В 80-90-е годы Ш.Ёрматов, А.Мансуров, Н.Норхожаев, Р.Абдуллаев, детские песни в произведениях таких композиторов, как Д.Омонуллаева.
Оценка 4.8

В 80-90-е годы Ш.Ёрматов, А.Мансуров, Н.Норхожаев, Р.Абдуллаев, детские песни в произведениях таких композиторов, как Д.Омонуллаева.

Оценка 4.8
Лекции +1
doc
музыка
Взрослым
20.02.2022
В 80-90-е годы Ш.Ёрматов, А.Мансуров, Н.Норхожаев, Р.Абдуллаев, детские песни в произведениях таких композиторов, как Д.Омонуллаева.
В 80-90-е годы Ш.Ёрматов, А.Мансуров, Н.Норхожаев, Р.Абдуллаев, детские песни в произведениях таких композиторов, как Д.Омонуллаева.
В 80-90-е годы Ш.Ёрматов, А.Мансуров, Н.Норхожаев, Р.Абдуллаев, детские песни.doc

80-90 yillаrdа SH.Yormаtоv, А.Mаnsurоv, N.Nоrхo’jаеv, R.Аbdullаеv, D.Оmоnullаеvа kаbi kоmpоzitоrlаr ijоdlаridа bоlаlаr  e’strаdа qo’shiqlаri.

Mustaqillik  sharoitida xalqning ma'naviy madaniyatini rivojlantirish va mustahkamlash ishlari muhim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalarga aylangan. Xalq an'analarini va qadimgi Navro‘z kabi bayramlarni tiklash, yangi – Mustaqillik, Konstitutsiya, bilimlar va murabbiylar bayramlarini joriy etish, xalqaro («Sharq taronalari» va boshqa) musiqa festival va anjumanlarni tashkil etish – buning xammasi musiqa, shu jumladan xor madaniyati sohasida yangi shakllarni izlab topish, faoliyatini jadallashtirish talab etmoqda.

Respublikamizdagi ijodiy kuchlarning  yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o‘z aksini topmoqda. Yosh  avlodni musiqali estetik tarbiyasi ishlarining rivojiga «Biz – O‘zbekiston bolalarimiz», «Chegarasiz go‘zallik» tanlovlari, «Ustalar shaharchasi», «Qadimgi rivoyatlar kulgisi», ataqli hofiz va bastakorlar hoji Abdulaziz Abdurasulov, Jo‘raxon Sultonov, Ma'murjon Uzlqov, Komiljon Otaniyozovlarga bag‘ishlangan xonandalar tanlovlari yaqindan yordam bermoqda.

