabiiy layoqat nishonalari mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta’minlamaydi. Kishi o‘zidagi layoqat nishonalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak, bu esa faqat shijoatli kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g‘oyasi – milliy va umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya sifatida ulug‘langan. Mazkur g‘oyani yosh avlod ongiga singdirishda o‘qituvchi kadrlarning roli beqiyos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo‘lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan
1 - istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak tamomila uyg‘un bo‘lishni»
esa yoshlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g‘oyaviy – siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo‘lish lozimligini taqozo qilmoqda. Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflanadi:
Ijod Fikrlash tezligi Mahorat
O‘qituvchi faoliyati- Ta’lim-tarbiya jara- Pedagogik faoliyatda da mehnatning yonida yangi holatga erishilgan muvaf-
moddiy va ma’naviy tez va to‘g‘ri munosa- faqiyatlar o‘lchovi;
mahsulotini yaratish, bat bildirish; fao- kasbiy bilimlarni
yuksak natijalarga liyatni tanlashda ta- mukammal bilish
erishish qobiliyati fakkur tezligi qobiliyati
11- rasm. Intellektning asosiy sifatlari
Chunonchi, bu hol ta’lim tizimi va kasb-hunar ta’limi muassasalari yangilanayotgan, ta’lim - tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o‘quv – tarbiya jarayoniga o‘zbekona urf – odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar har bir o‘qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma’naviy – ma’rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda o‘tgan davrdagidan ko‘proq pedagogika fani oldida yangicha fikr yuritadigan o‘qituvchi - tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish juda muhimdir. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir yigit va qiz o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol beradi. Zero
1 Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. – T.:”O‘zbekiston”,
1995, 47-bet
masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo‘qmi degan muammo paydo bo‘ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o‘rganiladi.
Pedagogik qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda o‘qituvchi o‘z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ta’limtarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: “Ta’lim – tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchi o‘z pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste’dodning o‘qituvchida yo‘qligi natijasida ro‘y beradi”.
ko‘rsatkichlari
12– rasm. Shaxs qobiliyatlari, tabiiy iste’dodlar va ularning farqi
Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faqat o‘zlari egallagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadilar.
Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi.
Barcha mutaxassisliklarda bo‘lgani kabi o‘qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat – uning shaxsiy iste’dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda subyektiv shart - sharoitlar yaratadi.
Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‘lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Har qanday faoliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‘z qobiliyatini ko‘rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.
Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xusu-
siyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish lozim.
O‘qituvchi qobiliyatini o‘rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo‘lishini emas, balki ularning uzviy bog‘langan bo‘lishini, muayyan tizimda o‘zaro ta’sir qilishini ko‘zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o‘ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo‘lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‘ynaydi.
Kishining qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega. Qobiliyat yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va sifat jihatidan tez o‘sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanishini o‘rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat’iy talab qilinadi. O‘qituvchining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va malaka hosil qilishni ta’minlaydi. Qobiliyatli kishining yuqori unumli mehnati uni moddiy hayot darajasi bilan ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, qobiliyatli o‘qituvchiga pedagogik faoliyat va mehnat engilroq bo‘ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur-halovat bag‘ishlaydi.
Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog‘liq. O‘qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. Buning muvaffaqiyati o‘qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog‘liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o‘qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‘lishi kerak.
Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar; tayanch xususiyatlar; yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‘qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi: Kommunikativ qobiliyat: o‘qituvchining pedagogik jamoa va otaonalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim.
Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo‘lgan muhabbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir.
U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o‘qituvchining o‘quv–tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
Bilish qobiliyati: o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o‘qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‘lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak.
Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:
Ø aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;
Ø o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
Ø aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish. Ø pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.
O‘qituvchi faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqalarning uzluksizligi tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biridir. O‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o‘rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o‘ziga ishontira olish va jalb qilish – o‘qituvchi kommunikativ qobiliyatining asosiy mohiyati bo‘lib, bunda bevosita o‘qituvchi bilan bog‘liq bo‘lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, ma’lum bir qolipdan chiqishi mumkin bo‘lmagan muomala turlari va shartlari mavjud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatishning shakl va uslublariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. O‘qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o‘rnatish vazifalarini rejalashtirishi kerak. Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil etuvchi usullari muomala orqali aloqa o‘rnatishning samaradorligiga bog‘liq. Ushbu jarayon bevosita o‘qituvchining fikr almashuvi (refleksiya) bilan bog‘liq xususiyatlariga, o‘quvchi ruhiy holatini fikr tezligi bilan uqib olish san’atiga va pedagogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullarini bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda qo‘llay bilishiga taalluqli bo‘lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O‘qituvchining fikr almashuvi bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o‘quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo‘lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O‘zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
Ø o‘quvchilarni ishontirish;
Ø o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
Ø o‘zgalarga taqlid qilish.
O‘quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi fikr-mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o‘quvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o‘zgartiradi. Ishontirish o‘qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O‘quvchi ongiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishontirish usuli o‘qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi. Ayniqsa o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo‘lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo‘ladi.
Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o‘qituvchining his-tuyg‘usi, nutqi va ishontira olish san’ati bunda muhim ahamiyatga ega. U pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida darslarda yangi mavzuni tushuntirishda, o‘quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar va ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo‘llaniladi. Tarbiyaviy tadbirlarda ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o‘quvchi bilan individual suhbatlar o‘tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng qo‘llaniladi. Ishontirish usuli yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllantiriladi. Bu ayniqsa o‘quvchi ongini begona mafkuraviy g‘oyalardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega, ishontirish asosida o‘quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta quriladi, ularni ba’zi psixik ta’sirlar tufayli sodir bo‘ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda erkinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi, o‘ziga va kelajagiga ishonch uyg‘otadi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda, mustahkam irodani shakllantirishga undaydi.
O‘quvchilar ongiga ta’sir o‘zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo‘lib, o‘qituvchi kommunikativ qobiliyatining universal omili hisoblanadi. O‘qituvchilarning o‘zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta’sir etishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o‘quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir o‘quvchilar ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan alohida ahamiyatga ega, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatida, xatti-harakatlarida, intilishlarida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish tarzida amalga oshiriladi.
Ongga ta’sir – shunday bir psixik jarayonki, o‘quvchilar o‘qituvchining yoki biror shaxsning ta’siri ostida, o‘z ongining yetarli nazoratisiz voqelikni idrok etadi. Agar o‘qituvchi bunda pedagogik mahoratga, psixologik tajriba va bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘quvchilar ongiga ta’sir qila olmaydi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni ijobiy natijalar bermaydi, o‘qituvchi o‘quvchilarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘la olmaydi. O‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilari ongini tashqi muhitning salbiy ta’sirlaridan, sinf jamoasi norasmiy yetakchilarining turli yashirin buzg‘unchi g‘oyalaridan himoya qilishga mas’ul shaxsdir. O‘quvchi ongiga ta’sir o‘tkazishda o‘qituvchi yetakchilikni o‘z qo‘liga kiritishi uchun:
Ø o‘quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘ladigan emotsional his–tuyg‘ularga berilmasligi;
Ø har bir o‘quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o‘rganmasdan uning ongiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmasligi;
Ø har bir o‘quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi;
Ø sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlab olishi va uning hatti–harakatidan doimo ogoh bo‘lishi;
Ø pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o‘zida takomillashtirib borishi;
Ø o‘ylanmay aytilgan har bir so‘z, noo‘rin fikr-mulohazaning oqibatini hech qachon tuzatib bo‘lmasligini o‘qituvchi doimo his etishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari maydonining nihoyatda kengligi tufayli o‘quvchilar ongi tarbiyaga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi g‘oya va mafkuralar bilan band bo‘lishi tabiiy hol. O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda ongga ta’sir qilishning keng imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olsalar, o‘quvchilar ongini turli keraksiz g‘oyalar va mafkuralardan himoya qila oladilar. Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining yosh xususiyatlari va psixologik ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatda beriluvchan bo‘ladilar.
Taqlid qilish shaxsning psixologik xususiyati bo‘lib, o‘zi sevgan biror inson harakatiga, namunasiga, ibratiga amal qilishidir. O‘quvchi o‘zi uchun ideal deb bilgan kishining xulq-atvor namunalariga ongsiz ravishda taqlid qiladi. O‘quvchilar o‘zgalar xulq-atvoridan andoza olib, taqlid qilish yo‘li bilan ulardan o‘zining muhitida foydalanadi. Taqlid qilishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, o‘quvchilar o‘z xatti-harakati va muomalasi jarayonida o‘zi ko‘rgan, kattalar bajargan harakatlarni takrorlashga intiladi. Taqlid qilishning yana bir xususiyati o‘quvchi badiiy asarlarda o‘qigan, kinofilmlarda ko‘rgan sevimli idealidagi qahramon obraziga, xarakteriga, jasoratiga, imo-ishora, nutq, kiyinish uslublariga beixtiyor taqlid qiladi, o‘z faoliyatida takrorlaydi.
Beixtiyor taqlid qilish o‘quvchi shaxsi shakllanishining ilk bosqichlarida muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi taqlid qilish yo‘li bilan nutqni, buyumlarni, turli harakatlarni o‘rganadi, xulq-atvori shakllanadi, ruhiyatidagi ushbu jarayon asta-sekin va ko‘r-ko‘rona davom etadi.
O‘qituvchi kommunikativ qobiliyati bilan pedagogik faoliyat olib borish jarayonida o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatishning ko‘rib chiqilgan asosiy turlari – o‘quvchini ishontirish, o‘quvchi ongiga ta’sir etish, taqlid qilish – bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan psixologik xususiyatlardir va ayni vaqtda, o‘ziga xos farqlarga ega. Ishontirish va ongga ta’sirning o‘zaro bog‘liqligi shundan iboratki, biz ta’sir ko‘rsatish usulining unisidan ham, bunisidan ham foydalanganda ko‘pincha notiqlik san’atini namoyish etamiz. O‘qituvchining so‘z boyligi va notiqlik malakasi ishontirish va o‘quvchi ongiga ta’sir etishning muhim manbalaridir.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgach, hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub islohotlar olib borilib ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nutqlari va qator asarlarida ta’lim va tarbiya O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinib, uning maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘qituvchining muhim kommunikativ qobiliyatlaridan biri bo‘lib, avvalo o‘qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati, munosabatga kirishishi va nutq madaniyati asosida o‘quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy faoliyat olib borish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, o‘qituvchining ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarga erishishi qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning pedagogik jarayonda ishtirok etishlari uchun shartsharoitlar yaratadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan bo‘lib, uning mazmuni mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslanadi. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan bo‘lsa ham, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash g‘oyalarni ifodalaydi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab kamolotga yetkazishdan iborat.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan, millatning yashash tarzidan, milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular o‘quvchilar tarbiyasini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab oladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning xulqatvorini shakllantiradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi.
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xattiharakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakllantiradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng muhim sharti o‘qituvchining insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishini talab etadi. Ushbu usullar kasbiy mas’uliyatni his etadigan yagona intilishga qaratilgan jonli kishilarning jonli munosabatidir. Pedagogik ta’sir qilish o‘quvchilar psixikasining anglanmaydigan sohasiga qaratilgan bo‘lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning yaqindan aloqada bo‘lishini, ularning o‘zaro bir–birlariga ishonishini, o‘zaro tushunishini, ta’sir qilish mazmuni, shaxsning bir butun holatiga amaliy ta’sir qilishini nazarda tutadi. Shunday qilib, ta’sir qilish ta’lim-tarbiya samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirib borishda yo‘l-yo‘riq yaratib, o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantiradi.
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi:
Ø o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;
Ø munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan Ø bilishi;
Ø bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish;
Ø munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida
Ø oqilona boshqarish;
Ø munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib Ø borishi lozim.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim:
O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA
O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR
Ø tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi
Ø tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi
Ø shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish
Ø tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning shaxsini hurmat qilish
Ø tarbiyalanuvchiniolishi ng yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
Ø tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta’minlash
13 - rasm. O‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchi amal qiladigan qoidalar
So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviyasida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning “aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So‘zlarning ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz”.
Bunda o‘qituvchining shirinsuxanligi mujassamlashgan notiqlik san’ati hamda aktyorlik qobiliyatini namoyon qila olishini alohida e’tirof etish kerak. O‘qituvchi aktyordek tayyor tekstni yod olmaydi, biroq u har gal takrorlanmas vaziyatda ijod qiladi. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchidan fikrlarni, pedagogik qobiliyat texnikasini, ijodkorlikni talab qiladi.
O‘qituvchining imo–ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi komponentlaridir. So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
O‘qituvchining sinf jamoasi bilan bo‘lg‘usi muloqotga tayyorgarlikka doir ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedagogicheskiy takt – eto avtoritet uchitelya” (“O‘qituvchining mahorati va takti – uning obro‘sidir”) kitobida keltiriladi: “Men VIII “B” sinfga kirishga otlanayotgan vaqtimda o‘qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda bir lahza to‘xtab o‘zimni to‘g‘rilab olaman, o‘zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus beraman. O‘quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech qanday hazilga yo‘l qo‘ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o‘tirmayman, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo‘laman. Bunday maromni saqlash menga oson emas, lekin shunga o‘rganganman, chunki hozircha bu sinfda o‘zimni boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sirlanuvchan, tezda
“qirg‘oqdan chiqib ketadi va yana qaytib oqimga tushishi qiyin”. Olimning bu mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z qudratini yo‘qotgan emas. U o‘qituvchining deyarli har bir harakatda jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o‘qituvchining har qanday hazili yoki bachkana qilig‘i darhol teskari reaksiya berishi mumkin. Hatto engil hazilga ham sinf o‘quvchilari qizg‘in javob beradi, ularning fikrini qaytadan “jamlab” diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish keyin juda qiyin bo‘lishi mumkin.
So‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishda o‘qituvchi nutqi nihoyatda muxtasar, ravon, va muloyim bo‘lishi, intonatsiyalar o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish qudrati Sharq xalqlarida azaldan ma’lum bo‘lgan. Chunki, o‘qituvchining “Ma’noli va bejirim gapira bilishi, nutq daryosidagi maqbul va nomaqbul to‘lqinlarni ilg‘ay olishi, so‘zning orqa-o‘ngini, munosib o‘rnini farqlay bilishi, nutqiy fahmu farosat, tahrli so‘z odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining, ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan”,deb ta’kidlaydi tilshunos olim N.Mahmudov.
Hozirgi davrda o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ munosabatlarda so‘z bilan og‘zaki ta’sir etish nihoyatda xilma xil bo‘lib, bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil ko‘rinishini o‘zida mujassamlashtiradi. Bilish, anglash, ekspressiv (his-tuyg‘uga berilish holati), ijtimoiy an’anaviy muloqot, inson holatini so‘zsiz tushunish, dilkashlik o‘qituvchining pedagogik faoliyatida uchraydigan doimiy takrorlanib turadigan kommunikativ munosabatlarning turlaridir. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ularni nazarda tutish lozim.
Ayniqsa, pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishda so‘zning ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik muomala madaniyatiga va tarbiyachining shirin so‘zligiga alohida talablar qo‘yiladi. So‘zlashganda odob va ehtirom o‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan muhim insoniy fazilati sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalik – o‘qituvchi va tarbiyachilarning sinfda individual ish olib borish jarayonida ota-onalar hamda o‘quvchilar bilan muloqotni aniq bir tarbiyaviy maqsadni ko‘zlagan holda tashkil eta olishi va ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri boshqara bilishidir. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida xushmuomalalikning yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini alohida ta’kidlab o‘tamiz:
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.
2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, otaonalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish.
YOSH O‘QITUVCHI AMAL QILIShI LOZIM BO‘LGAN
XUSHMUOMALALIK MEZONLARI
Ø o‘quvchilarga og‘zaki ta’sir qilishda shirinsuxanlik va insoniylik tuyg‘ularini namoyish etish
Ø so‘z bilan og‘zaki ta’sir etishning barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo‘lishi
Ø o‘zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko‘nikmalar va malakalarning mavjudligi
Ø o‘quvchilarning ta’lim va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish
Ø mustaqil fikr yuritish, o‘z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish
14- rasm. Yosh o‘qituvchi amal qilishi lozim bo‘lgan xushmuomalalik mezonlari
3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.
5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni engish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish.
6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.
O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim–tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg‘in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo‘lishidir. Pedagogik–psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlarida, o‘qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ qobiliyati to‘g‘risida ko‘plab fikr va mulohazalar yuritilgan.
O‘qituvchi o‘z kasbiga qiziqmasa, o‘quvchilarga nisbatan mehr–muhabbati bo‘lmasa, ular bilan qizg‘in muloqot qila olish qobiliyati, ya’ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘qituvchining integral fanlar asoslarini va o‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqoti, ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo‘lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san’atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo‘lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o‘rtasidagi odatiy o‘zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o‘zaro ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo‘shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko‘ramiz. Aytaylik, do‘stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko‘rgan filmingiz to‘g‘risida, uning mazmun va g‘oyasini bemalol so‘zlayapsiz. Bu holda muloqotning turmushda ro‘y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo‘naltirilgan tizimi bilan ish ko‘rgan bo‘lasiz. Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, o‘quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o‘rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his etasiz.
Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o‘qituvchi va ta’lim-tarbiya jarayoni obyektlarining o‘zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat mazmuni o‘zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sanaladi. O‘qituvchi bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot – o‘qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni bilish va o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning paydo bo‘lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tahlili hamda taniqli olimlar A.S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o‘quvchilar bilan o‘qituvchi muloqotining pedagogik ta’sir vositasi nihoyatda beqiyos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi sifatida chuqur egallaganlik ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini har tomonlama oshirishni ta’minlaydi. A.S. Makarenko muloqotni pedagogik ta’sirning ajoyib vositasi sifatida ta’riflab, insonlararo muloqotni ta’minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogik muloqot – shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik yoki kommunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatda axloq normalariga qat’iy rioya qilish hamda pedagogik vositalarning ilg‘or jarayonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. Shunday
«texnologiya»larning mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.
O‘qituvchining kommunikativ faoliyati maqsadli faoliyatga nisbatan ko‘pincha ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi, pedagogik mehnatning o‘ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat uning asosini tashkil etishidan iborat ekanligidadir.
Pedagogik muloqot o‘qituvchilar pedagogik ijodkorligining yaxlit tizimida qanday ahamiyat kasb etadi? Pedagogik faoliyatning muhim mikroelementlari nostandart echimlardan iborat, garchi o‘qituvchi faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarashda bir biriga o‘xshash ko‘rinsada, o‘qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-harakati mutlaqo noyob va betakrordir. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo‘lgan tizimlardan iborat ekanligini ko‘ramiz:
– o‘qituvchining sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgarligi;
– o‘quvchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
Ø o‘qituvchining o‘quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijod-
korligi;
Ø ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;
Ø o‘quvchiga bevosita ta’sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi; Ø o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini-o‘zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;
Ø o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik.
Modomiki, shunday ekan, ta’kidlash lozimki, o‘qituvchining muloqoti kasbiy-ijodiy kategoriya bo‘lib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchi tomonidan ko‘plab kommunikativ vazifalarni hal qilish jarayoni va ijobiy natijalar majmuasidir.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta’sir o‘tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi materialni tushuntirishda, o‘quvchiga aybi uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatda yosh o‘qituvchi avvalo nimalarga e’tibor berishi kerak: Birinchidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo‘lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat,
odatda tezkor amalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommunikatsiyaning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi) va optimal metodlar tanlanadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo‘lgan, u orqali pedagogik ta’sir amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so‘ng, ta’sir metodini tanlab bevosita ta’sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqaruvchi xarakterga ega bo‘lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u pedagogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli o‘qituvchi tomonidan tanlanadi va belgilanadi. Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o‘tkazilgan pedagogik vazifaning o‘zi. Kommunikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo‘lgan jarayondir.
Pedagogik amaliyotlar natijasi shundan dalolat beradiki, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos to‘g‘ri metodini tanlab
hamda vaziyatni to‘g‘ri baholagan taqdirda ham, ko‘pincha o‘z pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan ta’minlay olmaydi, ya’ni kommunikatsiyani o‘zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi. Pedagogik ta’sirning o‘qituvchi tomonidan tanlanib qo‘llaniladigan metodlari bevosita muloqot orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, mazkur jarayonni yuksak mahorat bilan, ongli ravishda tashkil etish, pedagogik faoliyatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatda bu jarayonga tayyor turishi zarur. Buning uchun har bir o‘qituvchi mustaqil, o‘z pedagogik tajribalariga va mahoratiga asoslanib, o‘quvchilarga pedagogik ta’sir etishning quyidagi mantiqiy obrazi jadvalini tuzadi, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘ib, qayd qilib borishlari hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari mumkin:
Har xil pedagogik stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko‘pchiligi, garchi pedagogik ta’sir vositalarini doimiy qo‘llasalar ham, kommunikativ vazifalarni pedagogik jarayonning muhim zaruriy elementi sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o‘qituvchilar o‘z pedagogik vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun tanlangan ta’lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish kabi komponentlarni yaxshi anglab yetadilar.
O‘zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o‘qituvchi uchun kommunikativ vazifalarni o‘z faoliyatining asosiy instrumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ta’sir modeli qanchalik oydinlashishini, ta’sirning o‘zi yanada jozibali, aniq, yorqin bo‘lishiga ishonch hosil qiladi.
O‘qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o‘ylanib qoladi. Bu savolga javob berish uchun – o‘quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o‘z faoliyatida qo‘llagan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta’lim-tarbiyada mo‘ljalni aniq olib, o‘quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to‘g‘ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko‘rish mumkin. Ayrim holatlarda o‘ziga xos
«yuzma-yuz hujum», ba’zan tarbiyalanuvchining o‘qituvchi bilan bevosita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig‘ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlarni birgalikda o‘tkazish, har bir o‘quvchining nimalarga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi. O‘qituvchi ta’limtarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari orasida aynan – jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan vaziyatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta’lim-tarbiya jarayonida ta’sir o‘tkazish metodlarining samaradorligini ta’minlaydi. Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e’tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so‘rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod – iltimos qilish. Biroq, bevosita so‘raladigan narsa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta’minlaydigan dastlabki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma’lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta’sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foydalaniladigan har bir ta’sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta’limotga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ metodlarni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi.
Bu o‘rinda quyidagi bog‘liqlik ko‘zga tashlanadi: birinchidan, sinf jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkinchidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo‘llari tanlangan pedagogik ta’sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi. Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo‘lajak o‘qituvchi oliy pedagogik ta’lim muassasalarida, qizg‘in pedagogik faoliyati davomida hamda o‘zo‘zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o‘qituvchi quyidagi muhim kommunikativ vazifalarni mukammal bilib bajarishi lozim:
15-rasm. O‘qituvchi bilishi lozim bo‘lgan muhim kommunikativ vazifalar
Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchining kasbiy muloqot ko‘nikmalarini egallash jarayonini to‘la ta’minlay oladi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Umumiy ijodiy pozitsiyalarni o‘zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o‘zaro nisbatlash, o‘zi uchun uning tizimi, mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni egallash bo‘yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sharti sanaladi. Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini o‘qituvchi o‘z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o‘tkazish) zarur.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi – pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnashchilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi kommunikativ vazifalarni qanday amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoliyatda kommunikativ vazifalarning ahamiyati ko‘p qirrali ekanligini o‘qituvchi yaxshi his qiladi. Ta’lim-tarbiya davomida o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik, o‘quvchilarni qandaydir jamoaviy ishlarni bajarishga uyushtirish, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta’minlash kabi kommunikativ vazifalarning pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masalalari ro‘yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin. O‘qituvchining kommunikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizimdir:
Ø axborot-kommunikativ;
Ø regulyatsion-kommunikativ; Ø affektiv-kommunikativ.
Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo‘ladi va belgilangan natijalarni bermaydi.
Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z-o‘zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko‘rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan:
Ø o‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘rganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;
Ø pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o‘quvchilar bilan muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi;
Ø har bir o‘quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xususiyatlarini o‘rgangan bo‘lishi;
Ø muloqotda o‘zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his-tuyg‘ularini jilovlay olishi;
Ø sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va malakalarini egallashi;
Ø pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlanganligi;
Ø fanlarni o‘qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuza olishi;
Ø sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko‘rishi.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma va malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq.
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o‘qituvchining o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his–tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Ma’lum ma’noda o‘qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’sirlanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘ularidan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy histuyg‘ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo‘ladi va o‘qituvchining ta’sirlanishi, his-tuyg‘ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qaratilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o‘z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va pedagogik ta’limtarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy mazmundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’limtarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijtimoiypsixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchilarning kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. O‘qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik natijalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Muloqotning birinchi modellashtirish yo‘nalishi: O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar bilan muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday muloqot turini modellashtirish.
2. Muloqotning ikkinchi yo‘nalishi: O‘quvchilar bilan dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq o‘zaro ta’sir metodlaridan bevosita foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish.
3. Muloqotning uchinchi yo‘nalishi: Tobora takomillashib, rivojlanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish.
4. Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi: Keyingi pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish.
Muloqotning birinchi, modellashtirish yo‘nalishida, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars jarayonida uchrashishga tayyorlanib, nafaqat oldindagi faoliyat mazmunini, balki muloqotning mumkin bo‘lgan usullari va ta’sirchan ohanglarini o‘ylab olish lozim. Pedagogik muloqotning ushbu bosqichi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tasavvur qilib, kommunikativ vazifalarning bajarilish holatini oldindan puxta o‘ylash kerak. U har qanday darsning kommunikativ tizimini mukammal, o‘ziga xos ravishda rejalashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu prognostik yo‘nalishda pedagogik vazifalarni kommunikativ vazifalar sohasiga o‘tkazish bo‘yicha murakkab jarayon amalga oshiriladi. Ularning bir-biriga muvofiq kelishiga erishiladi. Ayni paytda o‘quvchilar idrok etish orqali o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan yangi dars materiallarini va o‘qituvchining xatti-harakatini kuzatib baholaydilar.
O‘qituvchi o‘zi uchun bo‘lajak darsning noyob xususiyatlarini va kommunikativ rejasini tuzishi mumkin. Unda darsning har bir pedagogik vazifasiga, kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, uni hal qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, u o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi:
Ø bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish;
Ø o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Ø darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o‘qituvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, unda o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba’zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o‘qituvchiga o‘zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi.
Muloqotning ikkinchi boshlang‘ich yo‘nalishida – o‘quvchilar bilan bevosita munosabatni tashkil qilish uchun o‘qituvchi tashabbuskorlikni va kommunikativ ustunlikni o‘z qo‘liga olishi kerak, bu unga keyingi yo‘nalishlarda doimiy muloqotni o‘zi boshqarish imkoniyatini beradi. Muloqotda tashabbuskorlikni qo‘lga olish, o‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy jarayonni hamisha oqilona, ziddiyatsiz boshqarishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, barcha o‘qituvchilar hamisha sinf jamoasi bilan kommunikativ muloqotda ustunlikka erishish imkoniyatini qo‘lga kirita olmaydilar.
Ikkinchi boshlang‘ich yo‘nalishda bo‘lajak muloqotning shart-sharoitlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o‘qituvchi tanlangan ta’lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o‘quvchilarning umumiy kayfiyatini, ulardagi ijodkorlikni va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim.
Hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, inson muloqotda uning tashabbuskori bo‘lishi ham mumkin, ba’zan esa, vaziyatga qarab, o‘zaro munosabatning faol yoki passiv subyekti sifatida qatnashishi ham mumkin. Kasbiy-pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchining tashabbuskorligi bu o‘rinda muloqotni boshqarish vositasi sifatida yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ham boshqaradi. Aytish lozimki, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan dars jarayonida o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro ijodiy faoliyatida bilim olishga qaratilgan izlanishni boshqarish, faqat pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot natijasida amalga oshiriladi.
Masalan, darsda yangi mavzuni o‘quvchilar ongiga singdirish, yangi materialni tushuntirishda yoki muammoli vaziyat hosil qilishda sinf jamoasi bilan muloqotni to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘qituvchi uchun naqadar zarur, buning natijasida o‘quvchilar birgalikda ahil jamoa bo‘lib, darsda, bilimlarni o‘rganishda o‘zaro erkin fikr yuritadilar va izlanadilar. Muloqotda o‘qituvchining tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiyaviy hamda ijtimoiy-psixologik jihatdan qator strategik va taktik muammolar echimini topish imkoniyatini beradi: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi yo‘naltiruvchanlik roli, o‘quvchilarning yaxshi kayfiyati, his-tuyg‘ularini shakllantiradigan, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan kerakli ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish imkoniyatini beradigan qizg‘in kommunikativ muloqotni pedagogik maqsadga muvofiq ta’minlaydi.
