AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI
Оценка 4.9

AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI

Оценка 4.9
pdf
14.09.2022
AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI
Статья-Кодирова.pdf



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

 

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

 

HAMKOR TASHKILOTLAR Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Zomin milliy tabiat bog‘i, Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi

 

 

ZAMONAVIY BIOLOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISHNING INTEGRATSIYASI 

 

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (2022 yil 8 aprel)

 

 

ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБРАЗОВАНИЯ И ПРОИЗВОДСТВА В РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОГО БИОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

 

Материалы Республиканской научно-практической конференции

(8 апреля 2022 года)

 

 

 

 

Jizzax-2022

2

3.Красная книга Узбекской ССР. Растения. -Ташкент. ФАН. Т. 2. 2009. 150 с.  4.Растительный покров Узбекистана и пути его рационального использования. Ташкент. ФАН. 1971. Т. 1. 228 с. 

 

AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI

 

Ne’matova Mohinur Islomiddin qizi, Qodirova Surayyo  Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Asphodelaceae L. oilasi 50 turkumga mansub 1500 turni o’z ichiga oladi.

Ular asosan Amerika qit’asidan tashqari hamma hududlarda tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ko’p yillik o’t va butalar ustunlik qiladi. Markaziy Osiyoda 1 turkumga mansub 45 ta tur, O’zbekiston hududida 1 turkumga mansub 21 tur uchraydi. Eremurus L. turkumining 17 turi O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.

Gullagan paytida gulbandlari gulpoyaga nisbatan bir oz qiyshaygan, mevasi yetilganda unga yopishgan bo’ladi. Ko’p yillik o’simlik, balandligi 80-120 sm ga yetadi. Ko’saklari to’pgul o’qiga yopishgan, gulqo’rg’on qisimlari (tojibarglari) och pushti rangli, jigarrang-to’q qizil chiziqlari mavjud, shingilining uzunligi 3050 sm. May-iyun oylarida gullab, urug’ beradi. Ularning mevabarglari apokarp tipda bo’ladi. Ildizi popuk ildiz tizimli, barglari yoysimon yoki paralell tomirli.

Adir va tog’larda, yumshoq tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. O’zbekistonning ko’pgina viloyatlarida tarqalgan.

Eremurus sogdianus gullari oqish, orqa tomoni yashil, uchi mallajigarrangli. Gulbandi gulpoyaga nisbatan qiyaroq joylashgan, gulqo’rg’ondan 1,5-

2,0 marta uzun. Ko’p yillik o’t, balandligi 50-150 sm. Barglari keng qalami eni 1520 (40) mm, tuksiz. Shingili ko’p gulli, kuchalasi sharsimon. Iyul-avgust oylarida gullab, urug’ beradi. Tog’larda toshli, bo’z tuproqli yonbag’rlarda o’sadi. Farg’ona va Samarqand viloyatlarida tarqalgan.

Eremurus regeli gullagan paytida gulbandlari o’qqa nisbatan yotiq joylashadi. Tashqi bargchalarining kengligi 40-80 mm, keng nashtarsimon. Ko’sagi sharsimon, silliq eni 1,5-3,0 sm ga yetadi. Ko’p yillik o’simlik, poyasi tuksiz, balandligi 100-200 sm. Gul bargi och binafsha rangli, yakka tomirli. Mayavgust oylarida gullab urug’ beradi. Tog’larda, mayda zarrali tuproqli yonbag’irlarda uchraydi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tarqalgan.

Eremurus aitchisonli bo’yi 70-120 sm orasidagi ko’p yillik o’t. Ildizpoyasi qisqargan, nursimon joylashgan, bo’laklari urchuqsimon yo’g’onlashgan. Barglari keng qalami, eni 5-8 sm, och yashil rangli, tuksiz. Poyasi tuksiz yoki pastki qismi g’adir-budir tukli. Shingili siyrak, kamgulli, silindrsimon 20-45 sm uzunlikda. Guloldi barglari uzunchoq shakilda, cho’zinchoq. Shingilining  pastidagi  pastidagi gulbandi gulqo’rg’onidan ikki marta uzun. Gulqo’rg’on bargchalari bir tomirli, uchburchak, pushti rang. Changchilari gulqo’rg’onidan 1,5 marta qisqa. Mevasi – eni 1,5-2,0 sm keladigan yumaloq ko’sakcha. May-iyun oylarida gullab, iyun-

