Xotira inson xayoti va faoliyatida juda muxim axamiyatga egadir. Xotira odamning o’z o’tmish tajribasini uzluksiz ravishda kengaytirib borishga va amalda foydalanishga imkon beradi.
Xotiradan maxrum bo’lgan odamni bir daqiqa tassavur qilib ko’raylik bunday odam boshqa kishilarni va tevarakatrofdagi narsalarni tanish imkoniyatidan maxrum bo’lgan bo’lar edi u o’z ona tilini unutgan bo’lib, biror jumlani xam ayta olmas edi.
Bunday odamda harakat xotirasi yoqolib, u xech bir harakatni qabul qila olmas edi.
O’tmish tajribaning ongimizda iz qoldirilishi, saqlanishi va uni keyinchalik qayta tiklanishidan iborat bo’lgan jarayon xotira deb ataladi.
Individning o’z xayotiy tajribasini esda olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirishini xotira deb ataladi.
Xotira soxasida quyidagi asosiy jarayonlar:
Esda olib qolish
Esda saqlash
Esga tushirish
unitish jarayonlari bir-biridan farq qilinadi. Ana shu kursatib utilgan xotira jarayonlari avtonom (ya`ni o’z oldiga mustaqil) psixik «qobiliyatlar bo’lla olmaydi. Bu xotira jarayonlari faoliyatda tarkib topadi va ularni faoliyat belgilab beradi.
Ma`lum materialni esda olib qolish xayot faoliyati davomida individual, ya`ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir.
To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushurishni talab qiladi.
Ma`lum materialning katnashmay qolishi yoki faoliyatdan tushib qolishi unda esdan chiqarib qolishga olib keladi.
Materialni saqlab turish deb ataladigan narsa xam shaxsning faoliyatida katnashishi bilan bog’liq, chunki insonning har bir daqiqadagi xatti harakatlari uning butun xayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xozirgi zamon fanida barcha psixik jarayonlarni, shu jumladan, xotira jarayonlarini xam tarkib toptirishga sababchi bo’lgan faktor asosan shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariya tobora e`tirof etilmokda.
Anna shu kontsepsiyaga muvofik esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish jarayonlarining amalga oshirilishi sub`ekt faoliyatida anna shu material qanday o’rinda turishi bilan belgilanadi.
Xotiraning har xil turlarini ajratishda eng umumiy asos qilib xotira harakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga oishiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog’liqligi olinadi.
Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq ravishda bo’linadi.
Ko’proq faoliyatda ko’rinadigan psixik aktivlik harakteriga qarab, xotirani harakat, emotsional obrazli, va mantiqiy xotira turlariga bo’linadi.
Faoliyat maqsadi harakteriga ko’ra, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira turlariga bo’linadi.
Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlsh muddatiga qarab (faoliyatda xotiraning roli va o’rni jixatidan) qisqa muddatli, uzok muddatli va operativ xotira turlariga bo’linadi.
Inson faoliyatining har xil turlarida psixik aktivlikning turlicha ko’rinishlari ustun turishi mumkin.
Masalan, harakat emotsional, sensor inteluktal psixik aktivlik turlari. Anna shu psixik aktivlik turlairning har biri tegishli harakatlar va ularning maxsulotlarida ifodalanadi.
Harakatlarda xissiyotlarda, obrazlarda, fikrlarda o’z ifodasini topadi. Bularga xizmat qiluvchi xotiraning o’ziga xos turlariga psixologiyada tegishli nom berilagan.
Harakat
Emotsional
Obrazli
Mantiqiy xotira.
Harakat xotirasi- turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iboratdir.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda harakat xotira turi ochik oydin utsunlik qiladigan odamlarda uchrab turadi.
Emotsional tuygu xissiyotga xos xotiradir.
Emotsiyalar tuyg’ular bizga extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi olamga nisbatan bizning munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotganligidan doim xabar berib turadi. Shuning uchun har bir kishining xayoti va faoliyatida emotsional xotira juda katta axamiyatga egadir.
Biz boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlab qolgan xissiyotlar va harakatga undovchi yoki o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan saqlab qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
O’zga kishiga hamdard bo’lish qobiliyati, kitob kaxromoni bilan birga qayg’urish emotsional xotiraga asoslanadi.
