Matematik tasavvurlarni shakllantirish
Оценка 4.9

Matematik tasavvurlarni shakllantirish

Оценка 4.9
pdf
12.09.2022
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
1-amaliy.pdf

1-amaliy: Matematik tasavvurlarini shakllantirish.

 

Mavzu haqida qisqacha ma‟lumot;

Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffakiyatli о„zlashtirishi, ularning idrokini, ya‟ni sensor tuyg„ularini о„stirish bilan bevosita bog„liqdir.Umumlashtirish va mavhumlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruxlarga ajratish asosida о„sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta‟lim muassasasidagi barcha о„quv-tarbiya ishlari bilan о„zviy ravishda boglab maxsus ish olib boriladi.Matematik bilimlar bolalarga ma‟lum sistema va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya‟ni bolalar о„zlashtirib oladigan darajada bо„lishi kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bulinib, ular birin ketin o‟rganib boriladi.Tarbiyachi xar bir yosh guruxining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga о„z guruxidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlangich matematik tasavvurlarni о„stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida xar bir mashg„ulotning qanday muhim о„rin egallashini kо„z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir.

Dastur vazifalarining kо„pchilik qismi mashg„ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma‟lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va kо„nikmalar hosil qilinadi.Atrofdagi xamma narsani mikdor jixatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning о„z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va kо„nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.Mashg„ulotlarda va kundalik xayotda didaktik uyinlardan xamda uyinmashklardan keng foydlaniladi. Mashg„ulotlardan tashqari vaqtlarda о„yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustaxkamlanadi, chukurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir kancha hollarda, masalan, joyni bilish kо„nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda uyinlar asosiy о„quv vazifasini utaydi.Mashg„ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari utilgan materialni takrorlashni birga tо„g„ri olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya‟ni, mashg„ulot tuzulishi bilan taqsimlanadi.Mashg„ulot tuzulishi dastur vazifalarining xajmi, mazmuni, birga kushib olib borilishi, tegishli bilim va kо„nikmalarning о„zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh hususiyatlari bilan belgilanadi.Maktabga borish davriga kelib bolalar to‟plam va son, shakl va kattalik haqida о„zaro boglangan bilimlarni nisbatan kо„prok egallagan, fazoda va vaqtni mo‟ljalga olishni bilishni o‟rgangan bo‟lishlari zarur.Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o‟lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.Sanash va o‟lchash malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli о„zlashtiradilar.

Xar qaysi yosh guruxi dasturi ushbu bulimlardan iborat:

1.      Miqdor va sanoq.

2.      Kattalik.

3.      Geometrik figuralar.

4.      Fazoda mo‟ljal olish.

5.      Vaqt bo‟yicha oriyentir (mo‟ljal) olish.

1-topshiriq; O‟rta guruhda matematika faoliyatini rejalashtiring va tashkillang ?

2-topshiriq; “Aqliy hujum” metodi.

Talabalar tomonidan  biror muammo yuzasidan erkin fikr mulohazalarini to‟plab, ma‟lum bir  yechimga kelinadigan metod.  

 

 

Matematik tasavvurlarini shakllantirish

Matematik tasavvurlarini shakllantirish

Aqliy hujum” metodi. Talabalar tomonidan biror muammo yuzasidan erkin fikr mulohazalarini to‟plab, ma‟lum bir yechimga kelinadigan metod

Aqliy hujum” metodi. Talabalar tomonidan biror muammo yuzasidan erkin fikr mulohazalarini to‟plab, ma‟lum bir yechimga kelinadigan metod
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
12.09.2022