128

iyulda urug’laydi. Urug’idan ba’zan vegitativ yo’l bilan ko’payadi. Tog’larning pastki qismida mayda jins tuproqli va shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Yakka-yakka yoki kichik to’plar hosil qilib o’sadi. Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari: Zarafshon va Hisor tog’ tizmalarida, Cho’lbayir, Boysun, Ko’hitang tog’larida tarqalgan. Qirg’iziston, Tojikiston va Afg’onisdonda ham o’sadi. Aholi tomonidan yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamyob tur sifatida O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan va himoya qilish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqilgan.

                Eremurus    chloranthus    Popov    o’simligining    bo’yi    60-70    sm    dan

oshmaydigan ko’p yillik o’t. Ildizpoyasi qisqa, nursimon joylashgan, urchuqsimon bo’laklari biroz yo’g’onlashgan. Barglari keng - qalami, eni 15 mm, shingili qalin, ko’p gulli, deyarli silindirsimon, uzunligi 25-30 sm, guloldi bargchalari uchburchak nashtarsimon, chetlari kipriksimon tukli. Shingilining pastgi qismidagi gulbandi gulqo’rg’onidan qisqargan. Gulqo’rg’on bo’laklari yakka tomirli, yashilroq rangli, uzunligi 14-15 mm. Iyulda gullaydi. Tog’larning yuqori qismidagi nam soz tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. 1926 yil 26 iyulda G’uralashsoydan yig’ilgan. 1980-1982 yillarda olib borilgan izlanishlar natija bermagan. Tur yo’qolib ketgan bo’lishi ham mumkin. Jizzax viloyati Turkiston tizmasidagi

G’uralashsoyning yuqori qismidan topilgan. 

Eremurus robustis tashqi barglarining kengligi 5-10 (15) mm. Ko’sagining diametri 8-12 mm. Ko’p yillik o’t. Poyasi tuksiz yoki pastki qismi g’adir-budur, balandligi 50-150 sm. Shingili ko’p gulli, uzunligi 30-70 sm. Iyun-sentabr oylarida gullab, urug’ beradi. Adir va tog’ etaklarida, mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Navoiy va Farg’ona viloyatlarida tarqalgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.   G. Tursunboyeva, Sh. Komilova. Botanika asoslari. O’quv qo’llanma – Toshkent. 2009.

2.   S. Xoliqov. O’simliklar aniqlagichi.–Toshkent. “O’qituvchi”. 1995.

3.   O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. –Toshkent. 2016.

4.   O’. Pratov,  X.M. Xudoyberganov. “Botanika darslarida qo’llaniladigan yuksak o’simliklar sistematikasi oid kategoriya va taksonlar” O’quv qo’llanma. – Toshkent. 2004. 5. O’. Pratov, K. Jumayev. Yuksak o’simliklar sistematikasi. –Toshkent. 2003.

 

BIR YILLIK MANZARALI O’SIMLIKLARNI KO’PAYTIRISH

 

Bahriyev M.S., Mukumov I.O’.

Samarqand Davlat Universiteti 

 

Ko‘pgina bir yilliklar bizning yurtimizda geografik mintaqalardan introduksiyalangandir. Bir yilliklarning kelib chiqishi turlicha bo‘lganligi uchun ularning o‘sish sharoitlariga munosabati ham turlicha bo‘ladi. Ko‘pgina bir yilliklar uzoq kun o‘simliklaridir (Gulijavhar- barхatets, nastursiya, Salviya va boshqalar), ammo qo‘qongul, хrezantemalar qisqa kunlarda yaхshi gullaydi. 

129

AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI

AYRIM EREMURUS L. TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

Красная книга Узбекской ССР. Растения

Красная книга Узбекской ССР. Растения

Changchilari gulqo’rg’onidan 1,5 marta qisqa

Changchilari gulqo’rg’onidan 1,5 marta qisqa

Ko‘pgina bir yilliklar bizning yurtimizda geografik mintaqalardan introduksiyalangandir

Ko‘pgina bir yilliklar bizning yurtimizda geografik mintaqalardan introduksiyalangandir
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022