Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma
Оценка 4.9

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Оценка 4.9
pdf
25.06.2021
Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma
UMUMIY PEDAGOGIKA metodichka.pdf

O‗ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI ―PEDAGOGIKA‖KAFEDRASI

 

             

 

 

―UMUMIY PEDAGOGIKA‖ FANIDAN SEMINAR MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH BO‘YICHA METODIK KO‘RSATMA

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BUXORO-2020

Fakultet  Kengashining  «__» _ __2020   yilda bo„lib o„tgan _ _ sonli majlisida ko„rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.                     

 

Ushbu metodik qo‘llanmada O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖ talablari asosida ― Xorijiy til va adabiyot ta‘lim yo‗nalishlari talabalarining ―Umumiy pedagogika‖ fanidan seminar mashg‗ulotlarini tashkil etish va  bajarish bo‗yicha masalalar batafsil yoritib berilgan.

 

 

 

Tuzuvchilar:

U.Fayziyeva

G.Saidnazarova 

F.Ramazonova 

 

 

Taqrizchi:

Zaripova G.K  

 

 

 

Ushbu metodik ko‘rsatma pedagogika kafedrasining 2020 yil ―___‖ ______________dagi  ____-son yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va fakultet o‘quv-uslubiy Kengashi muhokamasiga tavsiya qilindi.

 

                                                 

Kafedra mudiri:                             Sh.Sh.Olimov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 

Umumiy pedagogika  fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga mo‘ljallangan ushbu metodik ko‘rsatmaning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim to‘g‘risidagi qonun vazifalaridan kelib chiqqan holda hozirgi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda ularning amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirish, o‘quv mehnati va dam olish madaniyatini uyushtirishdir.O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etilishini ta‘minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolar jamiyati qurishga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, jamiyatni ma‘naviy yangilashga, jahon hamjamiyatiga uyg‘unlashuvga qaratilgan yo‘lni tanlab oldi. Mamlakatning o‘ziga хos mentalitetini hisobga olgan holda O‘zbekiston tanlab olgan o‘z rivojlanish modeli, shunga olib keldiki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotning taraqqiy etgan mamlakatlarda umume‘tirof etgan tamoyillari hamda me‘yorlari hukmron va muqarrar хususiyat kasb etib, ular respublikaning nafaqat hozirgi holatini, balki uning taraqqiyotini belgilaydi.Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev ―Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun,ularning ma‘naviy-axloqiy jihatdan yetuk,jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz zarur‖ deb ta‘kidlab o‘tdilar.Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma‘rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodlarga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Insonlarning ma‘rifatli va ma‘naviy  komil bo‘lishi - pedagogika fanining asosiy maqsadidir.Umumiy pedagogika fanining  bosh masalasi, predmeti  ta‘lim – tarbiya, shaхsni har tomonlama shakllantirishdir. Tarbiyadagi keng ma‘no ta‘lim, rivojlanish, ma‘lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir.Seminar  (amaliy)  mashg‘ulotlarni  olib  borish – topshiriqlarni individual tarzda yoki guruhda bajarilishi, vaziyatli ishlanma – keys-stadilar usuli, nazariy bilimlar asosida bilimlar va  ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishidir

                           

 

 

 

 

 

 

 

                      1. Seminar- ta‘limni tashkil etish shakli

Seminar - bu ta‘lim beruvchini ta‘lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta‘minlovchi, mashg‘ulotni o‘qitish shaklidir.

Seminar mashg‟ulotining didaktik maqsadlari quyidagilardan iborat: v Bilimlarni, chuqurlashtirish, tizimlashtirish, mustahkamlash. v Bilimlarni tekshirish va nazorat qilish.

v    Kitob bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini singdirish. v Nutq madaniyatini rivojlantirish.

v    O‘z fikrida daliliy turish ko‘nikmasini shakllantirish.

v    Tinglovchilarni savollariga javob berish ko‘nikmasini  shakllantirish.

v    Boshqalarni tinglash, savollar berish ko‘nikmasini shakllantirish.

Ta‟lim beruvchi seminarni samarali o‟tkazish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur:

v    o‘zining tayyorgarligi, bunda savol va javob teхnikasiga ega bo‘lishi;

v    o‘quv guruhining holati: uning motivatsiyasi, uning tashkil etish  хususiyati;

v    o‘quv jarayonining teхnik jihozlanishi.

Seminar mashg‘ulot rejasi asosiy materialni qamrab olishi  va qisqa, aniq, tushunarli bo‘lishi zarur.

Ular tasdiqlovi va savolli shaklda ham ifodalanishi mumkin. Qoidagi muvofiq seminar mashg‘ulotiga 4-6 savollar olib chiqiladi. 

 

2. Seminar turlari va ularning хususiyatlari

Suhbat- seminar. Eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanib, reja bo‘yicha ochiq suhbat shaklda  o‘tkaziladi, ya‘ni qisqa talabalarni so‘zga chiqishlari va o‘qituvchini yakunidan iborat bo‘ladi.

Talabalarni seminar rejasi savollari bo‘yicha tayyorlanib kelishlari nazarda tutiladi. 

Ma‘ruza va referatlarni eshitish va muhokama qilish-seminar

 Bu talabalar o‘rtasida ma‘ruza va referat mavzularini dastlabki taqsimlash va tayyorgarlikni nazarda tutadi. 

Ma‟ruzada uch asosiy qismni ajratadilar: 

1.  Kirish bo‘lib, bunda mavzu uning ahamiyati aniqlanadi;

2.  Asosiy, bunda mavzu mazmuni bayon etiladi.

3.  YAkuniy, bunda mavzu umumlashtiradi, хulosalar qilinadi. Ma‘ruzaning davomiyligi- 20 daqiqadan oshmasligi kerak.

Seminarni asosiy markazi bo‘lib ma‘ruza muhokamasi, savol- javob va ma‘ruza muhokamasi, ma‘ruzachining yakuniy so‘zga chiqishi.   

Referatlarni tayyorlash. Talabaning ijodiy ishining murakkab shakli hisoblanib, u insho yozish, tugallangan mehnatni anglatadi.

Referat mavzulari taqsimlayotganda bir vaqtni o‘zida opponentlarni ham belgilaydilar. Ular oldindan referat mazmuni bilan tanishishlari va unga taqriz tayyorlashi kerak. Taqrizda: uning юtuqlari va kamchiliklarini ko‘rsatish, uni mazmuni bo‘yicha to‘ldirishlarni kiritish юzasidan tavsiyalar berish kerak. Opponentlardan so‘ng muhokamaga talabalar qo‘shiladilar. YAkunda o‘qituvchi referatga, opponentga va boshqa so‘zga chiqqanlarga baho beradi.

Disput (tortishuv)-seminar. Muammoni asosli hal etish юzasidan jamoaviy muhokama qilishni nazarda tutadi. Disput-seminar dialogik muloqat shaklida olib boriladi. U юqori aqliy faollikni nazarda tutadi, tortishuni olib borish, materialni muhokama qilish, nuqtai nazar va o‘z fikrini himoya qilish, o‘z fikrlarini keng va aniq bayon etish ko‘nikmasiga odatlantiradi.

Qo‟shma shakldagi seminar. Bu ma‘ruzalar muhokamasi, erkin so‘zga chiqishlar, shuningdek munozarali muhokamalarning birikmasidir.

 

3. Seminar darsi va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni.

       Seminar mashg‘ulotlari o‘quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish юzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.   Mavzu o‘rganilgunga qadar o‘qituvchi talabalar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. Kirish mashg‘ulotida u talabalarni materialning mazmuni, qilinadigan ishning хarakteri bilan qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi seminar uchun topshiriq beradi va tayyorlanishi uchun adabiyot ko‘rsatadi. Bir хil vazifalar hamma uchun umumiy bo‘ladi, boshqa vazifalar ayrim talabalarga yoki 3 –

4 kishidan tuzilgan guruhga beriladi. Bunda хamma talabalar seminar uchun dasturdagi majburiy materiallar minimumini ishlab chiqishlari kerak.

 Seminarlarga 2 – 3 хafta tayyorgarlik ko‘riladi. Talabalar  adabiyotni o‘rganadilar, material yig‘adilar, har хil kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z aхborotlari юzasidan tezislar tuzadilar.

 Seminarlar o‘qish vaktida o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va uni o‘rganish  uchun ajratilgan vaqtga bog‘liq. Talabalar mashg‘ulotlarda aхborot beradilar; ularga turli хil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda hamma o‘quvchilar ishtirok etishadi. Seminarga puхta tayyorlanish uchun o‘qituvchi ayni bir vazifani хammaga yoki bir necha talabaga berishi, ma‘ruzachini esa mashg‘ulot boshlanishida tayinlashi mumkin.

 

4. Seminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg‘ulotlar.

 Seminar mashg‘uloti o‘qituvchi raхbarligida o‘tkaziladi, u talabalar ishini yo‘naltirib turadi, mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo‘shimcha, tuzatishlar kiritadi, materialni tizimga soladi. Ma‘ruza qilgan, muhokamada qatnashgan talabalarga baho (ball) qo‘yiladi. 

 Bu usulning afzalligi talabalar e‘tiborini darsga jalb etish bilan ularning qiziqishini orttirish, o‘z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish va talabalar qobiliyatini o‘stirishdir. 

 Amaliy tajriba mashg‘ulotlari auditoriya – dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashgulot turi bulib, u maхsus jiхozlangan хona yoki alohida ajratilgan tajriba uchastkasida, shuningdek, bevosita ta‘lim ishiga aloqador ma‘lum ob‘ektni kuzatish, o‘rganish yo‘li bilan olib boriladigan mashg‘ulotdir.

5. Seminar darsini teхnologik yondoshuv asosida tashkil qilish

            Ta‘limning bunday mashg‘ulotlarini tashkil kilish ikki хil yo‘l bilan olib boriladi:

1.  Amaliy tajriba mashg‘ulotlari.

2.  Sayohat (ekskursiya)lar.         

Amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari auditoriyada o‘tilib, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga oid yo‘l – yo‘riq va ko‘rgazmalar er uchastkasida yoki mashg‘ulotning mazmuniga oid joyda beriladi. 

6.Seminar dars jarayonida modellashtiruvchi o‘yinlarni qo‘llash

Ishbilarmon va rol (holat)li o‘yinlar muammoli topshiriqning bir turi. Faqat bunday holatda matnli material o‘rniga, ta‘lim oluvchilar tomonidan o‘ynaladigan sahnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi

O‘qitish usuli sifatida u quyidagi vazifalarni bajaradi:

              o‟rgatuvchi: umumo‘quv malakalarni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, shu jumladan, tushunish, yangi holatlarni shakllantirish va tahlil qilish;

              rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, nutq, atrof-muhit sharoitiga o‘rganish qobiliyatini rivojlantirish;

              qiziqtiruvchi: ta‘lim oluvchilarni o‘quv faoliyatiga undamoq, mustaqil хulosa qabul qilishini rag‘batlantirmoq;

              tarbiyalovchi: mas‘uliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish.

 

O‘yin usullari va dars shaklidagi mashg‘ulot holatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi:

              didaktik maqsad ta‘lim oluvchilar oldiga vazifa ko‘rinishida qo‘yiladi;

              o‘quv faoliyat o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;

              o‘quv material o‘yinning vositasi sifatida ishlatiladi;

              o‘quv faoliyatiga didaktik vazifani o‘yinga aylantiradigan musobaqa bo‘lagi kiritiladi;

              didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.

 

Ishbilarmon o‟yinni rolli o‟yindan farqi nimada?

Ishbilarmon o‘yin ishtirokchilariga hayotiy holatda qurilgan o‘yinli sюjet taklif qilinadi, bunda ishtirokchilar oldiga yagona umumiy maqsad: taklif etilayotgan muammoni echish qo‘yiladi.

SHu bilan bir vaqtda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi lozim. SHuning uchun echimni ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli хususiyatga ega: har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifali maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, undan so‘ng esa uni guruh bilan kelishadi. Alohida vazifali maqsad bajarilishi butun guruh qaror qabul qilish natijalariga bog‘liq. Odatda, ishbilarmon o‘yin davomidagi muaommoni echish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o‘yin ko‘p).

Ishtirokchilar harakatini baholash yakuniy va oraliq natijalar bo‘yicha amalga oshiriladi: oraliq baholash belgilangan maqsadni amalga oshirishda ularning anglab etishini oshirish maqsadida bizga o‘yin davomida ishtirokchilar harakatiga ta‘sir ko‘rsatish imkonini beradi, yakuniy natijani baholashda ishtirokchilarning tashkiliy faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi. Rolli o‘yin, ishbilarmonlik kabi vaziyatda ko‘rsatilgan, muammoni echishda ishtirokchilarning faol birgalikdagi harakatlariga asoslanadi. Mavzu qatnashchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni echish. Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o‘yindagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o‘yinning har bir ishtirokchilar maqsadlari - g‘alaba qozonish, o‘zini ko‘rsatish. Vaziyatli o‘yin yakunlarini nafaqat umumiy maqsadga erishish natijalari bo‘yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha baholanadi.

7. O‘yin usulidan foydalanish yo‘llari

Faoliyatni uюshtiruvchi o‘yinlar: jarayonni modellashtirish faoliyati to‘g‘risida fikrlashni nazarda tutadi, biroq model bilan asosli boy berish va hiyla ishlatish bo‘lmaydi. Rollar shartli, qarorlar esa shtatdagi tashkiliy tuzilmalar doirasidan tashqarida ishlab chiqiladi. Biroq rolli maqsadlar va rollarning o‘zaro harakatlari farqi ta‘minlanadi.

1.1. Loyihalash o‘yin mobaynida, odatdagidek tashkil etishning mavjud tashkiliy tuzilmalarni yaratish yoki isloh qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tashkiliy muammolar hal etiladi.

1.2. Muammoli-yo‘naltirilgan o‘yin mobaynida vaziyatga ta‘sir etuvchi omillarning ko‘pligi va hal qilishning turli variantlarini hisobga olib, muommolarni qo‘yish va echimini izlash amalga oshiriladi. Topilgan echim tekshiriladi: shu erda o‘yinda maqbullari ishlab chiqiladi va o‘ynaladi.

1.3. Tadqiqotchilik o‘yini fandagi yangi qonuniyatlarini ochib berishga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilik o‘yinlari «Agar ... bo‘lsa nima bo‘ladi?» tartibida aniq tashkiliy holatlarni  modellashtiradi. Bu holatlar o‘zgarganida turli variantlarni bashorat qilishga imkon beradi.

 

NAMUNA 

 

1-Seminar.O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi (2 soat)

1.         Ta‘lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari. 

2.         Kadrlar tayyorlash milliy modeli. 

3.         Ta‘lim tizimi va turlari. 

 

Muammoli  blok.  Mustaqillik  davrining  birinchi  choragi  va  2017-2021 yillardagi ―Harakatlar strategiyasi‖ni qiyosiy tahlil etish. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  ―Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi‖ning  ―Kadrlar tayyorlash Milliy modeli‖ bo‗limini konspekt qilish.  

                                                               METODIK KO‘RSATMA

― Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun ― Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma‘qullangan Ushbu qonun 11 bob 75-moddadan iborat.

 

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi:

davlat akkreditatsiyasi — davlat ta‘lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat

ta‘lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta‘lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta‘lim standartlari va davlat ta‘lim talablariga hamda o‗quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e‘tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma‘lumot to‗g‗risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta‘lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‗lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta‘lim standartlariga va davlat ta‘lim talablariga muvofiq ta‘lim beradigan muassasa; davlat ta‘lim standartlari — davlat tomonidan ta‘limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;

davlat ta‘lim talablari — ta‘limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shartsharoitlariga, shuningdek ta‘lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‗yiladigan majburiy talablar; malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini

ifodalaydigan, ma‘lumot to‗g‗risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‗nikmalar darajasi; mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;

nodavlat ta‘lim tashkiloti — davlat ta‘lim standartlari, davlat ta‘lim talablari va o‗quv dasturlariga muvofiq ta‘lim xizmatlari ko‗rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta‘lim xizmatlari ko‗rsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

ta‘lim — ta‘lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‗nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta‘lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‗nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta‘lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‗quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‗z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‗lgan, o‗quv jarayoni, ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta‘minlaydigan ta‘lim-tarbiya muhiti;

ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta‘lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta‘lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;

ta‘lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta‘lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta‘lim standartlari, davlat ta‘lim talablari hamda o‗quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‗yicha davlat nazoratining asosiy shakli.

 

Ta‘lim sohasidagi asosiy prinsiplar

Ta‘lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

ta‘lim ustuvorligining tan olinishi; ta‘lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta‘lim sohasida kamsitishlarga yo‗l qo‗yilmasligi; ta‘lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta‘minlanishi;

ta‘lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta‘limning uzluksizligi va izchilligi;

o‗n bir yillik ta‘limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‗rta ta‘limga tayyorlashning majburiyligi;

davlat ta‘lim standartlari va davlat ta‘lim talablari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun

ochiqligi;

o‗quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta‘lim olishi;

jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta‘lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste‘dodning rag‗batlantirilishi; ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‗unligi;

ta‘lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik

Ta‘lim tizimi:

davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablarini, o‗quv rejalari va o‗quv dasturlarini; davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablari va o‗quv dasturlarini amalga oshiruvchi

ta‘lim tashkilotlarini; ta‘lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;

ta‘lim tizimining faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi

tashkilotlarni o‗z ichiga oladi.

Ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir.

Ta‘lim turlari

Ta‘lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta‘lim va tarbiya; umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim;

professional ta‘lim; oliy ta‘lim;

oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

maktabdan tashqari ta‘lim.

 

 

 

 

 

 

2-seminar  . Pedagoglik kasbi va uning vazifalari (2 soat)

1.                  Pedagoglik  kasbining  paydo  bo‗lishi  va  demokratik  jamiyatda pedagoglik  kasbining  o‗ziga  xosliklari.

2.                  SHarq  va  G‗arb mutafakkirlarining  pedagoglik  kasbiga  doir  fikrlari. Pedagogning  shaxsiy  va  kasbiy  sifatlari.  

3.                  Pedagogik  faoliyatni modellashtirish. 

 

Muammoli  blok.  Pedagogikaning  yangi  sohalari  (neyropedagogika, pedagogik  akmeologiya, pedagogik kvalimetriya, badiiy  pedagogika)ni  o‗rganish va o‗quv loyihasi tayyorlash. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  ―Pedagogika‖  darsligidan  pedagogikaning  ilmiy-tadqiqot metodlarini o‗qib-o‗rganib, konspekt qilish. 

METODIK KO‘RSATMA

O ‗qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma‘naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‗mak bo‗lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini namoyon eta olishi, yetuk 0‗qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlami tayy orlash ishiga o‗zining munosib hissasini qo‗shishi zarur. Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta‘lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib. u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‗tmish qadriyatlari,        o‗rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiyiami tayyorlash to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‗or xorijiy davlatlaming o‗qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta‘lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‗lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari

o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:

1. Mustaqil o‗qib-o‗rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so‘ nggi yangiliklar haqida ma‘lumotlami beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma‘lumotlar, shuningdek, ilg‗or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‗oyalami umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).

2.Tajribali ustoz o'qituvchilar faoliyatini o‗rganish (ta‘lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib. vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o'qituvchilar faoliyatini o‗rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlami kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

3.                  O'qituvchi xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko'nikmalami oshirib borish.

4.                  Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarian pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol  ishtirok etish.

 

Bo‘lajak o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan malakalar

3-Seminar  Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari (2 soat)

1.         Pedagogika  ihtimoiy  fan  sifatida.  

2.         Pedagogikaning  asosiy kategoriyalari. 

3.         Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. 

 Muammoli  blok.  SHaxs  rivojlanishining  yosh  davrlarini  fiziologiya  va psixologiya  fanlari  bilan  aloqadorlikda  tahlil  etish  va  pedagogik  davrlashtirishga tavsif berish. 

