Sana:
Sinf:
Fan: Algebra
Mavzu: Chala kvadrat tenglama.
Darsning maqsadi:
1) Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga chala kvadrat tenlama to`g`risida tushuncha berish,chala kvadrat tenglamalarni yechishni o`rgatish.Mavzu yuzasidan bilim,ko`nikma,malaka hosil qilish.
2) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilar ona vatanga mehr-muhabbatli,sadoqatli qilib tarbiyalash.
3) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning tafakkurini,fikrlashini,nutquni,aqliy qobiliyatini rivojlantirish.
Dars usuli: Interfaol.
Dars turi: yangi bilim berish.
Dars shakli: nazariy,amaliy.
Dars metodi: ”Kubik”, ‘’Do`stingni top”, ‘’Xarita’’ metodi.
Dars jihozi:Darslik,ko`rgazma,tarqatma,rag`bat kartochlari,kompyuter,monitor.
Dars rejasi:
1 |
Tashkiliy qism |
3 minut |
2 |
’’Do`stingni top’’ o`yini orqali o`tilgan mavzuni mustahkamlash |
5 minut. |
3 |
Yangi mavzuni tushuntirish (yangi mavzuga doir). |
15 minut |
4 |
Misollar yechish (yangi mavzuni mustahkamlash) |
10 minut |
5 |
’’Kubik o`yini” |
3 minut |
6 |
“Xarita” o`yini |
2 minut |
7 |
“Pisa testi’’ |
5 minut |
8 |
Darsni yakunlash uyga vazifa berish,guruhlarning olgan ballarini aniqlab ularga o`rin belgilash,darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash |
2 minut. |
Darsning borishi:
1)Tashkiliy qism:
O`quvchilar: Assalomu aleyko`m.
O`qituvchi: Bugun baxtdan hur hayotdan
Entikadi bu dillar.
Istiqlolni madh aylab,
Shodon yayrar ko`ngillar.
Aziz do`stlar,vatandoshlar,
Sizga bo`lsin ehtirom.
Matematika oshnolariga,
Bo`lsin salom-assalom!
O`qituvchi: Qani aytingchi darsimiz nima?
O`quvchilar:Hozir darsimiz algebra.
1-o`quvchi: Koinot mavjuddur tabiat mavjud,
Matematika fani ham taraqqiy etgan.
Olis o`tmishdagi bobolarimiz,
Bu fanning sizlarin anglatib ketgan.
Assalom algebra,ulug` algebra,
Lahzamiz sen bilan bog`liq algebra.
2-O`quvchi: Oddiylikdan toki murakkabgacha,
Ulkan kashfiyotlar zamini shunda.
Texnika,kompyuter,fazo,koinot.
Masalalar bori mujassam bunda,
Assalom algebra,ulug` algebra,
Har lahza sen bilan bog`liq algebra.
O`qituvchi:Hamma quvnoq sog`lommi,
Darsimizga tayyormi?
O`quvchilar: Bizlar quvnoq sog`lommiz,
Darsingizga tayyormiz.
O`qituvchi: Dars o`tishdan maqsad?
O`quvchilar: Vatanga xizmat!
Insoniylik burchim mening
O`qib ilm olmoqdir
Ota-onam, elimga.
Sodiq farzand bo`lmoqdir.
O`qituvchi: Biz kimmiz?
O`quvchilar: Barkamol avlod.
O`qituvchi: Shiorimiz.
O`quvchilar: Biz barkamol, o`ktam avlodmiz.
Kelajagi buyuk davlatmiz.
O`qituvchi: Maqsadimiz.
O`quvchilar: Barkamol avlod bo`lib,
El yurtga xizmat qilish.
O`tmishni e`zoz aylab,
Davlatni yuksaltirish.
O`qituvchi: Sinfda kim navbatchi,
Bir kunlik nazoratchi.
Navbatchi o`quvchi:
Sinfda men navbatchi,
Tayyor barcha o`quvchi.
2-O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`qituvchi: Biz o`tgan algebra darsimizda qanday mavzuni o`tgan edik? Uyga vazifa nechanchi misol berilgan edi.
