5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
Оценка 5

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

Оценка 5
Занимательные материалы +3
doc
математика
5 кл—6 кл
24.06.2019
5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
Публикация является частью публикации:
O‘nli kasrlarni taqqoslash.doc
Darsning  mavzusi: O‘nli kasrlarni taqqoslash Darsning maqsadlari:              Matematika   fanidan  bir  soatlik  dars  ishlanmasi. Sana:  Sinf: 5­sinf Fan: Matematika I. II.   a) Ta’limiy maqsadi: O‘nli kasrlarni taqqoslash  bo‘yicha  bilim, ko‘nikma, malaka  hosil  qilish    b)  Tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni   ona   Vatanimizga   muhabbat   va   Vatanparvarlik   ruhida     tarbiyalash, komil   insoniy   fazilatlarini   shakllashtirish,   axloqiy,   estetik     iqtisodiy   asosda tarbiyalash. v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning  matematika  faniga  bo‘lgan  qiziqishlarini  rivojlantirish, ularning erkin  va  mustaqil  fikrlash  malakasini,  tafakkur,  xotira   mashqini  rivojlantirish. III. Darsning  tipi: Yangi  bilim, malaka,  ko‘nikmalar  hosil  qilish. IV. Darsning metodi: og’zaki,  ,  yozma,  savol­javob. “Zinama­zina”,  Darsning vaqt taqsimoti “Bilimingni   sina”  interfaol usullar   Aqliy  hujum,  musoboqalarda,    guruhlarda  ishlash. Darsning  jihozi:   darslik , ko‘rgazmalar, testlar,   tarqatma  materiallar. V. Foydalanilgan  texnika  vositalari:  kompyuter,  kodaskop. Fanlararo  bog’lanish:  ona tili,  tarix,  iqtisodiyot, chet  tili,  ma’naviyat. 1 № Darsning     zinalari. Dars bosqichlari I. zina: II.zina: III.zina: IV.zina: Yangi  mavzuni  bayoni. Tashkiliy   qism. Psixologik muhit yaratish  O‘tilgan  mavzularni   takrorlash.   O‘quvchilarni   odobli, tarbiyali,   komil   inson   qilib tarbiyalash. V.zina: Kimning       fikri       tez   ?       (Yangi     mavuzuni mustahkamlash   maqsadida   sinf   taxtasiga   misollar yechish ) .   o‘quvchilarni   kasb   tanlashga   o‘rgatish.    Durdona   izlab…  Misollar     yechish   VI.zina: VII.zina: Darsni   yakuni,   uyga  vazifa   berish. Darsimizning birinchi zinasiga marhamat   orqali Vaqti. 3 daqiqa. 8 daqiqa. 4 daqiqa. 10 daqiqa. 15 daqiqa. 2 daqiqa. 3 daqiqa. I.  Zina:  Tashkiliy  qism. Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan. Al ­  Xorazmiy, Beruniy, Ulug’beklar boyitgan,  Zamonlarning  zamonida rivojlangan, yetilgan,   Bobolarning  merosidan bizga  taqdim etilgan.    O‘quvchilar: Assalomu ­ alaykum hurmatli ustoz !  O‘qituvchi:  Vaalaykum   ­   assalom   aziz   o‘quvchilar.   Darsimiz   mehmonlari   aziz ustozlar! o‘tiringlar. Bugun 5 ­ “B” sinfida  o‘tiladigan ochiq namunaviy “Zinama ­ zina,   ­   Bilimingni   sina”   deb   nomlangan   ochiq   namunaviy   darsimizga   xush kelibsizlar! O‘qituvchi: Darsimiz ?    O‘quvchilar: Matematika.        O‘qituvchi:                              O‘quvchilar:  Matematika  fanlar  ichra  shoh,                           Uning  sirlaridan  bo‘lingiz  ogoh. O‘qituvchi: Matematika fani nimani o‘rgatadi? O‘quvchi:  Matematika fani o‘quvchi tafakkurini rivojlantirib, aqlni peshlaydi va topqirlik xislatlarini rivojlantiradi.             O‘qituvchi: Darsimiz matematika ekan, keling matematika fanining hayotimizdagi o‘rni, rolini bilish uchun  olimlarimizning fikrlariga quloq solsak.     