 Mustaqil  ta‟lim  bloki.  ―Pedagogika‖  darsligining  mavzuga  bag‗ishlangan bo‗limini  o‗qib  chiqib,  o‗smir  va  o‗spirinlik  yosh  davri  xusussiyatlariga  tavsif yozish.  

 

METODIK KO‘RSATMA

 

Fanning predmeti- ob‘ektdagi bevosita o‘rganiladigan aniq soha bo‘lib, u o‘z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega. 

Predmet – bu tadqiqotchi (sub‘ekt) tomonidan mazkur ob‘ektda  qo‘yilgan vazifani o‘rganish sohasi hisoblanadi.

Pedagogika fanining predmeti- bir butun yaxlitlikdagi pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mohiyati hisoblanib, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi ushbu jarayonda kechadi.

Lo‘nda qilib aytganda pedagogikaning predmeti - inson rivojlanishini ta‘minlaydigan pedagogik jarayondir.

Zamonaviy pedagogik jarayon  bir qator o‘zaro bog‘liqlikdagi jarayonlar: o‘qitish, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, ta‘lim, psixologik tayyorgarlikni o‘zida qamrab oladi. 

Zamonaviy  talqinda pedagogikaning ob‘ekti bo‘lib-pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta‘siri hisoblansa, predmeti esa- o‘zaro ta‘sirning maqsadi, mazmuni, yo‘llari hamda pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topadi. 

4. Pedagogikaning predmeti yanada yaqqolroq holda pedagogik kategoriyalarda namoyon bo‘ladi. Ularning eng ahamiyatlilari: pedagogik jarayon, o‘qitish, tarbiyalash, o‘zo‘zini tarbiyalash, pedagogik printsiplar, ta‘lim va tarbiyaning shakl hamda metodlari hisoblanadi.

Pedagogika-insonning butun hayoti davomida rivojlanish vositasi va faktori sifatidagi pedagogik jarayonni tashkil etish va amalga oshirishning qonuniyatlari, printsiplari, metodlari, vositalari, shakllarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi.

Pedagogik nazariyalar poydevorida inson tabiati, uning etilishi, o‘sishi, rivojlanishi haqidagi g‘oyalar yotadi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‗nalishda tadqiqotlami olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

1.  Pedagogik kuzatish metodi.

2.  Suhbat metodi.

3.  Anketa metodi.

4.  Intervyu metodi.

5.  Ta‘lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

6.  Test metodi.

7.  Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o‗rganish metodi.

9.      Pedagogik tajriba metodi.

10.  Matematik-statistik metod.

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‗llash jarayonida ta‘lim muassasalarining o‗quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etilayotgan muarnmo holati aniqlanadi, tajriba awali va yakunida qo‗lga kiritilgan k.o‗rsatkichlar o‗rtasidagi farq to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‗lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta‘lim-tarbiya sifatini oshirish, o‗quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‗l qo‗ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1)kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 2) kuzatishni tizimli ravishda yo‗lga qo‗yish;

3)kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalami hal etish;

4) har  bir holatning mohiyatini sinchiklab o‗rganish; 5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‗lingan ma‘lumotlami boyitish, mavjud holatga to‗g‗ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogic shartsharoitlami yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi.

Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda Ommaviy shaklda o‗tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlamingimkoniyatlari to‗la-to‗kis namoyon bo‗lishga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:

1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi lavollaming mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchiliikni ta‘minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

3)  suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma‘lum to'xtamga kelish;

4)  suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma‘lumotlarga ega bo'lish;

5)  suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish;

6)  suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil bayon etishi uchun sharoit yaratish; 7) savollaming aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma‘lumotlami o'z vaqtida tahlil qilish.

Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O‗rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi:

1)                 ochiq turdagi savollar (respondentlaming erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon bemvchi savollar);

2)                 yopiq turdagi savollar (respondentlar ha, yo'q, qisman yoki ijobiy, qoniqarli, salbiy va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:

1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatiiii yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‗lmasligi kerak; 3) anketa savollari o'quvchilaming dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur:

4)  anketa savollari respondentlar tomonidan to‗la javoblar berilishini ta‘minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

5)  anketa o‗quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;

6)  anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta‘minlaydi. Intervyu respondent e‘tiboriga turkum savollami havola etish asosida o‗tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

Ekspert varag‘i  №1 Kuzatish metodi

1.  Kuzatish metodi qanday metod?

2.  Kuzatish metodining qanday turlari mavjud?

3.  Kuzatish metodiga bog‘liq хayotiy misol keltiring.

 

Ekspert varag‘i  №2 Suhbat metodi

1.  Suhbat metodi qanday metod?

2.  Suhbat metodini qo‘llashda oldindan nimalarga e‘tibor berish kerak?

3.  Suhbat metodiga bog‘liq хayotiy misol keltiring.

 

Ekspert varag‘i  №3 Test, so‘rovnoma metodi

1.  Test, so‘rovnoma metodi qanday metod?

2.  Testning qanday turlari mavjud?

3.  Test, so‘rovnoma metodini qo‘llab хayotiy misol keltiring.

 

4 –seminar .O‗quvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida (2 soat)

1.         SHaxs tushunchasi. 

2.         SHaxs rivojlanishi. 

3.         SHaxsni shakllantirishga ta‘sir etuvchi omillar.

4.         SHaxs rivojining yosh davrlari. 

 

Muammoli  blok.  Tafakkur  qonuniyatlari  va  yaxlit  pedagogik  jarayon qonuniyatlarini qiyosiy tahlil etish. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  ―Pedagogika  (Pedagogik  ta‘lim)‖  jurnalida  nashr ettirilgan pedagogik jarayon qonun va qonuniyatlariga bag‗ishlangan maqolalarga annotasiya yozish

METODIK KO‘RSATMA

Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi hizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.

Demak, Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shuo‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor.

Shaxsning rivojlanishi esa barcha tuo‘ma va hosil qilingan hususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psihologik hususiyatlar, faoliyat va hatti-harakatning miqdoriy va sifati o‘zgarish jarayonidir. Shaxs rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillari.

Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida Shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Rivojlanish deganda biz Shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma‘naviy kamol topish jarayonini tushinamiz. Pedagogika va psihologiya fani rivojlanishni biologik va sotsial hususiyatlari o‘zaro chambarchas boo‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta‘sir etuvchi omillarni shuningdek, Shaxs kamolotida ta‘lim va tarbiya hamda faoliyatining ta‘siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Shaxs rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta‘sir etadi. 

Shaxsning shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan.

 

Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari.

Biologik omillar

(irsiyat)

 

Ijtimoiy omillar (muhit)

 

Maqsadli tarbiya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yosh davrlari

 

 

Go‘dakli k davri

(tuo‘ilga

nda            bir yoshgac ha bo‘lgan davr)

 

Yoshli davri

(1 yoshdan

3 yoshgacha)

 

Maktabga

cha tarbiya

yoshi

(3 yoshdan

6-7 yoshgacha)

 

Kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha)

 

O‘smirlik davri

(12-15-16 yoshgacha)

 

O‘spirinlik davri (15-16 yoshdan 18 yoshgacha)

 

 

 

 

5-seminar  . Ta‘lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. (2 soat)

1.         Ta‘lim  jarayoni  yaxlit  tizim  sifatida. 

2.         ―Qonun‖,  ―qonuniyat‖  va ―tamoyil‖  tushunchalari. 

3.         Ta‘limning  umumiy  va  xususiy qonuniyatlari.  

 

Muammoli  blok.  Klasterli  yondashuv  asosida  didaktikaning  tizim ko‗rinishida tahlil etish va o‗quv loyihasini tayyorlash. 

  Mustaqil  ta‟lim  bloki.  Pedagogikaga  oid  o‗quv  adabiyotlaridan  ―Didaktik  tizimlar‖ mavzusini konspekt qilish.  

 

METODIK KO‘RSATMA

 

Ta‘limning  mazmunli  va  tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta‘lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka хosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.

Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta‟lim tamoyillarini ajratib ko‘rsatmoqda:

                       ta‟limning ilmiy bo‟lishi;

                       ta‟lim va tarbiyaning birligi;

                       ta‟limning tizimli va izchil bo‟lishi;

                       ta‟limda nazariyaning amaliyot bilan bog‟liq bo‟lishini ta‟minlash;

                       ta‟limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish; 

                       ta‟lim jarayonining ko‟rsatmali va ko‟rgazmali bo‟lishi;

                       bilimlarni puхta va tizimli o‟zlashtirib olish;

                       ta‟lim jarayonida shaхsiy хususiyatlarni hisobga olish; ta‟limda talabalarning yosh хususiyatlarini hisobga olish.

                                                                 Yunoncha       so‘zdan       оlingan       bo‘lib,

Metod (usul)                 ―Metodos‖- usul, yo‘l degan mа‘nоni аnglatadi,             ya‘ni               maqsadga   erishish yo‘lini bildiradi.

Belgilangan ta‘lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta‘lim beruvchi va

Та‘lim berish ta‘lim        oluvchilar  o‘zaro        faoliyatini usuli          tartibli tashkil etish yo‘li

 

Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:

                       So‘z orqali ifodalanadigan metod.

                       Ko‘rgazmali metod.

                       Amaliy metod.

Ta‘lim jarayonida talabalarni o‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha esa quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

-  o‟qitishning ma‟ruza (suhbat) metodi. - o‟qitishning amaliy ishlar metodi.

-  laboratoriya ishlari metodi.

-  mustaqil ishlar metodi.

-  reproduktsiv-evristik metod.

-  ilmiy-tadqiqot metodi.

-  o‟qitishning muammoli-izlanish metodi.

-  o‟qitishning induktiv va diduktiv metodi.

1-slayd

Bilim olish darajasi

(B.Blum taksonomiyasi)

 

 

 

 

 

3-ilova

Blits-so‘rov savollari

Savol

Javob

1.

Ta‘limning      mazmuni         deganda             nimani tushunasiz?

Ta‘limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.

2.

Ta‘lim mazmuni nimalarda o‘z aksisni topgan?

Ta‘lim mazmuni o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ifodalangan

3.

Ta‘lim tamoyillari deganda nimani tushunasiz?

Ta‘lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka хosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.

4.

Ta‘lim jarayonining asosiy mohiyatini aytib bering.

Ta‘lim jarayonining asosiy mohiyati tariхan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ma‘lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi.

5.

O‘qitish metodlariga izoh bering.

Ta‘lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. Metod-

 

 

юnoncha atama bo‘lib, usul, yo‘l degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:

      So‘z orqali ifodalanadigan metod.

      Ko‘rgazmali metod.

      Amaliy metod.

 

4-ilova

Insert teхnikasi            Insert – bu o‘quv jarayonida o‘z anglashini faol kuzatish uchun talabalarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni oхirigacha o‘qib, u erda nima yozilganligini eslab qolmasligi mumkin.  Bu esa nima o‘qiyotganini tushunmay, o‘qish jarayonida faol bo‘lishga qatnashmaydigan hollarning misolidir.

 Insert – bu matn bilan ishlanganda faollikni qo‘llab– quvvatlash uchun kuchli vositadir. Talaba matn bilan ishlaganda faollikni qo‘llab–quvvatlash uchun kuchli vositadir.

       Talaba matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo‘yib boradi ular esa quyidagi ma‘nolarni bildiradi:

V – bilganlarimni tasdiqlaydi

+  – yangi  aхborot

-   –  bilganlarimga zid keladi ? – meni o‘ylantirib qo‘ydi.

 

5-ilova

Matnni Insert usulida o‟rganganda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin

―V‖

―-‖

―+‖

―?‖

“Ha”

o‘qiganlaringiz

dan aniq bilgan yoki

bilaman deb o‘ylagan ma‘lumot

“Manfiy”

o‘qiganlaringiz,

bilganlaringizga

qarama-qarshi ma‘lumot

“Musbat”

o‘qiganlaringiz

orasida siz uchun

yangi bo‘lgan ma‘lumot

“Savol” o‘qiganlaringizdan siz uchun tushunarli

bo‘lmagan yoki shu

haqida ko‘proq narsa bilishni istagan ma‘lumot.

             

6-ilova

 

 

B\B\B teхnikasidan foydalanish tartibi

 Matnni o‘qing,  Insert teхnikasidan foydalaning.

 Jadvaldagi ustunga matndan olingan aхborotlarni alohida bir tizimga solib, belgi qo‘ying. 

 

 

 

№           Mavzu bo‘yicha savollar                 Bilaman                   Bilishni                    Bildim

хohlayman

                                              

                                              

                                              

                                              

 

Kalitli tushunchalar

1.            Ta‘lim             10.       Tamoyil 

2.            Ta‘lim nazariyasi        11.       Nazariya va amaliyot

3.            Bilish  12.       Onglilik 

4.            Metodologiya              13.       Faollik 

5.            Rivojlantiruvchi хususiyat     14.       Ilmiy 

6.            Faollik             15.       Ta‘lim va tarbiya birligi

7          Ta‘lim mazmuni                                           16.      Tizimli 

8.            Ko‘rgazmali    17.       O‘zlashtirish 

9.            SHaхsiy хususiyatlar 18        YOsh хususiyatlar

4.  

 



 

 

 

6-seminar Modernizatsiyalashgan ta‘lim mazmuni. (2 soat)

1.    ―Ta‘lim mazmuni‖ tushunchasi va ta‘lim mazmunini belgilashga doir  yondashuvlar.  

2.    Kompetensiyaviy  yondashuvga  asoslangan ta‘lim  mazmunini  loyihalash.  

3.    Ta‘lim  mazmunini  belgilab beruvchi  asosiy  meyoriy  hujjatlar.  

4.    Darslik  va  uning  vazifalari, unga  qo‗yiladigan  talablar  hamda  o‗quv  qo‗llanmalarning

turlari. 

Muammoli  blok.  Ta‘lim  mazmunini  aniqlashtirishga  doir  yondashuvlarni qiyosiy tahlil etish.  Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, ta‘lim mazmunini tanlash mezonlari va tamoyillarini konspekt qilish. 

METODIK KO‘RSATMA

Ta‘lim nazariya (konseptsiya)lari mazmuni. An‘anaviy pedagogikada formal va moddiv ta‘lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o‗rta ta‘lim mazmuniga qanday ta‘sir etadi?

Formal ta‘lim nazarivasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII—XIX asrlar)  asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi

(bu nom D. Shmit va A.A.Nemeyerning «Printsipo‘ vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta‘limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e‘tirof etadilar. Keyinchalik bu ta‘limot formal ta‘lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g‗oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko‗p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o‗qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o‗quvchining iqtidorini rivojlantirish‘ o‗quvchining to‗g‗ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo‗lishi shart deb hisoblaydilar.

Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationaits» — aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug‗iladi, shu bois ta‘lim o'quvchilarning ma‘lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o‗stirish, ya‘ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta‘lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g'oyalari asosida ish ko‗riladi.

XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiv ta‘lim nazariyasi jadal rivojlandi. Nazariyaning paydo bo‗lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo‗lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o‗zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko‗proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta‘limi mazmunini shakllantirishga bunday yondashishning samarasi kam bo‗lib chiqdi, chunki o‗quvchilarga juda ko‗p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o‗zlashtiriladi.

Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g‗oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» — tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbayi faqat tajriba hisoblanadi, deya ta‘kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o‗quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta‘lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o‗quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta‘lim nazariyasi real vo‗nalish deb ataluvchi maktab ta‘limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o‗qitish qadimgi va g‗arbiy Yevropa tillarini o‗rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o‗zlashtirishga asoslangan.

 

 

hujjatlarnin g nomi

Nimani belgilaydi

hujjatning mazmuni

hujjatning

vazifasi

 

Malaka tavsifnomasi

(DTS)

   Ishlab chiqarish

(korxona)ning ayni ixtisos (kasb) va ayni

malaka egasiga nazariy bilimlarga nisbatan

(nimani biladi) va ishlab chiqarish

tayyorgarligiga

nisbatan (nimani bajara

1.  Kasb, ixtisos

2.  Malaka (kvalifikatsiya)

3.  Texnika bilimlari va maxsus bilimlar

4.  Mehnat uquvlari va malakalari

O`quv reja va dastur tuzishda asos bo`ladi.

Bitiruv malaka imtixonlarida o`quvchilar

bilimlarining

sifatini aniqlash uchun xizmat

 

oladi) qo`yadigan talablari

 

qiladi.

O`quv rejasi

Ta`limning mazmuni va umumiy shart-

sharoitlarini hamda fanni o`rganish tartibini belgilaydi.

1.  Ta`lim muddati.

2.  O`qitishning tuzilishi va tartibi.

3.  O`qitiladigan fanlar ro`yxati.

4.  har bir fanni o`rganish tartibi (vasht jihatidan),

5.  har bir fanga ajratilgan va har bir haftaga tegishli vaqt.

O`qitish ishlarini rejalashtirishda

asos bo`lib xizmat qiladi.

O`quv

dasturi

O`qitishning aniq mazmunini, ayni

fanning hajmini va uni o`rganish tartibini belgilaydi.

1.  Fanning nomi.

2.  Ayni fan, ayrim bob va mavzu bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar hajmi.

3.  Fanni o`rganish tartibi.

4.  har bir mavzuni o`tish uchun belgilangan vaqt.

5.  Ayni fan bo`yicha darslik va qo`llanmalar.

  O`qituvchi va

o`quvchilarning

bajarishi majburiy bo`lgan hujjat.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 7-seminar  Ta‘lim metodlari va vositalari. (2 soat)

1.        ―Metod‖, ―ta‘lim metodi‖, ―usul‖, ―qoida‖ tushunchalari. 

2.        Ta‘lim metodlari  tasnifi. 

3.        Ta‘lim  metodlarining  mohiyati.   Ta‘lim vositalari. 

Muammoli blok. Ta‘lim metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni tahlil etish. 

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, ta‘lim metodlarini turlicha tasnif qilinishi sabablarini aniqlash va konspekt qilish.

 

METODIK KO‘RSATMA

«Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma‘nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta‘lim metodi» tushunchasiga berilgan ta‘riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:

Shuningdek, ta‘lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.

 

 

1-topshiriq. Berilgan terminlar orasidan bilimlarni og`zaki bayon qilish metodlarining nomini bildirgan so`zlarni ajratib yozing: hikoya, illustratsiya, tasvir, suhbat, demonstratsiya, ma`ruza, mashq, evristik suhbat.

2-topshiriq. O`zingiz tanlagan o`quv predmetidan tanlangan mavzuda suhbat va ma`ruza metodidan foydalanish tartibini tushuntiring.

3-topshiriq. Qavs ichida keltirilgan ta`lim metodlarini (suhbat, diktant, hikoya, ma`ruza, individual nazorat, frontal nazorat, tasvir, mashq, joriy nazorat, orliq nazorat, yakuniy suhbat, evristik suhbat, yakuniy nazorat) jadval bo`yicha ikki guruhga ajratib yozing.

O`zaro ta`sirni tashkil etish va boshqarish metodlari

O`zaro ta`sir natijasini nazorat qilish metodlari

 

 

4-topshiriq. Suhbat va ma`ruza metodlari vositasida dars konspekti tuzishni rejalashtiring.

5-topshiriq. O`zingiz istagan o`quv predmetidan simulyativ o`yindan foydalanish rejasini tuzing.

6-topshiriq. O`rtoqlaringizning birontasi bilan bilimlarni og`zaki bayon etish metodlari to`g`risida suhbatlashing.

7-topshiriq. ―Ta`limda didaktik o`yinlar‖ mavzusida munozara o`tkazishga tayyorlaning.

Qavs ichida nazorat metodlari nomi berilgan (oraliq, bayon, individual, guruh, og`zaki, yozma, joriy, diktant, yakuniy, tabaqalashtirilgan, insho, jamoa). Ularni jadvaldagidek uch guruhga ajratib yozing.

