Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.
Оценка 4.7

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Оценка 4.7
Документация
docx
математика
1 кл
03.01.2020
Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.
Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.
1-синф очик дарс.docx

     Dars:  Matematika.

     Dars mavzusi:   Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

     Dars maqsadi:

Ta`limiy maqsad:   O`quvchilarni sonli  ifodalar nima ekanligi bilan tanishtirish, har qanday sonlarni yig`indi va ayirma ko`rinishlariga keltirish va ular ishtirokida amallar bajarish malakalarini oshirish

 Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib ishlash, o`zaro hurmat, insoniylik kabi xislatlarni shakllantirish, matematika faniga qiziqish, mehnatsevarlik, kasbga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash. Buyuk bobomiz Al-Xorazmiy ajdodlarimizga bo`lgan faxr hissini uyg`otish, milliy istiqlol  ruhida, insonparvarlik, komil inson bo`lib elga, xalqqa xizmat qilishga o`rgatish.

        Rivojlantiruvchi maqsadYuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan  misollar yechish  malakalarini rivojlantirish. O`quvchilarni o`zi qiziqqan, o`zi orzu qilgan kasb, hunarlarga ; shifokorlik, hunarmandlik,  muhandis, binokor, tadbirkorlikka yo`naltirish.

Mavzu

Maqsad va vazifalar

  Darsning maqsadi:    O`quvchilarni sonli  ifodalar nima ekanligi bilan tanishtirish, har qanday sonlarni yig`indi va ayirma ko`rinishlariga keltirish va ular ishtirokida amallar bajarish malakalarini oshirish

Darsning ta’limiy vazifasi: O`quvchilarga jamoa bo`lib ishlash, o`zaro hurmat, insoniylik kabi xislatlarni shakllantirish, matematika faniga qiziqish, mehnatsevarlik, kasbga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash. Buyuk bobomiz Al-Xorazmiy ajdodlarimizga bo`lgan faxr hissini uyg`otish, milliy istiqlol  ruhida, insonparvarlik, komil inson bo`lib elga, xalqqa xizmat qilishga o`rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi:    Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan  misollar yechish  malakalarini rivojlantirish. O`quvchilarni o`zi qiziqqan, o`zi orzu qilgan kasb, hunarlarga ; shifokorlik, hunarmandlik,  muhandis, binokor, tadbirkorlikka yo`naltirish.

O’quv   jarayonining   mazmuni

O`quvchilarni 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar  bilan tanishtirish, har qanday sonlarni yig`indi va ayirma ko`rinishlariga keltirish va ular ishtirokida amallar bajarish malakalarini oshirish

O’quv jarayoning  amalga oshirish   texnologiyasi

Uslub:  Aralash

Shakl:     Jami o`quvchi bilan ishlash

Vosita:   ko`rgazma qurol

Usul:   Darslik asosida

Kutiladigan  natijalar

O’quvchilarning vatan haqida bilim,ko’nikmalari rivojlanadi; ularni sonly ifodalarni mustaqil tuza bilish malakalarini shakllantirish.

Kelgusi  rejalar (tahlil o’zgarishlkar)

Oqituvchi oz faoliyatining tahlili asosida   yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida  keyingi darslarga ozgartirishlar kiritadi  va rejalashtiradi.

               Darsning texnologik xaritasi

         Mavzu: Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

 

Darsning  maqsadlari:

1.     Ta’limiy maqsad:  Ikki  xonali  sonlar,  o’nliklarning  hosil  bo’lishi,  sonlar  tarkibi  va  xona  birliklari  haqida    tushuncha  berish .

2.     Tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  chaqqon , epchil  bo’lishga ,  bir-biri  bilan  do’st  bo’lishga  undash.

3.     Rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  tez , to’g’ri  hisoblashga  o’rgatish.  

Darsning  turi:  Yangi  bilim  beruvchi.

Darsning  metodi:  savol – javob, o’yin,  mustaqil  ish.

Darsning  jihozlanishi: 

a)    1-sinf  matematika  kitobi; 

b)    Sonli  kartochkalar;

c)    Sanoq  cho’plar;

d)    Kodaskop.

Darsning  borishi:

  I.    Darsni  tashkil  qilish.

 II. O’tilgan  mavzuni  mustahkamlash

1.Qaysi  sonlar  yo’q?  yokiy  darchalarni  to’ldiring; 

1 , 2 , 3,     □      5, 6, 7,   □       9

 2.1 dan  10gacha to’g’ri  va  teskari  sanab  bering

1,2,3,4,5,6,7,8,9,10

10,9,8,7,6,5,4,3,2,1

3.1dan  10gacha  nechta  juft  son  bor?

