: Model va modellashtirish haqida tushuncha
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga model va uning turlari haqida tushuncha berish
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kompyuterda masalalar echish malakasini oshirish
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars metodlari: Birgalikda o`rganish
(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.)
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Modelning turlari( Matematik, biologic, fizik modellar)
2. O’quvchi bajara olishi kerak :.Modellar tuzishni
3. Uyga vazifa Savollarga javob yozish
Dars jihozi: kompyuterlar, darslik,ko`rgazma
Darsning borishi:
Hodisa va jarayonlami o 'rganish, unga old masalalarni hal qilish, ularni axborot texnologiyalari asosida modellashtirish va boshqarish orqali amalga oshiriladi. Shu ma 'noda boshqarish, optimal boshqarish tushunchalarini, boshqarishga imkon beradigan aloqa tushunchasini hamdafizik, biologik, iqtisodiy masalalarni modellashtirish, xususan, ma 'lumotlami modellashtirish va kompyuterli modellashtirish haqida tegish/i bilimga ega bo 'lish zamon talabi hisoblanadi.
Model va modellashtirish haqida tushuncha
Masala yechish erkin flkrlashning eng xarakterii va maxsus turidan iborat.
Uilyam Jems
Model (lot. modulus — o'lchov, me'yor) — biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, Yerning modeli — globus, osmon va undagi yulduzlar modeli — planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Qadimdan insoniyatni yaxshi sharoitli hayot yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o'rganib kelishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o'rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya'ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganlar, o'simliklar o'sgan, iqlim qanday o'zgarganligini o'rganaditar. Bular ularga foydali qazilmalar to'plangan joylarni aniqlashga imkon beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini oTganmaydilar — bu bilan tarixchilar shug'ullanadilar. Shu yerning o'zida biz planetamiz tarixiy rivojlanishining taqribiy tavsifiga ega bo'lamiz. Umuman, atrofimizdagi dunyoning barcha tadqiqotlari bizga to'la bo'lmagan va juda aniq bo'lmagan ma'lumot beradi. Lekin bu koinoiga uchish, atom yadrosi sirini bilish, jamiyat rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalaiga xalaqit etmaydi. Tuzilgan model o'rganilayotgan hodisa va jatayonni iloji boricha to'la akslantirishi zarur. Modelning .taqribiylik xarakteri turli ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, tajriba o'tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi; meteosharoitni hisobga olmay tuzilgan yozgi davr samolyotlarning uchish jadvali havo yo'Uari ishining taqribiy modelini ifodalaydi va hokazo.
ifff^ Modellashtirish — bilish obyektlari (fizik hodisa va jara-(|=Jffil yonlar) ni ulaming modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud ^^^ narsa va hodisalarning modellarini yasash va o'rgam'shdir.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda, u ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hoUarda esa murakkab obyektlarni o'rganishmng yagona vositasiga ay-lanadi. Modellashtirish aynjqsa mavhum obyektlarni, olis-olislarda joy-lashgan obyektlarni, juda kichik hajmdagi obyektlarni o'rganishda ahamiyati kattadir. Modellashtirish uslublaridan fizika, astronomiya, biologiya, iqlisod fanlaridaobyektning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Umuman, modellarnitanlash vositalarigaqarabuchguruhga aj-ratish mumkin. Bular abstrakt, fiak va biologikguruhiardir (16- rasm).
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kirishi mumkin. Fizik modellar qatoriga kichik-lashtirilgan maketlar, lurli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kirishi mumkin. Jumladan, Navoiy bog'idagi bolalar temir yo'li ham fizik modelga misol ho'la oladi. Yana modellar bilan qisqacha tanishibchiqaylik.
1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati vageometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o'lchami, tezligi, ko'lami) jihatidan farq qiladigan modellardir. Masalan, samolyot, kema. aviomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari bo'lishi mumkin.
2. Matematik modellar tirik sislemalar tuzilishi, o'zaro aloqalari va funksiyasi qonuniyatlarining malemaiik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo'lib, tajriba ma'lumotlariga ko'ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so'ngra tajriba yo'li bilan tekshirib ko'riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterlarda hisoblash ko'pincha tekshirilayotgan biologik jarayonning o'zgarish xarakterini awaldan bilish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo'li bilan tashkil qilish va o'tkazish ba'zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug'diradi.
3. Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari — molekula, sub-hujayra, hujayra organ-sistema, organizm va shu ka-bilarga xos biologik tuzilish, ftmksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil model foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir.
Biologik model — odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasatlikni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Butida shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, nalijasi kabilar tajriba asosida o'rganiladi. Biologik modetda bar xil usullar: genetik apparatga ta'sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba'zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo'lgan garmonlarni kiritish va boshqa usullar qo'llaniladi. Sunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiyada foydalaniladi.
4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlami fizik yoki kimyoviy vositalarbilan qaytadan hosil qilishdir. Dastlab, hujayra tuzilishi va ba'zi vazifalaming fizik-kimyoviy modeliiii yasashga urinib ko'rilgan. Nemis zoologi O.Byuchli 1892- yilizaytun moyining suvda eriydigan turli moddalar bilau aralashtirdi va bu aralashmani bir tomchi suv bilan omixta qilib, tashqi ko'rinishidan protoplazmaga o'xsbash mikroskopik ko'piklar hosil qildi. Keyinchalik eleklrotexnika va elektronika prinsiplari asosida birmuncha mu-rakkab modellardan nerv hujayralari, uning o'simtalari va sinapslar-dagi bioelektrik potensiallarini ko'rsatuvchi model, shuningdek shartli refleks hosil bo'lishini markaziy tormozlanish jarayonini modellovchi elektron mexanik mashinalar yaratilgan. Sunday modellar odatda toshbaqa, sichqon, it shaklida bo'ladi.
5. Iqtisodiy modellar taxminan XVHI asrdan qo'ilanila boshlandi. F.Kenening ,,lqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko'rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo'nalislilarini o'rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo'jah'gi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste'mol, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo'llaniiadi. Aniq xo'jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy lizim-larni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
Mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar
1. Model deganda nimani tushunasiz?
2. Model hodisa va jarayonni qanday akslantirishi kerak?
3. Modelning taqribiylik xarakteri qanday ko'rinishlarda na-moyon bo'ladi?
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.