 

Vaqtga ko`ra

O`quvchilar miqdoriga ko`ra

Nutq shakliga ko`ra

 

 

 

 

 

8-seminar . Dars – ta‘limni tashkil etishning asosiy shakli. (2 soat)

1.         Dars va unga qo‗yiladigan talablar. 

2.         Darsning turlari va tuzilishi. 

3.         Nostandart darslar. 

  Muammoli blok. Darsning standart va nostandart turlarining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil etish. 

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlardan mavzuga doir qismlarini o‗qib, quyidagi masalalarni yozma bayon etish: 1. O‗qitishning sinf-dars tizimining boshqa ta‘lim tizimlaridan farqi nimada? 2. Nostandart darslarga tavsif yozing. 

METODIK KO‘RSATMA

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TARQATMA MATERIALLAR

1-topshiriq. ―Ta`limning tashkiliy shakllari‖ deganda nimani tushundingiz?

2-topshiriq. Individual, guruh va jamoa ta`limini o`z ixtisosligingizga oid o`quv predmetidan tanlangan misollar bilan bayon eting.

3-topshiriq. Ta`limning tashkiliy shakllariga uch tomondan tavsif tayyorlang:                    A. Alohida o`quvchi jihatidan.

                   B. Bir guruh o`quvchilar.

                   V. Sinf jamoasi.

4-topshiriq. Keltirilgan jadval bo`yicha ta`limning tashkiliy shakllariga annotatsiya yozing. 

Ta`limning tashkiliy shakllari

Ta`limning tashkiliy shakllariga yozilgan annotatsiya

1. Sinf -dars tizimi

 

2. Bell-Lankaster tizimi

 

3. Dalton-reja tizimi

 

4. Qator sinflar tizimi

 

5. Tramp rejasi

 

 

5-topshiriq. Jadvalni to`ldirib yozing.

 

Ta`limning maktab doirasida o`tkaziladigan shakllari

Ta`limning maktabdan tashqari o`tkaziladigan shakllari

 

 

5-topshiriq. Darsning ichki va tashqi belgilarini sanab bering.

6-topshiriq. Darsga qo`yiladigan talablarni uch guruhga ajratib yozing:

1.  Didaktik talablar.

2.  Tarbiyaviy talablar.

3.  Tashkiliy talablar.

7-topshiriq. ―Ta`limning uch maqsadi (ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)‖ mavzusida referat yozing.

 

 9-seminar . O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini tashxis etish  (2 soat)

1.    Ta‘lim  olganlikni  tashxis  etishning  tarkibiy  qismlari. 

2.    O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini na-zorat qilish turlari,  shakl,  metodlari.  

Muammoli  blok.  O‗quvchilarning  o‗zlashtirish  sifatiga  ta‘sir  etuvchi omillarni tahlil etish. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  Pedagogikaga  oid  o‗quv  adabiyotlarini  o‗qib, quyidagi  masalalarni  konspektlashtirish:  

1.    O‗quvchilarning  bilimini  baholashga doir chet el tajribasi.

2.    Ta‘limda o‗zlashtirishdan ortda qolish sabablari.

 

METODIK KO‘RSATMA

 

O‗quvchilarning  bilim,  ko‗nikma  va malakalarini baholash mezonlari. Ta‘lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir.  Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta‘lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.

Nazorat (ta‘lim jarayonida) ta‘lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi. 

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta‘minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob‘ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta‘minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta‘lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.

Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta‘lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta‘lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.

3.  

 

 

 

 

 

 

 

Berilgan jadval bo`yicha reyting nazorati turlarining o`xshash va farqli jihatlarini ko`rsating.

Joiry nazorat

Oraliq nazorat

Yakuniy nazorat

 

 

 

 

10-seminar. Har tomonlama barkamol shxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi. (2 soat)

1.         Milliy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 

2.         Axloqiy fazilatlar va ularning mohiyati. 

3.         Tarbiya  jarayoniga  texnologik yondashuv. 

Muammoli blok. YOshlar tarbiya – strategik masala ekanligini tahlil etish va aniq misollar orqali asoslash. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  Pedagogikaga  oid  o‗quv  adabiyotlaridan  tarbiya tamoyillarini o‗qib, konspekt yozish. 

METODIK KO‘RSATMA

Tarbiva nazarivasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‗lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o ‗rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan yondashish o‗sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‗liq jarayonni ham qaytadan ko‗rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‗z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabilarning ma‘lumotlaridan foydalanadi. 

Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta‘lim nazariyasi hamda xalq ta‘limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‗liq.

Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiva - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o ‗stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‗Iida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo‗naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‗lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo‗lsada, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‗ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‗zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: ―Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat, yo falokat masalasidur‖ .

 

Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagi

ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

 

 

 

 

 

Tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

 

 

 

 

 

 

 

11-12 -seminar  . Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta‘siri. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi. (2 soat)

1. Jamoa  va  uning  o‗ziga  xosliklari.  

2. O‗quvchilar  jamoasini shkllantirish  darajalari  va  bosqichlari

3. Guruh  rahbarining funksiyalari,  huquqlari,  majburiyatlari  va  tarbiyaviy  ish shakllari. 

4. Bolalar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini tashkil etish. 

5. Uyushmagan yoshlar bilan ishlash. 

 

Muammoli blok. Sotsiumning bola rivojidagi ta‘sirini tahlil etish va misollar orqali asoslash. 

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, guruh rahbarining sinfdan tashqarida o‗tkaziladigan ish shakllarini konspekt qilish.

METODIK KO‘RSATMA

Jamoa (lotincha «kollektivus» so‗zining tarjimasi bo‗lib, yig‗ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a‘zo (kishi)lardan iborat bo‗lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‗lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‗quv yurti jamoasi, xo‗jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‗quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‗ynashi to‗g‗risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‗rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‗lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.O‗quvchilar jamoasi o‗ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir.

 

Pinbord (inglizchadan: pin-mustahkamlash; board-doska) - Bu o‘qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suhbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: talabalarda  muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi.

Topshiriq: Talabalar juflikda ―Jamoa tarbiya ob‘ekti va sub‘ekti sifatida‖ mavzusi bo‘yicha belgilangan savollarga yozma shaklda bajarib doskaga yopishtirishadi va mavzuning umumiy ko‘rinishini hosil qilishadi. Savollar:  

Jamoa nima?  

Jamoa (lotincha ―kollektivus‖ – yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a‘zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil etilgan guruh. 

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash nima?  

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega tamoyillardan

biri. 

O‘quvchilar jamoasi o‘zida qanday belgilarni namoyon etadi?  

O‘quvchilar jamoasi o‘zida quyidagi belgilarni namoyon etadi:  Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.

1.            «Bizga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatishda ota-onalarimiz va o‗qituvchilarimiz qanday yo‗llardan foydalanishgan?» mavzusida erkin yozish topshirig‗i.

Topshiriq: «Bizga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishda ota-onalarimiz va o„qituvchilarimiz qanday yo„llardan foydalanishgan?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o„z fikrlaringizni daftarga yozing.

O‗ylagan fikrlaringizni hech qanday to‗xtovsiz bayon eting.

Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‗rsatma:

1.Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‗yicha o‗z fikrlarini yozish so‗raladi.

2.            Besh daqiqa tugagach, vaqt tugaganligi ma‘lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‗iladi.

3.            Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‗rt talaba o‗z yozganlarini o‗qib bergach, o‗qituvchi qolgan tala-balardan   aytilganlariga  o‗xshamaydigan   fikr   kimda  bo‗lsa bildirishlarini so‗raydi.

2. Shaxs ongini shakllantirishga doir amaliy topshiriqlar.

1-topshiriq. Quyida keltirilgan tushunchalardan qaysilari shaxs ongini shakllantirish metodlarini o‗zida ifoda etadi?

1) pedagog obro‗si;                               2) etik suhbat;                           3) hikoya; 

4) ma‘ruza;                                           5) ij-timoiy fikr;                        6) jazolash; 

7) musobaqa;                                        8) ochiqlik;                                9) izohlash;  10) tushuntirish;                                   11) o‗git;                                   12) nasihat;  13) topshiriq;                                       14) ko‗rsatma berish;                 15) namuna; 16) adolatlilik;                                     17) notatsiya;                             18) nazorat; 

19) munozara;                                      20) nutq so‗zlash.

2-topshiriq. Quyidagi muammoli vaziyatlar bilan tanishing va ularni hal eting.

1-muammoli vaziyat. O‗qituvchining hikoyasidan: «O‗g‗lim qorong‗ulikdan va balandlikdan qurqadi. Men imkon boricha uni ana shu qo‗rquvni yenga oladigan sharoitga ko‗yaman: gohida obhavo qandayligini bilib kelish uchun hovliga, gohida esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‗u xonaga yuboraman. O‗yin paytlari ayrim vaqtda chuqurlikka sakraymanda: daraxtning hov anavi navdasini olib ber. Uni emas, narigi yuqoridagisini deyman...»

O‗qituvchi tarbiya jaravnida qaysi metoddan foydalanmoqda? Mazkur yo‗l orqali natijaga erishish mumkinmi?

2-muammoli vaziyat. Dars boshlanishidan avval o‗qituvchi yerda g‗ijimlangan qog‗oz parchasi yotganini ko‗rib, bir o‗quvchidan qog‗ozni olib, axlat qutisiga tashlashni so‗radi. O‗quvchi o‗rnidan turmasdan, qog‗ozni u tashlamaganligi sababli uni olmasligini ma‘lum qildi.

O„qituvchi mazkur vaziyatda qanday yo„l tutishi kerak? Qaysi tarbiya metodini qo„llash orqali vaziyatni ijobiy hal etish hamda guruhni hayratlantirish mumkin ?

3. «Har qanday guruh jamoa bo‗la oladimi?» mavzusida munozarani o‗tkazishga doir ko‗rsatmalar.

1.                  O‗qituvchi munozara uchun savolni muhokama qilish uchun o‗rtaga tashlaydi va o‗ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.

2.                  Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‗lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi.

3.                  Hamma o‗z fikrini bildirib bo‗lgach, o‗qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‗g‗ri javoblar ajratab olinadi.

4.                  O‗quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlarini aniqlashtirishga doir toifalash jadvali.

O‗quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari

O‗quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari

mazmuni

O‗quvchilar jamoasini shakllantirish bosqnchlari

O‗quvchilar jamoasini shakllantirish

bosqichlari mazmuni

 

 

 

 

 

 

7. Guruh rahbarining funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va ish shakllariga doir amaliy topshiriqlar.

1-topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlar bilan tanishing va ularni mazmunan guruh rahbarining qaysi funksiyasini ifoda  etishini aniqlang.

1)                 hududiy, mikromuhit, ta‘lim muassasasi, o‗quvchilarning o‗zlarini rivojlantirish bilan bog‗liq ulardagi ijobiy tashabbuskorlikni qo‗llab-quvvatlash;

2)                 o‗quvchilar tarbiyasidagi mavjud holat va doimiy o‗zgarishlarni aniqlab borish, tarbiyalanuvchi shaxsi hamda individual rivojlanishini tadqiq va tahlil etish, samarali natijalarga erishilmayotganligining sabablarini izlash;

3)                 o‗quvchilar bilan birgalikda tarbiyaviy faoliyatga doir maqsadlarni aniqlashtirish,  guruh rahbarining burchi o‗quvchilarning yoshi va guruh jamoasining shakllanganlik darajasini hisobga

olish;

4)                 o‗z-o‗zining va guruh jamoasi faoliyatini oqilona tashkil etishga yordam berish, pedagogik faoliyatning ketma-ketligini belgilash,   pedagogik   jarayonning   ketma-ketligi,   izchilligi, tizimliligini ta‘minlash;

5)                 tarbiyalanuvchilarning jismoniy, aqliy va ma‘naviy-axloqiy jihatdan to‗g‗ry rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga muvaffaqiyatli moslashuvini ta‘minlash. 2-topshiriq. Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning yechimini toping.

1-masala.  Guruhni bir necha yil davomida saylangan qat‘iy faollar boshqarib, boshqa a‘zolar ularga bo‗ysunib kelishdi. Keyinchalik esa, ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi guruh rahbari avvalgi o‗qituvchining xatosini to‗g‗rilash maqsadida qatiy chora ko‗rdi. Guruhda qat‘iy saylov o‗tkazilib, avvalgi faollar o‗rniga o‗quvchilar orasidan yangi faollar saylandi. Lekin oradan bir oz vaqg o‗tib, saylov o‗zini oqlamaganligini ko‗rsatdi. Yangi saylangan faollarning bir qismi o‗z vazifalarini baja-rishdan bosh tortishsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‗rnatishga harakat qilishdi. Guruhda yangi norasmiy guruhdar tashkil topib, befarq, mas‘uliyatsiz o‗quvchilar soni ikki barobar ortdi.

Sinf rahbari qanday xatoga yo„l qo„ydi? Mazkur vaziyatda qanday yo„l tutish kerak edi? Qanday yo„l bihan faolning jamoani jipslashtirishiga erishish mumkin?

2-masala.

 Guruh rahbari sotsiometriya metodini qo‗llash orqali guruhdagi kamsuqum Aziza guruh sardori Dildoradan ko‗ra katta obro‗ga ega ekanligini aniqladi.

1.O„tkazilgan so„rov natijalariga ko„ra  Dildora guruh sardori sifatida noto„g„ri saylangan, uni Aziza bilan almashtirish kerak, degan xulosaga kelish mumkinmi?

2.Guruh rahbari mazkur vaziyatda qanday yo„l tutishi kerak?

3-masala

Yosh o‗qituvchini IX sinfga rahbar etib tayinlashdi. Bu sinf ancha murakkab bo‗lgan va yaqinda qayta tuzilgan edi. Ana shu sababli sinf jamoa bo‗lib uyushmagan, o‗quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‗qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda o‗tkazilgan har bir tadbir o‗zaro sog‗lom munosabatni o‗rnatishga, yuqori sinf o‗quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o‗quvchilaridan biri o‗z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‗qish uchun bormayman. Bu yerda mening diomo yordamga tayyor do‗stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‗chada do‗stlarim bor edi. Ular bilan juda mazmunsiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‗zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehrini qozonishga, o‗z xatti-harakatlarim uchun javob berishga o‗rgandim, Men sinfimga biror zarar yetkazishdan xavotirlanaman».

1.Yosh sinf rahbari faoliyatini tahlt eting.

2.Ancha jiddiy e‟tiborni talab etadigan sinfda ijobiy natijalarga erishishga nima yordam berdi deb hisoblaysiz?

3-topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlarni o„qing va ularni ikki guruh —rahbarining huquqlari va majburiyatlari tarzida turkumlang.

1.  Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishi haqida ma‘lumotlar olish.

2.  Murakkab  muammolarni   hal  etishda  o‗quvchilarga  yordam ko‗rsatish.

3.  Har bir o‗quvchining o‗zlashtirish ko‗rsatkichlarini nazorat qilish.

4.  O‗quvchilarning o‗quv mashg‗ulotlariga qatnashishini nazorat qilish.

5.  O‗quvchilarning shaxsiy salohiyatining rivojlanishi uchun sinfda maqbul ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.

6.  Mazkur guruhda dars beradigan o‗qituvchilar ishini muvofiqlashtirish.

7.  Maktab jamoasidan zarur pedagogik yordam olish.

8.  Ota-onalar bilan aloqa o‗rnatish va ularga tarbiyaviy ishda yordam berish.

9.  Bolalar bilan individual ishlash tartibini aniqlashtirish.

10.              «Kichik pedkengash», pedagogik konsilium, mavzuli va boshqa tadbirlar o‗tkazish orqali guruh o‗quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

 

Guruh rahbarining 

huquqlari

Guruh rahbarining majburiyatlari

 

 

 

13-seminar . Tarbiyaning umumiy metodlari(2 soat)

1.         Tarbiya  metodlari,  usullari  va  vositalari  tushunchalari.  

2.         SHaxs ongini shakllantirish metodlari. 

3.         SHaxs xulq-atvori va faoliyatini tashkil etish metodlari. 

4.         SHaxsning xulq-atvorini motivatsiyalash va rag‗batlantirish metodlari. 

 

Muammoli blok. Zamonaviy milliy tarbiya metodlarini qiyosiy tahlil etish. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  Pedagogikaga  oid  o‗quv  adabiyotlarini  o‗qib,  o‗z-o‗zini  nazorat  qilish,  o‗z-o‗zini  tarbiyalash  va  o‗z-o‗zini  qayta  tarbiyalash metodlarini konspekt qilish. 

METODIK KO‘RSATMA

Blum savollari. Talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muhim omili – o‘qituvchining ularga va talabalarning o‘zaro bir – biriga beradigan savollari ekan. Ta‘kidlanishicha, o‘qituvchilarni talabalarga berishgan savollarining 80 – 85 foizi, faqat daliliy bilimlarnigina talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran so‘zlash (bashorat) bilangina cheklanar ekanlar.

To‘g‘ri javobi o‘quv adabiyotlarida yaqqol bayon etilmagan yoki o‘qituvchi tomonidan aytib berilmagan savolgina talabani fikrlashga majbur qiladi. Bunday savollarga jahon pedagogikasida

―Blumb savollari‖ nomi bilan mashhur va o‘zlashtirishning oltita; bilish, tushinish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash darajalariga muvofiq bo‘lgan savollar misol bo‘lishi mumkin. Masalan: ―nima uchun?‖, ―taqqoslang?‖, ―tarkibiy qismlarga ajrating?‖, ―eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―buni siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?‖, ―bunga munosobatingiz qanday?‖,  kabi savollar talabalarga yuqori intellektual amallar (tahlil, sintez, baholash) darajasida fikrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha o‘qib bo‘lgandan so‘ng, talabalarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish ham maqsadga muvofiqdir: ―bu parchaga qanday savolar qo‘yish mumkin?‖, ―siz muallifga qanday savol bergan bo‘lardingiz?‖. Talabaning talabalarga beradgan savollari to‘g‘risida fikr yuritilar ekan, uning aniq,  lo‘nda,, tushunarli va ixcham bo‘lishi hamda bir savol faqat bitta o‘quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va h.q.) so‘ralishi zarurligini alohida ta‘kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir. 

Topshiriq: Talabalar mavzuga oid bir-birlariga savol berishadi.   

Savollar: ―Tarbiya metodlari nima uchun qo‘llaniladi?‖, ―Tarbiya metodlarini taqqoslang?‖, ―Tarbiya metodlarini tarkibiy qismlarga ajrating?‖, ―Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―O‘zo‘zini tarbiyalash metodlarining eng muxim xususiyatlari nima?‖,  ―Pedagogik vaziyatlarda rag‘batlantirish va jazolash metodlarini siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?‖, ―Ta‘lim jarayonida o‘zo‘zini tarbiyalash metodlari munosobatingiz qanday?‖ Savol va javoblar:

Tarbiya metodlari nima?  

Tarbiya metodlari (yunoncha ―methodos‖ – tadqiqot usuli, yo‘li) – tarbiya maqsadiga erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta‘sir etish yo‘llari.  Tarbiya metodlari qanday turlarga ajratiladi?  

Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi: 

1.  Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. 

2.  Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari. 

3.  Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.  4. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. 

Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi?  

O‘quvchilarda ma‘naviy-axloqiy sifatlar, e‘tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta‘minlaydi.  Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi?  

Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma‘ruza, ishontirish, nasihat, yo‘riqnoma, munozara, ma‘ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi.  Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari nima?  

Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me‘yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi. 

Qanday metodlar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi?  

Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi. 

Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari qanday metodlar sanaladi?  

Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usullari sanaladi.  Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari sirasida qanday metodlar namoyon bo‘ladi?  

Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari sirasida musobaqa, rag‘batlantirish, jazolash kabi metodlar namoyon bo‘ladi. 

