Mavzu: Arifmetik ildizlar bobini
takrorlash.
Darsning borishi: a) O’quvchilarga kvadrat ildizlar bobini
yana bir marta qayta izohlash bilan olgan
bilimlarini mustahkamlash.
b) O’quvchilarga aqliy va axloqiy tarbiya
berib barkamol yetuk inson qilib
tarbiyalash.
c) O’quvchilar kvadrat ildizlar bobidagi har
bir mavzuni to’liq o’zlashtira olganlarini
kuzatish va shu mavzular yuzasidan to’liq
ma’lumotga ega.
Dars tipi: Mustahkamlovchi
Dars uslubi: Aralash (slaytlar asosida)
Dars usuli: Interfaol (mayday guruh ish.)
Dars jihozi: Darslik, test, assesment baho
Darsning borishi: Salomlashish va o’quvchilarni darsga jalb etish.
Reja:
1. O’quvchi tarixiy ma’lumotlarni eslatish. (3 min)
2. Har bir mavzu yuzasidan slaytlar. (15 min)
3. O’tilgan mavzu yuzasidan testlar. (10min)
4. Testlarni tekshirish. (2min)
5. Assesment baholash. (17 min)
6. Dars yakunida, uyga vazifa. (3min)
O’rta Osiyolik atoqli matematik va astronom G’iyosiddin Jamshid
al – Koshiy o’zining “Arifmetika kaliti” asarida natural sondan ildiz
chiqarish amalini kashf etdi.
O’zbek matematigi va astranomi Muhammad ibn Muso
al – Xorazmiy o’zining “ Al – jabr val – muqobala” asarida kvadrat ildizlar
ustida amallar ko’paytuvchini ildiz belgisi ostiga kiritish, ko’paytuvchini ildiz
belgisi ostiga chiqarish, ildizlarni o’zaro ko’paytirish kabi usullarni ko’rsatib
o’tadi. Slaytlarda “Kvadrat ildizlar bog’iga sayohat” deb nomlamadi va bu
bog’
5 ta qismlarga bo’linadi. Har bir qism o’zining siri va kashfiyotlari bilan
ko’rkam bo’lib boradi. Har bir qismdagi mavzular bo’yicha o’quvchilar olgan bilimlari izohlab
boradilar.
5 ta qism bu 5 ta guruh hisoblanadi. har bir guruhning ko’rgazmalar
asosida manzuni to’la va tushunarli ko’rsatib borishi o’qituvchi tomonidan
baholab boriladi.
Keyingi slaytda 5 ta mavzuga oid. 10 ta test beriladi. Har bir guruh o’z
javoblarini marker yordamida qog’ozga yozib doskaga yopishtiradi.
O’qituvchi qizil marker bilan, slaytda ko’rsatilgan javoblar bilan tekshiriladi. Test natijalaridan keyin “Assesment baholash” usuli yordamida
o’quvchilarni bilimlarini aniqlash mumkin. O’qituvchi har bir guruhni umumiy balllarini aniqlagandan so’ng eng
yuqori ball to’plagan guruh a’zolarini rag’barlantiradi.
Uyga vazifa o’tilgan mavzularni takrorlash.
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.