ЭТО ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ПРЕДМЕТУ ИНФОРМАТИКЕ С ЭТОЙ ПРЕЗЕНТАЦИИ МОЖНО ИСПОЛБЗОВАТСА В УРОКАХ ИНФОРМАТИКИ К ШКОЛАМ С УЗБЕКСКИМ ОБУЧЕНИЕМ ДЛЯ УЧЕНИКАМ 8 КЛАССА И МОЖНО ПОЛЬЗОВАТСА В УРОКАХ ЕСЛИ ТЕМА УРОКА СОВПОДАЕТ С ЭТОЙ ТЕМОЙ Я РАДА ЧТО ВЫ ЧИТАЛИ И ПОСМОТРЕЛИ МОЮ РАБОТУ
9-informatika.doc
Olot tuman XTBga
qarashli 12o’rta
umumta’lim maktabi
informatika fani
o’qituvchisi
Choriyev Yo`ldoshning
9sinf informatika fanidan
bir soatlik
0 IXsinf Informatika.
Mavzu: Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash..
Darsnig maqsadi : Ta`limiy o`yinlar va interfaol metodlardan foydalanib
Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlashga doir bilim
ko`nikma va malakalarni mustahkamlash .
a) Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida ta`limning
interfaol usullari yordamida o`quvchilar bilimidagi
bo`shliqlarni to`ldirish .
b) Tarixiy masalalar, milliy o`yinlar yordamida o`quvchilarda
mustaqil fikr yuritishni ,eng yaxshi axloqiy sifatlarni,milliy
g`urur va bag`rikenglik g`oyalarini, kasbhunarga
qiziqishni, iqtisodiy, huquqiy, ekalogik madanyatni tarkib
toptirish fazilatlarni tarbiyalash.
v) Teskor savollar yordamida o`quvchilarning individual
psixologik xususiyatlarni, xotira,ong, mustahkam iroda ,
tasavvur qila olish xususiyatlarni rivojlantirish.
g) DTStalablariPaskal dasturlash tilida belgili va satrli
miqdorlar bilan ishlashni bilish.
Dars tipi: Umumlashturuvchi takrorlash, bilimlarni
mustahkamlash,bilim, ko`nikma va malakalarni
rivojlantirish.
1 Dars turi: Izlanib birgalikda o`rganish, mantiqiy fikrlash.
Dars metodi: Savoljavob, birbiriga o`rgatish, testlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:A.B Ahmedov va Taylaqulov IXsinf informatika
kitobi va uning metodik qo`lanmasi,R.Berdiyev ,
M.Jo`rayev,N.Choriyev «Turbopaskal dasturlash
tili» kitobi va boshqalar.
Dars jihozlari : ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika
vositalari va kompyuterlar..
DARSNING BORISHI.
Tashkiliy qism . Sinf xonasining tozaligini tekshirish va o`quvchilar davomatini
aniqlash.
O`tilgan mavzuni so`rash: Takrorlash. Quyida keltirilgan tarqatma
materiallardagi savollarga javob berish:
1. Informatika faniga qachon asos solingan?
Javob: XX asrning 50yillarida.
2. Tarmoqlanuvchi operatorning umumiy shklini yozing?
Javob: if then else ;
3.Ekranga chiqarish operatorlari qaysilar?
Javob: Write va Writeln.
4. Kiritish operatorlari qaysilar ?
Javob: Read va Readln;
5. Paskal tiliga kim va qachon asos slogan?
Javob: 1969 yilda N.Virt tomonidan.
6. x ni paskal tilida ko`rinishini yozing?
Javob: SQRT(x);
7.
Javob: SQR(x);
8. |x| ni paskal tilida ko`rinishini yozing?
Javob: ABS (x);
2x ni paskal tilida ko`rinishini yozing?
2 Yangi mavzu bayoni :
Paskalda belgi va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun maxsus funksiya va
protseduralar kiritilgan. Bu dasturda biz ularning ba’zilari bilan tanishamiz.
Concat funksiyasi satrlar ketmaketligining konkatsiyasini amalga oshiradi, ya’ni
ularni birbiriga ulaydi. Bu funksiyaning yozilishi quyidagicha:
Concat(s1,s2,…sn);
bunda s1, s2 … sn lar satri yoki o’zgarmaslar bo’lib, mazkur funksiya ularni bir
biriga ketmaket ulaydi.