Tarbiya jarayonida rag‘batlantirishning qanday turlaridan foydalaniladi?  Tarbiya jarayonida rag‘batlantirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 

1)      o‘quvchining zimmasiga mas‘uliyatli vazifani yuklash; 

2)      maqtash (ota-onalar, o‘quvchilar jamoasi oldida); 

3)      estalik sovg‘asini berish (badiiy kitoblar, o‘quv qurollari va b.sh.); 

4)      maqtov yorlig‘i bilan taqdirlash; 

5)      maxsus stipendiyalar tayinlash; 

6)      qo‘llab-quvvatlash; 

7)      fotosuratni hurmat taxtasiga qo‘yish; 

8)      jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish; 

9)      safda birinchi o‘rinda turishini ta‘minlash; 

10)  musobaqalarda bayroqdor bo‘lishiga imkoniyat yaratish; 

11)  nomini maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali qayd etish.  Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda qanday jazo choralari qo‘llaniladi?  Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:  1) tanbeh berish; 

2) ogohlantirish;  3) uyaltirish; 

4) hayfsan berish.  O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari qanday metodlar sanaladi?  

O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta‘minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan usullardir.  O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlarining tarbiyalovchilik xarakteri nimada aks etadi?  

O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlarining tarbiyalovchilik xarakteri o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlar, o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta‘minlash, shuningdek, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta‘sirchan vositasi ekanligida aks etadi. Mazkur metodlar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqillikka undaydi. 

 

14-seminar  . Iqtisodiy va ekologik tarbiya.  Fuqarolik tarbiyasi .Ma‘naviy –axloqiy tarbiya (2 soat)

1.         Iqtisodiy  tarbiyaning  maqsad  va  va-zifalari  hamda  uni  amalga oshirish  yo‗llari.  

2.         Ekologik  tarbiyaning  maq-sad  va  vazifalari hamda  uni  amalga  oshirish  yo‗llari. 

3.         ―Iqtisodiy  barqarorlik  – jamiyat rivojining asosi‖ mavzusida tarbiyaviy soat ishlanmasi. 

4.         ―Ekologiya haftaligi‖ ish rejasi. 

Muammoli  blok.  Ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish  va  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojining o‗zaro aloqadorligini tahlil etish. ―Ommaviy madaniyat‖ning ko‗rinishlari va salbiy ta‘sirini tahlil etish. 

Mustaqil  ta‟lim  bloki.  ―Milliy  istiqlol  g‗oyasi:  asosiy  tushuncha  va tamoyillar‖  kitobining  ―Milliy  mafkuramizning  asosiy  g‗oyalari‖  bo‗limini konspekt qilish. SHarq  allomalarining  ma‘naviy-axloqiy  tarbiya to‗g‗risidagi fikrlarini alohida ajratib, konspekt qilish

METODIK KO‘RSATMA

Ekologik tarbiya 

  Ekologiya  so‘zi  «tom»  yoki  «uy»  degan  ma‘noni  anglatib,  nemis  olimi  Ernest  Gekkel  tomonidan  birinchi  bor  fanga  kiritilgan.  Ekologiya  fani  hozirgi  bozor  munosabatlari  davrida  ko‘pgina  tarmoqlarga  ega:  o‘simliklar  ekologiyasi,  zooekologiya,  tuproq  ekologiyasi,  inson  ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha  obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning  optimal darajasini aniqlashga yordam beradi.  

Bu  yo‘nalishdagi  ishlar  bizga  ekologik  bilimlarni  yetkazadi,  ammo 

bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa  yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa  ekologik  tarbiya masalasidir. 

Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ham  ega.  Ekologik  tarbiya  insonda  tabiatga  nisbatan  to‘g‘ri,  oqilona  munosabatni  shakllantirish  masalasi  ustida  ish  olib  boradi  va  o‘z  oldiga  talabalarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishdek  maqsadni  qo‘yadi.  Ekologik  tarbiyaning  mazmuniga  ekologik  onglilik,  ekologik  his-tuyg‘ular  (tabiatga,  insonlarga,  hayotga  nisbatan  munosabatlar)  kiradi.  Shunday  qilib,  ekologik  tarbiya  inson  hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi. 

      Ekоlоgik tarbiya bеrishning mazmuni Atrоf  muхit  va  uning  shaхs 

ma`naviy dunyosiga ta`siri Tabiat  va  uning  ahamiyatini aniqlash Tabiatga  muhabbatni 

rivоjlantirishda  maktab  va  оilani hamkоrligi O`z  rayоnini,  shaharini,  qishlоq va  maktabi  hоvlisini ko`kalamzоrlashtirishda,  hattо, sinf хоnasidagi o`simliklarni ham пarvarishlashga  qiziqishlarini оshirish Atrоf-muhit  muhоfazasi,  bunda bоlalarning vazifalari Tabiatni  muhоfaza 

qilishda  оta-оnalarning namunalari Оiladagi,  maktabdagi tabiatni,  o`simliklar  va hayvоnоt  dunyosini e`zоzlashga  o`rgatish, jоnivоr  va  qushlarni пarvarish qilish Tabiatga  оngli  munоsabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini kеngaytirish Yoshlarning  ekоlоgik  tarbiyalashda  milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash,  ularga    e`tibоrni  kuchaytirish. muhоfаzа qilishdа оtа-оnаlаrning nаmunаlаri kаbi sifаtlаrni оchib bеrishgа  хаrаkаt qildik. 

Ekologik  tarbiyaning  shakllanishiga  ekologik  bilimlarni  egallash  bilan bir qatorda  ekologik  munosabatlarni ham  shakllantirib  borish zarur  bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga: 

1.  Hayotga munosabat. 

2.  Yaxlitlik hissini tarbiyalash.  

3.  Javobgarlik hissini tarbiyalash.  

4.Tabiat  go‘zalliklarini  his  etish  kabi  komponentlarni  kiritish  mumkin. 

 

l  «Fuqarolik – deb qayd etiladi falsafa qomusiy lug‘atida,. -kishini qaysi millatga mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga mansubligini ifodalovchi tushunchadir».

l  Fuqarolik madaniyati – bu fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori, demokratik huquqiy tizim yetukligi sifatida, tabiat, jamiyat taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida fuqarolarning ijodiy kuch va qobiliyatlari yordamida muayyan millat, xalq, Vatan, davlatni ravnaq toptirish, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab avaylab, ko‘paytirib kelajak avqlodga yetkazish hamda o‘zi mamlakati, xalqi ravnaqi uchun mazkur merosdan unumli foydalanishga qaratilgan inson faoliyatining yuksak namunasi», - deb ta’riflasak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fuqarolik funktsiyalari.

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng pedagogikada fikrlashga toliq imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Natijada pedagogikada sog‘lom aql, ijodiy muhit, milliy ruhiyat, fuqarolik madaniyati va an‘analar, marosimlar, urf-odatlarga mos tarzda ta‘lim-tarbiya olib borish imkoniyati yaratildi.

Fuqarolik tarbiyasining vazifalari:

 Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy me‘yorlarga ongli ravishda rioya etishga o‘rgatib borish; Talaba-yoshlarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma‘lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish;Vatanni himoya qilish borasidaharbiyvatanparvarliktuyg‘ularini shakllantirish;

Talaba-yoshlarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha‘ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorgarlik hissini shakllantirish;Talaba-yoshlarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ularda g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini, shuningdek, adolatli, diyonatli, mehr-muruvvatli, ezgulikni himoya qiluvchi, va‘daga vafoli shaxslarni shakllantirishga erishish;

 Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazish;

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi va yurt mustaqil-ligini e‘zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga qodoir fidoyi fuqaroni tarbiyalash ishiga kengjamoatchilik e‘tiborini jalb etish;

Umumxalq ma‘qullagan Konstitutsiyani va shu kabi muhim davlat hujjatlarini hurmat qilish hissini shakllantirish;Yoshlarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridan foydalanish hamda burchlarini bajarilishi xususida ma‘lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.

Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iborat:

    Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, shuningdek, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha‘ni, qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdoir;

    Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini avaylabasrashga majburdoirlar;

    Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdoirlar;

    Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy uig‘imlarni to‘lashga majburdoirlar;

    O‘zbekiston Respublikasini har tomonlama himoya qilish -O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

Zamonaviy milliy pedagogikada millat ruhiyatining va fuqarolik madaniyatining nozik jihatlariga kirib borish va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so‘nggi yutuqlarni ham hisobga olish imkoniyati yaratildi

tarbiya to‗g‗risidagi fikrlarini alohida ajratib, konspekt qilish

 

METODIK KO‘RSATMA

  

 

 

 

 

 

15-seminar  Oila tarbiyasi,o‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. (2 soat)

1.      Oila,  uning  vazifalari  va  turlari.  

2.      Zamonaviy  oilalar  rivojining o‗ziga xos xususiyatlari. 

3.      Ta‘lim muassasa-sining oila bilan olib boradigan ish shakllari. 

4.      Oilada bolalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini  shakllantirish.  Ota-onalarning  pedagogik madaniyatini shakllantirish 

Muammoli  blok.  Zamonaviy  ijtimoiy-maishiyturmush  tarzi  sharoitida o‗quvchilarda  estetik  tafakkurni  rivojlantirishning  dolzarbligini  tahlil  etish  va asoslash.  

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, oila tarbiyasiga oid videorolik tayyorlash. tarbiyaning vositalarini konspekt qilish. 

 

 

METODIK KO‘RSATMA

 

 

 

Jismoniy tarbiyaning maqsadi - insonni har tomonlama jismoniy jihatdan chiniqqan, mustahkam irodali, qat‘iyatli va Vatanni himoya qila oladigan sabot-matonatli shaxsni tarkib toptirishdoir. Bun-da kishining ijodiy imkoniyatlari doirasini kengaytiriladi va ularningmehnat tarbiyasiga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltirilishiga e‘tibor kuchaytiriladi. Bular bolalardagi harakat ko‘nikmalarining ortib borishi, jismoniy sifatlarning takomillashuvi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga har tomonlama yordam beradi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:

•har tomonlama, ya‘ni ham jismonan, ham ma‘nan rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo‘shib va ulardagi ozodalik, pokizalik, irodalilik, sabr-bardoshlilik ko‘nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdoir (bosh vazifa);

  sogliqni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy takomillashuvga asos yaratish;

  yoshlar ongida harakat turlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularning kishi sog‘lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomil-lashuviga yordam berish;

  yoshlarning yoshiga, jinsiga mos keladigan jismoniy mashqlar tizimini aniqlash va ularning asosiy harakat faoliyatining rivojlanti-ruvchi mexanizmlarini (texnologiyalarini) ishlab chiqish; «O'zbekistonni dunyoga tanitayotgan mashhur sportchilar» mavzusida kichik esse yozing.

III. Muammoli masalalar yechish.

1-masala: Ko'p bolali oilaning otasi mamnun boiib hikoya qiladi: yer ag'darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechenye sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yemi chopib beringlar, deyman.

-  Bolalar konfetsiz yer ag'darishmaydimi, - so'radik biz.

-  Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota

Ota qo'llagan rag'batlantirish usuliga qanday baho berasiz?

2-masala: 3-sinf 0‗quvchisining onasi hikoya qiladi: Awallari o'g'limning hamrna ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko‗p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so‗ng «ikki baholar» ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi baja- rilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo'lgani uchun uni qayta ko‗chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi. Uxlash vaqti bo'lib qo- lardi.

Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo‗1 tutardingiz?

 

 

16-seminar  . Ta‘lim muassasasi menejmenti (2 soat) 

1.           Ta‘lim  muassasasi  menejmentining  mohiyati. 

2.           Ta‘lim muassasasini boshqarish funksiyalari, tamoyillari va metodlari. 

3.           Ta‘lim muassasasini boshqarishga doir me‘yoriy hujjatlar. 

4.           Ta‘lim muassasasida metodik ishlarni boshqarish 

 

Muammoli  blok.  ―Menejment‖  va  ―boshqaruv‖  tushunchalarini  qiyosiy  tahlil etish

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, boshqaruv tizimiga oid  kitoblarni  tarqatmalar tayyorlash. 

METODIK KO‘RSATMA

 

Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo‘lganja rayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta‘lim tizimida ham boshqarishning to‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim.

Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta TAQmuhim hisoblanadi.

Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma‘lum birob‘ektga tashkiliy, rcjali, tizimli ta‘sir ko‘rsatish demakdir.

Ta‘lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.

Bugungi kunda pedagogika faniga ta‘lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidanyangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir.

Masalan, «ta‘sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.

Ta‘lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta‘lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlatga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.

 

 

PEDAGOGIK VAZIYATNI YECHING

Sinf t o ‗polon, chang , o ‗quvchilar darsga tayyor emas .

— O'tiring. Navba tchi o ‗qi tuvchilar xonasiga borib , u yerdagi shkafdan xarita olib kelsin, — dedi o'qituvchi sinfga murojaat qilib.

Shunda bir necha o‗g‗il bola eshik tomon otildi.

— Qayoqqa, qayoqqa! Bi ttangiz boring.

— Ikkalamiz borib kelsak maylimi? — o‗quvchi jovidan qichqirdi.

— Ha, mayli, faqat tezroq.

— Men ham ular bilan boray, — dedi yana bir o ‗quvchi joyidan turib.

— Yo ‗q! Men faqat ikki o'rtog ' i n gizga ruxsat berdim.

— Axir siz bir o dam boradi degandingiz-ku? — dedi uchinchi b o ‗lib turgan bola arazlagan holda .

— Shovqinni to'xtating . Uyga ber ilgan vazifani tekshi r amiz.

— Kim javob beradi? — dedi o'qituvchi.

Shunda butun sinf tinchib, hamma jimib qoldi.

O‘Z IN I -O‘ZI TARBIYALASHNI ВARQARORLASHTIRISH

2-vaziyat

Sherzodning xulq-atvori og‗ir edi. U qaysarligi, haddan ortiq g‗ururliligi, dilozorligi bilan ajralib turardi. Uning darsdan qochishi deyarli har kuni takrorlanadigan bo'ldi.

An‘anaviy choralar: ogohlantirishlar, talablar, takliflar, jazolash, parallel sinfga o ‗tkazish va boshqalar natija bermadi. Sherzodni maktabdan haydashga yoki internat-maktabga o‗tkazishga pedagoglaming ko'ngli bormasdi, chunki o‗smiming aqli ravshan edi. O‘zining ana shu xulqatvori bilan u deyarli barcha fanlardan ulgurar edi. Sinfdoshlari ustidan qo‗pol hazil qilib kular edi. Uning qo‗polligi pedagoglar va sinfdoshlari bilan ziddiyatga olib keldi.

Sherzodga tarix fanidan dars beruvchi maktab direktori uni yaqindan tanir edi, ikkinchi chorak boshida u xonasiga o‗smirni chaqirib, uning oldiga yozgi oromgohga yo‗llanmani qo‗ydi.

- Yo‗llanma juda qimmat turadi, biroq bu yo‗llanmani sen bepul olasan. Tayyorlanishing uchun 2 kun muhlat beraman. To‗g‗risini aytsam, bu yo‗llanmani maktabning eng a ‘lochi o‗quvchisiga topshirishim shart, lekin uni senga beryapman. Mana, senga berilgan tavsifnomani o‗qi.

Sherzod uni diqqat bilan o ‗qiy boshladi, lekin har bir jumladan keyin uning quloqlari qizara boshladi.

— Sen ushbu tavsifnomaga rozimisan? O‘smir boshini egdi va ―yo‗q‖ , deb g'o‗ldiradi.

— Ha, sen haqsan unda sen qanday bo'lishing kerakligi aytilgan. Men buni nima uchun qilayapman? Hozir tushuntirib beraman. Sen menga juda yoqasan, sen aqlli va kuchli yigitsan.

Shuning uchun men senga kech bo‗lmasdan o'zingni o ‗zgartirishga imkoniyat bermoqchiman, bu narsa yangi shart-sharoitda osonroq boladi. U yerda seni hech kim tanimaydi va sen o'zingni eng yaxshi tomondan namoyon qiiishing mumkin. Albatta, men senga ishonib o ‗zimni hurmatimni, obro'yimni balki lavozimimni xavf-xatarga qo‗yyapman. Shuning uchun agarda sen quyushqondan chiqsang va ahmoqona qiliq qilsang — bu xiyonat hisoblanadi. Va yana esda tut: bu haqda maktabda hech kim bilmasligi kerak, bu mening va sening o‗rtamizdagi sir boiib qolsin.

O‘qituvchilar bilan esa o ‗zim gaplashaman. Sherzod kalovlangan holda turardi.

O‘smimi vokzalda kuzatayotib, direktor Sherzodni quchoqlab shunday dedi:

— Men senga ishonaman va xiyonatni amalga oshirmaysan, deb umid qilaman.

10 kundan keyin Sherzoddan direktor nomiga birinchi xat keldi:«Bir hafta ham o ‗tdi. Men biror marta ham nojo‗ya ish qilmadim».

Lagerdan kelishdan sal oldinroq direktor Sherzoddan yana bir xat oldi. U oldingi xatidan keskin farq qilar edi. U shunday deb yozgan edi: «Abdulla Rustamovich, men har kuni o‗zim bilan o ‗zim kurashaman va o'zgarishga harakat qilyapman: Men sizga xiyonat qilmayman».

Bu qat‘iy qarorlar o ‗z kuchini yo‗qotmadi, Sherzod maktabga kelganda butunlay boshqa odamga aylangandi. So'zsiz, u o'zgargan, o'zini tutib olgan.

 

17-seminar .Korreksion pedagogika  asoslari ,Inklyuziv  ta‘lim texnologiyasi. (2 soat)

1.                      Korreksion pedagogika  asoslari mazmun-mohiyati. 

2.                      Alohida  yordamga  muhtoj o‗quvchilar  bilan  tashkil  etiladigan  ish  turlari,  shakl  va metodlari. 

3.                      Alohida yordamga muhtoj o‗quvchilar bilan ishlashda o‗qituvchi va ota-onalar hamkorligi.

 

 Muammoli  blok.  Alohida yordamga muhtoj o‗quvchilar bilan individual ta‘limni tashkil  etishning  mazmun-mohiyati tushunish 

Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib Alohida yordamga muhtoj o‗quvchilar bilan ishlashda o‗qituvchi va ota-onalar hamkorligi to‘g‘risida tavsiyalar tayyorlash

 

METODIK KO‘RSATMA

 Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson

(kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta‘limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.

Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e‘tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.

Korrektsion pedagogika (defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:

 

 

Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta‘kidlab o‘tiladi.

Ana shu lug‘atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga muhtoj bo‘lgan, sog‘lig‘i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.

Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.

Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta‘lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.

Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o‘qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta‘minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta‘lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.

Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

-          rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsionkompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

-          differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;

-          anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;

-          rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;

-          bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha choratadbirlarni ishlab chiqish;

-          anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish; -             anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:

Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta‘lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.

                                                                                                              4.        

5.          Rivojlanishi va xulqida chetlanishlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan qaysi fan shug‘ullanadi?

6.          Korrektsion pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?

7.          «Korreksiya». «korrektsion pedagogik faoliyat» tushunchalari qanday ma‘noni anglatadi?

8.          Anomal o‘quvchilar bilan qanday korrektsion ishlar olib boriladi?

9.          Korrektsion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalami bilasiz?

10.      «Rivojlanishdagi chetlanishlar» tushunchasi qanday ma‘noni anglatadi?

11.      Aqli zaif bolalar bilan qanday korrektsion ishlar olib boriladi?

12.      Logopediya nima?

13.      O‘quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik xususiyatlariga ega?

14.      Ommaviy umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korrektsion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

15.      Ommaviy umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korrektsion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

16.      Ommaviy umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilar bilan qanday korrektsion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

TAQDIMOT

 

Korrektsion pedagogika (defektologiya) sohalari Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo‘lmish farzandlarni mas‘ulayatni his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo‘shadigan munosib fuqarolar bo‘lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. Dunyoga ―O‘zbek modeli‖ deb nom olgan rivojlanish yo‘li bilan tobora ko‘proq tanilayotgan O‘zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat ko‘rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o‘quv yurtlariga

tayyorlashdir. Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o‘zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta‘lim tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada – u sog‘lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor. Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta‟limtizimi inklyuziv ta‟lim deyiladi. Inklyuziv ta‘lim nogiron bolalarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta‘lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. 

