ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI
Оценка 4.9

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

Оценка 4.9
pdf
17.06.2021
ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI
22.Хожиева М.pdf

PEDAGOGIK ISSN 2181-6833 MAHORAT


                                                                                 6 (76) 2020                                        PEDAGOGIK MAHORAT

MUNDARIJA

 

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ................................................................................................... 7

Сиддиқ ҚАҲҲОРОВ, Дилшод МИРЗОЕВ, Азизбек САЙФУЛЛАЕВ.  Мутахассислик фанларни

ўқитишда интерфаол методлардан фойдаланишнинг ўзига хосликлари ................................................... 7

Валихожа АТАХОЖАЕВ, Султонпошша АБДУЛЛАЕВА.  Кейс технологии как инновационный

метод ............................................................................................................................................................. 10

Насиба СОБИРОВА. Функции методической службы в формировании профессиональных

компетенций учителей ................................................................................................................................. 13

Раъно АЛИМАРДАНОВА. Ўзбек оилаларида ёш келин-куёв ўртасидаги соғлом муносабатларни

таъминловчи миллий-психологик омиллар ................................................................................................ 16

Шахноза ШАРИПОВА.  Таълим жараёнида инновацион технологиялар татбиқи ................................. 22 Nazokat SAYIDOVA, Gulbahor ZARIPOVA, Orifjon HAYDAROV. Oliy ta’lim jarayonining kredit-modul

tizimida professor-oʻqituvchi bilan talabalarning pedagogik hamkorligi ....................................................... 28

Шабон ФАРМОНОВА. Лойиҳавий таълим воситасида бўлажак ўқитувчиларнинг коммуникатив

маданиятини ривожлантиришнинг ижтимоий-педагогик зарурати ......................................................... 32 Шавқиддин АДАШБОЕВ. Олий таълим тизимини рақамлаштириш ...................................................... 36

Дилдора КАХХАРОВА. Теоретические основы организации инклюзивного образования в

общеобразовательных школах .................................................................................................................... 39

Шерзод АБДУРАҲМОНОВ. Бошланғич синф ўқувчиларида ватанга эътиқодни шакллантиришга

йўналтирилган педагогик жараённинг ўзига хос хусусиятлари ............................................................... 45

Гулноз ОЧИЛОВА, Гулнора МУСАХАНОВА.  Ёшлардаги тадбиркорлик қобилияти

шаклланганлигининг гендер хусусиятлари ................................................................................................ 50

Yoqubjon DJUMANAZAROV. Barkamol avlod tarbiyasida gʻoyaviy-mafkuraviy muammolarning

psixologik aspektlari va ularning profilaktikasi .............................................................................................. 53

Зубайда БАХРОНОВА. Шарқ мутафаккирлари қарашларида ахлоқий маданият масалалари .............. 59

Хусен САФОЕВ. Современные особенности диалектического развития морально-психологического

фактора .......................................................................................................................................................... 63

Ҳасан БАҲРОМОВ. Ибн Сино маънавий меросида таълим-тарбия масаласи ........................................ 68

Ҳусниддин ҲОМИДОВ. Ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашнинг омиллари.......................... 72

M.Sh.XOJIEVA. Abu Ali ibn Sino shaxsi va uning ta’lim-tarbiya taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ................ 75

Шохруҳ САЛИХОВ, Тимур САЛИХОВ. Ўқувчиларда соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг

психо-физиологик асослари ........................................................................................................................ 80

Амрулло АБДУЛЛАЕВ. Буюк саркардаларнинг ҳарбий стратегиялари асосида ватан ҳимоячиларини

тарбиялаш ..................................................................................................................................................... 84

Учқун БАЛИЕВ. Гуруҳ мураббийларининг талабалар билан тарбиявий жараёнини ташкил қилиш ... 87

Темир ОЛИМОВ. Талабаларда фуқаролик маданиятини ривожлантиришда маънавий-маърифий