Darsda o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil qilishda o‘qituvchining tashabbuskorligi quyidagi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi:
Ø sinf jamoasi bilan dastlabki suhbat jarayonini oqilona, puxta tashkil qilish;
Ø tashkiliy marosim va tadbirlardan (salomlashish, o‘quvchilarni tartib bilan o‘tqazish, davomatni tekshirish va hokazo) rasmiy va shaxsiy muloqotga tezkor o‘tish;
Ø o‘quvchilar bilan ijtimoiy-psixologik hamkorlikka oson erishish muammolarini izlash;
Ø o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning tashkiliy va sermazmun bo‘lishida har qanday salbiy to‘siqlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ø o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatda o‘zining shaxsiy insoniy fazilatlarini namoyon etish;
Ø ayrim o‘quvchilarga nisbatan bir qolipdagi va bir holatdagi salbiy munosabatlarni bartaraf qilish;
Ø butun o‘quvchilar jamoasi bilan yaxlit o‘zaro ijobiy munosabatni
tashkil etish;
Ø o‘zaro hamkorlikning boshlang‘ich vaziyatlarida o‘quvchilar jamoasini erkin muloqotga safarbar qila oladigan vazifa va masalalarni ongli ravishda qo‘yilishi;
Ø ta’lim va tarbiya tizimida ta’qiqlangan pedagogik talablarni qo‘llamaslik, aksincha yangi, sinalgan, texnologik jihatdan mukammal deb topilgan pedagogik talablarni ko‘paytirish;
Ø o‘qituvchi tashqi ko‘rinishi bilan (orastalik, tartiblilik, faollik, xushmuomalalik, muosharat odobi va hokazo) kommunikativ munosabatni ta’minlashga erishishi;
Ø o‘zaro hamkorlikning nutqiy va noverbal vositalarini (mimika, pantomimika, ma’noli qarash) qo‘llash orqali munosabatga faol kirishish;
Ø o‘quvchilar jamoasiga o‘zining xayrixohligini, moyilligini, do‘stligini «namoyish etish»;
Ø o‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik faoliyatning yorqin va e’tiborni tortadigan maqsadlarini qo‘ya bilish va ularga erishish yo‘llarini ko‘rsatish;
Ø o‘quvchilarning har xil vaziyatlarda ichki kayfiyatlarini, his tuyg‘ularini tushunish, uni hisobga olish, hamjihatligini ko‘rsata bilish.
Pedagogikaga oid darslik va ko‘llanmalarda ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi hamkorlik faoliyati, bir-birlariga
o‘zaro ijobiy ta’sir vositasi sifatida talqin qilinadi. Biroq, bu faoliyatning ijtimoiy-psixologik tizimi hamma vaqt ham e’tiborga olinmaydi. Bu o‘rinda ham qator muammolar yuzaga keladiki, ular ta’lim va tarbiyaning mazmun va metodik aspektlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘zaro hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik birligini ko‘zda tutadi. Dars jarayonida ko‘p holatlarda bunga e’tibor berilmaydi.
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning psixologik jihatdan birbirlariga moslasha olmasligining 25 dan 150 gacha bo‘lgan turli holatlari yuzaga keladi. Bular ongli nazorat qilinmaydi, demak o‘qituvchilar tomonidan bu holatga nisbatan ma’lum bir maqsad belgilanmaydi.
Aksincha, to‘g‘ri topilgan va darsda amalga oshirilgan muloqot tizimi o‘quvchilarni faollashtiradi, ularni o‘quv faoliyatiga qizg‘in ishtirok etishga intilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, o‘quv faoliyatining ijtimoiypsixologik tomoni ta’limni optimallashtirishning amaliy zahirasi sanaladi. Ba’zan ta’limning yangi metodlarini emas, balki mavjud bo‘lgan metodikasining ishonchli ijtimoiy-psixologik ta’minotini izlash kerak bo‘ladi.
Darslardan o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar xulqidagi chekinishlarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning salbiy hislatlari, tengdoshlari bilan munosabatda passivligi, xulqining o‘zgaruvchanligi nafaqat o‘z faoliyatidan, balki o‘quvchilar jamoasidagi holatidan hamda u bilan do‘stona munosabat yetishmaydigan muloqotdan qoniqmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu holatlarning barchasi o‘quvchining psixologik kayfiyatini keskin salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.
Ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik muloqoti tizimida ko‘pincha, u yoki bu o‘quvchining idrok etishi, tafakkuri bir qolipda shakllanadi, o‘qituvchi ko‘z o‘ngida ular barqaror psixologik muloqot obyektiga aylanadilar. Mabodo, o‘quvchi o‘qituvchining ko‘z o‘ngida “yomon xulqlilar” qatoriga kirib qolsa, bu o‘qituvchining unga nisbatan muloqot amaliyotiga ta’sir o‘tkazadi. A.N.Leontev bunday munosabatning quyidagi belgilarini qayd etadi: o‘qituvchi dars jarayonida “yomon” o‘quvchiga mavzuga taalluqli savolga javob berish uchun, “yaxshi” o‘zlashtiradigan o‘quvchiga nisbatan, kamroq vaqt ajratadi, ya’ni diqqatini unga jalb qilmaydi, o‘ylashga vaqt bermaydi. O‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, o‘qituvchi savolni qaytarmaydi, yo‘naltiruvchi savol, yoki fikr bermasdan, darrov boshqa o‘quvchidan so‘raydi yoki o‘zi to‘g‘ri javobni aytadi. Ba’zan, noto‘g‘ri javobni ijobiy baholab, “liberallik uslubi”ni qo‘llashi mumkin. Ayni paytda, “yomon” o‘quvchini noto‘g‘ri javob uchun koyiydi. To‘g‘ri javob uchun maqtamaydi. “Yomon” o‘quvchining har qanday javobiga o‘qituvchining reaksiyasi sezilmaydi, boshqa o‘quvchini javob berish uchun chaqiradi, ba’zida hatto “yomon” o‘quvchilar bilan ta’sirchan pedagogik muloqotni olib bormaydi. Ushbu norasmiy muloqotning natijasi ma’lum, bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni ijobiy tashkil qilolmaydi.
Muloqotning uchinchi yo‘nalishida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida kommunikatsiyaning turli shakllaridan unumli foydalanib, quyidagi ko‘p funksiyali vazifalarni bajaradi:
Ø dars davomida o‘qituvchi ko‘plab pedagogik usul va vositalarni hamda shaxsiy kommunikativ vazifalarni hal qiladi;
Ø aslida, dars jarayonining turli qismlarida, o‘qituvchi tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishda muloqotning o‘ziga xos tizimlarini qo‘llash talab qilinadi;
Ø tajribali o‘qituvchilar ushbu tizimlarni deyarli osonlik bilan topadi, pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarga bu holat qiyinchilik bilan kechishi mumkin.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqotni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishda, uning kommunikativ madaniyatiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Dars hamda tarbiyaviy tadbirlar – o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari tizimini shakllantiruvchi jarayon bo‘lib, aynan ushbu faoliyatda o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik faoliyatini tarkib toptiradi. Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro suhbatlardan ma’lum bo‘ladiki, darsda o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot shaklini tanlash uchun o‘qituvchi qaysidir ma’noda o‘rganilayotgan yangi material uchun pedagogik metodlarni ham tanlash talab qilinadi. Shu sababli, darsda yangi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda hamda tarbiyaviy ta’sir rejasini tuzayotganida, muloqot tizimining o‘ziga xos mazmunan boy jihatlarini modellashtirish lozim.
Pedagogik faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida, ayniqsa o‘zining kasbiy pedagogik xatti-harakatlarida o‘ziga xos psixologik to‘siqlarga duch kelishini, o‘quvchilar bilan muloqotda ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkinligini bilishi va bunga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi, chuqur pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Yosh o‘qituvchi muloqot malakasiga ega bo‘lmasligi mumkin, bu esa unda esankirab sarosimaga tushish, erkin harakat qilolmaslik, nutqida so‘zlarni o‘rniga qo‘yib gapira olmaslik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Yosh o‘qituvchilarda muloqotning rivojlangan ifodali vositalari yetishmasligi, nutq texnikasidan foydalanishni bilmasligi, mimik va pantomimik harakatlarda no‘noqlik kuzatiladi. Ba’zan o‘qituvchilar ta’limtarbiya jarayonida muloqotning “avtoritar uslubi”ni qo‘llashlari natijasida o‘zaro munosabatlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Ushbu holatlarda yosh o‘qituvchilarning chuqur bilimi va mahorati evaziga tayyorlangan ta’limiy vazifalar, xilma-xil topshiriqlar va tarbiyaviy tadbirlar, olib boriladigan pedagogik faoliyat o‘quvchilar jamoasi uchun mutlaqo qiziqarli bo‘lmasligi, yoki ular umuman beparvo bo‘lishlari mumkin. Yosh o‘qituvchilarning tasavvuricha, qiziqarli bo‘lgan har qanday pedagogik tadbirlar o‘quvchilar jamoasiga ta’sir qilmasligi aslo mumkin emas. Ba’zan, o‘quvchilar bilan bir qolipdagi salbiy muloqot natijasida yosh o‘qituvchilar ular bilan “kelisha olmaydilar”, oqibatda u sinf jamoasini tark etishga majbur bo‘ladi. Yangi o‘qituvchi sinf jamoasining oldingi o‘qituvchi bilan muloqotda sodir bo‘lgan norozilik kayfiyati sirlarini o‘rganadi, o‘zining muloqot pozitsiyasini qo‘llashga harakat qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar jamoasining o‘qituvchi bilan muloqotidagi norozilik kayfiyati yangi paydo bo‘lgan o‘qituvchiga ham ta’sir qilishi, u sinf jamoasi bilan muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatdan chiqara olmasligi mumkin.
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishida pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimi modellashtiriladi va muloqotning amalga oshirilgan tizimi tahlil qilinadi. Pedagogik muloqotni tashkil etuvchi yosh o‘qituvchidan:
Ø o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatning o‘zgaruvchan har qanday
sharoitlarida tez va to‘g‘ri psixologik mo‘ljal olib tahlil qilishni;
Ø kommunikativ tizimni mukammal rejalashtirgan holda amalga oshirishni va ayniqsa uning eng muhim tarmog‘i – nutq texnikasi va notiqlik san’atining ta’sirini puxta o‘zlashtirishni;
Ø o‘qituvchining individual kasbiy ijodkorligiga va turli vaziyatlarda o‘quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatiga hamda tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi “kommunikativ vositalarni” tez va aniq topishni;
Ø ayni paytda muloqotning teskari aloqasi ham mavjud ekanligini his qilib, uni modellashtirish va qo‘llab quvvatlashni talab qiladi.
Yosh o‘qituvchilar ba’zan kundalik faoliyatida yuzaga keladigan favqulotdagi holatlarda tez va aniq echilishi lozim bo‘lgan kommunikativ muammolarga duch keladi va bunda muloqotning kutilmagan vaziyatlariga tayyor emasligini his qiladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining aqlzakovati va pedagogik madaniyati, kasbiy tafakkuri, nutqining rivojlanganligi va leksik hamda kasbiy-leksik jihatdan so‘z boyligining mavjudligi, umumiy suhbatlashish madaniyati, o‘quvchilar bilan kommunikativ faoliyatga moyilligi asosiy rolni o‘ynaydi.
Kutilmagan, tayyorgarlik ko‘rilmagan kommunikativ muammolardan nihoyatda uddaburonlik bilan ustunlikni qo‘lga olish o‘qituvchi kasbiy faoliyatida ulkan sinov bo‘lib, prins ipial ahamiyatga ega, negaki bunday vaziyatlarda muloqotning barcha variantlarini taxminiy rejalashtirish aslo mumkin emas. Bunda o‘qituvchi muloqotda pedagogik improvizatsiya (tayyorgarliksiz) holatlariga ko‘nikma hosil qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak – vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi, hech qanday mantiqiy mulohazasiz, o‘zining bilim va malakalariga, tajribalariga, pedagogik mahorati va aql-zakovatiga, sezgisiga asoslanib, aniq qaror qabul qilishi, vaziyatning o‘zgarishiga qarab munosabatini, shaxsiy pedagogik faoliyatini to‘g‘rilab, uzviy ravishda ushbu qarorni o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qo‘llashi lozim.
Pedagogik texnika – o‘qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo o‘qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z– o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
Ø ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
Ø ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
Ø mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
Ø nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.
Ø Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
Ø o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
Ø ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
Ø ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
Ø o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O‘qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o‘ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘rinishda sahnada namoyish etsa, o‘qituvchi butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida o‘quvchilar ongiga etkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko‘radi, sinf jamoasidagi o‘ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o‘qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or va novator o‘qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoliyat olib borishlarida, mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o‘qituvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning ko‘nikma va malakalarini o‘zlarida aniq shakllantirishgan va turli pedagogik vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlariga egadirlar.
Pedagogikada o‘qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli ruhiy vaziyatlar tufayli kayfiyatining o‘zgarib turishini o‘zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Ushbu nazoratni o‘qituvchining o‘zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari o‘qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sir ko‘rsatishdagi o‘qituvchining ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga yaqqol namoyon bo‘ladigan xususiyatdir. Agar o‘qituvchi ma’naviy qashshoq bo‘lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no‘noq bo‘ladi, didi past, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan qo‘pol bo‘lsa, uning ta’lim-tarbiya berishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo‘llari o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jarayonida shakllanib boradi. Pedagogik texnika sirlarini mukammal egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘qituvchi o‘z – o‘zini doimiy shakllantirib borishi, ya’ni o‘z oldiga qo‘yilgan talablar nuqtai nazaridan mohir o‘quvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko‘nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalari o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so‘z va gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi qobiliyatlarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik–fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l–atvori, salomatligi, anatomik–fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. O‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish muammolari ayniqsa psixolog olimlarning tadqiqot markazidan o‘rin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, M.Abdullajonova kabilar o‘qituvchilarning individual kasbiy faoliyatini batafsil o‘rganishib, o‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiogrammasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlarning fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “O‘qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar:
1) O‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlarida zarur materiallarni tanlay olishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o‘quvchilar jamoasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham o‘quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ malakalari: o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishni bilishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik muloqotlarni tashkil qilishi, o‘quvchilarning jamoada o‘zaro munosabatlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi.
7) Gnostik malakalari: o‘quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o‘z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz o‘qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to‘g‘ri foydalana bilishi, o‘quvchilar xulq-atvorini mukammal o‘rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o‘quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi. Demak, o‘qituvchi professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchilarning o‘z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va o‘z kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bularning barchasi o‘qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga keladi. O‘qituvchining pedagogik texnikasi – pedagogik faoliyatining tashkiliy shakli bo‘lib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob-uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, o‘qituvchining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiriladigan qizg‘in ijodiy mehnatining mahsulidir.
Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg‘ulot tufayli aktyor yuksak cho‘qqilarni egallaydi. O‘zgalar obrazini mujassamlashtirishda u ma’lum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qanday ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham ma’lum bir belgilangan qolipda shakllanishi kerak. U o‘qituvchining ichki kechinmalari, tuyg‘ulari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. Chunki, tarbiyalash san’atida o‘qituvchining pedagogik texnikasi, ya’ni “bir qolipda”gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnologiyalarni muntazam bilishga intilish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borish o‘qituvchining bir qolipdagi mehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, hali biror o‘qituvchi oliy ta’lim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan tajribali o‘qituvchi bo‘lib qolgani yo‘q. O‘qituvchida pedagogik texnika ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatish jarayonida, o‘quvchilar bilan yakkama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi.
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o‘qituvchiga qo‘yilayotgan javobgarlik hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari bevosita o‘qituvchilarning qizg‘in mehnati samarasiga bog‘liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga etkazishda o‘qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo‘lishi kerak. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o‘qituvchi o‘zining ta’limtarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga doimo e’tibor berib kelishi lozim. O‘qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashga, o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda taniqli adib Tursunoy Sodiqova asarlarida hozirgi kun o‘qituvchisiga qo‘yiladigan “Murabbiylikning shartlari” oqilona berilgan: “...Siz insonlarning hech bir yo‘q joydan “shoxini ko‘kartirish”, qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qo‘l urdingiz.
Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlaringiz ro‘parangizdagi o‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor gap shunda!
Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga o‘qigan odam murabbiy bo‘lib qolmaydi. Ustozlikning o‘ziga xos parhezlari, bosib o‘tilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz─murabbiyning yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga bo‘ysunaman, degan Allohga qasamingiz bo‘lsin! Ikkinchidan, niyatingiz sof bo‘lsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka o‘rgataman deng, orqamda o‘z qo‘lim bilan yaratilgan fayzli bog‘lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo‘lsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo‘laman desangiz, birovga biror narsa o‘rgatishni astoydil xohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muhabbat qo‘ying! Har bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar! Shu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo‘lsa, Tangri sizga shuncha ko‘p uquv beradi, ep beradi, mushkullaringizni O‘zi osonlashtiradi. Murabbiylikda ta’tilga chiqish, sog‘ligi, kayfiyatiga qarab faoliyatini to‘xtatish, degan gap yo‘q. Yo‘lda ham, cho‘lda ham, hamma fasl, hamma manzilda, qo‘yingchi, umringizning oxirgi nuqtasigacha siz faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig‘ingiz, har bir so‘z, har bir ishorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir.
Nazardan qolgan, qarg‘ish olgan, loqayd murabbiylar tarbiya maskanlariga qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o‘qituvchilikning noni yuqmaydi, ro‘shnolik ko‘rmaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga etmaydilar. Chunki muqaddas kitoblarda “neki bersak, egallab turgan kasb koringizdan berurmiz” deb yozilgan. Kasbga 1. Adiba o‘qituvchidan o‘z kasbiga sadoqatli halollik buyuk ibodatdir”
bo‘lishni, fidoyilikni, yuksak ma’naviyatni, tinimsiz mehnatni, o‘quvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol va pokiza bo‘lishni talab qiladi. Bu aynan o‘qituvchi pedagogik texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir.
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko‘rinishi atrofdagilarga estetik ma’no va zavq kasb etib, doimiy e’tiborda bo‘lishini unutmaslik kerak. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O‘qituvchi sinfga kirishi bilan so‘zsiz o‘quvchilar e’tiborida bo‘ladi, ular bilan muloqotga kirishadi.
1 Sodiqova T. Murabbiy kim?... – T.: “Islom universiteti”, 2006, 11 – bet.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xattiharakatlari o‘quvchilarga ta’sir o‘tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo‘rquvini engishlari, o‘zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o‘zlarini yo‘qotmasliklari lozim.
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining hattiharakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA - bu o‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko‘z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan o‘qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. O‘quvchilar o‘qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba’zi noxushliklar, hissiyotga berilish, g‘am va tashvishning o‘qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg‘ulotlarini mukammal bajarishida o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘qituvchining chehrasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalash lozim.
O‘qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo‘lishi kerak. O‘qituvchi chehra ko‘rinishidagi mimik ifoda, ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o‘zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi muhim ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etishda qosh, ko‘z, chehra ko‘rinishi ishtirok etadi.
Qosh, ko‘z, chehra o‘quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o‘quvchilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish joizki, mimik ifodalar o‘qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma’naviyatini, pedagogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko‘st namoyish etadi. O‘qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o‘quvchilarga, yoki ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘ladi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘rgazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilish aslo mumkin emas.
PANTOMIMIKA – bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir. O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida o‘quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchining pantomimikasi, ya’ni, gavda, qo‘l, oyoq harakati to‘g‘ri ifodalanmasa, ta’lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O‘qituvchi o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qilib qo‘lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi.
Shuning uchun o‘qituvchining o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O‘qituvchining yurishi, qo‘l va oyoq orqali imoishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo‘lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo‘llari bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o‘quvchilarning e’tiborini bo‘lib, g‘ashini keltiradi va o‘rganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg‘otadi.
O‘qituvchi mashg‘ulot o‘tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. U yondan, bu yonga yurish talabalar fikrini bo‘ladi. Old tomonga yurayotganida o‘qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o‘qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar.
O‘qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg‘in kuzatuv ostida bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi o‘zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo‘la olish qobiliyatlariga ega bo‘lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o‘qituvchiga birdaniga paydo bo‘ladigan ko‘nikma emas. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o‘qituvchi o‘zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p yillik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay oladi.
3- jadval.
Pantomimik harakatlarda o‘z hissiy holatini nazorat qilishda o‘qituvchi quyidagi faoliyatlarga jiddiy e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir: |
sport bilan muntazam shug‘ullanib borish; |
yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarni doimiy o‘rganib borishi; |
o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik va optimizmga ega bo‘lishi; |
o‘z harakatini nazorat qilishi (muskul zo‘riqishini, qo‘l, oyoq va bosh) |
harakatini, nutq tempini bir maromda saqlashda nafas olishini |
tartibga solish; |
madaniy hordiqni to‘g‘ri uyushtirishi (dam olishi, o‘z sog‘ligiga doimiy e’tibor, lirika, musiqa, yumoristik hajviyalarni sevib o‘qiy olish); |
o‘z-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lib, ta’sir ko‘rsata olish. |
O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchining harakatlarida aktyorlik va rejissyorlik malakalari ham mujassamlashgan bo‘lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar o‘qituvchilari aktyorlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlar haqida so‘zlaganda aktyorlik, rejissyorlik malakalari zarur. Ular o‘qituvchiga o‘quvchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishda, mavzu qahramonlariga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishiga yordamlashadi.
Pedagogik texnika malakalari o‘qituvchining maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o‘z kasbiga qiziqish, burch hamda mas’uliyatni his qilish asosida oshiriladi. Ular yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida nutq texnikasi, his-tuyg‘ularini boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko‘zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko‘ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar o‘qituvchining shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham o‘qituvchining individual pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi avvalo tarbiyachi sifatida o‘zida yuqoridagi malakalarni shakllantirishi, ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirib, pedagogik texnikani egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u o‘qituvchini pedagogik mahorat sari etaklaydi. Shunday qilib, o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi ham pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib – tarbiyalanuvchilarga ko‘rib, eshitib turgan narsalarini erkin fikrlash orqali, o‘z mulohazalarini mustaqil, cho‘chimasdan o‘qituvchiga etkazish imkoniyatini beradi. “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” – deb yozgan edi taniqli pedagog A.S. Makarenko.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o‘z mahoratini oshirish uchun quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:
1. O‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, diksiyasi, tovush ohangini baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo).
Dars jarayonida o‘quv materiallarini idrok qilishda o‘qituvchining nutqi muhim rol o‘ynaydi. Olimlarning fikricha, o‘quvchilar tomonidan 1/2 foiz o‘quv materialini tafakkur orqali idrok qilish va o‘zlashtirish o‘qituvchilarning nutqiga va uning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga bog‘liq. O‘quvchilar o‘qituvchining nutqini nihoyatda kuzatuvchanlik va qiziqish bilan tinglaydilar. Past ohangda gapiradigan o‘qituvchining darsi o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog‘ida ovozni baland qilib so‘zlashish o‘quvchilarni darsdan bezdiradi va charchatadi. O‘quvchilarning bunday o‘qituvchi ta’limidan ko‘ngillari soviydi. Shuning uchun o‘qituvchi savodli gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o‘z fikr va histuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Chiroyli, savodli, ta’sirchan gapiruvchi o‘qituvchilarning nutqlari o‘quvchilar ongiga tez ta’sir etadi, o‘quv materiallarini oson o‘zlashtirib olishiga katta imkoniyat yaratadi, o‘quvchilar bunday o‘qituvchilarning darslarini toqatsizlik bilan kutadilar. O‘qituvchilar o‘z nutqlari ustida tinimsiz ishlashlari, so‘zlarning chiroyli, ma’noli, ta’sirchan bo‘lishi uchun mashq qilishlari, ovoz diapazonlarining kuchi, nutq tembrining harakatchanligi va diksiyasini doimo mashq qilib borishlari lozim.
Ovoz diapazoni chegarasi baland yoki past gapirish toni bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi. Past ohangda so‘zlashish o‘qituvchining idrokini bo‘shashtiradi va susaytiradi. O‘qituvchi tovush diapazonini, uning tembri bilan bog‘lab ishlatsa, gaplari chiroyli, mayin, jozibali chiqib, tinglovchilarni o‘ziga jalb etadi va o‘quv materiallari mazmuni yanada yaxshi idrok qilinadi.
O‘qituvchining notiqlik texnikasi so‘zlarni aniq, to‘g‘ri, tiniq eshitilarli va tushunarli bayon qilishida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri va mukammal ovoz diksiyasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi so‘zlarni ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda til, lab, kichik tilcha, pastki jag‘ ishtirok etadi. O‘qituvchi ifodali gapirishi, so‘zlarni talaffuz qilishi uchun yuqoridagi organlarni doimo mashq qildirishi lozim. Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan, o‘qituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapazoni, harakatchanligi ustida mashq qilishi zarur, ushbu jarayon alohida bir faslda ko‘rib chiqiladi.
2. Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z fanini, o‘qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda bilishi, pedagogik va axborot texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika o‘qituvchilarning individual shaxsiy xususiyatlariga ham bog‘liq.
Har bir o‘qituvchi o‘z tafakkuriga, fikrlash qobiliyatiga, o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish va laboratoriyani o‘qituvchilarning o‘zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo‘lga kiritadilar va mohir o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar.
3. Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o‘qituvchining tashkiliy - metodik malakalarni egallashiga ham bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha ma’ruzalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo‘lyo‘riqlar, ko‘rsatmalarni o‘zining individual kasbiy tajribasida sinab, ko‘nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul. Chunki guruh yoki jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir o‘qituvchiga refleksiv qobiliyatlari asosida, o‘zini boshqalar ko‘zi bilan ko‘rishni va baho berishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va xulqatvorning yangi shakllarini izlab topish va sinash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun asos bo‘ladi va pedagogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarini hal qilish uchun tajriba maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, tashkiliy - metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlar pedagogik texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi.
4. Pedagogik texnikani bir maromda egallashda, har bir o‘qituvchining o‘z individual dasturini ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday dasturni tuzishdan oldin o‘qituvchi o‘zida pedagogik texnika malakalarini shakllanganligining boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni, o‘qituvchining dastlabki o‘quv-tarbiya ishlaridagi natijalarida, nutq madaniyatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilishida, harakatidagi mimik va pantomimik holatlarda ro‘y beradigan nuqsonlar e’tirof etiladi. Bunda natija yaxshi bo‘lsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson bo‘ladi.
Ushbu faoliyat natijasida ko‘nikma va malakalar yanada rivojlantiriladi. Individual dastur pedagogik texnika malakalarining yetishmaydigan jihatlarini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ma’lum mashqlar yoki mashqlar majmuini o‘z ichiga oladi.
5. Shuni ham unutmaslik lozimki, pedagogik texnikani namoyish etishda o‘qituvchining umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyoqarashi muhim o‘rin tutadi. Agar o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi qashshoq, so‘zlarni talaffuz qilish qobiliyati past, estetik jihatdan omi, bo‘larbo‘lmas voqealarga nisbatan o‘z hissiyotiga erk beradigan bo‘lsa, tarbiyalanuvchilarning e’tiqodiga, aql-idrokiga, bilish va anglash tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim.
Ta’kidlash joizki, pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini egallash yo‘llari to‘g‘risida bildirilgan fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning beqiyos ahamiyatiga yetarlicha baho bermaslik, shuningdek, pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir o‘qituvchining individual xususiyatlarini hisobga olmay ish yuritish pedagogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchining malaka oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg‘ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o‘rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabalik yillarida o‘zida tajribali o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o‘ynaydi.
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlari individual, guruh yoki ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotlarni mustaqil o‘qish asosida, integratsion bilimlarni egallash, portal, kompyuter texnologiyalari yordamida egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (turli artikulyatsiya, fonatsion nafas olish usullari, relaksatsiya usullari va shu kabilar) o‘qituvchi tomonidan muntazam mashg‘ulotlar asosida egallanadi. Tegishli ko‘nikmalarni ishlab chiqish, individual ishlashni dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlash talab qiladi.
Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishda o‘qituvchining jamoada faoliyat olib borishi va mashg‘ulotlarda o‘z-o‘zini nazorat qilishi alohida rol o‘ynaydi. Pedagogik texnika mashg‘ulotlarining bu shaklini ancha batafsilroq ochib berish maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv va metodik adabiyotlarda ma’lum darajada ko‘rsatib berilmagan.
Har qanday jamoada, xoh o‘qituvchilar, xoh o‘quvchilar jamoasi bo‘lsin, o‘qituvchi ular oldida o‘zini boshqa kishilar ko‘zi bilan ko‘rishi, hulq-atvor va muomalaning yangi shakllarini izlab topishi va sinab ko‘rishi, o‘zining jamoa bilan birga bajaradigan ishi xususiyatlarini anglashi lozim. Shundagina pedagogik faoliyatning individual uslublarini ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jamoa shaxsning o‘zo‘zini bilishi va o‘z-o‘zini tarbiyalash laboratoriyasi, pedagogik vazifalarni hal qilishning yangi usullarini tekshirib ko‘radigan, nazariy va amaliy masalalar, turli muammolar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo‘lib qolishi mumkin.
Psixologlar pedagogik texnikaning keng imkoniyatlarini jamoa bo‘lib o‘rganishni, o‘qituvchilar orasida bunday jamoalarning eng qulay miqdorini 10–14 kishidan iborat etib belgilashni ta’kidlab o‘tadilar. Qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har birining boshqa o‘qituvchilar bilan birga faoliyat olib borishda individual psixologik muammolarini juda to‘liq ravishda aniqlab hal etish, refleksiv va empatik darajasini jiddiy oshirish, kasbiy pedagogik fahm-farosatini rivojlantirish, boshqalarga ta’sir etish vositalarining kengaytirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy hamkorlik jihatidan birga ishlash malakalarini egallashga faol intilishlari, o‘z-o‘zini bilish va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak.
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim. Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalarini shakllantirishning boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Biroq, tajribalarning ko‘rsatishicha, odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab avtomatlashtirilgan
(ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko‘nikmalar haqida ham mulohazalar olib borish mumkin. Masalan, nafas olish va ovozning tabiiy bir holatga qo‘yilishi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, bundan oldingi tarbiyaviy metodlarning natijasi bo‘lgan savodli, ifodali nutq, mimik va pantomimik harakatlar bo‘lishi mumkin.
