O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman ”
Toshkent farmatsevtika instituti
O‘quv ishlari bo`yicha prorektor prof. Z.A.Yuldashev_________
2022 yil “___”______________
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI VA BIOKIMYOSI
|
|
|
Ta’lim sohalari: |
510000 – |
Sog‘liqni saqlash |
|
320000 – |
Ishlab chiqarish texnologiyalari |
Ta’lim yo‘nalishi: |
5320500 – |
Biotexnologiya (Farmasevtik biotexnologiya) |
|
|
- 288 soat (5-semestr144, 6-semestr 144 soat) |
Umumiy o‘quv soati |
||
Shu jumladan: |
|
|
Ma’ruza |
- 36 soat (5-semestr – 18 soat, 6-semestr – 18 soat) |
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari |
- 108 soat (5-semestr – 54 soat, 6-semestr – 54 soat) |
|
Mustaqil ta’lim soati
|
- 144 soat (5-semestr – 72 soat, 6-semestr –72 soat) |
Modulining ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yil “04” iyundagi sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
“Dorivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” moduli dasturi asosida tayyorlangan
Modul dasturi Toshkent farmatsevtika instituti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (2022 yil “___”___________dagi ____ - sonli bayonnoma)
Modulning ishchi o‘quv dasturi Toshkent farmatsevtika instituti MUK 2022 yil “28” iyundagi №11–sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi: |
|
Xudayorova S.I.
|
–Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakognoziya” kafedrasi katta o’qituvchisi |
Taqrizchilar: |
|
Olimov X. Q.
N.Z. Arabova
|
- Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri dotsent, f.f.n.
-Toshkent davlat agrar universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi. |
Farmakognoziya kafedrasi mudiri _____________ N.T.Farmanova
Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani _____________ Z.O‘.Mamatqulov
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i ______________ N.A.Abzalova Kirish
Ushbu modul dasturi dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli predmeti, tarixi, maqsadi va vazifalarini, tadqiqot uslublari va ob’ekti, dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosining boshqa biologiya modullari bilan o‘zaro bog‘liqligini, hozirgi zamon fitofiziologiyasining asosiy metodologik aspektlarini, dorivor o‘simlikshunoslik va ekologik muammolarini echishdagi o‘rnini, nazorat turlari va baholash mezonlari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab olgan.
O‘simliklar fiziologiyasi hujayrada kechadigan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni, o‘simliklar tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar va ularning hosil bo‘lishi hamda parchalanishi kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu modul 3-kurs talabalariga 5-6-semestrlarda o‘qitiladi.
Modulning maqsadi – talabalarga dorivor o‘simliklar hujayrasining tuzilishi, hujayra va to‘qimalarda yuz beradigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar, dorivor o‘simliklardagi suv almashinuvi, ularni tuproqdan oziqlanishi, nafas olish ximizmi, dorivor o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish jarayonlariga stress omillarning ta’siri, dorivor o‘simliklar tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik biopolimerlar haqidagi bilimlarni nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishdan iboratdir.
Modulning vazifasi -ushbu maqsadga erishish uchun talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir.
Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: - dorivor o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi, o‘simliklarda boshqaruv va integratsiya tizimlari, o‘simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati, yorug‘lik energetikasining kimyoviy energiyaga aylanishi, fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni, uning moddalar almashinuvi va energetikasidagi o‘rni, o‘simliklarning geterotrof oziqlanish usullari, o‘simliklarning harakatlari, o‘simlik chidamliligi asoslarini, o‘simliklarda kechadigan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni, o‘simliklarni o‘sishi, rivojlanishi, o‘simliklarning tarkibidagi biopolimerlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- dorivor o‘simlik hujayrasining o‘ziga xos xususiyatini, suvning hujayradagi formalari va funksiyalarini, suvni harakatga keltiruvchi mexanizmlarini, ionlarning passiv va faol kirishini, turli ekologik guruh o‘simliklari, fotosintezning yorug‘lik bosqichini, CO2 ni o‘zlashtirish yo‘llari, yorug‘likda nafas olish jarayonlarini, fotosintez ekologiyasini, makroelementlar, mikroelementlar va ultramikroelementlarning fiziologik rolini, o‘simliklarni tuproqdan oziqlanishini, o‘g‘itlashning fiziologik asoslarini, uglevodlarni dissimilasiya yo‘llarini, nafas olish ekologiyasini, moddalar tashiluvining har xil formasi va rolini, o‘sish fazalari va tiplarini, o‘simliklarni ontogenez bosqichlarini, fotopeiodizm va yarovizasiyasini, fiziologik faol moddalarning o‘sish va rivojlanishidagi rolini, o‘simliklarni o‘sish harakatlanishini, o‘simliklarni issiqqa, qurg‘oqchilikka, sho‘rlanish va radiatsiyaga chidamliligini, o‘simliklardagi moddalar almashinuvi va uning ahamiyatini, birlamchi va ikkilamchi moddalarni hosil bo‘lish yo‘llarini, fiziologik faol birikmalarni ta’sir etish mexanizmlarini talaba bilishi va ulardan foydalana olishi;
− talaba, hujayradagi turgor va plazmoliz hodisalarini, bargdagi transpirasiya jarayonini kuzata olishi, fotosintez jadalligini aniqlay olishi, bargdan pigmentlarni ajratishi va xossalarni aniqlay olishi, unib chiqayotgan urug‘larda nafas olish jadalligini aniqlay olishi, nafas olish koffisentini aniqlay olishi, kulning mikrokimyoviy analizini aniqlay olishi, turli ozuqa elementlarni tutgan eritmalarda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini aniqlay olishi, tuproqning to‘liq nam sig‘imini aniqlay olishi, turli ozuqa elementlarini tutgan eritmalarda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini aniqlay olishi, o‘simliklarni sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamliligini aniqlay olishi, tabiiy va sun’iy stimulyatorlarni o‘sish jarayoniga ta’sirlarini aniqlay olishi, laboratoriya ishlarini amalga oshirishda zamonaviy asbob uskunalardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining boshqa modullar bilan integratsiyasi:
Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi asosiy ixtisoslik moduli hisoblanib, 5-6 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy:
- oliy matematika;
- informatika va axborot texnologiyalari;
- biometriya;
- fizika;
- anorganik va analitik kimyo;
- organik kimyo, fizik va kolloid kimyo;
- umumkasbiy va ixtisoslik bo’yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
1-jadval
№ |
Ma’ruzalar mavzulari |
Dars soatlari hajmi |
5-6-semestrlar |
||
1 |
Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, moduling predmeti, vazifalari, uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi |
2 |
2 |
Hujayra tuzilishi va fiziologiyasi |
2 |
3 |
O‘simliklardagi suv muvozanati |
2 |
4 |
O‘simliklarni tuproqdan oziqlanishi |
2 |
5 |
Fotosintez va pigmentlar. Fotosintezning yorug‘lik reaksiyalari. |
2 |
6 |
Fotosintezda uglerod o‘zlashtirilishi yo‘llari. |
2 |
|
Fotosintezning fiziologik va ekologik aspektlari |
|
7 |
O‘simliklardagi nafas olish mexanizmlari, boshqarilishi va ikkilamchi moddalar hosil bo‘lishi |
2 |
8 |
O‘simlikdagi fiziologik jarayonlarning mahsuli – o‘sishi |
2 |
9 |
O‘simlik hayotidagi sifat o‘zgarishlar – rivojlanish. Dorivor o‘simliklar rivojlanishini boshqarish. |
2 |
10 |
Stress omillar va ularga o‘simliklarni javob reaksiyalari |
2 |
11 |
Dorivor o‘simlik urug‘ining tinim holati va o‘simliklar hayot faoliyatidagi ahamiyati |
2 |
12 |
Tirik organizmlar hayotining asosi – oqsillar va aminokislotalar |
2 |
13 |
Fermentlar va ularni dorivor o’simliklar yetishtirishdagi o‘rni |
2 |
14 |
O‘simlik tuzilishining asosi – uglevodlar |
2 |
15 |
Dorivor o‘simliklarda lipidlar |
2 |
16 |
Hayot davomiyligining asosi – nuklein kislotalar |
2 |
17 |
Oqsillar biosintezi va parchalanishi |
2 |
18 |
O‘simliklarning zaharli gazlar, kimyoviy moddalarga moslashuvi |
2 |
|
Jami |
36 soat |
Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.