O`quvchi: Biz o`tgan algebra darsimizda “Kvadrat tenglama va uning ildizi” mavzusiga doir misollar yechgan edik. Uyga vazifa 303- misol
O`qituvchi:Aziz o`quvchilar hozir sizlarni 2-guruhga ya’ni ‘’Iqtisodchilar” va ‘’Tadbirkorlar” guruhiga bo`laman.Dars davomida ikkala guruh bellashib boradi guruhdagi o`quvchilar bergan javoblariga qarab 5ofarin ,4 barakala, 3 harakat qil kabi rag`bat kartochkalarini olib yig`ib boradilar. Darsning oxirida guruhlarning yig`gan kartochkalarini yig`indisini chiqarilib ularga o`rin belgilanadi. Guruhlarimiz o`rtasida o`tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Do`stingni top” o`yinini o`tkazamiz.Bu o`yinda barchangizga kartochkalarda o`tgan mavzuni so`raydigan savol va javoblar yozilgan. Savollar o`qiladi,javobi kimga bo`lsa javob beradi.
SAVOLLAR VA JAVOBLAR.
1-savol: ax2+bx+c=0 ko’rinishidagi tenglama qanday tenglama?
Javob: Kvadrat tenglama.
2-savol: ax2+bx+c=0 tenglamada ozod had qaysi?
Javob: Ozod had c.
3-savol: ax2+bx+c=0 tenglamaning 1- va 2- koefisiyentini ayting.
Javob: a va b
4-savol: 5x2 - 14x+17=0 tenglamaning ozod hadini aniqlang.
Javob: 17.
5 -savol: x2=1 tenglamaning ildizini ayting.
Javob: x1=1 va x2=-1
6 -savol: x2=0 tenglamaning ildizini ayting.
Javob: ildizi 0 ga teng.
7 -savol: x2=a tenglamaning ildizini ayting.
Javob: x1= va x2= -
8 -savol: x2+64=0 tenglamaning ildizini ayting.
Javob: x1=8, x2=-8
9 -savol: ni hisoblang
Javob: 35
10 -savol: ni hisoblang
Javob: 144.
11-savol: bunda x=1 ifodaning qiymatini toping
Javob: ifodaning qiymati birga teng.
12-savol: Formulani davom ettiring =
Javob:
13-savol: Formulani davom ettiring
Javob:
14-savol: Formulani davom ettiring =
Javob: =| a |
Yangi mavzu bayoni.
Agar ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamada b yoki c koeffitsiyentlardan aqalli bittasi nolga teng bo'lsa, u holda bu tenglama chala
kvadrat tenglama deyiladi.
Chala kvadrat tenglama quyidagi tenglamalardan biri ko'rinishida bo'ladi:
(1) ax2=0
(2) ax2+c=0 c 0
(3) ax2+bx=0 b 0
(1), (2), (3) tenglamalarda a koeffitsiyent nolga teng emas.
1-misol. 5x2=0 bunda b=0, c=0
x2=0 : 5
x2=0
Javob: x=0
2-misol. 3x2-27=0 bunda b = 0, c 0
3x2=0 + 27
3 x2=27 x2= , x2=9
x1,2= , Javob: x1,2=
3-misol. 2x2+7=0 bunda b = 0, c 0
2x2=0 - 7
2x2=-7 x2= , tenglama haqiqiy ildizlarga ega emas.
4-misol. - 3x2+5x=0 bunda c=0
x(-3x+5)=0
x1=0, -3x+5=0 , -3x=-5 x= x2=
Javob: x1=0, x2=
304-misol.
1) x2=0
Javob: x=0
2) 3x2=0
x2=0 : 3 x2=0 , Javob: x=0
3)5x2=125
x2=125 :5 x2=25
x1,2= , Javob: x1,2=
4) 9x2=81
x2= , x2=9
x1,2= , Javob: x1,2=
5) 4x2-64=0
4x2=0 +64
4x2=64 x2= , x2=16
x1,2= , Javob: x1,2=
6) x2-27=0
x2=0 + 27 x2=27
x1,2=
7) 4x2=81
x2= x2=
Javob: x1,2=
8) 0,01x2=4
x2=4 : 0,01
x2=400
x1,2= Javob: x1,2=
9) 0,04x2=16
x2=16 : 0,04
x2=400
x1,2= Javob: x1,2=
Yangi mavzuni mustahkamlash.