Bunday ko‘nikma va malakalarning mavjudligi pedagogik texnika imkoniyatlarini mukammal shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha hollarda ana shu ko‘nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan faoliyat olib borilishi zarur. Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishning boshlang‘ich darajasiga qarab uni egallashning individual dasturi yetishmaydigan malakalarni shakllantirishga qaratilgan ayrim mashqlarni yoki ularning to‘liq majmuasini ishlab chiqish lozim.
Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiy sababi aynan pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tilgan fikr va mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash bo‘lajak o‘qituvchiga o‘zining kasbiy yo‘nalishining boshlanishidayoq ko‘pgina xatolardan holi bo‘lishda, talabalarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.
1. O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat?
2. Pedagogik texnika tushunchasi ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi, ularga ta’rif bering?
3. Pedagogik texnikaning muhim hususiyatlari nimalardan iborat?
4. “O‘qituvchi–murabbiy professiogrammasi”da talqin etilgan pedagogik hislatlari?
5. O‘qituvchi harakatlarida aktyorlikka xos xususiyatlarga ta’rif bering?
6. T.Sodiqovaning falsafiy fikri: pedagogik texnika va “murabbiylik shartlari”ga o‘z mulohazalaringizni bildiring?
7. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida pedagogik texnikaning qanday holatlari muhim ahamiyat kasb etadi?
8. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida mimik va pantomimik harakatlar qanday ahamiyatga ega?
9. O‘qituvchining o‘z hissiy holatlarini nazorat qilishida qanday faoliyat turlari muhim rol o‘ynaydi?
10. Yosh o‘qituvchilar o‘z shaxsiy pedagogik texnikasini takomillashtirish uchun nimalarga e’tibor berishlari lozim?
11. Pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish jarayoni?
Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o‘z fikr – mulohazalaringizni bildirib, “Mustaqil ish” yozing:
1. “Pedagogik texnikaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi o‘rni”
2. “O‘qituvchining pedagogik texnikasini takomillashtirishda hozirgi kun talablari”.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent; “Sharq”, 1997, 20-29 betlar.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent; “Sharq”, 1997, 31-61 betlar.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2009. – 24 bet.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: “O‘zbekiston”, 2009. – 176 b. 5. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Toshkent, TDPU, 2003.
6. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi.– T.: O‘zbekiston, 1999. – 29 b.
7 Загвязинский В.И. Педагогическое творчество учителя. Библиотека учителя и воспитателя. – М.: Педагогика, 1987.- 160 с.
8. Коджаспирова Г.М. Теория и практика профессионалного педагогического самообразования.- М.: МГОПИ, Алфа, 1993.- 120с.
9. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi.
(M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. – 380 b.
10. Макаренко А.С. О воспитании //Золотой фонд педагогики.- М.: Школная пресса, 2003.- 192 с.
11. Самуйленков Ф. Мастерство, педагогический такт – ето авторитет учителя. – М.: Просвешченийе, 1990.- 254 с.
12. Sodiqova T. Murabbiy kim?... – T.: “Toshkent islom universiteti”, 2006. – 83 b.
13. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.- 149 b.
6 – BOB . PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARB
VAZIFALARI, PREDMETI. YANGICHA TAFAKKUR VA MILLIY
6.1. Yangi davr va psixologiya.
6.2. Psixologiya fan sifatida.
6.3. Psixologiyaning predmeti.
6.4. Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari.
6.5. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.
6.5.1. Psixologiya va falsafa.
6.5.2. Psixologiya va sosiologiya.
6.5.3. Psixologiya va pedagogika.
6.5.4. Psixologiya va tabiiy fanlar.
6.5.5. Psixologiya va kibernetika.
6.5.6. Psixologiya va texnika fanlari.
6.5.7. Psixologiya va iqtisodiyot.
6.6. Psixologiyaning tarmoqlari.
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. Shu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’prok diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.
XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi ma’ruzasida yettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. (Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.- “Turkiston”, 2002 yil 31 avgust).
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.
An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
Psixologiyaning Fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko’plab olimlarning ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Fransiyalik olim
J.Godfruaning “Chto takoye psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo’lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir. Demak, psixologiya 1879-yilda Leypsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt tomonidan birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy asosda turli tajribalar o’tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan.
Psixologiyaning paydo bo’lishi va Fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, bixevior (xulqga ko’ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sosial-psixologik yo’nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan. (Godfrua J. Chto takoye psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans. M.,
Mir, 1992. -496 s. 57-80-b.)
Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat “Psixologiya” kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo’llanilganligini, ong va o’zini kuzatish tufayli inson o’zidagi psixik xolatlarni o’rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o’rganish zarurati yetilganligini izohlab bergan. (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 b.)
Avstriyalik Zigmund Freyd (1856 -1939) psihoanaliz asoschisi. Psihikfning buzilishlarini tadqiq qilib, ong, onglillik, ongsizlik nazariyalarini yaratgan.
Аmerikalik psixolog Аbram Maslou (19081970) – ierarxik tizimga asoslangan nazariyasini yaratdi.
Аmerikalik psixolog Каrl Rodgers (1902-1987) – gumanistik maktab psixologiyasiga asos soldi.
O’zbek psixolog olimlari E.G’oziyev, M.Xolmuxamedov, X.Ibrohimovlarning “Psixologiya metodologiyasi” o’quv qo’llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi yetarlicha dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’oziyevning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. Shaxsning ijtimoiy ta’sirlar mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi masalalari G’.B.Shoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir. Oila maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo munosabatlari, nikoh qurish omillari jihatidan o’rganish ishlarini psixologlardan M.Utepbergenov, R.Dushanov, Ye.Morshinina, Sh.Jo’rayevalarning ilmiy ishlaridan ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish va tadqiq etish ishlari R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova ilmiy ishlarida kuzatiladi. Shu o’quv qo’llanmaning mualliflaridan biri V.M.Karimova o’zining bir qator kitoblarida psixologiyaning ijtimoiy psixologiyaga aloqador muammolarini, chunonchi rahbarlik, liderlik, muloqot, samarali ta’sir mexanizmlari, guruh va shaxs psixologiyasi muammolarini; umumiy psixologiyaga aloqador tafakkur, uni rivojlantirish usullarini, shaxsda mustaqil tafakkurni namoyon bo’lishi va uni samaradorligiga oid masalalarni ko’rsatib bergan. Shuningdek, bu muallifning ilmiy yo’nalishlari oila, yoshlarning oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari muammolariga qaratilgandir.
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan - «psyche» - jon, ruh va
«logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.
G
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan – «psyche» – jon, ruh va «logos»
– ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixikaga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.
Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqyelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi.
6.4. Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari
16 – rasm. Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi.
16 - rasmda psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks ettirilgan.
Psixologiya fanining predmeti masalasida psixika va uning namoyon bo’lish shakllari zamonaviy psixologiyaning umumiy psixologiya sohasiga aloqador bo’lib, ko’plab olimlar o’z ilmiy adabiyotlarida bu jihatni muhim sifatida qaraydilar. Psixikaning namoyon bo’lish shakllarini biz (mualliflar) tomonidan tasnifi 16-rasmda keltirilgan.
Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O’z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi.
G Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
G Tasavvur – biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir. Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq
G Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir.
G Xotira – o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir. U esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir.
G Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
G Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.
G Diqqat – ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir.
G Nutq – kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir.
G Shaxsning his-tuyg’ular (emosiyalar)i, e’tiqodi, qiziqishlari, bardamligi, tetikligi, apatiyasi, hayratlanishi, ishonchliligi, ijodiy ruhlanishi kabi holatlari, fanda uning psixik holatlarini anglatadi.
G His-tuyg’ular (emosiyalar) – odamlarning o’zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga o’z munosabatini boshdan kechirish jarayonidir.
G E’tiqod – shaxsning shunday ongli yo’nalishi bo’lib, unga o’z qarashlari, tamoyillari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beruvchi holatdir.
G Qiziqishlar – anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir.
G Qobiliyat – shaxsdagi shunday individual, turg’un sifat hisoblanib, turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlar, yutuqlar va qiyinchiliklar sabablarini tushuntirib berishdir.
G Temperament – insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
G Xarakter – shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan xususiyatlaridir.
G Iqtidor – insonning o’z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir.
G Xulq motivasiyasi – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
G Yo’nalish – ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlikdir.
G Mas’uliyat – ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichlaridir.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi
uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqyei o’ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g’oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
Falsafa bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning
rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson Psixologiya va tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy falsafa qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning
bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun joylarda tashkil etilgan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir. Respublikamiz miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo’yicha olib boradigan ijtimoiy so’rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiy-psixologik so’rovlarning oliygohlarda o’tkazilishi ustoz-shogird, talaba-o’qituvchi munosabatlarini, ish joylarida o’tkazish xodim-rahbar, xodim-xodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu orqali nafaqat sosiologik so’rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash mumkin bo’ladi.
Sotsiologiya fanining erishgan yutuqlaridan psixologiya fani ham foydalanadi, chunki bu fanlarning ko’lami
kengayadi. Ayniqsa, ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya
bilan
Psixologiya va aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy sosiologiya taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan olib boriladigan ijtimoiy so’rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishda ko’rinadi. Shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish, shaxsga ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o’zaro uzviyligi muhimdir.
Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. Shaxsga ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o’zaro uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik xususiyatlarini bilgan xolda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi bilimlarga yo’naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishda psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi
Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs
qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda
orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli, o’sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan xolda uni boyitadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining
o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus
dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Masalan, oddiy muloqot
PSIXOLOGIYA jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning
VA shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish KIBERNETIKA maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik
modellaridan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.
Ayniksa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX1 asrda informasion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda.
Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo’lgan masaladir.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va
hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu
PSIXOLOGIYA ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda VA TEXNIKA tutadi. Murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan,
FANLARI uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» dialogining eng samarali yo’llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.
Ayniksa, mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» dialogining eng samarali yo’llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib chiqqan tarmoqlar to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiasiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Boshqa fanlar kabi PSIXOLOGIYANING metodologik asosini FALSAFA
tashkil etadi.
Psixikani tadqiq etuvchi texnik vositalarni Texnik fanlar ishlab chiqisgda, shuningdek, texnik
rivojlanishlar sharoitida inson faoliyatining qulay shart-sharoitlaini yaratishda.
Psixologiyaning 300dan ortik tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi:
- umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
- pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
- yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning
shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;
- ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
- mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;
- injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
- yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
- harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
- savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar
psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;
- tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
G ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
G injenerlik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
G mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;
G yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
G harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
G savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;
G iqtisodiy psixologiya – turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishish orqali xo’jalik yuritishni maqsad qilgan shaxslar, yaxlit guruh, jamoalarning iqtisodiy tafakkuri hamda iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir xo’jalik subyekti ongida aks etishini o’rganadi.
G tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi;
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.
Mazkur mavzuni chuqurroq o’rganishda internet tarmog’idagi ma’lumotlarga ham e’tiboringizni qaratishni tavsiya etamiz, qarang (www.psychology.net.ru).
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va bosh qalar ko’rinishida aks ettirishdan iborat. Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, holatlar, tushunchalar, hissiyot va h.k.) hQisqacha xulosalar:osil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.Yangi davr har bir insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari: psixik Psixologiya – odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-hissiyot va jarayonlar, boshqa psixik Psixik holatlarholatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan. psixolog– psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. ik xolatlar, shaxsning individual - xususiyatlarini bilish zarur. Psixologiya fan sifatida 18P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) -asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Hozirgi kunda bu fanning 300 dan ortiq sohasi shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo’lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi. |
psixologik
alohida fan sifatida shakllangan. Psixologiya fani barcha fanlar bilan o’zaro bog’liqdir.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Psixologiya fanining predmeti nima?
2. Psixologiyaga asos solingan yil?
3. Psixologiya so’zining ma’nosi qanday?
4. Psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar?
5. Psixikaning namoyon bo’lish shakllari qanday ko’rinishga ega? 6. Psixologiya qaysi fanlar bilan o’zaro bog’liq?
7. Psixik jarayonlar deb nimaga aytiladi? 8. Psixologik holatlar qanday ko’rinishga ega?
9. Shaxsning individual xususiyatlari nima?
10. Psixologiyaning qanday tarmoqlari mavjud?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. Godfrua J. Chto takoye psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans. M., Mir, 1992. -496 s.
2. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b.
3. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
4. Nemov R.S. «Psixologiya». Kn.1. - M., 2003
5. Gamilton. Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. “Piter”, 2002.
6. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
7 - BOB. PSIXOLOGIYANING ZAMONAVIY METODLARI VA
ULARNI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH. AMALIY PSIXOLOGIYANING BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDAGI IMKONIYATLARI.
7.1. Psixologiyaning asosiy metodlari.
7.1.1. Kuzatish metodi.
7.1.2. So’rov metodi.
7.1.3. Test metodi.
7.1.4. Psixologik tajriba metodi.
7.1.5. Modellashtirish metodi.
7. 2. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari.
7.3. Amaliy psixologiyaning yo’nalishlari.
7.3.1. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi.
7.3.2. Siyosat sohasidagi psixologiya.
7.3.3. Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar.
7.3.4. Maorif sohasidagi amaliy ishlar.
7.3.5. Xuquqbuzarlikni oldini olish.
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
3-Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqkan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha tasnifi mavjud. B.G.Ananyev psixikani o’rganish metodlarini to’rtta guruhga ajratib bergan. Bu to’rtta guruh metodlar M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti,
Farg’ona Davlat Universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliygohlarda mufassal o’rganiladi. Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o’zini va atrofidagilarni bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo’lmagan, qo’llash shartlari sharoitga mos bo’lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik.
Jadval - 3. Psixologiyaning asosiy metodlari
ASOSIY METODLAR |
Asosiy metodlarning variantlari |
KUZATISh METODI |
Tashqi (obyektiv kuzatish) Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish) Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan Guruh ichida kuzatish Guruh tashqarisida kuzatish |
SO’ROQ METODLARI |
Og’zaki so’roq, Yozma so’roq Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq |
TESTLAR METODI |
Test – so’rov, Test - topshiriq Proyektiv test Sosiometrik test |
EKSPERIMENT |
Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti |
MODELLAShTIRISh
|
Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish |
Psixologiya fanining asosiy metodlari
3 - jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularning turlari keltirilgan.
Masalan, bayram arafasida aholining qayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin.
Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi - ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr - qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.
So’rov metodi psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
G So’rov metodi psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi.
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.
G Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi.
uhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning S maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi kishilarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, e’tiqodi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
G Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi.
Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.
Anketa metodi hammaga tanish bo’lgan usullardan biri. Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi. Lekin ko’pincha anketani o’tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingach ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni to’g’ri sharhlash naqadar qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi. Kiritilgan savollar mazmuniga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi.
Ochiq anketa respondentdan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib, tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan, o’zining qarashlari, fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi – respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada – mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statistik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo’lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o’z fikriga ergashtirishga o’xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo’lmaslikdir.
Shuning uchun oxirgi paytda yarim yopiq savaollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob varinatlaridan tashqari, yana fikr bildirish uchun qo’shimcha qatorlar qoldiriladi.
Odatda anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo’linadi:
3 Yakuniy qism yoki “pasportichka”. Bu qism respondentning shaxsiy sifatidagi obyektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo’lib, unda tekshiriluvchining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so’raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko’ra:
qo’l bilan tarqatiladigan; pochta, E-mail yoki SMS orqali yuboriladigan; gazeta yoki jurnallar orqali to’ldiriladigan turlarga bo’linadi. Qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilinadi.
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi.
G Intervyu metodi - odamlar tilidan yozma yoki og’zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Intervyu – bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli o’laroq intervyu aniq muammo doirasida, qat’iy bir yo’nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqyeda bo’lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o’tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so’zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham psixodiagnostikada “rolli o’yinlar” metodi yordamida psixodiagnost yoki amaliy psixolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.
Tarjimai hol (biografiya) metodi - ison psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan iarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio va videokassetalar, CD, DVD, MR3 disklar, multimedialar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochib berishda yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson ongining xossasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini-o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, Sadriddin Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor, Lev Tolstoy, Maksim Gorkiy va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma’lumolar olish mumkin.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta - qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hyech qachon o’zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan xolda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni ulchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
G Test - so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga
beriladigan javoblarni taqozo etadi.
Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berish so’raladi.
G Test - topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi.
Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarabshaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, mikdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi - ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikasiya qilishi mumkinligidir.
G Proyektiv testlar - testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi.
tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi.
Proyektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi hisoblanib, ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud emas buyumlar, yog’ochlar berilishi, yoki ularga qarab tekshiriluvchi o’zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv usullar qatoriga mashhur “Rorshaxning siyoh dog’lari” testini kiritish mumkin (1921y.). Bu – ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo’lib, har bir “dog’” nimaning shaklini eslatishi so’raladi. Uning og’zidan chiqqan so’zlar, assosiasiyalarga qarab
(kontent-tahlil qilinib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi.
O’sha 1921 yilda kashf etilgan «siyox dog’lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi.
Yana bir proyektiv usul – bu S.Rozensveygning rasmli assosiasiyalaridir. Bunda turmushda tez-tez uchrab turadiganziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxs hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan tekshiruvchi tez, qisqa muddat ichida bo’sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozishni so’raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash faktlar to’planadi.
Ushbu metod turli yoshdagi (chaqaloqlik, bolalik, o’quvchilik, o’spirinlik, yetuklik, keksalik) odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi.
G Eksperiment metodi - ko’pincha odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o’sishini tekshirish, favquloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi.
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Metodning ilmiy asosi 1910 yilda F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar esperimentdan bexabar bo’lishi, tadqiqot dasturi shart-sharoit bilan muvofiqlashtirilishi hamda kundalik hayot tarzidan chetga og’ishlar bo’lmasiligi lozimdir.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (dispoleylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llannadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskop, tahistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarish)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, alohida xonalarda, zarur asbob-uskunalar yordamida o’tkaziladi. Xorijda birinchi marta laboratoriya sharoitida ijtimoiy-psixologik hodisalar va jarayonlarning namoyon bo’lishini aniqlashni G.Olport, V.Mede, Mayer, K.Levin va boshqalar o’rgangan bo’lsa, Rossiyada V.Bextirov faoliyat yuritgan.
Keyinchalik B.Ananyev, Ye.Kuzmin, V.Merlin, V.Myasishyev, L.Umanskiylar tomonidan bu metodning yangi qirralari ishlab chiqildi va psixodiagnostikada apparatura uslubi keng qo’llanila boshlandi. R.Eshbi tomonidan kashf qilinib, F.Gorbov tomonidan takomillashtirilgan gomeostat metodi, L.Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo’ladi.
Buning uchun eksperiment material tekshiruvchi tomonidan sinchkovlik bilan tanlanishi, obyektiv tarzda har xil holat va vaziyatlar yaratilishi, sinaluvchi yoshiga, aql-idrokigsha, xarakter xususiyatiga, histuyg’usiga, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakasiga e’tibor berilishi lozim.
Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kaniqulda yozgi lagerda, lisey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan.
G Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi.
Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. matematik texnik mantiqiy kibernetik tarzida bo’lishi mumkin.
Hozir ko’pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EXM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu - zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
G Matematik model asosida o’rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin.
G Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi.
G Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Bu borada xorij, Rossiya va o’zbek psixologlari modifikasiyalashgan va modifikasiyalashmagan metodlarni taklif etadilar.
Psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni qo’llash shartlarini o’rganish va qo’llay olish uchun D.Burlachukning “Psixodiagnostika”, R.Nemovning
“Psixologiya” (3-kitob), E.G’.G’oziyevning “Psixologiya” (2 jildli) kitoblarini tavsiya etamiz.
Hozirgi zamon ilm - fanining qadri va ahamiyati uning nechogli amaliyotga kirib borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi.
Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bo’lsak, uning bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan Tashhis markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislar o’quvchilardagi rivojlanish ko’rsatkichlari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga qarab ta’lim - tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir - oqibat aniq samara berishi lozim. Ta’kidlash zarurki, tadbiqiy psixologiyadagi «samara»ni o’lchash mezonlari bilan nazariy psixologiyadagi samara tushunchalari biroz farq qiladi. Ya’ni, bu yerda bevosita buyurtmaning bajarilishi sifatiga buyurtmachining o’zi baho beradi. Shuning uchun ham amaliy psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish sosial psixologiya bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy sabab bilan tushuntirishi mumkin: a) kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki xukumat darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati va ulardagi rezervlardan omilkorona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar; b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obro’ - e’tiborning amaliy sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini tushunib yetmoqdalar; v) amaliyotda ishlayotgan boshqa soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga o’quvlari yaxshirok va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. Shuning uchun ham ko’plab yangi turdagi markaz va firmalar, qo’shma korxonalarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar.
7.3. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari
7.3.1.Sanoat va ishlab chiqarish sohasi
Sanoat va mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tadbiqiy ishlar birinchi navbatda konkret tashkilotda kadrlar zahirasini to’g’ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o’rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar majmuidir. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida ushbu yo’nalishdagi tadbiqiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin:
n marketing xizmatlari
n xodimlar (personal) bilan ishlash.
Birinchisi eng zamonaviy va muhim ish bo’lib, bu yerda psixologning vazifasi «Nimani?» va «Kim?» harid qilib olishga ehtiyoji borligini o’rganishga ko’maklashishdir. Chunki, talab bilan ehtiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik munosabatlari tizimiga aloqador kategoriyalar bo’lib, bozor va raqobat sharoitida korxona yoki tashkilotlarning samarali ishlab ketishi eng avvalo haridorgir tovar mahsulotlarni ajratib, ularning odamlar talab - ehtiyojiga kanchalik mosligini aniq tahlil qilishdan boshlanadi. Marketing munosabatlari aslida odamlar o’rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo’lib, uning negizida odamlar o’rtasidagi jonli muloqot, ta’b va did tarbiyasi yotadi. Shuning uchun biz bugun odamlarda to’g’ri marketing tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab - taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o’rganishimiz kerak.
Demak, marketing xizmatida javob berilishi zarur bo’lgan savollardan ko’rinib turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orkasida konkret odamlar, ularning qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. Shuning uchun bu sohada psixologik xizmat zarur.
Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu kadrlarni ishga jalb etishda bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yunaltirish, o’z joyiga qo’yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazish bilan bog’liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o’rinda asosan maslahatchi - konsultant va ekspert sifatida rol o’ynaydi.
Masalan:
Nima sotiladi? – Test natijalari;
Nima uchun? |
– Imkon qidirib pul ishlash, o’z imkoniyatlarni tekshirish, shaxsiy ish ochish; |
Kim? |
– Firma yoki konkret kishilar; |
Nima? |
– Xilma-xil testlar batareyasi; |
Kimga? – Turli kasb egalariga, talabalarga, xodimlarga;
Qayerda? Qachon? |
– Zarurat bo’lgan har qanday joyda; |
Qanday qilib? |
– Minimal vaqt sarflab, tez va soz; |
Qancha? |
– Test o’tkazuvchilarning soni va imkoniyatiga qarab; |
Kim bilan? |
– Shu firma xodimlari bilan. |
Har bir davr o’z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shakllantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga psixolog aralashuvining zarurati har doim bo’lmasa - da, ayrim paytlarda - yirik islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy liderlarning halk tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko’pchilik auditoriyaga zarur ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish, siyosiy arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak bo’lganda kerak bo’ladi.
Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jihatlari bo’lib, unga quyidagilar kiradi:
a) siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bo’lmaydi;
b) zarurat tug’ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi;
v) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan odamlarning qayfiyatlari, reaksiyalari, his - kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar so’raladi;
g) o’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog kiyofasida ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham ba’zan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar psixolog xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy proyektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so’rash mumkin. Buning uchun psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qilib berish, va shu asosda fukarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni birgalikda ajratish vazifasini hal qilishlari mumkin. Saylov oldi kompaniyalarda esa, psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o’rgangan xolda da’vogar imidjini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo’ladigan shaxsiy fazilatlar algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning bahslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo’l - yo’riq va usullar borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning o’zi juda zaif rivojlangan tarmoq bo’lgani sababli ham uni rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan xolda rivojlantirish muhimdir.
O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtai nazardan ma’lum an’analarga ega bo’lgan sohadir. 1998 yilning Prezidentimiz tomonidan «Oila yili» deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat o’choqlarining paydo bo’lishiga va u yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. Shuning uchun Respublikamizda oila muamolarini maxsus tadqiq etadigan ilmiy-amaliy “Oila” markazi ham tashkil etilganki, bu markazda turli sohaga aloqador mutaxassislar oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy maskanlaridan biri sifatida o’rganib kelmoqdalar. Oila va unga bog’liq muammolarni ilmiy o’rganishda ushbu yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda: oila qurish motivlari, oilada ota-ona va farzand orasidagi munosabatlar, oilada er va xotin orasidagi munosabatlar, oilalarning etnik belgilariga ko’ra psixologik xususiyatlari, oilada ajralish va uning shaxs psixologiyasiga ta’siri, oilaning to’liq va noto’liq turlari, ularning shaxs o’z-o’zini baholashiga ta’siri, oila haqidagi turli yoshdagi shaxslarning tasavvurlari, oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar. Oila bilan bog’liq muammolar doimo shaxsni tashvishlantirgani bois psixolog bu yerlarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri shakllanishidan tortib, toki muammoli, hattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, «ishonch telefonlari» orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari - akademik liseylar va kasb - xunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga «aralashadi». Shuning uchun respublikamizda shaxsni bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlarida o’qish faoliyatiga, kasbiy faoliyatga yo’naltira olishni diagnostika qilish markazlari tashkil etilgan. Bu o’z navbatida har bir shaxsning o’z tug’ma va orttirilgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltira olishi va namoyon eta olishiga imkon beradi.
Bu soha va unga aloqador muammolar har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabelitasiya masalalari ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko’rsatish talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar o’rtasida huquqiy ma’rifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim - psixologning o’rni va roli katta bo’ladi. Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki «kasallikni» tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi.
Qisqacha xulosalar: Psixologiya fanining eng muhim metodlari: kuzatish, test, so’rov, tajriba, modellashtirish bo’lib, bu metodlar orqali shaxsning turli vaziyatlarda xulqini diagnostika qilish mumkin. Hozirgi kunda psixologiya fanida tadbiqiy va amaliy sohalari hamda psixologiyaning maxsus tarmoqlaridan - yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy psixologiya, yuridik psixologiya, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, psixodiagnostika va differensial psixologiyalar mavjud bo’lib, ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo’llanilib kelmoqda.
Id – psixik energiyaning o’ziga xos zahira joyi bo’lib , undagi jarayonlar inson tomonidan anglanmasa-da ongli hayotga ularning ta’siri katta. Ego – tashqi olam bilan bog’langan, uning ta’sirlariga ber iluvchan shaxs xususiyatlarini o’zida mujassam etadi va doimo “Id”ni siqib chiqarishga harakat qiladi. Shaxs kamol topib, jamiyat normalarini o’zlashtirib
borgani sari “Id”ga tobelikdan qutulib borsa-da oxirigacha buning uddasidan chiqa olmaydi.
Superego – o’z navbatida “Ego”dagi mavjud ijtimoiy tasavvurlar va xulqiy odatlar ta’sirida rivojlanadi. Ya’ni, odam kishilik jamiyatida yashagan sari undagi e’tiqod, ideallar, individual “vijdoniga havola” xislatlardir. Insonda yuqoridagilarning qay biri kundalik xu lq normalarida ustivor bo’lishiga qarab, uning jamiyatdagi mavqyei belgilanadi.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Metodlar deb nimaga aytiladi?
2. Psixologiyaning asosiy metodlari qaysilar?
3. Kuzatish metodiga qo’yiladigan talablar qanday?
4. So’roq metodi qanday o’tkaziladi?
5. Test metodining boshqa metodlardan farqi nimada?
6. Eksperiment metodining o’tkazilish tartibi qanday?
7. Modellashtirish metodi qachon qo’llaniladi?
8. Psixologiyani amaliyotda qaysi sohalarda ko’rish mumkin?
9. Siyosat sohasidagi psixologiya qanday ko’rinishga ega?
10.Maorif sohasidagi amaliy ishlarda psixologiyaning o’rni qanday?
11. Psixologiyaning tadqiqot metodlari va ularning ishonchliligi nimada?
12. Psixologik testlar va ularning imkoniyatlari qanday?
13. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari nima?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Nemov R.S. «Psixologiya». -Kn.1. - M., 1998
3. Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi.- T., 2000
4. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 5. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil.
6. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina.
Moskva 2003.
8-BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI.
JAMIYATNI BOSHQARISHDAGI PSIXOLOGIK
QONUNIYATLAR. SHAXSGA TASIR ETUVCHI PSIXOLOGIK
8.1. Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida.
8.2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.
8.3. Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
8.4. «Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho.
8.5. O’spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi.
8.6. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar.
8.7. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy - sosial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi. Sosial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino,
Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda to’tgan o’rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan xolda, uning ijtimoiy mavqyei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.
G Nativizm yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar. (Lens, Gruber va boshqalar).
Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.
G Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki «top - toza taxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz bo’ysunishga majbur.
Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo’lib (1632 - 1704) uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xoxish - tilak va og’riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o’xshash turli xil sezgilar va g’oyalarning assosiasiyasi ro’y beradi.
G. Leybnis (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, hattoki eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek inson takdirida ma’lum rol o’ynaydi. Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. 4 - jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan keltirilgan.
Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyasion ko’rsatgichi ham yuqori bo’lib (p 0.7), egizak bo’lmaganlardan ancha farq qiladi (p 0.3 – 0.4).