Inklyuziv ta‘lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta‘lim tizimiga ba‘zi bir o‘zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o‘quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog‘liq tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Inklyuziv ta‘lim hamma bolalarni, shu 

jumladan, nogiron bolalarni ham o‘zlari xohlagan maktabda o‘qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo‘lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xatolar sababchi bo‘lgan. Demak, uning o‘qishi uchun ham shu jamiyatning o‘zi jon kuydirishi shart. Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta‘limini uch xil ibora bilan ta‘riflash mumkin, ya‘ni:  - mos keluvchi;  

-  rivojlantiruvchi;  

-  inklyuziv;  

 

Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: ―Tirik qolish va rivojlanish‖. Bu modda mos keluvchi ta‘limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta‘lim 29-moddada ko‘rsatilgan: ―Ta‘lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga yo‘naltirlgan bo‘lishi, bolani erkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak‖. 2-va 28-moddalar inklyuziv ta‘limga tegishli bo‘lib, ularda kamsitishning olsini olish, ta‘lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha ekanligi belgilab qo‘yilgan. Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta‘limda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunday ta‘lim tufayli maxsus ehtiyojli bolalar:  - jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; 

-  ijtimoiy xulq va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish malakalarini yaratadilar; 

-  ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o‘quv materiallarini o‘zlashtiradilar; 

-  tengqurlari bilan turli o‘yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar; 

-  jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o‘yinlari, turli sport musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo‘lishlari mumkin; 

-  do‘stona muhitda do‘st orttiradilar; 

-  turli ko‘ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa bolalar esa; 

-  do‘stona muhitni yaratadilar;

 

-  maxsus ehtiyojli bolalarga g‘amho‘rlik qiladilar,ularni turli o‘yinlarga jalb qiladilar;  - sinf tadbirlarida ishtirok etadilar; 

-  tozalik va ozodalikni ta‘minlaydilar; 

-  jamoa oldida ma‘suliyat hissini rivojlantiradilar; 

-  didaktik va o‘yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar; 

-  o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini tushunishga o‘rgatadilar; 

-  har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar; 

-  har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar; 

-  ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar; 

-  ota-onalarga amaliy yordam ko‘rsatadilar; 

-  barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar; 

 

Demak; inklyuziv ta‟lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog‟lom bolalar o‟qiydigan umumta‟lim maktablarida ham ta‟lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e‟tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o‘qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta‘lim tizimiga tayyor bo‘lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o‘qishga imkon omillari shu ta‘lim talablariga to‘la javob berishi kerak. Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o‘zaro bog‘liq omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Markaziy omil o‘quv dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, o‘qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir. 

Inklyuziv ta‘limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o‘rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, barcha maktablar eshigiga o‘quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko‘tarila olmaydilar, hatto qo‘ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , eshiklardan ham sog‘lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o‘tishlari uchun qulay sharoit 

yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o‘rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo‘lishi kerak. O‘qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo‘lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bo‘lmaydi. Bunda o‘quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o‘rganishlari kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og‘zaki informatsiyani olishlari kerak. O‘quv rejasini bunday differensiyalash o‘qituvchilarda o‘z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma‘muriyati buning uchun o‘qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o‘quv rejasiga qattiq talab qo‘yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. ―Bolalarni qutqaring‖ (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta‘limdagi asosiy to‘siqlarni xalq ta‘limi tizimi va maktablarga qo‘yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo‘yayotgan davlatimizda bunday to‘siqlarni o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahallalarda hal etish mumkin. E‘tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag‘ masalasi (3), sharoitga moslashmaslik (4), kambag‘allik (5), sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi (6), kamsitish (7), qaramlilik

(8), kutilmagan holatlar (9) kabi to‘siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo‘ladi, yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval asosida shunday taqsimlash mumkin (sxemaga qarang).  Bir qancha davlatlar tajribasi, jumladan, Norin (Qirg‘iziston) va Qo‘qon shaxarlaridagi inklyuziv ta‘lim loyihasining tajribasi maxsus ehtiyojli bolalarni sog‘lom tengqurlari bilan birgalikda o‘quvtarbiya ishlarida har tomonlama faol ishtirok etishlari mumkinligini tasdiqladi. 

Oila – 2, 3, 5  

Maktab – 1, 2, 4, 5,6  

Bola – 4, 8

Mahalla – 1, 3, 4, 5, 7,  

Xalq ta‘limi tizimi – 2, 3, 4, 6  

1.2. Inklyuziv ta‘limni joriy qilish davr talabi sifatida. Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta‘lim-tarbiyasi ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar otaonalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o‘zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta‘lim tarbiya berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a‘zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta‘lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta‘limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta‘limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish ya‘ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta‘lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta‘lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e‘tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. 

Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma‘naviy resurslar bilan ta‘minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-o‘quvchilarga ta‘lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar 

hamkorligida faoliyat ko‘rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi. Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta‘lim olishi, kasb-xunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta‘lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregasion-maxsus, yopiq turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega. Shuning uchun ham 1990 yilda Djonpiyeyen (Tailand)da juda muhim koferensiya o‘tkazildi. Bu konferensiya ―Ta‘lim hamma uchun‖ maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, unga 155 ta davlat vakillari va 150dan ortiq nodavlvt tashkilotlari qo‘shildilar. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, taxminan 1015% bolalar maxsus ta‘limga muhtoj ekanligi aniqlandi. 

Djomtiyen (Tailan)da o‘tkazilgan konferensiya asosida ―Ta‘lim hamma uchun‖ shiorini qo‘llabquvvatlash va amaliyotga tadbiq qilishni tahlil etish maqsadida 1994 yilda YuNESKO tashkiloti va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Salamanka - Ispaniya umumjahon konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi imkoniyati cheklangan bolalarning umumta‘lim muassasalarida ta‘lim olishlari uchun qulayliklar yaratish, maktabda o‘qitish vazifasini amalga oshirish  

uchun maktab isloxotlarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida fikr-muloxazalar yuritishga qaratilgan edi.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta‘lim muassasalariga jalb etishga bo‘lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo‘ladiki, ta‘lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta‘limga jalb etish, maxsus muasasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo‘lganligi yoki moddiy mablag‘ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o‘z farzandini maxsus muassasaga borishini hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko‘mak berish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to‘laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir. Inklyuziv ta‘lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo‘lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta‘lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o‘rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta‘lim Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo‘limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi. Inklyuziv ta‘limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: Inklyuziv ta‘lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi mahallasi va qarindosh-urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon beradi. Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo‘lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to‘sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘lib o‘sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir. Inklyuziv ta‘lim barcha uchun ta‘lim sifatini yaxshilaydi. Inklyuziv ta‘lim ta‘lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta‘lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi.

Buning nafi esa hamma bolaga tegadi. Inklyuziv ta‘lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi.

Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat juda yuqoridadir. Ular haqida ma‘lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta‘lim tarbiya

berilishi bunga sababa bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma‘lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. 

UMUMIY PEDAGOGIKA FANIGA OID  MINI KEYSLARNI TAHLIL QILISH               

                                                                                                                         ILOVA

1-vaziyat. Feruza ismli qiz bola 6 yoshda. U 3 yoshidan xoreografik to‗garakka, 5 yoshidan esa

vokal va teatr studiyasiga qatnaydi. Tez-tez sahnada chiqish qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi. Navbatdagi chiqish oldidan o‗yin vaqtida Feruza o‗zining tengqurlariga:  ―Men sizlardan yaxshiroq bilaman, men sahnaga ko‗p marotaba chiqqanman, sizlar esa, chiqmagansizlar. SHuning uchun, men tulki rolini o‗ynayman‖ deb, rahbarlik qilishga harakat qilmoqda. Tengqur qizlar unga bo‗ysunishdan bosh tortishga harakat qilmoqdalar va tarbiyachi oldiga yordam so‗rab bormoqdalar.

 

Keysga savol- vazifa:

Sizning harakatlaringiz qanday bo„ladi?

 

Echim variantlari:

 1-variant. Feruzaga o‗zining dugonalariga o‗zlarini namoyon qilishlariga yordam berish uchun

ushbu o‗yinda rejissyor rolini taklif etish. Ularning chiqishlari ham maqtovga loyiqligini ko‗rsatish.  

 2-variant. Feruza bilan badiiy asar qahramonlari xulqlarining salbiy tomonlari (maqtanish,

do‗stlarining xafaligi va hokazo)ni tahlil qilishga yo‗naltirilgan suhbat o‗tkazish, boshqa qizlar uning dugonalari ekanligini, ularda ham shu rolni o‗ynashga xohishlari borligini tushuntirish. Tulki rolida navbat bilan o‗ynashni taklif etish.

 3-variant. Bolalarga tortishmaslikni taklif etish, balki rolni taqsimlashni

qur‘a tashlash yo‗li bilan amalga oshirish. SHunda to‗g‗ri bo‗lar.   

4-variant. Tulki – bosh rol uchun tanlov tashkil qilish, mustaqil

hakamlarni (ushbu o‗yinda qatnashmaydigan o‗g‗il bolalardan) tanlash. 

5-variant. Ushbu muammoni hal etish uchun bolalarga murojaat qilish.

2-vaziyat. SHohruh 7 yoshda. U yoshligidan e‘tiboran elimlash, rasm

chizish, qurishga qiziqadi. SHohruh yaxshi rasm  chizadi, plastilindan turli narsalar      yasaydi, ajoyib konstruksiyalar           yaratadi, ijodiy xayol suradi. Tarbiyachining bolani badiiy studiyaga berish taklifiga SHohruhning ota-onasi, u sport bilan shug‗ullanishi kerak degan qarorga kelib, rad javobini berishdi. Bog‗chada SHohruh hech kim bilan do‗stlashmaydi, bolalar bilan ko‗pincha nizoga kirishadi. Agar bolalardan biri uni rasm chizishiga, uycha qurishiga yoki boshqa o‗yinlariga qo‗shilmoqchi bo‗lsa, SHohruh ko‗pincha ularni qo‗ymadi. U bolalarga  aralashmaydi, uni o‗z sevgan mashg‗ulotidan chalg‗itish yoki e‘tiborini boshqa narsaga qaratish qiyin, ya‘ni ―bola o‗zi bilan‖.

 

Keysga savol- vazifa:

Sizning harakatlaringiz qanday bo„ladi?

 

Echim variantlari:

1-variant. SHohruhning o‗zini-o‗zi baholashi  juda past holatda. Uning bahosi ota-onasi tomonidan tan olinmagan. Bolaning  o‗zini-o‗zi baholashini rivojlantirishga harakat qilish kerak, tanlovlarda qatnashishni taklif etish lozim. SHohruhning muvaffaqiyatlarini ota-ona va bolalar baholashlari uchun, uning ishlarini ko‗rgazmalarga qo‗yish lozim. 

 2-variant.  Sotsiometrik uslubdagi tadqiqot o‗tkazish, bolani afzal ko‗rish, uni ochish va turli

umumiy vazifalar bergan holda, bolalar bilan yaqinlashtirishga harakat qilish, bolalar bilan birgalikda faoliyat ko‗rsatishga tortish kerak.  

3-variant.  Ota-ona bilan ish olib borish. Ularga bolaning qiziqishini ko‗rish va tushunishga yordam berish. SHohruh unga tavsiya etilayotgan mashg‗ulotga qiziqqan bo‗lishi, faqat ―onasi aytganligi uchun emas‖, balki unda moyillik va qiziqish bo‗lgani uchun, qo‗shimcha ta‘lim tanlashda bolaning fikrini hisobga olishni taklif etish. Sport bilan yakshanba kunlari oilaviy shug‗ullanish ham mumkinligini tushuntirish.

 3-vaziyat.  Ahmad bolalar bog‗chasida yana bir yil

qolib, boshqa guruhda to‗rt yil mobaynida tarbiyalangan tarbiyachisini sog‗in-moqda. Ahmad ko‗pincha o‗zining avvalgi

guruhiga mehmonga keladi: tarbiyachilar bilan muloqotda bo‗ladi, bolalar bilan o‗ynaydi, konstruktordan foydalanib, turli qurilmalarni yasashni o‗rganadi va hokazo.

Tarbiyachilar doimo Ahmadni yaxshi qabul qiladilar, uning onasiga ham o‗g‗lining bunday

tashrifi yoqadi – tarbiyachilar bilan uning aloqasi yaxshi, ijobiy munosabatda. Kunlarning birida, Ahmadni bog‗chadan olib keta turib, Marg‗uba opa (onasi) uning qo‗lida begona kichik mashinacha borligini payqab qoldi.      

 

Keysga savol- vazifa:

Nima qilish kerak?

 

Echim variantlari:

1-variant.  Boladan quyidagilarni so‗rash: 

-     Ahmad, bu kimning mashinachasi? Uni egasiga berish kerak.

-     Men Muqaddas opaning (tarbiyachi) oldiga mehmonga bordim, bolalarga garaj qurishni

o‗rgatdim va bilmasdan cho‗ntagimga solibman, - deb, Ahmad onasiga ayyorlik qildi.  

-     Bolalar oldiga borib, mashinachani qaytarib bergin.  

-     Yo‗q, u menga yoqadi, menda bunday mashinacha yo‗q, - deb Ahmad qaysarlik qildi.

-     Ahmad, bu mashinachani bolalardan biri uyidan olib kelgandir va hozir yig‗layotgandir,

izlayotgandir, - deb ona ta‘kidlaydi.  

-     Yo‗q, bormayman. Tarbiyachi Muqaddas opaning jahli chiqadi va menga mashinachani

o‗g‗irlagansan, deb aytadi, men uyalaman, - deb javob qaytaradi Ahmad.  

-     Ahmad, kel ertaga birgalikda Muqaddas opaning oldiga boramiz va mashinachani beramiz.

2-variant.  Vaziyatni oldindan Muqaddas opa bilan muhokama qilgan holda bolani mashinachani

qaytarib berishga ko‗ndirish.   

 Kechqurun, Ahmadni olib ketishdan oldin, Marg‗uba opa Muqaddas opaning oldiga kirib, bo‗lgan voqeani aytib beradi va bolasi bilan kelishganligini ogohlantirib qo‗yadi.  Muqaddas opa  onaning yondashuvini qo‗llab-quvvatlaydi va bolaga mashinachani qaytarish vaqtida xursand bo‗lib shunday deydi:   

-     Ahmad, Ravshanning mashinachasini topib

olibsan-ku! Biz esa kun bo‗yi uni izlayapmiz. Ravshan

yig‗layapti, tezroq kel, uni Ravshanga bergin, senga katta rahmat deydi.   

3-variant.                 Marg‗uba       opaning           o‗zi mashinachani oladi va Muqad-das opaga olib borib beradi.  Vaziyatni tushuntiradi. Lekin, begona narsalarni olish yaxshi emasligi haqida oldindan o‗g‗li bilan suhbatlashadi.  

4-vaziyat.  O‗rta guruh bolalari kechqurun aylanishga to‗planadilar. SHohruh va Maftunalarning

kiyim-kechak javonchalari yonma-yon joylashgan. Bu ikki bola urishadilar, bir-birlariga xalaqit qiladilar.

Vaziyatni engillashtirish maqsadida tarbiyachi, bolalarga qulay bo‗lishini ko‗zlab  stulchalarni uzoqlashtiradi, lekin bolalar tortishuvni davom ettiradilar.  

 

Keysga savol- vazifa:

Nima qilish kerak?

 

1-variant. SHohruhga haqiqiy janob sifatida qizchaga joyni berishni taklif etish. Unga haqiqiy

erkaklar o‗zlarini xuddi shunday tutadilar, deb aytish.

2-variant. Maftunaga urishmaslikni, o‗zining narsalarini olib boshqa joyga o‗tishni taklif etish.

3-variant.   Agar bolalar javonchalar uchun doimo urishayotgan bo‗lsalar, u javonchalarining joyini ―almashtirib qo‗yish‖ga harakat qilib ko‗rish.   

                                                                                           5-vaziyat.      Bog‗cha      bolalari      ota-onalarini        bolalar

maydonchasida kutib oladilar. Ota-onalar kelgunlariga qadar bolalar ―Quvlash-machoq‖ o‗ynaydilar. SHohruh va Muxlisa yugurish mobaynida to‗qnashib ketadilar va bir-birlariga tashlanishadilar. Muxlisa yig‗lab tarbiyachi oldiga keladi va SHohruh itarib yuborganini aytadi.  

 

Keysga savol- vazifa:

Bu vaziyatda qanday yo„l tutish kerak?

 

1-variant.   Bolalarga avvaldan o‗yin qoidalarini, shuningdek, o‗yin mobaynida rioya etiladigan

xavfsizlik qoidalarini tushuntirish lozim. YUgurayotgan bolalar oldilariga qarab yugurishlari va boshqa bolalar bilan to‗qnashib ketmasliklari uchun ulardan o‗zlarini olib qochishlarini aytish kerak.   2-variant.  Agar to‗qnashuv sodir bo‗lgan bo‗lsa, aybni boshqaga to‗nkash kerak emas. 

Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o‗yinni to‗xtatish va bolalarni tinchlantirish lozim.  

3-variant.  Bu holat qanday sodir bo‗lganligini aniqlash uchun o‗ynayotgan boshqa bolalarga

murojaat qilish zarur. Bolalarni tinchlantirish va yupatish, so‗ngra  yugurish mobaynida rioya etila-digan o‗yin xavfsizligini  eslatish kerak.  

                    6-vaziyat.           Muxlisa     (6      yosh)     bolalar

bog‗chasining maktabga tayyorlash guruhiga qatnaydi. U o‗qishni, yozishni biladi, o‗yin tushishni, ashula aytishni, ifoda-li o‗qishni yaxshi ko‗radi. Onasi undan, Muxlisa esa o‗zidan faxrlanadi.

Kunlardan bir kuni, Muxlisa onasi bilan uyga keta turib, onasiga: ―Ertaga bog‗chaga bormayman! Men javob bera olmasligim uchun, tarbiyachi opam, nuqul menga boshqa bolalarga qaraganda murakkab vazifalar beradi‖, dedi. 

 

Keysga savol- vazifa:

Ona Muxlisaning gaplaridan qanday ta‟sirlanishi zarur?

 

1-variant. Muxlisaga ta‘sir qilgan bolalar bog‗chasidagi mumkin bo‗lgan sabablarni o‗ylab

ko‗rish.  

2-variant. Qizining fikriga qo‗shilish: «To‗g‗ri, sen eng aqlli qizimsan-ku. Agar javobni

bilmasang, kel, ikkalamiz birgalikda aniqlaymiz (mumkin bo‗lgan axborot manbalari)», deb aytish.

3-variant.  E‘tiborni qaratish!  Balki Muxlisani haddan tashqari maqtash unda dastlabki

vaqtlardagi muvaffaqiyat-sizliklarga ishonchsizlik uyg‗otgandir.    

7-vaziyat.  Alisherning xotirasi juda yaxshi. SHuning uchun, u axborotlarni, matnlarni, qo‗shiqlarni osongina yod oladi. Bayramlarni o‗tkazish vaqtida Alisher o‗zining rolini o‗ynash bilan birga, boshqa bolalarning roliga suflyorlik qiladi, bu bilan boshqa bolalarning o‗zlarini namoyon qilishlariga xalaqit beradi, bayramning borish qoidasiga xilof ish qiladi. 

                 Keysga savol- vazifa:

Bu vaziyatda qanday yo„l tutish kerak?