ишларнинг мазмуни ..................................................................................................................................... 90

Ситорабону ХОЛБОЕВА. Педагогические основы подготовки девушек студентов к семейным

отношениям .................................................................................................................................................. 93

Абдурашид ТУРҒУНОВ. Мактабгача ёшдаги болалар хотирасини ривожлантиришда психологнинг

вазифалари .................................................................................................................................................... 97

Жасур ОСТОНОВ. Копинг-стратегии: развитие в онтогенезе ............................................................... 102

Олмос АВЕЗОВ. Экстремал ва фавқулотда вазиятлар тўғрисида замонавий тушунчалар .................. 105

Ҳалим ҲАСАНОВ. Ўқувчиларда мусиқий тасаввурлар шаклланишининг педагогик-психологик

аҳамияти ...................................................................................................................................................... 110

Жамол НОСИРОВ. Спортчиларда ҳиссий-иродавий сифатлар шаклланишининг психологик

хусусиятлари .............................................................................................................................................. 113

 

MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM ....................................................................... 118

М.З.Файзуллаева, М.Э.Рустамова. Мактабгача таълим тизимининг сўнгги йиллардаги ривожланиш ва

тараққиёти таҳлили .................................................................................................................................... 118

Umedjon JUMAYEV, Zarina ASHUROVA. Jahon maktabgacha ta’limi rivojida noan’anaviy mashg‘uotlar:

Valdorf, Montessori  pedagogikasi ............................................................................................................... 121

 

FILOLOGIYA VA TILLARNI OʻRGANISH ................................................................................. 128

Насиба БОЗОРОВА. Юридик лексикани ўрганишда детектив асарларнинг роли ................................ 128

5

M.Sh.XOJIEVA

Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi

 

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

 

Ushbu maqolada Ibn Sino shaxsi va uning ta’lim-tarbiyaga qoʻshgan hissasi hamda  koʻp tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol oʻynagani bayon qilingan. Oʻz ijodi, ilmiy faoliyatida Ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy koʻtarinkilik, madaniy

“uygʻonish”ning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir koʻrsatadi. 

Kalit soʻzlar: tarbiya, axloq, odob, ma’rifat, etika, estetika, ilm. 

В этой статье описывается личность Ибн Сины и его вклад в образование и воспитание, а также его многоплановое плодотворное творчество и богатое наследие, сыгравшие большую роль в развитии мировой культуры. В своем творчестве, научной деятельности Ибн Сина сумел воплотить духовные достижения высокого культурного подъема, культурного “возрождения”в странах Центральной Азии, Ближнего и Среднего Востока, оказав тем самым огромное влияние на развитие просвещения, культуры во всем Восточном и европейском континентах. 

Ключевые слова: воспитание, мораль, нравственность, просвещение, этика, эстетика, наука.

In this article, Ibn Sina personality and her educational background and Ibn Sina played a big role in the development of world culture with her multidisciplinary productive work, rich heritage. In his creative, scientific activity, Ibn Sina was able to embody the spiritual achievements of the high cultural upheaval, cultural "awakeningin” the countries of Central Asia, the near and Middle East, with which he has a great influence on the development of enlightenment, culture in the whole East and Europe.

Key words: education, morality, manners, enlightenment, ethics, aesthetics, science.

 

Oʻzbek xalqining oʻtmishdan yetib kelgan boy ma’naviy-madaniy merosi, oʻlmas qadriyatlari ajdodlarimizning, tarix sahifalaridan oʻrin olgan buyuk mutafakkirlarimizning yuksak darajadagi intellektual qobiliyati va salmoqli mehnatlarining natijasidir. Mutafakkirlarning yaratgan ilmiy asarlari, pedagogik qarashlari va gʻoyalari bugungi kungacha koʻplab rivojlangan mamlakatlarining ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotida oʻzining muhim ahamiyatini yoʻqotmasdan kelmoqda. Shuningdek, fanlar integratsiyasi natijasida yangi fanlarning yuzaga kelishi, jamiyatda raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Ushbu vazifalar asosida jamiyatning ta’lim tizimiga qoʻygan asosiy vazifalaridan biri yuksak ma’naviy axloqli, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshadigan, rivojlangan davlatlar darajasidagi yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi deb belgilangan. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda buyuk mutafakkirlarning ilmiy va hayot faoliyatini oʻrganish, ularning hayot yoʻllaridan saboq olish muhim ahamiyatga ega.

Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol oʻynadi. Ibn Sino tarjimayi holida Forobiyning “Metafizika maqsadlari”, “Fususul-hikam” [3, 99-102] kabi muhim risolalarni qunt bilan oʻrgangani, ulardan keng foydalanganini ta’kidlab oʻtadi.

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Koʻp risolalari shaharma-shahar koʻchib yurish, urushlar, saroy toʻpolonlari, turli falokatlar tufayli yoʻqolib ketgan. Koʻp manbalarda Ibn Sino, avvalo, tabib sifatida talqin etiladi, holbuki, tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va Oʻrta

Sharqning oʻsha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum boʻlgan katta asari “Kitobush-shifo”dir

“Kitobush-shifo” (“Shifo kitobi”) [6] 22 jilddan iborat boʻlib, 4 ta katta boʻlimini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, oʻzbek tillariga tarjima qilingan. 

“Kitobul-insof” (“Insof kitobi”) nomli 20 jilddan iborat boʻlgan asari bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yongʻinda yoʻqolgan. 

“Kitobun-najot” (“Najot kitobi”) 4 katta qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat.  “Kitob lisonul-arab” (“Arab tili kitobi”) 10 jildni tashkil etadi. 

“Donishnoma” fors tilida yozilgan boʻlib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika, metafizikani oʻz ichiga oladi. 

Ibn Sino asarlari oʻrta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga, u orqali Yevropaning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy PEDAGOGIK MAHORAT 6 (76) 2020

obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi “Tayr qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” [5] kabi falsafiy qissalar yaratgan. Ibn Sino zamonasining yetuk shoiri ham boʻlgan. U Sharq, xususan, fors she’riyatida ruboiy janrining asoschilaridan biri boʻlib, ruboiylari oʻzida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino arabcha qit’alar ham yozgan.

Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi “Urjuza” nomli tibbiy asar yaratdi. Uning Aristotel (Arastu) ta’limoti xususida Abu Rayhon Beruniy bilan va oʻzining shogirdi – ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa, tabobat, u bilan bogʻliq holda, anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga koʻtarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, oʻsimlik dunyosi, geologik jarayonlarni oʻrganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni olgʻa sura oldi. 

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan “Kitob al-qonun fit-tibb” (“Tib qonunlari”), “Kitobulqulanj” (“Ichak sanchiqlari”), “Kitobun-nabz” (“Tomir koʻrish haqida kitob”), “Fujul-tibbiya joria fi majlisih” (“Tib haqida hikmatli soʻzlar”), “Tadbirul-manzil” (“Turar joyning tuzilishi”), “Fil-hindubo” (“Sachratqi oʻsimligi haqida”), “Risola fidasturit-tibbiy” (“Tibbiy koʻrsatmalar haqida risola”) [1, 62] kabi asarlari mavjud. Shu oʻrinda, Ibn Sino oʻzining koʻp tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Oʻz ijodi, ilmiy faoliyatida Ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy koʻtarinkilik, madaniy “uygʻonish”ning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir koʻrsatadi. U oʻz davrida Sharq va Yevropada “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi eng buyuk nomlarga sazovor boʻldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Ma’suriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uygʻonish davri miniatyura va suratlarida Ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Yevklid bilan bir qatorda tasvirlangan.

