PEDAGOGIK ISSN 2181-6833 MAHORAT
ISSN 2181-6883
PEDAGOGIK MAHORAT
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
1-son (2021-yil, fevral)
Jurnal 2001-yildan chiqa boshlagan
Buxoro – 2021
1
PEDAGOGIK MAHORAT
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
2021, № 1
Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining 2016-yil 29-dekabrdagi qarori bilan pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha dissertatsiya ishlari natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim boʻlgan zaruruiynashrlar roʻyxatiga kiritilgan.
Jurnal 2001-yilda tashkil etilgan.
Jurnal 1 yilda 6 marta chiqadi.
Jurnal Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan
2016-yil 22-fevral № 05-072-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan.
Muassis: Buxoro davlat universiteti
Tahririyat manzili: Oʻzbekiston Respublikasi,Buxoro shahri Muhammad Iqbol koʻchasi, 11-uy Elektron manzil: ped_mahorat@umail.uz
TAHRIR HAY’ATI:
Bosh muharrir: Adizov Baxtiyor Rahmonovich– pedagogika fanlari doktori, professor
Bosh muharrir oʻrinbosari: Navroʻz-zoda Baxtiyor Nigmatovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mas’ul kotib: Hamroyev Alijon Roʻziqulovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent
Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Begimqulov Uzoqboy Shoyimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yanakiyeva Yelka Kirilova, pedagogika fanlari doktori, professor (N. Rilski nomidagi Janubiy-Gʻarbiy Universitet, Bolgariya)
Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor
Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Kozlov Vladimir Vasilyevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Yaroslavl davlat universiteti, Rossiya)
Morogin Vladimir Grigoryevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Xakassiya davlat universiteti, Rossiya)
Belobrikina Olga Alfonsasovna, psixologiya fanlari nomzodi,professor (Novosibirsk davlat pedagogika universiteti,
Rossiya)
Chudakova Vera Petrovna, psixologiya fanlari nomzodi (Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasi, Ukraina)
Tadjixodjayev Zokirxoʻja Abdusattorovich, texnika fanlari doktori, professor
Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor
Oʻrayeva Darmonoy Saidjonovna, filologiya fanlari doktori, professor
Axmedova Shoira Neʻmatovna, filologiya fanlari doktori, professor
Durdiyev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor
Toʻrayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor
Mirzayev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor
Mahmudov Nosir Mahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Boʻtaboyev Muhammadjon Toʻychiyevich, iqtisod fanlari doktori, professor
Boʻriyev Sulaymon Boʻriyevich, biologiya fanlari doktori, professor
Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qosimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Jumayev Ulugʻbek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Umarov Baxshullo Joʻrayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Inoyatov Abdullo Shodiyevich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
2
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ................................................................................................... 7
Шахло ДАВРОНОВА. Олий таълим сифатини таъминлашда электрон ресурслардан фойдаланишнинг
методик модели .............................................................................................................................................. 7
Гулбахар Абылова. Применение педагогического колеса каррингтона в педагогической
деятельности ................................................................................................................................................. 14
Шаҳло НУРУЛЛАЕВА. Педaгогик маҳорат ва компетентлик: мазмуни, шакллантириш методикаси,
ривожлантириш йўллари ............................................................................................................................. 19
Жеткербай ОТЕПБЕРГЕНОВ. Талабаларнинг мураккаб ўқув материалларини ўзлаштиришда чизма-
тасвирий моделлардан фойдаланиш маҳорати .......................................................................................... 23
Мурод ЭГАМНАЗАРОВ. Коммуникатив қобилият-ўқитувчи педагогик маҳоратининг таркибий
қисми сифатида ............................................................................................................................................ 27
Алишер ИБРАГИМОВ. Ўқувчиларда соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг методик
асослари ........................................................................................................................................................ 30
Мухайя ДЖУМАНИЯЗОВА. Талаба ёшларнинг диний дунёқараши ва мулоқотдаги йўналганлиги
ўртасидаги ўзаро муносабатларнинг психологик хусусиятлари ............................................................. 34 Oybеk ORTIQOV. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini
takomillashtirishda umuminsoniy tarbiyaning oʻrni ....................................................................................... 38
Shaxlo XALILOVA. Jahon pedagogikasida zamonaviy pedagogik muloqot va milliy pedagogik muloqot
