Военная терминология в современном Персидском языке
Оценка 4.7
Исследовательские работы +1
doc
история +1
Взрослым
25.09.2018
В данной статье автор изучает проблемы военной терминологии в современном Персидском языке. Собранные материалы изучались в синхронном и диахронное аспектах. Статья изучается с помощью каких путей образовались военные термины в Персидском языке. Данная статья предназначена для студентов лингвистов. В ней собрано более 100 терминов.
Военная терминология.doc
HOZIRGI ZAMON FORS TILIDAGI HARBIY TERMINLARNING
SO‘Z YASALISHI USULIDA SHAKLLANISHINING
AYRIM XUSUSIYATLARI
НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ
ТЕРМИНОВ ПУТЁМ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ
ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ
SOME PECULARITIES OF FORMING MILITARY TERMS THROUGH
WORDBUILDING IN MODERN PERSIAN LANGUAGE
Annotatsiya: ushbu maqolada “termin”ga batafsil ta’rif beriladi,
shuningdek, hozirgi zamon fors tili tarkibidagi harbiy terminlarning ichki
imkoniyatlar asosida shakllanishi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, mazkur
mavzu doirasida ilmiy ish olib borgan mashhur eronshunos olimlarning fikri,
qarashlari va chiqargan xulosalaridan ham namunalar keltirib o‘tilgan. Fors
tilida mavjud harbiy terminlar asosan qaysi usulda yasalishi aniqlanib, ularga
misollar keltirilgan.
Tayanch so‘z va iboralar: qat’iy ilmiy terminologiya, polisemiya, sodda
terminlar, affiksatsiya, yarim affikslar, yarim affiksal bloklar, kopulyativlar,
determinativlar.
Аннотация: в данной статье говорится о путях образовании
которые
военных терминов в современном персидском языке,
употребляются в различной сфере военной жизни. Также, приведены
мнения и заключения известных лингвистов, которые проводили
исследования по данной теме. Были раскрыты положительные и
отрицательные стороны процесса образования военных терминов.
Ключевые слова: конкретная научная терминология, полисемия,
простые термины, аффиксация, полуаффиксы, полуаффиксальные блоки,
копулятивы, детерминативы. Summary: In this article the author tells about military terms in modern
persian language, which used in different sphere of military life. Also, you can
read opinion and conclusion of famous linguists about wordbuilding of military
terms, positive and negative sides of this process.
Keywords: determined scientific terminology, polysemy, ordinary terms,
affix, half affixes, half affix blocks, copulatives, determinatives.
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu
soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga
solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda
qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda,
albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois,
har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi shu soha terminologiyasining
“qat’iy ilmiy terminologiya”ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. Bu yerda
“qat’iy ilmiy terminologiya” tushunchasi biron bir sohaviy terminologiyaning
mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni
sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada
bo‘lib turgan terminologiyaning muayayan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni
nazarda tutadi.
Terminlarning aniqligi va qat’iylashish shu millatning fani, maorifiy,
darajasini
ko‘rsatadi.
tartibga
madaniyati
solinishifanning har xil sohalarda turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga
Terminlarning rivojlanishi,
bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi terminlarning kelib
chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida terminlarning
puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona
tilidan dars oli borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Terminlarning
ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Demak, terminalogiyani tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy
hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir. Ma’lumki, har bir fan sohasi doimiy taraqqiyotda bo‘ladi. Bu esa, o‘z
navbatida, undagi tushunchalarning, ular orqali terminlarning ham o‘zgarib
turishiga olib keladi. Noo‘rin, asossiz tanlangan termin ma’lum davr o‘tishi bilan
ifodalangan tushuncha mazmuniga mos kelmasa, iste’moldan chiqadi, yangi termin
yaratiladi yoki uning sinonimi o‘rnini egallaydi. Shuning uchun ham termin
lug‘atlari ma’lum vaqt o‘tishi bilan qayta nashr qilinadi – to‘ldiriladi yoki asossiz
terminlar boshqa qulay va aniq terminlar bilan almashadi. Demak, terminologiyani
tartibga solish bu doimiy va kundalik ishimiz bo‘lishi, shuningdek, u fan va
texnika taraqqiyoti bilan hamohang takomillashib borishi lozim.
Demak, termin hamma so‘zlar singari so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir
mustaqil tushunchani anglatadi va bir yoki bir nechta nutq tovushlaridan iborat
bo‘lgan bir vosita hisoblanadi.
Lekin terminni so‘z bilan bir narsa deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Termin
oddiy so‘zlardan farq qiladi. AA.Reformatskiyning fikricha, termin ko‘p
ma’nolikdan – polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma’noni
bildiradigan maxsus so‘zdir[185]. Bu fanda, texnikada, siyosatda va
diplomatiyada juda ham zarur. So‘z esa yuqoridagi xususiyatlardan xolidir.
Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, so‘zning qamrovi va ko‘lami
terminga qaraganda bir necha bor kattaroq. Chunki odatda so‘zlar o‘z asl
ma’nolaridan tashqari ko‘chma va obrazli ma’nolarda ham ishlatiladi.