Darsni olib borish rejasi (xronoxarita):
1. O‘qituvchining mavzu bo‘yicha kirish so‘zi - 5 daqiqa;
2. Talabalarning bilimini og‘zaki usulda mavzuga tegishli savollar bilan tekshirish -30 daqiqa;
3. Mavzuni tushuntirish: o‘qituvchi talabalarning bergan javoblariga qarab, yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatib, javoblarni umumlashtiradi - 10 daqiqa;
4. Kundalik daftarni tekshirish: (amaliy mashg‘ulot va ma’ruza daftarlarini tekshirish) – 15 daqiqa;
5. Amaliy mashg‘ulot ishini bajarish: (mavzu bo‘yicha amaliy ishlar tartibini o‘qib kelgan, Bajarilish tartibini qadamma-qadam tushuntirib, ko‘rsatib berish. O‘qituvchi tomonidan texnologik jarayon nazorat qilib boriladi) - 45 daqiqa;
6. Mashg‘ulotga yakun yasash - 15 daqiqa.
Jami: 120 daqiqa.
2-jadval
№ |
Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari |
Dars soatlari hajmi |
5-semestr |
||
1 |
Mikroskopning tuzilishi va foydalanish qoidalari. Preparat tayyorlash. O‘simliklar hujayrasi. Hujayra shakli va tuzilishi. Sitoplazma organoidlari |
6 |
2 |
Plastidalar ularning tuzilishi va vazifasi. Sitoplazmadagi zahira oziq moddalar. O‘simlikdagi oshlovchi moddalar va alkaloidlarni aniqlash. |
6 |
3 |
Xujayra protoplastining xususiyatlari. Plazmoliz va deplazmoliz jarayonlari |
3 |
4 |
Protoplazmaning K+ va Ca++ ionlari uchun o‘tkazuvchanligi (qalpoqli plazmoliz) |
3 |
5 |
Transpiratsiya jadalligini torsion tarozi yordamida aniqlash. Bargning ostki va ustki tomonidagi transpiratsiyani xlorli ko`balt qog‘zi yordamida aniqlash (Shtal usuli). Qishlovchi novdalarda suv almashinivu (suvning yutilishi, xarakati va kutikulyar transpiratsiya) |
6 |
6 |
O‘simliklarni o‘sishiga turli mineral elementlar ta’sirini kuzatish |
3 |
7 |
Dorivor o‘simliklarning sof tuz va tuzlar aralashmasi eritmalarida o‘sishini aniqlash |
3 |
8 |
Barg pigmentlarini ajratish. Pigmentlarni ajratishninig Kraus usuli. Xlorofillning sovunlanishi. Fiofitin hosil bo‘lishi va metallorganik bog‘ninig qayta tiklanishi. Pigmentlarning optik va kimyoviy xossalari bilan tanishish |
6 |
9 |
O‘simliklarni issiqqa chidamligini aniqlash |
6 |
10 |
O‘simliklarning o‘sish harakatlari va mexanizmlari. O‘sish fazalari, tiplari va qonuniyatlari |
6 |
11 |
O‘simliklarning har xil noqulay omillarning ta’siriga chidamliligi va zaharli gazlar, kimyoviy moddalarga moslashuvi |
6 |
|
Jami |
54 soat |
6-semestr |
||
12 |
Yorug‘lik ta’sirida o‘simlik barglarida organik moddalar xosil bo‘lishini aniqlash |
6 |
13 |
Dorivor o‘simlik urugining tinim holati va o‘simliklar hayot faoliyatidagi ahamiyati |
6 |
14 |
O‘simlik urug‘ining unib chiqishida zahira moddalarning sarflanishining fiziologik asoslari |
6 |
15 |
Oqsillarning xossalari. Oqsillarni cho‘ktirish va rangli reaksiyalari |
6 |
16 |
Fermentlarning xossalari. Fermentlarning termolabilligi va maxsusligi |
6 |
17 |
Nukleproteidlarni parchalanish reaksiyalari. |
6 |
18 |
Uglevodlarning xossalari. Glyukoza, saxaroza va kraxmalni aniqlash usullari |
6 |
19 |
Protoplazmani past temperatura tasirida zararsizlanishdan saqlashda qand miqdorining roli |
6 |
20 |
Lipidlar. Moylarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari. |
6 |
|
Jami |
54 soat |
Amaliy mashg‘ulotlar amaliy bajarish uchun mo‘ljallangan jihozlar bilan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida olib boriladi. Mashg‘ulotlar faol, interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimediya qurilmalari yordamida uzatiladi.
