O’tilgan mavzu yuzasidan savollar
Oy o‘z o‘qi atrofida qanday davr bilan aylanadi? Yer atrofida-chi?
Oyning har doim Yerga bir tomoni bilan ko‘rinishining sababi nimada?
Oyning asosiy fazalari qanday nomlar bilan ataladi?
Oyning sinodik davri deb nimaga aytiladi?
Umar Xayyom kalendarining aniqligini grigorian kalendari aniqligi bilan solishtiring.
Oy va Quyosh tutilishi hodisasini tushuntiring.
Quyosh nega har yangi oyda, Oy esa nega har to‘linoyda tutilmasligining sabablarini ayting.
Astronomiyada uzunlik, uning mavjud birliklaridan tashqari, yana quyidagi maxsus birliklar bilan ham o‘lchanadi:
Astronomik birlik (a.b.) – Quyoshdan Yergacha bo‘lgan o‘rtacha maso- fa taxminan 149,6 million kilometrga teng. Bu birlikdan, asosan, Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (planetalar, kometalar, Oy va boshqalar) bo‘lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi.
Yorug‘lik yili (y.y.) – yorug‘likning bir yilda o‘tgan yo‘li bilan tav- siflanadi. Buning uchun 1 yilni sekundlarda ifodalab, so‘ngra yorug‘lik tezligiga ko‘paytirishimiz lozim. Unda 1 yorug‘lik yili (1 y.y.) 9,46 · 1015 km ga tengligini aniqlaymiz. Topilgan natijani 149,6 mln. km ga bo‘lsak, 1 y.y.ning astronomik birliklardagi qiymatini topamiz. U 63240 a.b. ga teng bo‘ladi.
Parsek (pk) – «parallaks» va «sekund» so‘zlaridan olingan bo‘lib, yillik parallaksi 1′′ ga teng bo‘lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi:
1 pk = 3,26 y.y. = 206265 a.b. = 30,86 · 1012 km.
Kepler qonunlari
Kepler ko‘p yillik hisoblashlar natijasida Yerning Quyoshdan uzoqligi va Mars bilan Quyosh orasidagi masofalarni aniqlab, Marsning Quyosh atrofidagi orbitasining ellips deyiluvchi yopiq egri chiziq ekanligini topdi. Ellipsning xarak- terli joyi shundaki, uning ixtiyoriy nuqtalarining (B, C, D) ellips fokuslari de- yiluvchi ikki nuqtasidan uzoqliklarining yig‘indisi o‘zgarmas kattalik:
a1 + b1 = a2 + b2 = a3 + b3 = 2a = const
Planetaning ellips bo‘ylab harakati.
Ikki jism masalasi. Kosmik tezliklar
Massasi Yernikidek bo‘lgan bir jinsli, ideal sferik shakldagi jism- ning sirtidan ma’lum boshlang‘ich tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda uloqtirilgan jism.Yerning tortishish maydoni ta’sirida uning atrofida Yer radiusiga teng masofadagi aylanma orbitaga chiqarilishi mumkinligini uqtirdi. Bunda boshlang‘ich tezlikning kattaligi Yerning radiusi va massasiga bog‘liq bo‘lib,ushbu
Yer tortishish maydonida jismlarning harakat trayektoriyalari.
formuladan topiladi.
Yerning R⊕ – o‘rtacha radiusi 6370 km, M⊕ – massasi 6 · 1024 kg ga teng. Bu kattaliklarni formulaga s qo‘yib hisoblaganda υ0 boshlang‘ich tezlik 7,91 km ga teng bo‘lib, u Yer uchun birinchi kosmik tezlik deb yuritiladi. Bu degani, atmosferasi yo‘q, massasi Yerdek bir jinsli, ideal sferik shakldagi jism sirtidan gorizontal yo‘nalishda birinchi kosmik tezlik bilan ko‘tarilgan raketa, uning atrofidagi aylanma orbitaga chiqa olishini bildiradi.Yerning sun’iy yo‘ldoshi aylana bo‘ylab harakatlanadi
2GM
RÅ
Bordi-yu Yer sirtidan ko‘tarilgan sun’iy yo‘ldoshning boshlang‘ich tezligi birinchi kosmik tezlikdan katta bo‘lsa, sun’iy yo‘ldosh orbitasining shakli ellips korinishida bo‘ladi . Boshqacha aytganda, boshlang‘ich tezlikning qiymati u0 = erishgandan so‘nggina, sun’iy yo‘ldosh Yer atrofida unga nisbatan parabolik trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Bunday tezlikning kattaligi 11,2 km , ya’ni (7,91 × 1,41) km bo‘lib, u ikkinchi kosmik tezlik deyiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Ellips deb qanday yopiq egri chiziqqa aytiladi?
Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlarini ta’riflang.
Keplerning uchinchi qonunida planetaning davri uning orbitasining katta yarim o‘qi bilan qanday bog‘langan?
Tortishish maydonida harakatlanayotgan jismning trayektoriyalari qanday ko‘- rinishda bo‘ladi?
Tortishishning maydonida harakatlanayotgan jismning birinchi va ikkinchi kosmik tezliklari qanday formulalardan topiladi?
Tortishishning markaziy maydoni bo‘lib qanday jismning maydoni qabul qilingan?
Guruhlar uchun savollar
1-guruh
Keplerning umumlashtirilgan III qonunining matematik ifodasini yozib tu- shuntiring. Quyosh sistemasi jismlarining massalari bu qonun asosida qanday hisoblanadi?
Quyosh massasi Yer massasi birliklarida qanday topiladi?
2-guruh
Tortishish maydonida harakatlanayotgan jismning trayektoriyalari qanday ko‘- rinishda bo‘ladi?
Tortishishning maydonida harakatlanayotgan jismning birinchi va ikkinchi kosmik tezliklari qanday formulalardan topiladi?
Uyga vazifa
Ellips deb qanday yopiq egri chiziqqa aytiladi?
Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlarini ta’riflang.
Keplerning uchinchi qonunida planetaning davri uning orbitasining katta yarim o‘qi bilan qanday bog‘langan?
Tortishish maydonida harakatlanayotgan jismning trayektoriyalari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Tortishishning maydonida harakatlanayotgan jismning birinchi va ikkinchi kosmik tezliklari qanday formulalardan topiladi?
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.