Mavzu: Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon.
Ta’limiy maqsad: Bolalarda Vatan haqidagi bilimlarini oshirish, O’zbekistonning o’tmishi va bugunini anglash, hotirada qayta tiklash hamda kelajakni tasavvur etishga yo’naltirish orqali tafakkurni o’stirish. Davlat ramzlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, tevarak-atrof va o’zini o’rab turgan muhitga etiborli va qiziquvchan bo’lishni tarbiyalash.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalalarda o’z Vataniga muhabbat va faxr tuyg’usini tarbiyalash, milliy urf-odatlarimizga hurmat bilan qarashlari, do’stlari va tengdoshlariga o’z munosabatlarini his tuyg’ularini ifoda eta olishi, o’z Vatanini asrashi kerakligini, kelajakda Vatnimizga nafi tegadigan yetuk farzand bo’lishi lozimligini eslatib o’tish va yurtimizni asrab avaylashga doir qo’shimcha tushunchalar berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:Bolalarning aqliy, jismoniy va shaxs sifatida rivojlanishini taminlash.
Faoliyatning borishi.
Kirish.
Til va nutq ta’lim faoliyatida.
Ertalabki doira.
Suhbat: salom aziz bolajonlar. Barchangiz kuchga to’lib, a’lo kayfiyatlar bilan ta’lim tarbiya jarayoniga tayyor bo’lib keldingizmi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: bolajonlar negadir mening tong sahardan kayfiyatim judayam al’o darajada. Bundoq atrofimga nazar tashlasam nazarimda yon atrofimdagi insonlarning ham kayfiyatlari choqdek. Bolajonlar men tong sahardan yon atrofimdagilarga boqib bugungu kunimni ajoyib kun deya nomlab oldim.
Bolalar: Hamida Bahridinovna nega bugungi kunningizni ajoyib kun deya nomladingiz?
Tarbiyachi: bolajonlar biz sizlar bilan bir o’yin orqali nega bugungi kun ajoyib kun ekanligini bilib olamiz.
O’yin.
Tarbiyachi bolalarni ikki guruhga bo’lib oldi va turli hil topishmoqlar aytadi u topishmoqning javobi esa stol ustida turgan bo’ladi. Javoblar orqasida esa Davlatimiz ramzlari aks etilgan bo’ladi.
Tarbiyachi: bolajonlar ikki jamoaga bo’linib olamiz. So’ngra jamoaga nom berishadi.
Tarbiyachi: mana bolajonlar topishmoqlarni ham topib oldik. Qo’limizdagi javoblarning ortiga nimadir yashiringan sizlar 5 daqiqa ichida ularni topishingiz kerak. Shartimiz tushunarlimi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: barakkala bolajonlar. Suratlarga yaxwilab nazar solamiz va men nega aynan manashu davlat ramzlarini yodga olganimni, bugun nega hamma hursandligini bilib olasizlar.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi:barakalla o’zimning zuko bolajonlarim. Sizlar bu kunni bilmasangiz ham juda kata hato bo’lar edi. Qani bolajonlarim bu qanday kun ekan?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: voy bolalar negadir oramizda qaysidir bola yoqga o’xshab tuyulayapti?
Guruhga musiqa sadosi ostida harbiy bo’lishni juda juda hohlagan bo’lajak harbiy bola kirib keladi.
Syujetli rolli va drammalashtirish markazi.
Harbiy bola oz qasamyodini ado etadi.
Tarbiyachi: assalomu aleykum oddiy askar Jo’rayev. Bizni havotirga solib mashxur iwlar bilan band ekansizda. Biz sizni askarlarni yaxshi ko’rishingizni bilar edik. Lekin bizga kutilmagan sovg’a qilishingizni kutmagan edik. Barakalla. Bolalar men sizlarga Mustaqilligimiz tarixi haqida ajoyib video rolik tayorlab kelganman .
Bolalarga Mustaqillika erishish tarixi haqida oynayi jahonda turli xil izohlar bilan video rolik ko’rsatiladi.
Bolalar video rolikni tomosha qilib bo’lgach o’zlari tayorlab kelgan sher larine aytib berishadi.
Tarbiyachi: bolajonlar kelinglar bilimlarimni mustahkamlash maqsadida hozr biz sizlar bilan 3 guruhga bo’linib olamiz.
Bolalarni hohish istaklariga qarab markazlarga yo’naltiramiz.
Ilm fan va tabiat markazida: bolalar O’zbekistonimizning qazilma boyliklari haqida malumot to’plashadi va ular ustid atajriba o’tkazishadi. yasash konstruksiyalash
Kerakli jihozlar: yer osti qzilmalaridan ko’mir, tosh, tuz, tuproq, suv.
Qurish konstruksiyalash va matematika markazi: bolalar kurulish materiallaridan shahar qurishadi.
Kerakli jihozlar: legolar, mavzuga oid rangli rasmlar.
San’at markazi: bolalar Davlatimiz ramzi Bayroq yasahadi.
Kerakli jihozlar: rangli qog’oz , yelim, qaychi, tayoqcha, mavzuga oid rangli rasmlar.
Dam olish daqiqasi: qizlar ijrosida raqs.
Hulosa: O’tkazilgan mavzu yuzasidan savol va javoblar
Tarbiyachi: bolalar bugun qanday kun ekan?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: biz qanday tarixga ega ekanmiz?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: bugungi ta’lim faoliyatimizda nimalar bilan shug’ullandik?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: qanday tabiiy boyliklarimiz bilan tanishdik?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: bayrog’imizda nimalar aks etgan ekan?
Rag’batlantirish: bolalarning faoliyat mobaynida bajargan ishlarini bolalar bilan birgalikda baholaymiz va faoliyat mobaynida faol ishtirok etgan bolalarni ham mahsus yulduzchalar bilan taqdirlaymiz.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.