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo’lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq - tonal yoki keskir - tonal bo’lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshok, tonal tillarda so’zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
4 - jadval. Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar
Ota - onalar Bolalar |
musiqaga moyil |
musiqaga moyil emas |
Musiqaga moyil |
85 % |
7 % |
Musiqaga moyil emas |
25 % |
58 % |
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli bo’lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin.
G Sh a x s - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsulii, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir.
Shaxsga taalukli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishlikdir.
Shaxsga taallukli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo’ladi va ko’plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o’quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshk.) bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, shaxsdagi turli g’oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog’cha, maktab, boshqa o’quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko’tarilsa, va unda yana yangidan - yangi fikrlar va g’oyalarning paydo bo’lishi, o’sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o’z qobiliyatlari, malaka va ko’nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o’qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo’lib, elu - yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi. Masalan, bosqichma - bosqich bozor munosabatlariga o’tayotgan O’zbekiston sharoitini oladigan bo’lsak, yangicha iqtisodiy o’zgarishlar, bozor, raqobat, legalizasiya va shunga o’xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
8.2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs
G Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir.
Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi – norma, va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
G Ijtimoiy sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mexanizmlari bo’lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz.
Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta muysafid kishiga o’rin bo’shatishni norma deb qabul qilmagan o’smirga nisbatan ko’pchilikning ayblov ko’zi bilan qarashi, yoki og’zaki tanbex berishi, juda kam xollarda o’zini bebosh tutayotgan o’smirning qo’lidan tutib, nima qilish kerakligini o’rgatib, «ko’zini moshday qilib ochib qo’yish» ijtimoiy sanksiyaning hayotdagi bir ko’rinishidir.
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi.
G Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi.
Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygox ichki tartib - intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z
vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirishni bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota-ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kimdir «tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli» deyilsa, kimdir - be’mani, bebosh, o’zgaruvchan, ikki yuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqyega ega bo’lib qoladi.
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko’pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqyei - statusi ham turlicha bo’lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o’zi uchun o’ta ahamiyatli bo’lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o’sha vaziyatda boshqacharok, noqulay va noboproq mavqyeni egallab qolishi mumkin. Qolaversa, rollarning ko’pligi ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda - shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin. Masalan, sirtdan tahsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy azobga tushadi - bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan - kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o’zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki, ayniksa, yoshlar o’zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun ba’zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo’lishmoqda. Masalan, yosh oila boshligi, talaba, ota - onalarga moddiy jihatdan qaram bo’lmaslik uchun, bir vaqtning o’zida ham itoatkor, intizomli talaba va ishdan keyin esa - chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan shug’ullanishga majbur bo’lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o’z ustida muttasil ishlashni talab qiladi.
8.3. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z - o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari, ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
G «Men» - obrazi - shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obrazga aytiladi, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini kanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi.
O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi
(avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, guyoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «maxmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o’rniga turib, o’zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko’rinyapman?») - refleksiyadir.
Shaxsning o’zi haqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega. Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» - obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo’qligiga bog’liq xolda
«Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emosiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.
8.4. «Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho
«Men» - obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi.
G O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin.
Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir.
O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.
G O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo’lishi mumkin.
Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
G O’z-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi.
Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, o’quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan o’zilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistiq, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak.
Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob kaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho - o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub bo’lgan halq va millat ma’naviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o’sha yuksak o’z-o’zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o’z-o’zini baholash - o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
n o’z-o’zi bilan muloqot (o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish va o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
n o’z-o’zini ishontirish ( o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish);
n o’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga olish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifati);
n o’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda o’zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);
n ichki intizom - o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda o’zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.
Yuqoridagi o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o’z- o’zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o’rin tutadi. O’z-o’zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o’ynaydi. Ye. Klimov bunday dialogning uch bosqichini ko’rsatib o’tadi.
5 - jadvalda shaxs ichki dialogining bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan belgilar keltirilgan.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga xolis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o’sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Jadval 5. Shaxs autodialogining muhim belgilari
Ichki dialogning shakllanganlik darajasi |
Bosqichlari |
Ichki dialogning darajaviy belgilari (autokommunikasiya) |
Oliy |
6 - bosqich |
Shaxsiy mazmundagi dialog (o’zidagi shaxsiy sifatlarni muhokama qilish, shaxsiy mulohaza) |
daraja |
5 - bosqich |
Hodisa va narsalarga bog’liq bo’lgan sifatlar xususidagi ichki dialog |
O’rta |
4 - bosqich |
Shaxsiy sifatlar muhokamasiga qaratilgan savollar o’ziga talablar |
daraja |
3 - bosqich |
Boshqalarning baholari ta’siridagi ichki mulohazalar, shaxsiy ahamiyat kasb etgan o’zgalar fikrlari asosida ichki dialog |
Quyi |
2 - bosqich |
Shaxsiy sifatlarga aloqador bo’lmagan o’zgalar fikrlari asosidagi dialog (hodisa va narsalarga aloqador fikrlar) |
daraja |
1 - bosqich |
Kimdir nima haqidadir gapirish mumkin bo’lgan holatlar yuzasidan tasavvurlar, |
Shaxs, uning dunyoni bilish, o’zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va o’zaro munosabatlar jarayonida o’zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog’liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs - jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi o’ziga o’xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi.
G Sosializasiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir.
Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.
Demak, Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi.
Tashqaridan shaxsga ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15-ta o’quvchidan iborat akademik lisey o’quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o’qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o’quvchining har biri shu ta’sirlarni o’zicha, o’ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o’quv ko’rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o’sha biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizasiya jarayonlarining o’zaro bog’liq va o’zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro’y beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog’cha, maktab, maxsus ta’lim o’choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Itimoiy institutlar:
bog’cha, maktab, maxsus ta’lim o’choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari.
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o’ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham halqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o’zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol o’ynaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo’lib, bu farq odamlar psixologiyasida o’z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo’lib yetishishlariga ko’maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko’cha - eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o’xshash normalar tizimi har bir ko’cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo’layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta’sirini ko’rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o’choqlariga maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg’unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini o’zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o’qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan kuzlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o’qituvchining o’zini qanday tutayotganligi, kiyim - boshi, mavzuga subyektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o’quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omildir.
Shu nuqtai nazardan o’quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o’qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks xolda esa o’qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o’ynaydi. Ba’zi sinflarda o’zaro hamkorlik, o’rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan, guruhda ijodiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o’z a’zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yunaltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo’lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. Qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo’lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o’zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri - o’sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o’zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo’lib, ko’pincha oylik - maosh masalasi ana shulardan keyin o’rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog’lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o’ynaydi.
Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o’ziga xosligi shundaki, unda individualizasiya jarayoni aniqrok, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o’zlashtiradi, balki o’zidagi iqtidor, malakalar bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta’sir, shaxsiy o’rnak ko’rsatish imkoniyaga ega bo’ladi. Shu nuqtai nazardan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota - bobolarmiz, onaxonlarimiz asosan o’zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va x-zo) uzatish bilan shug’ullanadilar va bu narsa ayniqsa, Sharq halqlarida juda e’zozlanadi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun sayin oshirilmoqda, oila - tarbiyaning bosh o’chog’i sifatida davlat himoyasida bo’lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat yoshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, vatanparvarlikning rivojiga o’z hissasini qo’shadi.
8.6. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko’rsatishicha, xulq-atvorning muhim motivlaridan biri bo’lib e’tiqod hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday ta’rif berilgan:
G E’tiqod- shaxsni o’z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa so’z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo’ladigan ehtiyojlarning mazmuni- bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilish demakdir.
Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai-nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashining shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi, ijtimoiy-taraqqiyot hodisalarining to’g’ri baholanishini, evolyusion yo’sinda tarkib topishini, ahloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli - bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo’nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi.
Mas’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko’ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o’zining hayotida ro’y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o’zini tan oladi. («Men o’zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o’zimga bog’liq, shuning uchun o’zim uchun ham, oilam uchun ham o’zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro’y bergan va beradigan vokea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota - ona, o’qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshk.).
G Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turgun, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi.
Shaxs yo’nalganligining eng muhim tarkibiy qismlari
Xorij mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko’prok o’smirlarga xos bo’lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o’rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham «nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim Dj. Rotter (J. Rotter)ning fikricha, mas’uliyatni o’z bo’yniga olishga o’rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o’z-o’zini hurmat hissi ham yuqori bo’lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashish yashashga sira halakit bermaydi. Shuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko’prok tashabbus ko’rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz I. Karimov siyosatining asosini tashkil etadi.
Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat hissiga bog’liq yo’nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish, uzoq va yaqinga muljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson - ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o’zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o’rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o’ynaydi. Ideallar - shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzuumidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo bo’lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo’lib, o’sha ideallar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, o’smirning ideali otasi, u otasiday mashxur va el suygan yozuvchi bo’lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo’lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo’lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Qizikishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo’ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo’nalishiki, unga o’z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Halk doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo’lishi mumkin - Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallikka va shunga o’xshash.
E’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi.
G Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g’oyalar majmui bo’lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o’z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo’liga - kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
G Dunyoqarash - shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko’rsatuvchi kuchli motivlardandir.
Shuning uchun ham uning shakllanishi va o’zgarishi masalasi muhim masalalardan bo’lib, hamma vaqt va davrlarda ham o’ta dolzarb bo’lib kelgan. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri - ma’naviyma’rifiy islohotlar bo’lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Bu o’rinda psixologiya o’zgarishlar sharoitida e’tiqod, dunyoqarash va ideallar o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar xususida quyidagilar ajaratadi:
1. Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu - odamning tabiat, jamiyat va insonlar to’g’risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo’lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o’qib, o’rganishi uchun yo’naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy - axborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o’zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g’oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan.
Ular asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg’or ilm - fan yutuqlaridan bohabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o’rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shartsharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i-harakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o’zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.
2. Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o’chog’i bo’lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila» yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o’z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo’ldi va ularda yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
3. Mafkura. Har bir davrning o’z mafkurasi bo’ladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kommunistiq mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a’zolarining tabiat, jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g’oyalari, bilimlari majmui bo’lib, har bir ijtimoiy guruh o’ze’tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan, uning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan baxramand bo’layotgan O’zbekistonliklar o’tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart-sharoitlarni anglab, o’zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. Yangi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar g’oyasi ta’sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda yoshlar dunyoqarashini o’zgartiruvchi muhim shartdir.
4. Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o’zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar urnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V.A. Yadov o’zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
G Ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar.
Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.
G Bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
G Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsulii sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka.
Masalan, saxix hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham iloxiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo’lganda, obyektivlashadi, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u yerda biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’zsiyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniksa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin.
Qisqacha xulosalar:
Shaxs va jamiyat munosabatlarida turlicha qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlarida shaxs, ayrimlarida jamiyat ustun sifatida qaralgan. Shaxs tuzilmasini tushuntirishda ijtimoiy rolllar, ijtimoiy mavqye, ijtimoiy sanksiyalar jihatidan qarash kuzatiladi. Shaxsning xulqini boshqarishda uning mafkurasi, dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bir qatorda uning ijtimoiy ustanovkasini bilish zarur bo’ladi.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1.“ Shaxs” - tushunchasining ta’rifi qanday?
2. Nativizm yo’nalishining ta’rafdorlari qanday g’oyani ilgari surishgan? 3. Empirizm tarafdorlarining fikri qanday?
4. Ijtimoiy norma nima?
5. Ijtimoiy sanksiya nima? 6. “Men” obrazi deb nimaga ataladi?
7. Refleksiya - bu qanday jarayon? 8. O’z-o’ziga nisbatan baho qanday ko’rinishlarga ega?
9. Ijtimoiylashuv qanday jarayon?
10.Shaxs dunyoqqarashi va e’tiqodini o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar qaysi?
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. «Psixologiya». Pod red. A.A. Kro’lova, -M., 1998
3. Nemov R.S. «Psixologiya». -Kn.1. - M., 1998
4. Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi.- T., 2000
5. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b.
9 -BOB. SHAXSNING FAOLLIGI. FAOLIYAT TURLARI,
MOTIVASIYASI VA ULARNI BOSHQARISH. IJTIMOIY XULQ MOTIVASIYASI. ANGLANGAN VA ANGLANMAGAN MOTIVLAR.
9.1. Shaxs va uning faolligi.
9.2. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.
9.3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi .
9.4. Motivlarning turlari.
9.5. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir.
G Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Bu - o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
G Tashqi faollik - bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz,
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.
G Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik - o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilgab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.
G Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni
va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin faoliyati, bu - moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turadi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat
- birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekinasta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo’lsak, bola dastlabki so’zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo’ladi.
Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, hattoki, tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko’chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
n perseptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida
atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
n mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi;
n fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
n imajitiv - («image» -obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizasiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham o’quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
n oddiy namoyish etish yo’li bilan;
n tushuntirish yo’li bilan; n ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan.
Hayotda ko’nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi. O’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyei ham sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivasiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega.
G Motivasiya - inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob qidirish - motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Motiv va motivasiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar, jumladan,
K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterov, A.F.Lazurskiy,
V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vo’gotskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontyev, P.M.Yakobson va boshqalar.
O’z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o’z izlanishlarida “mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar muhokamasiga ortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o’rganishga intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo’r berish bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Motiv muammosi D.N.Uznadze tomonidan o’rganilgan bo’lib, uning mohiyatini tushntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan. Shuning uchun motivni muallif subyekt faolligining manbai, deb tushuntiradi, motivasiyani esa irodaviy aktga olib keluvchi bosqich deb hisoblaydi.
A.N.Leontyev motivasiya masalasini tushuntirishda inson ongining namoyon bo’lishini tahlil qilish vositasi orqali yondashadi. U hatti-harakat xulq motiviga aylanishini psixologik mexanizmlarini tahlil qiladi.
V.N.Myasishev fikricha, motiv harakat obyektiga nisbatan munosabatning ifodalanishidir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
G ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va xokazolar)
G tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari.
Ya’ni, bo’lar ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan
G motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniksa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng hamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq xolda bir xil vaziyatni alohida xollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik - dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivasiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanok, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, kattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha mazmunni bilish va uning mohiyatini bilib olish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
G 1. Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, ochlik, uyku), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga - ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, tuy marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi hashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks xolda dastur hyech narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar; umumiylikka ega bo’lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo bo’lish xususiyati, muddatiga ko’ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan iyerarxik vujudga kelgan motivlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko’ra har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida o’zlashtirish, egallash va o’rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi lozim.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o’rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o’zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi.
Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo’lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo’ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O’zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so’ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o’rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan qo’ygan talablari darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o’zimizdagi real qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shartsharoitlarda namoyon bo’lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg’uradilar, hattoki, qo’rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo’lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o’rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.
9.5.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi.
G Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka
(inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar
va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
Bu uch xil komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Qisqacha xulosalar:
Shaxs va uning faolligi masalasi doimo dolzarbdir. Shaxs faoliyati turlariga o’yin, mehnat, o’qish, muloqot kiradi. Shaxsdagi harakatlar jismoniy va aqliy harakatlarga bo’linadi. Ularning har bir o’z tuzilmasi va xususiyatiga ega. Shunga ko’ra tashqi va ichki faollik kuzatiladi. Shaxs harakatida motivlar muhim bo’lib, ular ijtimoiy xulq motivlari, shaxs motivasiyasi, motivlar kabi turlarga bo’linadi. Shaxsda muvaffaqiyatga erishish va mag’lubiyatdan qochish motivlari ko’rinadi. Ishlab chiqarish jarayonida ro’y beradigan turli vaziyatlarda shaxs motivasiyasining o’zgarishi va uni boshqarish masalalari muhim bo’lib, uni o’rganish har bir shaxs uchun zarurdir.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Faollik so’zining ma’nosi qanday?
2. Inson faolligining turlari?
3. Aqliy harakat ko’rinishlari kanday?
4. Interiorizasiya deb nimaga ataladi?
5. Eksteriorizasiya qanday jarayon?
6. Malaka va ko’nikmalar qanday hosil bo’ladi?
7. “Motiv” va “motivasiya” tushunchalari qanday ma’noga ega?
8. Shaxsiy dispozisiyalar nima?
9. Motivlarning qanday turlari mavjud?
10. Ijtimoiy ustanovka qanday ahamiyatga ega?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyevE.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004.
3. Gamilton. Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. “Piter”, 2002.
4. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
5. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b.
6. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
7. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil. 8. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 9. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
10. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
11. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
12.www. inter – pedagogika. ru.
10-BOB. SHAXSNING IJTIMOIY BORLIQNI BILISHI.
XOTIRA VA DIQQAT JARAYONLARINI BOSHQARISH
10.1. Bilish jarayonlari va professional faoliyat.
10.2. Bilish jarayonlari.
10.3. Idrok va uning xususiyatlari.
10.4.Idrok qilish qonunlari.
10.5.Xotira va shaxs tajribasining boyligi.
10.6.Xotiraning qonunlari.
10.7.Bilish jarayonlarini boshqarish usullari.
Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs
(motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko’rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqrok fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar - har bir xikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taassurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o’z diqqatini har qanday mayda o’zgarishlarga ham qaratishga o’rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob - kitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchi - moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va vokealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish bilish jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtab o’tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o’ziga xos hissiy - kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo’lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo’qligini birovlardan so’ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o’zi o’qiyotganligini boshqalardan so’ramaydi. Bunday ishlar o’z-o’zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o’rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko’proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz.
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo’lib, agar siz o’z imkoniyatlaringizni kenggaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo’lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o’zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o’rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo’lib o’rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar birbirlari bilan bog’liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o’zi qiyin. Masalan, ko’rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko’ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko’rgan yoki o’qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to’g’risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo’ladi. Hattoki, tasodifan qo’limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emosiyalardan tashqari, o’sha narsaning bu yerda qanday paydo bo’lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o’z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o’xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o’xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko’p gapiradigan bo’lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko’tardi.
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko’ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko’prok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko’rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko’rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko’z o’ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o’ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o’rniga 25 kadr berib, o’sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg’amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro’y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro’y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o’ylanamiz: qayerda ko’rgan ekanman? Hyech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko’zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko’rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo’lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil uy-fikrlar kelaveradi. O’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi - odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o’zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U o’z ongida barcha mavjud ma’lumotni o’ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o’zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o’ziga xos va qaytarilmasdir - individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, ularning tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir.
Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’mmaza kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380-770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat. Eshitish chastotasi 16 dan 20 000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iborat. Taktil sezgilari mexanik qo’zg’atuvchilarning teri yuzasida ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Ular uchun sezgining yashirin davri 130 millisekund, og’riq sezgilari uchun esa 370 millisekund to’g’ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta’sir etilgandan so’ng 50 millisekund vaqt oraligida hosil bo’ladi. Ko’rish sezgilari bosh miyaning orqa bo’lagiga joylashgan, eshitish sezgilari esa miyaning tepa burmasida joylashgan. Teri-tuyush, harakat sezgilari miyaning markaziy burmasi orqa qismida joylashgan.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi.
G Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin.
Masalan, gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham o’z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o’sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo’lsa, bozordagi shovqin - fon rolini o’ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz.
G Fon aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo’lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi.
Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o’shani harid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o’tmaydi. Shunday qilib,
G Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab, xilmaxil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan
obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni
Ya’ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo’lib, unda shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o’ynaydi. Masalan, buni isboti uchun ko’pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, «Bu - vaza» deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko’rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko’rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko’rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko’rmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko’rishni xoxlamasa, u ikkinchi figurani ko’rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligimizga, obyektga munosabatimizga bevosita bog’liqligini ko’rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning qayfiyatimizga ham bog’liq. Tashvish bilan yo’lakchadan o’tib ketayotib, oyog’ingiz tagidagi narsa tugul, ro’paradagi odamni ham ko’rmay qolishingiz mumkin.
Yoki san’at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko’rishi mumkin. Yaxshi qayfiyatda, yaxshi do’stlar kompaniyasida iste’mol qilgan taom sizga juda mazaliday tuyuladi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo’lib qolsa, och qoringa yegan shirin taomi ham «ta’timaydi», hatto nima yeganini ham unutib qo’yadi. Yomon qayfiyat ko’proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo’lsa, yaxshi, ko’tarinki qayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda «ko’radi». Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog’liq bo’lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi.
Figura –
shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish,
ko’rish,
eshitish va tuyish mumkin.
Fon esa aksincha, noaniqroq,
umumiyroq narsa bo’lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi.
/c/ /d/
yosh qiz va ayol Daraht va qiyofa
Shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo’lgan bir nechta qonuniyatlar psixolog olimlarning yozgan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan, biz ularning ayrimlarini belgilaymiz:
G 1. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni
Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo’lgan, bevosita to’qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo’lsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo’lgan bo’lsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi o’rni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. O’zbekistonliklar Yer kurrasining qaysi burchagida bo’lmasin, o’zbek duppisi yoki atlas ko’ylakni juda tez ilg’ab oladilar va suyunib ketadilar ham. Yonidagi sheriklari o’zbek bo’lsa ham, aynan do’ppili o’zbekni ko’rib, ko’zlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy kuylagida yurgan bo’lishi mumkin, lekin o’zbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha qoladi ham.
G 2. Idrokning konstantliligi qonuni.
Bu qonun ma’lum ma’noda oldingisiga bog’liq. Ya’ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol o’ynaydi. Ma’nosi: odam o’ziga tanish bo’lgan narsalarni o’sha xossa va xususiyatlar bilan o’zgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot ichida o’tirib yerga qaraganmisiz? Avtomobil yo’llari, ularda harakat qilayotgan mashinalar kichkina ko’rinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok qilmaymiz-ku? Aslida ko’z korachig’imizdagi aks kichkina bo’lsa-da, ularni o’zimiz «to’g’rilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Bu o’rinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi haqida misol keltirish joizdir. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq o’rmondan chiqqan (bu qabilaning umri kalin o’rmonda o’tadi). Ro’parada yaylovda sonsiz mollar podasi o’tlab yurgan bo’lgan. Etnograf ularni oddiy mollar podasi sifatida idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga o’xshatib, ularning ko’pligi va kichikligidan hayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon bo’lgan bo’lsa, uning sherigida uning buzilganligi kuzatilgan.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o’zgartirmay, turg’un xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to’g’ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. Konstantlik - «constanta» so’zidan olingan bo’lib, o’zgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.
Ko’pincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog’liq bo’lib qoladi. Biz o’zimiz kutgandan ham ko’p paytlarda o’zimiz ko’rgimiz kelgan narsalarni ko’ramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo’lgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 «V» ga juda o’xshaydi. Kechasi yolg’iz qolib kimnidir kutayotgan bo’lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga o’xshayveradi. Sog’ingan do’stingizga biror jihati bilan o’xshash bo’lgan odamni ko’rsangiz-chi?
Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo’shliqni to’ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan bo’lsangiz, negadir albatta, bosh harfi to’g’ri kelgan ismni aytsa ham tezginada o’sha tomonga o’girilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik Dj. Begbi degan olim stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik aniq bo’lmagan slaydlarni birin-ketin ko’rsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol o’yini, oq sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buqalar jangi, qora sochli qiz, deb ta’riflaganlar. Ko’pchilik bolalar esa ko’rsatilgan ikkita rasmdan faqat bittasini ko’rganini e’tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz, uning mazmuni madaniy va ma’naviy muhitga ham bog’liq bo’lib, bu kutishlar tizimidan kelib chiqarkan. G 4. O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni.
Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, o’tirganingizda soatning tikqilashini eshitganmisiz? Ha, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng u yo’q bo’lib qolganday - eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg’iz bitta nuqtadagi yorug’lik manbai ko’zga ta’sir etilib, ko’z ham shu nuqta bilan bir vaqtda harakatga keltirib turilganda, 1-3 sekunddan so’ng odam yorug’lik manbaini ko’rmay qo’ygandek. Shunga o’xshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past ohangli kuy ham ma’lum vaqtdan keyin eshitmaganday hisni keltirib chiqarishini sinab ko’rishingiz mumkin.
Nutq vositasida hadeb bir xil so’zlarni qaytaraverish psixoterapevtik praktikada gipnotik holatni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ishlatiladi.
Chunki bir xil so’zlar hadeb qaytarilaversa, ular o’zining ma’no - mohiyatini ham yo’qotadi. Masalan, ko’chalarda yuradigan «folbinlar»ni ko’rganmisiz? Ular avtomatik tarzda aytadigan so’zlari aslida ularning o’zlari uchun umuman ma’nosini yo’qotgan («baxtingdan ochaymi, taxtingdan ochaymi?» va hakozo shunga o’xshash so’zlar). Har qanday harakat hadeb qaytarilaversa, «psixologik to’yinish» hodisasi ro’y beradi va harakatlar avtomatlashib, uning ayrim detallari umuman ong nazoratidan chiqadi. Masalan, mahoratli raqqosa har qanday raqsga ham chiroyli, jozibali harakatlar bilan o’yin tushib ketaveradi.
G 5. Anglanganlik qonuni.
Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganlgi, uning zarurati va ma’nosi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma’nosiz, tushunarsiz, noaniq bo’lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so’zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda qiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Hattoki, ma’ruzachining bugun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalaringiz va bilim doirangizdan uzoq bo’lsa, professorga qarab o’tirgan bo’lsangiz ham uning gaplari qulog’ingizga kirmaydi. Shunday paytlarda «Nima deyapti o’zi?» deb qo’shnimizdan so’rab qo’yamiz ham, zero ma’ruzasi o’sha biz uchun qadrdon bo’lgan o’zbek tilida gapirayotgan bo’lsa ham. Sinab ko’rish uchun o’rtog’ingizga bir nechta so’zlardan iborat qatorni bering. Ular orasida mazmunan birbiriga bog’liq bo’lmagan so’zlar, hattoki ma’nosiz (teskarisiga yozilgan so’zlar) bo’lsin. Oraga 2-4 ta tanish o’zbek tilidagi so’zlardan aralashtiring. Bir daqiqa mobaynida qarab, eslab qolganini qaytarishni so’rasangiz, o’sha 2-4 ta so’zlardan boshqalarni deyarli «ko’rmaganining» guvohi bo’lasiz.
G 6. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish qonuni.
Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko’pincha adashamiz, ba’zan esa o’zimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo’lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning ko’lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok - tashqi muhit to’g’risidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir.
Biz bevosita idrokimiz «tagiga yetolmayotgan», «tushunmayotgan» narsalarni bevosita his qilgimiz, qo’limiz bilan ushlab ko’rgimiz, ular bilan ishlagimiz keladi. Ya’ni, idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo bo’lsa, biz «Bu nima bo’ldi?» degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni tekshirish uchun harakat qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz imkoniyatlari va chegaralari kengaytiradi va anglashga yordam beradi. Shuning uchun ham har bir ishni boshlashdan avval nimaga egamiz, nima kerak va nima qilsak, tezroq yaxshi natijaga ega bo’lamiz, degan savol bilan o’zimizdagi tajribada bo’lgan bilimlarimiz bilan unchalik aniq bo’lmagan ma’lumotlarni tarozuga solish va imkon boricha nutqimiz, harakatlarimiz bilan real tajribani kengaytirishga intilishimiz kerak. Shunday qilib, bir qarashda oddiyroq tuyulgan idrok ham inson bilimlari, tushunuvchanligi va faolligi bilan bog’liq psixologik jarayon bo’lib, u aslida shaxsiy tajribamizning birlamchi asosi va bazasidir.
Odam ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan ekan. Bu yettita so’z, son, belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Odatda biz biror bir materialni o’qiydigan bo’lsak, uni hyech bir o’zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material ma’lum o’zgarishlarga yuz to’tib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo’lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki ma’lumot xoxlasak ham xotiradan o’chmaydi, boshqasi esa juda qattiq xoxlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar bo’lib, ba’zan o’z taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga bog’lagimiz keladi.
Ma’lum bo’lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo’lmasa, yoki o’zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo’qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko’pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug’ullanadi.
Inson xotirasining yaxshi bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan - kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq:
n esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
n shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
n shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
n shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; n irodaviy kuchi va intilishlariga.
unitilgan
Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatdagi yutuqlariga bog’liq bo’lgani uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko’plab olimlar ahamiyat berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada hosil bo’ladigan nerv bog’lanishlari - assosiasiyalar bilan bog’lashsa, bioximiklar - ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik o’zgarishlar oqibatidadir, deb tushuntiradilar.
Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati va motivlar xarakteri bilan bog’laydilar. Chunki shaxsning yo’nalganligi, uning hayotdagi mavqyei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog’liq. Shuning uchun hattoki, shunday gap ham bor: «Nimani eslashingni menga ayt, men sening kimligingni aytaman».
Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi, uni o’quv va mehnat faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. Chunki ko’pincha odamlar orasida ishchanrog’i, o’quvchi yoki talabalar orasida bilimlirog’i ham bir qarashda xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning xotirasi haqida afsonalar yuradi. Masalan, u o’z qo’l ostidagi beklarning nafaqat ismini, balki otasining ismlarini ham yoddan bilarkan, uchrashuvlarda bevosita nomini aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning o’z qo’l ostidagilar orasida obro’ining balandligiga ta’sir ko’rsatgan. Amerikaning mashxur
Prezidentlaridan Avraam Linkoln ham ana shunday fenomenal xotirani o’z yaqinlari va ish yuzasidan u bilan bog’liq bo’lgan xodimlarga nisbatan namoyon etib, lol qoldirgan ekan. Demak, xotira tarbiyasi, uni kerakli yo’sinda rivojlantirish - kerak bo’lsa, shaxsiy obro’ hamda ishdagi samara masalasi bilan bevosita bog’liq ekan.
G Xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko’lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog’lanadi.
Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko’ra ham farqlanadilar:
n materialni tezda eslab qoladiganlar;
n materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;
n istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba’zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tug’ma deb atashadi. To’g’ri, oliy nerv tizimi, uning o’ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o’ziga xos individual uslubini belgilashi mumkin. Lekin hayotda ko’pincha shaxsning bilish jarayonlari va sezgi organlarining ishlash qobiliyatlariga bog’liq tarzda ajralib turadigan tiplari haqida gapirishadi. Masalan, ayrim odamlar ko’rgan narsalarini juda yaxshi eslab qoladi, demak, ularning xotirasi ko’rgazmali-obrazli bo’lib, ko’zi bilan ko’rmaguncha, narsaning mohiyatini tushunmaydi ham. Boshqalar esa o’zicha fikrlab, nomini aytib, mavxum tarzda tasavvur qilmaguncha, eslab qolishi qiyin bo’ladi. Bundaylar so’z - mantiqiy xotira tipi vakillaridar. Yana bir tipli odamlar bevosita his qilgan, «yuragidan» o’tkazgan, unda biror yorkin emosional obraz qoldira olgan narsalarni yaxshi eslab qoladilar, bu - emosional xotiradir. Lekin yana bir xotira egalari borki, ularni fenomenal xotira soxiblari deb atashadi. Psixologiyaga oid kitoblarda ana shunday xotiraga ega bo’lgan kishilar to’g’risida ko’p yozilgan. Bu shunday kishilarki, ular bir vaqtning o’zida nisbatan juda katta hajmdagi ma’lumotlarni esda saqlay oladi va esga tushiradi. Masalan, tarixiy shaxslar orasida Yuliy Sezar, Napoleon, Mosart, Gauss, shaxmat ustasi Alexin kabi insonlar xotirasi ana shunday noyob bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Taniqli, rus psixologi va neyropsixologi A.R. Luriya ham ana shunday xotira soxiblaridan biri - asli kasbi jurnalist bo’lgan Shereshevskiy degan shaxs xotirasini ataylab uzoq vaqt mobaynida o’rgangan. Uning xotirasi shunday ediki, Dantening «Ilohiylik komediyasi»dan olingan uzundan-uzoq parchani bir marta qarab olgandan so’ng, 15 daqiqadan so’ng so’zma-so’z aytib bera olgan. Shunisi xarakterli ediki, komediya unga notanish bo’lgan italyan tilida yozilgan edi. Ko’pchilikni qanday qilib yaxshi, mustahkam esda saqlab qolish muammosi qiziqtirsa, Shereshevskiy uchun qanday qilib unutish masalasi murakkab edi. Uni xotira obrazlari doimo qiynar, ko’rgan narsalari ko’z oldida gavdalanaverar edi. Qanday qilib eslab qolasiz? degan savolga u shunday javob bergan: men «materialni» o’zimga tanish va sevimli bo’lgan Moskva ko’chalariga joylashtiraman. Bir marta bir materialning bir bo’lagi o’sha «ko’chaning» salqin tushgan yeriga tushib qolib, esga tushirishi ancha qiyin bo’lgan ekan. Shunga o’xshash har bir fenomenal xotira egalarining o’ziga xos eslab qolish uslublari bo’lar ekan.
Shotlandiyalik matematik A. Etkin 1933 yili 25 ta bir-biri bilan bog’lanmagan so’zlardan iborat ikki qatorni eslab qolib, hyech bir xatosiz uni 27 yildan keyin esga tushira olgan. «Qilich va qalqon» kinofilmidagi rus razvedchigi I. Vaysning nasistlar tomonidan rejalashtirilgan birinchi navbatda batamom yo’q qilinishi lozim bo’lgan obyektlar - shifrlari bilan ko’rsatilgan ro’yhatini bir karra ko’rib chiqib, bir necha daqiqadan so’ng esga tushirganini eslang. U ham guyoki, ko’rib turganday o’sha ro’yhatlarni qaytadan o’qiganday, takrorlaydi. Tarixda bunday kishilar bor va ular bizning oramizda ham yo’q emas. Muhimi shundaki, ana shu fenomenal xotirani shaxs va jamiyat manfaatiga mos tarzda unumli ishlata bilishdir.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan yoki yaqindagina o’qituvchimiz aytib bergan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak vaqtda uni esga tushira olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi.
Ma’mulotning anglanganligi. Biz o’zimiz to’la anglagan, tushungan narsalarni osonrok esga tushiramiz. Masalan, alfavitni juda oson esga tushiramiz, yoki 1, 2, 3, 4 va hakozo tartibli sonlarni bir ko’rgandan so’ng u milliongacha bo’lsa ham esga tushirishimiz sirayam qiyin emas. Lekin shu sonlardan bor yo’g’i 7 - 8 tasini teskari yoki aralash tartibda yozilgan bo’lsa, ularni esga tushirish ancha mushkul bo’ladi. «Psixologiya» yozuvini esga tushirish juda oson, lekin «i p i o x o ya s l g» harflari to’plami aynan o’sha harflardan iborat bo’lsa ham sira esga tushira olmaymiz. Demak, materialni yaxshilab esda saqlash va esga tushirish uchun uni tushunish va anglash kerak. Mazmunini va mohiyatini tushungan xolda iloji bo’lsa, o’zimizdagi qiziqishlarga bog’lay olishimiz kerak.
Kutilmagan ma’lumot. Kutilmaganda paydo bo’lgan yangi va yaxshi ma’lumot ham yaxshi esga tushadi. Masalan, sonlar qatorida berilgan bitta harf, yoki aksincha, harflar orasidagi bitta son, uzun jumlalar orasida paydo bo’lgan qisqa jumla esga tezrok va aniqrok tushadi. Buning oddiy sababi - biz kutilmaganda paydo bo’lgan ma’lumot yoki narsaga hayratlanamiz, jonli emosiyalar bilan javob beramiz, bu esa yaxshi eslab qolishga va kerak bo’lganda, yorqin tiklashga asosdir.
Ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi.
Masalan, agar ko’plab bir-biriga bog’liq bo’lmagan so’zlar orasida «erkak» va «ayol» so’zlari paydo bo’lgan bo’lsa, bittasining esga tushirilishi ikkinchisining ham esda tiklanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham o’quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar shunday birin-ketinlikda beriladiki, birini o’zlashtirish ikkinchisining ham o’zlashtirilishi, bir - birini to’ldirishga xizmat qilsin.
Esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o’rtasidagi farq. Odamda berilgan ma’lumotni idrok qilish va shu orqali esda saqlash vaqti kanchalik ko’p bo’lsa, esga tushirish ham osonroq bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli xotirada saqlanadigan informasiya uzoq vaqt mobaynida, ko’pincha bir necha marta qaytarib beriladi, qisqa muddatlida esa bir marta, qisqa fursatda beriladi va shu narsa esga tushirish kerak bo’lganda, tiklanmaydi. Masalan, biror tekstni kompyuterga kiritish uchun o’rtog’ingizga berib, keyin nimalarni kiritganini so’rang. Javob aniq: «Esimda yo’q». Ya’ni ma’lumotning umumiy mazmuni yodda qolsa ham, asosiy tushunchalar va mohiyat esda qolmaydi.
Shunday qilib, xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi uylab topib, o’zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generasiya effekti deb ataladi.
Agar talaba yoki o’quvchi ham o’zi biror teoremani mustaqil ravishda isbot qilgan bo’lsa, yoki biror xulosaga mustaqil ravishda kelolgan bo’lsa, o’qituvchi tushuntirgan hodisaga yaqin narsa to’g’risida o’rtoqlariga so’zlab bergan bo’lsa, albatta uni xoxlagan paytda osongina esga tushiradi. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda o’yin metodlari, munozara metodlaridan o’quv jarayonida ham keng foydalanilmoqda. Hattoki, kattalarni qisqa fursatda o’qitish va malakalarini oshirishda ham turli xil amaliy o’yinlardan, ijtimoiy psixologik treninglardan foydalanishning ma’nosi ham shunda - yaxshi va tez eslab qolish hamda samarali esga tushirish. Iqtisodiy o’quvlarda turli xil «keys stadi» larni tahlil qilish va o’z nuqtai nazaricha maqbul harakat shakllari qarorlar qabul qilish ham mutaxassislar malakasini oshirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Shaxs o’z xotirasini yaxshilash istagi bo’lsa, u xolda xotiraning sakqiz qonunini eslab kuyishni taqlif etamiz:
G 1. Anglanganlik qonuni.
Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo’lamiz.
G 2. Qiziqish qonuni.
Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi.
G 4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni.
Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lgusi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’kul bo’lgan bo’lsa, Siz: «Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman», deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman», deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, guyoki miyangizni birov «yuvib qo’yganday» tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
G 5. Assosiasiyalar qonuni.
Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi.
Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha yerda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
G
Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
G 8. Tormozlanish qonuni.
Har qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak.
D
emak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo’lish uchun har bir predmet yoki fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni maslahat beramiz.
Idrok va xotira jarayonlarining samaradorligi va ularni boshqarish yana bir psixik jarayon diqqatga bog’liqdir. Diqqat – shunday psixik jarayonki, u shaxs ongining narsa va xodisalarga yo’nalganligini aks ettiradi. Hosil bo’lish va amal qilish xususiyatiga ko’ra diqqat ikki turli: ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’ladi. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo’ladi. Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqarilayotgan va tartibga solingan bo’ladi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Ixtiyoriy diqqat shaxs faoliyatida namoyon bo’ladi. Shu diqqat turi borligi tufayli kishi xotiradan o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab ajratib olishga, to’g’ri qarorlarni tanlashga, faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo’ladi. Diqqatning xususiyatlariga: ko’chishi, barqarorligi, taqsimlanishi va ko’lami kiradi. Diqqatning salbiy jihati ham mavjud. Bu parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning tez-tez va oson bo’linib turishida namoyon bo’ladi. Bu esa o’qish va ishda susayishga olib keladi. Shuning uchun har bir talaba o’z ta’lim faoliyatini samaradorligini oshirishi uchun diqqat xususiyatlarini bilishi bilan birga, uni boshqarish va rivojlantirish omillarini topa olishi kerakdir.
Diqqatni ilmiy tadqiq etish N.V.Dobrinin, N.V.Kuz’minina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, F.N.Gonobolin kabi bir qator olimlar tomonidan olib borilgan. Diqqat jarayonining fiziologik asoslarini tushuntirishda esa rus fiziologlari I.P.Pavlov, A.A.Uxtomskiylarning olib borgan ishlari muhimligi bilan ajralib turadi. Ularning ta’limotlariga asosan, diqqatning xolatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo’zg’aluvchanlik bilan uyg’unlikka egadir.
Diqqat muammosini boshqa psixik jarayonlar bilan bog’liq jihatlarini N.N.Lange, A.R.Luriya va boshqalar ham o’rganganlar. N.N.Lange diqqat muammosini o’rganishda qadimgi davrdan boshlab, to 19 asrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini sakkizta turkumga ajratgan holda tahlil qiladi.
Diqqat xususiyatlarini bilish har bir shaxsning faoliyatida ma’lum samaraga olib kelgani bois, uni o’rganish va diagnostika qilish shaxsga albatta yordam beradi.
Qisqacha xulosalar:
Shaxs va uning tashqi olamni bilish imkoniyatlari bilish jarayonlari, ya’ni psixik jarayonlar orqali tushuntiriladi. Ularga sezgilar, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, hayol kiradi. Bu psixik jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini bilish shaxsning faoliyatini ifodalashda yordam beradi. Shuningdek, uning faoliyati, masalan, o’qish faoliyati, mehnat faoliyati samarali bo’lishiga olib keladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida bilish qobiliyatlarini takomillashtirishning psixologik tamoyillari va shartlari mavjud bo’lib, bu o’z navbatida shaxsning o’zo’zini anglashi va boshqarishi uchun katta ahamiyatga egadir.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Professional bilimdonlik nima?
2. Bilish jarayonlariga nimalar kiradi?
3. Idrok deb nimaga ataladi?
4. Idrok qanday qonuniyatlarga ega?
5. Xotira deb nimaga ataladi?
6. Xotiraning mustaxkam bo’lishi qanday omillarga bog’liq?
7. Xotiraning sakqiz qonuni qanday mazmunga ega?
8. Diqqat deb nimaga ataladi?
9. Parishonxotirlik qanday jarayon?
10. Mantiqiy va mexanik xotiraning bir - biridan farqi nimada?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. Psixologiya. Uchebnik .- Pod red. A.Kro’lova, - M., 1998
3. “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004.
4. Gamilton. Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. “Piter”, 2002.
5. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
6. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. –
T.:TDPU, 2003. 7. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004.
8. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. –
9. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 10. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
11. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil. 12. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil.
13. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent.
TDIU, 2007 yil
14. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
15.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko,
Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
16. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
17.www. inter – pedagogika. ru. 18. www.expert.psychology.ru 11-BOB. TAFAKKUR VA MUSTAQIL FIKRLASH SHARTSHAROITLARI. IJODIY VA MANTIQIY FIKRLASH – SOG’LOM
MA’NAVIYAT VA E’TIQODNI TARBIYALASHNING OMILI
11.1.Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati.
11.2.Tafakkurning turlari.
11.3.Tafakkur shakllari.
11.4.Tafakkur operasiyalari.
11.5.Mustaqil fikrlash - sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida.
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo’ladi. Aks xolda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan to’qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya’ni, biz ko’rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak bo’lsa, ma’nili bo’lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma’nosi bo’lsa, dexqon uchun yer va undan olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. hattoki, bitta narsaning o’zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O’sha kitob misolini oladigan bo’lsak, kitob industriyasi bilan shug’ullanuvchi muhandis uchun - ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do’koni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, o’quvchi uchun - ilm manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir alohida narsaga bo’lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, u gox ijobiy, gox salbiy bo’lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag’ishlangan ma’ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo’lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so’zning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.
G Tafakkur - inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.
Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha o’zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo’lgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga bo’lib - fiziologik psixologiya (eksperimental yo’l bilan bilish jarayonlarini o’rganuvchi fan) va halklar psixologiyasi kismlariga bo’lib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini ham kiritgan va uni eksperimental tarzda o’rganib bo’lmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos deb hisoblagan. Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo’lsa ham shuni ta’qildash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari - bu bilish jarayonlari;
* ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;
* uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o’rganiladi;
* to’rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir.
Tafakkur predmetini belgilash uchun mukammal ta’rif
O.K.Tixomirovning darsligida kuzatiladi: “ Tafakkur- bu o’z mahsuloti bilan voqyelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir”. Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. S.L.Rubinshteyn fikriga ko’ra tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir, ya’ni u subyekt faolligini ta’kidlaydi. A.N.Leontyev esa tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratib, fikr yuritish faoliyati ekanligini uqtiradi, lekin uni predmetli amaliy faoliyat deb nomlaydi. P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur - bu oriyentirlash tadqiqot faoliyatidir. A.V.Brushlinskiy tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari kabi jihatlarini ko’rsatib o’tadi. U tafakkurni umumlashtirib, unda yangilikni izlash va ochish xususiyati mavjudligini isbotlab bergan olimdir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo’lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik xududlari to’g’risida gap ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik xossasini b i l g a n i uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi. Sinov paytida talaba kecha o’qigan, laboratoriya sharoitida sinab ko’rgan qonuniyatlar xususida xuddi ro’parasida namoyon bo’layotganday, obrazli qilib gapirib berishi, ro’y bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot qilib berishi ham mumkin. Bu operasiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi.
Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ - bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari - eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavxum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinrok masala xususida fikr bildirishini so’rasangiz, «hozir boshim og’rib turibdi, juda charchaganman, biroz o’zimga kelay, keyin fikrlashamiz», deb javob beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o’zaro uzviy bog’liq ekan. Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo’ladigan murakkab, o’ta «aqlli» kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Kallamizga kelgan barcha uy - hayollar - bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, har on, har dakikada odam miyasi kandaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish - fikrlash jarayonidir.
Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi ushbu turlarga bo’linadi:
1. Mazmuniga ko’ra: elementar; empirik; tushunchali; nazariy.
2. Fikrning yo’nalishiga ko’ra: xususiydan umumiyga; umumiydan xususiyga; yakkadan umumiyga va undan xususiyga; umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga; kamroq umumiydan yanada umumiyga; yagona umumiy holatdan yanada umumiyroqqa.
Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak bo’lganda paydo bo’ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks xolda u boshqa jarayonga - hayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Fikr, g’oya, aniq yechim bo’lmaganda, inson miyasining borlikdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks ettirishi hayol deb ataladi. Shuning uchun ham do’stlar davrasida ba’zan muammo xususida tortishuv bo’lib qolganda, aniq bilimi yoki g’oyasi yo’qligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan bolaga qarab «Juda olib qochishga ustasan-da, hayolparast» deyishadi.
18-rasm. Miyaning absolute hagmi
19-rasm. Miyaning tanaga nisbati
Shunday qilib, muammo yoki jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi.
Masalan, shunday masalani olib ko’raylik. Sizga mixlar solingan bir karton quticha va ikkita sham, bolg’acha berilgan. Vazifa: eshikka shamni o’rnatib, yoqib qo’yish kerak. Kim qanday yechadi? Albatta, birdaniga to’g’ri yechimga kelish qiyin. Agar kutichani bo’shatish mumkinligi va uni shamdon sifatida eshikka kokish mumkinligi to’g’risida fikr kallaga kelmaguncha, yechimni topish qiyin. Ayni shu masala ikki xil shart bilan berilgan: bittasida kuticha mixlar bilan tula deyilgan, ikkinchisida quticha bo’sh deb berilgan. Ikkinchi holatda bolalar uning yechimiga tezroq kelishgan.
Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yechish mobaynida odam uning shartlarini bir necha variantlarda tasavvur qilsagina yechimga kelarkan. Agar idrok bilan bog’laydigan bo’lsak, figura fonga, fon esa figuraga aylanadi, ularning o’rinlari almashadi va hakozo. Bundagi individual farq shundaki, ba’zi bolalar yechimga to’g’ridan-to’g’ri figura asosida keladi, boshqalar esa bir necha yechimning variantlarini ko’zoldiga keltirib, so’ngbir qarorga keladi. Kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o’tirgan ikki bola bir xil yechimni belgilaydi, lekin o’sha yechimga kelish yo’llari har birida o’ziga xos bo’ladi. Aynan shu jarayonning qanday kechishini tafakkur psixologiyasi o’rganadi. Muammoning yechimi ba’zan birdan, yorkin yulduzday yark etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik holat psixologiyada insayt - oydinlashuv deb ataladi. Odam qachon ana shunday fikrlarda tiniklik, insayt paydo bo’lganini o’zi ham bilmaydi. Eng iqtidorli, zukko olimlar ham o’zfikr yuritish qonuniyatlariga e’tibor berib, yangi g’oya qachon, qanday yo’l bilan paydo bo’lganiga javob topolmaganlar. Hattoki, ba’zan shunday ham bo’ladiki, yangilik kashf etgan olim o’zining fikri naqadar noyob ekanligini ham anglash imkoniyatiga ega bo’lmaydi, qolaversa, kashfiyot go’yoki uniki emasday, qayerdan kelib qolganini ham tushunmaydi. Shuning uchun ham ko’plab genial kashfiyotlarning haqiqiy qadr - qimmati muallif o’tib ketgandan keyin tarix tomonidan baholanadi. Xuddi shunday qadrga ega bo’lgan kashfiyotlar yurtimizda yashab o’tgan yuzlab allomalar ijodiga taalluqli. Masalan, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Farg’oniy, Xorazmiy, Zamashhariy kabi allomalar o’zlari ijod qilgan paytlarida yaratgan g’oyalari va kashfiyotlarining qanchalik ahamiyatli va o’lmas ekanligini keyingi avlod, butun bir insoniyat tarixi isbot qilib, tan oldi. R. Dekartning kallasiga analitik geometriya g’oyasi kelganda, o’zida yo’q xursand bo’lgan va cho’kkalab, yig’lab shu fikrni unga ato etgan Xudoga sajda qilgan ekan. Darhaqiqat, miyadagi tiniqlik, oydinlashuv avvalo Olloxning inoyati, qolaversa, o’sha fikr egasining mashaqqatli mehnati, tinimsiz ilmlar dunyosida to’kkan zaxmatli terlari evaziga ro’y beradi. Umuman yangiliklar ochish, ijod qilishga aloqador tafakkur turi uning eng ahamiyatli va shu bilan birga eng qiyin turidir. Chunki ijodkor, yoki kashfiyotchi nimanidir kashf qilishni xohlaydi, tinimsiz izlanadi, lekin qachon, qanday sharoitda, qanday yo’l bilan uni ochishi mumkinligini o’zi ham bilmaydi. Shu o’rinda akademik Kedrovning Mendeleyev davriy jadvalini kashf qilganligi xususidagi esdaliklari juda o’rinli. Olim uzoq vaqt mobaynida barcha kimyoviy elementlarni ma’lum qonuniyat asosida jadvalga tushirishni o’ylab yurgan. «Kallamga kelyapti-yu, uni ko’rolmayapman», deb tashvishlanardi olim. Kunlardan bir kun u juda toliqib, yozuv stoli ustida uxlab qolganda, tushida davriy jadvalni «ko’rgan». Xursand bo’lib ketib, uyg’ongan zaxoti moddalarni jadvalga joylashtira boshlagan. Tushdagi ishi bilan o’ngidagi ishining farqi shu bo’lganki, tushida yengil moddalar pastda joylashgan bo’lgan, Mendeleyev ularni o’ngida «to’g’rilab» chiqqan. Bu ham o’sha insaytga bir misol.
Insonning fikrlash jarayoni tahlil qilinganda, uning qanday shakllarda kechishi ahamiyatli bo’lib, bu uning turlari va shunga ko’ra fikrlashdagi individuallik masalasidir. 6-jadvalda tafakkurning turli mezonlar asosidagi klassifikasiyasi keltirilgan.
G Hayot mobaynida uqiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir.
G Amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.
G Ko’rgazmali - harakat tafakkurining xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytdagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.
G Ko’rgazmali - obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.
6- Jadval
Shakliga ko’ra |
ko’rgazmali harakat ko’rgazmali obrazli, mantiqiy |
Ko’riladigan masalaning xarakteriga ko’ra |
Nazariy, amaliy |
ijodiylik elementiga ko’ra |
Konvergent, divergent |
yangiligi va noyobligiga ko’ra |
Reproduktiv, produktiv (ijodiy) |
G Mantiqiy tafakkur - bu mavxum tafakkur bo’lib, so’zlar, so’zda ifodalangan bilim, g’oya va tushunchalarga tayangan xolda bevosita idrokimiz doirasida bo’lmagan narsalar yuzasidan chiqargan xukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi.
Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o’rganish faqat mavxum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo’ladi.
G Fikrlashimizning yana bir turi reproduktiv bo’lib, uning mohiyati - ko’rgan-bilgan narsamizni aynan qanday bo’lsa, shundayligicha, o’zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi.
G Undan farqli produktiv yoki ijodiy tafakkur - fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo’shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi.
G Shunga bog’liq bo’lgan konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo’lgandagi fikrlashni nazarda tutadi.
G Divergent tafakkur - fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo’lishini taqozo etadi.
Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo’lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo’ladi. Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba’zan uning kreaktivlik sifati bilan bog’lab tushuntiriladi. Kreaktivlilik - shunday hislatki, u guyoki yo’q joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jo’ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o’xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so’z berilgan - «qalam», «ko’l», «ayiq». Uchalasini qo’shib, yangi jumlalar tuzish kerak. Har kim o’zidagi kreaktivlik darajasiga ko’ra turli xil jumlalar tuzsa bo’ladi, masalan, «Bola qalamni olib, ko’lda cho’milayotgan ayiq rasmini chizdi». Yoki «Terak qalamchalari ekib chiqilgan ko’l yokasida bir ayiq bolasini cho’miltirardi». Shunga o’xshash ko’plab jumlalar tuzish mumkin.
Mashxur olim K. Yung insonlarni fikrlashlariga ko’ra asosan ikki toifaga bo’lgan edi:
1. Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emosional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar.
2. Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo’ladi va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta(ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko’pincha, «Faylasuf bo’lib ket-e», deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash - argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, ular o’z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi.
Tafakkur qilish shakllari yoki formasiga tushunchalar, xukmlar va xulosa chiqarish kiradi.
Masalan, «ong» tushunchasini oladigan bo’lsak, uning eng muhim va boshqa tushunchalardan farq qiladigan jihatlarini ajratishimiz kerak: faqat insonga xoslik, oliy darajadagi aks ettirish, olamni bilish mexanizmi ekanligi va hakozo.
Xukmlar - atrofimizdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni
Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan hukm - fikr «odam, inson», «ong» va «mavjudot» tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi, rost yoki yolg’on bo’ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to’g’ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to’g’ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama’ni, gapida jon bor, haqiqatguy» deb ta’riflaymiz.
G Xulosalar - mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo’lib, ular fikrlar, xukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.
Masalan: 1- xukm: O’zbekiston - mustaqil davlat.
2- xukm: Qirgiziston - mustaqil davlat.
3- xukm: Qozogiston - mustaqil davlat.
4- xukm: Turkmaniston - mustaqil davlat.
5- xukm : Tojikiston - mustqil davlat.
Demak, Barcha Markaziy Osiyo davlatlari - mustaqildir.
Shunga o’xshash biz ba’zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib chiqaramiz (bu - induktiv xulosa chiqarish), ba’zan esa aksincha, umumiydan juz’iy - alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday harakati deduksiya deb ataladi).
Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operasiyalarni ham o’rganadi. Bular:
• Analiz;
• Sintez;
• Mavhumlashtirish; Taqqoslash; Umumlashtirish.
Fikrlash operasiyalariga analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qo’shish), mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalg’itish, ayrim xossani mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir - biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko’ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish) kabilar kiradi.
11.5. Mustaqil fikrlash - sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida. Tafakkurni rivojlantirish
Biz yuqorida tafakkurni individual xususiyatlari va ushbu jarayonga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni o’rgandik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o’zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o’ziga xos tomonini bilgan xolda uni o’stirish yo’llarini bilishi kerak. Oxirgi yillarda psixologlarning o’tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko’rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o’stirish va bunga qisqa yo’llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko’plab nostandart fikrlarning tug’ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g’oyalarning paydo bo’lishiga sabab bo’larkan.
Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug’aviy ma’nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha - «brain storming» ingl.). Uni o’tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:
Ba’zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bo’lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo’lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo’ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta’sirlanishga yo’l qo’yilmaydi.
Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o’xshash.
Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo’lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o’rtacha intellektual darajaga ega bo’lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo’lardi.
Bu jarayon oliy o’kuv yurtlarida darslarda ham qo’llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda o’zaro hamjihatlik muhiti bo’lishi kerak.
Qisqacha xulosalar:
Shaxs o’z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. amaliy, konvergent, divergent, produktiv, reproduktiv, ko’rgazmali harakat, ko’rgazmali obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosalarni bilish, tafakkur operasiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq to’g’risida xolis va obyektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-sharoit bo’lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Tafakkur - qanday bilish jarayoni hisoblanadi?
2. Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ qaysi?
3. Hayol - bu qanday jarayon?
4. Fantaziya deb qanday jarayonga ataladi?
5. Insayt - oydinlashuv holati qanday yuzaga keladi?
6. Tafakkurning qanday turlari mavjud?
7. Intuitiv va fikrlovchi tipli kishilarning bir - biridan farqi nimada?
8. Tafakkur qilish shakllari qanday?
9. Tafakkur operasiyalariga nimalar kiradi?
10. Tafakkurni qanday rivojlantirish mumkin?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyev E.G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. 2000
2. Dyui D. Psixologiya i pedagogika mo’shleniya.- M., 1998
3. Karimova V.M. va b.k.lar Mustaqil fikrlash.- T.- Shark, 2000
4. Karimova V., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qo’llanma.- T.: Shark, 2000
5. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
6. www.psychology.net.ru
7. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003.
8. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004.
9. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. –
10. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 11. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
12. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
13. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 14. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
15. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
16.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
17. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
18.www. inter – pedagogika. ru.
12-BOB. SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA
ULARNI DIAGNOSTIKA QILISH. XARAKTER, TEMPERAMENT
12.1. Individual - tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi.
12.2.Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.
12.3.Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar.
12.4.Qobiliyatlarning psixologik strukturasi.
12.5.Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi.
12.6.Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.
12.7.Xarakter va shaxs.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo’lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko’p jihatdan aynan o’xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan.
Shaxs - qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu - «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.
G «Individuallik» - yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi.
Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, xulqiga xos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo’lgan odamni topib bo’lmaydi. Ular - individualdir.
G Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
G Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
G Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi.
G Irodaviy sifatlar - har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi.
G Emosiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning hatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
G Ijtimoiy ustanovka - yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.
Biz yuqorida sanab o’tgan individual-psixologik xususiyatlarning ahamiyati katta. Ular bizning jamiyatdagi o’rnimiz, obro’-e’tiborimiz, ishdagi va o’qishdagi yutuqlarimiz, inson sifatidagi qiyofamizni, kim ekanligimizni, kerak bo’lsa, o’zligimizni belgilaydi. Kim bilan qayerda uchrashmaylik, o’sha insonning bugungi holati, qayfiyati, bizga va biz bildirayotgan fikrlarga munosabati, hamkorlikda ishlash tilak-istaklariga doimo e’tibor beramiz va bu masala biz uchun muhim bo’ladi. Xuddi shunday suhbatdosh ham suhbatning boshidanoq, bizni o’rgana boshlaydi.
