Pedagogika fanining predmeti mazmun mohiyati va uning vazifalari

  • Лекции
  • pptx
  • 09.03.2025
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

NMPI
Иконка файла материала Pedagogika fanining predmeti mazmun mohiyati va uning vazifalari.pptx

Pedagogika fanining predmeti mazmun mohiyati va uning vazifalari

Pedagogika predmeti.

Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.

Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutahassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Pedagogika fanining vazifalari.

Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.

Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.

Shaxs

– psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari
va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor
va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya

– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba
asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi,
xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim

o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar
bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish
va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Bilim

shaxsning ongida tushunchalar, shemalar, ma’lum
obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq
haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Ko‘nikma

shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka

–muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning
avtomatlashtirilgan shakli.

Ma’lumot

– ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan
bilim, hosil qilingan ko‘nikma
va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

Rivojlanish

shaxsning fiziologik va intellektual
o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor
va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda
etuvchi murakkab jarayon.

Pedagogika fanlari tizimi.

1.     Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
2.     Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
3.     Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga hos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
4.     Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, halq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.