Mavzu: O’zgarmas va o’zgaruvchi miqdorlar
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O`zgarmas va o`zgaruvchilar haqida tushuncha berish
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning Paskal dasturlash tili bilan ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars metodlari: Birgalikda o`rganish
(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.)
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Ozgarmas va o`zgaruvchilarl,
2. O’quvchi bajara olishi kerak :.dasturlash tilining alifbosinibilishi kerak
3. Uyga vazifa Savollarga javob yozish
Dars jihozi: kompyuterlar, darslik,ko`rgazma
Darsning borishi:
Paskalda asosan uch xil: o’zgarmas, o’zgaruvchi va massiv (jadval) ko’rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Belgili o’zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi — harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan, ' a ' ; ' B '; ' 9 ' ; ' - ' va hokazo.
Satrli o’zgarmaslar uzunligi 255 ta belgidan oshmagan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma – ketligidan iborat. Masalan, ' Toshkent ' ; ' A 549 ' ; ' *** .'; '37% ' ; ' A = ' ; '..-...-' va hokazo.
Mantiqiy o’zgarmaslar faqat True (rost) yoki False (yolg’on) qiymatlardan birini qabul qiladi.
Sonli o’zgarmaslar ikki turda - butun yoki haqiqiy bo’lishi mumkin. Haqiqiy sonlar, o’z navbatida, qo’zg’almas nuqtali va qo'zg'aluvchi nuqtali sonlarga bo’linadi. Paskal dasturlash tilida o’nli kasrlarning butun va kasr qismini ajratuvchi «vergul» o’rniga «nuqta» yoziladi.
Qo’zg’almas nuqtali sonlar — o’nli kasr ko’rinishidagi sonlardir.
Masalan: - 2.753 ; 283.45; 0.517; - 0.0013.
Qo’zg’aluvchi nuqtali sonlar — eksponensial ko’rinishda ifodalangan sonlardir. Sonlarni bu usulda yozish juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda qo'l keladi.
Masalan, 3400000000 = 3,4*10 9 soni Paskalda 3.4E9 kabi eksponensial ko’rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son mantissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo’zg’aluvchi nuqtali shaklda berilishi, tartib esa faqat butun son bo’lishi mumkin.
Masalan, 37.3879 E-3 = 0.0373879; 5.31 E+5 = 531000;
- 0.075 E-5 = -0.00000075; -2.37 E-4 = -0.000237
Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o’zgaradigan miqdorlar o’zgaruvchi miqdorlar yoki qisqacha o’zgaruvchilar deyiladi. O’zgaruvchilar 63 ta belgidan oshmaydigan o’z nomiga ega bo’ladi. Paskalda o’zgaruvchi nomi lotin harfi yoki tagchiziq ( _ ) belgisidan boshlanadi. O’zgaruvchi nomida faqatgina raqamlar, lotin harflari va tagchiziq belgisi ishlatilishi mumkin. Masalan, abc; _son; mening_ismim; sinf_9.
O’zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, ya'ni ularning turi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Dasturda o’zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so’zi bilan boshlanadi:
Var
O’zgaruvchi: turi;
O’zgaruvchi: turi;
Agar bir nechta o’zgaruvchining turi bir xil bo’lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin:
Var
1-o'zgaruvchi, 2-o'zgaruvchi, ..., n – o’zgaruvchi: turi;
Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o’zgaruvchilar butun sonli o’zgaruvchilar deyiladi. Ular Integer xizmatchi so’zi orqali tavsiflanadi.
Misol: Var i, j : Integer;
Haqiqiy sonli qiymatlar qabul qiladigan o’zgaruvchilar haqiqiy sonli o’zgaruvchilar deyiladi. Ular Real xizmatchi so’zi orqali tavsiflanadi.
Misol: Var burchak, yoyjuzunligi : Real;
Belgili qiymat qabul qiluvchi o’zgaruvchilar belgili o’zgaruvchilar deyiladi. Ular Paskalning Char xizmatchi so’zi yordamida tavsiflanadi.
Misol: Var harf, belgi : char;
Satrli o’zgaruvchilarni tavsiflash uchun Paskalning String maxsus so’zi qo’llaniladi. Bunday o’zgaruvchilar uchun kompyuter xotirasidan 256 bayt (256 ta belgi uchun) joy ajratiladi. Agar satrli o’zgaruvchi qabul qiladigan satrdagi belgilar soni dastur ishlashi davomida ma'lum miqdordan, masalan, 10 ta belgidan oshmasa, kompyuter xotirasini tejash maqsadida uni String[10] orqali tavsiflash maqsadga muvofiq.
Misol: Var qator : String; {qator nomli o 'zgaruvchiga xotiradan 256 bayt ajratildi}
_satr: String[24]; {_satr nomli o 'zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi}
Mantiqiy o’zgaruvchilar Paskalning Boolean maxsus so’zi orqali tavsiflanadi.
Misol: Var katta, kichik : Boolean.
Dasturda faqat tavsiflangan o’zgaruvchilar ishtirok etishi va ular faqat tavsifda ko’rsatilgan turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Miqdorlar qanday turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin ?
2. Belgili o 'zgarmas deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
3. Satrli o 'zgarmaslaming belgili o 'zgarmaslardan farqi mmada ?
4. Sonli o’zgarmaslarning qanday turlarini bilasiz?
5. Mantiqiy o 'zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin ?
6. O 'zgaruvchilarning o 'zgarmaslardan farqi nimada ?
7. O’zgaruvchilami tavsiflash uchun Paskalning qaysi xizmatchi so’zidan foydalaniladi?
8. Sonli o’zgaruvchilar necha turga bo’linadi?
9. Haqiqiy sonli o 'zgaruvchilarning turlariga misollar keltiring.
10. Belgili o’zgaruvchilar qanday tavsiflanadi? Misollar keltiring.
11. Satrli o’zgaruvchilar qanday tavsiflanishi mumkin?
Uyga vazifa : 1,2,3, Topshiriqlarni bajarissh, mavzuni o`rganib kelish
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.