Ibn Sino asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshladi. “Tib qonunlari” asarining oʻzi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. “Kitob ush-shifo”ning koʻp boʻlimlari, mantiq, musiqa, yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi. Soʻnggi ilmiy tadqiqotlar Ibn Sinoning Sharq adabiyotiga ham ta’sir koʻrsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining taraqqiyotiga turtki berganligani koʻrsatadi.

Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor boʻldiki, u qahramonga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning toʻgʻrisida turli hikoya, rivoyat, afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari Ibn Sino asarlari, uning faoliyati toʻgʻrisida koʻpdan beri ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahonning deyarli barcha yirik tillarida Ibn Sino haqida asarlar yaratilgan.

Buyuk qomusshunos Abu Aln ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda xilma-xil va rang-barangdir. Shu bilan bir qatorda esa, mazmun-mohiyati juda chuqur asarlari ham mavjud. Alloma oʻz davridagi mavjud boʻlgan hamma fanlarda ham salmoqli iz qoldirgan. Ibn Sino dunyoda, birinchi navbatda, buyuk tabib sifatida mashhur boʻlgani bilan birga olimlar nazdida buyuk faylasuf sifatida ham hurmatli. Uning insonga, birinchi navbatda, praktik jihatdan zarur boʻlgan tibbiy asarlari olim nomini dastlab butun dunyoga taratdi va uni oʻchmaslikka olib keldi. Ibn Sino tabibgina boʻlib qolmagan edi, u oʻz davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, adabiyotiga salmoqli ta’sir koʻrsata olgan buyuk siymo edi. Uning aniq fan sohalaridagi asarlari hamda falsafa va adabiyot bobidagi katta xizmatlari haqli ravishda uni jahon fani va madaniyatnning ajoyib namoyondasi deyishga huquq beradi. Uning falsafiy-estetik gʻoya va qarashlari jahon madaniyati erishgan yutuqlar qatoriga kirdi. Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shuki, u asarlarida oʻz davrining juda koʻp ilgʻor gʻoyalarini koʻrinarli aks ettira oldi.

Ibn Sino insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat oʻchogʻini yoqishga, ilmiy yoʻlda ogʻishmay kamolat hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgoʻy, vijdonli boʻlishga – xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini oʻzida aks ettirib, mujassamlantirishga va inson degan ulugʻ nomni yanada yuqori koʻtarishga chaqiradi. Ibn Sino ma’rpfatparvar sifatida oʻzida shoirlik qobiliyatini sezgan chogʻlaridayoq xalq oʻrtasida tabobatni keng koʻlamda yoyishga intilganini koʻramiz. Uning tibbiyotga oid dostonlari shundan dalolat beradi. Ibn Sino bu dostonlarini aruzning rajaz vaznida yozgan. Shuning uchun ba’zan bu asarlarni urjuza deb ham ataganlar. Shu vaznda u tibbiyotga atab bir qancha she’riy asarlar yozdi, hozircha, bular soni toʻqqizta. 

Ular quyidagilar: 

1.  “Sogʻliqni saqlash - gigiyenaga oid urjuza”. 

2.  “Toʻrt fasllar haqida urjuza”. 

3.  “Anatomiyaga oid urjuza”. 

4.  “Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza”. 

5.  “Tajribadan oʻtgan tibbiy narsalar haqida urjuza”. 

6.  “Tibbiy nasihatlar yozilgan urjuza”. 

7.  “Mantiqqa oid yozilgan urjuza”. 

8.  “Aloqa haqida urjuza”.

9.  “Tabobat haqida urjuza”. 