Agar siz boshdan kechirganlarni bir laxzada eslash bilan qizarish, oqarish qobiliyatiga ega bo’lsangiz agar siz qachonlardir boshdan kechirgan baxtsizlik xaqida o’ylashdan qo’rqsangiz, sizda tuygu xissiyot xotirasi yoki emotsional xotira bor deyish mumkin.
Obrazli xotira tasavvurlar, tabiat va xayot manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, xidlar, ta`mlar bilan bog’liq bo’lgan xotiradir. Xotiraning bu turi –ko’rish, eshitish, tuyish, xid bilish va ta`m bilish xotiralaridan iboratdir.
Agar normal taraqqiy etgan barcha kishilarning xayotiy sharoitlarida kurish va eshitish xotirasi odatda, yaxshi rivojlangan bo’lib, etakchi rol o’ynasa, tuyish xid bilish va ta`m xotiralarini, xotiraning ma`lum ma`noda professional turlari deb atash mumkin.
Ixtiyorsiz xotiraning xayotimizda naqadar katta o’rin egallaganligini har kim xam o’z turmush tajribasidan biladi.
Ixtiyorsiz xotira asosida maxsus mnemik maqsadlarsiz va zo’r berishsiz o’z xayotiy axamiyati hamda xajmi jixatidan tajribalarimizinng kupchilik qismi tarkib topadi.
Biroq inson faoliyatida ko’pincha inson xotirasining boshqarish zarurati tug’ilib qoladi.
Manna shunday sharoitlarda kerakli narsalarni ixtiyoriy ravishda o’rganib olish yoki eslash imkoniyatini beradigan ixtiyoriy xotira katta rol uynaydi.
Operativ xotira tushunchasi inson tamonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi.
Bunda ishni bajarish uchun ayrim oralik natijalarni yordamida saqlab turamiz, bajarayotgan ishimizining oxirgi natijasiga yaqinlashganimiz sari, konkret ishlangan materiallar esdan chiqib qolishi mumkin.
Xudi shunga o’xshagan xammasini biz biron tektsni o’qishda, ko’chirib yozishda va umuman ozmi-kopmi murakkabroq ishni bajarishda kuzatishimiz mumkin.
Proaktiv (oldinga karab sharakat qiluvchi) va Retroaktiv (orkaga karab sharkat qiluvchi) tormazlanish
Qandaydir bir faoliyat doirasida xam, chunonchi qandaydir materialni yod olish jarayonida xam namoyon bo’lishi mumkin.
Ma`lum materialning o’rta qismi oldingi va oxirgi qismlariga qaraganda yomon esda saqlanib qoladi.
Materialning o’rta qismi, agar material xajm jixatidan ayniqsa katta bo’lsa, proaktiv va retroaktiv tormozlanishning salbiy ta`siriga uchraydi.
Unitish jarayoni ozmi yoki ko’pmi chuqur bo’lishi mumkin.
Unitilgan obrazlar yoki fikrlarninng aktuallashtirilishi shunga ko’ra ozmi ko’pmi qiyinlashadi.
Yoki umuman mumkin bo’lmay koladi.
Vaktincha unitish tegishli miya pulsi xujayralarining zo’riqishi natijasida paydo bo’ladigan xaddan ortiq tormozlanish sababli yuzaga kelishi xam mumkin.
Toliqqan paytda esda olib qolishning keskin pasayib ketish sababi anna shunda.
Materialni eslash uchun bo’lgan xaddan tashqari kuchli xoxish natijasida tormozlanish yuzaga keladi.
Vakt o’tishi bilan odam qandaydir. Boshqa ishga chalg’ib ketgach, tormozlanish tarqilib ketadi.
Anna shu paytda esga tushirilishi narsa ko’pincha xotira yuzasiga go’yo o’z-o’zicha sizib chiqadi.
Materialni mustaxkamlashga qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda olib qolishga olib keladi.
Unitsh vaktga bog’liq bo’ladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
· Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.
· Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.
· G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.
· Klimov E.A. Osnovi psixologii. Ucheb. M.: YuNITI, 1997. – 295 s.
· Godfrua J. Chto takoe psixologiya. T. M.: Mir. 1992 – 496 s.
· Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T. 2004y.
· G`oziev E. “Shaxs psixologiyasi” T. 2004y.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.