1-MAVZU: KONFLIKT INSON HAYOTINING AJRALMAS TARKIBI SIFATIDA: KONFLIKTOGENLAR
Reja:
Bolalar va kattalarning turli nizolar va ziddiyatlar bilan to'qnashuvi.
Konflikt vaziyatlarning kelib chiqishida “konfliktogen”larning o’rni
Konfliktogen - konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida.
Tayanch tushunchalar:
Konfliktogenlar, kuch ishlatish, zo‘rlik qilish, odat, manfaat, muhofaza qilish, yoqtirish, bolalar, o`smirlar, do‘pposlash, nizo, piching qilish, kelishmovchilik, his-tuyg‘ular, jizzakilik, agressiya, hovliqmaslik
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Здравомыслов А.Г. Социология конфликта Sotsiologiya konflikta. – M., 1995
Козер Л.А. Функции социального конфликта. Социальный конфликт: современные исследования– M., 1991
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
Axмедова M.T.Педагогик конфликтология.-T.:Адабиёт учқунлари, 2017.-320 б.
Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pеdаgоgik psixologiya.-T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009 y. - 400 b.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. -T.: Iqtisod-moliya, 2011.- 420 b.
Ibrаgimоv Х., Аbdullаеvа Sh. Pеdаgоgikа nаzаriyasi. -T.: Fаn vа tехnоlоgiya, 2008. - 288 b.
Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o‘zi xohlamagan tarzda to‘qnash keladi.
Agar o‘zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg‘urganimiz, o‘z his-tuyg‘ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz.
Masalan, urishib qolgan bolani o‘zimizning ko‘chadan o‘tishga qo‘ymaganimiz, bizga velosipedini bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan chiroyli ko‘ylagingiz boshqa qizlarning havasini keltirgani, ular sizni qutlash o‘rniga “namuncha o‘zingga zeb beribsan?!“ deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida ataylab muzikani baland ovozda qo‘yib qo‘yganingiz,
yoki o‘zingiz yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlaringizni mehmon boladan yashirganingiz mana shunday oddiy konfliktli vaziyatlardir.
Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o‘z maqsadlarimizga yetishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to‘qnashamiz.
Ammo ulg‘ayganimiz sari ikki xil hodisa yuz beradi. Birinchidan, bolaligimizda bizga katta ta’sir o‘tkazgan kelishmovchiliklar ulg‘ayganimiz sari bizga e’tiborsiz, kichik, jiddiy bo‘lmagan hodisalarga, ba’zan esa kulgili holatlarga aylanadi. Ko‘nglimizda, nima uchun shunchalik kuyingan ekanman, deb o‘ylaymiz. Shu oddiy bir narsa menga shunchalik ta’sir qilgan ekanda, deb xulosa qilamiz.
Tabiiy ravishda, katta bo‘lganimizda yoshligimizda urishgan bolani ko‘chamizdan o‘tkazmaslik, yoki mehmondan biror narsani yashirish hayolimizga ham kelmaydi.
Bolalik davrimizda hammamiz ham juda oddiy narsalar uchun kurashganmiz. Ulg‘aygan insonlar ya’ni kattalar konfliktlarga kichiklarga nisbatan boshqacharoq yondoshishadi.
Ikkinchi tomondan esa, ulg‘ayganimiz sari, bizning hayotimizdagi kelishmovchilik, nizo va ziddiyatlar ham o‘sib, ulg‘ayib, kattaroq mazmun va mohiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, o`smir yoshidagi o`quvchilar o‘rtasida ko‘p uchrab turadigan holatlardan biri: arzimagan masalalar ustida gap talashib qolish. Har bir tomon o`z gapining haqiqat ekanligini isbotlamoqchi bo`ladi.
Kelishmovchilik oddiy aytishuvdan mushtlashish darajasigacha borishi ham mumkun, o`quvchilar o‘z emotsiyalariga bo‘ysunishga majbur bo‘ladilar. Emotsiyalar esa bolani haqligi va undan kuchli ekanligini ko`rsatib qo`yishga chaqiradi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.