Ibn Sino yozgan bu dostonlarning sakkiztasi tibbiyotga, bittasi mantiqqa oid asardir. Bu dostonlarning eng yirigi “Tibbiy doston” nomi bilan mashhur boʻlgan. Ibn Sino bu asarini yozganida hali u meditsina olamiga tanilmagan va oʻzining mashhur “Tib qonunlari” asarini yozmagan ham edi. Ibn Sinoning tabobatga oid bu dostoni uning bu sohadagi ilk asari edi. Bu bilan Ibn Sino ham tabobat, ham she’riyatga dadil qadam qoʻya oldi. Hatto u bu asari orqali oʻz gʻoyalarini yoyishni koʻzda tutganlarini ifodalab shunday deydi: “Men bu urjuza - dostonga kamolat toʻnini va husn saruposini kiygazdim, uni oʻrganish osonroq va mashaqqati kamroq boʻlsin deb, toʻqilishini oson va vaznini yengil qildim”. Arab ma’rifatparvari va adibi Jurjiy Zaydonning koʻrsatishicha, rajaz vazni she’r vaznlarining eng avvalgisi va eng qadimgisidir. Bu vazndagi baytlar masnaviyga oʻxshash qofiyadosh boʻladi. Bu vazn oʻz davrida xalqchil, odamlar orasida keng tarqalgan vazn boʻlgan. Har kim ham bu vaznda she’r ayta olgan, keyinchalik bu bahr kengayib, urjuza deb ataladigan, qasida va she’rlar bitilgan. Odatda, gapga usta har bir arab bu yoʻl bilan she’r ayta olgan. 

Ibn Sino dostonlarining eng yirigi boʻlgan “Tibbiy doston” [3] 1956-yili Parijda va mantiq haqidagisi 1910-yili Qohirada nashr etilgan. Tibbiy doston qisqa nasriy muqaddima bilan boshlanib, keyin nazmiy yoʻlda davom etadi. Nashr etilgan nusxaga koʻra tibbiy dostonda 1326 bayt boʻlib, 2652 yoʻl she’rdan iborat. U yerda muallif ozgina nazmiy muqaddima (oʻn olti bayt)dan soʻng nazariy meditsinaga oʻtadi, bunga 705 bayt bagʻishlangan, soʻng amaliy meditsinaga oʻtadi, bunga esa 605 bayt bagʻishlangan. Undan tashqari Ibn Sino falsafiy she’rlar ham yozgan, bu borada uning yigirma bayt, ya’ni qirq yoʻllik nafs-jon haqidagi mashhur she’ri ham bor. Ibn Sinoning bu she’ri kichik hajmli boʻlishiga qaramay, koʻp faylasuflar unga sharhlar yozishgan, u bir necha bor nashr ham etilgan. 

Nasr yoʻlida Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan mashhur asarlaridan “Hayy ibn Yaqzon”, “Risolatattayr”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf” kabi qissalarini aytish mumkin. Qissa deganda hozirgi arab adabiyotida hikoya janrini tushunamiz. Lekin oʻrta asrda qissa soʻzi doston, povest ma’nosida ham ishlatilgan. Odatda qadim Sharq adabiyotida kichik hajmdagi prozaik asar boʻlsa qissa janriga kiravergan. Shuning uchun ham Ibn Sino “Hayy ibn Yaqzon”, “Salomon va Ibsol” va “Yusuf” asarlarini qissa deb atagan. Bu qissa 1174yilda Ibn Azro tomonidan she’r bilan ibroniy tiliga tarjima qilinib, “Hayy ibn Maqiz” qissasi nomi bilan mashhur. Bu tarjima 1736-yili Istambulda bosilgan [2, 132]. 

Ibn Sinodan oʻn ikki yil keyin vafot etgan shogirdi Abu Mansur Husayn ibn Muhammad ibn Zaylo alIsfahoniy ustodining bu asariga sharh bogʻlagan. Undan keyin “Hayy ibn Yaqzon”ni noma’lum bir kishi forschaga tarjima qilib, sharh yozgan. Bu tarjima sharhning bir nusxasi Toshkentda, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti kitob fondida ham saqlanmoqda. 

