3-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
Оценка 4.6

3-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.

Оценка 4.6
Лекции
docx
музыка
Взрослым
06.05.2021
3-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
3-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
3-mav.docx

3-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.

Reja:

 

1.O’zbek xalq musiqa ijodi.

2.O’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti.

3.An’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariyoti

 

Tayanch so‘z va iboralar:  folk­lor, ma'naviyat, аn'anaviy musiqa, moddiy madaniy meros, kompozitor, simfonik musiqa, «O‘n ikki maqom», syuita,  poema, orkestr, uvertyura, opera.

1. O’zbek xalq musiqa ijodi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asоsiy ustuvоrligidan biri – bu fanlararо bоg’liklikni yo’lga qo’yishdir. Musiqa – san’atning bir turi. U san’atning yana bоshqa turlari bilan musiqa chambarchas bоg’liqdir. Masalan musiqa darslarini raqs, shе’riyat (adabiyot), badiiy san’at va san’atning bоshqa turlari, undan tashqari jismоniy tarbiya, tasviriy san’at va bоshqalar bilan qo’shib оlib bоrish nazarda tutilgan. Bu masala «Uchinchi mingyillikning bоlasi» tayanch dasturi va o’kuv qo’llanmada ham alоhida ta’kidlanadi.

Birinchi Prezidentimiz aytganidek har bir o’quvchini komil inson qilib tarbiyalab, jamiyat uchun kerakli kadr qilib tayorlash bugunning dolzarb masalasi. Shu o’rinda Abu nasr Farobiyning bir fikrini keltirib o’taman.” Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt saodatga erishuvdir. Baxt - saodatga erishuv va tug’ma qobiliyatlarning rivojlanishi o’z – o’zicha bo’lavermaydi, balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki raxbarga muxtojlik tug’iladi.”

      Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ayni shu borada amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar tufayli hayotimiz ning ma’no-mazmuni, ongimiz, dunyo qarashimiz tub-dan o‘zgarmoqda. Yoshlarimiz bilan birga barchamiz ham o‘sib-ulg‘ayib, mutlaqo yangi odamlarga  mustaqil yurt egalariga aylanmoqdamiz. Bunday tub o‘zgarishlar mohiyatini anglash uchun kechagi va bugungi kunimizni qiyoslash, taqqoslash kifoya.

«Hozirgi kunda yurtimizning qaysi shahar yoki qishlog‘iga bormang, eng muhtasham, eng ko‘rkam binolar bu maktablar, litsey va kollejlar, madaniyat, san’at va sport maskanlari emasmi?

Ilgari bunday imoratlar qayerda edi? Biz, aytaylik, kimnidir hayratda qoldirmoqchi bo‘lsak, mehmonlarni qayerga olib borar edik? Qoramollar boqiladigan fermaga. Shuncha sigirimiz bor va ularidan yiliga buncha sut olinadi, deb maqtanar edik. Bugun biz nima bilan maqtanyapmiz, maqtanish obyekti va subyekti kim bo‘ldi? Bizning ta’lim-tarbiya maskanlarimiz va ularda o‘qiyotgan bolalarimiz emasmi?

Ayni shu yo‘lni tanlaganimiz eng to‘g‘ri, tarixiy qadam bo’ldi. Chunki bizning ertangi kunimizni kim quraji - bolalarimiz quraji, injingi kunimizni kim quradi - nevaralarimiz quradi.

        Darxaqiqat, prezidentimiz aytganidek “Bilimga chanqoq, istedodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir.”

Insоn ruhiy  оlаmi,  nоzik his – to’yg’ulаri,  ichki  kеchinmаlаri  uning ijtimоiy  fаоliyatini  bоshqаrishdа  muhim  аhаmiyatgа  egа.  YUksаk   ruhiy  ko’tаrinkilik,  аjib  his – tuyg’ulаr  ichki  kеchinmаlаrini  mutаnоsiblаshtirishdа  jоzibаli musiqаning sеhri  tа’siri  bеqiyos  ulkаndir.

