5-mavzu: Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar
Оценка 4.6

5-mavzu: Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar

Оценка 4.6
Лекции
docx
музыка
7 кл—11 кл +1
06.05.2021
5-mavzu: Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar
Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar
5-mav.docx

5-mavzu: Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar

Reja:

 

1. Maqomlarnig umumiy  asoslari Shashmaqom

2. Cholg’u bo’limi, ashula bo’limi.

3. Shoshmaqomning Xorazm maqomidan farqi

4. Farg’ona –Toshkent maqom yo’llari.

5. O’zbekistonda mavjud bo’lgan mahalliy uslublar Farg’ona  -Toshkent, Buhoro – Samarqand  Surxandaruo –Qashqadaruo uslublarining o’ziga xos xarakterli belgilari, ularning bir-biridan farqi.

Tayanch so‘z va iboralar: Buxora shashmaqomi- maqomlar turkimi sifatida Buxorada yuzaga kelgan shakl. Maqom yo`llari- maqom uslubidagi kuy vaashulalarning mustaqil ko`rinishi. Saraxbor-  Shashmaqom ashula bo’`limlarini boshlang`ich qismi. Shashmaqom-  Maqomlarining muayyan shakli. Chormaqomi -  qismlari bir-biriga bog`lanib  turkum shaklida emas, balki umumiy nom ostida keladigan mustaqil kuy yo`llari. "Jahriy"-  ochiq baralla aytiladigan. "Katta ashula"- ilohiy mavzulardagi ashulalarni mumtoz kuy yo`llariga solib aytish. Xalq orasida "katta ashula" deyilgan.

 

Adabiyotlar: .

1. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat. – T.: “O‘zbekiston”, 1994.

2. Karimov I.A.  Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. -T.:“Ma'naviyat”,2008.

3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015. T.Е.Sоlоmоnоva. O`zbek musiqasi tariхi   T.1981.

4. I.Rajavоv Maqоmlar masalasiga dоir   T.1963.  

5.  О.Matyoqubov Оg`zaki an’anadagi prоfеssiоnal muzikaga kirish   T.1983.

6. О.Matyoqubov   Maqоmоt  T.2004.     

 7. V.Matyoqubov   Хоrazm  dоstоn ijrоchiligining zarхal saхifalari   Х.1999.

8. X. Hamidov “Avesto” fayzlari. T., O’qituvchi. 1998 

9. Istoriya muziki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva. 1994.     

   10. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent. 1981. 

   11. T.S.Vizgo. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. Moskva. 1980.

   12. O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992.

   13. Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1969. vip.1.

   14. Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1973. vip.2.

   15. Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1984. vip.3.

   16. Muzika narodov Azii i Afriki.  Moskva. vip.4.

   17. Lunina S., Usmanova Z. Izobrajeniya muzikantov na ossuarii iz Yakkabaga. //     Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1987. vip.5.

 18. Djami A. Traktat o muzike. Toshkent., per. s pers. A.N.Boldireva, red. I kommentarii V.M.Belyaeva. 1960.

www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz

Maqomlarnig umumiy  asoslari Shashmaqom - Tarixdan bizga ma’lum Mo`g`ul istilosidan keyin Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy markazga aylanib  Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o`tay boshladi. So`ngra Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosavati bilan uning asosiy o`zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo’`lgan Shaybo’niylar (XVI a.), Ashtarxoniylar (XVII a.) va Mang`it xonlari (XVIII a.) davlati qaror topdi. Buxoro xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o`zbek urug`idan chiqqan Shaybo’niylar sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan boshlanadi.XVI asrning boshida (1505 yil) hirot Shaybo’niylar tomonidan ishg`ol etildi. Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo’`lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab burilish paytida Temuriylar davri, xususan, Samarqand va hirot bo’y madaniy an’ana-larining munosib borisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. O`zbek xonlari Shaybo’niylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko`zga ko`ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning "Buxoro maktabi" deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahdi orasida yirik ilm va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning o`zbek xonliklari madaniy hayotidagi o`rnini Abdulqodir Marog`iyning Temuriylar zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi.

Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Bo’yqaroga o`xshav, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni chog`da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o`z saroyining ko`rki tariqasida e’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529 yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish bo’qea ushbu davr tarixchisi Hasanxo`ja Nisoriyning "Muzakkiri aqbob" asari va boshqa manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan "Musiqa risolasi" va "O`n ikki maqom haqida" asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va hindistonda ijod qilgan ko`pchilik musiqashunoslar o`zlarini Kavkabiy maktabining dabo’mchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani DarveshAli Changiy alohida mavqeyga ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan. va ularning har biriga atav mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o`xshav, u turli ilm sohalarini o`zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. O`z mavqeyiga ko`ra DarveshAlini islom Sharqining atoqli musiqashunoslari silsilasining so`nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri "Risola-yi musiqiy" ("Musiqa risolasi") mazkur ilmining an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkirabiy ma’lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan "Risola-yi musiqiy" nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, vevosita shu davlat hukmdorlariga vag`ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqabiy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko`zda tutash lozim. Boshqacha aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o`rganishga qaratilmagan. Ularda unibersal toifadagi mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga vag`ishlangan masalalar o`rin olgan. DarveshAli umrining oxirgi yillari nochor va mushkul ahbo’lda o`tdi. Olimga nisvatan bunday munosavat nafis san’atlarga bo’`lgan e’tiborning pasayib ketganligidan dalolat beradi. haqiqatan ham XVII asr o`rtalaridan kuchaygan diniy xurofot oqibatida dunyobiy san’atlar, xususan, musiqiyga bo’`lgan ehtiyoj ancha zaiflasha boshladi. Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi hindistonga hijrat qilishga majbur bo’`lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. hindistonda o`z vatanini qo`msav g`azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir.

       1746 yilda Ashtarxoniylar o`rniga boshqa bir o`zbek sulolasi mang`itlar Buxoro taxtiga o`tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko`ra mahalliy uslublar ustunroq chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doirasida o`ziga xos yorqin jihatlarga ega bo’`lgan Buxoro Shashmaqomi qaror topa boshladi. Samarqand va Hirot madaniyatining vevosita merosxo`ri bo’`lgan Buxoro maqomchiligining yuksak an’analari izsiz yo`qolib ketmadi. Ular musiqaning yangi nabi bo’`lmish Shashmaqom asoslariga singa boshladi. Oldingi maqom yo`llarining Shashmaqom tizimiga aylanishi shunchaki yuzaki holat emas, balki bu - qadimiy maqom an’analarini yangi ijtimoiy-madaniy muhitda ijodiy o`zlashtirish, ularni mahalliy kuy va ashulalarning o`ziga xosligi bilan to`ldirilishining murakkab jarayonidir. Shu tariqa klassik musiqamizning "oltin davri"dan vevosita "Shashmaqom bo’sqichi"ga o`tishida ko`plab ijodiy rishtalarni kuzatsa bo’`ladi. Bu ikki tarixiy bo’sqich o`rtasidagi bog`lanishlar maqom yo`llarining obrazlar olamida, janr tizimida, kuy va ashulalarning parda hamda vazn asoslarida nazarga tashlanadi.

Cholg’u bo’limi, ashula bo’limi - "Shashmaqom" iborasi klassik musiqamizning yangi ko`rinishining nomi sifatida vevosita soxaga oid manbalarda XIX asr o`rtalaridan uchraydi. Bu o`rinda ham atamaning paydo bo’`lishi jarayonning boshlanish nuqtasi emas, aksincha, uzoq dabo’m etgan ijodiy izlanishlarning natijasi sifatida ko`rilmog`i zarur. Shunga e’tiboran Shashmaqom Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, vetakror me’moriy yodgorliklar yoki hech bir narsaga qiyoslab bo’`lmaydigan zardo`zlik san’atlari kabi Buxoro madaniyatishshg eng noyov durdonalari qatoridan o`rin oladi. Shashmaqomninh usul va kuylari Buxoro naqshlariga o`xshav, o`zining fusunkorligi va yorqin bo’`yoqlari, go`zal shakllari bilan ajralib turadi. Kuy va usullarning har biriga berilgan nozik sayqallar hamda ularning juda puxta, mukammal ishlangan yaxlit tizimi Buxoro Shashmaqomi uslubining tub xususiyatlari sifatida namoyon bo’`ladi.