Oʻrta asrlarda faylasuflardan Ibn Tufayl va Shahabuddin Suhravardiylar Ibn Sinoning bu qissasidan ijodiy foydalanib, shu nomda tamoman boshqacha, original asar yaratdilar. Abu Ubayd al-Juzjoniyning yozishiga qaraganda, Ibn Sino bu asarini hijrnyiing 414-yili (milodiy 1023) Hamadonga yaqin boʻlgan Farajdan qal’asida toʻrt oy qamalib yotgan paytida yozgan. Shayx bu vaqtlarda 44 yoshlarda boʻlgan. “Hayy ibn Yaqzon” qissasining tili, stili juda ogʻir, ayrim hollarda tushunib boʻlmaydigan iboralar, ortiqcha sinonim soʻzlar qatorlashtirilib yuborilgan boʻlib, tushunish va tarjima qilishni ancha mushkullashtiradi. Buning bir sababi boʻlib, albatta, bejiz boʻlmasligi kerak. Hatto Ibn Sinoshunos Gʻarb olimlaridan Mehren bunday qiyin formada fikr yuritishni zamondosh teologlar hujumiga uchramaslik uchun shunday qilgan, deb izohlaydi. “Ibn Sino bu risolalarini, - deb yozadi Mehren, - oʻzining eng yaqin shogirdlari uchun yozgan. Bu asarlardan uning dunyoga boʻlgan qarashini ham bilish mumkin”. “Hayy ibn Yaqzon” qissasining bosh qahramoni - birinchi shaxs Ibn Sinoning oʻzi boʻlsa, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi - Hayy ibn Yaqzon - Uygʻoq oʻgʻli Tirik - Aqldir. Qissadagi beshta aloqa boʻlimi insondagi bor boʻlgan beshta tashqi sezuv organi - koʻrish, ta’m bilish, hidlash, eshitish, sezishdir. Bular kishi organizmida tabiatni tushunishda, munosabatda boʻlishda misoli bir xabarchidir”. 

Ibn Sinoning bu qissasi koʻp jihatdan majoziy, ramziy bitilgan, kishilar fe’l-atvorini oʻz ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan mulohaza yuritadigan adabiy asar hamdir. Mana shu nuqtayi nazardan qaraganimizda qissaning ikki planda - ham falsafiy, ham adabiy planda yozilganligini koʻramiz. Darhaqiqat, Ibn Sino bu asarida ham ramz - ishoralar orqali, adabiy vositalar yordami bilan oʻziga tuyulgan ma’lum qarashlarini bayon qilgan. 

PEDAGOGIK MAHORAT                          6 (76) 2020

“At-Tayr” – “Qush asari”. Ibn Sinoning adabiy ijodiga kiradigan asarlaridan biri uning “Risolat attayr” (“Qush risolasi”) [5]dir. Bu asar ham aslida ramz - ishoralar bilan yozilgan boʻlib, olimning jon, haqiqat toʻgʻrisidagi fikr va gʻoyalarini bilish uchun ham ahamiyatga molik. 

Sharqning yirik siymolaridan Farididdin Attor “Mantiq ut-tayr”, ulugʻ Navoiy “Lison ut-tayr” kabi asarlarini yozishida Ibn Sinoning shu asari asosiy turtki boʻlgan deyish mumkin. “Qush” haqida birinchi oʻlaroq kichik asar yozgan Ibn Sinodan soʻng bu sohada asar yozganlar uni yanada chuqurroq, yanada kengroq boʻlishini ta’minladilar. Ibn Sinoning bu asari bilan birinchi boʻlib Umar ibn Sahlon Soviy (1145yilda oʻlgan) shugʻullanib, uni fors tilida sharhlagan. Undan keyin Sharqda unga juda koʻp sharhlar bitilgan. Asarning nomi koʻpincha “Risolatat-tayr” [1, 62] atalsa-da, ba’zan “Kitob shabaka va-t-tayr” (“Tuzoq va qush kitobi”) deb ham atalib kelingan. Qoraxoniylar somoniylar sulolasini yiqitgandan soʻng, Ibn Sino Buxoroda turolmay, oʻziga qulayroq va tinchroq deb Xorazmga – Urganchga boradi. Koʻp oʻtmay, u yerni kuchayib kelayotgan Gʻazna hukmdori Mahmud Gʻaznaviy oʻziga boʻysundirishga urinib, Xorazmshohga tazyiq qila boshlaydi. Buni payqagan Ibn Sino Xorazmni tark etib, Niso, Abivard, Tus orqali Gurgonga keladi. Gurgonda yana Mahmud xavfi tugʻiladi. Keyin Ray, Hamadonda yashaydi, u yerda toʻrt oy qamalib chiqadi. Keyin Isfahonda yashaydi. Xullas, olim bir joyda tinchgina yashay olmay, shaharma-shahar kezadi, bir fitnadan qochib, ikkinchisiga uchraydi. 