Talaba dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulini o‘zlashtirganda quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
3-jadval
1 Dorivor o‘simliklar Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va fiziologiyasi va biokimyosiga biokimyosi moduli vazifalari va tekshirish
kirish usullari haqida bilimga ega bo‘lish
2 O‘simliklar hujayrasini O‘simliklar hujayrasini tuzilishi haqida tuzilishi bilimga ega bo‘lish
3 Suvning o‘simlik hayotidagi Suvning o‘simlik hayotidagi o‘rni va o‘rni va biologik ahamiyati biologik ahamiyatini bilish va kimyoviy tarkibini o‘rganish
4 Mineral elementlarning Mineral elementlarning fiziologik
fiziologik ahamiyati ahamiyati, tarkibini va qo‘llanish usullarini tizimli bilish
5 O‘simliklarning fotosintez O‘simliklarning fotosintez fiziologiyasi va fiziologiyasi va tarixi tarixini o‘rganish hayotga tadbiq qilishni bilish
6 O‘simliklarning nafas olish O‘simliklarning nafas olish fiziologiyasini fiziologiyasi bilish
7 O‘sish va rivojlanish O‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini, qonuniyatlari o‘sishdagi fiziologik jarayonlarni bilish
8 O‘simliklarning rivojlanishi O‘simliklarning rivojlanishini har bir fazasini fiziologik jarayonlarni bilish
9 O‘simliklarning har xil O‘simliklarning har xil noqulay omillarning noqulay omillarning ta’siriga ta’siriga chidamliligini taxliliy aniqlab
chidamliligi bilish
1.3. Mustaqil ta’lim 5-semestr 4-jadval
№ |
Mustaqil ta’lim mavzulari |
Dars soatlari xajmi |
1 |
Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulinig rivojlanish tarixi |
4 |
2 |
Dorivor o‘simliklar hujayralarining kimyoviy tarkibi va ularning fiziologiyasi |
4 |
3 |
Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvi |
4 |
4 |
O‘simliklar uchun mineral elementlarning fiziologik asoslari |
4 |
5 |
O‘simliklar uchun mikro elementlarning fiziologik asoslari |
4 |
6 |
Yashil o‘simliklarning biosfera uchun ahamiyati. |
4 |
7 |
Xloroplastlarning xususiyatlari |
|
8 |
Fotosintezni boshqarish va hosildorlik |
4 |
9 |
O‘simliklarning nafas olishi. Nafas olish turlari |
4 |
10 |
Osimliklarni ildiz orqali oziqlanishi ning nazariy va amaliy ahamyati. |
4 |
11 |
Ildiz sistemasi. Ildiz bosimi |
4 |
12 |
O‘simliklarning azot bilan oziqlanishi. Mineral o‘g‘itlar bilan foydalanishning fiziologik asoslar. |
4 |
13 |
O‘simliklarning fosfor va kaliy bilan oziqlanishi. |
4 |
14 |
Mineral o‘g‘itlar bilan foydalanishning fiziologik asoslar |
4 |
15 |
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi. Fitogormonlar |
4 |
16 |
O‘simlik organizmlarining o‘soshi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘simliklarning harakati |
4 |
17 |