O‘quvchi:   Matematika  sirlarini  puxta bilib olgan odam,                        Dunyoda  eng  baxtli  odam hisoblanadi.   O‘quvchi: Kim matematika bilan yoshligidan shug’ullansa, o‘zida chinakamlilikni, tirishqoqlik bilan  maqsadga erishishlikni tarbiyalaydi. O‘quvchi: Matematika ma’naviy ulug’vorlikning  keng  dunyosidir. O‘quvchi: Matematika aql gimnastikasidir. 2 O‘quvchi: Matematikaning o‘z tili mavjut ­ bu formulalaridir. O‘qituvchi: Darhaqiqat, o‘quvchilar.                          Matematikaning go‘zalligi ham shundaki,                          Unda har bir fikr isbot qilishni talab qiladi. O‘qituvchi;  Endi   shior   tanlab   olsak,   zotan   har   bir   Davlatning   o‘z     madhiyasi bo‘lgani kabi insonni ham maqsadi sari boshlovchi  to‘siqlarni yengishga undovchi shiori, maqsadi va vazifasi bo‘lishi  lozim. Shunday ekan       O‘qituvchi;   Shiorimiz?    O‘quvchilar:  Ilm  ko‘p ­ u, hunar  oz.                           Keragin ol­u, toshga yoz. O‘qituvchi; Maqsadimiz?                       O‘quvchilar: Matematika  fanini chuqur o‘rganish   va  uni  yuksaltirish. O‘qituvchi: Vazifamiz? O‘quvchilar: Ozod va obod Vatan, erkin  va  farovon   hayot barpo etish. O‘qituvchi: Navbatchi­o‘quvchi qilingiz hisob,                      Xonada   necha   o‘quvchi   bor    shu   tob. O‘quvchi:  Men  Naimova  Shahnoza  5­“B”  sinfda  bugun navbatchiman.  Bizning sinfimizda 29 nafar o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bugun darsda 28 nafar o‘quvchi darsga atnashishga  tayyor. Bir nafar o‘quvchi sababli darsga qatnashmayapdi.          Darsimizning  birinchi  zinasi yakunlandi. Marhamat, ikkinchi  zinaga.                                                                                                          II.  zina:  O‘qituvchi:  O‘quvchilar,   o‘tgan   darsda   qaysi   mavzu   bilan   tanishganmiz?   Uyga vazifa  nima edi ?   O‘quvchi: Biz o‘tgan matematika darsimizda o‘nli kasrlar mavzusiga doir misollar yechgan edik. Uyga  vazifa: Misollar yechib kelish. №791 ­792­793.  O‘qituvchi: Uy vazifasini nazorat qilib chiqadi. Aylanma daftarlar almashtirilganga qadar   o‘qituvchi   tomonidan   uy   vazafasi   to‘g’risida   hajviy   she’r     aytiladi. O‘quvchilarni kayfiyatini ko‘tarish maqsadida. O‘qituvchi:  O‘tilgan   mavzuni   takrorlash   uchun   sinfni   3   guruhga   bo‘lib   har   bir guruhga 4 ta dan  savol kartchkalarini tarqatib mavzuni mustahkamlab olamiz. 1­guruh:Xorazmiy 1. O‘nli kasrga ta’rif bering? 2. Oddiy kasrning o‘nli kasrdan farqi nimada? 3. 1 litr necha dm3  ga teng ? 4.Agar bo‘lish qoldiqsiz bajarilsa,bo‘linma qanday son bo‘ladi? 2­guruh Beruniy 1. 3,14  o‘nli kasrni aralash kasr shakliga keltiring ? 2. 1 metr kilometrning qanday qismini tashkil qiladi ? 3 3. Agar o‘nli karning o‘ng tomoniga nollar yozilsa,qanday kasr hosil bo‘ladi? 4.O‘nli kasrning butun va kasr qismi nima bilan ajratiladi? 3­guruh : Ulug’bek 1.Qanday sonlarni o‘nli kasr ko‘rinishida yozing  2. 301 sm ni metrda ifodalang va o‘nli kasr ko‘rinishiga keltiring? 3. Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nolo lib tashlansa,kasr o‘zgaradimi? 4.Nurga ta’rif bering? Darsimizning II­ zinasi yakunlandi. Marhamat III – zinaga. Marhamat  III ­ zinaga. Yangi mavzuning bayoni. Misol: Uzunligi 8 sm,ya’ni 80 mm bo‘lgan AB kesma berilgan bo‘lsin.Bu kesma  uzunligining har bir o‘lchovini detsimetrlarda ifodalaylik. 