Length funksiyasi satrning uzunligi (belgilar sonini) aniqlaydi. Uning yozilishi
quyidagicha:
Length (s)
agar a=’informatika’ bo’lsa, n:=Length(a); operatori bajarilganda n ning qiymati
11 ga teng bo’ladi. Chunki informatika so’zida 11ta belgi bor.
Pos funksiyasi satrdan ko’rsatilgan belgini izlaydi. Uning yozilishi quyidagicha:
Pos(b,s);
bunda bbelgi, ssatr bo’lib, Pos funksiyasi s satrdan b belgini izlaydi. Agar belgi
topilsa, funksiya qiymati shu belgining satrida turgan o’rnining son qiymatiga
teng bo’ladi. Agar berilgan satrda izlanayotgan belgi bo’lmasa, Pos funksiyasining
qiymati nolga teng bo’ladi.
Copy funksiyasi satrning ko’rsatilgan qismidan nusxa oladi. Uning yozilishi
quyidagicha:
Copy(s,n1,n2);
Bunda ssatr, n1 va n2butun sonlar bo’lib, Copy funksiyasi s satrning
n1belgisidan boshlab, n2 ta belgining nusxasini oladi. Bularning qo’llanishi
misollar orqali tushuntiriladi.
Paskalda belgili va satrli miqdorlar bilan ishlashga mo’ljallangan bir nechta
standart proseduralar (amallar) mavjud. Quyida ularning bir nechtasini ko’rib
chiqamiz.
Delete protsedurasi satrning ko’rsatilgan qismini olib tashlaydi(o’chiradi). Uning
yozilishi quyidagicha:
3 Delete(s,n1,n2);
Bu yerda ssatr, n1 va n2 butun sonlar bo’lib, Delete amali s satrning
n1belgisidan boshlab, n2 ta belgisini olib tashlaydi. Masalan, a=“bajarilmadi”
bo’lsa, Delete(a,8,2); protsedurasi bajarilgach, natija a=“bajarildi” bo’ladi. Buni
sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
(a=“bajarilmadi” >Delete(a,8,2); > “bajarilmadi” > a=“bajarildi”)
Insert protsedurasi bir satrning ko’rsatilgan joyiga ikkinchi satrni joylashtiradi.
Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Insert(s1,s,n);
Bunda s1 va s – satrli o’zgaruvchilar, nbutun son. Mazkur protsedura s satrga n
o’rindan boshlab s1 satrni joylashtiradi. Bularni ishlatishni misollar orqali
tushuntiriladi.
Savoljavob usuli bilan axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi, ASCII
(Amerikan Standard Code for Information Interchange) kodlar jadvali esga olinadi.
Ba’zan dasturda belgilarning kodlari bilan ishlashga to’g’ri keladi. ASCII kodlar
jadvalini yodga saqlash esa juda mushkul. Shu bois deyarli barcha dasturlash
tillarida belgilarning ASCII kodlarini aniqlovchi va aksincha, ASCII kodiga mos
belgini aniqlab beruvchi standart funksiyalar mavjud. Shunday funksiyalar
Paskalda ham qo’llaniladi.
Ord funksiyasi belgining ASCII kodini aniqlab beradi. Cyr funksiyasi esa ASCII
kodiga mos belgini aniqlaydi.
Darsni mustahkamlash
1. Butun son raqamlari yig`indisini aniqlovchi dastur tuzing?
Var
a,b,k,I,c,d:integer;
h,j:string;
begin
write (‘ Butun sonni kiriting=’); readln (a);
str (a,h);
k:= Length(h);
d:=0;
for i:=1 to k do
begin
j:=Copy(a,I,1);
4 val (j,b,c);
d:=d+b;
end;
writeln (a,’ ‘, ning raqamlar yig`indisi=’,d);
readln; end.
2. Berilgan «Alisher Navoiy», «yilda tug`ulgan» jumlari va 1441 sonidan «Alisher
Navoiy 1441 –yilda tug`ulgan» shatrni hosil qiluvchi dastur tuzing?
Var
Const a:= ‘ Alisher Navoiy’; b:= ‘yilda tug`ulgan’; c:=1441;
Var yil, s:string;
Begin
Str(c,yil);
S:=Concat(a,yil,b);
Writeln(s);
End.