O‘simliklarning tashqi omil ta’siriga chidamliligi |
4 |
18 |
O‘simliklarning zaharli gazlar, kimyoviy moddalarga moslashuvi |
4 |
|
Jami |
72 |
№ |
Mustaqil ta’lim mavzulari |
Dars soat-lari xajmi |
1 |
Hujayra fiziologiyasidan test savollari tuzish |
4 |
2 |
O‘simliklarda suv rejimi bo‘yicha savollar tuzish |
4 |
3 |
Tuproqdagi suv shakllari. Ildiz bosimi ahamiyatini aniqlash usullari (keys tuzing) |
4 |
4 |
Transpiratsiya xillari va uni boshqarish mexanizmlari (Venn diagrammasi asosida) |
4 |
5 |
O‘simlik urug‘ining unib chiqishida zahira moddalarning sarflanishining fiziologik asoslari |
4 |
6 |
Tabiiy va sun’iy fitogormonlarni ajratib bering (topshiriqli keys) |
4 |
7 |
Fitogormonlar ta’sir etishining fiziologik asoslari |
4 |
8 |
O‘simliklarning o‘sish harakatlari va mexanizmlari |
4 |
9 |
O‘sish fazalari, tiplari va qonuniyatlari |
4 |
10 |
Fotosintezning sof mahsuldorligi (referat) |
4 |
11 |
Fotosintez birligi va 2 ta fotosistemaning faoliyati |
4 |
12 |
O‘simliklarda CO2 o‘zlashtirishning C3, C4 va CAM yo‘llariga izoh bering (Venn diagrammasi asosida) |
4 |
13 |
Fotosintez ekologiyasi, fiziologiyasi, mineral oziqlanish sharoiti va suv bilan ta’minoti to‘g‘risida tushunchalar bering |
4 |
14 |
O‘simliklar fiziologiyasi – hosildorlikning nazariy asosi (referat) |
4 |
15 |
Stress, moslashish va chidamlilik umumiy tushunchalari |
4 |
16 |
|
4 |
17 |
|
4 |
18 |
|
4 |
|
Jami |
72 |
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan internet ma’lumotlarni to‘plash, bibliografik annotatsiya va taqdimotlarni tayyorlash, test savollarini va vaziyatli masalalarni tuzish tavsiya etiladi.
Modul bo‘yicha kurs ishi. Modul bo‘yicha kurs ishi namunaviy o‘quv rejasida rejalashtirilmagan.
5. O‘quv amaliyoti o‘tilmaydi
Talabalarning modul bo’yicha o’zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlari orqali aniqlanadi:
- Joriy nazorat (JN);
- Yakuniy nazorat (YaN).
Modulga ajratilgan 8 kreditni talaba JN davomida yig'adi.
JORIY NAZORAT (JN) Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasini, laboratoriya mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (y’ani nazariy, analitik va amaliy yondoshivlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 56 ball.
Joriy nazorat va TMI uchun ajratilgan 8 kredit quyidagicha taqsimlanadi:
Mikroskopning tuzilishi va foydalanish qoidalari. Preparat tayyorlash. O‘simliklar hujayrasi. Hujayra shakli va tuzilishi. Sitoplazma organoidlari. Plastidalar ularning tuzilishi va vazifasi. Sitoplazmadagi zahira oziq moddalar. O‘simlikdagi oshlovchi moddalar va alkaloidlarni aniqlash. – 2 kredit;
Transpiratsiya jadalligini torsion tarozi yordamida aniqlash.