uslublariga transformatsiyasi .......................................................................................................................... 43
Dildora TOSHEVA. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ekologik tarbiyalashda xalq ogʻzaki ijodining oʻrni va
pedagogik ahamiyati ...................................................................................................................................... 49
Наргиз ДЖУМАЕВА. Шахсни миллий қадриятлар асосида тарбиялаш масалалари ............................. 54
Jahongir SHODIEV. Socio-political life and the development of science in the period of Umar Khayam .... 57 Muattar ABDULLAXOʻJAYEVA. Malaka oshirish tizimida maktab oʻqituvchilarining axborot
kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha kompetentligini rivojlantirish ...................................................... 61 Гулноз ТОШОВА. Баркамол шахсни тарбиялашда дидактик лойиҳанинг ўрни .................................... 64 Бахтиёр АДИЗОВ, Анвар НУСРАТОВ. Абдуллахон II даврида Бухоро хонлигида ижтимоий-маданий
ҳаёт ва педагогик фикр ривожи .................................................................................................................. 67
Madamin ASLONOV. “Buxoro maorif uyi”ning ma’naviy-madaniyatini rivojlanishidagi oʻrni ................... 71
Розанна АБДУЛЛАЕВА. Принципы обучения русской медицинской терминологии посредством
сетевых технологий ...................................................................................................................................... 74
Ширинбой ОЛИМОВ. Алишер Навоийнинг педагогик мероси ва уни ўрганиш йўналишлари ............ 80
Зайниддин БОЗОРОВ. Фуқаролик маданиятини ривожлантиришда таълим интеграциясининг
аҳамияти ........................................................................................................................................................ 84
Бахшулло УМАРОВ. Ижтимоий фанларни ўқитиш жараёнида талабаларда ватан тараққиёти ғоясини
шакллантириш .............................................................................................................................................. 91
Малика УМЕДЖАНОВА. Талабаларни миллий қадриятлар асосида оилавий ҳаётга тайёрлаш
педагогик муаммо сифатида ........................................................................................................................ 95
Шокир ДОНИЁРОВ. Ўқувчилар жамоаси билан ишлашда бошқарув услубларидан фойдаланиш
имкониятлари ............................................................................................................................................... 99
Жаҳонгир РАМАЗОНОВ. Ўзини-ўзи идора қилиш ижтимоий-психологик феномен сифатида ......... 103
MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA’LIM ....................................................................... 107
Алижон ҲАМРОЕВ. Бошланғич синф она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини
лойиҳалаштириш методик муаммо сифатида .......................................................................................... 107
Maftuna HAMROYEVA, Mohinur QUVONDIQOVA. Boshlangʻich ta’limda innovatsion yondashuv ..... 114 Юлдуз ПЎЛОТОВА. Компетенциявий ёндашув асосида ўқиш дарсларини ташкил этиш
методикаси .................................................................................................................................................. 117
Шахноза НИГМАТУЛЛАЕВА, Болта ХОДЖАЕВ. Воспитание навыков и привычек гражданской
культуры у детей дошкольного возраста .................................................................................................. 129
Oʻgʻiljon OLLOQOVA. Ona tili ta’limida intensiv ta’lim texnologiyalarini qoʻllashning nazariy metodologik asoslari ......................................................................................................................................................... 134
FILOLOGIYA VA TILLARNI OʻRGANISH ................................................................................. 138
Нигина ҲОЖИЕВА. Анор лексемасига доир баъзи мулоҳазалар .......................................................... 138
Озода ЯДГАРОВА. Бўлажак инглиз тили ўқитувчиларини тайёрлаш жараёнида педагогик ва
психологик билимлар интеграциясининг аҳамияти ................................................................................ 141
5
Buxoro davlat univеrsitеti pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-bosqich magistri
Ushbu maqolada bugungi zamonda manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashgan sharoitda mafkuraviy kurash va gʻoyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan davrda, boʻlajak oʻqituvchilarni mafkuraviy immunitеtni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish ijtmoiy tarbiya va uning mazmun-mohiyati va yoʻnalishlari haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning oliy oʻquv yurtlarida egallayotgan tarbiya borasidagi bilimlarni zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida amaliyotga tatbiq etish muammolari yoritilgan.
Kalit soʻzlar: mafkura, gʻoya, immunitеt, tarix, rivojlanish, fan, mеtod, oila, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, mahalla, oʻqituvchi, pedagog.