1sm   = dm       bo‘lgani uchun  AB = 0.8 dm   bo‘ladi.   va   8sm   =    va  80 mm  =           bo‘lgani uchun  AB = 0.80 dm bo‘ladi. 1mm= Demak,                                                                        AB =0.8dm =0.80dm . Xulosa : 0.8 va 0.80  kasrlar  bir­biriga teng.                   0.8 =0.80  Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o‘ng  tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr kasr hosil bo‘ladi. Masalan, 0.43 = 0.430 = 0.4300          ⃓  6.7 =6.70  = 6.700             ⃓    18  = 18.0    =  18.000 1­misol. 4.54  va  6.9  o‘nli kasrlarni o‘zaro taqqoslaylik. Oldin ularning verguldan keying o‘nli raqamlari sonini tenglashtiramiz.Buning  uchun 6.9 kasr o‘ng tomoniga bitta nol yozamiz : 4.54  va  6.90  kasrlarni  hosil  qilamiz. Ularni noto‘g’ri kasr ko‘rinishida ifodalaymiz;    ;                               ⃓        6.90   =   =    4.54  =    =  Bu kasrlarning maxrajlari bir xil. Demak, ulardan qaysi birining surati kata bo‘lsa, shu kasr kata bo‘ladi: 454<690    bo;lgani uchun                            454 /100    < 690/100. Demak, 4.54 <6.90  ,  4.54 < 6.9 Ikkita o‘nli kasrni o‘zaro taqqoslash uchun; °  oldin ulardan birining o‘ng tomoniga nollar yozib, ularning verguldan  keyingiraqamlari soni tenglashtiriladi; °  so‘ng vergullar tashlab yuboriladi va hosil bo‘lgan  natural sonlar o‘zaro  taqqoslanadi. 4 2­misol.  23.54   va   16.9  sonlarini taqqoslaylik. 1. Sonlarning verguldan keying raqamlari sonini tenglashtiramiz;  23.54 va   16.90 ; 2. Vergullarni tashlab yuboramiz va sonlarni taqqoslaymiz: 2354   > 1690; Demak,  23.54  >  16.9 .    Darsmizning III – zinasi yakunlandi.  Marhamat, IV – zinaga. IV  zina: Kimning   fikri   tez ? ­Endi  darsliklarni  ochamiz,  kimning   fikri   tezligini   tekshirib    ko‘ramiz.Darsliklarni   toza   va  ozoda   tutinglar,  chunki  kitob  insonning   do‘sti   bo‘lib,  hayotni   tushinishga,   unga   yaqin  yordamchidir. Har  bir  guruhdan   o‘quvchilar   chiqib,  sinf   taxtasida    misol  yechadilar.             798­misol   Shunday o‘nli kasrni topingki, u; a)  0.95 ga teng va verguldan keyin 4 ta raqami bor bo‘lsin;     Yechish:  0,95 = 0,9500 b)  195  ga teng  va verguldan keyin 3 ta raqami bor bo‘lsin;    Yechish:  195  =195,000 c)  6,300000 ga teng va verguldan keyin 3 ta raqami bor bo‘lsin;    Yechish:  6,300000 =6,300. 799­misol    Har bir qatordagi o‘zaro teng sonlarni toping: a)  0,8     0,08   0,80   0,008     0,8000    0,0008    Yechish:  0,8 =0,80 =0,8000      800­misol  Sonlarni taqqoslang. a)  85,09  va  67,99     y:   85,09  >  67,99 b)  55,7   va   55,7000     y:  55,7   =   55,7000  c)  0,908  va 0,918         y:   0,908   <  0,918    d) 7,6431 va 7,6429     y:   7,6431   >  7,6429 801­misol  a) 3,456  ; 3,465  ;  8, 149  ;0,453  ; 0,4532 sonlarini o‘sib borish tartibida Y: 0,4532<0,453<3,456<3,465<8,149 b)  0,456   ; 0,065   ;  0, 009  ;0,079  ;  0,0093 ;  0,0502  kamayib boorish  tartibida joylashtiring. Y:   0,456>0,079>0,065>0,0502>0,0093>0,009 802 – 803 va 804 –misollar ishlanadi. Darsmizning IV – zinasi yakunlandi.  Marhamat, V – zinaga. 5 V  zina: Sahna  ko‘rinishida  misolni   yechish. Har bir guruhdan 2 kishidan chiqib  berilgan sonlarni sonlar nuriga o‘zaro kelishgan  holda joylashadi va o‘quvchilar baho berishadi. 