Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlash
Оценка 5

Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlash

Оценка 5
docx
24.01.2021
Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlash
Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlash.docx

Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish.

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) ga o‘quvchilarni tayyorlash uchun asosan nimalarga ahamiyat berish kerakligi, bu borada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bayon qilingan.

 

Kalit so‘zlar: Xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, TIMSS, to‘garak, ish reja, qo‘llanma, imtihon topshirish, nazoratga olish, darslik.

 

Аннотация: В этой статье описывается, на что следует обратить внимание, чтобы подготовить студентов к международным программам оценки (PISA, PIRLS, TIMSS), существующие проблемы и идеи по их решению.

 

Ключевые слова: Международные программы оценивания, PISA, PIRLS, TIMSS, круг, план работы, учебное пособие, экзамен, контроль, учебник.

 

Abstract: This article describes what to focus on in order to prepare students for international assessment programs (PISA, PIRLS, TIMSS), existing problems and ideas on how to solve them.

 

Keywords: International assessment programs, PISA, PIRLS, TIMSS, circle, work plan, manual, exam, control, textbook.

 

Prezidentimiz farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlangan bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida dunyoda ta’lim sifatini baholash bo’yicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan, PISA va PIRLS dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

 Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish bilan bog’liqdir. Unda ishtirok etish nafaqat O’zbekiston, balki jahon hamjamiyatida o’quvchilarning o’quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishi ijodiy va mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o’tishda muhim vosita bo’lib hisoblanadi.

 O’qituvchilarning va o’quvchilarning PISA va PIRLS tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarni boyitish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, o’quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo’shish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markaz hamda xalq ta’limi tizimidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirildi. Lekin o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashda muammolar to’laligicha bartaraf etilgani yo’q. Xalqaro baholash dasturlari haqida barcha pedagoglar, umumta’lim muassasasi o’qituvchilari to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Bu borada yaratilgan qo’llanmalar ta’lim muassasalariga yetarli darajada yetkazilshi maqsadga muvofiq bo’lardi. Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari haqida o’quvchilar ham batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishlari, bu dasturlarning ahamiyatini anglab yetishlari muhim masalalardan biridir. Buning uchun esa darsliklarga xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) haqidagi ma’lumotlar, shu dasturlar uchun tayyorlangan topshiriqlar kiritilishi kerak, deb o’ylayman. Dars davomida o’quvchi darslikdagi yangi ma’lumotlarni o’qib va qiziqarli topshiriqlarni bajarib, nafaqat darsga bo’lgan ishtiyoqi ortadi, shu bilan birga dunyo miqyosida o’z tengdoshlari bilan raqobatdosh bo’la olishi uchun imkon yaratiladi.

 O’quvchilarning xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS va boshqa dasrturlarda doimiy ishtirok etishi uchun maktablarda alohida to’garaklar tashkil etilishi, bu to’garaklar maxsus tasdiqlangan ish rejalar asosida faoliyat yuritilishi ham maqsadga muvofiq bo’lardi. Buning uchun albatta tajribali pedagoglar jalb qilinib,maxsus ish rejalar ishlab chiqilib, shu reja asosida to’garaklarga jalb qilingan o’quvchilar ma’lum bir vaqt orasida ( masalan bir oyda bir marta ) imtihon topshirishlari nazorat qilinsa, mamlakatimiz yoshlarining xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalar ko’rsatishi uchun sharoit yaratilgan bo’lardi.

 Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro baholash dasturlarida belgilangan topshiriqlar, masalan, PISA topshiriqlari yetuk tajribaga ega bo’lgan xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib bunga o’xshash topshiriqlarni ishlab chiqish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi. PISA topshiriqlariga qo’yiladigan talablarga rioya qilmasdan tuzilgan topshiriqlar o’quvchilarga yodam berish o’rniga, ularni chalg’itib qo’yishi ham mumkin. Shuning uchun PISA sinovlariga o’quvchilarni tayyorlash jarayonida asosiy e’tiborni alohida PISA topshiriqlarini yechishga emas, balki ularni va ularga o’xshagan topshiriqlarni yechish uchun kerak bo’ladigan o’quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratish muhim jihat hisoblanadi.

Biz, pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarimizni dunyo miqyosida yetakchi o’rinlarni egallashlari uchun tinmay izlanish, yuksak bilim va mahoratga ega bo’lish va bu bilimimizni yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir. Shunday ekan, zamon bilan hamnafas bo’lib, globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanayotgan davr talabiga mos ravishda olg’a qadam tashlaylik.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.             A.B. Radjiyev, A.A. Ismailov, J.R. Narziyev, H.P. Tog’ayeva, “O’quvchilar savpdxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqiotlar dastur”, Qo’llanma, 2019-yil.

2.             Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.


 

Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish

Xalqaro baholash dasturlariga o’quvchilarni tayyorlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish

O’quvchilarning xalqaro PISA,

O’quvchilarning xalqaro PISA,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021