В статье рассматривается значение социального образования и его содержание в совершенствовании процесса формирования идеологического иммунитета будущих учителей в современном стремительно меняющемся мире; где усиливаются борьба за интересы, конкуренция, идеологическая борьба, идеологические угрозы и направления. Кроме того, в статье рассматриваются проблемы применения знаний будущих учителей в высшей школе на практике на основе современных методов и технологий.
Ключевые слова: идеология, идея, иммунитет, история, развитие, наука, метод, семья, образование, воспитание, социальное воспитание, умственное воспитание, нравственное воспитание, физическое воспитание, эстетическое воспитание, соседство, педагог.
This article discusses the importance of social education and its content in improving the process of developing ideological immunity of future teachers in today's rapidly changing world, in the context of growing conflicts of interest, ideological struggle and ideological threats. and directions. In addition, the article discusses the problems of applying the knowledge of future teachers in higher education in practice on the basis of modern methods and technologies.
Key words: ideology, idea, immunity, history, development, science, method, family, education, upbringing, social upbringing, mental education, moral education, physical education, aesthetic education, neighborhood, teacher, pedagogue.
Kirish. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlari muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shu oʻrinda mafkuraviy immunitet atamasini sharhlaydigan boʻlsak, mafkura oʻy-xayollar, fikrlar, gʻoyalar majmui boʻlib, bunyodkor va vayronkor kabi turlarga boʻlinadi, immunitet esa mana shu fikrlar, gʻoyalarni inson ongi va tafakkurida toʻgʻri va notoʻgʻri, ijobiy va salbiy qismlarga ajrata olish va sharhlash uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning yigʻindisidir. Immunitet inson organizmida kasallikka qarshi hosil boʻlgan jarayon, pedagogikada esa bu dunyoviy va diniy bilimlar natijasida, voqea hodisalarga nisbatan toʻgʻri fikr-mulohazani shakllantiradigan bilimlar tizimidir.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtrishda pedagogik jarayonning tarkibiy qismi boʻlmish tarbiya jarayonining mazmuni, shakl, metod va vosita hamda uni tashkil etish muammolarini mukammal oʻzlashtirmoqlari zarur.
Boʻlajak oʻqituvchilarni tarbiyalashda diqqatimizni nimaga qaratmogʻimiz lozim? Bunday masalalarni hal etishda, avvalo, mamlakatimizda, siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohotlar mohiyatini chuqur va atroflicha tushunib olishimizga toʻgʻri keladi.
Asosiy qism. Ta’lim-tarbiya sharoitida tahsil oluvchi shaxsini faollashtirish, uni faol ta’lim-tarbiya subyektiga aylantirish bosh masala hisoblanadi. Shuning uchun oʻquv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishning asosiy yoʻnalishi oʻquvchini, boʻlajak mutaxassisni bilimga, kasbga qiziqish ehtiyojini shakllantirish muhim hisoblanadi [8, 6].
Chunki davr ham, yosh avlod tarbiyasi ham oʻzgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida axborot texnologiyalari davri boʻldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim oʻrin tutmasin, taraqqiyotga qanchalik samarali ta’sir etmasin, ijtimoiy tarbiya shaxsni komil inson etib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilgʻor fikrlariga tayangan holda boʻlajak oʻqituvchilarni tarbiyalash lozim.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda, avvalo, Markaziy Osiyo allomalarning bebaho ma’naviy merosi muhim ahamiyatiga ega. Oʻzbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida oʻziga xos dorulfunun yaratgan. Hatto hozirgi oʻzbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura hukm surgan [7, 3]. Ajdodlarimiz boʻlmish Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻoniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Taragʻay Ulugʻbek, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur mutafakkirlarimizning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha tarixiy davrlar uchun muhim oʻrniga ega. Oʻz madaniy merosini chuqur oʻrganmagan va qadrlamagan, ajdodlari bosib oʻtgan tarixiy yoʻlni his etmagan, mustaqillik yoʻlida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor boʻlmagan inson kimligini hech qachon anglay olmaydi.
Ijtimoiy tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda tarixiy tajriba asosida boʻlajak oʻqituvchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini takomillashtirish jarayonidir.
Har bir davrda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalanib kelgan boʻlib, uning mazmuni oʻsha davrning talablaridan kelib chiqib belgilangan. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak boʻladi [6, 44].
