Tekislikning chizmada berilishi.
Charosxon Shakirova Turgunovna
70-rasm
|
Tekislik birinchi tartibli
sirt hisoblanadi. Chunki u birinchi darajali algebraik tenglama bilan
ifodalanadi, ya’ni .
Ortogonal proyeksiyalarda tekislikning fazodagi vaziyati uni berilishini ta’minlovchi elementlarning proyeksiyalari orqali aniqlanadi. Umumiy holda tekislikning fazoviy vaziyatini bir to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lmagan uchta nuqta aniqlaydi. Haqiqatdan, 70-rasmdagi A, B va C nuqtalar fazoda biror Q tekislikning vaziyatini aniqlaydi. Bu nuqtalardan har birining fazoviy o‘rni o‘zgarishi bilan tekislikning vaziyati ham fazoda o‘zgaradi.
Uchta nuqtaning ikkitasi orqali hamma vaqt bir to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. Shuningdek, uchta nuqta yordamida ikki parallel va kesishuvchi chiziqlar o‘tkazish yoki tekis geometrik shakl, (masalan, uchburchak) hosil qilish mumkin.
Chizma geometriyada tekisliklar qo‘yidagi hollar bilan beriladi:
· bir to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lmagan uchta nuqtaning proyeksiyalari bilan (71–a, rasm);
a) b) v) g) d)
71-rasm
· bir to‘g‘ri chiziq va unga tegishli bo‘lmagan nuqtaning proyeksiyalari bilan (71,b- rasm);
· ikki parallel to‘g‘ri chiziq proyeksiyalari bilan (71,v-rasm);
· ikki kesishuvchi to‘g‘ri chiziq proyeksiyalari bilan (71,g-rasm);
· tekis geometrik shakllarning ortogonal proyeksiyalari orqali berilishi ham mumkin (71,d-rasm).
Shuningdek, tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishish chiziqlari orqali berilishi ham mumkin. Masalan 72-rasmda, P tekislik H, V va W proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan PH, PV, PW chiziqlar orqali berilishi ko‘rsatilgan. [1]
Agar biror tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil og‘ish burchak hosil qilsa, uning ikkita izi bir to‘g‘ri chiziqda yotadi. Uchinchi izi esa proyeksiyalarini o‘qi bilan 45° burchak hosil qiladi (72,v-rasm).
a) b) v)
72-rasm
Umumiy va xususiy vaziyatdagi tekisliklar.
Tekislik fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy va xususiy vaziyatlarda joylashishi mumkin.
Umumiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga parallel yoki perpendikulyar bo‘lmasa, uni umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi (72,a-rasm). Chizmada umumiy vaziyatdagi tekislikning izlari proyeksiyalar o‘qlari bilan ixtiyoriy burchak hosil qiladi. Agar biror P tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil burchak hosil qilsa, uning PH va PV izlari Ox o‘qi bilan bir xil burchak hosil qiladi.
Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Agar tekislik proyeksiyalar tekisligining biriga perpendikulyar yoki parallel bo‘lsa, uni xususiy vaziyatdagi tekislik deb ataladi.
Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan tekisliklar proyeksiyalovchi tekisliklar deyiladi.
Ta’rif. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. |
Gorizontal proyeksiyalovchi tekislik
Gorizontal proyeksiyalovchi M(MH, MV) tekislikning MV frontal izi Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi (1.4,a,b-rasm), MH gorizontal izi esa Ox o‘qiga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashgan bo‘ladi. Bu tekislik gorizontal izi MH va Ox o‘q orasidagi b burchak, M va V tekisliklar orasidagi burchakning haqiqiy qiymatiga teng bo‘ladi.
Gorizontal proyeksiyalovchi tekislikka tegishli tekis geometrik shakllarning gorizontal proyeksiyalari to‘g‘ri chiziq bo‘ladi va tekislikning gorizontal izi bilan ustma-ust tushadi (73-b, rasm).
a) b)
73-rasm
Ta’rif. Frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan tekislik frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. |
Frontal proyeksiyalovchi tekislik
Frontal proyeksiyalovchi N(NH, NV) tekislikning gorizontal NH izi Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi (74- a, rasm), frontal NV izi esa ixtiyoriy burchakda joylashgan bo‘ladi. Frontal proyeksiyalovchi tekislikning frontal NV izining Ox o‘qi bilan hosil qilgan a burchagi N va H tekisliklar orasidagi burchakning haqiqiy qiymatiga teng. Frontal proyeksiyalovchi tekislikka tegishli bo‘lgan tekis shakllarning frontal proyeksiyalari to‘g‘ri chiziq bo‘ladi va tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi (74-rasm).
a) b)
74-rasm
Ta’rif. Profil proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik profil proyeksiyalovchi tekislik deb ataladi. |
Profil proyeksiyalovchi tekislik
Bu tekislikning gorizontal GH va frontal GV izlari Ox o‘qiga parallel bo‘ladi (75-a, rasm).
G profil proyeksiyalovchi tekislikning H va V tekisliklar bilan hosil qilgan a va b burchaklari 75-b,rasmda ko‘rsatilganidek haqiqiy kattalikda proyeksiyalanadi.
Shuningdek, profil proyeksiyalovchi tekislik proyeksiyalar o‘qi Ox dan ham o‘tishi mumkin (76,a-rasm). U holda G tekislikning gorizontal GH va frontal GV izlari Ox o‘qida bo‘ladi va tekislikning fazoviy vaziyatini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday hollarda mazkur tekislikning profil izi yoki shu tekislikka tegishli bo‘lgan biror A(A′, A″) nuqtaning ikki proyeksiyasi beriladi (77-,b rasm). Bu nuqtaning A″′ proyeksiyasi orqali tekislikning profil izini yasash mumkin (77-rasm).
Proyeksiyalovchi tekislikning ikkita izini chizmada tasvirlash shart emas. Tekislikning bitta izi, aynan gorizontal proyeksiyalovchi tekislikning gorizontal izi MH, frontal proyeksiyalovchi tekislikning frontal izi NV, profil proyeksiyalovchi tekislikning profil izi GW, orqali ham ularning vaziyatini aniqlash mumkin (78-rasm).
a) b)
75-rasm
a) b)
76-rasm
77-rasm 78-rasm
Proyeksiyalar tekisligiga parallel tekisliklar
Ta’rif. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel tekislik gorizontal tekislik deyiladi. |
Gorizontal tekislik
Bu tekislik bir vaqtda V va W tekisliklarga perpendikulyar bo‘ladi. Tekislikning vaziyatini uning frontal H1V izi aniqlaydi (79-a,b, rasm).
Ta’rif. Frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel tekislik frontal tekislik deyiladi. |
Frontal tekislik
Bu tekislik bir vaqtda H va W tekisliklarga perpendikulyar bo‘ladi. Tekislikning vaziyatini uning frontal V1H izi aniqlaydi (79-a,b, rasm).
Ta’rif. Profil proyeksiyalar tekisligiga parallel tekislik profil tekislik deyiladi. |
Profil tekislik
Profil W1 tekislik bir vaqtda H gorizontal va V frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo‘ladi. Tekislikning fazoviy vaziyatini uning W1H gorizontal va W1V frontal izlari aniqlaydi (79-a,b, rasm).[2]
a) b)
79-rasm
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 50-51 betlar
[2] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 52-56 betlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.