PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA FANIDAN TAQDIMOT
1-MAVZU: “PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA” FANINING MAZMUNI, MOHIYATI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI
KATTA O`QITUVCHI: N. SULTONOVA
1-MAVZU: “PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA” FANINING MAZMUNI, MOHIYATI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI
Reja:
Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida.
Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida.
Konflikt rivojlanishining asosiy pog‘onalari.
Konfliktologiyaning sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlar bilan o‘zaro aloqasi.
Pedagogik konfliktologiya o‘quv fani sifatida.
Tayanch tushunchalar:
Konflikt, konfliktologiya, nizo, nizoli vaziyat, ziddiyat, tomonlar, to‘qnashuv, kelishuv, sabab va omillar, rivojlanish pog`onalari, fanlar bilan aloqadorlik, pedagogik konfliktologiya, pedagogik jarayon.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi.
Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi.
Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi.
Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?!
Har doim ham konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi?
Konflikt bizning qayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi?
Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday?
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.