Tarixchilarning yozib qoldirishiga qaraganda, hatto Ibn Sinoning Xorazmdan qochib qolganini eshitgan Mahmud Gʻaznaviy uning rasmini ishlatib, butun qoʻshni oʻlkalarga tarqatgan, qayerda shu rasm egasi koʻrinsa, tutib unga yuborish kerakligini tayinlagan. Mana bu holatlarning hammasi ramziy ishoralar, tamsiliy iboralar bilan “Qush” risolasida oʻz aksini topgan. Asardagi tuzoq Mahmud Gʻaznaviyning changali, qushlarning boshu qanotlarining ozod boʻlishi esa, Xorazmshoh dargohidan oʻz ixtiyori bilan boshqa yurtga chiqishi, qushlarning oyoqlarida tuzoq qoldiqlarining qolishi va dushmanning izma-iz kelishidan qoʻrquv esa, qaysi oʻlka, qaysi shaharga borsa, hamon muhayyo boʻlib turgan Mahmudning ta’qibidir, qushlar uchib oʻtgan togʻ, vodiylar Ibn Sino qochib-kezib yurgan shaharlardir. Shu tariqa Ibn Sino bu asarida ramz bilan oʻz ahvoliga ishora qilgan.

“Salomon va Ibsol” qissasi. Abu Ali ibn Sinoning avvalgi ikki nasriy asari Sharq va Gʻarb olimlariga ma’lum boʻlsa ham, lekin “Salomon va Ibsol” bilan “Yusuf” qissasi to keyingi vaqtlargacha koʻpchilik olimlarga deyarli ma’lum boʻlmay keldi. “Yusuf” qissasi bilan “Salomon va Ibsol” qissalarining bir-birlariga tematik bogʻliqligi Ibn Siinoning  “Xutbayi tasliya”sini tashkil qilishga olib kelgan edi va natijada ikkalasi bir asar sifatida bir xil sarguzashtga duchor boʻlgan edi. Shu sababdan boʻlsa kerak, bular Ibn Sino Ibsol obrazida berilgan xislatlarni insonlarda koʻrmoqchi boʻladi, shunga odamlarni da’vat qilib, uni ulugʻlaydi. Insonning tabiatida boʻladigan shahvoniy hislari Salomonning xotini obrazi orqali beriladi. Bunda goʻyo istak, ya’ni xotin aqlni (ya’ni Ibsolni) egallamoqchi boʻladi. Lekin aql unga boʻysunmaydi. Shu jihatdan ham alloma Nasiruddin Tusiy Ibsolning xotindan oʻzini olib qochishi, aqlning oʻz olamiga tortishidir, deydi. “Salomonning xotini,- deydi Tusiy yana,- nafs bilan birlashib ketib, bir shaxsga aylangan, istak va gʻazabga tortadigan badan quvvatlariga oʻxshatmadir. Xotinning Ibsolga boʻlgan ishqi esa uning boshqa quvvatlarini egallagandek, aqlini ham egallashga boʻlgan intilishiga oʻxshatmadir”. [4, 94-95] Ibn Sino asrlarining bari ma’no mazmuninga boy, shuning uchun ham Ibn Sino yodi hali-hanuz yoshlar ongida mujassam. Uning asarlari ma’no-mazmunga boy meros sanaladi. Yuqoridagi asarlar ketma-ketligi uning asarlarining naqadar bugunki kun ruhiyatiga mos ekanligidan bir roʻyo hisoblanadi. 