Echim variantlari:

1-variant. Alisherga alohida – suflyor rolini berish. ―Sening vazifang: chiqishlar qilinayotgan

vaqtda bolalar aytadigan so‗z-larini yodlaridan chiqarib qo‗ymasliklarini kuzatib borishdan iborat. Agar bolalarning aytadigan so‗zlari yodidan ko‗tarilgan bo‗lsa, sen sekingina aytib berasan».

2-variant. Bayramga qadar Alisher bilan ―Haqiqiy artist o‗zini qanday tutishi kerak‖ligi haqida

suhbatlashish lozim.   

3-variant.  Alisherni boshqa faoliyat turlari (to‗garak ishi)ga qiziqtirish kerak.   

4-variant.  Ota-onalar bilan ishlash kerak. Ota-onalarni Alisher xulqiga nisbatan qanday

munosabatda bo‗lishlarini aniqlash lozim. Agar ota-onalar muammoni tushunsalar, u holda, ularga Alisher bilan erkni shakllantirish sohasida ruhshunosning amaliy mashg‗ulotlariga borib ko‗rishni taklif etish.

―Bog‗cha yoshidagi bolalarda o‗zini tutishni shakllantirish‖, ―Tez va katta hajmda yodga olish qobiliyatini qo‗llash sohalari (masalan, shaxmat, shashka va hokazo)ga jalb etish‖ kabi tavsiyalar berish lozim.  

Agar ota-onalar muammoni tushunmasalar, u holda shunga

o‗xshash  o‗zini-o‗zi baholashni shakllantirish masalalari bo‗yicha ishlar olib borishga harakat qilish zarur.

8-vaziyat. Ota-onalar ko‗pincha bola-larning mujmal

nutqlariga haddan tashqari yuqori baho berib, ularni vunderkind, deb aytadilar.  

Abdulazizga onasi: ―Uzoqqa qochib ketma!‖ desa, Abdulaziz: ―Xavotir olmang, oyi, men qochib

ketaman va qaytib kelaman!‖ deb javob beradi.

 

Keysga savol- vazifa:

Bunday hodisa nima bilan bog„liq?

 

                    Echim.     Bunga     o‗xshash    hodisa     nutqning     grammatik     tuzilish     nuqtai      nazardan

takomillashmaganligi bilan bog‗liq. Abdulaziz qandaydir yangi so‗zga o‗zi egallagan shaklni  berishi mumkin. Bola tomonidan tushungan holda egallangan bu shakl elementlari bolalarning so‗z ijodkorligini keltirib chiqaradi.  

9-vaziyat.  Ota-onalar bolalari bilan muloqot paytida ko‗pincha ularni boshqa bolalar bilan

taqqoslaydilar.  

SHirinning onasi, o‗z qizining xulqidan xursand, ko‗pincha u: ―Sen borgan sari aqlli bo‗layapsan. Sen hammadan ham yaxshisan‖, ―Sen eng chiroylisan‖, -deydi.    

Dilnozaning onasi esa qiziga ―Hamma bolalar ham bola, faqat

sen mening tentagimsan‖, ―Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa, hech nima chiqmaydi‖, kabi jumlalarni ishlatadi. 

 

Keys bo„yicha  savol va- vazifalar:

1.    Ikkala ona ham o„z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin

ularning qaysinisi tarbiyada yaxshiroq natijaga ega bo„ladi?

2.    Bolalarning xulqini “loyihalash” yo„nalishi onalarning shaxsiy xususiyatlariga bog„liqmi?

 

Echim. Ikkala ona ham o‗zlarining qizlarini boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar, lekin birinchi

ona ijobiy taqqoslashlardan, ikkinchi ona esa salbiy taqqoslashlardan foydalanadi. SHu bilan birga, SHirin va Dilnozalarning xulqlarini ―loyihalash‖ turlichadir.  

Agar ona, o‗ziga ishongan inson bo‗lsa, u holda, odatda, u o‗zining bolasini maqtaydi va uni

boshqa bolalardan ijobiy tarzda ajratadi. Bu bolaning ijtimoiy mavqei o‗sishiga va o‗zining tengqurlari bilan o‗zaro munosabatidagi tizimda yaxshi o‗rin egallashiga imkon beradi.  

Agar ona, o‗ziga ishonmagan inson bo‗lsa, o‗zini boshqa insonlarga nisbatan nima bilandir yomonroq sezsa, u holda o‗zining ishonchsizligini uzatgan holda, bolasiga nisbatan ham shunday munosabatda bo‗ladi. Bunday onaning bolasi past ijtimoiy mavqega ega bo‗ladi.  

Umuman, bolalarning xulqini kecha, avval bo‗lgan o‗zining shaxsiy xulqi bilan taqqoslash

maqsadga muvofiq.  

10-vaziyat. Biz ko‗pincha onalarning o‗z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini

turlicha baholashlarining guvohi bo‗lamiz. Ba‘zi onalar: ―Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to‗g‗ri aytayapsan, barakalla!‖ kabi jumlalardan foydalanadilar.  

Boshqa onalar esa: ―Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o‗rganib olgandan keyin tushunasan!‖ kabi jumlalardan foydalanadilar.  

 

Keysga savol- vazifa:

Turli onalarning o„z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq

nimada?

 

Echim. Bir xil onalar bolalarida o‗ziga ishonchni shakllantiradilar (―Agar onam meni maqtasa, demak, men nimagadir qodirman!‖). Ular bolaning kamol topishiga imkoniyat beradilar, unda hayotiy faollikni yaratadilar va to‗g‗ri shakllanishiga yordam beradilar.  

Boshqa onalar, aksincha, bolada o‗ziga ishonmaslikni shakllantiradilar, unda xavotirlanish hissini

paydo qiladilar, faolligini pasaytiradilar, kelajakka ishonchsizlik tug‗diradilar (―Agar onam meni urishsa, demak, men hech nimaga qodir emasman, men yomonman!‖).  

11-vaziyat. ―Mening Alisher o‗g‗lim 7 yosh, - deb yozadi ona. - Lekin o‗z guruhidagi bolalar oldida jim turadi (indamas). Men buni qandaydir sabablar: charchagan, uyga shoshilmoqda va hokazolar bilan oqlashga harakat qildim. U uydaligida hamma narsa o‗z joyida. Odamlar orasida esa, ―odamovi‖ bo‗lib qoladi. Nima qilay? Maslahat bering‖.  

 

Keysga savol- vazifa:

Onaga maslahat bering.

 

Echim. Alisherga, uyatchanlik ko‗pincha g‗arazgo‗ylik sifatida qabul qilinishini va insonlarga

yoqish uchun dilkash bo‗lish lozimligini tushuntirish kerak.  

12-vaziyat. O‗qituvchi: ―Endi, qanday holatlar bo‗lishini, siz yaxshi yodga olib qolishingiz uchun

jadval tuzamiz‖. Sinfdan: ― Nima uchun?‖, ―Mana yana!‖, ―Keling tuzmaylik‖, ―Biz shunday ham yodga olamiz‖ kabi norozilik ovozlari eshitildi.

 O‗qituvchi (og‗ir ahvolga tushib, biroz jim turib): ―YAxshi, jadvalni tuzmaymiz, faqat eslatma

yozamiz‖. Sinfdan yana: ―Nega?‖, ―Keling, yaxshisi jadvalni tuzamiz‖ va hokazo kabi  norozilik tovushlari eshitiladi. O‗qituvchi: ―Endi yo‗q, jadvalni xohlamadinglarmi, eslatma yozamiz, vaqtliroq o‗ylash kerak edi‖.

 Vaziyatni baholash. O‗qituvchi o‗quvchilarga o‗zining irodasi sustligini, o‗ziga ishonmasligini

va o‗quvchilar oldida qandaydir qo‗rquvga tushganini namoyon etadi. Balki bu narsa, o‗quvchilar tomonidan to‗la tushunilmayotgan bo‗lishi mumkin, lekin ularning har biri buni sezish qobiliyatiga egadir.

  Nima bo„lishini oldindan aytish. Agar shunga o‗xshash

vaziyatlar qaytarilsa, sinfda intizom haqida  ham, bolalarni o‗qituvchiga nisbatan hurmati haqida ham gap bo‗lishi mumkin emas. Bolalarning bunday ochiq xohishiga erk berib qo‗yish o‗zini oqlamagan va oqibatda, o‗quv jarayonning o‗zida, o‗qitish sifatida va o‗quvchilarning o‗qituvchiga nisbatan munosabatida namoyon bo‗ladi. 

 

Keysga savol- vazifa:

Bunday holatda bo‗ladigan o‗qituvchi va o‗quvchilarning munosabatlarini yuaholang.

 

Echim. Darsdagi ishini rejalashtirish mobaynida o‗qituvchi boshidan materialni mustahkamlash uchun qanday ko‗rinishdagi vazifa mos kelishini hal etishi kerak. Agar o‗qituvchi mo‗ljallangan materialdan foydalanishni lozim topmasa, u holda bu qarorni o‗quvchilarga tushuntirishda juda ehtiyot bo‗lishi kerak. Bunday vaziyatda, agar o‗qituvchi dars mobaynida biror vazifani boshqasiga almashtirmoqchi bo‗lsa, u holda, o‗quvchilarga bu o‗zgartirish sababini albatta tushuntirish zarur. Masalan: ―Ha, sizlar haqsizlar, jadvalni tuzishga ulgurmaymiz, shuning uchun faqat eslatmani yozamiz‖, kabi so‗zlar bilan vazifani almashtirishdan ko‗zlangan maqsad bolalarga asoslab beriladi va o‗qituvchining ishi, ularning yoki uning erkaligi boshqariladi. Bundan tashqari o‗quvchilarga darsda shovqin-suron qilish mumkin emasligini tushuntirishi lozim.   

13-vaziyat. Sinfda matematika darsi. O‗qituvchiga nafaqat o‗zining guruhi, balki kasal bo‗lib

qolgan o‗qituvchining guruhida ham mashg‗ulot olib borish vazifasi berilgan. O‗quvchilar o‗zlarini juda yomon tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, urishmoqdalar, bir-birlariga turli qog‗oz qushchalarni otmoqdalar va hokazo. O‗qituvchiga nisbatan beodoblik (ehtiyot-korona, to‗g‗ridan to‗g‗ri emas) qilmoqdalar. Bu jarayonda bir o‗g‗il bola alohida ajralib turibdi.  

O‗qituvchi imkoni boricha bunga e‘tibor bermasdan, vaqti-vaqti bilan to‗polonchi bolalarni ―ikki‖ baho qo‗yish, direktor oldiga chaqirish va ota-onalariga aytish to‗g‗risidagi po‗pisalar bilan qo‗rqitgan holda, mashg‗ulot olib bormoqda.  

Navbatdagi vazifa – masalani echish.  

Qandaydir bir vaqtdan keyin, o‗qituvchi eng

to‗polonchi   o‗quvchidan    masalani    echishga

tayyormisan, deb so‗ramoqda. ―Men masalani echa olmayman‖, deb javob berdi o‗quvchi.  

O‗qituvchi: ―Demak, senga ―ikki‖ baho

qo‗yaman‖. 

O‗quvchi: ―Yo‗q, u holda masa-lani echishga harakat qilaman‖, dedi. 

O‗qituvchi: ―Endi kech bo‗ldi. Vaqtliroq o‗ylash kerak edi‖. 

O‗quvchi: ―Men hammasini echib beraman, deyapman-ku‖.

Janjal yana bir necha daqiqa davom etgandan so‗ng, o‗qituvchi o‗quvchiga ―ikki‖ baho qo‗yadi, o‗quvchi esa eshikni qattiq yopib sinfdan chiqib ketadi. O‗qituvchi hech nima demay, darsni davom ettiradi.  

 Vaziyatni baholash. Bu erda qator pedagogik vaziyatlar to‗plami mavjud. Ko‗rinib turibdiki,

o‗qituvchi va o‗quvchilar orasidagi muno-sabat anchadan beri bo‗shashib ketgan. Agar oxirgi vaziyat haqida gapiradigan bo‗lsak, o‗qituvchi o‗zining jahlini ochiqchasiga namoyon etdi.  

Bunday holda uning nohaqligi yana shundan iboratki, o‗quvchiga hatto javob berishga imkoniyat

bermay, ―ikki‖ bahoni uning xulqiga emas (juda bo‗lmaganda, to‗g‗ri bo‗lar edi), balki bilimiga (aniqrog‗i, bilimsizligiga) qo‗yishni  ma‘qul ko‗rdi. Agar baho bolaning haqiqiy qiliqlari uchun belgilansa jazo haqqoniy bo‗lardi. O‗qituvchi o‗quvchiga, hatto barcha sinf o‗quvchilariga ham, agar u nimadadir kuchsiz bo‗lsa, o‗zining mavqeidan foydalanib, boshqa vaziyatda ham jahlini ko‗rsatishga qodir ekanligini ko‗rsatdi.  

O‗quvchi o‗zining kuchsizligidan xafa bo‗lgan va  ichki hissiyot bilan o‗qituvchini yomon

ko‗rgan, shuningdek, chuqur nohaqlik tuyg‗usidan kamsitilgan holatda sinfdan chiqib ketgan.

Nima bo„lishini oldindan aytish. O‗qituvchi va o‗quvchining ikki tomonlama nafratlari tobora kuchayadi. Bunday vaziyatlar keyin ham davom etadi. O‗qituvchining  na o‗quvchi, na barcha sinf o‗quvchilari oldida hurmati bo‗lmaydi.  

 

Keysga savol- vazifa:

                   Sizning harakatlaringiz qanday      bo„lar edi? 

 

Echim. O‗quvchi o‗zini sinab ko‗rmoqchi ekan, o‗qituvchi unga masalani echish uchun imkon

berishi kerak edi. Darsga qattiq xalaqit beradigan o‗quvchini unga dars oxirida baho qo‗yiladigan, biror murakkab        vazifa berish yo‗li    bilan tinchlantirish mumkin.  

14-vaziyat. 5-sinfda nemis tili

darsi.  O‗qituvchi qo‗lini ko‗targan boladan matnni o‗qishni  so‗ramoqda. Bola duduq-lanadi va u qancha hayajonlansa, bu holat shuncha kuchayadi.

To‗xtalib qolish ro‗y beradi. 

                   O‗qituvchi    bolaning    birinchi

so‗zni o‗qishga urinishini kuzatgan holda, bir oz kutadi. SHundan keyin, bolaga baqi-rib, uyga vazifani ba-jarmagan bo‗lsang kerak, bunday dangasaliging jonga tegdi deb, ota-onasini chaqirishini aytadi.  

Sinfda kimdir kula boshlaydi, kimdir erga qaraydi. Bola qo‗rquv ostida qiyin so‗zni ―chaynaydi‖

va davomini  o‗qishga harakat qiladi.  

 Vaziyatni baholash. Bolaning duduqlanishi barcha o‗quvchilarga ma‘lum bo‗lgan hamda sinfda

o‗qituvchining ovozini ko‗tarishi mumkin bo‗lmagan holat.  

 Nima bo„lishini oldindan aytish. Bu o‗quvchi darslarda doim faol, lekin uning duduqlanishi,

o‗zini ham noqulay holatga olib keladi. Har gal u javoblarni ―cho‗zayotgani‖dan, qaysidir ma‘noda o‗zini aybdor deb hisoblaydi.  

Bu (va shunga o‗xshash) holat natijasida bolaning kamchiligi yanada kuchliroq rivojlanadi,

tortinchoqligi ortib, darslarda umuman javob berishdan bezillab qoladi.

 Bundan tashqari unga nisbatan nohaqlik qilingani o‗qituvchi-o‗quvchi munosabatiga salbiy ta‘sir

qiladi. Sinfdagi bolalar o‗qituvchining nohaqligini sezib tursalar-da, o‗qituvchining sinfdoshlariga qilayotgan muomala uslubini me‘yor sifatida qabul qila-dilar. Umuman, bolalarda birovning nuqsonidan kulish xususiyati rivojlangan. 

 

Keysga savol- vazifa:

                   Sizning harakatlaringiz qanday      bo„lar edi? 

 

Echim. Agar birinchi so‗z bolada qiyinchilik tug‗dirsa, bolalarning bu holga e‘tiborini chuqurlashtirmagan holda o‗qituvchining o‗zi uni o‗qib berishi ma‘qul bo‗lar edi. Agar o‗qituvchi xotirjam bo‗lsa, o‗quvchi ham tinchlanadi va o‗qish yaxshiroq kechadi. 

             

                                                                                                                                             ILOVA

SEMINAR MASHG‘ULOTIGA QO‘LLANILADIGAN PSIXOLOGIK TESTLAR

 

O‘QUVCHILAR JAMOASIDA SHAXSLARNING O‘ZARO MUNOSABATINI

                                                                          ANIQLASH.

Sotsiometriya metodikasi va uni o‘tkazish.

Sotsiometriya so‘zi o‘lchash, o‘rganish (sotsio - jamoa,  metriya -o‘lchash) degan ma‘noni anglatadi.

Sotsiometrik metodning asoschisi – amerikalik mikrosotsiolog olim Djon Morenodir.

Sotsiometrik so‘rov usuli bir qancha kamchilik va nuqsonlarga ega bo‘lishiga qaramay keng psixologik amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan metodikalardan biridir.

Ishning bajarilishi. Bu metod yordamida jamoa yoki guruhni o‘rganish uchun guruh a‘zolariga savol beriladi. Bu savol sotsiometrik mezon deb ataladi. Sotsiometrik mezon guruh hayoti uchun muhim bo‘lishi, guruh hayotini aks ettirishi kerak. 

Masalan maktab o‘quvchilari uchun «Siz sinfdoshlaringizdan kim bilan bir partada o‘tirishni hohlaysiz?» degan mezon muhimdir. Ammo kollejlar yoki institut talabalar guruhida bu muhim emasdir. 

Misol:

Bir partada o‘tirish uchun o‘rtoq tanlash metodi. Tekshirish muvaffaqiyatli o‘tishi uchun osoyishta, ishchi sharoit zarur. O‘qituvchi (talaba) o‘quvchilar bajarishi kerak bo‘lgan topshiriqni aniq tushuntiradi:

Bolalar, kelgusi chorakdan sizlarni partalarga o‘z hohishlaringiz bilan o‘tirtirmoqchimiz. Hozir bir varaq qog‘oz olib, Siz kim bilan birinchi navbatda birga o‘tirishni hohlasangiz uning familiyasini yozing, bordi-yu biz Sizni o‘zingiz tanlagan kishi bilan o‘tirgiza olmasak, u vaqtda yana kim bilan o‘tirishni istardingiz, o‘sha sinfdoshingizning familiyasini yozing. Basharti birinchisi bilan ham, ikkinchisi bilan ham o‘tirishingizning iloji bo‘lmay qolsa u vaqtda qaysi sinfdoshingiz bilan o‘tirgan bo‘lardingiz. Shuning familiyasini yozing.

1.________________________ 2.________________________

3.________________________

endi xuddi shu tartibda kim bilan o‘tirishni hohlamacligingizni ko‘rsating (agar shundaylar bo‘lsa). 

1.________________________

2.________________________

3.________________________ To‘g‘ri mezon tanlash uchun guruhni o‘rganish, ularning hayotida nima muhim ekanligini bilish zarurdir. Tanlanayotgan mezon guruhni qaysi faoliyat jarayonida o‘rganishni maqsad qilib qo‘yganligiga bog‘liqdir (o‘yin, o‘qish, mehnat).

Ish oson bo‘lishi uchun o‘quvchilarga savolni kartochka ko‘rinishida tayyorlab beriladi. Savollar kartochkasi

 

Sotsiometrik mezon (savol)

Hohlayman (Ismi yoki familiyasini ko‘rsating)

Hohlamayman

(Ismi yoki familiyasini ko‘rsating)

1

Agar sizning guruhingizni qayta tuzmoqchi bo‘lsalar, siz guruhda kimlar bilan birga qolishni hohlaysiz? Kim bilan birga o‘qishni hohlamaysiz? 