Аjdоdlаrimiz аsrlаr dаvоmidа musiqаning qudrаtigа tаhsinlаr o’qigаnlаr, o’z  munоsаbаtlаridа, mеhnаt  fаоliyatlаridа, hаyotdа  undаn  bаhrаmаnd bo’lgаnlаr. Ezgu  niyatlаrini  аmаlgа  оshirgаnlаr.

Endilikdа musiqаning jоzibаli, husnkоr ko’lаmi, uning  mаvqеi  yanаdа  kеngаydi,  jаmiyatdа tutgаn o’rni mustаhkаmlаndi. Musiqа mаmlаkаtimizdа kаttа tаrbiyaviy  imkоniyatlаrgа  egа  bo’lgаn  mustаqil sоhаdir. O’quv tаrbiya  jаrаyonidа  musiqа  yosh  аvlоdgа  аhlоqiy-estеtik  tаrbiya  bеrishning  аsоsiy vоsitаlаridаn biri  hisоblаnаdi,  tа’lim  jаrаyonining  bir  qаdаr  jаdаllаshuvi  sаmаrаdоrligi  ungа  bоg’liq.

«Mustаqilligimizning dаstlаbki kunlаridаnоq, - dеb yozаdi birinchi Prеzidеnt I.А.Kаrimоv, - аjdоdlаrimiz tоmоnidаn ko’p аsrlаr mоbаynidа yarаtib kеlingаn g’оyat ulkаn, bеbаhо mа’nаviy vа mаdаniy mеrоsni tiklаsh dаvlаt siyosаti dаrаjаsigа ko’tаrilgаn nihоyatdа muhim vаzifа bo’lib qоldi. O’zlikni аnglаshning o’sishidаn, хаlqning mа’nаviy sаrchаshmаlаrigа, uning ildizlаrigа qаytishidаn ibоrаt uzviy, tаbiiy jаrаyon dеb hisоblаymiz».

Musiqa   inson   ruxi   va   aqliy   rivojiga   bebaho   ta’sir   o’tkazadi. Ch.Darvin   umrining oxirlarida quvvati xofizasi (xotirasi)   va fikrlash qobiliyatining pasayishidan shikoyat qilib yozaji: «Agar menga ikkinchi bor dunyoga kelish nasib bo’lganda edi, endigi hayotimda loaqal xaftada bir marta bo’lsa ham, bir necha she’r o’qishni o’zimga qoida  qilib olardim.» Shu bois o’quvchilarida inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa  tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib turadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishning garmonik qo’shilishiga ahloqiy soflik, san’atga va hayotga estetik munosabat - shaxsning to`laqonli  kamolga yetishida muhim shartlardir.

2. O’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti. Xalqimiz azal-azaldan to‘y hashamlarda, bayramlarda, o‘ziga xos yig‘inlarda va yil fasllari bayramlarida xalq qo‘shiqlari, raqslari va harakatli o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘lib kelgan. Hozirgi kunga kelib bu qo‘shiqlarning ijrochilari fol'klor qo‘shiqlari ijrochilari deb atalmoqda. Xolbuki, bu qo‘shiqlar ijrochilari asosan qishloq joylarda, viloyatning uzoq chekka hududlarida joylashgan joylarda yashab, hozirda milliy urf-odatlarimiz, rasm-rusumlarimiz o‘z holicha saqlanib qolishida o‘zak sifatida xizmat qilmoqdalar.