3. Quyidagi fynksiyalar bajarilganidagi natijasini aniqlang.
a) Concat(’o’,’na’);
operatori bajarilganida ‘ona ‘ hosil bo’ladi.
b) Concat(’ya’,’sha’,’sin’);
operatori bajarilganida ‘yashasin ‘ hosil bo’ladi.
d) a:=’dunyo’;Length(a);
operatori bajarilganida 5 soni ga teng bo’ladi.
e) Pos(‘o’, ‘bahor’);
operatori bajarilganida 2 soni ga teng bo’ladi.
f) Copy(‘kino’,1,2)+ Copy(‘oftob’,3,3).
operatori bajarilganida ‘kitob’ ga teng bo’ladi.
4. Kiritilgan so’z palindrom bo’lishini tekshiruychi dastur tuzing.
Program palindrom;
var m: String;
n,i,j:integer;
label 1,2;
Begin
writeln(' so’zni kiriting');
Readln(m);
n:=length(m);
For i:=1 to n do
Begin
j:=n;
Repeat
if copy(m,i,1)= copy(m,j,1) then goto 2;
writeln(' soz palindrom emas'); Goto 1;
j:=j1;
Until j>n;
5 end;
2:writeln (' so’z palindrom');
1:end.
Testlar .
1.Informatika faniga qachon asos solindi
a) XX asrning 50yillarida
b) 1996 yilda
c) IX asr oxirida
d) 986 yilda
e) XX asrning 80yillari boshlarida
2. Informatika o`rganadigan tushunchalarni sanab bering.
a) Matematik model’, EHM, programma
b) Axborot, algoritm, matematik model’
c) Axborot, algoritm, programma
d) EHM, sanoq sistemalari, programma, axborot.
3. Informatika bu fanning shunday tarmog’iki, u ilmiy axborotlarning
tarkibi , umumiy xossalarini o`rganadi va ularni ......... .... masalalari bilan
shug’ullanadi
a) yig’ish, saqlash, axtarish, qayta ishlash, uzatish.
b) to`plash, ko`rish, o`rganish, saqlash, tarmoqlash.
c) tashqi xotirada saqlash, arifmetik amal bajarish.
d) bilish, shug’ullanish, topshirish.
4. EHMlar rivojlanishi qisqa muddat ichida nechta avlod yo`lini bosib o`tdi.
a) birta
b) oltita
c) to`rtta
d) ikkita
5. Birinchi avlod EHMlarning asosiy element bazasini nimalar tashkil etadi.
a) tranzistorlar
b) elektron lampalar
c) yarim o`tkazgichlar
d) integral sxemalar
6. Ikkinchi avlod EHMlarning asosiy element bazasini nimalar tashkil etadi.
a) yarim o`tkazgichlar
b) tranzistorlar
c) elektron lampalar
d) integral sxemalar
7. Uchinchi avlod EHMlarining element bazasini nima tashkil qilar edi.
6 a) tranzistorlar
b) elektron lampalar
c) yarim o`tkazgichlar
d) integral sxemalar
8. To’rtinchi avlod EHMlarning asosiy element bazasini nimalar tashkil etadi.
a) tranzistorlar
b) elektron lampalar
c) yarim o`tkazgichlar
d)katta integral sxemalar
9. Informatika fani nimani o`rganadi
a) axborotlarni o`lchash va uzatish
b) axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish qonun
qoidalarini
c) axborotni saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanadi
d) hamma javoblari to`g’ri
10. Axborot texnologiyalari bu ...
a) axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari
majmuasidir.
b) komp’yuter va uning qurilmalari ishlash tamoyillarini o`rganadigan
fan
c) fayl
d) to`g’ri javob yo`q.
test javoblari
1
a
2
c
3
a
4
c
5
b
6
a
7
d
8
d
9
b
10
a
Uyga vazifa:
№ 3
Kiritilgan so’zdan “ona” so’zini hosil qilish imkoniyatini aniqlovchi dastur
tuzing.
Program misol;
var x,y,k1,k2,k3:string;
n,i:integer;
begin writeln ('so’z kiriting');
7 readln (x);
n:=length (x);
for i:=1 to n do
begin
if copy (x,i,1)='o' then
k1:='o'else
begin
if copy (x,i,1)='n' then
k2:='n'else
begin
if copy (x,i,1)='a' then
k3:='a';
end;end; end;
y:=concat (k1,k2,k3);
if y='ona' then
writeln ('natija ',y)
else
writeln ('kiritilgan so’zdan ona sozi hosil bo’lmadi, afsus');
end.
8
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
ТЕСТЫ ПО ИНФОРМАТИКЕ
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.