Bu yo‘nalishdagi yangi tashabbuslar sifatida «O‘zbekiston Vatanim manim» qo‘shiq tanlovi, yosh ijodkorlar (shu jumladan, yosh xonandalar) tanlovlarini ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa 1997 yildan boshlab o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston Vatanim manim» qo‘shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, eng zo‘r ijodiy kuchlarni namoyish etmoqda. Jamoalarning badiiy rang – barang bo‘lib, ye.Shvars, Sh.Yormatov, N.Norxo‘jaev, A.Varelas, D.Omonullaeva va boshqa kompozitor asarlarini qamrab olgan. Xor rahbarlari qo‘shiq tanloviga tayyorlanish jarayonida bolalar bilan kata ijodiy va tarbiyaviy ishlarni bajarmoqda. Respublika madaniy hayotida «Bizning kelajagimiz» bolalar ijodiy festivali ham yorqin iz qoldirgan. U «Yorqin yulduzchalar» jamg‘armasi, Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi va «Festival» interklubi tomonidan 2002 yilda tashkil etilgan. Festival dasturida bolalar badiiy ijod ko‘rgazmasi hamda bolalar ijodiy (jumladan, xor) jamoalari qatnashgan. Mustaqil O‘zbekiston musiqa madaniyati badiiy turlarining hilma-hilligi bilan ajralib turadi. Bunga hozirda mavjud bo‘lgan milliy mumtoz musiqa an'analari, xalq ijodi, kompozitorlar faoliyati, badiiy xavaskorlik shakllari hamda keng rivoj topgan estradi yo‘nalishlari dalolat beradi. Zamonaviy kompozitorlar ijodida yangi uslublarni mujassam etgan asarlari paydo bo‘lmoqda. Oxirgi paytda bolalar uchun estrada yo‘nalishidagi, pop-musiqa uslubida yaratgan asarlarini ijod etish ham yuz bermoqda. Bunga N.Norxudjaevning «Burgut va toychoq» musiqali ertagi, A.Ergashevning «Morozko», «er osti podshohining hazinasi», A.Mansurovning «Hayvonlar  sultoni», «O‘zga sayyorali robot» operalari yorqin misollar bo‘la oladi. O‘zbekiston bolalar xor madaniyati rivojiga, bu sohada erishilgan yutuqlarga ajoyib musiqachi, bolalar xor san'ati faol targ‘ibotchisi, O‘zbekiston xalq artisti, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibi, O‘zbekiston teleradio kompaniyasining «Bulbulcha» bolalar xorining badiiy rahbarii va bosh dirijyori Sh.Yormatovning qo‘shgan xissasi nihoyatda salmoqlidir. Respublika bolalar xor san'atidagi ko‘pgina ijodiy tashbbuslar uning nomi bilan bog‘liqdir. U doimo xor madaniyati rivojlanishidagi yangi yo‘llarini izlab topmoqda. Konservatoriyada o‘qish davrida Sh.Yormatov Respublika bolalar va o‘smirlar saroyi qoshida bolalar xorini tashkil etdi.    Konservatoriyani tugatgandan so‘ng Sh.Yormatov o‘sha maktabning o‘zida, xor to‘garagi rahbarii va  musiqa o‘qituvchisi sifatida ishini davom ettirdi.

Sh.Yormatovning tolmas tashkilotchilik faoliyati undagi ishtiyoq, bolalarga bo‘lgan muhabbat yuqori darajadagi kasbiy mahorati qisqa muddat ichida unga xorning ijrochilik saviyasini yanada yuqori bosqichga olib chiqish imkonini berdi. O‘zining ijodiy yo‘lini topib olgan ushbu xor jamoasi endi xor musiqasi ishqivozlari, barcha musiqa shinavandalari orasida shuhrat qozonib, turli respublika va chet el ko‘rik-tanlovlarida qatnashchi va sovrindor bo‘lib, shuningdek, davlatimizda o‘tkaziladigan barcha bayram tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Sh,Yormatovning ijodiy sinchkovligi, izlanuvchanligi, bolalarning musiqa tarbiyasiga oid yangi shakllariga moyilligi, unga maktab musiqali-xor sinflarining tashkil qilishga imkon berdi. Aksariyat hollarda ushub sinflarga musiqali qobiliyati bor bolalar qabul qilingan. Bular respublikamizda xor studiyalarining tarkibiy qismi sifatida ilk bor tashkil qilingan xor sinflaridan edi. Bularning hammasi xor mashg‘ulotlarining faollashuvi va samaradorligiga asos bo‘ldi. Aynan shu davrda Sh.Yormatov maktabda o‘zini barqaror va o‘ziga xos jamoa sifatida ko‘rsatgan o‘g‘il bolalar xor guruhini  ham  tashkil etdi.

   Uning o‘ziga xosligi, birinchi navbatda, akademik va o‘zbek milliy qo‘shiqchiligi an'analarini o‘ziga mujassaam etgan yangi ijrochilik yo‘nalishida namoyon bo‘ldi. O‘ziga bolalar xor jamoasining konsert faoliyati tez orada uni mashhur qildi va o‘zbek o‘g‘il bolalarini xor ijrochiligiga jalb  etishda kata ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, 1970 yillarining o‘rtasida Toshkent shahar 99-maktabida «Boychechak» kata xor guruhi, o‘g‘il bolalar xori qizlar vokal ansambliga asos solindi.