Abu Ali ibn Sino axloq va ta’lim-tarbiya borasida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan. Jumladan, qanoat deb, oʻziga kifoya qiladigan narsaga erishishga aytiladi; buni boʻshashganlik ham deyishadi. Qanoat kamtarlik va uncha-muncha narsani nazarga ilmaydigan xislat bilan hirs oʻrtasida boʻladi, deb tasvirlaydi. Sabrni esa, inson boshiga tushgan alam va chidab boʻlmaydigan ogʻriqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi. Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qoʻyishdan tutib turadigan va ogʻriqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.

Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qoʻyishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yoʻllashiga hayo deyiladi.

Ma’lumki Abu Ali ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi oʻzining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini maxsus risolalarda talqin etgan. Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni oʻrganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya koʻproq yaxshi axloqiy xislarni mashq, qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta’lim berganlar. Ibn Sinoning tarbiyaviy qarshlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng oʻrin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga yetadi Ibn Sino butun musulmon Sharqining qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyating eng mashhur namoyondalaridan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiyestetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Ibn Sinoning axloq bobidagi qarshlarida esa sof insoniy xislatlar, munosabatlar, odob-axloq qoidalari me’yorlarida oʻz ifodasini topgan.

 

Adabiyotlar

 

1.      “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti 2015y. 62 bet.

2.      Sh.Shomuhamedov va boshq.Salomon va Ibsol: Sherlar, qissalar. –T., “Adabiyot va san’at”,1980. -132 bet.

3.      Nishonova K. Pedagogika tarixi. –T., 2005. 99-102 bet.

4.      Nishonova S., Hoshimov K. Pedagogika tarixi. -T., 1996. 94-95 bet.

5.      http://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abu-ali-ibn-sino-axloq-talim-tarbiya-haqida.

6.      https://arxiv.uz/ru/documents/slaydlar/pedagogik-psixologiya/abu-ali-ibn-sinoning-ta-limiy-qarashlari. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

             

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

P EDAGOGIK

P EDAGOGIK

ISSN 2181-6833 M AHORAT

ISSN 2181-6833 M AHORAT

PEDAGOGIK MAHORAT MUNDARIJA

PEDAGOGIK MAHORAT MUNDARIJA

Umedjon JUMAYEV, Zarina ASHUROVA

Umedjon JUMAYEV, Zarina ASHUROVA

Kitobush-shifo” (“Shifo kitobi”) [6] 22 jilddan iborat boʻlib, 4 ta katta boʻlimini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan

Kitobush-shifo” (“Shifo kitobi”) [6] 22 jilddan iborat boʻlib, 4 ta katta boʻlimini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan

Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shuki, u asarlarida oʻz davrining juda koʻp ilgʻor gʻoyalarini koʻrinarli aks ettira oldi

Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shuki, u asarlarida oʻz davrining juda koʻp ilgʻor gʻoyalarini koʻrinarli aks ettira oldi

Buning bir sababi boʻlib, albatta, bejiz boʻlmasligi kerak

Buning bir sababi boʻlib, albatta, bejiz boʻlmasligi kerak

Abu Ali ibn Sino axloq va ta’lim-tarbiya borasida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan

Abu Ali ibn Sino axloq va ta’lim-tarbiya borasida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

ABU ALI IBN SINO SHAXSI VA UNING TA’LIM-TARBIYA TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
17.06.2021