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy vazifadan tortib to keng koʻlamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni muayyan maqsadni koʻzlagan boʻladi. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishning maqsadi asosida uning mazmuni asoslanadi, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish muammosi pedagogikada ham dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlari umumiy va individual xarakterda boʻlishi mumkin. Oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish umumiy va individual maqsadlarning birgalik, uygʻunligida namoyon boʻladi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda obyektiv sabablar yetakchi rol oʻynaydi. Insonning fiziologik yetilish qonuniyatlari, ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutugʻi, ijtimoiy madaniyat darajasi belgilangan maqsadga umumiy yoʻnalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasi va siyosati boʻlib qolaveradi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi (23.09.2020) Qonunini isloh qilinishi, ta’lim-tarbiya, sogʻliqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borilishiga e’tibor berilib, Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilga “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishi, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” [12] degan ezgu gʻoya asosida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim oʻrin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar oʻz-oʻzidan shakllanmaydi. Bularning barchasining zamirida uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’limtarbiya mazmuni, gʻoyaviy yoʻnalishi va samarasi yotadi.
Boʻlajak oʻqituvchilarimizni zamon talablariga mos, barkamol inson boʻlib rivojlanishlari uchun umuminsoniy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari - aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyaga doir bilimlarni tashkil etish va ularga yondashishning samarali yoʻllarini yaratish alohida oʻringa ega. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifadir.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismi boʻlmish aqliy tarbiya tabiat va jamiyat taraqqiyoti toʻgʻrisidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni boʻlib, tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish jarayonlarini shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega boʻlajak oʻqituvchilarni tarbiyalashda yetakchi oʻrin tutadi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak [12]. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetga oid bilimlar tizimini ongli ravishda oʻzlashtirishga mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirish kabi jarayonlar koʻmaklashadi.
Boʻlajak oʻqituvchilar bola tarbiyasida Ibn Sino bobomiz aytganlaridek, ta’lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyali boʻlishlari zarur. Muallim sogʻlom, pok, halol, xushmuomala kishi boʻlmogʻi lozim. Barkamol inson qilib yetishtirish uchun tarbiyachi bolani oʻrni bilan ragʻbatlantirishni ham, oʻrni bilan jazolashni ham bilsin.Vaqti-vaqti bilan bolani maqtab, yomon xulqini qoralab, yaxshi qiliqlarini oʻz vaqtida ragʻbatlantirib ham turish kerak degan fikrlari ham mavjud.
Boʻlajak oʻqituvchilarimiz oʻzlarida bunday xislatlarni shakllantrishlari uchun, albatta, mafkuraviy
immunitet toʻliq oziqlangan boʻlishi lozim.
Bugungi zamonda nafaqat boʻlajak oʻqituvchilar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat, albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish holatlari kuzatiladi. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) oʻz hadislarida: “Ilmga ilm olmoq yoʻli bilan erishilgaydir. Ilm sahroda doʻst, hayot yoʻllarida tayanch, yolgʻiz damlarda yoʻldosh, baxtsiz daqiqalarda rahbar, qaygʻuli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir” deydi [11]. Shuningdek, Hadis shariflarda “Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” deydilar. Alisher Navoiy oʻzining “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning aqlidrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli boʻlganligini tasvirlaydi.
Ijtimoiy tarbiyaning sohalaridan biri boʻlmish jismoniy tarbiya fani boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda jismoniy va irodaviy sifatlarni, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda vatan mudofaasiga tayyorlashga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayon boʻlib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon boʻladi.
Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir. Qiyinchiliklardan choʻchimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor boʻlgan boʻlajak oʻqituvchilarni tarbiyalash zarurligini koʻrsatmoqda. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantrishda ijtimoiy gumanitar fanlar va pedagogika turkumidagi fanlarning integratsiyalashuv natijasida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlari takomillashadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni ham ta’lim va tarbiya kadrlarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhimdir.
Auditoriya va auditoriyadan tashqarida olib boriladigan mashgʻulotlar oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantiruvchi hamda samaradorligini ta’minlovchi qoʻshimcha tadbirlar hisoblanadi. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur boʻlgan tartib, odob, oʻzaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlari boʻlishi bilan birgalikda, boʻlajak pedagoglar tafakkuri, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etilgan pedagogik jarayondir.
Axloqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Qur’oni Karim va Hadisi sharifdagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida oʻz ifodasiga ega. Imom Ismoil al-Buxoriy “Axloqning yaxshi boʻlishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik Olloh Taolo senga bergan boʻlsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan boʻlsang ham, zarari yoʻqdir”, –degan fikrlari bejiz emas.
Amir Temur axloqi xusniya, ya’ni yaxshi xulqlar egasi boʻlgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida nomzodlarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yoʻl qoʻymagan, balki yetti oʻlchab, bir kesgan [6, 58].
Jadid ma’rifatparvarlaridan Abdulla Avloniy axloqiy tarbiyaga izoh berar ekan, insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omil deydi. Fikrlarini davom ettirib, yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurgʻon kitobdir deb, ta’riflaydi.
Muhokamalar va natijalar. Axloqiy tarbiyada boʻlajak oʻqituvchilar mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda yetakchi boʻgʻin, insoniy sifatlarni yaratuvchisi, shakllantiruvchi va mukammallikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Axloq tarbiya kishilarning xulq-atvori, e’tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon boʻladi. Islom dining muqaddas kitobi Qur’on Karim Ra’d surasi 22-oyatida “Yomonlikni yaxshilik bilan qaytaringlar” deyiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, axloqiy tarbiya doimo yoshlarni yaxshilikka chorlaydi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasidir. Mehnat tarbiyasi boʻlajak oʻqituvchilarda mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabatda boʻlishga, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy koʻnikma va malakalarni rivojlantirishga yoʻlnaltirilgan pedagogik jarayondir. Har bir inson hayotining manbayi, umrining mazmuni mehnat tarbiyasi hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan koʻzlangan maqsad, avvalo, mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdir.
Xalqimiz tomonidan asrlar davomida tajribalari asosida yaralgan “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Bugungi ishni ertaga qoldirma”, “Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar”, “Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi”, [9, 5] kabi maqollar inson hayotining mazmuni boʻlmish mehnat tarbiyasiga berilgan ta’rifdir. Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandiyning “Dilba yoru, dast ba kor” degan hikmatli soʻzlari, bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Allomaning fikricha, “Agar kishi hunarli boʻlsa, u bilimini haqiqatga bagʻishlaydi, oʻz mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi boʻlmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi, - deydi.
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas boʻlgan narsani qadrsizlantiradi. Mehnat tarbiyasi boʻlajak oʻqituvchilarda doʻstlik, birodarlik, jamoa boʻlib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlarni shakllantiradi va rivojlantiradi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy va ma’naviy buzuqlikdan saqlaydi. Mehnat tarbiyasi orqali inson oʻzining va oʻzgalarning qadrini biladi. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishida asosiy shartidir. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik oʻz mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, oliy oʻquv yurti talabalarida mehnatga va mehnat ahliga toʻgʻri munosabatni rivojlantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlari kerak. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiva: lot. “estezio” – “goʻzallikni his etaman” ma’nosini bildiradi) [6, 60] shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush goʻzalliklarini anglash, idrok etish, toʻgʻri tushunishni oʻrgatish, ularning estetik didini oʻstirish, ularda goʻzallikka muhabbat uygʻotish, shuningdek, goʻzallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni boʻlib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlanishida aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi bilan birgalikda estetik tarbiyaning ham roli beqiyosdir. Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, goʻzal jihatlarini koʻra bilishi emas, balki ichki goʻzallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy goʻzallikning qadriga yetishga undaydi [6, 61]. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojantirish jarayonlarini takomillashtirishda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush goʻzalliklari va ularni anglash toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish, ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush goʻzalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash, unda mavjud goʻzalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, goʻzallikka muhabbat uygʻotish, goʻzallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir koʻrsatadi. Boʻlajak oʻqituvchilarni estetik tarbiyashda xalqimizda “Oq boʻlmasin, pok boʻlsin”, “Pokliging - sogʻligʻing”, “Sogʻ yuray desang, ozoda boʻl”, “Yaxshi libos tanga oroyish” [6, 61] kabi maqollardan foydalanishgan. Ularni tabiat va jamiyatdagi goʻzalliklarni koʻra bilishga, qadrlashga oʻrgatib kelishgan.
Boʻlajak oʻqituvchilarda estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, goʻzal jihatlarini koʻra bilishnigina emas, balki ichki goʻzallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy goʻzallikning qadriga yetishga undaydi.
Boʻlajak oʻqituvchilarda ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yoʻnaltirilganligidir.
Mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik talqinda tarbiya jarayoni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan samarali hamkorlik asosida tashkil etilgan jarayondir. Zero, tarbiya jarayonida professor va oʻqituvchilar va talabalar hamkorligida faoliyat tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Xulosa. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishda ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiya jarayoni koʻp qirrali jarayon boʻlib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi [6, 62]. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yoʻnalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat boʻlajak oʻqituvchi faoliyati, balki yosh va psixologik xususiyatlari, oʻy-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim oʻrin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlanganligi tez sur’atda yaqqol koʻzga tashlanmaydi. Boʻlajak oʻqituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish jarayoni uzoq muddatli davrni talab etadi. Chunki yosh oʻqituvchilarda tarbiya tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror boʻladi. Shu bois, ijtimoiy tarbiyani boʻlajak oʻqituvchilarda talabalik yillaridanoq singdirish lozim. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizigidadir. Ijtimoiy tarbiya ham davlat mafkurasiga bogʻliq holda taraqqiy etadi va oʻzgarib boradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. https://lex.uz/docs/-3107036
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T.:
“Oʻzbekiston”, 2020. www.xalq soʻzi.uz
3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.:
“Oʻzbekiston”, 2017.
4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: “Ma’naviyat”, 2008.
5. Asqarova Oʻ M. Xayitboyev M. Nishonov M.S. Pedagogika. -T.: “Talqin”, 2008. -290 bet.
6. Karomatova K.M., Karomatov H.S. Maqollar. -T.: “Mehnat”, 2000. – 400 b.
7. Olimov Sh.Sh., Durdiyev D.Q. Pedagogik texnologiya. -T., 2019. -187 b.
8. Toxtaxodjayeva M.X. Pedagogika. -Toshkent: “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2010. -
400 b
9. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M. va boshq. Pedagogika tarixi. -T.: “Oʻqituvchi”, 1996. - 488 b.
PEDAGOGIK MAHORAT
|
|
1 (77) 2021 |
Buxoro davlat universiteti muassisligidagi
“PEDAGOGIK MAHORAT”
ilmiy-nazariy va metodik jurnali barcha ta’lim muassasalarini hamkorlikka chorlaydi.
Pedagoglarning sevimli nashriga aylanib ulgurgan “Pedagogik mahorat” jurnali maktab, kollej, institut va universitet pedagogik jamoasiga muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilishi shubhasiz.
Mualliflar uchun eslatib oʻtamiz, maqola qoʻlyozmalari universitet tahririy-nashriyot boʻlimida qabul qilinadi.
Manzilimiz: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy
Buxoro davlat universiteti, 1-bino 2-qavat, 208-xona
Tahririyat rekvizitlari:
Moliya vazirligi gʻaznachiligi
23402000000100001010
MB BB XKKM Toshkent sh. MFO 00014 INN 201504275
BuxDU 400110860064017950100079002
Pedagogik mahorat: rivojlanamiz va rivojlantiramiz!
Buxoro davlat universiteti nashri sahifalandi. Chop etish siJurnal tahririyat kompyuterida fati uchun
PEDAGOGIK
MAHORAT Jurnal oliy oʻquv yurtlarining professor- bosmaxona javobgar. oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar, talabalar, akademik Bosishga ruxsat etildi 05.04.2021
Ilmiy-nazariy va metodik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab Bosmaxonaga topshirish vaqti
jurnal oʻqituvchilari, shuningdek, keng ommaga 08.04.2021
moʻljallangan. Qogʻoz bichimi: 60x84. 1/8 2021-yil 1-son (77) Tezkor bosma usulda bosildi.
Jurnalda nazariy, ilmiy-metodik, Shartli bosma tabogʻi – 20,6 muammoli maqolalar, fan va texnikaga oid Adadi – 100 nusxa yangiliklar, turli xabarlar chop etiladi. Buyurtma №90.
2001-yil iyul oyidan Bahosi kelishilgan narxda. chiqa boshlagan.
Nashr uchun mas’ul: “Sadriddin Salim Buxoriy”
Alijon HAMROYEV. MCHJ
OBUNA INDEKSI: Musahhih: Muhiddin BAFAYEV. bosmaxonasida chop etildi. 3070 Мuharrir: Oʻgʻiljon Olloqova Bosmaxona manzili: Buxoro shahri M.Iqbol koʻchasi 11-uy.
262
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.