   Yil sayin xor jamoalarining ijrochilik mahorati yuksalib bordi, dasturlari kengayib, konsert chiqishlari ko‘paydi. Maktabning ikkala xor jamoalari «Do, re, mi, fa, sol», «Kuylang bolalar», «Birga kuylaymiz», «San'at g‘unchalari» kabi  bolalar televizion dasturlariga jalb etildi. «Boychechak» xor jamoasi O‘zbekiston bo‘ylab gastrolda bo‘lgan, Fiilyandiya, Bolgariya xor jamoalarining festival – tanlovlarida, bir nacha marta Estoniyada qo‘shiq bayramlarida qanashgan. 1970 yilda «Boychechak» xor studiyaga aylanib, «Respublikaning namunali bolalar xor jamoasi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Gastrol faoliyati kengligi tufayli uning boy va rang-barang (jahon mumtoz, O‘zbekiston kompozitorlar xor asarlaridan iborat bo‘lgan) dasturlaridan turli xalq qo‘shiqlarining ham o‘rin olishga sabab bo‘lgan. Afsuski, bolalar saroyidagi sharoitning yetishmovchiligi tufayli o‘g‘il bolalar xor jamoasi 10 yilgi faoliyatidan so‘ng 1980 yillarda tarqalib ketdi. O‘zbekiston kompozitorlarining  bolalar xor musiqasi sohasidagi faol ijodi, turli ko‘rik-tanlov, festival, qo‘shiq bayramlarining o‘tkazilishi 1970 yilda O‘zbekiston Davlat teleradio qo‘mitasi qoshida Sh.Yormatov boshchiligida bolalar xor jamoasi tashkil qilindi. Bugungi kunga kelib, bu jamoa-respublikamizdagi eng mashhur O‘zbekiston teleradio kompaniyasining «Bulbulcha» bolalar xoriga aylandi. Bolalar xorining jarangdor, zavqu-shavqqa to‘la san'ati barcha xor musiqasi muxlislariga ma'lumdir. Repertuardagi asarlarning ijrosi yuksak mahorat,  musiqaviyligi, jonliligi, samimiyligi bilan ajralib turadi. Shuni ta'kidlash lozimki, bu jamoa mashhur xor jamoalari (Rossiya markaziy televidenie va radiosi qoshidagi kata bolalar xori, xor studiyasi) tajribalariga ijodiy suyanib, xor ijrochilarini tayyorlash va tarbiyalashning o‘ziga xos qoidalariga asos soldi. hozirda jamoa tarkibida 600 ga yaqin bola bo‘lib, u o‘zining quyidagi tuzilmasiga ega:

- maktabgacha bo‘lgan bolalar guruhi;

- kichik xor guruhi;

- o‘rta xor guruhi;

- o‘g‘il bolalar xor guruhi;

- yoshlar xor guruhi;

- folklor xor guruhi.

Xor jamoasi Sh.Yormatov keyinchalik o‘zining maslakdoshlariga aylangan, «Bulbulcha» xorida vokal maktabini o‘tgan xor-dirijyorlari (ularning deyarli barchasi konservatoriya bitiruvchilari)ni taklif etdi. Bular S.Olimov, A.Nesterova,  N.Ibrohimova, G.Mansurova, D.Sobirova, N.Mirzaeva va boshqalardir.           