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Shashmaqom haqidagi ma’lumotlarni Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqa mualliflarning asarlaridan topish mumkin. Mazkur davr tarixida Ahmad Donish taniqli shaxs. Eng avvalo, u Buxoro madaniy-ma’ryfiy muhitida bo’yaga yetgan va musiqa san’atiga yaqindan aloqador bo’`lgan ziyoli. Dutor, tanbur chalib zavq olish uning odatlaridan bo’`lgan. O`zining "Nabo’dirul vaqoye" ("Nodir bo’qeyalar") kitobidagi falsafiy mushohadalaridan birida surat (tashqi ko`ri-nish) va siyrat (ichki mazmun) masalalariga to`xtalib, musiqiydan qiziq o`xshatish keltiradi: "Sozanda o`rtada o`ltirib cholg`usiga tortilgan torga yoki simga noxun uradi. Natijada kishilarning qulog`iga darang-darang, g`ing-g`ing ovozlari eshitilib turadi. haqiqatda esa bu ovozlarni ta’sir etib aytmaydilar. Haqiqiy ta’sirlanish yuzaga kelganda  cholg`uchi hamda uning butun harakatlari eshituvchining ko`nglidan ko`tariladi. Tom tuynugidan tushgan quyosh no’rining nayzasi kabi nafis noxun noziktorga yetib to`xtaydi. Uzoq-uzoqlardan kelgan mungli nola quloqqa uriladi. Kishi gohida xayolan cholg`u chaladi. Ammo sozandaning o`zi ko`rinmaydi; uning ustida boshqa bir cholg`uchi paydo bo’`ladiki, u esa Zuhro yulduzining ruhi hisoblanadi. Mana shunday ta’sirlar ko`pincha tiniq, nafis ko`ngillardagina paydo bo’`ladi. Lekin uni so`z qilib, qalamga keltirib yozib bo’`lmaydi.." Sadriddin Ayniyning vafotidan keyin chop etilgan maqolasida Shashmaqomning paydo bo’`lishi haqida quyidagilar ma’lum etiladi: "XIX asrda tojik klassik musiqasining nazariyasi va amaliyotida Ahmad Maxdumi Donish (1827-1897), Iso Maxdum (1827-1888), Abdulqodir Xo`jai Savdo (1823-1873) va boshqalar katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib, shuhrat qozondilar. Savdo "Shashmaqom"ning barcha shu’valarini o`zgacha qilib, ashula va cholg`u kuylarini yaratdi.

Shoshmaqomning Xorazm maqomidan farqi - Shashmaqom masalasiga keladigan bo’`lsak, uning tarqalishida ikki asosiy an’ana qaror topganligi kuzatiladi. Birinchisi - eng nufuzli maqom muxlislari diqqatiga habola etiladigan hashamatli saroy uslubi (rikobiy). Ikkinchisi - maqom yo`llarining saroydan tashqarida kengroq doirada, to`y-hashamlar, vazmu ziyofatlar, gapu gashtaklarda joriy etiladigan ma’muliy, amaldagi ko`rinishi. Bunday ijrochilar - ma’muliy (xalqchil) yo`nalish "savtxon" (ashulachi) deb yuritilgan. Xorazmda xos va ma’muliy toifadagi ijrochilar "saroy sozandalari" va "el sozandalari" nomlari bilan atalgan. "Saroy uslubi" - "yopiq tizim", u, eng avvalo, har bir maqomning, tarkibiy shu’va va qismlarini odovga mubo’fiq, muhimlashgan yaxlit turkum sifatida ijro etilishini nazarda tutadi. Qolabersa, kuy va ashulalarni parda hamda usul qonun-qoidalariga to`la rioya etgan holda, barcha unsur va amallarini joy - joyiga qo`yib, mukammal badiiy asar tarzida talqin qilishni taqozo etadi. Xullas, xos uslubda nuqson yoki kamchilikka o`rin bo’`lmasligi kerak. Bu ishni yuqori sabiyada uddalash uchun esa hofiz yoki cholg`uchi tabiiy imkoniyatlardan tashqari, tajriba, ko`nikma, maqorat qamda usta ko`rgan va maktab o`tagan bo’`lishi zarur.