Quyida biz har bir so‘z yasalish usulini alohida tahlil qilib, ularga misollar
Sodda terminlar tarkibida birgina lug‘aviy ma’noli qism
keltirib o‘tamiz.
(morfema) bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Hozirgi zamon fors tilida sodda terminlar soni
aksariyat qismni tashkil etadi. Zero aksariyat terminlar tub so‘zlardan iborat yoki
boshqa biror tildan o‘zlashgan.
هبعش – bo‘linma, ورين – kuch, qo‘shin, تايلمع – operatsiya, هزرابم – kurash,
هبعش – bo‘linma, داتس – shtab, نزخم – plast, گنفت – miltiq, لسلسم –
avtomat; Agar so‘zlar bironbir qo‘shimcha qo‘shish orqali yasalgan bo‘lsa yasama
so‘z (قتشم) deyiladi. Quyida affiksatsiya usulida yasalgan terminlar va yarim
affikslar yordamida yasalgan terminlarni ko`rib chiqamiz.
Shuni aytish kerakki, affiksatsiya usuli bilan so‘z yasash asosan doimiy
jarayon bo‘lsa ham, lekin affikslarning tarkibi va miqdori o‘zgaruvchan
bo‘lgan. Ba’zi bir affikslar hozirgi davrda mahsulsiz affikslarga aylangan,
yangi affikslar vujudga kelgan, biriikkinchisi bilan almashtirilgan,
ba’zi affikslar o‘zak bilan chatishib ketgan, affikslar allomorflari,
omonimlari rivojlangan,
affiksal bloklar va yarim affikslar bloki
ko‘paygan[216].
شرازگ – bildiruv, هاگساپ – post , نابهورگ – serjant, نابدید – nazoratchi.
Yarim affikslar o‘z mohiyatiga ko‘ra so‘z yasalishining ikki asosiy
usulini o‘zida mujassamlashtiradi.
Yarim affikslar sodda va murakkab affikslar shakllarda bo‘lib, ko‘pincha
fe’lning hozirgi zamon o‘zagi hamda ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan iborat
bo‘ladi.
Yarim affikslarning affikslardan farqi ular o‘z ma’nosini aniqroq saqlab
qolgan bo‘ladi. Yarim affikslar sifatida hozirgi zamon fe’l negizi va ot
yarim suffikslaridan tashqari prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar va frazeologik
birikmalar ham so‘z yasashda ishtirok etadi.
Yarim affikslar
umumiy fe’liy ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa
ham ammo tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda.
Hozirgi davrda keng qo‘llaniladigan yarim affikslardan: aniz, pazir,
avar, za, parvar, gara, kah vaboshqa fe’l negizlari, shuningdek,
bandi, gari, bini, rizi va shu turdagi boshqa affiks bloklarini keltirish
mumkin[217].
ىزادنا ريت – otish tayyorgarligi, ىرادربب هشقن – topografiya, ىگدامآدوخ
– mustaqil tayyorgarlik, یزیر حرط – loyihalash, يرب زابرس – transportyor. Agar so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘z morfemalarning qo‘shilishidan
yasalgan bo‘lsa, bunday so‘zlar “qo‘shma so‘z” deyiladi.
Qo‘shma so‘z yasash asosan ikki yirik bo‘limdan iborat.
1) Kopulyativlar. Kopulyativ ikki birbiri bilan teng negizlar
qo‘shilishidan yasaladigan qo‘shma so‘zlardir.
Kopulyativ so‘zlar ko‘pincha o‘zaro bog‘lovchi yoki ko‘makchilar
vositasida bog‘langan bo‘ladi.
Biz o‘rganib chiqqan terminlar orasida kopulyativ usulda yasalgan harbiy
terminlar kam bo‘lib, bizdan oldinroq qilingan ilmiy ishlarda ular batafsil
ko‘rsatilib berilgan. Ular to‘plagan terminlar quyidagilardan iborat:
لقن و لمح – transportirovka, گرب و زاس – jihozlar, تارباخم و طابطرا –
aloqa.
2) Determinativlar. Determinativ qo‘shma so‘zlarda «ot bilan ot», «ot
sifat», «son bilan ot», «olmosh bilan ot» va hokazolar biribirini aniqlab
keladi.
Fors tilidagi mavjud harbiy terminlar orasida determinativ usulda yaslagan
harbiy termnilar ko‘proq uchrashiga guvoh bo‘ldik.
هناشدنب – pogon, شوپهرز – zirhli, زادنننا كننجنران – granatamyot, هراننپمخ
زادنا – minamyot, ركشلرس – general leytenant, هدنامرف – qo‘mondon.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Реформатский А.А. Введение в языкопознание. –Москва, 1955. 85
стр.
2. Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi T., 2009. 16b.
Военная терминология в современном Персидском языке
Военная терминология в современном Персидском языке
Военная терминология в современном Персидском языке
Военная терминология в современном Персидском языке
Военная терминология в современном Персидском языке
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.