Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: Paskal dasturi haqida umumiy ma`lumot berish..
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning Paskal dasturlash tili bilan ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars metodlari: Birgalikda o`rganish
(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.)
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Dastur,dasturlash tilining guruhlari, dasturchi, kompyuter tushunadigan til,
2. O’quvchi bajara olishi kerak :.paskal dasturini ishga tayyorlash va unda ishlay olish
3. Uyga vazifa Savollarga javob yozish
Dars jihozi: kompyuterlar, darslik,ko`rgazma
Darsning borishi:
Paskal dasturlash tilining keng tarqalishi va qo’llanilishiga asosiy sabab, uning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Paskal tili universitetlarda qo’llanilgan bo’lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun translyatorlari yaratildi.
1981-yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskal tilining Borland firmasi tomonidan yaratilgan Turbo Paskal 7.0 naqlidan hozirgi davrda keng foydalaniladi. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim — dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.
Integrallashgan muhit — dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo’lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:
avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;
kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;
dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo’lishi;
sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo’lishi kerak.
Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o’tilgan vazifalardan tashqari yana bir qancha vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi. Turbo Paskal 7.0 dasturlash tizimi tashqi xotiraning odatda «TP7» nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda, boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo’lib, ular vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan. Turbo Paskal mtegrallashgan muhitini ishga tushiruvchi turbo.exe fayli «BIN» katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda, asosan, yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, «BGI» katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.
Turbo.exe fayli ishga tushirilgach, ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, ishchi maydoni va ma 'lumot satridan iborat .
File (Fayl) menyusi Open (Ochish — Tashqi xotiradagi faylni tezkor xotiraga yuklash), Save (Saqlash), Save as (Boshqa nom bilan saqlash), Exit (Chiqish), Edit (Tahrir) menyusi Cut (Qirqib olish), Copy (Nusxa olish), Paste (Joylashtirish), Run menyusi dasturni ishga tushirish, Compile menyusi dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni «mashina tili»ga o’girib, «EXE» kengaytmali fayl ko’rinishida saqlash) amallarini o’z ichiga oladi.
Menyular tarkibidagi amallarni ma'lum klavishlarni (tezkor klavishlar) bosish orqali ham bajarish mumkin. Quyida asosiy amallarni bajarishga mo’ljallangan klavishlar keltirilgan:
F3 |
ochish (tashqi hotiradagi faylni yuklash) |
F2 |
saqlash |
Alt+F3 |
aktiv oynani yopish |
F6 |
bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish |
Ctrl+F9 |
dasturni ishga tushirish |
Ah+F5 |
dastur natijasini ekranda ko’rish |
Alt+F9 |
dasturni kompilyatsiya qilish |
Alt + x |
chiqish |
Dastur matnini tahrir qilishda quyidagi klavishlardan foydalanish mumkin:
Yo’nalish klavishlari - yurgichni kerakli yo’nalishda siljitish;
Shift + — yurgich turgan joydan boshlab tanlangan yo’nalishda dastur matnining qismini belgilash;
Ctrl+Insert — dastur matnining belgilangan qismi nusxasini xotiraga olish;
Shift+Insert - xotiraga olingan qismni dastur matnining yurgich turgan joyiga o’rnatish;
Shift+Delete - dastur matnining belgilangan qismini o’chirish.
Odatda, dasturchilar yuqorida keltirilgan klavishlardan foydalanib, menyular satriga deyarli murojaat etmaydilar. Bu bir oz bo’lsa ham vaqtni tejash bilan birga, dasturchi e'tibori faqat dastur matnida bo’lishini ta'minlaydi.
Mavzuni mustahkamlash:
1 . Turbo Paskalning graflk holatda ishlashini ta 'minlovchi fayllari qaysi katalogda joylashadi ?
2. Dasturlashning integrallashgan muhiti nima?
3. Turbo Paskal integrallashgan muhiti qaysi dastur yordamida ishga tushmladi?
4. Turbo Paskalning menyular satriga qanday o 'tish mumkin ?
5. Turbo Paskal ishchi maydonidagi dastumi ishga tushirish uchun qaysi klavishlar bosiladi?
Uyga vazifa : Mavzuni o`rganish ,savollarga javob yozish
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.