3-MAVZU: VII ASRDAN XII ASRGACHA BO‘LGAN DAVRDA MAKTAB, TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni.
Hadis ilmining paydo bo‘lishi, Imom Ismoil al-Buxoriy, Muhammad ibn Iso at-Termiziy
Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri
VII asr birinchi yarmida Islom g'oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topdi.
Butun Arabiston yarimoroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.
Tarixchi Muhammad Narshaxiy o'zining «Buxoro tarixi» nomli kitobida shunday yozadi:
«Buxoro aholisi har safar (Islom lashkari kelganda) musulmon bo'lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo'lgan edilar.
U to'rtinchi marta (kelganida) jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko‘p qiyinchiliklardan keyin Islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo'llar bilan ularga qiyinchiliklar tug'dirib, dillariga musulmonchilikni o'rnashtirdi. Ular esa Islom dinini yuzakigina qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar.
Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo'qotdi. U ko‘p jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo'lsa, uni jazolar edi. U masjidi jome bino qildi va odamlarga juma namozini o'qishga buyruq berdi».
islom dini
imon,
islom va
ehsondan iborat deb e’tirof etilgan.
Imon talablari Ollohning borligi va yagonaligi, farishtalar, muqaddas kitoblar va payg'ambarlarning mavjudligi, oxirat kunining kelishi, taqdiri azalning haqligi va inson jismining o'lgandan keyin tirilishiga ishonchdan iboratdir.
Islom dini ta’limotiga ko‘ra,
har bir musulmon beshta asosiy ruknni bajarishi shart:
Birinchisi - «La ilaaha illalloh va Muhammadur-rasululloh» deb Ollohning borligi, yagonaligi va uning qudratiga, Muhammad allayhis- salomning tangrining yerdagi elchisi, rasuli ekanligiga shahodatlik berish;
Ikkinchisi - namoz o‘qish;
Uchinchisi - zakot berish;
to'rtinchisi - ramazon oyida ro'za tutish;
beshinchisi - haj safarini o'tash.
Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni
Masjidlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish bilan shug'ullanganlar.
Bolalarga dastlabki saboq harflarni o'qishdan boshlangan (alif, be, te, se, va h.), so'ngra shu harflarni qo'shib o'qishni mashq qilar edi. Mashq oxiriga yetgandan so'ng bolalar qo`liga «Qur’on» berilgan va domla rahbarligida «Qur’on»ning har bir surasi takrorlanib o'rganilgan.
Musulmon maktablarida
bolalarni 6-7 yoshdan maktabga bera boshladilar;
husnixat, og'zaki hisobni o'rganar, asta-sekin fors-tojik va turkiy tildagi kitoblarni, qolyozmalar ham o'qitilar, o'rgatilar edi.
Movarounnahrda arab bo'lmagan bolalar uchun «Xaftiyak» (VIII asrda tuzilgan ) o`qitilgan.
Shuningdek,
X—XII asrlarda islom dini rukunlari fors tilida she’r va nasr bilan bayon qilingan, «Chorkitob» o'qitila boshlandi.
XII asrdan boshlab Ahmad Yassaviy, uning turkiy tilda yozilgan she’r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari turkiy tilda o'rganila boshlandi.
Maktablarda faqat o'g'il bolalar o'qir, qizlar esa otinoyilar uyida o'qitilar, ular yozuvni emas, faqat o'qishni o'rganar edilar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.