Bargning ostki va ustki tomonidagi transpiratsiyani xlorli ko`balt qog‘zi yordamida aniqlash (Shtal usuli). Qishlovchi novdalarda suv almashinivu (suvning yutilishi, xarakati va kutikulyar transpiratsiya). O‘simliklarni o‘sishiga turli mineral elementlar ta’sirini kuzatish. Dorivor o‘simliklarning sof tuz va tuzlar aralashmasi eritmalarida o‘sishini aniqlash – 2 kredit;
Barg pigmentlarini ajratish. Pigmentlarni ajratishninig Kraus usuli. Xlorofillning sovunlanishi. Fiofitin hosil bo‘lishi va metallorganik bog‘ninig qayta tiklanishi. Pigmentlarning optik va kimyoviy xossalari bilan tanishish. Yorug‘lik ta’sirida o‘simlik barglarida organik moddalar xosil bo‘lishini aniqlash -2 kredit;
Fermentlarning xossalari. Fermentlarning termolabilligi va maxsusligi. Nukleproteidlarni parchalanish reaksiyalari. Uglevodlarning xossalari. Glyukoza, saxaroza va kraxmalni aniqlash usullari. Protoplazmani past temperatura tasirida zararsizlanishdan saqlashda qand miqdorining roli. Lipidlar. Moylarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari. – 2kredit;
Talaba har bir bo’limdan belgilangan kreditlarni to’plagandan keyingina yakuniy nazoratga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o’tish) balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor bo`lgan talabalarga semestr tugaganidan keyin fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda NIZOM asosida qayta o`zlashtiradi.
Modul bo’yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Ball |
ECT S baho |
ECTS ning ta’rifi |
baho |
Ta’rifi |
|
86- 100 |
A |
"a’lo" – a’lo natija, minima l xatolikl ar bilan |
modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga ega bo’lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o’z o’rnida foydalanishi, savollarga mantiqan to’g’ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; muammoli savollarni aniqlashi, o’z qarashlarini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo’llay olishi; nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish, qobiliyatini ko’rsata olishi; amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda to’liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatidan) va kompetensiyalarni to’liq egallashi; amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi; modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoshimcha adabiyotlarni to’liq va chuqur ozlashtirishi; modul bo’yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo’nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutiqlarini qo’llay olishi; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda butun semester mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim. |
5 |
A’lo |
81-85 |
B |
"juda yaxshi” |
modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga |
4 |
yaxshi |
|
|
– o’rtada n yuqori natija, ayrim xatolikl ar bilan |
ega bo’lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o’z o’rnida foydalanishi, savollarga mantiqan to’g’ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; o’z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni qilishda yuzaga kelganno aniqliklarni mustaqil bartaf eta olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo’yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o’quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi; amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda to’liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatidan) va kompetensiyalarni to’liq egallashi; amaliy mashg’ulotlarda normativ- huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to’gri (lekin doim ham ratsional emas) qo’llay olishi, bajarilgan ish natijalarini etarli darajada rasmiylashtira olmaganligi; modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o’zlshtitishi; o’rganilayotgan modul bo’yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo’nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim. |
|
|
71-80 |
C |
"yaxshi " – o’rtach a natija sezilarli xatolikl |
modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga ega bo’lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o’z o’rnida |
|
|
ar bilan |
foydalanishi, savollarga mantiqan to’g’ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; o’z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo’yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o’quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi; amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda toliq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatidan) va kompetensiyalarni egallashi, ammo biroz kamchiliklar bilan; amaliy mashg’ulotlarda normativ- huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to’gri (lekin doim ham ratsional emas) qo’llay olishi, bajarilgan ish natijalarini etarli darajada rasmiylashtira olmaganligi; modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirishi; o’rganilayotgan modul bo’yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo’nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega bo’lishi lozim. |
|
|