Halq qo‘shiqlarini o‘rganishda e'tibor qaratiladigan tomonlar: ijrochining kimligi, jinsi, kasbi, agar zarurat bo‘lsa xulq atvori kabi jihatlariga e'tibor qilish lozim. Fol'klor qo‘shiq ijrochilari halqimiz orasida o‘ziga xos xarakterli kishilar bo‘lib, qo‘shiq ijrosi davomida yilning fasli, haftaning kuni, kunning qaysi vaqti ekanligini, davraning kimlardan iboratligini hattoki, dasturxondagi qo‘yilgan taomlar, o‘tirgan ko‘rpachasi, xonadonning shakli, yonida o‘tirganlarning turqu-tarovati, bo‘-yu-basti, agar ta'bir joiz bo‘lsa, qoshu-ko‘zini ham hisobga oladilar. Shuning uchun ham agar biror qo‘shiq yozib olinadigan bo‘lsa, ijrochining to‘liq ismi familiyasi (zarur bo‘lsa laqabi) albatta yozilishi shart. Zamonaviy texnikadan foydalangan holda yozib olishda esa, ehtiyotkorlik qilmoq lozim, ya'ni qo‘shimcha tovushlar, shovqinlar, ortiqcha bezaklar berilmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Folklor qo‘shiqni yozishning eng asosiy qoidasi sheva buzilmasligi shart. Biz bu kitobda Jizzax viloyatining Jizzax tumani va shahri, G‘allarol tumani qishloqlari va shahri, Zomin tumani qishloqlari va shahri va Forish tumani tub aholisi orasidagi folk'lor qo‘shiqlari ijrochilari, "Gashtak", "Zebomxon", "Zomin sayqali", “Bog‘don gullari” kabi xalq fol'klor-etnografik ansambllari hamda Forish tumanining “Tog‘ shalolasi” folklor ansambli qatnashchilari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarni to‘plaganmiz. Bu qo‘shiqlar pedagogika institutlarining musiqa fakultetlari, madaniyat instituti xalq ijodiyoti  fakulteti, madaniyat va san'at kollejlari talabalariga, bolalar musiqa va san'at maktablari, umumta'lim maktablari o‘quvchilari va badiiy havaskorlik jamoalariga o‘rgatilishi mo‘ljallangan.                                                                                                       

 Ma'lumki xalqimizning azal-azaldan qo‘shiqlari, kuylari, raqslari kabi san'ati uzoq yillar davomida shakllanadi. O‘z zamonasiga qarab o‘zgaradi, takomillashadi, ba'zan esa shu soha mutaxassislari tomonidan qayta ishlanadi, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan qo‘shiqlar esa sharoitdan kelib chiqib, fasl, ob-havo, hayot turmush tarzi, sog‘liq, ish yurishi, kayfiyat, tinglovchilar safida o‘tirganda, jinsi, yoshi, kasbi va hokazo faktorlar ta'sirida kuylash, tinglash davomida shakllanib, o‘zgarib, ba'zan esa yangilanib, ya'ni o‘ziga xos yangi so‘zlar, o‘xshatishlar, tanqidlar, kesatiqlar, hazil-mutoyibalar ta'siri ostida ham bo‘lib turadi.

Xalq qo‘shiqlari ijrochilari asosan xalq orasida gapga chechan, o‘ziga xos iste'dod egalari tomonidan yaratiladi, ijro etiladi, ba'zan esa sharoitdan kelib chiqib o‘zgartiriladi.

3.Ananaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariyoti. Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san'atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog‘lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik sanhati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, sanhatkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma'lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san'atkorlikning qoidalariga bag‘ishlangan alohida bob o‘rin olgan. Zaminimizda o‘tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o‘lkamizda ijrochilik sanhati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo‘lmish Maqom, Mo‘g‘om, Dastgox, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz sanhatkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O‘rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o‘n ikki (Duvozdax) maqom mavjud bo‘lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Buzalik», «Rost», «Xusayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg». Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo‘lsak, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek Tarag‘ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o‘n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog‘iy, Xoja Sayfidin Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so‘zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo‘lg‘on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Rohoh», «Maqomi Xijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Xusayniy». Yana ushbu risolada ulug‘ bobomiz Ulug‘bekning o‘zi tanbur va nog‘orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «Shodiyona», «Axlo­qiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig‘» singari kuy­larni ixtiro qilganligini ta'kidlab o‘tadi.

Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo‘llari sayqallangan ko‘rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo‘llari ham o‘z o‘rnini topganligi ehtimoldan xoli emas.

Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o‘zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «Chor maqom»i (To‘rt maqom), «Dugoh husayniy»ning yettita yo‘li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo‘li, «Shaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot» yo‘llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.

Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta'kidlangan olti ma­qom ijrosini alohida uslubiy va o‘ziga xos yo‘nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo‘lidagi «Panjgoh» maqomi kiritilgan. Shuning uchun avloddan avlodga o‘tib kelgan bebaho musiqiy boyligi sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg‘ona, Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug‘ ne'mat sifatida ardoqlanadi.

Xalq san'atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: «Milliy musiqa san'atimiz bamisoli bir daraxt bo‘lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg‘onadir», - deb ta'riflagan ekanlar. Ustozning bu so‘zlarida katta ma'no yotadi.

Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo‘nalishi dostonchilik san'ati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlangan bo‘lib, xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi.

Tarixiy manbalarga murojat etadigan bo‘lsak musiqiy madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog‘langanligini guvohi bo‘lamiz. Bunga qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar tosh devorlarga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar suratlari, miniatura ko‘rinishidagi shohlar saroylaridagi bazmlarda sozandalar tasviri, musiqiy ijrochiligimizning sadolari asrlar osha bizga yetib kelganligidan dalolat beradi.

IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo musiqiy madaniyatida o‘zgarishlar davri bo‘lganligi manbalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Lekin  X-XII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam mahlumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba'zilari ustida to‘xtab o‘tishni lozim topdik. VI-VII asrlarda yashab ijod etgan O‘rta-Osiyolik Faxlobod Borbad xaqida ma'lumotlarga qaraganda musiqashunoslik, bastakorlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo‘q sanhatkor bo‘lganligi e'tirof etiladi. Afsonaviy ijrochilik mahoratiga ega bo‘lganligi haqida yozgan ustoz musiqashunos olim Ar-roziy Borbadning buyuk ijrochilik mahorati bilan birgalikda musiqiy sozlarning ham yaratuvchisi bo‘lganligini aytib o‘tadi. Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda Xuroson va Turonda keng tarqalganligini va uning 4 torli bo‘lganligini yozadi.

            Qadimiy qo‘lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o‘tiladi.

IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o‘z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo‘lganligi, ayniqsa «Bo‘yi juyi muliyon» shehrini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo‘lyozmalarda ko‘rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallayev qadimiy ko‘lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kus nog‘ora, qo‘biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag‘ona, shaypur, surnay, karnay, arg‘unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg‘u asboblari o‘lkamizda keng tarqalganini va o‘n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko‘rsatib o‘tgan.

O‘sha davrning buyuk olimi Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otiy turk» asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og‘zaki ijodi va qo‘shiqlari, bayram va marosimlaridagi mehnat qo‘shiqlari, qaxramonlik qo‘shiqlari haqida namunalar berilgan bo‘lib, o‘sha zamonda qo‘shiqchilik janri rivoj topganini ko‘rsatadi.

X-XII asr musiqa va ashula san'atiga doir bayon etilgan noyob ma'lumotlar Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asarida ham uchraydi. X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug‘ kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiy (873-950) bo‘lib, uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida ovro‘pa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o‘z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarini ishlash ustida ijod qildi va «Qonun», «G‘ijjak» kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan «Kitab ul musiqa al- kabir» («Katta musiqa kitobi»), «Kalom fakultet-il musiqi» («Musiqa haqida so‘z»), «Kitob fi ixsoal ibkoh» (kuylar tasnifi haqida kitob»), «Kitob fi-n naqra muzofa ilal ibqoh» (Ritmga qo‘shimcha qilinadigan siljishlar haqida kitob») kitoblari mahlum. Akademik Muzaffar Xayrullayevning «Forobiy» asarida uning musiqa ijodi haqida qimmatli mahlumotlar beriladi.