1

2

3

4

1

2

3

4

2

Siz uchun qiyin bo‘lgan daqiqalarda kimlarga murojaat qilar edingiz? Kimga murojaat qilishni hohlamaysiz? 

1

2

3

4

1

2

3

4

3

Yotoqxonada o‘z guruhdoshlaringizdan kim bilan bir xonada yashashni hohlar edingiz? Kim bilan hohlamaysiz? 

1

2

3

4

1

2

3

4

So‘rov ma‘lumotlari jadval matritsa (sotsiometriya jadvali) tarzida rasmiylashtiriladi. Sotsiometriya jadvalining ko‘rinishi

Kim tanlayapti

Kimni tanlayapti

U tanladi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

+

-

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

12.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Uni tanladilar

+

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

-

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zaro tanlashlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tanlovda kimni afzal ko‘rish tartibi «1,2,3… » raqamlari bilan, istamaslik hollari «-1,-2,-3 …» belgisi bilan ifodalanadi.

Sotsiometriya jadvali to‘ldirilgandan keyin o‘zaro tanlashlar aniqlanib, ular aylanaga olinadi. Masalan, bir o‘quvchi ikkinchisini tanlab, ikkinchisi ham birinchini tanlagan bo‘lsa, bu o‘zaro tanlashdir. O‘zaro tanlashlar aylanaga olish bilan belgilanadi.

Navbatdagi vazifa jadvaldagi barcha natijalarni jadval pastidagi qatorlarga yoziladi va ular tahlil qilinadi.

Avvalambor guruhdagi liderlar (eng ko‘p tanlanganlar), guruh befarq qaraydiganlar (hech qanday tanlashga ega bo‘lmaganlar), salbiy tanlanishga ega bo‘lganlar aniqlanadi.

Olingan natijalarni tahlil qilayotganda har bir o‘quvchi mavqeining sababini bilishga harakat qilish kerak. (Nima uchun lider, nima uchun guruh a‘zolari yoqtirmaydi va h.k.). Bu borada asosiy e‘tiborni salbiy tanlanishga ega bo‘lganlarga qaratish kerak. 

Guruhning psixologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish uchun guruhdagi guruhchalar aniqlanadi. Buning uchun istalgan o‘zaro tanlashga ega bo‘lgan guruh a‘zosining tartib raqami jadvalning ustuniga ham, qatoriga ham yoziladi. Keyin shu kishi bilan o‘zaro tanlashga ega bo‘lgani ishtirokchi raqami ham xuddi shu tartibda yoziladi. Shu tariqa o‘zaro tanlashlar davom ettiriladi. 

Paydo bo‘lgan kichik guruh a‘zolarining o‘zaro munosabatlarini bilish uchun sotsiogramma tuziladi. Sotsiogramma tuzishda quyida berilgan shartli belgilardan foydalaniladi. Tanlov bo‘yicha olingan ma‘lumotlar sotsiogramma shaklida grafik asosida ifodalanadi (rasmga qarang).

 

-Kimni tanlayapti;

 

 

-   Kim tanlayapti;

 

-   ketma-ket tanlash;

 

-bir tomonlama ijobiy tanlash;

 

 

 

-          bir          tomonlama

tanlash;

 

-          O‘zaro ijobiy tanlash;

 

 

-          O‘zaro salbiy tanlash;

 

-          jinsni belgilash (er va ayol) .

 

 

 

 

salbiy

T


anlov sababini aniqlash uchun har       bir talaba bilan yakka tartibda suhbat o‘tkaziladi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni yaxshilash maqsadida va unda har bir talabaning mavqeini, ayniqsa «qabul qilinmaganlar» va «rad etilganlar»ning mavqeini mustahkamlash uchun tegishli tushuntirishlar beriladi, ularning miqdoriy va ijobiy sifatlarini ochib berishga alohida e‘tibor jalb qilinadi.

Tahlil to‘liq bo‘lishi uchun aniqlangan har bir kichik guruhning sotsiogrammasi alohida chiziladi va tahlil qilinadi.

Guruhning jipsligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish taklif qilinadi:

 

Kjip. – jipslik koeffitsienti,

V+ , V- - musbat va manfiy o‘zaro tanlashlar soni,  

 n - guruh a‘zolari soni,

Agar tanlashlar soni cheklangan bo‘lsa formuladagi n(n-1) o‘rniga K*n quyiladi.

 

K – tanlash mumkin bo‘lgan a‘zolar soni. Masalan, «3 kishini tanlang!» deyilgan bo‘lsa, u holda K =3. 

Sotsiometrik so‘rovnoma yordamida olingan barcha materiallar guruhga yozilgan psixologopedagogik xarakteristikada aks ettiriladi.

 

O‘QUVCHILARNI HAMKORLIKDA ISHLASHGA, ULARDAGI EMOTSIONAL ZO‘RIQISHLARNI BARTARAF ETISHGA DOIR  TRENING MASHG‘ULOTLARI

 

            Har bir mashg‘ulot 4 bosqichdan iborat.

I-bosqich.  Bunda shaxsning holati va kayfiyati, munosabatga kirishishi, salomlashishi, o‘spirinlarning bir-birlari haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, asab tizimidagi zo‘riqishlar xalos etiladi.

II-bosqich.  Guruhli munozara, rolli o‘yinlar, ishtirokchilarni frustrtsiyaga olib keluvchi vaziyatlar muhokama qilinadi. Xulq-atvordagi ijobiy va salbiy tomonlar bo‘yicha fikr almashinadi.

III-bosqich. Trening natijalariga ko‘ra aytilgan fikrlar tinglanadi va ma‘lum xulosalarga kelinadi. IV-bosqich.  Guruhlar ishini   yakunlash va xayrlashuv.

Ushbu treningda ishtirokchilarning optimal miqdori 15-20  kishini tashkil etadi. Mashg‘ulotlar  haftada 1-2 marta o‘tkaziladi. 

 

O‘quvchilarni   hamkorlikda ishlashga o‘rgatishga oid trening mashg‘ulotlari rejasi

 

Mashg‘ulotlar mavzusi

Soat

1

2

3

4

5

6

Biz turfa odamlarmiz

Men-bu men

Men va tengdoshlarim

Men va mening o‘qituvchilarim

Men va mening oilam

Men va mening kelajagim

2

2

2

2

2

2

7

Hammasi tamom bo‘ladi, ammo biz qolamiz

2

 

Biz turfa odamlarmiz Mashq: «Treningda bildiriladigan istaklar»

  Dastlab, trening rahbari guruh a‘zolarining har biri o‘zlarining treningdagi ismlarini qayd qiluvchi kartochka (ko‘krakka taqiladigan)ni tayyorlashlari bo‘yicha tushintirish beradi va 3-5 minut vaqt ajratadi. Buning uchun har bir ishtirokchi o‘ziga ism tanlaydi. Ular ism tanlashda mashhur kishilarning nomini ham olish huquqiga egadirlar. Tanlash huquqi erkin. Ismlar aniq va yetarli kattalikda yozilishi lozim. Kartochkalar kiyim ko‘kragiga to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlanadi.

Trening qatnashchisiga butun mashg‘ulot davomida shu ism bilan murojaat qilinadi. 

            Guruhdagi tanishuv :

Guruh a‘zolari  doira bo‘lib o‘tiradilar. Birinchi ishtirokchi turadi, ixtiyoriy bir qatnashchiga yaqinlashib, u bilan salomlashadi va unga trening sharti bo‘yicha istak bildiradi. Har bir ishtirokchi navbati bilan bu jarayonni davom ettiradi.

SHundan keyin o‘tkaziladigan «Bir – biringizni biling»  deb nomlangan mashq ishtirokchilarning birbirlarini anglab yetishlariga imkon beruvchi mashq hisoblanadi. Bu mashq ishtirokchilarni shaxslararo munosabatga, o‘zaro idrok qilishga,  guruh tomonidan qabul qilingan me‘yor va shaxs qadriyatlarini inobatga olishga o‘rgatadi. Bu mashq tafsiloti quyidagicha:

 

Mashq:  «Bir–biringizni biling»

 

Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga  ajratiladi. Guruh a‘zolarining vazifasi bir-birlari haqida ko‘proq ma‘lumot  olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan iboratdir.

Guruhda qoidalar hosil qilish. Guruh a‘zolari aylana bo‘lib o‘tiradilar va guruhiy ish tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo‘lgan qoidalar hamda mashg‘ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a‘zolarining rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari buzilganda jazolash ) belgilab olinadi.

 Guruh rituallari muhokama qilingandan so‘ng belgilab olinadi. Guruh a‘zolarining roziligidan so‘nggina, bunga qat‘iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati hisoblanadi. Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi.

  Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari:  Guruhda ishlash tamoyillari shye‘riy shaklda taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o‘zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi  va qiziqishlarini orttiradi.  SHye‘r aytilgach, trener tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan: 

1.             Jahd qilibsiz, treninga kelishga,         sabr qiling, oxirigacha bo‘ling biz bilan birga.

Guruhda butun mashg‘ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh a‘zolarining o‘zaro bir-birlarini idrok  qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

2.             Muomalada ochiqroq bo‘ling, 

      erinmasdan, dangalroq harakat qiling. 

      Muammoni hal etish istagingiz bo‘lmasa,       yolg‘on ishlatmay, jim tura qoling. 

Guruhda erinish va yolg‘on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq-oydin javob berishga tayyor bo‘lmasangiz, yaxshisi jim turing.

3.             Sizning, guruhga «to‘xta», deyishga huquqingiz bor. Muammoni muhokama qilmang.

 Har bir guruh a‘zosi  «to‘xta» deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador savolni muhokama qilishga tayyor bo‘lmasangiz yoki mashq sizga psixologik ta‘sir qilsa (asoratga sabab bo‘lsa), ushbu «to‘xta» deyish huquqidan  foydalaning .

4.             Faolroq bo‘ling o‘yinda,         shubhali muammolar hal bo‘lar shunda.

 Muhokama  qilinayotgan muammoni guruhdan tashqariga chiqarmang. Hammasi o‘zaro qolishi lozim. Treningda muammolarni guruhdan tashqarida muhokama qilish ma‘qul emas. Bu ushbu ishning asosiy qoidalaridan biri.

5.             Faqat o‘zingiz haqingizda  so‘zlang, muhokamadan chyetlanib qolmang. «Men his qilaman», «O‘ylashimcha»,  «Menimcha», bular  murakkab, bo‘lmag‘ur so‘zlar emas.

Har bir ishtirokchi o‘z nomidan o‘zi uchun gapiradi. Muhokamadan chyetga chiqib, «Hamma shunday deydi»    qabilida mulohaza yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Siz o‘z mulohazangizni  «menimcha», «mening o‘ylashimcha» tarzida ifodalang.

6.             Har bir kishi o‘z fikriga ega. Hyech kimni baholamang, tanqid qilmang. Hammaning fikri tinglanadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Guruhda bir-birini tushunish, his qilish lozimdir.

 SHuningdek, tayanch harakat a‘zolari buzilgan ilk o‘spirinlar   eng yaqin odam sifatida kimnidir e‘tirof etishlari, unga maslakdosh va maslahatchi sifatida qarashlari tabiiy. Xuddi shu bois, navbatdagi  «Assotsitsiya» mashqi  mazkur holatlarga aniqlik kiritishga hamda diagnostik ma‘lumotlar olishga yordam beruvchi ish bo‘lib hisoblanadi.

 

Mashq:  «Assotsitsiya»

            Ushbu mashq yaqin kishilari va oila a‘zolari haqida  ma‘lumotlar yig‘ishga yordam beradi.

     «Assotsitsiya» mashqi ilk o‘spirinlarning shaxslararo munosabatlari bo‘yicha psixodiagnostik xususiyatga ham ega. Mashq ularning yaqin odamlari  va ota-onalari bilan assotsitsiyala-shuvini ko‘rsatadi. Bu mashq ishtirokchilarda ancha jonlanish va qiziqish uyg‘otishi kuzatiladi.

O‘yla va ayt, oila a‘zolaringdan qaysilari senda               assotsitsiya uyg‘otadi?   

Navbatdagi mashq ilk o‘spirinlarni atrofdagilarga  munosabati va xohish-istaklarini  namoyon qilishga o‘rgatadi. Buning uchun «Do‘stimga maktub» mashqi taqdim qilinadi.

 

Mashq: «Do‘stimga maktub»

Ko‟rsatma.  Sizga do‘stingizga maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o‘zingiz haqingizda do‘stingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So‘ngra siz maktubni xat jildga joylashtiring. Maktub anonim bo‘lishi mumkin. Oxirgi mashg‘ulotda  hamma  o‘z maktubini oladi, o‘qiydi va treningdan sovg‘a sifatida olib qo‘yadi. 

 

Mashq: «Kundalik daftar yuritishga o‘rgatish» Kundalik daftarni «Mening g‘alabam va muvaffaqiyatlarim» mavzusi bo‘yicha yuritish trening ishtirokchilarining har kungi ishlarini hamda boshqalarning hatti-harakatlarini tahlil qilishga imkon beradi. Ishtirokchilarga kundalik daftar yuritishni mustaqil boshlashlari taklif etiladi. Ular kundalik daftarda o‘z holatlari, kechinmalari, tuyg‘ulari haqida o‘z taassurotlarini yozib  borishlari lozim. Dastlab har bir ishtirokchiga qog‘oz berilib, quyidagi gaplarni yakunlash so‘raladi:  Men treningga kelganimda... 

       Menga yoqqan narsa... 

       Menda aytish  xohishi yo‘q ...

       Men mashg‘ulotlarda...  ... ...lar    haqida ko‘proq bilib olaman.        Men hozir ...    ...   ...ni     his qilyapman.

       Treningdan so‘ng mening kayfiyatim ...  ... 

       Bu safar men ...    ...  ...ga  harakat qilaman.  

       Men navbatdagi uchrashuvda ...  ...  ...ni  isbot qilaman.

Albatta, ushbu psixologik trening natijalarini ishtirokchi-larning kayfiyati  hamda xohish-istaklari orqali aniqlash mumkin. Buning uchun xayrlashuv rituallariga ham e‘tibor qaratish lozim. Guruh a‘zolari doira bo‘lib tik turadilar. Trener  qo‘lini oldinga cho‘zib, «Hammangizga rahmat!» deb aytadi. So‘ngra boshqa ishtirokchi trenerning qo‘liga qo‘lini qo‘yadi va «Bugun zo‘r bo‘ldi!» deydi,  qolganlar ham o‘z istaklarini shu tarzda bayon qiladilar. Tilaklar aytib bo‘lingach, qo‘llar birlashtiriladi, trener ishtirokchilar bilan xayrlashadi va hamma tarqaladi.

 

Ikkinchi mashg‘ulot Men –bu men

 Ushbu mashg‘ulotda har bir ishtirokchi o‘z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o‘zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mashq: «Rangli panjalar»

 Ishtirokchilar xona bo‘ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko‘k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo‘l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma‘lum vaqtga yuqori ko‘taradi. SHu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko‘proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim. 

Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma‘qulroq, masalan: «qizil panja»-qo‘lni qisish uchun;   «ko‘k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo‘yish uchun;  «sariq panja»-«orqa bilan»  salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so‘zlashish ta‘qiqlanadi.

Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg‘otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o‘zlari bilan o‘tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga,  frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo‘l keladi.  

 

 

UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN SEMINAR MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHGA OID  TEST TOPSHIRIQLARI 

ILOVA

An‘anaviy ta‘limga kim tomonidan asos solingan? 

Ya.A. Komenskiy 

K.D. Ushinskiy

A.R. Beruniy

A.N. Farobiy

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlarni amalga oshirishning 2- bosqichi qaysi yillar hisoblanadi?

2001 – 2005 yillar 

1997 – 2001 yillar

1998 – 2001 yillar 

1996 – 2000 yillar  

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlarni amalga oshirishning 3 bosqichi qaysi yillar xisoblanadi?

2005yil va undan keyingi yillar 

 2001 – 2005 yillar 

1997 – 2001 yillar

 1996 – 2000 yillar  

 

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilangan tadbirlar necha bosqichda amalga oshiriladi:

3 bosqich 

2 bosqich

6 bosqich 

5 bosqich

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlarni amalga oshirishning 1

bosqichi qaysi yillar hisoblanadi:

1997 – 2001 yillar 

1997 – 2000 yillar 

1998 – 2001 yillar 

1996 – 2000 yillar 

 

Aralash dars turining tuzilishi berilgan qatorni toping: 

Uy vazifalarini so‘rab, tekshirish, yangi material bayon qilingan yangi matn, uy vazifasini topshirish 

O‘tilgan mavzudan mustaqil ish, uyga vazifa berish 

Tashkiliy qismlarni ochib berilishi 

Darsni  xar turli o‘yinlar orqali o‘tish

 

«Ta‘lim to‘g‘risidagi» Qonun qachon qabul qilingan: 

1997 yil 9 sessiyada 

1997 yil 11 sessiyada

1996 yil 11 sessiyada 

1997 yil 8 sessiyada 

 

Dars  - bu:  

Aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi va tayyorgarlikdagi o‘quvchi- yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulot 

O‘quvchilarga tarbiya berish 

O‘quvchilarga bilim berish

O‘quvchilarni ma‘lum kasb - hunarga yo‘naltira olish 

 

Ta‘lim jarayoni nimalardan iborat?

Maqsad, nazorat, baholash, natija, ta‘lim metodlari, ta‘lim shakllari, ta‘lim vositalari

Harakatlarni tekshirish

Xatoni tuzatish, baholash

Maqsad, xatoni tuzatish

 

O‘quv rejasi – bu: 

Xalq tap‘limi yoki OVO‘RTMTV tomonidan belgilab berilgan reja 

Maktab direktori tomonidan belgilab berilgan reja 

O‘qituvchining shaxsiy rejasi

Davlat hujjati 

 

O‘quv dasturi – bu: 

Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy – siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat  hujjatidir 

Fanning maqsadini belgilab beruvchi hujjat 

O‘qituvchining faoliyatini belgilab beradigan hujjat 

o‘quv rejasining maqsadini belgilab beradigan hujjat 

 

O‘quv rejasiga asosan tuziladigan hujjatlarning nomini ko‘rsating:

Dars jadvali 

Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi 

Dasturdan tashqari ma‘lumotlar jadvali 

Maktabning yillik o‘quv rejasi

 

Aniq  reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli

Loyiha

Reja

Dastur 

Modul 

 

Boshlang‘ich ma‘lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat

Loyihalash

Rejalashtirish

Modellashtirish

Texnologiya

 

Real, haqiqatda mavjud bo‘lgan ob‘ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o‘xshagan nusxasi

Model

Dastur 

Proekt

Xarita 

 

1997 yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning  Oliy Majlisining IX sessiyasida qilgan ma‘ruzasining nomi qanday ataladi?

Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori

XX asr busag‘asida

Buyuk kelajak sari

O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda

 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi necha bo‘lim va necha moddadan iborat?

5 bo‘lim, 28-modda

3 bo‘lim, 27-modda

1 bo‘lim, 23-modda

6 bo‘lim, 20-modda

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari qaysi bo‘limda o‘z ifodasini topgan?

1- bo‘limda

2- bo‘limda

4- bo‘limda

5- bo‘limda

 

 

Ta‘limning  texnik vositalarini toping

Diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart, videofilmlar, yozuv taxtasi

Model,mulyajlar, grafik, diagrammlar, namunalar, chizma, sxema va boshq.

Ish varaqasi, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar

Texnologik xarita, texnologik model

 

Yordamchi ta‘lim vositalari toping

Model,mulyajlar, grafik, diagrammlar, namunalar, chizma, sxema va boshq.

Diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart, videofilmlar, yozuv taxtasi

Ish varaqasi, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar

Texnologik xarita, texnologik model

 

O‘quv - uslubiy materiallari qaysi qatorda ko‘rsatilgan?