60-70 |
D |
"qoniqa rli" – sust natija, qo’pol kamchil iklar bilan |
Davlat ta’lim standarlari (talablari) doirasida yetarli bilimga hajmiga ega bo’lishi; terminologiyani ishlatishi, savollar-ga javoblerni to’g’ri bayon qilishi, lekin ayrim xatolarga yo’l qo’yishi: javob berishga yoki ayrim maxsus ko’nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul bo’yicha asosiy |
3 |
Qoniqarli |
|
|
|
tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; Amaliy ko’nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatidan) mustaqil, ammo xatoliklar bilan to’liq bajara olishi; kompetensiyalarni mustaqil, ammo xatoliklar bilan egallashi; modulning umumiy tushunchalari bo’yicha qisman bilimga ega bo’lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo’llay olishi; pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o’qilayotgan modul bo’yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo’nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda pedagog xodim yordamida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim. |
|
|
56-59 |
E |
"o’rta" – minima l natijaga teng |
Davlat ta’lim standarlari (talablari) doirasida qoniqarli bilimga hajmiga ega bo’lishi; terminologiyani ishlatishi, savollar-ga javoblarni to’g’ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qo’pol xatolarga yo’l qo’yishi; javob berishga yoki ayrim maxsus ko’nimalarni namoyish qilishda qiynalganda va xatolarga yo’l qo’yganda, modul bo’yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; amaliy ko’nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatidan) mustaqil emas va xatoliklar bilan to’liq bajarishi. kompetensiyalarni mustaqil emas va xatoliklar bilan egallashi; modulning umumiy tushunchalari bo’yicha qisman bilimga ega bo’lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo’llay olishi; pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o’qilayotgan modul bo’yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo’nalishlar |
||
|
|
|
mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda pedagog xodim yordamida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim. |
|
|
31-55 |
FX |
"qoniqa rsiz" – minima l darajad agi bilimlar ni olish uchun qo’shi mcha mustaqi l o’zlasht irish zarur |
Davlat ta’lim standarlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo’lsa; ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo’l qoysa; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajariash madaniyatining past darajasiga ega bo’lsa; amaliy ko’nikma va kompetensiyalarga ega bo’lmasa, o’z xatolarini xatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to’g’rilay olmasa. |
2 |
Qoni- qarsiz |
0-30 |
F |
"mutloq qoniqar siz" – toliq qayta o’zlasht irishi lozim |
Davlat ta’lim standarlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo’lsa; terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va qo’pol mantiqiy xatolarga yo’l qo’ysa yoki umuman javob bermasa; nazariy va amaliy mashg’ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajariash madaniyatining past darajasiga ega bo’lsa yoki umuman bajarmasa; Amaliy ko’nikma va kompetensiyalarga ega bo’lmasa, o’z xatolarini xatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to’g’rilay olmasa. |
|
|
JNga ajratilgan kreditni to’liq to’plagan talaba YaNga kiritiladi. YaNda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaN modul bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng test shaklida o’tkaziladi. Testda 30 savol beriladi. YaNda saralash balini
(56) yig’olmagan talaba YaNdan o’tmagan va modulni o’zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda to’liq kreditni yig’gan bo’lsa ham).
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Kasalligi sababli YaNni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida YaNda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor bo`lgan talabalarga semestr tugaganidan keyin fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda NIZOM asosida qayta o`zlashtiradi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, modul bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
1. Piraxunova F.N., AbzalovA.A. Fiziologiya i bioximiya lekarstvennix rasteniy. Darslik - Toshkent. “Cho‘lpon” nashiryoti 2018g.
2. Abzalov. A.A. Dorivor o‘simliklar biokimyosidan laboratoriya mashg‘ulotlari. O‘quv qo‘llanma- Toshkent. “Cho‘lpon” nashiryoti 2018g .
1. Ivanov V.B., Plotnikova V.B., Jivuxina e.A. Praktikum po fiziologii rasteniy. - Moskva. Akademiya. 2001 g.
2. Mirziyoev Sh.M. erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.
4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
1. www gov.uz –O‘zbekiston Respublikasi Davlat portali.
2. www.Lex.uz-O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha ma’lumotlar milliy bazasi.
3. www. ziyonet.uz
4. www. uforum.uz
5. www. fizrast.ucoz.ru
6. www. twirpx.com
7. www. biokhimiya.ru
8. www. biohimiya.narod.ru
9. www. gidroponika.su
10. www. interchopen.com
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.