Chunki agar suhbatdoshlar bir - birlarini bilsalar birgalikdagi faoliyatni samarali tashkil etish va undan foyda olish imkoniyati ko’proq bo’ladi. Shuning uchun ham ishda ham, dam olishga otlangan chog’da ham, qayerda bo’lsa ham o’zimizga «qo’shni» tanlaganda uning inson sifatida qanday ekanligiga qiziqamiz. Agar suhbatdosh yoki sherik bizga tanish bo’lmasa, uni taniganlardan oldindan so’rab ham olamiz va bunda aynan uning nimaga qobilligi, fe’li, ishga, odamlarga munosabatini so’raymiz va xohlaymizki, u to’g’risida «Juda xushfe’l, odamgir...» kabi tasniflarni eshitgimiz keladi. Biror yerga ishga kirayotgan paytda ham rahbar albatta o’ziga yaqin odamlardan yangi xodimning xarakterini, qobiliyatini va muhim narsalarga munosabatini albatta so’raydi va shu asosda suhbatga tayyorlanadi.
Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas kismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yunaltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi qoyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e’tiqodi bilan munosabatda bo’lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. Shuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o’rganamiz.
Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan o’zi uchun naf ko’radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. Har bir normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «o’ta aqlli» yoki «o’ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o’g’li anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib, ota-onasini ko’ydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.
Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar obyekti bo’lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham qo’shganlar.
Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatgichlar o’rtasida bog’liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo’lgan psixik xususiyat ekanligini ko’rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operasiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikasiya qilish) natijasida namoyon bo’ladigan xususiyat sifatida o’rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so’zidan ko’ra intellekt so’zini ko’proq ishlatib, bu so’zning o’ziga xos talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega bo’lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo’ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o’rinda «intellekt» so’zining lug’aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha so’z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so’zlari negizidan paydo bo’lgan tushuncha bo’lib, u aqlidrokning shunday bo’lagiki, uni o’lchab, o’zgartirib, rivojlantirib bo’ladi. Bu - intellekt va u bilan bog’liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko’rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko’rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bog’lagan o’g’il-qizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o’zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko’pchilik uchun muammo bo’lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o’zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o’sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o’zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o’quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o’ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni yechishni xohlaydi.
Ba’zan o’ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug’ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug’ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo’lgan muammolardan.
Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig’indisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning asosiy belgilari:
Muvaffaqiyatni ta’minlash;
Faoliyatni mustaqil bajarish;
Originallikning mavjudligi;
Qobiliyat va iste’dodlar yig’indisidan iborat ekanligi; Individual-psixologik xislat ekanligi; Ijtimoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi.
Talant qobiliyatlar yig’indisi yoki ularning yig’indisidan iborat bo’lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham u bilan tenglashtirish mumkin emas.
Psixologiyada tug’malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug’ma xususiyatlardan - oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo’l-oyoklarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari - ko’z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o’tadi), ijtimoiy layoqat - bola tug’ilishi bilan uni o’ragan muhit, muloqot uslublari, so’zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi
- bu o’sha individga aloqador bo’lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi.
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola tug’ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug’ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo’lishini xoxlamasligi, o’ziga o’xshash qo’shiqchi bo’lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo’q, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug’ma layoqat yo’q bo’lgani sababli, bolada hyech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo’shiqchi bo’lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug’ma va orttirilgan belgilarni o’rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o’zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shartsharoitini yaratish ishini to’g’ri yo’lga qo’yish kerak.
Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko’nikmalarni o’stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug’ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo’lmaydi. Agar shaxs adashib, o’zidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo’lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko’rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o’z vaqtida to’g’ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Shuning uchun ham har bir ongli inson o’zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, o’sha o’zi yaxshi ko’rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shug’ullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o’stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz.
G Iqtidor - insonning o’z hatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir.
Iqtidorli odam genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o’z-o’zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo’lib, o’zlari shug’ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi o’ta iste’dodli, lekin kamharakat kishilardan ko’ra jamiyatga ko’proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo’lish imkoniyati bor.
G Iste’dod - har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
U
tinimsiz mehnat, o’z qobiliyatini takomillashtirib borish yo’lida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo’lga kiritiladi.
Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga bo’linadi va har birining o’z psixologik tizimi va tuzilishi bo’ladi.
G Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi.
Masalan, texnika oliy o’quv yurtining talabasi ham ijtimoiygumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o’zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi.
G Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko’rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o’z ichiga oladi.
Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo’yicha ishlayotgan ikki kishida o’ziga xos maxsus qobiliyatlar bo’lmasa bo’lmaydi.
Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqyelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko’lam jihatdan torroq bo’lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o’zlarida mujassamlashtiradi. I.P.Pavlov o’z ta’limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o’rta” tiplarga ajratilgan shaxslarning tavsifini beradi .
“Badiiy tip” uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok va emosiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos.
“Fikrlovchilar” uchun esa mavhum mantiqiy, nazariy, metodologik mulohazalarning ustunligi xos.
“O’rta” tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos ekanligi ko’rinadi.
Har bir qobiliyat o’zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni oladigan bo’lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, mavxum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va ko’rgazmali obrazlar, estetik hislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa - pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o’zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o’xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko’ra shaxs qobiliyatlari yo’nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko’plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo’llanmoqda.
Rus olimi Ye.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo’nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik so’rovnoma» deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo’naltirilgan sohasiga ko’ra 5 toifaga bo’ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ; Ch(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar);
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa).
Qobiliyatlarni o’lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar
Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o’rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o’rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo’ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo’lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o’lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o’ylab topganlar. Ko’pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o’lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o’zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir.
Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug’ma sifatlarni o’zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o’zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emosional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament
- shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o’zgaruvchan) va emosional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha tutadi: oliy o’quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to’g’risidagi axborotni eshitgan bolaning o’zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do’stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi.
Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og’ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o’zini yo’qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o’ziga xos mavqyeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O’zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko’taradigan insonning odamlar orasidagi obro’si ham baland bo’ladi. Bu uning o’zo’ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqyealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. Ya’ni, temprament odamning ijtimoiy obyektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi.
Temperamental xususiyatlar aslida tug’ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo’lgani uchun ham ma’lum ma’noda o’zgarib boradi. Shuning uchun ham tug’ilgan chog’ida sangvinikka o’xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo’lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.
Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:
k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli ko’zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko’ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo’lishi:
m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko’zgalish jarayonlarining o’zaro mutonosibligi, shunga ko’ra, o’zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo’lishi; x a r a k a t ch a n l i k , ya’ni ko’zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o’zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.
20 - rasm
N Y R V S I S T Y M A S I N I N G T I P L A R I
Muvozanatlas hgan |
muvozantsiz |
inert |
Kuchs iz |
sangvinik |
xolerik |
flegmatik |
Melanxolik |
T E M P E R A M E N T
Nerv jarayonlari va temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
Shunday qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.
Asabga bog’liq bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’kul, «hayotiy ko’rsatgichli» xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiklik, emosional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin.
Temperamentning eng mashhur turlari (sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik) miloddan avvalgi asrdayoq Gippokrat tomonidan joriy qilingan bo’lib, ularning nomlari hanuzgacha saqlanib qolgan, lekin mazmuni o’zgargan.
Gippokrat davridan yaratilgan to’rt temperament tiplari buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov tadqiqotlari orqali o’z ilmiy asosiga ega bo’ldi. Temperament bosh miyadagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro munosabatidan kelib chiquvchi xususiyat sifatida tushunilar ekan, barcha tadqiqotchilar uning tug’ma ekanligini va insonning ko’pgina faoliyat turlari natijalariga ta’sir etuvchi omil sifatida ishtirok etishini e’tirof etishadi. An’anaviy yondoshuvga asosan quyidagi temperament tiplari mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik.
Xodimning u yoki bu temperamentga mansubligini bilish, uning biron vazifani nega aynan shu tarzda bajarayotganligini tushunishga yordam beradi, kezi kelganda aynan unga mos vazifalarni yuklash imkonini beradi. Har bir temperament tipiga qisqacha tasnif quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Xolerik – nerv sistemasidagi ko’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli, bu ikki jarayon biron nerv markazi doirasida tez o’rin almashadi va shu bois bu tipga mansub kimsa biron faoliyatga tez kirishib, tezda sovib ketishi mumkin. Yangiliklarga ehtirosi baland, g’ayratli va o’ta harakatchan, bir maromdagi faoliyatni, monoton tarzdagi ishlarni yoqtirmaydi, doimo yangilikka intiluvchan. Yangi muhit va jamoada o’zini yaxshi his qiladi va o’zgaruvchan sharoitlarga tez moslashadi. Bunday kimsalarga yangi o’zlashtirilayotgan faoliyat turlarini vazifa tariqasida berish o’rinli, uzoq vaqt davomida ma’lum tartib talab qiluvchi ishga moslashishlari uchun kuchli ichki zo’riqishga boradilar.
Sangvinik – qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli, lekin muvozanatlashgan. Bunday kimsa o’zini qo’lda ushlay oladi, intizomli va xolerik kabi shoshqaloq emas, biron ishga kuchini to’g’ri taqsimlaydi, yangi faoliyat turini tez o’rganadi, nizoli vaziyatda kelishuvga bora oladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi. Tavakkallikka moyil, tezda natijaga erishishga harakat qiladi, puxta o’ylab va tez qaror qabul qiladi, ko’tarinki va turg’un kayfiyat egasi.
Flegmatik – harakatlari sekin, shoshilmas va sabr-toqatli, tanholikni yaxshi ko’radi, muloqot doirasini kengaytirishni hohlamaydi, do’stlariga sodiq va ularni ko’paytirish niyati ham yo’q, o’rganib qolgan sharoitida yaxshi faoliyat yuritadi va o’zgaruvchan muhitga moslashishi qiyin, shovqinni yoqtirmaydi, bir joyda o’tirib bajariladigan ishni ma’qul ko’radi. Yangi odamlar bilan muloqotga kirishishi qiyin, lekin o’rnatilgan, aloqalarni saqlashga intiladi. Saranjom sarishtali, tartibni yoqtiradi, intizomli, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga harakat qiladi, tashkilotdagi an’analarga sodiq. Quyidagi yarim hazil o’xshatish qarama-qarshi temperament tiplari tavsifini tushunishni yengillashtiradi: “… odatda urushni xolerik va sangviniklar olib boradilar, flegmatiklar esa vayronalarni tiklaydilar”.
Melanxolik – nozik didli, hissiyotga o’ta berilgan, uch ichki dunyosiga va kechinmalariga e’tiborli. Bunday kimsalar orasida san’atga qobiliyatlilar ko’p uchraydi. Ulardan ajoyib rassomlar, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqadi. Murakkab va nizoli vaziyatlarda harakati sust, tezkor vazifalarni hal etishda asabiylashadi va tez toliqadi.
Yuqorida sanab o’tilgan temperament tiplari tug’ma bo’lib, ularni o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin, inson o’z-o’zini tarbiyalashi davomida biron temperamentga xos xislatlarni o’zida shakllantirishi mumkin.
Tabiatda sof temperament tipini uchratish qiyin va odatda, har qanday kimsada biron yetakchi temperament tipiga qo’shimcha ravishda turli tiplarga xos belgilarni kuzatish mumkin. Bunday “chatishma” insonning o’z ustida ishlashi, o’zi uchun o’ta muhim ko’ringan xislatni mustaqil tarzda rivojlantirishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu satrlarni yoza turib beixtiyor bir hodisa esga tushadi. Ustoz-psixologlardan biri “… men hayotda iloji boricha sangvinikday bo’lishga intilaman, barcha xattiharakatimni bu temperament tipiga muvofiqlashtirib yashayman”, deb ta’kidlardi. Haqiqatan, uning ish uslubi va odamlar orasidagi harakati ko’p yillik o’z-o’zini tarbiyalash qanchalik muvaffaqiyatli natijaga olib kelganining yaqqol dalili edi. Ammo, shunday vaziyatlar bo’lardiki, ustoz uyda tanho qolishni, o’tmishdagi rasmlarni tomosha qilishni, ya’ni asl melanxoliklikka qaytishni “sog’inib” qolardi. Garchi ijodda, insoniy munosabatlarda va mehnat faoliyatida u sangvinikday tez va shijoatli bo’lsada, lekin uning asl temperamenti serqatnov ko’chani kesib o’tayotgandagi ishonchsizlikda va qaltis vaziyatlardagi ikkilanishda yaqqol ko’zga tashlanardi.
21-rasm. Temperament turlarining shlyapa misolida kuzatilishi
Shaxs temperamenti tipologiyasini bilish mehnat jarayonini oqilona tarzda tashkil etish, mavjud vazifalarni xodimlar imkoniyati va xususiyatiga binoan taqsimlash, jamodagi sog’lom muhitni saqlash imkonini yaratadi. Masalan, mulohaza asosida ish yuritishga sangvinik va flegmatik tiplari tabiatan moyillar. Xolerik yoki melanxolik temperamentiga mansub kimsa esa o’z hissiy muvozanatini ichki zo’riqish hisobiga ta’minlab turishi lozim. Shaxsning o’z temperamenti tipini bilishi unga xos xususiyatlarni chuqurroq anglashiga va o’z-o’zini yanada samarali boshqarish imkonini beradi, qaltis vaziyatlarda o’rinsiz xattiharakatlardan o’zini chetga olishini va ichki nazoratni ta’minlaydi.
Neyrotizm (N)
Hissiy barqarorlik
Temperamentning sanab o’tilgan bu xillari nisabatan barqaror bo’lib, muhit va tarbiya ta’sirida o’zgarishlarga kam bo’ysunadi. Shu bilan birga ular shaxsning mazmun tomonini, qadriyatlari va ehtiyojlarini ifodalamaydi.
1940-yillarda bir guruh amerikalik olimlar G.Ayzenk rahbarligida temperament tushunchasini ikkta omil: ekstraversiya va hissiy barqarorlikning o’zaro bog’liqligi natijasi sifatida talqin qilishgan. Bu guruh shaxsning ustun darajadagi temperamentini aniqlash bo’yicha test ishlab chiqdi.
“X” o’qi introversiya-ekstroversiyani ifodalovchi ballar soni, “Y” o’qi bo’yicha esa hissiy barqarorlik-neyrotizmni ifodalovchi ballar miqdori qo’yib chiqiladi. Ikkita koordinataning kesishgan joyi shaxsning tegishli temperamentini ifodalovchi nuqtani topish imkonini beradi.
Shulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o’xshash qiziqkon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo’ladi.
Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so’zi eng ko’p ishlatiladigan so’zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo’lsak, ishlatamiz. Bu so’zning ma’nosini olimlar «bosilgan tamg’a» deb ham izoxlashadi. Tamg’alik alomatlari nimada ifodalanadi o’zi?
G Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, subyektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z- o’ziga munosabatini ifodalaydi.
Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta’biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o’rganish katta ahamiyatga ega. Munosabatlarning xarakterdagi o’rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentni ajaratadi:
a) emosional - kognitiv - borlik muhitning turli tomonlarini shaxs qanday emosional his qilishi va o’zida shu olamning emosional
manzarasini yaratishi;
b) motivasion - irodaviy - ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo’lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo’ladi.
Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan
S.L. Rubinshteyn shaxsning o’ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan edi;
Munosabatlar va yo’nalish shaxdagi asosiy ko’rinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi.
Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi.
Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turg’un, barqaror tendensiyalar, ya’ni bu odamning k i m ekanligi.
Bu nuqtai nazardan karaganda ham, xarakter shaxsning «tanasi», borligi, konstitusiyasidir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi shuki, bu xususiyatlar ancha o’zgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. Shuning uchun ham maktabdagi ta’limdan oliy o’quv yurtidagi ta’limga utish faktining o’zi ham o’spirinda ma’lum va muhim o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Xarakter muammosini ilmiy o’rganishda B.M.Teplov, S.Merlin, Ye.A.Klimovlarning tadqiqotlari ahamiyatlidir. Chunki ularning tadqiqotlarida o’qish, sport, mehnat faoliyatlarida shaxsning xarakat usullarining individual farqlari masalasi ko’rsatib berilgan.
Umuman, koneret shaxs misolida olib karaydigan bo’lsak, har bir alohida obyektlar, narsalar, hodisalarga mos tarzda xarakterning turi qirralari namoyon bo’lishining guvoxi bo’lishimiz mumkin. Masalan, uyda (katta o’zbek oilasi misolida oladigan bo’lsak) katta yoshli ota-onalar oldida o’ta bosiq, ko’nuvchan, har qanday buyurilgan ishni e’tirozsiz bajaradigan kishi, o’z kasbdoshlari orasida doimo o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan, gapga chechan, kerak bo’lsa, qaysar, dadil bo’lishi, ko’chada jamoatchilik joylarida beg’am, loqayd, birov bilan ishi yo’q kishiday tuyulishi, o’ziga nisbatan esa o’ta talabchan, lekin egoist, o’z-o’ziga bahosi yuqori bo’lishi mumkin. Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, uning borliqdagi obyektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Shuning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi:
Mehnat faoliyatida namoyon bo’ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas’uliyat, dangasalik, qo’nimsizlik va boshqalar.
Insonlarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g’amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar.
O’z-o’ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag’rurlik, o’ziga bino qo’yish, o’z-o’zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar.
Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo’ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo’li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo’nalishlaridan kelib chiqadi. Chunki yo’nalish - odamning borliqqa nisbatan tanlovchan munosabatining aks etishidir. Bunday yo’nalish turli shakllarda namoyon bo’ladi: diqqatlilik, qiziquvchanlik, ideallar, maslaklar va hissiyotlarda.
Xarakter - tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma’nosi shuki, har bir ijtimoiy-iqtisodiy davr o’z kishilarini, o’z avlodini tarbiyalaydi va bu tafovut odamlardagi xarakterologik xususiyatlarda o’z aksini topadi. Masalan, o’tgan asr o’zbeklari, XX asrning 50-yillaridagi o’zbeklar va mustaqillik yillarida yashayotgan o’zbeklar psixologiyasida farq avvalo ularning xarakterologik sifatlarida aks etadi. Aminmizki, XXI asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma’rifatli va ma’naviyatliroq bo’ladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan say’iharakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog’lom bo’lishiga zamin yaratmoqda.
Tipik ekstravert -- boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqat qilishga moyil, yangi ta’sirotlarga intiluvchan. U ulfatlarni yoqtiradi, ko’p do’stlari va tanishlari bor, beparvo, umid-ishonch bilan to’lgan, kulishni yoqtiradigan odam. Shuningdek, tajovuzkor, serjahl, ta’sirchan inson bo’lib, ko’pincha daqiqa ta’sirida harakat qilishi mumkin. His-tuyg’ularini qattiq nazorat qila olmaydi, tanishuvchi, odatda yaqinlashish uchun birinchi bo’lib so’z boshlaydi.
Bu aksariyat hollarda boshqa odamlarga , tashqi xodisalarga qaragan, boshqalar uchun ochik odam, bundaylar nisbatan oson tushunish obyekti bo’lgan odamlardir. Unga muloqatga kirishuvchanlik, doimo odamlarga talpinish xarakterlidir. Kechalarni, o’tirishlarni, davralarni yoqtiradi, o’z atrofidagi yugurib-yelishlar, jonlanish yoqadi. Quvnoq, sho’h, yolg’izlikka toqati yo’q, odamlarga ehtiyoj sezib turadi. Doimo yangi taasurotlarga talpinib turadi, agar ish tortishuvga, "garov"ga borib taqalsa, tezda qizishib ketadi, juda ko’p narsalarga urinishi mumkin. Odatda o’zi o’qishni, nimanidir qidirib topishni yoqtirmaydi, biroq yangi ma’lumotlarni boshqalardan olishni yoqtiradi. Qo’zg’alishlarga, taasurotlarga chanqoq, tavakkal qiladi va tavakkal qilishni yoqtiradi, ko’pincha soniyaviy holatlar, vaziyatlar ta’siri ostida xatti-harakat qiladi, tashqi ta’sirlarga beriluvchan, o’z ishlarini oldindan o’ylab o’tirishni yoqtirmaydi, balki birdaniga ishga kirishishni ma’qul ko’radi, o’tkir hazillarni yaxshi ko’radi, mijg’ovlanib gap bilan birovning ko’ngliga qo’l solmaydi, tez gapiradi va ishlaydi, odatda o’ziga ishonadi, o’zgarishlarni yaxshi ko’radi. Harakatsiz muloqot yuritishdan ko’ra, ish ko’rish, harakat qilishni ma’qul ko’radi.
Ayzenk doirasi
G.Ayzenk bo’yicha shaxs fe’li.
Tajovuzkorlikka, qiziqqonlikka mayli bor, sezilarli darajada betashvish va beg’am, hamma narsa o’z-o’zidan yo’lga tushib ketadi deb hisoblaydi. Boshqalarning hatti-harakati, qiliqlarini baholashda yon beruvchan. Uning hissiy kechinmalari jiddiy nazoratga ega emas, shuning uchun u hamma vaqt ham ishonsa bo’laveradigan odam emas. Ekstravert («tashqariga yo’nalgan») — muloqatga oson kirishadi, yuqori darajadagi tajovuzkorlikka ega, yetakchilik qilishga intiladi, ko’pchilikning diqqatmarkazida bo’lishni yoqtiradi, osonlik bilan tanishadi, g’ayratli, ochiq, tavakkalchi, odamlarning ichki dunyosiga qaramay tashqi ko’rinishiga qarab baho beradi, xolerik yoki sangvinik.
Tipik introvert -- qiyinchilik bilan muloqatga kirishuvchi, uyatchan, og’ir, o’z ichki dunyosiga ko’milgan, o’z-o’zini kuzatadigan, tuyuq odam. Yaqin odamlaridan, boshqa hammadan ajralgan inson. U o’z harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U qo’zg’alishni, tartibni yoqtiradi, hayotda jiddiy. U his-tuyg’ularini qattiq nazorat ostiga oladi, kamdan-kam jahli chiqadi, qizishib ketmaydi, muloqatdagi va janjallardagi kelishmovchiliklarni jim turib to’xtatishga intiladi. U diqqatni, kuchni bir joyga to’playdigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoqtiradi.
U o’zining ichki olamiga yo’nalgan, boshqa odamlar uchun yopiq, chetdan tushunish uchun bir oz qiyinroq odam. Odatda u xotirjam, vazmin, og’ir tabiatli, tortinchoq, o’z kechinmalarini muntazam tahlil qilib boruvchi odam. U kitob bilan muloqotda bo’lishni odamlar bilan muloqotda bo’lishdan afzal ko’radi, odatda gapga aralashmaydigan va o’zining yaqin odamlaridan boshqalar uchun uzoq, "notanish" odam, o’z atrofida yelib-yugurishlarini yoqtirmaydi. U o’z xatti-harakatlarini oldindan batafsil rivojlantirib borishga moyil, to’satdan yuzaga kelgan ta’sirlarga ishonmaydi. U qo’zg’alishlarni, hayajonlarni yoqtirmaydi, jiddiy, doimo nimaningdir tashvishida yuradi, hayotda tartibni yoqtiradi, sekin harakat qiladi, juda kam gapiradi. U o’z hissiyotlarini jiddiy nazorat ostida tutadi, kamdan-kam hollarda tajovuzkorona hatti-harakatlar qiladi, qizishib ketmaydi, unga ishonsa bo’ladi. Biroz pessimistroq, estetik me’yorlarni yuqori qadrlaydi. Introvert («ichkariga yo’nalgan») — ichki kechinmalari dunyosiga yo’nalgan, kam muloqatchan, kamgap, yangi tanishlarni qiyinchilik bilan orttiradi, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, eski aloqalar va munosabatlar uzilib qolsa qattiq hafa bo’ladi, havotirligi va ehtiyotkorligi yuqori, faolligi past, flegmatik, melanxolik.
Tipik ekstravert va introvertlar hayotda kam uchraydi, ular ko’pchilik odamlarda namoyon bo’ladigan hislatlarning qarama-qarshi qutblari hisoblanadi. Qolgan ko’pchilik odamlar shu qutblar oralig’ida joylashgan bo’ladi.
Tipik nevrotik (asabiy noturg’un) onglilik va ongsizlik o’rtasida yorqin nizolarni xarakterlaydi, shuning uchun ham salbiy his-tuyg’ularini yomon boshqaradi. Hissiy noturg’unlik odatda insonning gap ko’tara olmasligi bilan bog’langan bo’lib, u o’ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki qo’llab-quvvatlashiga doimiy muhtoj. Uning kayfiyati o’zgaruvchan. U ko’pincha bunga jiddiy asos bo’lmasada o’zini bahtsiz, nimadandir boshqalardan yomon his qiladi, ba’zan u o’zini aybdordek sezadi. U orzu qilishni, har narsadan shubha qilishni yoqtiradi, jizzikilik qilib turadi. Nevrotik odatda boshidan kechirgan ko’ngilsizlikni uzoq vaqt eslab yuradi, muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqadi. Unga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab etsada o’z niyatlaridan voz kechishi ham qiyin. Nevrotik uchun tashqi psixik funksiyalarni to’liq saqlash xos.
X.Yu. Ayzenk shaxsning asosiy hislatlari ko’rsatgichlari sifatida ekstraversiya-intraversiya va neyrotizmdan foydalangan, bunda bu xususiyatlar genetik shartlangan deb hisoblanadi.
Ekstravert |
Introvert |
Neyrotizm |
Shaxsning atrofdagi odamlarga va voqeahodisalarga yo’nalganligi. Shartli reflekslar introvertga qaraganda іiyinroі shakllanadi, u og’riqqa ko’proq chidamliroq, biroq sensor deprivasiyalarga chidamsizroq bo’ladi, buning oqibatida u monoton hatti- harakatlarga dosh berolmaydi, ko’pincha ish vaqtida har hil narsalarga chalg’ib turadi. Uning odamlar bilan muloqotga bo’lgan ehtiyoji yuqori, tashqi ta’sirlarga beriluvchan, o’z-o’zini nazorat qilishning |
Shaxsni o’zining ichki olamiga yo’nalganligi. Unda hulqning quyidagi xususiyatlari ustunlik qiladi. U ko’pincha o’zi bilan o’zi ovora, odamlar bilan kontaktga kirishishda va voqyelikka moslashishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradigan odam. Ko’pchilik hollarda introvert xotirjam muvozanatli, tinchliksevar, xattiharakatlari o’ylangan, oqilona, maqsadga muvofiq. Uning o’rtoqlari doirasi unchalik ko’p emas. U estetik me’yorlarni yuqori qadrlaydi, kelajakni rejalashtirishni |
Bu havotirlanish sinonimi bo’lib, hissiy noturg’unlik zo’riqqanli-, deperativlik, ruhiy siqiqlik shaklida ko’rinadi. Neyrotizmning bir qutbida neyrotiklar deb ataladigan noturg’unligi, nervpsixik jarayonlarning muvozanatsizligi, shuningdek vegetativ nerv sistemasining beqarorligi bilan farqlanib turadigan emosional noturg’un odamlar turadi.Shuning uchun ularga asosan qo’zg’aluvchanlik, kayfiyatning o’zgaruvchanligi, sezgirlik |
yetarli emasligi, muhitga yaxshi moslashuvchanlik, hissiyotlarda oshkoralik kabilar misol bo’la oladi. U hozirjavob, quvnoq, o’ziga ishongan, tavakkalchilikni yoqtiradigan, hamma vaqt ham aytganini bajaravermaydigan odam |
yoqtiradi, nimani va qanday qilish ustida jiddiy o’ylaydi, to’satdan yuzaga kelgan xoxish-istaklarga berilmaydi,umidsizlikka tushuvchan odamdir. U o’z hissiyotlarini qat’iy nazorat qiladi va kamdan-kam hollarda o’zini tajovuzkorona tutadi, mas’uliyatli. |
ta’sirlanuvchanlik shuningdek havotirlanish, shubhalanuvchanlik, sustkashlik kabi hislatlar xosdir. Neyrotizmning boshqa qutbi - bu emosional turg’un shaxslar, ular xotirjamlik, muvozanatlilik, vazminlik, ishonchlilik, qat’iylik kabi sifatlar bilan xarakterlanadi. |
Emosional turg’un (asabiy turg’un) odam yuqorida keltiribo’itilganlarga qarama-qarshi sifatlarga ega bo’ladi. Hissiy turg’un inson o’z hissiy holatini boshqara oladi, odamlar bilan bir hil muloqatga kirishadi, uni muvozanatdan chiqarish qiyin. U boshqalar tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj emas, jizzaki emas. Tipik nevrotik va tipik turg’un odamlar kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarda u yoki bu darajada ham asabiy turg’unlik, ham noturg’unlikka xos ko’rinishlar namoyon bo’ladi.
Ekstraversiya-introversiya va turg’unlik-noturg’unlikning ko’rsatkichlari bir-birlari bilan o’zaro bog’lanmagan va bipolyardir. Ularning har biri o’ta kuchli ifodalangan shaxsiy xususiyatlar ikki qutbi o’rtasidagi uzluksizlikni tashkil etadi. Bu turli darajada ifodalangan ikki hislatning o’zaro birikishi shaxsning takrorlanmas o’ziga hosligini yuzaga keltiradi. Ko’pchilik sinaluvchilarning xarakteristikasi shu qutblar o’rtasida, ko’pincha markazga yaqin joyda bo’ladi. Ko’rsatkichning markazdan uzoqlashuvi o’rtachadan og’ish darajasi haqida va shunga mos ravishda shaxs sifatlarining ifodalanishi haqida ma’lumot beradi.
Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo’lishi, ularning belgilari masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir.
Avvalo xarakter insonning hatti - harakatlari va amallarida namoyon bo’ladi - odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning k i m ekanligidan darak beradi.