Forobiy Turkistonning Farob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan bo‘lib, uning otasi Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Avval O‘trorda, o‘qib, so‘ngra Bog‘dodga borib unda falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug‘ullanadi. Qadimgi Yunon foylasuflaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristo-telp) larning dunyo qarashlarini chuqur o‘rganib, ularning tahlimotlarini qaytadan ishlab chiqdi. Bu esa unga Aristotel-dan keyin «Ustod soniy» (Ikkinchi ustod) nomini beradi. U o‘sha davrning eng o‘tkir sozandasi, bastakori, O‘rta Osiyoda va Yaqin Sharqda musiqa madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Forobiy o‘sha davr ijrochilik sanhatida ham benihoya katta shuhrat qozondi. Uning musiqa yo‘nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O‘rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo‘ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

 Yana bir ulug‘ alloma Abu-Ali Ibn Sino (980-1037) ham musiqa nazariyasi bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1931 yilda Maxmud al Xavfning Berlinda nashr etilgan Ibn Sinoning musiqa ijodiga bag‘ishlangan kitobida Abu-Ali Ibn Sinoni katta musiqa nazariyachisi va uning musiqa asboblari ham kashf etgani to‘g‘risida ma'lumot beradi. Yana shu kitobda ulug‘ olimning musiqa haqidagi «Kitob un najot» asarining arabchadan nemischaga tarjimasi berilgan. Abu Ali Inb Sino medisina, falsafa, musiqa sohasida «Alqonun fit-tib» («Tib qonun»), «Kitob ul shifo» («Shifo kitobi»), «Donishnoma», «Risola fial musiqiy sayr mo fi al shifo» («Musiqa to‘g‘risida» «Shifo»da berilgandan boshqa risola») kabi qator asarlarni yozdi. Ibn Sinoning musiqaga doir mulohazalari «Kitob ush shifo» asariga alohida bir qism qilib kiritilgan. Yuqoridagi asarlarda Ibn Sino musiqaning estetik ahamiyati va tahsir kuchiga ehtibor berib, ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o‘z amaliyotida joriy qiladi. Bu yana o‘sha davrda musiqa san'atining yuksaklikka erishganini ham ko‘rsatadi. Abu Ali Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, otasi Abdulloh asli Balxlik davlatmand va madaniyatli kishi bo‘lib, o‘g‘lini yoshligidan qobiliyati, istehdodini, zehnini ko‘ra bilgan holda uning o‘qishiga katta ehtibor beradi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida Somoniylarning boy kutubxonasidan foydalanadi va Yunon kitoblarini tinmay qiroat qiladi. 999 yilda Qoraxoniylar tomonidan Somoniylar davlati qulatilgach, Urganchga kelib Xorazm olimlari qatoridan joy oladi. Keyinchalik Mahmud G‘aznaviy tazyiqi ostida ko‘p shaharlarni kezib 1037 yilda Hamodonda vafot etadi.

X asrda yashab ijod qilgan Muhammad Ibn Al Xorazmiy musiqa haqida asar yozib, o‘zining «Mafotix ul ulum» deb atalgan qomusiy asariga asosiy boblardan qilib qo‘shgan. Xorazmliklar qadimdan musiqa va raqs hamda qiziqchilik shaydosi bo‘lganliklariga Alisher Navoiy ham shohidlik beradi. U o‘zining «Sab'ai sayyor» dostonida bir musiqashunosni Xorazmdan keltirib gapga solganligini quyidagi misralarda ifodalaydi.