305-misol “Kubik ” o’yini orqali yechiladi. Bu o’yinda ikkala guruhga ikkita kubik beriladi. Kubning 6ta yoqiga tenglamalar yozilgan bo’ladi.Guruhdagi o’quvchilar jamoa bo’lib birgalikda bu tenglamalarni kubning o’ziga yechib o’qituvchiga kubikni topshiradilar. Kubda yechilgan tenglamalarni o’qituvchi tekshirib, guruhlarga rag’bat kartochkalarini beradi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar barchangiz diqqatingizni ekranga qaratishingizni so’rayman. Manitorda ko’rsatilga PISA testlarini guruhlardan navbat bilan bittadan o’quvchi chiqib yeshadi
O’quvchilar endi “Xarita” o’yinini boshlaymiz . Bu o’yin sizdan mantiqiy masalalar yechishni geografiya, adabiyot, o’zbekiston tarixi fanlarini bilishni talab etadi.
“Xarita” o’yinimizning sharti shunday men har bir guruhga 5 tadan xarita bo’laklarini beraman. Bu xarita bo’laklari orqasiga mantiqiy masalalar yozilgan. Xarita 10 ta bo`lakka ajratib qirqilgan. Qoraqalpog`iston, Xorazm bitt abo`lak, Vodiy bitta bo`lakka ajratib qirqilgani uchun jami 10 ta bo`lak bo`ldi. Siz mantiqiy masalalarni yechib xarita bo’laklarini menga topshirasiz, men bajargan masalalaringizni tekshirib, rag`bat kartochkalarini beraman. Keyin doskadagi bo’sh plakatga xarita bo`laklarini tartib bilan yopishtirasiz. Mustaqil davlatimizning siyosiy ma’muriy xaritasi hosil bo’ladi. Xaritani hosil qilganingizdan keyin respublikamizdagi har bir viloyatning chegaralarini ko`rsatib berasiz.
Mantiqiy masalalar.
1) Shavkat 24-fevralda tug’ildi. U yangi yil boshlanganidan necha kun keyin tug’ilgan? Javob:55 kun
1) Avaz payshanba kuni matematika so’zini yoza boshladi, har kuni bittadan harf yozilsa, u haftani qaysi kuni oxirgi harfni yozadi?
Javob: Shanba kuni.
2) Bozordagi har bir qop piyoz-30 kg, sabzi-40 kg, un-60 kg, guruch-70 kg. Aravaga 140 kg yukni necha usulda ortish mumkin?
Javob: Aravaga 4 usulda ortish mumkin:1) 70+70=140, 2) 70+40+30=140,
3)60+40+40=140, 4)40+40+30+30=140
4) Bitta qovun 3 kg, tarvuz 5 kg, qovoq 8kg. jami 22 kg bo’lishi uchun ularning har biridan nechta olish kerak?
Javob: 3 ta qovun, 1 ta tarvuz, 1 ta qovoq.
5)Karim o’tloqda 18 ta quloq sanadi. O’tloqda nechtab qo’y bor?
Javob: 9ta qo’y bor.
6) 60 50 40 30 20 10 sonlari orasiga qo’shish yoki ayrish belgilarini shunday qo’yingki, natija 70 chiqsin.
Javob: 1) 60 + 50 - 40 + 30 - 20 – 10=70, 60 - 50 +40 + 30 - 20 + 10=70
2) 60 + 50 - 40 - 30 + 20 + 10=70
7) Yulduzcha o’rniga mos raqamlarni qo’ying.
x 81
*
1**
8) 9 ta jo’janing oyoqchalari soni 4 ta otning tuyoqlari sonidan nechta ortiq?
Javob: 2 ta ortiq
9) 4 ta 4 raqamidan 12 sonini hosil qiling. Javob: (44+4):4=12
10) 5 ta 1 raqamidan 14 sonini hosil qiling.
Javob: 11+1+1+1=14
Darsni yakunlash:
“Tadbirkorlar ” va “Iqtisodchilar” guruhlarining ballari hisoblab ularga o’rin beriladi va darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa beriladi va tushuntiriladi.
Uyga vazifa: 307- misol.
Zarafshon shahar
8-umumiy o’rta ta’lim
maktabi matematika fani o’qituvchisi
Qodirova Martaba
Ilhomovnaning
“Chala kvadrat tenglama”
mavzusida bir soatlik
ochiq dars
ISHLANMASI
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.