Пути повышения мотивации обучения учащихся на уроках информатики
Оценка 5

Пути повышения мотивации обучения учащихся на уроках информатики

Оценка 5
Руководства для учителя
docx
информатика
25.07.2020
Пути повышения мотивации обучения учащихся на уроках информатики
O’QUVCHILARNI INFORMATIKA FANIGA QIZIQTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Buxoro viloyat XTXQTMOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchsi N.I.Kamalova Annotatsiya: Maqolada o’quvchilarni informatika faniga qiziqishi oshiruvchi omillar keltirilgan
o'zimizKamalova Maqola.docx

O’QUVCHILARNI INFORMATIKA FANIGA QIZIQTIRISHNING ASOSIY OMILLARI.

Buxoro viloyat XTXQTMOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchsi N.I.Kamalova

 

Annotatsiya: Maqolada o’quvchilarni informatika faniga qiziqishi oshiruvchi omillar keltirilgan.

 

Ta’lim sifati o’quvchilarni ta’limga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, bilim olishga motivatsiya uyg’otish uchun o’qituvchidan ijodkorlik talab qilinadi. Fanini o’rganishga motivatsiya uyg’otish uchun pedagoglar quyidalarga e’tibor qaratishlari lozim:

1.     O’quvchining bilmida oldinga siljish bo’layotganiga ishontirish. Ma’lum vazifani bajarish o’quvchini qo’lidan kela olishiga ishontirsangizgina u siz berayotgan ma’lumotni qabul qiladi.

Masalan, o’quvchiga “Pascal” dasturlash tilidan “shart operatori” o’tilgach, unga “3 ta sondan kattasini topuvchi dastur tuzish” vazifasi berilsa, bu  o’quvchiga murakkablik tug’diradi. Tushunmovchiliklar sabab salbiy hissiyotlar yig’ilib, darsga qiziqishi so’na boshlaydi. Shuning uchun o’quvchilarni o’zlashtirishiga ko’ra guruhlarga bo’lib, har bir guruhdagi o’quvchlarning bilim salohiyatiga ko’ra topshiriqlar berish, maqsadga muvoffiq.

2.     O’tiladigan mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlar hosil qilib, o’quvchini fikrlashga undash. Bunda tabaqalashtirilgan savollardan foydalanish.

O’quvchilarga quyidagi dastur lavhasi namoyish qilinadi:

Var

a:integer;

Bgin

Write(‘Sen necha yshdasan?’);

Read(a)

Write(‘O’tgan yili sen ‘, a+1, ‘ yoshda eding’)

En.

 

Dastlab past o’zlashtiruvchi o’quvchi doskaga chiqariladi va unga dasturdagi xatolarni topish vazifasi beriladi. U qiyinchilikarsiz Begin, yoshdasan, end kabi so’zlardagi xatolarni topa oladi. Keyin o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchiga murojaat qilinadi. U quyidagi qatorlar oxirida tinish belgilari qo’yilishini aytadi:

Read(a);

Write(‘O’tgan yili sen ‘, a+1, ‘ yoshda eding’);

Iqtidorli o’quvchilar esa yuqoridagi xatolarga qo’shimcha qilib,h a+1 yozuvi o’rniga a-1 bo’lishi kerakligini ayta oladi.

3.     O’quvchining xohish istagini inobatga olib, ular yoqtirgan mashg’ulotlariga qiziqish bildirish va qiziqishidan mahrum qilmaslik.

Agar o’quvchining xayoli darsda emas planshetda bo’lsa, qanday yo’l tutgan ma’qul? Yana yuqoridagi mavzu “Pascal” dasturini o’rganishni qaraydigan bo’lsak, o’quvchiga planshetda “Pascal” dasturini o’rnatib “Ikki sonni yig’indisini hisoblovchi” dastur tuzish vazifa qilinsa, informatika faniga qiziqishi yanada ortadi. (Xuddi Pascal kabi office dasturlarini ham android platformasiga o’rnatish mumkin)

4.     Xatolarni tuzatishga imkon berish.

Imtihon payti o’quvchilardan biri oxirgi hisoblashga xatolikka yo’l qo’ydi. Keyingi kuni imtihon savollarini muhokamasida o’quvchi xatosini va aslida to’g’ri javob qanday bo’lishini aytdi. O’qituvchi:- “Nimaga xatongni to’g’irlamading?”- deganida, o’quvchi “baribir bulg’asam ham bahomni past qo’yar edingiz”-deb javob berdi.  Xulosa qilib aytganda, o’quvchi xatolarini o’zi anglagandan keyin uni tuzatishga imkon berish.

5.     Baho yordamida nazoratni kamaytirish.

O’quvchilarga befarqlarcha qo’yilgan ikkidan ko’ra, o’qituvchining “Men sendan ranjidim” degan so’zlari kuchliroq ta’sir qiladi. O’z navbatida kundalikka qo’yilgan zerikarli 5 dan ko’ra o’qituvchining maqtovi motivatsiya uyg’otadi.

6.     O’quvchiga tanlash imkonini berish va shaxsiy “Men”ini ifodalashga imkon yaratish.

Qaysi sinfda o’qishidan qat’iy nazar, o’qituvchi tomonidan o’quvchiga beriladigan e’tibor katta ahamiyatga ega bo’lib qolaveradi. Yechiladigan masalalarni tanlashda o’quvchi bilan maslahatlashish yoki, tanlovni o’ziga qo’yib berish ham uning “men”ini shakllanishiga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, o’quvchini faniga qiziqtirishni istagan o’qituvchi avvalambor o’zi shu fanga qiziqishi kerak bo’ladi.

 

Adabiyotlar

1.     9 советов учителю, как мотивировать учеников, www.poznaysebia.com › kak-motivirovat-uchenikov

2.     Как заставить ребёнка учиться - советы психолога, https://topmpk.jimdofree.com

3.     Как мотивировать учеников?, Newtonewnewtonew.com › school › motivation-problems

 

 

Иштирокчининг тўлиқ Ф.И.Ш.

Kamalova Nilufar Ilxomovna

Шўъба номи

4- шўъба–Аниқ ва табиий фанларни ўқитишда ривожлантирувчи таълим инновацияларидан фойдаланиш ва халқаро  баҳолаш тизими қўлланилишининг долзарб масалалари.

Мақоланинг мавзуси

O’quvchilarni informatika faniga qiziqtirishning asosiy omillari.

 

Лавозими, илмий даражаси,              

унвони

O’qituvchi

Иш жойи

Buxoro viloyat XTXQTMOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi

 

Телефони (коди билан)

+99890 635 18 87

E-mail

kamalova@umail.uz

kamalova@inbox.uz

 


 

Скачано с www.znanio.ru

O’QUVCHILARNI INFORMATIKA FANIGA

O’QUVCHILARNI INFORMATIKA FANIGA

Dastlab past o’zlashtiruvchi o’quvchi doskaga chiqariladi va unga dasturdagi xatolarni topish vazifasi beriladi

Dastlab past o’zlashtiruvchi o’quvchi doskaga chiqariladi va unga dasturdagi xatolarni topish vazifasi beriladi

Xulosa qilib aytganda, o’quvchini faniga qiziqtirishni istagan o’qituvchi avvalambor o’zi shu fanga qiziqishi kerak bo’ladi

Xulosa qilib aytganda, o’quvchini faniga qiziqtirishni istagan o’qituvchi avvalambor o’zi shu fanga qiziqishi kerak bo’ladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
25.07.2020