Ish varaqasi, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar

Model,mulyajlar, grafik, diagrammlar, namunalar, chizma, sxema va boshq.

Diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart

videofilmlar, yozuv taxtasi

 

 

Ta‘lim oluvchida yangi g‘oya, me‘yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me‘yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta‘lim

Innovatsion ta‘lim

Integratsion ta‘lim

Differintsial ta‘lim

Muammoli ta‘lim

 

Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra ta‘lim innovatsiyalari turlari

Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar, ta‘lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar

Radikal innovatsiyalar, kombinatsiyalangan innovatsiyalar, modifikatsiyalangan innovatsiyalar

Tarmoq (lokal) innovatsiyalari, modul innovatsiyalari, tizim innovatsiyalari

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar, o‘zlashtirilgan innovatsiyalar

 

Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra ta‘lim innovatsiyalari 

Radikal innovatsiyalar, kombinatsiyalangan innovatsiyalar, modifikatsiyalangan innovatsiyalar

Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar, ta‘lim tizimini boshqarishda 

qo‘llaniladigan innovatsiyalar

Tarmoq (lokal) innovatsiyalari, modul innovatsiyalari, tizim innovatsiyalari

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar, o‘zlashtirilgan innovatsiyalar

 

O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra ta‘lim innovatsiyalari 

Tarmoq (lokal) innovatsiyalari, modul innovatsiyalari, tizim innovatsiyalari

Radikal innovatsiyalar, kombinatsiyalangan innovatsiyalar, modifikatsiyalangan innovatsiyalar

Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar, ta‘lim tizimini boshqarishda  

qo‘llaniladigan innovatsiyalar

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar, o‘zlashtirilgan innovatsiyalar

 

Kelib chiqish manbaiga ko‘ra ta‘lim innovatsiyalari

Tarmoq (lokal) innovatsiyalari, modul innovatsiyalari, tizim innovatsiyalari

Radikal innovatsiyalar, kombinatsiyalangan innovatsiyalar, modifikatsiyalangan innovatsiyalar

Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar, ta‘lim tizimini boshqarishda 

qo‘llaniladigan innovatsiyalar

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar, o‘zlashtirilgan innovatsiyalar

 

Agar  faoliyat  qisqa  muddatli,  yaxlit  tizim  xususiyatiga  ega  bo‘lib, faqatgina  tizimdagi  ayrim  elementlarni  o‘zgartirishga  xizmat  qilsa  u ....  deb  yuritiladi  

novatsiya  (yangilanish)  

innovatsiya (yangilik kiritish) 

ta‘limni o‘zgartirish

yangilik

 

Ta‘limning  innovatsion  shakllarini ko‘rsating

barcha javoblar to‘g‘ri

amaliy o‘yinlar,  muammoli  o‘qitish,  interfaol  ta‘lim

modul-kredit  tizimi, masofali o‘qitish  

blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari

 

.... interfaol mashg‘ulotlarni  amalga  oshirishning  asosiy  shakli  bo‘lib,   u o‘rganilishi  lozim  bo‘lgan  nazariy  g‘oya  va  fikrlarni  amaliy  ish,  mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi.   

Trening 

Amaliy  o‘yinlar 

Blended  learning  (aralash  o‘qitish) 

Mahorat  darslari 

 

Ochiq tashkil etilib, ilg‘or  pedagogik tajribalarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish shakli 

Mahorat  darslari 

Trening 

Amaliy  o‘yinlar 

Blended  learning  (aralash  o‘qitish) 

 

Onlayn  o‘quv  materiallari hamda  o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta‘lim olishga asoslangan o‘qitish shakli 

Blended  learning  (aralash  o‘qitish) 

Trening 

Amaliy  o‘yinlar 

Mahorat  darslari 

 

Muayyan  amaliy  harakatlarning  tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar

Amaliy  o‘yinlar 

Blended  learning  (aralash  o‘qitish) 

Trening 

Mahorat  darslari 

 

Qaysi test topshiriqlari shart va javoblardan iborat

Yopiq test topshiriqlari

Ochiq test topshiriqlari

Muvofiqligini o‘rnatish test topshiriqlari

Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari

 

Qaysi test topshiriqlarida sinaluvchiga o‘z javobini berish imoniyatini beradi.

Ochiq test topshiriqlari

Yopiq test topshiriqlari

Muvofiqligini o‘rnatish test topshiriqlari

Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari

 

Bu test topshiriqlarida bir majmua elementlarining ikkinchi majmua elementlariga mosligi o‘rnatiladi.

Muvofiqligini o‘rnatish test topshiriqlari

Ochiq test topshiriqlari

Yopiq test topshiriqlari

Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari

 

Bu test topshiriqlarida  xatti-harakatlar, hisob-kitoblarni talab qilingan ketma-ketlikda bajarilishi tekshiriladi.

Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari

Muvofiqligini o‘rnatish test topshiriqlari

Ochiq test topshiriqlari

Yopiq test topshiriqlari

 

Bu o‘quv jarayonining tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog talabalar bilan yakkamayakka shug‘ullanadi, talaba o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta‘lim oladi.

Individual o‘qitish

Tabaqalashtirilgan o‘qitish

Muammoli o‘qitish

Sinf-dars tizimi

 

Metod nima?

O‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligida tashkil etilayotgan maqsadga erishish usuli 

O‘qitish

O‘rgatish

Harakat    

 

Axborot texnologiya nima?

Pedagogik texnologiyaning tarkibiy kismi 

Nazorat turlari(joriy,oralik,yakuniy)

O‘zaro ta‘sirlar

monitoring

 

 

 

… - bu kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subyekti  va  obyekti,  ta‘lim  sohasidagi xizmatlarning  iste‘molchisi  va  ulami amalga  oshiruvchisi .

shaxs

davlat va jamiyat

fan

ishlab chiqarish

 

 …- ta‘lim va  kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qabul  qilib  olishning  kaflllari  boiib, yuqori  malakali  raqobatbardosh  mutaxassislar  tayyorlash  bo‗yicha ta‘lim muassasalarining faoliyatini  uyg‗unlashtiradi

davlat va jamiyat

shaxs

fan

ishlab chiqarish

 

Yuqori  malakali  mutaxassislar tayyorlovchi  va ulardan foydalanuvchi,  ilg'or pedagogik va  axborot  texnologiyalarini  ishlab chiquvchi. 

fan

shaxs

davlat va jamiyat

ishlab chiqarish

 

Seminar mashg‘ulotiga qo‘llaniladigan izohli lug‘atlar

                                                                 (GLOSSARIY)                           ILOVA

Amaliyotda (praktikada) qo'llash - hayotda bir necha bor qo'llangan o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonchli muammolar yechimi bilan solishtirib, xulosa qilish so'ng tafakkur saviyasiga tayanib yagona echimini tanlash va undan amaliyotda foydala- nishdir.

Anglash - biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.

Anomal bolalarni tarbiyalash — korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi b o ‗lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta‘lim muassasasi o ‗rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‗llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko'rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.

Anomaliya (yunoncha — anomal ) — me‘yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‗g‗ri rivojlanish. Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‗g‗risidagi bilimlarni berish, uning aqliy

(bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‗naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.

Axloq - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‗lgan xulqatvor qoidalari, mezonlari yig‗indisi.

Axloq (lotincha «moralis» — xulq-atvor ma‘nosini bildiradi) — ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‗lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‗indisi.

Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‗lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‗oyasining o‗quvchilar ongida aks etishidir.

Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulqatvor qoidalari, mezonlarini o ‗quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo‗lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Baho – ta‘lim oluvchilarga ularning ta‘lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta‘sir ko‘rsatish vositasi.

Baholash -ko'nikma va malakalarni o ‗quv das turida ko‗rsatilgan e talon (ko‗rstakich, qolip, o ‗lchagich)lar bilan solishtirish.

Bashoratlash - bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma‘qulini tanlab olish. 

Bilim  — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma‘lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma‘lumotlar majmui;

 Bilim  olish — idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

Bilish   -   Ob‘ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni.

Boshqarish ma‘lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli t a ‘sir k o‗rsatish demakdir.

Dars - aniq maqsadni ko'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlardir. Dars - o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.

Darslik – muayyan fan bo`yicha ta`lim maqsadi, o`quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to`g‘risidagi ma`lumotlarni beruvchi manba.

Darsning maqsadi o'qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o'quvchilarga bildirishi va o'quvchilar o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirib ko'rish hamda yangi mav- zuga zamin yaratish.

Darsning mazmuni - uni o'qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma‘noga ega matn tashkil etadi. Uni o'quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.

Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, uning yordamida ta‘lim oluvchilarga ta‘lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Davlat ta`lim standarti – 1) ta`lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo`lgan ta`lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o`quv fani bo`yicha ta`limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta`lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablar.

Davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

Demonstratsiya metodi - kinoapparat, televizor eshittirishlardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish kilish.

Didaktik tashxis maqsadi – o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.

Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasawurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi du- nyoqarashdir.

Dogmatik o‘qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, u o‘rta asrlarda keng tarqalgan.

Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g'oyalar turkumini hosil qiladigan, ulami muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, dav- latlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o'z o'mini, amaliy faoliyat yo'nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko'p qirrali va sermazmun tushunchadir.

Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlash- tirilgan bilimlar yig‗indisidir.

Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;

Fanning ob‘ekti -  shu fan tadqiq etadigan  voqe‘lik qismi ya‘ni, o‘rganish sathi, maydoni hisoblanadi. 

Fanning predmeti- ob‘ektdagi bevosita o‘rganiladigan aniq soha bo‘lib, u o‘z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega. 

Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.

Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.

Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy axloqiy sifat majmuyi.

Fikr - inson faoliyati uning o'zligini kuch - qudratini o'zagini tashkil qiluvchi ma‘naviy-insoniy sifatdir. Fuqarolik – huquqiy va axloqiy me‘yorlarga ongli rioya etish, ma‘lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas‘ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma‘naviy etuklik asosida muayyan davlatga mansublik.

Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.

Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.

Hisobga olish bu o‗qitishning muayyan bir davrida o ‗quvchilar va o‗qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.

Huquqiy faoliyat - huquqiy me‘yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat‘iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e‘tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.

Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.

Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e‘tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.

Huquqiy ta‘lim - o‘quvchilarga huquqiy me‘yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.

 

Tarbiya metodi (yunoncha ―metodos‖ - yo‗l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‗li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‗ulari va xulqiga ta ‘sir etish usullari.

Tarbiya nazariyasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi.

Tashxis bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash

Tayzik o‘tkazish - uyatga qo‘yish, aybdorlik xissi ѐki ko‘ngli chukkanlarning fikri, xissiѐti, intilishi va moyiliggi ularning ongidan xalos qilish.

Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o ‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida aks aloqani ta‘minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o‗zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‗z vaqtida aniqlashdir.

Test — aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‗rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.

Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir.

Uzluksiz ta‟lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;

Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‗zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‗tkaziladi.

Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar. 

Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‗lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalaniladigan adabiyotlar  ro‗yxati Asosiy adabiyotlar 

1.  Хo‘jaev N., Хoshimova M., Hakimova M. va boshqalar. Pedagogika.  (darslik) – T.: TDIU, 2007.  

2.  Nishonaliev U. Tursunov I. «Pedagogika kursi» darslik.   T. «O‘qituvchi»   2003. – 231 b.

     3.Pedagogika. V.A.Slastenin, I.F.Isaev, A.I.Miщenko, E.N.SHiyanov.   Moskva. «SHkolьnaya pressa». 2004.

    4. Ismailova Z.K. Pedagogika. Darslik. T.: ―Moliya‖, 2008.

    22. Miloradova N.G. Psiхologiya i pedagogika: Uchebnik. – M.: Gardariki, 2006. – 335 s.

5.  Ismailova.K.Z, Musayev R.S ―Pedagogika.Psixologiya‖fanidan  metodik ko‘rsatma 

6.  A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti 

   7.Pedagogika. V.A.Slastenin, I.F.Isaev, A.I.Miщenko, E.N.SHiyanov.   Moskva. «SHkolnaya pressa». 2004.

    8. Ismailova Z.K. Pedagogika. Darslik. T.: ―Moliya‖, 2008.

    22. Miloradova N.G. Psixologiya i pedagogika: Uchebnik. – M.: Gardariki, 2006. – 335 s.

9.           Ismailova.K.Z, Musayev R.S ―Kasbiy faoliyatga kirish‖fanidan  metodik ko‘rsatma 

10.       A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti 

11.       Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: ―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2008. 

12.       Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012. 

13.       Hoshimov  K.,  Nishonova  S.,  Inomova  M.,  Hasanov  R.    Pedagogika tarixi. – T.: O‗qituvchi, 1996. 

14.       Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi.  – T.: O‗zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005. 

15.       Hoshimov  K.,  C.Ochil.  O‗zbek  pedagogikasi  antologiyasi.  –  T.: O‗qituvchi, 1999. 

16.       Hoshimov  K.,  C.Ochil.  O‗zbek  pedagogikasi  antologiyasi.  –  T.: O‗qituvchi, 2010. 

17.       Azizxo‗jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.:Fan, 2006. 

18.       Omonov  X.,  Xo‗jayev  N.,  Madyarova  S.,  Eshchonov  E.  Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009. 

19.       Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011. 

20.       Alex Moore. Teaching and learning: Pedagogi. Curriculum and culture. USA, 2012. Routledge. 

21.       Neil  Selwyn.  Education  and  Technology:  Key  issues  and  Debates. Australia, 2011.

Continuum. 32 

22.       Keith  S.  Taber.  Modelling  Learners  and  Learning  in  Science Education:  Developing  Representations  of  Concepts,  Conceptual  Structure  and Conceptual Change to Inform Teaching and Research. UK, 2013 Springer.  

Qo‗shimcha adabiyotlar 1.  Xasanboev  J,  To‗rakulov  X.,  Xaydarov  M.,  Hasanboeva  O.  Pedagogika fanidan izohli lug‗at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. 

2.    Kaldыbekova  A.S.  Umumiy  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotidan laboratoriya mashg‗ulotlari. – T.: ―Fan va texnologiya‖ nashriyoti, 2013. 

3.    Niyozov G‗., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar  modullari. – T.: NOSHIR, 2011. 

4.    Ma‘naviyat  yulduzlari  (Markaziy  Osiyolik  mashhur  siymolar, allomalar,  adiblar).  -  T.:  A.Qodiriy  nomidagi  Xalq  merosi  nashriyoti, 1999.  

5.    Ismoilova Z. Pedagogikadan amaliy modullar. – T.: Fan, 2001. 

Elektron ta‘lim resurslari

1.  www. tdpu. uz 

2.  www. pedagog. uz 

3.  www. Ziyonet. uz 

4.  www. edu. uz 

5.  tdpu-INTRANET. Ped 

 

 

  

 

 

 

O‗ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI OLIY VA

O‗ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI OLIY VA

Ushbu metodik qo‘llanmada O‗zbekiston

Ushbu metodik qo‘llanmada O‗zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etilishini ta‘minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolar jamiyati qurishga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, jamiyatni ma‘naviy yangilashga,…

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etilishini ta‘minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolar jamiyati qurishga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, jamiyatni ma‘naviy yangilashga,…

Seminar mashg‟ulotining didaktik maqsadlari quyidagilardan iborat: v

Seminar mashg‟ulotining didaktik maqsadlari quyidagilardan iborat: v

Qo‟shma shakldagi seminar . Bu ma‘ruzalar muhokamasi, erkin so‘zga chiqishlar, shuningdek munozarali muhokamalarning birikmasidir

Qo‟shma shakldagi seminar . Bu ma‘ruzalar muhokamasi, erkin so‘zga chiqishlar, shuningdek munozarali muhokamalarning birikmasidir

Amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari auditoriyada o‘tilib, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga oid yo‘l – yo‘riq va ko‘rgazmalar er uchastkasida yoki mashg‘ulotning mazmuniga oid joyda beriladi

Amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari auditoriyada o‘tilib, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga oid yo‘l – yo‘riq va ko‘rgazmalar er uchastkasida yoki mashg‘ulotning mazmuniga oid joyda beriladi

Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o‘yindagi kabi kelishib olinmaydi

Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o‘yindagi kabi kelishib olinmaydi

Ta‘lim sohasidagi asosiy prinsiplar

Ta‘lim sohasidagi asosiy prinsiplar

Ta‘lim tizimi: davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablarini, o‗quv rejalari va o‗quv dasturlarini; davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablari va o‗quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta‘lim…

Ta‘lim tizimi: davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablarini, o‗quv rejalari va o‗quv dasturlarini; davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablari va o‗quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta‘lim…

Pedagoglik kasbi va uning vazifalari (2 soat) 1

Pedagoglik kasbi va uning vazifalari (2 soat) 1

Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta‘lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‗lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator…

Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta‘lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‗lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator…

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Intervyu metodi. 2. Ta‘lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi

Intervyu metodi. 2. Ta‘lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi

Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur

Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Ekspert varag‘i №1 Kuzatish metodi 1

Ekspert varag‘i №1 Kuzatish metodi 1

Demak, Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shuo‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor

Demak, Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shuo‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Yosh davrlari

Yosh davrlari

Ta‘lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari

Ta‘lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari

Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: •

Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: •

Blits-so‘rov savollari №

Blits-so‘rov savollari №

Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: •

Metodlar (usullar) har qanday aхborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish хarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: •

B\B\B teхnikasidan foydalanish tartibi

B\B\B teхnikasidan foydalanish tartibi

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Modernizatsiyalashgan ta‘lim mazmuni

Modernizatsiyalashgan ta‘lim mazmuni

Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationaits» — aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug‗iladi, shu bois ta‘lim o'quvchilarning ma‘lum bilimlarni…

Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationaits» — aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug‗iladi, shu bois ta‘lim o'quvchilarning ma‘lum bilimlarni…

O`quv rejasi Ta`limning mazmuni va umumiy shart- sharoitlarini hamda fanni o`rganish tartibini belgilaydi

O`quv rejasi Ta`limning mazmuni va umumiy shart- sharoitlarini hamda fanni o`rganish tartibini belgilaydi

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Ta‘lim metodlari va vositalari

Ta‘lim metodlari va vositalari

O`zaro ta`sirni tashkil etish va boshqarish metodlari

O`zaro ta`sirni tashkil etish va boshqarish metodlari

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

TARQATMA MATERIALLAR 1-topshiriq

TARQATMA MATERIALLAR 1-topshiriq

Didaktik talablar. 2. Tarbiyaviy talablar

Didaktik talablar. 2. Tarbiyaviy talablar

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Berilgan jadval bo`yicha reyting nazorati turlarining o`xshash va farqli jihatlarini ko`rsating

Berilgan jadval bo`yicha reyting nazorati turlarining o`xshash va farqli jihatlarini ko`rsating

Muammoli blok. YOshlar tarbiya – strategik masala ekanligini tahlil etish va aniq misollar orqali asoslash

Muammoli blok. YOshlar tarbiya – strategik masala ekanligini tahlil etish va aniq misollar orqali asoslash

Tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

Tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Umumiy pedagogikadan metodik ko'rsatma

Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta‘siri

Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta‘siri

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega tamoyillardan biri

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega tamoyillardan biri

O„qituvchi mazkur vaziyatda qanday yo„l tutishi kerak?

O„qituvchi mazkur vaziyatda qanday yo„l tutishi kerak?

Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning yechimini toping

Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning yechimini toping

O‗quvchilarning shaxsiy salohiyatining rivojlanishi uchun sinfda maqbul ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish

O‗quvchilarning shaxsiy salohiyatining rivojlanishi uchun sinfda maqbul ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish

Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir

Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir

Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda qanday jazo choralari qo‘llaniladi?

Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda qanday jazo choralari qo‘llaniladi?

Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi

Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
25.06.2021