Nutqining xususiyatlari (baland tovush bilan yoki sekin gapirishi, tez yoki bosiqligi, emosional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo’nalishini belgilaydi.
Tashqi qiyofa - yuzining ochiq yoki tund ekanligi, ko’zlarining samimiy yoki joxilligi, qadam bosishlari - tez yoki bosik, mayda qadam yoki salobatli, turishi - viqorli yoki kamtarona, bo’larning hammasi xarakterni tashqaridan kuzatib o’rganish belgilaridir.
Bundan tashqari ilm olamida juda ko’plab urinishlar bo’lgan. Ularda odamning turli tabiiy, tug’ma xususiyatlariga xarakterni bog’lashga urinishlar bo’lgan. Masalan, fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir-biriga nisbati orqali, xiromantiya - qo’l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali, ko’z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o’rganishga harakat qilingan. Juda katta shov-shuvga ega bo’lgan Ch. Lombrozo, E. Krechmer, U. Sheldonlarning konstitusion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko’rinishi, tana tuzilishi bilan bog’lab tushuntirishga o’ringan. Bu nazariyalar juda qattiq tanqidga ham uchragan, lekin keltirilgan material, korrelyasion tahlillar ma’lum jihatdan individual xususiyatlardagi tug’ma, mavjud sifatlar bilan xarakterologik sifatlar o’rtasidagi bog’liqlik borligini isbot qilolgani uchun ham bu nazariyalar shu vaqtgacha o’rganiladi.
Lekin xarakter va uning rivojlanishi, namoyon bo’lishi uchun umumiy qonuniyat shuki, u tashqi muhit ta’sirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va sharoitlar o’zgarishi bilan o’zgaradi. Har bir kasb-hunar o’zining talablari majmui - professogrammasiga egaki, u shu kasb bilan shug’ullanayotganlardan o’ziga xos psixologik qirralar va xossalar bo’lishini taqozo etadi (psixometriya). Shuning uchun ham vrachning, o’qituvchining, muhandisning, harbiylarning, artistlarning va boshqalarning professoional sifatlari haqida alohida gapiriladi. Ana shu kasb sohiblari, ularning ish mobaynida ko’rsatadigan individualligi ichida esa xarakterologik o’ziga xoslik katta ahamiyatga ega va buni nafaqat shaxsning o’zi, balki uni o’rab turgan boshqalar ham yaxshi bilishlari kerak.
Qisqacha xulosalar:
Shaxsning individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasiga qobiliyat, temperament, xarakter kiradi. Qobiliyat maxsus va umumiy turlarga, layoqat, iqtidor, iste’dod kabi psixologik tuzilmadan iboratdir. Temperamentlarni chuqur bilish va ularning amaliyot uchun ahamiyati bayon etilgan. Talaba-yoshlardagi qiziqishlarni diagnostika qilish yo’llari ko’rsatilgan. Individual psixologik xususiyatlarning kasb mahorati va shaxs barkamolligi bilan bog’liqligi ochib berilgan. Yoshlarni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash va milliy g’oyani shakllantirishning barkamol avlod tarbiyasidagi o’rni keltirilgan.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. “Individ” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. “Individuallik” tushunchasining ma’nosi nima?
3. Shaxsning individual - tipologik xususiyatlariga nimalar kiradi?
4. Qobiliyat, iqtidor va iste’dod bir - biridan qanday farqlanadi?
5. Iqtidorli insonning tafovutli tomonlari nimada?
6. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar nimasi bilan farqlanadi?
7. Temperamentnig qanday turlari mavjud?
8. Inson xarakteriga ta’sir qiluvchi omillar nima?
9. Irodaviy sifatlar qanday ko’rinishga ega?
10. Emosiyalar qanday aks etadi?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyevE.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Ananyev B.G. “Chelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001.
3. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
4. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002.
5. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003. 6. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004.
7. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. –
8. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 9. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
10. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
11. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 12. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
13. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003. 13-BOB. SHAXS TARAQQIYOTINING YOSHGA BOG’LIQ XUSUSIYATLARI. O’SPIRINLIK VA YETUKLIK DAVRLARI PSIXOLOGIYASI. AKMEOLOGIYA.
13.1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.
13.2.Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish.
13.3.O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
13.4.Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar.
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatgich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik fazasiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan bilishning yetuklik fazasi 18 - 25 yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko’ra), intellektual, ijodiy yetuklik - 35 yoshlarda (Leman ma’lumotlari), shaxsning yetukligi 50 - 60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. Shunga o’xshash xususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil kamolga yetib, rivojlanib borishini ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro’y beradi. Masalan, bolalikning ilk bog’cha yoshida fazoga moslashuv juda kuchaysa, keyinchalik uning o’rnini vaqtni adekvat idrok qilish kuchayadi. Qariyalarning biror narsalar xususida bilimdonligi, ma’lumotlar dunyosidagi yaxshi oriyentasiyasi, psixomotorik funksiyalar va bevosita bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro’y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-5 yosh davri tilni, uning lug’aviy va strukturaviy
xususiyatlarini o’zlashtirishga juda maqbul bo’lsa, yetuklik davri bo’lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o’zini yo’qotadi («til qotib qoladi»).
G Yosh davrlari psixologiyasining eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik taraqqiyotida qanday omillar - genetik, tug’ma yoki orttirilgan, ijtimoiy omillar roli yetakchi ekanligi masalasidir.
Psixologiyaning maxsus tarmog’i hisoblanmish Yosh davrlari psixologiyasi - Bir tomondan, bolaning o’z ota - onalaridan meros sifatida o’zlashtirgan sifatlari, masalan, anatomo - fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o’ziga xosligi, tana tuzilishi (qo’l, oyoq, yuz tuzilishi va boshq.) albatta psixologik jahatdan odam bolasining muhitga moslashuvi, unga erkin harakat qilishi, jarayonlarni ongida aks ettirishiga sabab bo’ladi. Chunki oddiygina anatomik anomaliya holati (qo’lning kaltaligi, bo’yning juda kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o’zini tutishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin ikkinchi tomondan tashqi muhit ta’sirini ham kamsitib bo’lmaydi. Masalan, agar bola maxsus o’quv maskanlarida o’qimasa, unga tarbiyaviy ta’sirlar ko’rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar L. Vo’gotskiy, J. Piaje, S. Rubinshteyn, A. Leontyev va ko’plab boshqa psixologlar ikkala omil rolini ham inkor qilmagan xolda ijtimoiy muhitning yetakchi ta’siri to’g’risidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o’zaro munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo’ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma’lumot masalalarining qanday hal qilinganligi kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o’z-o’zini anglashi va o’zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga egaligiga shubha yo’q. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov boshchiligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan «Sog’lom avlod uchun» shiorini amalga oshirish siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan yetuk bo’lishlariga qaratilgan. Jismonan sog’lom tanada sog’lom ruh bo’lishi tabiiy.
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining «davrlarini» taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi:
• juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish - «davrlar ichidagi davrlar»);
• umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan).
Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J. Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan:
n sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh). Bunda asosan olti bosqich farqlanadi;
n konkret operasiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi (3 - 11 yoshlar);
n formal operasiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat bevosita ko’rib turgan narsasi, balki mavxum tushunchalar va so’zlar vositasida ham fikr yurita oladi.
D.B. Elkoninning yosh davrlari bosqichlari ham shu guruhga kiradi va u ham bolalikning uch davrini farqlaydi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart - sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri butun jaxon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyidagi 6 - jadvalda keltirilgan. U B.G. Ananyev, chet ellik olim Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga yaqin bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir.
7-Jadval.
Yosh davrlari |
Erkaklarda |
Ayollarda |
Chaqaloqlik |
1 – 10 kun |
1 – 10 kun |
Emiziklik davri |
10 kundan 1 yoshgacha |
10 kundan 1 yoshgacha |
Ilk bolalik |
1 – 2 yosh |
1 - 2 yosh |
Bolalikning 1 - davri |
3 – 7 yosh |
3 - 7 yosh |
Bolalikning 2 - davri |
8 - 12 yosh |
8 – 11 yosh |
O’smirlik davri |
13 - 16 yosh |
12 - 15 yosh |
O’spirinlik davri |
17 - 21 yosh |
16 - 20 yosh |
O’rta yetuklik davri: |
|
|
birinchi bosqich |
22 - 35 yosh |
21 - 35 yosh |
ikkinchi bosqich |
36 - 60 yosh |
36 - 55 yosh |
Keksalik davri |
61 - 75 yosh |
56 - 75 yosh |
Qarilik davri |
76 - 90 yosh |
76 - 90 yosh |
Uzoq umr ko’ruvchilar |
90 yoshdan ortiq |
90 yoshdan ortiq |
Taraqqiyotni yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E. Erikson shaxs «Men» ining rivojlanish bosqichlarini ajratgan va har birida ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni ajratgan.
1 - bosqich (ishonch - ishonchsizlik) - bu hayotning 1 - yili.
2 - bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) - 2 - 3 yoshlar.
3 - bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) - 4 - 5 yoshlar.
4 - bosqich (chaqqonlik va yetishmovchilik) - 6 - 11 yoshlar.
5 - bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkashligi) - 12 - 18 yoshlar.
6 - bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) - yetuklikning boshlanishi.
7 - bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) - yetuklik davri.
8 - bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) - keksalik.
Erikson klassifikasiyasining o’ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o’zi to’g’risidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi. Shunga o’xshash bosqichlarga bo’lishlar oxirgi paytda yana ko’plab mualliflar tomonidan taklif etilmoqda (G. Grimm, D. Bromley va boshk.). Ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadi-yu, shaxs unda qanday rivojlanish ko’rsatgichlariga ega bo’ladi. Ularni tabiiy o’zgarishlarda bilish va o’rganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo’yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to’g’ri kelmaydi, yoki bog’cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o’ziga xos pedagogik taktni va o’sha yosh sohasida bilimdonlikni talab qiladi.
1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi
yosh davrlari |
erkaklarda |
ayollarda |
chaqaloqlik |
1-10 kun |
1-10 kun |
emiziklik davri |
10 kundan 1 yoshgacha |
10 kundan 1 yoshgacha |
ilk bolalik 1-2 yosh 1-2 yosh |
||
bolalikning 1-davri |
3-7 yosh |
3-7 yosh |
bolalikning 2-davri |
8-12 yosh |
8-11 yosh |
o’smirlik davri |
13-16 yosh |
12-15 yosh |
o’spirinlik davri |
17-21 yosh |
16-20 yosh |
o’rta yetuklik davri: |
|
|
birinchi bosqich |
22-35 yosh |
21-35 yosh |
ikkinchi bosqich |
36-60 yosh |
36-55 yosh |
keksalik davri |
61-75 yosh |
56-75 yosh |
qarilik davri |
76-90 yosh |
76-90 yosh |
uzoq umr ko’ruvchilar |
90 yoshdan ortiq |
90 yoshdan ortiq |
Professional o’z-o’zini anglash bosqichlari
Levinson tasnifi bo’yicha yetuklik davrining bosqichlari
bosqic h |
tasniflar |
yosh ko’rsatkichla ri |
0 |
kattalar hayotigacha bo’lgan davr |
tug’ilishdan 22 yoshgacha |
1 |
yoshlik davriga qadam qo’yish |
17-22 |
2 |
yoshlik davrida mustaqil hayotning boshlanishi |
22-28 |
3 |
o’ttiz yoshlilik davriga qadam qo’yish |
28-33 |
4 |
yoshlikning kulminasion bosqichi |
33-40 |
5 |
hayotning o’rta davridan o’tish |
40-45 |
6 |
ellikyoshlilik davriga o’tish |
50-55 |
7 |
hayotiy siklda yetuklikning kulminasion davri |
55-60 |
8 |
keksalikka o’tish |
60-65 |
O’smirlik va o’spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o’qish davrlariga to’g’ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib, unda bola bilim olish bilan bog’liq, malaka va ko’nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o’zgarishlarga yuz tutadi.
O’smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o’smirlik 11-13 yoshni, katta o’smirlik - 14 - 15 yoshlarni o’z ichiga oladi. Bu davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o’spirinlik, kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o’tish davridir.
O’smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo’lib, bu ham bola fe’lining o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.
O’smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog’at bo’lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog’liq xolda ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog’liq noxush his - kechinmalar, fikrlar paydo bo’ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyotning o’ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko’plab qaramaqarshiliklarni o’z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o’quv jarayonida kechgani uchun ham to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati bola psixikaning muozanati va uning turli fikr - o’ylardan chalg’ishiga zamin yaratadi. Ayniksa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko’proq o’z fikr-uylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko’paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o’sha kattalikka o’tish bo’lib, bolada o’ziga xos «kattalik» hissi paydo bo’lib, bu narsa uning gapirishi va fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik va to’g’ri tashkil etilgan o’qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi mumkin. Shunga bog’liq tarzda o’smirning o’z falsafasi, o’z siyosati, baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o’rganishi esa unga o’zicha aqliy operasiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida harakat qilishga majbur qiladi. Bu o’ziga xos o’smirlik egosentrizmining shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga bo’ysunishi kerakday fikrning paydo bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o’smirlik paytida bolalar o’z ota-onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to’xtamga kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish ehtiyojining o’zi unga juda yoqadi.
Shunday bo’lishiga qaramay, o’smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama - qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar» davri ham deb ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko’p bo’ladiki, u bu inqirozni bir tomondan o’zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga» to’skinlik qiladigan omillardan biri - bu ularning o’z ota - onalaridan moddiy jihatdan qaramligi. Ruhan qanchalik o’zlarini katta deb his qilmasin, o’smir maktabga ketayotib, onasidan yoki otadan pul so’raydi, ular esa bolaga bolalarcha munosabatda bo’lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo’lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o’g’il bola otasining kiyimini toshoyna oldida kiyib ko’rsa, baribir yarashmaydi.
Ya’ni, tashqi ko’rinishdagi kamchiliklar - hali qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo bo’ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib keladi.
Ya’ni, bu yoshni «arosat» yoshi ham deb atash mumkin, chunki katta bo’lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o’smirlik davridagi ruhiy tug’yonlarga sabab bo’ladi. Lekin shularga qaramay, bola o’zi bilib, bilmay o’z aqliy salohiyatini o’stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna bo’ladi va bu - uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o’zgarish hisoblanadi.
O’smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo’lgan omillardan biri - o’quv faoliyati motivlaridagi sifat o’zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o’smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo’lish, o’qituvchining maqtovini eshitish va «5» baholarni ko’paytirish uchun emas, balki tengkurlari orasida ma’lum ijobiy mavqyeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo’lish uchun o’qish motivlari ustivor bo’lib boradi. Lekin I.V. Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo’lish motivi kuchsiz bo’lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o’qishga og’rinib kelib, salbiy emosiyalar va havotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o’rtacha 20% o’quvchilar). Bu kattalarning o’smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.
O’smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinrok aloqada bo’lishga intilish, guruh normalariga bo’ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O’zgalarni anglash bilan o’z- o’zini anglash o’rtasida ham qaramaqarshiliklar paydo bo’ladi. Ko’pincha o’smir o’z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo’lsa-da, o’zini nima qilib bo’lsa ham hyech bo’lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o’smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudxish voqyeaday qaraydi, maktabga bormay qo’yishi, hattoki, suisidal harakatlar (o’z joniga qasd qilish) ni ham sodir etishi mumkin.
O’smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishnochli va foydali yo’li - bu uning biror narsaga turg’un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi,
bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag’batlantirish, unga bir ish qo’lidan keladigan odamday munosabatda bo’lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo’yish - bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o’z «Men»i to’g’risidagi tasavvurlari ijobiy, o’z-o’ziga bahosi obyektiv va adolatli bo’ladi, o’zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo’ladi.
O’spirinlik davri. Yuqori sinfga o’tgan o’spirin psixologiyasining o’ziga xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o’spirin turli kasblarga qiziqa boshlaydi, o’zining kelajakda kim bo’lishini tasavvur qila boshlaydi. Demak, o’z-o’zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish - o’spirinlikning eng muhim yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, Ye.A.
Klimov (1996), alohida «optasiya» (lotincha so’z: optatio - xoxish, tanlov) bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni - odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. Optasiya bosqichi 11 - 12 yoshdan 14 - 18 yoshgacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi.
Biror aniq kasb - xunarni tanlash va o’z faoliyatini shunga yo’naltirish o’spirin shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat va to’g’ri bo’lishi o’spirindagi bilish bilan bog’liq qiziqishlar va professional yo’nalishning shakllanganligiga bog’liq bo’ladi. Professional qiziqishlarning shakllanishining o’zi olimlar tomonidan to’rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning birinchi bosqichi 12-13 yoshlarga to’g’ri keladi va o’ta o’zgaruvchanligi, shaxsdagi bilish jarayonlari va asl iqtidor bilan bog’lanmaganligi bilan xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga to’g’ri keladigan ikkinchi bosqichda qiziqishlar paydo bo’ladi, ular ko’p bo’lib, bevosita bolaning bilish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Uchinchi bosqichda - 16-17 yoshlarda qiziqishlarning shunday integrasiyasi ro’y beradiki, ular avvalo jinsiy xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog’liq xolda rivojlanadi. Masalan, qizlar va o’g’il bolalar o’zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay boshlaydilar. L. Golovey (1996) fikricha, to’rtinchi - hal qiluvchi bosqichda qiziqishlar doirasi sezilarli darajada torayib, professional yo’nalish shakllanaib bo’ladi va u kasb tanlash bilan yakunlanadi.
O’zining yuqori pog’onasiga ko’tarilgan qiziqishlar o’spirinning professional yo’nalishi va to’g’ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Ular boladagi individual - psixologik xususiyatlar va jinsiy farqlar bilan bog’liq bo’lgani uchun ham o’g’il bolalar ko’prok - texnik va iqtisodiy yo’nalishlarni, qizlar esa - ijtimoiy-gumanitar va badiiy sohalar bilan bog’liq kasblarni tanlaydilar.
Umuman, inson hayotida professional o’z-o’zini anglash katta o’rin tutadi va u juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda tasavvur qilish mumkin.
Birinchi bosqich: bolalar o’yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu kasbga bog’liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini o’zicha «o’ynaydi» («o’qituvchi», «doktor», «traktorchi», «futbolist», «artist» va shunga o’xshash).
Ikkinchi bosqich: o’smirlik fantaziyasi - bunda o’smir o’ziga juda yoqqan professional rolni hayolan egallaydi.
Uchinchi bosqich: kasb-xunarni dastlabki tanlash - o’smirlik va ilk o’spirinlik davriga to’g’ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab o’smirning qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo’lishim kerak»), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan
(«matematikani oson yechaman, matematik yoki muhandis bo’lsammikan?»), va nixoyat, o’smirdagi qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim keladi, vrach bo’laman») toifalarga bo’linadi va ajratiladi.
To’rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish - kasbni tanlash. Bunda ikkita muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikasiyasi xususiyatlari, ishning hajmi, og’irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Lekin oxirgi sosiologik ma’lumotlarga ko’ra, oliy o’quv yurtini tanlash, konkret kasb-hunarni tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o’spirin qiz «Men baribir Nizomiy nomli universitetga kiraman», deydi va so’ngra konkret fakultet tanlanadi. Shuning uchun ham ko’pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan «sovib qolish»lar ana shunday ustanovkalar bilan tushuntiriladi.
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham borki, ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to’g’ri, o’z imkoniyatlari va kobiliyatlariga mos kasb-hunarning tanlanmasligiga sabab bo’ladi. Masalan, bunday omillarga oilaning moddiy shart-sharoiti, o’qish joyining uydan uzoqligi, o’quv tayyorgarligining saviyasi, emosional yetuklik, sog’likning holati va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda qabul qilinishi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan, yuksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tashkil etilgan Tashxis markazlari 9sinfni tamomlagan yoshlarning iqtidori va layoqati, qiziqishlarini o’z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar yordamida diagnostika qilishni amalga oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-hunarga bo’lgan yo’nalishni adekvat qilish, o’z yashash joyidan uzoq bo’lmagan sharoitda zarur, o’z layoqatiga mos hunar egasi bo’lib yetishishga yordam beradi.
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni subyektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Subyektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg’ular, emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emosiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot- yaqqol voqyelikning ehtiyojlar subyekti bo’lmish shaxs miyasida obyektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari nafaqat professonal tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr bo’lmay, bu davr yoshlarning o’zligini anglash, o’z qadr - qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo’lish tajribasini egallash davri hamdir.
O’smir ham o’spirin ham qancha ichki ruhiy iztirob, qaramaqarshilik, mas’uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emosional olami, atrof - muhitda ro’y berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta o’rin tutadi. Aynan o’smirlik davri bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o’ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o’zgarishlardan vofiq etish istagi va ehtiyojini uyg’otadi. Birinchi marta «do’stlik», «muhabbat», «sevgi » tushunchalari ham aynan shu davrda paydo bo’ladi. Shuning uchun ham yetuklik va keksalik davridagi kishilar ham o’smirlik va o’spirinlik yillarini eng beg’ubor, jozibali va yoqimli sifatida xotirlaydilar.
Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish hissiyotning paydo bo’lishi uchun eng maqbul davrdir.
G Attraksiya (lotincha attrahere - yoqtirtirish, o’ziga jalb etish) - bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, o’zaro moyillikni tushuntiruvchi emosional hisdir. Bu bir odamda boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko’rinishi bo’lib, simpatiya - yoqtirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emosional bog’liqlik ham shu his asosida paydo bo’ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlar - sheriklarning bevosita bitta makon va zamonda ekanliklari, ularning tez - tez uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, suhbatdoshlar o’rtasidagi masofa, hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar ta’sirida paydo bo’lishi va uning kechish mexanizmlari o’rganiladi.
Tadqiqotlar bu kabi emosional munosabatlar aynan balog’at yoshi arafasida rivojlanishini isbot qilgan. Shunisi ahamiyatliki, attraksiyaning namoyon bo’lishi, uning kuchi va mazmuni o’smir - yoshning shaxs sifatida o’zini idrok qilishi, o’z-o’zini hurmat qilishi va o’zgalarga nisbatan munosabatlarda toqatliroq bo’lishiga bevosita ta’sir ko’rsatar ekan. Shuning uchun ham ana shu davrda o’smir va o’spirin atrofida u yoqtirgan va uni yoqtiradigan odamlarning bo’lishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining sabablaridan hisoblanadi.
Do’stlik. O’smirlik va o’spirinlik yoshida paydo bo’ladigan barcha muammolarni yechish va u bilan o’rtoqlashish uchun bolaga do’st kerak. Psixolog tili bilan aytganda, do’st - bu «alter-Ego», ya’ni ikkinchi «Men» bo’lib, u o’sha paytdagi «Men»ning bir qismi sifatida idrok qilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u bilan barcha dardu-hasratlarini muhokama qiladi, muammolarini uning oldiga to’kib soladi. Do’stlikning boshqa intim, emosional hissiyotlardan farqi shuki, u odatda bir jins vakillari o’rtasida bo’ladi va do’stlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 3-4 kishi bo’lishi mumkin.
Do’stlikning ham ko’zlagan maqsadlari bo’ladi: u amaliy, ish - faoliyat bilan bog’liq, sof emosional (ya’ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), rasional (intellektual muammolarni hal qilishga asoslangan), axloqiy (o’zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo’lishi mumkin. Do’stlikning asosiy sharti - o’zaro bir-birini tushunish. Shu shart bo’lmasa, do’stlik haqida gap bo’lishi mumkin emas. Agar ana shunday tushunish bo’lsa, do’stlar gap-so’zsiz ham qiliqlar, yuz ifodasi, yurish - turishga qarab ham bir - birlarini tushunib olaveradilar.
Ikki jins vakillari o’rtasida ham do’stlik bo’lishi mumkin, faqat u ko’pincha tanishuv bilan sevgi-muhabbat o’rtasidagi oralikni to’ldirishga xizmat qiladi. Do’stlarga xos bo’lgan sifatlarga bir-birini ayash, g’amxo’rlik qilish, ishonch, shaxsiy muammolarga befarq bo’lmaslik, qo’llab-quvvatlash, mehr kabilar kiradi. Ularning ardoqlanishi do’stlikning uzoq davom etishi va ikkala tomon manfaatiga mos ishlarni amalga oshirishga undaydi. Do’sti yo’q o’smir yoki o’spirin o’zini juda baxtsiz, nochor hisoblaydi. Ayniksa, agar do’sti xoinlik qilsa, uning kutishlariga zid ish qilsa, bu holat juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham har bir yosh o’z do’stini hafa qilib qo’ymaslik, uning ko’ngliga qarab ish qilishga harakat qiladi. Agar ilk o’spirinlikda do’stlik mazmunan ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida tashkil etilgan bo’lsa, yosh o’tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatiga aylanib boradi.
Sevgi. Agar do’stlik attraksiya namoyon bo’lishining birinchi ko’rinishi bo’lsa, sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir. Sevgi - bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo’la olishdir. Shuning uchun ham o’smirlar va o’spirinlar uchun bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. Aynan o’smirlir va ilk o’spirinlikdagi sevgi beg’ubor, tiniq, samimiy bo’lib, yosh o’tgan sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar ham o’rin egallay boshlaydi. To’g’ri, o’smir bilan o’spirin sevgisida ham sifat farqlari bor. Masalan, o’smirlar bir-birlariga mehr qo’yishganda ko’proq sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual imkoniyatlari va ijtimoiy mavqyelariga e’tibor beradilar. Haqiqiy sevgi o’spirinlik yillarining oxirlarida paydo bo’lib, uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar emas, balki insoniy fazilatlar bo’lib xizmat qiladi.
Sevgi - bu shunday tuyg’uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan mutloq ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo’lmaydi. Shuning uchun ham o’spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda bo’lishni va bunda teng huquqli munosabatlar bo’lishini xohlaydilar. Bu talab sevishganlar uchun ham qonun hisoblanadi. Do’stlikdan farqli, bu yerda turli ko’rinishlar yoki turlarni ajratish mumkin emas. Bu hissiyot shundayki, u tomonlarni faqat axloqan va ma’naviy jihatdan yaqin bo’lishini taqozo etadi. Sevgan yurak ma’naviy jihatdan yaxshi, ulug’ va ijtimoiy jihatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo’ladi. To’g’ri, ko’pchilik ota-onalar o’quvchilik yillarida paydo bo’lgan sevgi hissidan biroz cho’chiydilar, uni cheklashga, hattoki, qizlarga ta’qiqlashni ham afzal ko’radilar. Lekin aynan shu hisning borligi yoshlarni ulug’vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kuchliroq qiladi.
Sevgida «ishi yurishmaganlarning» esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o’zlarini tushkun, baxtsiz, omadsiz hisoblaydilar.
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo’lishi va uning psixologik tahlilini o’rganishgan.
G Simpatiya asosan sevgi sevgining dastlabki bosqichi, o’zaro yoqtirib qolish obyektining tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Masalan, o’zbek xonatlasini chiroyli qilib tiktirib olgan qizchaning davrada paydo bo’lishi, tabiiy ko’pgina yigitlarning e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi. Ulardan ko’pchiligi birdaniga, bir vaqtda aynan shu qizchani «yoqtirib» qolishadi. Lekin davradagi qaysi yigit unga ham ma’lum jihatlari bilan yoqib qolsa, o’zaro simpatiya shu ikki shaxs o’rtasida ro’y beradi. Vaqtlar o’tib, bu ikki yosh bir necha marta uchrashib turishsa, oddiy yoqtirish sevgiga, jiddiyroq narsaga aylanishi mumkin. Shu narsa ma’lumki, aynan shu qonuniyatni bilgani uchun ham ko’pchilik o’spirinlar birinchidan, davralarda bo’lishni, qolaversa, birovlarga yoqish uchun tashqi ko’rinishlariga alohida e’tibor berishga harakat qiladilar. Yoqimtoy bo’lishga harakat qilsa-yu, birortaning e’tiborini o’ziga tortolmagan o’spirin esa bu holatni juda chuqur qayg’u bilan boshdan kechiradi. Agar xuddi shunday narsa bir necha marta surunkalik takrorlansa, o’sha yosh davralarga ham bormay qo’yadigan, o’zi haqida yomon fikrlarga boradigan, faqat ayrim xollardagina hammani o’ziga «dushman» bilib, hafa bo’ladigan bo’lib qoladi.
Eksperimental izlanishlarning ko’rsatishicha, sevishganlik o’spirin yoshlarning shaxs sifatlariga bevosita ta’sir ko’rsatib, uning hatti - harakatlarida namoyon bo’ladi. Masalan, sevishganlar boshqalardan farqli, ikki marta ziyod o’zaro gaplashishar, gaplari sira ado bo’lmas ekan.
Bundan tashqari, bundaylar sakkiz (!) marta ortiq bir - birlarining ko’zlariga qarab vaqt o’tkazisharkan.
Yana shu narsa aniqlanganki, sevgi bilan bog’liq hissiyotlar har bir jins vakilida o’ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Masalan, o’spirin yoshlar qizlarga nisbatan romantizmga beriluvchan, tezginada yaxshi ko’rib qoladigan bo’lisharkan. Ularning tasavvuridagi sevgi ancha romantik, ideal ko’rinishga ega bo’ladi. Qizlar esa yigitlarga nisbatan sekinroq sevib qolishadi, lekin sevgini unutish, undan voz kechish ularda osonroq kecharkan. Agar yigitlar bir ko’rishdayok yoqtirib qolgan qizni sevib ham qolishi ehtimoli yuqori bo’lsa (eksperimentlarda sevgi bilan simpatiyaning korrelyasion bog’liqligi kuchli), qizlarda bunday bog’liqlik ancha past ekan, ya’ni hamma yoqtirganlarini ham sevmas ekan, umuman simpatiyaning paydo bo’lishi ham biroz qiyin ekan.