Shundan ko‘rinadiki, qadimgi zamonlardan beri musiqiy san’at dunyosida Xorazm yuksak o‘rinda bo‘lgan. XI-asrda dunyoga kelgan «Qobusnoma» asarining 36-bobi ham musiqa san'atiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kitob muallifi Kaykovusning cholg‘uchi va hofizlarga qanday kuy tanlash va qachon, qayerda ijro etish hamda san'atkor odobi va madaniyatlari to‘g‘risidagi nasihatlari, o‘sha davrda musiqiy san'atning taraqqiyoti yuksak darajada ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

Tarix zarvaraqlariga nazar solganimizda ulug‘ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san'at  rivojlanganligini guvohi bo‘lamiz.

Ayniqsa Abdulqodir Marog‘iyning Shom davlatidan olib kelib saroy musiqachilarining rahbari etib tayinlanganligi ham uning musiqa san'atiga ixlosmand bo‘lganligidan dalolat beradi. XVII- asr musiqa tarixchisi Darvish Alining ma'lumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog‘iy isfaxonlik bo‘lib, o‘sha davr Sharqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga rahbarlik qildi. Samarqandda o‘z maktabini yaratdi, ko‘plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub «Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to‘g‘risida mahlumotlar mavjud bo‘­lib, Darvish Ali yana «Miatayin» nomli musiqa to‘plami yaratgani haqida ma'lumot beradi.

Amir Temur o‘z tuzuklarida o‘ninchi toifa hunar-san'at egalaridir.Ularning davlat xonaga keltirib o‘rdada o‘rinlar belgilangan, deb tahriflaydi. Yozma manbalarda yana shu davrning yirik bastakor sozandalaridan Sayfitdin Nayi va Qutbi Nayi, Said Yusuf (qo‘buz), Darvish bek kabi musiqa sohasida mashxur bo‘lgan san'atkorlar qalamga olinadi.

Movarounnahr madaniyati va san'ati ayniqsa Ulug‘bek (1394-1449) zamonasida yuksaklikka ko‘tarildi.

Professor Abdurauf Fitrat Ulug‘bek davrida Samarqandda ijod qilgan Darvish Axmadiy Qonuniy, Sulton Ahmad Nayi, musiqiy risola yozgan qorako‘llik Hisoriy, Xorazmlik Abu Vafo, musiqashunos olim mavlono Sohib Balhiy, Shahrisabzlik bastakor Abul Baraka, mashhur sozanda Navoiyning muallimi Xo‘ja Yusuf Burxon, Navoiyning tog‘asi Muhammad ali G‘aribiylar kabi o‘sha zamonning mashhur san’atkorlarini qalamga olib o‘tadi. Mashhur musiqashunos Hofiz Darvish Alining qalamiga mansub «Tuhfatus surur» asarida aytilishicha Ulug‘bek Mirzoning o‘zi ham musiqiy olimlardan sanalgan.

«Muhit at tavorih» kitobida uni bastakor sifatida «Bulujiy», «Shodiyona» - (bu bizgacha yetib kelgan), «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuli Bahri» kabi yirik musiqa asarlari yaratgani ko‘rsatiladi. Ma'lumotlarda shahar san'atkorlari ichida yallachi ayollar va raqqosalar ham bo‘lganligi aytib o‘tiladi.


 

Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni

Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni

O’zlikni аnglаshning o’sishidаn, хаlqning mа’nаviy sаrchаshmаlаrigа, uning ildizlаrigа qаytishidаn ibоrаt uzviy, tаbiiy jаrаyon dеb hisоblаymiz»

O’zlikni аnglаshning o’sishidаn, хаlqning mа’nаviy sаrchаshmаlаrigа, uning ildizlаrigа qаytishidаn ibоrаt uzviy, tаbiiy jаrаyon dеb hisоblаymiz»

Zaminimizda o‘tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning…

Zaminimizda o‘tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning…

Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda

Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda

Somoniylar davlati qulatilgach,

Somoniylar davlati qulatilgach,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.05.2021