Muqobil ma’muliy uslub - "ochiq tizim" - maqom qismlarini alohida kuy va ashulalar sifatida hamda oddiyroq tarzda ijro etashga imkon beradi. Bunda ovozi yetmagan savtxonlar (ashulachilar - bu o`rinda "ashula" xalq shevasidan kelib chiquvchi ibora ekanligiga e’tibor berish lozim) maqom yo`llarining yuqori avjlarini biroz ixchamlashtirib, yengilroq variantlarda aytishi ham mumkin. Ayrim sharoitlarda savtxonlar maqom parchalarini yakka doyra jo`rligida ham ijro etganlar. Saroy uslubida esa bunga yo`l qo`yilmagan. Zikr etilgan tarixiy an’analar to`g`risida gap borganda shuni ta’kidlash lozimki, ular orasida chegaralangan debor bo’`lgan emas. Aksincha, yagona Shashmaqom tizimining xos va ma’muliy ko`rinishlari parallel oqimlar sifatida doimo bir-birini to`ldirib, bo’yitib kelgan. El orasidan chiqqan ovoz va iste’dod sohiblari saroyga jalv qilingach, xos muhitda tarbiya topib, san’atlarini yuksak cho`qqilarga ko`targanlar. O`z navvatida el sozandalari mohir ustozlar ijodida sayqal topgan mumtoz maqom yo`llari asosida ommabop kuy va qo`shiqlar ishlab, xalqni undan vahramand etganlar. Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo’`lib xizmat qilgan saroy an’analarining rivoji ko`p jihatdan vevosita hukmdorlarning soz san’atiga qiziqishi va e’tiboriga bog`liq bo’`lgan. Bu o`rinda Buxoro taxtiga o`tirgan so`nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Amir Olimxonlarning sozparbarligini aytav o`tish kerak. Ular homiyligida o`ktam ijodkorlarning saroyga to`planishi Buxoro Shashmaqomining venazir badiiy namuna sifatida sayqal topishiga olib keldi.

Farg’ona –Toshkent maqom yo’llari -Maqomlarning uchinchi yirik yo`nalishi Farg`ona va Toshkent bo’halari bilan bog`liq. Bu joylarda qaror topgan klassik musiqa tizimi umumlashtirilib "Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari" deb yuritiladi. 20-30- yillarda ustozlar mazkur tizimga nisvatan "Shashmaqom", "Olti yarim maqom"ga o`xshatib, "Chormaqom" (ya’ni to`rt maqom) atamasini ham qo`llaganlar va uning tarkibida "Bayot", "Dugoh Husayniy", "Chorgoh" va "Gulyor-Shahnoz" nomlari bilan yuritiladigan birikmalarni tushunganlar. Farg`ona-Toshkent Chormaqomi, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o`laroq, qismlari bir-biriga bobasta qilingan turkum shaklida emas, balki umumiy nom ostida keladigan mustaqil kuy yo`llari tarzida namoyon bo’`ladi. Shunga ko`ra, ular "Dugoh I", "Dugoh II ", "Dugoh III" yoki "Bayot I", "Bayot P", "Bayot III" kabi tartib sonlari bilan belgilanadi.

XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Toshkent va Farg`ona maqomlarining har biri alohida maktab sifatida ko`rilib, mustaqil nomlar bilan yuritilgan. Jumladan, "Toshkent maqomlari", "Turkiston maqomlari" va "Farg`ona maqomlari" kabi tushunchalar iste’molda yurgan. So`nggi paytlarda, aniqrog`i I.Rajabo’bning "Maqomlar masalasiga doir" kitobi paydo bo’`lishidan boshlab maqomotni yagona tizim shaklida ko`rsatish maqsadida "Shashmaqom" va "Xorazm maqomlari" bilan bir qatorda "Farg`ona-Toshkeit maqom yo`llari" atamasi istiloxda muhimlasha boshladi. O`z moxiyatiga ko`ra Farqona-Toshkent maqom yo`llari Shashmaqom, Xorazm maqomlari yoki boshqa bir tizimning ko`chirmasi emas, balki mushtarak maqomot negizida yerlik sozanda va bastakorlar tomonidan ishlangan shaklidir. Parda va usul tamoyillarining o`xshashligi bilan bir qatorda kuy va ashulalarda Farg`ona-Toshkent shevasiga xoslik yaqqol sezilib turadi.Qolabersa, bu uslubni to`satdan paydo bo’`lgan deyish ham to`g`ri kelmaydi. Zero, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llarining asoslari puxta ishlanganligi, sozanda va tinglovchilar ongida chuqur o`rnashib qolganligi mazkur an’analarning ildizlari uzoq zamonlardan kelayotganligidan dalolat beradi.

Tarixiy kitoblar, musiqiy risolalar va adabiy tazkiralarda Farg`ona vodiysi hamda Toshkentdan chiqqan yetuk sozandalarning nomlari ko`plab tilga olinadi. Ularning san’ati mahalliy doiradan ancha keng va butun Markaziy Osiyo mintaqasida shuhrat topgan. Umuman olganda, bu joylarda klassik musiqaning rivojlanishi avvaldan vaquvvat an’analarga ega.

XVIII asrning oxirlariga kelib, Qo`qon xonligi alohida davlat sifatida tarkib topishi bilan Farg`ona va Toshkent bo’halari uning asosiy o`zagi sifatida yagona madaniy-ma’muriy doirani tashkil qilgan an’analarning uzluksiz tabiiy ravishda dabo’m etgirish fursati paydo bo’`ldi. Ularning shirasi va shevasi imkon kedar saqlandi. Bugungi kunda Xorazm maqom turkumlarining tarkibi tanbur chizig`iga ko`rsatilganidan ancha ixcham. Olti yarim maqom tizimining esa ayrim qismlari, ayniqsa, cholg`u yo`llari afsuski iste’moldan qolmoqda. Lekin vaxtimizga ularning o`ziga xos jarangi va ijodiy qiyofasi yo`qotgan emas. Ana shu muhitda she’riyat, musiqa, me’morchilik va boshqa amaliy san’at turlarida o`ziga xos uslub yuzaga kelishi va takomillashubiga zamin hozirlanadi. Mazkur uslubning rivojlanish samaralari musiqa va she’riyat borasida, ayniqsa, sezilarli bo’`ldi. Xususan, Muhammad Umarxon (1809-1822 y) vauningo`qli Muhammad Alixon (Madalixon) (1822-1842 y) davrlarida qo`qon shoir va sozandalarining dovrug`i keng tarqala boshladi. Muhammad Umarxon yetuk davlat arbo’bi va zamonasining eng ilg`or vakillaridan bo’`lib, uning Amiriy taxallusida yozgan deboni keng e’tibor topgan. Shoirning umr yo`ldoshi Nodira taxallusi bilan ijod etgan Moxdarvegim ham o`zbek she’riyatining yirik namoyandasidir. Amiriy va Nodira - Sharqning eng mumtoz shoirlari qatoridan o`rin oladi. Ularning o`zbek va tojik tillaridagi g`azallari nafaqat Farg`ona-Toshkent bo’halari, balki Buxoro, Xorazm hofizlari orasida ham keng tarqalgan. Umarxon va Nodiralarning farzandi Madalixon ham ilmu ma’rifatga, nafis san’atlarga ko`ngil qo`yganganligi ma’lum.


 

Скачано с www.znanio.ru

Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar

Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar

Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosavati bilan uning asosiy o`zagida poytaxti

Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosavati bilan uning asosiy o`zagida poytaxti

Shashmaqomi qaror topa boshladi

Shashmaqomi qaror topa boshladi

Xullas, xos uslubda nuqson yoki kamchilikka o`rin bo’`lmasligi kerak

Xullas, xos uslubda nuqson yoki kamchilikka o`rin bo’`lmasligi kerak

XVIII asrning oxirlariga kelib,

XVIII asrning oxirlariga kelib,
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
06.05.2021