Bunday tashqari, o’spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat hissi nafaqat qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo’ladi, balki aynan shu davrda ota-onaning kadrlanishi va ularga nisbatan sevgi-muhabbat, yaqinlar - aka-uka, opa-singil, hayotda ibrat bo’ladigan kishilarni yaxshi ko’rish, Vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi. Shuning uchun ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari bo’lmish yoshlarni tarbiyalash - jamiyatda insoniy munosabatlarni barqarorlashtirish, odamlar o’rtasida samimiy munosabatlar o’rnatish va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo’lagi sifatida ana shunday samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ’ib etish, kerak bo’lsa, yoshlarga ana shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga singdirishimiz kerak. Sevgi va muhabbat hislari keng ma’noda - Vatanga, yurtga, halqqa, borliqqa, kasbga va yaqin kishilarga qaratilgan bo’lishi kerak.
Qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzu orqali shaxs psixologiyasi va xarakterining yoshga bog’liqligi, yosh davrlari klassifikasiyasi, har bir yosh davrining o’ziga xosligi, yosh davrlari krizislari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Yoshlardagi attraksiya va emosional borlikning namoyon bo’lishi, o’spirinlik davridagi do’stlik, sevgi va sadoqat hislarining ko’rinishlari, ularni tarbiyalash yo’llari ko’rsatib utilgan. Yosh davrlari psixologiyasi va akmeologiyaning kasb tanlash va kasbga yunaltirish muammolari bo’yicha o’zaro bog’liqligi tahlil qilingan. Bu kabi ma’lumotlar talabalarning o’zo’zini anglashlariga va tengqurlari, atrofdagilar bilan yetarlicha o’zaro tushunishlariga yordam beradi.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar qanday?
2. Qanday genotipik omillar shaxs taraqqiyotiga ta’sir etadi?
3. Yosh davrlari qanday klassifikasiyaga ega?
4. O’smirlik davrining alohida belgilari qanday?
5. O’spirinlik davri qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
6. Attraksiya - qanday manoni anglatadi?
7. Do’stlikning belgilari nimada?
8. Sevgining psixologik mohiyati nimada?
9. Simpatiya qanday ko’rinishga ega?
10. Vatan tuyg’usining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyevE.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Psixologiya i pedagogika. Pod redaksiyey A.A.Radugina. Izd.
“Sentr” 2003
3. Gamilton. Ya.S. “Chto takoye psixologiya”. “Piter”, 2002.
4. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
5. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. –
T.:TDPU, 2003. 6. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004.
7. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. –
8. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 9. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
10. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.
11. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 12. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
13. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
14.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
15. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.
16.www. inter – pedagogika. ru.
14-BOB. SHAXS INSONIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA.
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI. PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY TASIR MASALASI. SAMARALI TASIR SIRLARI.
14.1.Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
14.2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni.
14.3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.
14.4. Muloqot va uni o’rganish muammolari.
14.5. Samarali ta’sir psixologiyasi.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsulii deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyektsubyekt tipli (diologik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin va x-zo).
O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari - o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman salom - alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.
XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri deb, bashorat qilgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lunda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsuliini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.
Shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli psixologik xususiyatlarini o’rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar o’zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashinadilar, ta’sir o’tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baxolash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik xodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, xamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, emosional, kognitiv, motivasion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi obyektiv va subyektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.Vo’gotskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, A.V.Zaporojes, A.A.Bodalev, B.F.Lomov,
A.A.Leontyev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar. L.S.Vo’gotskiy bola shaxsi ruxiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomalani tushuntirib deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yo’li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati xamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir”.
L.S.Vo’gotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o’zaro ta’sir baxs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, ruxiy jarayonlarining individualligidir: “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o’sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararao interpsixologik kategoriya sifatida so’ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”.
L.S.Vo’gotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so’ngra esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o’zida saqlaydi.
L.S.Vo’gotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko’rinadiki, muomala intereorizasiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizasiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak, L.S.Vo’gotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari g’oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko’ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz.
V.M.Bexterevning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya jixatidan o’rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o’zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy xayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini xamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik xilma xil va boy bo’lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi.
V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini taxlil etishda uning ko’rinishlari bo’lmish taqlid va ta’sirlanish axamiyatiga to’xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo’lmasa, shaxs xam yuzaga kelmas edi. Chunki taqlid o’z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta’sirlanish esa ijtimoiy jarayonlar namoyon bo’lishining omili tariqasida qaraladi.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga xam ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o’rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir.
V.N.Myasihyevning «Shaxsning munosabatlar psixologiyasi» konsepsiyasiga ko’ra, shaxs “dialogik” xususiyatli, muomalaning shaxsiy tajribasi va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabat maxsuli sifatida namoyon bo’ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emosiya kuchi, xoxish, extiyoj, ijtimoiy yo’nalganlik kabi shaxsni xarakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, xarakatida ifodalanadi.
V.N.Myasihyevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid asarlarining taxlilidan ko’rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xususiyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta’sir etishdagina rivojlanmasdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilarning psixik jarayonlari bilan xam bog’liqligi namoyon bo’lar ekan. Shuning uchun V.N.Myasihyev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko’rinadi.
Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch xil vazifalar va murakkab jarayon tuzilmasini G.M.Andreyeva “Ijtimoiy psixologiya” kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni, ya’ni o’zaro munosabat yoki muloqotga kirishuvchilarning o’rtasida ma’lumotlar almashinuvi
jarayoni sifatida;
2. Muloqotning interaktiv tomoni, ya’ni muloqotga
kirishuvchilarning xulq atvorlariga ta’sir jarayoni sifatida;
3. Muloqotning perseptiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog’liq jarayon sifatida.
O’zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligini B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
A) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
B) individlar o’rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
V) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
G) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
D) bir biriga xamdardlik bildirish imkoniyati;
Ye) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni”.
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko’p qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jahon psixologlarining juda ko’p tadqiqotlari shu fenomenni shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta’sirchan deb qaraydi.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy kiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, so’rashadi, xol-axvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va halklarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega.
Muloqot funksiyalari
22-rasm.Muloqotning funksiyalari
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun
63 kun g’or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o’tgach, u turgan yerda bir o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g’or ichidagi tanxo tirik mavjudotlar edik. Men o’rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg’ura boshladim...»
Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniksa, gaplashib o’tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operasiyalarda odamlar o’z oldida turgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib, sosiometrik texnologiyani, ya’ni so’rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
24-rasm. Мuloqot turlari Insoniyatning muomala quroli til bo’lib, odamlar bir-birlari bilan bo’ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so’zlashish yordamida amalga oshiradilar. Dono xalqimizda so’zlashish qoidasi, tilga ehtiyotkor bo’lish, har bir so’z, har bir jumlani o’ylab gapirish, qisqasi - so’zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko’p ibratli hikmatlar bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori uning madaniy so’zlashishida ko’rinadi. Kimda-ki so’zlashish odobiga rioya qilmasa, unda insoniylik ham ko’rinmaydi. Gap o’rinli va ma’noli aytilgan bo’lsa, uni jim turib tinglamoq foydalidir.
Bu borada so’zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni lozim deb topdik:
n bemavrid gapirmaslik;
n lutf ila yumshoqlik bilan so’zlashish;
n ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish; n eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish; n faqat foydali gaplarni gapirish.
n o’ylab, andisha bilan so’zlash, o’ylamay aytilgan gap pushaymonlik keltirishini yodda tutish;
n kishilar gapirayotganda oraga gap qo’shmaslik, so’zini bo’lmaslik;
n ko’p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas.
Har bir odam kishilarga zarar keltiradigan so’zlardan o’zini saqlashi lozim. Zero, muqaddas Hadisi sharifda aytilganidek, “O’zingga ravo ko’rmagan yomon narsani birovga ham ravo ko’rma”. Buning uchun tilga ehtiyot bo’lish, kishi dilini og’ritadigan, ko’ngilni qoldiradigan, izzat nafsiga tegadigan, or-nomusi, sha’nini oyoq-osti qiladigan so’zni hyech so’zlamaslik darkor. Hamma vaqt shirin so’z bo’lish, doimo yaxshi, ma’nili so’zlash kerak, chunki, tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomon...
Ekstravert |
Introvert |
Suhbatdosh |
Tinglovchi |
Ko’p do’stli |
Bir qancha do’stli |
Katta jamoa |
1-2 kishidan iborat jamoa |
Oson tanishuvchi |
Sekin tanishuvchi |
Fikrlari bilan o’rtoqlashuvchi |
Kamdan-kam o’z fikrini bayon qiluvchi |
Ham ishlaydi, ham suhbatlashadi |
Jim ishlaydi |
Do’stlari davrasini kengaytirishni xush ko’radi |
Do’stlari davrasini kengayishiga o’ta ehtiyotkor |
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va mulokat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan maqsadlaridan biri - o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi - so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o’rtog’ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko’rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, qanday so’zlar vositasida ta’sir etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o’zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to’g’ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.
Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson omili» ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi bo’lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko’pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko’rsatish, ular faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o’rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o’z nuqtai nazariga o’zgalarni professional tarzda ko’ndira olmaslik, «birov» ni, uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir - birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho’zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy yo’nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o’rgatish muammosini chetlab o’tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis - vrach, muhandis, o’qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega bo’lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko’pchilik bilan til topishib, o’z professional mahoratini ko’rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ymoqda. To’g’ri, muloqotga kirishish - ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o’tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini uylab gapiradigan, har bir qadamini uylab bosadigan bo’lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqyesini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o’rganish, guruhlarda to’g’ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga o’rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishiga bog’liq ekan. Noto’g’ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashxur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar 35 - 40 % oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer «Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang» deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo’laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O’qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamizu, yaxshi tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy halaqit beruvchi narsa - bu bizning o’z fikr-o’ylarimiz va xohishlarimiz og’ushida bo’lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo’lamiz, lekin aslida hayolimiz boshqa yerda bo’ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko’p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo’llaymiz: so’zma - so’z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so’zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo’llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa - sherigimiz so’zlarini tinglab, undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g’oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo’lib, «Yo’g’-e?», «Naxotki?», «Qara-ya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o’z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to’g’ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug’diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o’zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o’zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, hyech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning uchun muloqotga o’rgatishning muhim yo’nalishlaridan biri - odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o’rinli foydalanishga o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
n aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
n suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samarali yo’lidir.
n o’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon katnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda katta e’tibor beriladi.
Bu boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi - IPTning bir ko’rinishi bo’lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo’ladigan kommunikativ malaka, ko’nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l-yo’riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rgatish, majlislar o’tkazish, janjalli, nizoli holatlarda o’zini to’g’ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa - trening katnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o’zinikini uygunlashtira olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o’yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.
Qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzu mobaynida shaxs uchun muhim bo’lgan muomalaning texnikalari to’g’risidagi ma’lumotlar keng tarzda keltirilgan. Verbal, noverbal va paralingvistik ta’sir vositalarining amaliyotda qo’llanish usullari ko’rsatilgan. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari va shart-sharoitlari, ijtimoiy institutlarining bu jarayondagi o’rni: “Oila-bog’cha-mahalla-maktab-maxsus va oliy ta’lim muassasalari - mehnat jamoalari” tizimidagi o’rni tahlil qilingan.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1. Muloqot qanday amalga oshiriladi?
2. Muloqotga ehtiyoj qanday sabablarga asosan yuzaga keladi?
3. M uloqot qanday vazifalarni bajaradi?
4. Psixologik ta’sir vositalari qanday?
5. Ta’sirning adresati - kim hisoblanadi?
6. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?
7. Ijtimoiy psixologik trening nima?
8. Treningga qo’yiladigan talablar qanday?
9. Rolli o’yinlarning mohiyati nimada?
10. Guruhiy munozaralar qanday o’tkaziladi?
Adabiyotlar ro’yhati:
1. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994
3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999
4. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
5. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003. 6. Ishmuxamedov R.J. “Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004. 7. Sayidaxmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. –
8. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – Т.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b. 9. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.
10. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil. 11. .Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil. 12. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil
13. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
14.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko,
Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
FAN BO’YICHA IZOHLI LUG’AT (glossariy):
Adekvatlik – teng, o’xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan ma’lumotlarni yig’ish maqsadida qo’llaniladi.
Assosiasiya – psixik xodislar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma’lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi.
Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro’y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi. Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko’chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi. Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko’rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Yosh davri nizolari – o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo’nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o’zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning nisbatan o’zgarmasligi.
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma’lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi – sezgi a’zlariga bevosita ta’sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok etish.
Istedod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog’i bo’lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o’rganiladi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo’lgan xolatning bashorat qilinishi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo’lib, o’zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko’rsatish jarayoni.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar majmui.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog’liq ravishda tekshirish, o’rganish, ma’lumotlar to’plash metodi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g’oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo’luvchi kishilar guruhi.
Ko’nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o’rgansh.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo’lib, bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisidir.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivasiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo’lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo’llari va usullarini ilmiy jihatdan o’rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo’lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat subyekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o’zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik - temperament turlaridan biri bo’lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Monologik nutq – bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog – ma’ruzachi tomonidan nutq so’zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo’lgan jarayon.
Mobil shaxs - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqyeni namoyon qilishi.
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o’zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko’zda tutilishi.
Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo’naltirilishi.
Nizolar – o’zaro ta’sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozisiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko’ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo’lish xususiyatiga ko’ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqye yoki darajaga ko’ra: vertikal va gorizontal; yo’nalishiga ko’ra: destruktiv va konstruktiv.
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Nizo hal etish yo’llari – komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga surish; qochish.
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo’lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan vaqtincha foydalaniladi.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug’chilik asosidagi kichik guruh. Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo’lib, uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo’lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Pilotaj tadqiqot – tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o’tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.
Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o’lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o’rganishning asosiy yo’l-yo’riq va usullari.
Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo’llash jarayoni.
Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo’llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.
Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi o’z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Polilog – guruh ichidagi munozara bo’lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi.
Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Professiografiya - mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o’zaro munosabati va bog’liqligini o’rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma - kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.
Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqye, martabaning inobatga olinishi
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o’ziga yaqin tutgan guruhi.
Sangvinik – temperament turlaridan bo’lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o’zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo’lishi.
Sosiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o’zaro munosabatlarni o’rganishga qaratilgan fan.
So’rov – asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
Ta’lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta’lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste’dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi.
Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.
Tushuncha – narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Tushunish – biror narsaning ma’nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi.
Taxlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo’linib o’rganiladi.
Taqqoslash – narsa va xodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo’lib, shaxsning muloqotga o’rgatish va obro’li bo’lishini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi.
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Tobe shaxs – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko’nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog’liqlik, fikriga bo’ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
Umumlashtirish – voqyelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik - guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, birbirlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari. Ustanovka – yo’nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va obyektlarga nisbatan qanday munosabatda bo’lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan xarakatining tayyorlik xolati. Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirlgan faolligi.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo’lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emosional xolatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo’lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o’ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo’lib, bir qancha xukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo’lib, xissiyot jo’shqinligi, kayfiyatning tezda o’zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir.
Shaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o’zaro ta’sir etish natijasida ro’y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo’lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko’zda tutiladi.
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo’lishi bilan bog’liq psixologik jarayon.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko’ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Emosiya – odam va hayvonlarning subyektiv ifodalangan ichki va tashqi qo’zg’oluvchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Egosentrizm – men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati. O’qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O’yin – faoliyat turlaridan biri bo’lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish xarakatlarini aks ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
O’z-o’ziga baho berish – shaxsning o’z-o’ziga baho berishi.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
«Axloq», «xulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib, ular o’zbek tilida xam o’z ma’nosida qo’llaniladi. Axloq kishilarning xar bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmuidir. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, xamma soxalarda kishilarning xatti-xarakatlarini tartibga solish funksiyalarini bajaradi.
Bakalavriat- o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limidir.
Bilish, anglash-dunyo xaqidagi yangi bilimlar xisoblanadigan subyekt va obyektning o’zaro ta’sirini, voqyelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.
Dars- ma’lum maqsad asosida , belgilangan vaqtda aloxida, bir xil yoshdagi o’quvchilar, yoshlar bilan o’qituvchi raxbarligida olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Darslik- maxsus ravishda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Jamoa-insonparvrlik va javobgarlik ma’suliyatlariga bog’likligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar xamda xamkorlikdagi ijtimoiy ijobiy faoliyatiga asoslangan, kishilarning tashkil etilgan umumiyligi, jamoasidir.
Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun xodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.
Maqsad-bo’lg’usi natijalar xaqida xar doim aqlan o’ylab qurilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
Shaxs dinamikasi - kishiipng ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan xolda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruxiy va ishchan-lik qobiliyatining ijtimoiy axamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tikod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodisallarning qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muxitga xamda o’zining xatti-xarakatlariga bo’lgan subyektiv munosabati.
Evristika ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko’rsatmalari.
Empirik - tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich tadqiqot obyekti to’g’risida xar tomonlama
tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya - go’zallikni xis qilish, atrof-muxitdan go’zallikni payqay olish va tushunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Extiyoj - individning biror narsa-xodisaga muxtojligi va kishining ruxiy quvvati xamda faolligi manbai xisoblanadigan asosiy xususiyati.
Extimollik - tasodifiylik, pedagogik xayotdagi o’zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo’lmagan, extimol kutilgan jarayon.
Uyin faoliyatnini bir turi bo’lib, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bunyod etishga, o’z xatti-xarakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
O’z-o’zini baxolash -shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baxolay olishi.
O’z-o’zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruxiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o’qituvchining faoliyati.
O’qitish - 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o’qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovasion faoliyati - ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O’qitish vazifasi - ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari. O’qitish turlari - sokratcha suxbat metodi, qoloq ta’lim, izoxlashnamoyish etish asosida o’qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o’quv jarayonini algoritmlash, differensiasiyali xamda indnvidual ta’lim va boshqalar.
O’QISH – o’quvchinnng o’z qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xarakat.
Talabalarni kasbga yo’naltirish - talaba-yoshlarga kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiyiqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
O’quv-bilish faoliyati - insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni egallash bilan bog’lik faoliyat.
O’quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash jarayoni.
Qiziqish - shaxs xarakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli shakli.
Xalollik - shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy me’yorlarni rostguylik bilan saqlash.
Xasad - o’zgalarpiig muvaffaqiyatlarini ko’ra olmaslikdan kelib chiqadigan tyyg’u.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni o’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar xolatini aniqlash; bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni eksnerimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqyelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyixa satxi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv ko’planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik satxi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) satxi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baxolash.
Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya, madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini xal qi-
lishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik - ta’lim natijasi o’laroq bilim, malaka va ko’nikmalar majmuidan iborat bir kasbiy gurux doirasidagi faoliyat turi. Pedagogik ixtisoslashish - pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir turi.
Pedagogik malaka - muayyan toifadagi vazifalarni xal qilish imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o’ziga xos tizimidir. U voqyelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog’lik tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini ko’zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Pedagogik maxorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik mulokot - ta’lim oluvchilarning maqsadlari xamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o’zaro aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo’llabquvvatlashni tashkil etishning ko’p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt - shaxslar faoliyatinish turli doiralarida ular bilan muloqotda bo’lishning pedagogik tamoyili, o’lchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda to’g’ri muloqotda bo’la olish malakasi.
Pedagogik texnika –
1) xar bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o’tkazishning samarali qo’llash uchun zarur bo’lgan malaka va kunikmalar majmuasi; 2) xar bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta’minlash uchun zarur bo’lgan malaka va kunikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning o’zaro bog’langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning aloxida turi.
Pedagogik uyin - bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko’zlagan xamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozisiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik voqyelikka va pedagogik jarayong'a bo’lgan intellektual va xissiy munosabati.
Pedagogik xaqqoniylik – o’qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.
Proyektiv malaka - malakaning maxsus turi bo’lib, kutilgan pedagogik natijalarni aniq ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Preskreptiv - me’yoriy.
Psixologiya - I) shaxsning obyektiv borlikni faol aks ettirish jarayonini o’rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o’zaro shartlangan psixik jarayonlar tuplami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko’ngil xazinasi.
Rasionalizasiya - metodlarni yoki biror ish - xarakatni takomillashtirish.
Releksasiya - kuchli xayajon va jismoniy zuriqishdan so’ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy xolati.
Retrospektiv - o’tmishga murojaat etish.
Ruxiy pedagogik tayyorgarlik - pedagogikaning metodologik acoclari va kategoriyalarini, shaxsniig ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning moxiyati, maqsadi va texnologik g’oyalarini bilish. Suxbat - kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo’lmagan zarur axborotni olish uchun qo’llanadigai tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti - ziddiyat va muammoli vaziyat tug’diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy taxlilga muxtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti - bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va amaliy yoki nazariy jixatdan muxim axamiyat kasb etadigan obyektning moxiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Tayzik o’tkazish - uyatga qo’yish, aybdorlik xissi yoki ko’ngli chukkanlarning fikri, xissiyoti, intilishi va moyiliggi ularning ongidan xalos qilish.
Takabbur - o’z manfaatlarini yuqori quyuvchi, manman shaxs.
Takt - misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish.
Ta’lim - I) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoi, ijtimoiy etalonlarnipg ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g’oyaviy-axloqiy kadr, malaka, ko’nikma, axloq meyerlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustakil tizim Tarbiya - 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy xolatiga muntazam va maqsadga muvofiq, tasir etish;
2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati. Pedagogik faoliyat - ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning aloxida turi.
Pedagogik uyin - bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko’zlagan xamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagog nuktai nazari (pozisiyam) - pedagogning dunyoga, pedagogik voqyelikka va pedagogik jarayon bo’lgan intellektual va xissiy munosabati.
Pedagogik xaqqoniylik – o’qituvchinig obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.
Tafakkur inson aqliy faolnyatnning oliy shakli, insonlarni o’rab olgan duyodagi o’zaro bog’langan narsa va xodisalarni bilish jarayoni, muxim xayotiy jarayonlarni xis qilish va muammolarni xal qilish, ma’lum bo’lmagan voqyea xodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra olish. Tafakkur, tushuncha, xukm, xulosa shakllarida namoyon bo’ladi.
Temperament - 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jixatlarinn bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari;
2) shaxsning dinamik xususnyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va xolatlar ritmi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati: Asosiy adabiyotlar: 1. Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizni mоdеrnizаsiya qilish yo’lini izchil dаvоm ettirish – tаrаqqiyotimizning muhim оmilidir. O’zR Kоnstitusiyasi qаbul qilingаnining 18 yilligigа bаg’ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi mа’ruzа. //Хаlq so’zi gаzеtаsi. – 7.12.2010. – № 33-34 (4696-4697). 2. Kаrimоv I.А. Bаrchа rеjа vа dаsurlаrimiz vаtаnimiz tаrаqqiyotini yuksаltirish, хаlqimiz fаrоvоnligini оshirishgа хizmаt qilаdi. 2010 yildа mаmаlkаtimizni ijtimоiy–iqtisоdiy rivоjlаnish yakunlаri vа 2011 yilgа mo’ljаllаngаn eng muhim ustuvоr yo’nаlishlаrgа bаg’ishlаngаn O’zR VMning mаjlisidаgi mа’ruzа. Хаlq so’zi., 21.02.2011.
3. Kаrimоv I.А. Mаmаlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi.O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi Qоnunchilik pаlаtаsi vа Sеnаtning qo’shmа mаjlisidаgi mа’ruzа. //Хаlq so’zi gаzеtаsi. – 2.12.2010.
4. Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri vа chоrаlаri. – T.: “O’zbеkistоn”, 2009. – 54 b.
5. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat-еngilmаs kuch. – T.:
«Mа’nаviyat», 2008. 173 b.
6. Нуркова В.В., Березанская Н.Б. Психология. Учебник. – М.: «Высшее образование образование», 2009. – 575 с.
7. Марцинковская Т.Д., Григорович Л.А. Психология и педагогика. Учебник. – М.: Проспект, 2010. – 464 с.
8. Маклаков А.Г. Общая психология. Учеб. – СПб.: Питер, 2010. – 583 с.
9. Гандапас Р. Камасутра для оратора. Десять глав о том, как получать и доставлять максимальное удовольствие, выступая публично. – М.: ЗАО «Олимп-Бизнес», 2008. – 272 с.
10. Кравченко А.И. Психология и педагогика: Учебник. – М.: ИНФРА-М, 2008. – 400 с.
11. Майерс Д. Психология / Д. Майерс; пер. с англ. И.А. Карпиков, В.А. Старовойтова. – 2-е изд. – Мн.: «Поппури», 2006. – 848 с.
12. Маклаков А.Г. Общая психология: Учебник для вузов. – СПб.:
Питер, 2008. – 583 с.
13. Немов Р.С. Психология: Учебник. – М.: Выс. образ. 2008. – 639 с.
14. Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии. — СПб.: Питер, 2008. —713с.
15. Столяренко А.М. Психология и педагогика: учеб. пособ.– 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007. – 527 с.
16. Подласый И.П. Педагогика: Учебник.- М.: Юрайт.- Издат,
2009.- 540 с.
17. Виненко В.Т. Обшие основы педагогики: учеб пособие.- М.: Дашков И.К., 2008.- 300 с.
18. Ефремов О.Ю. Педагогика: Краткий курс. – СПб.: Питер, 2009. –
256 с.
19. Тертель А.Л. Психология. Курс лекций: учеб. пособие.- М.: Проспект, 2009.- 248 с.
20. Островский Э.В., Чернышова Л.И. Психология и педагогика: Учеб.пособие. - М.: Вузовский учебник, 2008.- 384 с.
21. Karimova V.A., Akramova F.A. Psixologiya. – T.: TGEU, 2006. – 156 s.
22. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
23. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
24. Karimova V.M. va boshk. Mustaqil fikrlash. - T.: Shark.-2000.- 112 b.
25. Karimova V.M., Sunnatova R. «Mustaqil fikrlash» o’quv qo’llanmasi bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.: Shark, 2000.- 16 b.
26. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X.
Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o’quv yurtlari uchun DARSLIK. – T.: TDIU «Talaba», 2007. – 308 b.
Qo’shimcha adabiyotlar: 27. O’zbekistonda biznes keyslar: O’zbekiston Respublikasidagi biznes ta’limotida “Keys–Stadi” uslubining qo’llanilishi. Mualliflar guruhi. – T.: Akademiya, 2006, – 645 b.
28. Yo’ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: O’qituvchi, 2004.– 123 b.
29. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya,
2003.– 234
30. Xo’jayev N. va boshqalar. Pedagogika asoslari. – T., 2003.– 344 b.
31. Xo’jayev N. va boshqalar. Ta’lim nazariyasi. – T., 2003.– 216 b.
32. Лурия А.Р. Лекции по обшей психология. / А.Р.Лурия.- СПБ.: Питер, 2009.- 320 с.
33. Немов Р.С. Общая психология: Краткий курс.- СПБ.: Питер,
2009.- 304 с.
34. Крысько В.Г. Общая психология в схемах и комментариях: Учебное пособие. СПБ.: Питер, 2009.- 256 с. 2 экз.
35. Фрейд З. Введение в психоанализ: Лекции.- СПБ.: Питер, 2007.384 с.
36. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии.- СПБ.: Питер,
2009.-713 с.2 экз.
37. Реан А.А., Бордовская Н.В., Розум С.И. Психология и педагогика.- СПБ.:Питер, 2008.- 432 с.-2 экз.
38. www.inetlibrary.com. Internet-kutubxona
39. www.expert.psychology.ru
40. www.psycho.all.ru
41. www.psychology.net.ru
42. www.psy.piter.com
43. Elektron darslik va o’quv qo’llanma.
44. Ochilova G. Pedagogika. T.: 2005
45. Xayitov O.E. Psixodiagnostika. T.: 2005
Qaydlar uchun
V.M. KАRIMОVА, F.А. АKRАMОVА, G.О. ОCHILОVА,
G.M. MUSАХАNОVА
P Е D А G О G I K А.
Kompyutеrda sahifalovchi: Nasirxo’jayeva D.
Bosishga ruhsat etildi: 30.05.2011 yil. Bichimi 60x84 1/16.
Hajmi 21,0 b.t.,“Times New Roman” garniturasi.
Toshkent Davat Iqtisodiyot Universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100003.Toshkent, O’zbekiston shoh ko’chasi,49-uy.
[1] I.А.Kаrimоv. «Bizning bоsh mаqsаdimiz – jаmiyatni dеmоkrаtlаshtirish vа yangilаsh, mаmlаkаtimizni mоdеrnizаsiya vа islоh etishdir» T. “O’zbеkistоn”. 2005, 64-bеt.
-
[2] .И.П.Подласий.Педагогика.Владос.2007.25-стр.
[3] Хаkimоvа M.Kаsb pеdаgоgikаsi. O’quv qo’llаnmа T, TDIU.- 2007. 36-b
[4] www.ZiyoNet.uz
[5] “Педагогика профессионального образования.” Под. ред. В.А.Сластенина. Москва
«Академиа». 2005. 37-стр
[6] O’zbеkistоn Rеspublikаsining «Tа’lim to’g’risidа»gi Qоnuni. - T.: «O’zbеkistоn», 200143-b.
[7] “Педагогика профессионального образования.” Под. ред. В.А.Сластенина. Москва «Академиа».2005. 48-стр.
[8] Подласый И. П. “Педагогика”. Москва. “Владос» ,2007, 56-срт.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.