Kompozitor Sh.Yormatovning ijodida qo‘shiq janri ustuvor turadi. U o‘tgan yillar davomida zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda o‘zi rahbarlik qilayotgan ijro jamoalarga, yakka xonandalarga atab qo‘shiqlar, syuita, kantatalar yaratdi. Misol sifatida ayrimlarini eslatib o‘tamiz: jo‘rsiz (akapella) xor qo‘shiqlari, «Qor yog‘ar» (B.Isroil so‘zi), «Qari chumchuq chaqimchi» (A.Obidjon so‘zi), «Yalpiz» (Yu.Shomansur so‘zi), «Dorboz» (T.Bahromov so‘zi), «Gullola» (T.Sodiqova so‘zi), «Maysa» (R.Tolipov so‘zi), «Salom, maktab» va «Ona tuproq» (P.Mo‘min so‘zlari), «Keldi navro‘z» (A.Isoqov so‘zi), «Ona tilim» (D.Sarimsoqov so‘zi), «Islom bobo» (M.Rahmon so‘zi), «Oy Vatanim» va «Zamonim, o zamonim» (Qambar Ota so‘zlari), «Ko‘ylak» (Mirmuhsin so‘zi), «Qo‘zichoq» (D.Abdurahmonov so‘zi), «Sog‘lom avlod qo‘shig‘i» (S.Barno so‘zi). Fortepiano jo‘rligidagi xor asarlari: «Dadamlarga o‘xshasam», «Temir-tersak», «O‘ynadik hyech to‘ymadik», «Ikki qo‘ymang, o‘qituvchim» va “O‘nbeshtamiz besh oldik» (P.Mo‘min so‘zlari), «Onajonim» (H.Muhammad so‘zi), «Eng chiroyli oy» (T.Ayupanov so‘zi), «Gul fasli», «Barmoqlarim» (M.Muhamedov so‘zi), «Nurli avlod» (X.Rahimov so‘zi), «Mehnat qo‘shig‘i» (M.Zayniddinova so‘zi), «Yosh mexanizator qo‘shig‘i» (G‘.Mahmud so‘zi), «Umidjon polvon» (R.Shukurov so‘zi), «Xo‘rozim» va «Oymomajon rom bo‘ldi» (Q.Muhammadiy so‘zi), «Sumalak» (T.Bahromov so‘zi), «Ayyomlaring muborak» va «Norin daryo» (T.Sodiqova so‘zi), «Bahor» (Z.Azimova so‘zi), «Muallim» (Yu.Shomansur so‘zi), «Toy bola» (Qambar Ota so‘zi). Ko‘p qismli xor asarlari: «Chitti gul» vokal xoreografik syuitasi (N.Karim so‘zi), «Assalom, hayot» kantatasi (T.Ilhomov so‘zi), «Bu gulshan soz ekansan» bolalar xalq termalari asosida vokal-xoreografik syuita yaratdi. Bulardan tashqari, kompozitor maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ham qo‘shiqlar yozdi. Uning qo‘shiqlari turli nota to‘plamlari va «Musiqa» darsliklariga kiritilgan. Sh.Yormatov hammualliflikda umumta'lim maktablari uchun musiqa darsliklarini yaratdi va nashrdan chiqardi.

Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. «Navro‘z», «Chimyon», «Oydin yo‘l», «Chamandagi chamanim», «Sog‘inib o‘yg‘onar tonglar...», «Talabalar qo‘shig‘i», «Askarlar qo‘shig‘i» (Nazarmat so‘zi) kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir.

Shuni aytish joizki, Nadim Norxo‘jaev zamonaviy estrada qo‘shiqchiligiga katta e'tibor berib kelmoqda. U estrada xonandalari va turli vokal-cholg‘u estrada ansambllariga rang-barang, jozibali qo‘shiq va cholg‘u kuylar yaratib, ularning repertuarlarini boyitishga ko‘maklashmoqda. Masalan, uning «Dilda bahor» (M.Qoriev so‘zi), «Seni zor etgandim» (M.Mirzaev so‘zi), «Chavandoz bir yigit bor» (S.Qo‘qonboev so‘zi), «Yor yo‘li» (T.To‘la so‘zi), «Ishq asiri» (Z.Obidov so‘zi), «Yigitlar tor chertsalar» (E.Oxunova so‘zi), «Yor menga uzuk taqdi», «Vafodan so‘rarding», «eturmiz visoliga» (P.Mo‘min so‘zi), «Qora ko‘zim», «Ko‘ngil bog‘lasang», «Nikoh uzugi» (N.Narzullaev so‘zi), «Yoshimni so‘rama» (S.Zunnunova so‘zi), «Sening sehring bor» (O.Mo‘min so‘zi), «Jannatmakon diyor bu» (Sh.Dadash so‘zi) kabi qo‘shiqlari respublikamizda taniqli ijrochilar repertuaridan joy olib, radio oltin fondidan o‘rin olganlar. Estrada qo‘shiqchiligini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun 1981 yili O‘zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Uning qo‘shiqlari «O‘zbekiston — Vatanim manim» respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni oldi.