1 ­ guruh   A(1,3)  va  B(1,8)   A(1,3) ­  men  B(1,8)  ga nisbatan chapda turaman. B(1,8) –  men  A(1,3)  ga nisbatan o‘ngda turaman. 2 ­ guruh    C(0,33)  va D(0,37)  C(0,33)  ­men  D(0,37) ga nisbatan chapda turaman. D(0,37) ­ men  C(0,33)  ga nisbatan o‘ngda turaman. 3 ­ guruh  E(5,5)  va F(5,45)   E(5,5)  ­  men F(5,45) ga nisbatan chapda turaman. F(5,45) ­ men E(5,5)  ga nisbatan o‘ngda turaman.    Darsmizning V – zinasi yakunlandi.  Marhamat, VI – zinaga. VI –Zina :  Durdona   izlab… Aziz   o‘quvchilar,  yangi   mavzuni   mustahkamlash  qismiga  o‘tamiz.  Sizlarga hozir   tarqatmalar   va   kartatekalar   beriladi. Tarqatmalarga   og’zaki   javob   berib   kartatekalarni   yechasiz.   Shunda   tarqatmalar orqasiga raqamlar bo‘yicha yashirilgan ajoyib durdona hosil bo‘ladi.     Tarqatmalarga   javob   berilgach, “Odobli   bola   elga   manzur” maqoli chiqadi. Odobli bo‘lish, tarbiyali bo‘lish komil inson bo‘lib yetishimizda eng asosiy o‘rin tutadi. Chunki, tarbiyali, odobli bola ilm cho‘qqilarini hech qiyinchiliklarsiz zabt etib, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan   inson   bo‘lib   kamol   topadi.   Zero,   Prezidentimiz   I.A.Karimov aytganlaridek,  “Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’lim tarbiyasini olgan yoshlar   kerak”           Darsmizning VI – zinasi yakunlandi.  Marhamat, VII – zinaga. VII  zina:  Darsni   yakunlash. Har bir narsani oxiri bo‘lgani kabi darsimiz ham yakunlandi. Guruhlarning ballarini jamlaymiz.   G’olib   guruhni   tabriklaymiz   faol   ishtirok   etgan   o‘quvchilarni baholaymiz. 6 ­ Mana,   aziz     o‘quvchilar,   zinama­zina     bilimlaringizni     sinadingizlar. Hozir rag’bat  va jarima kartochkalarini hisoblab guruhlarni natijalarini e’lon qilamiz. Eng ko‘p     rag’bat   yiqqan   guruhni   g’olib   deb   e’lon   qilamiz.   Guruhlardagi   aktiv qatnashgan o‘quvchilarni quyidagi naminatsiyalar orqali taqdirlaymiz. Darsda eng ko‘p  qatnashgan  o‘quvchilarni  doskaga chiqarib  baholaymiz. “Eng a’lochi o‘quvchi”, “Eng  zukko  o‘quvchi”, “Eng topqir o‘quvchi”, “Eng  dono o‘quvchi”,   “Eng   bilag’on   o‘quvchi”   deb     o‘quvchilar     taqdirlaymiz.   Bugungi  “Milliy   bank”  guruhi.Darsni   yakunlar   ekanmiz,   aziz darsimizning   g’olibi o‘quvchilar sizga shuni takidlab o‘tmoqchiman. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi. 1. G’ayrat 2. Shijoat 3.  Matonat 4.  Hurmat O‘qishda doimo matonatli bo‘lishni, to‘rt narsa odamga roxat baxsh etadi: 1. Shirin so‘z 2. Samimiy do‘st 3.  Halol mehnat 4.  To‘g’rilik Hayotda halol mehnat qilib to‘g’ri yashashigizni tilayman. Doimo sog’ – salomat bo‘linglar. Ilm   noma’lumdan   ma’lum   topadi   deganlaridek,   ilmu   –   ma’rifat   hamrohingiz bo‘lsin. O‘quvchilar:   Berdingiz bizga ta’lim,                            Rahmat sizga muallim.             Uyga vazifa. 810­811 ­ misol  Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. B.Q Haydarov ‘’Matematika’’ 5­sinf  2. M.Ahmedov,M.A.Mirzaahmedov ‘’Matematika’’ 3. S.Z.Daminov, R.N.Daminova 5­sinf uchun matematikadan didaktik materiallar.  7

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар

5 . 6.7.9. синфлар учун очик дарслар ва презентациялар
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.06.2019