Juft  sonlar:  2, 4,6,8,10 

4.1dan  10gacha  oraliqda  nechta  toq  son  bor?

Toq  sonlar:  1,3,5,7,9

5.“Qora  quti” usulidan  foydalanib geometrik  shakllar  haqidagi  bilimlar  mustahkamlanadi  quti  ichiga  geometrik  shakllardan  bittasi masalan  uchburchak  solinadi  va  uning  uchta  belgisi  ya’ni  bu  shaklning  uchta  tomoni    va  uchta  uchi  borligi  aytiladi  va  bu  qanday shakl deb  so’raladi.

Oquvchilar  belgilar  asosida  shakl  nomini  aytadilar  shundan  keyin  kuti  ichidagi  predmet  olib  bolalarga  ko’rsatiladi. Shundan  keyin  boshqa  geometrik  shakllar  haqidagi  bilimalr  ham  mustahkamlanadi. 

 

III.Yangi  mavzu    ustida  ishlash.

Ikki  xonali  sonning  xona  birliklari  bilan  tanishtirish  uchun  har  bir  o’quvchi  o’zining  partasi  ustidagi  sanoq cho’plaridan  olib  1ta  o’nlik  hosil  qilishlari  kerakligi  tushuntiriladi.

 


   

 

 

10ta  birlik = 1ta  o’nlik

10ta  cho’pni  birlashtirib  1ta  o’nlik  hosil qilish  mumkin  Demak,  10ta  birlik  1ta  o’nlik  deyiladi. Keyin  o’quvchilar  diqqati  darslikdagi  2-  misolga  qaratiladi.

 

 

 

 

 

Jadvalda  qanday  sonlar  tasvirlanganligi  so’raladi 

1ta  o’nlik  2ta  birlik-12  deyiladi;

2ta  o’nlik  20deyilar  ekan  deb  tushuntiriladi.

Dam  olish  daqiqasi  o’tkaziladi

Ong  qo’limda besh  barmoq

1,2,3,4,5

Chap  qo’limda  besh  barmoq

6,7,8,9,10  (qarsak  ostida)

O’ndan  oshgan  yigirma,

So’ng  o’ttizga  o’tadi

Ikki  karra  ko’paysa,

Qirqqa  qadar  yetadi.

3-misol  og’zaki  bajariladi 

12-bitta  o’nlik  2ta  birlik:  14-bu  1ta  o’nlik  4ta  birlik:

16-bu  1ta  o’nlik  6ta  birlik:   20-bu  2ta  o’nlik.

4- misol  mustaqil  ish  qilib  beriladi 

 

 

11<12                  13>12                15=15                      18>17  

Rasm asosida misollarning javobini toping, ularni taqqoslang.

1)

                                                                                           

 

 
                                                                                         8-3                  5-1                                            

 

 
 6+3                  7+2        

 6-misol  yozma  ravshda  doskada  va  daftarlarda  bajariladi 

1ta  o’nlik va  8ta  birlik – bu  18

1ta  o’nlik  3ta  birlik  bu -13

1ta o`nlik  va 5 ta birlik  bu- 15

IV.Mustahkamlash: 1- “O’z  o’rningni  top”  o’yini  o’tkaziladi  o’quvchilarning  qo’liga  ikki  xonali  son 

Yozilgan  kartochkalar  tarqatiladi  va  “Endi  o’z  o’rningizni  toping”  degan topshiriq  beriladi.

Ular  doska  oldiga  chiqib,  qator  turishlari  kerak.

Masalan:  17,13,19,18,12,15,11,14,16,-o’quvchilar  raqamlarni  o’z  o’rniga  qo’yib  berishlari  kerak 

(11,12,13,14,15,16,17,18,19). So’ng  ular  solishtiriladi.

  2-Kodaskopda  ikki  xonali  sonlarni  taqqoslashga  doir  misollar og’zaki  bajariladi 

V.Uyga  vazifa:  darslikning  95-betidagi  5-  misol

VI. Darsni  yakunlash:  darsda  faol  qatnashgan  o’quvchilarni  rag’batlantirish  va  baholash 

                                                                                                                      

       

 

 

 

Zarafshon  shahar

8-umumiy o’rta ta’lim 

 maktabi boshlang’ich

                 sinf o’qituvchisi  Muminova       

                  Nigora Adashevnaning

                matematika  fanidan  o`tgan                       

                bir  soatlik   dars  ishlanmasi.

Mavzu:    Yuzlik .
                     11 dan 100 gacha bol`gan sonlar .
 

 


   

 

 

          

0402096
 

 

 

 


                                          

 

                                                

 

                                                   2013-2014-o’quv yili.

 

 

 


 

 

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar.

Yuzlik. 11 dan 100  gacha bo`lgan sonlar.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
03.01.2020