Shuningdek, kompozitor «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun ko‘plab mazmundor va shirali qo‘shiqlar yaratib kelmoqda. Bular orasida: «Toychoq» (H.Muhammad so‘zi), «Olam gulga to‘laversin» (P.Mo‘min so‘zi), «Qoshiq-qoshiq» (H.Muhammad so‘zi), «Gullola» (Qambar ota so‘zi), «Parvozdagi qushchalar» (M.Mirzo so‘zi), «Yurtim bahori» (Sh.Qo‘shnazarov so‘zi), «Boychechak» xor jamoasiga «Mustaqillik lolalari», «Do‘stlik taronasi» (N.Narzullaev so‘zi), «Shodlik va tinchlik» (P.Mo‘min so‘zi) va boshqalar. Harbiy vatanparvarlik mavzusida ham bir talay jangovar qo‘shiqlar, damli cholg‘ular orkestri uchun marshlar yaratdi. Kompozitorning qo‘shiqlari “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayramlarida yangragan, “O‘zbekiston Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika qo‘shiqlar tanlovlarida ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan.

D.Amanullaevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, N.Narzullaev,  J.Jabborov, A.Suyun, O‘.Raxmat, Z.Obidov, P.Mo‘min, Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdieva, I.Jiyanov, Sh.Turob, Q.O‘taev, M.Omon, S.To‘ychieva, Y.Suyunov, E.Madrahimov va boshqalarning so‘zlariga turli mavzularda 250 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi (shular ichida 100tasi bolalar uchun). Ular orasida «Men seni hyech kimga bermayman», «Yomg‘ir yog‘di», «Saraton», «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Ikki daraxt», «Sen qaydasan», “Bolicha”, “Yakkadir Toshkent”, “Toshkentim yagonadir”, «Yashnayver, O‘zbekiston», “Istiqlol kuning muborak bo‘lsin”, “Unutmadim”, “Sen eding”, “Sen ketarsan”, «Yolg‘on dunyo», «Otash zamon», “Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik”, “Boshim egib qo‘yma, dunyo” va boshqalar estrada xonandalari K.Razzoqova, M.Toshmatov, S.Nazarxon, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, Sogdiana (Oksana Nechitaylo), A.Shodieva, R.Bo‘ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo‘ldi. Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko‘p qo‘shiqlar bastaladi. P.Mo‘min she'rlariga “Topishmoq qo‘shiqlar” – 16ta qo‘shiqlar  turkumi (1991 y), “Alifbo qo‘shiqlari” – 29 ta qo‘shiqlar turkumi, “Xumo qushi”, “Etikcham” (Q.O‘taev she'ri), “Diloromning qo‘shig‘i” (I.Donish she'ri) - teleradio to‘lqinlarida doimo yangrab kelmoqda: 1994 yili shoira Nodira g‘azallariga fortepiano va ovoz uchun 2 ta romans: “Yor kerak oshiqqa”, “Jahondin kech”  yaratildi.  


SH.Yormаtоv, А.Mаnsurоv, N.Nоrхo’jаеv,

SH.Yormаtоv, А.Mаnsurоv, N.Nоrхo’jаеv,

Aynan shu davrda Sh.Yormatov maktabda o‘zini barqaror va o‘ziga xos jamoa sifatida ko‘rsatgan o‘g‘il bolalar xor guruhini ham tashkil etdi

Aynan shu davrda Sh.Yormatov maktabda o‘zini barqaror va o‘ziga xos jamoa sifatida ko‘rsatgan o‘g‘il bolalar xor guruhini ham tashkil etdi

Qor yog‘ar» (B.Isroil so‘zi), «Qari chumchuq chaqimchi» (A

Qor yog‘ar» (B.Isroil so‘zi), «Qari chumchuq chaqimchi» (A

S.Qo‘qonboev so‘zi), «Yor yo‘li» (T

S.Qo‘qonboev so‘zi), «Yor yo‘li» (T

K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova,

K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2022