HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.
Оценка 4.9

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

Оценка 4.9
Исследовательские работы
doc
обществознание
Взрослым
28.09.2019
HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.
Mana mustaqilligimizga ham 26 yil va bosh qomusimiz Konstitutsiyamizning ham qabul qilinganiga 25 yil to’ldi. Bu vaqt oralig’ida davlatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov boshchiligida juda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
HARAKATLAR STRATEGIYASI- SARVAR.doc
HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH. NDPI, Tarix­geografiya  fakulteti   "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi"  yo'nalishi  3­"b" guruh talabasi  Qosimov Sarvar                      Mana   mustaqilligimizga   ham   26   yil   va   bosh   qomusimiz Konstitutsiyamizning   ham   qabul qilinganiga 25 yil to’ldi. Bu vaqt oralig’ida davlatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov boshchiligida juda ko’plab ishlar amalga oshirildi.  Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va   xususiy   mulk   ustuvorligiga   asoslangan   iqtisodiyotni   rivojlantirishga,   xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart­sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora­ tadbirlar amalga oshirildi. Bularni amalga oshirishda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning   “O’zbekiston   rivojlanishining   beshta   asosiy   tamoili”   yoki rivojlaninshning   “o’zbek   modeli”   katta   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Shu   modelga asoslangan   holda   Prezidentimiz   Shavkat   Miromonivich   Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasini  yanada rivojlantirish   bo’yicha 2017­2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.[2] Bu rivojlanish  dasturida biz O'zbekiston yoshlariga berilayotgan imkoniyatlar  to’laqonli  aks etgan. Hattoki, bu strategiyada   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   takomillshtirish”   mavzusi   ham o’rtaga tashlangan. Bundan ko'zlangan maqsad esa yoshlarni   jismonan sog‘lom, ruhan  va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonida   ularning   ijtimoiy   faolligini oshirishdir. Mustaqillik davridan boshlab yoshlarga katta imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda.   Bu   o'rinda   yoshlarni   ijtimoiy   himoya   qilish,   yosh   oilalar   uchun munosib   uy­joy   va   ijtimoiy­maishiy   sharoitlarni   yaratish   kabilarni   misollar tariqasida aytishimiz mumkin. Mustaqil O’zbekistonimizda davlat ta’minotidagi yetim bolalar, ota­ona qarovisiz   qolgan,   imkoniyati   cheklangan   bolalarga   katta   e'tibor   berilmoqda. Mamlakatimizda imkoniyati cheklanganlarga katta imkoniyatlar, grantlar va turli ma’naviy va moddiy yordamlar ko’rsatilmoqda. Ularning barchasi oddiy insonlar qatori   teng   huquq   va   erkinliklarga   ega.   Bu   O’zbekiston   Respublikasi Konstitutsiyasining   18­moddasida   mustahkamlangan   bo’lib,   ushbu   moddada shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’lishi shart”. [1] Shuningdek,   ularga   davlatimiz   tomonidan   har   tomonlama   ko’mak   va yordamlar   berilmoqda.   Masalan,   qonun   bilan   tasdiqlangan   to‘liq   davlat ta’minotidagi yetim bolalar, ota­ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1­guruh ko‘zi ojiz  nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratish maqsadida: oliy  ta’lim muassasalariga     qabul   qilishda   alohida   davlat   granti   ajratgan   holda   imtiyozlar belgilash,   hududlar   kesimida   ayrim   yo‘nalishlar   bo‘yicha   maqsadli   qabul kvotalarini   ochish   tasdiqlangan.   Ularning   o'qishida   (eshitishda)   qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida ko'zi ojizlar va eshitish qobilyati pastlar uchun maxsus kitoblar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqarilgan. Ularga ta’lim berishda alohida metodlar qo’llanilib, imkoniyati cheklangan bolalarga “uy ta’limi” joriy etilgan. Turli     bayramlarda   ularga   davlat   tomonidan   sovg’alar   beriladi.   Imkoniyati cheklanganlar uchun transportlarga chegirmalar belgilanib qo’yilgan.  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017­yil 1­dekabr kuni, Xalqaro nogironlar   kuni   (3­dekabr)   arafasida   «Nogironligi   bo‘lgan   shaxslarni   davlat tomonidan   qo‘llab­quvvatlash   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora­tadbirlari to‘g‘risida"gi   farmonini   imzolashi   ham   davlatimizning   barcha   imkoniyati cheklanlarga bergan katta etiborining isbotidir. O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq nogironlar   hayot   kechirmoqda.   Ko‘pchilik   nogironlar   kundalik   turmushda   turli qiyinchiliklarga duch kelib, bu ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy   hayotida   faol   ishtirok   etishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmoqda,   deyiladi “Nogironligi   bo‘lgan   shaxslarni   davlat   tomonidan   qo‘llab­quvvatlash   tizimini tubdan takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga berilgan rasmiy sharhda. [3].  Mamlakatimizda  nogironlarni  qo’llab  quvvatlovchi   tashkilotlarning  emin­ erkin   faoliyat   yuritishi   uchun   barcha   imkoniyatlar   yaratib   berilgan   va   ushbu tashkilotlarning   olib   borayotgan   faoliyatlari   ham   e’tibordan   chetda   qolmaydi. Jumladan, har yili nogironlarni himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi bir qator nodavlat   notijorat   tashkilotlarining   ahamiyatga   molik   loyihalari   O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining   boshqa   institutlarini   qo‘llab­quvvatlash   jamoat   fondi   tomonidan moliyalashtirilib   kelinmoqda.   Bu   ham   mamlakatizmizning   bunday   bolalarga ko'rsatayotgan   katta   e'tibordan   dalolat   beradi.[6].   Lekin,   shu   o’rinda   ba’zi kamchiliklar ham bor.                    Biz   xulosa   o’rnida   quyidagi   taklif   va   mulohazalarni   kiritmoqchimiz: Birinchidan,  bizning davlatimizda imkoniyati  cheklangan va nogironlar uchun aniq   murojaat   qila   oladigan   ishonch   telefonlari   mavjud   emas.   Rossiya Federatsiyasida   2016­yildan   boshlab   imkoniyati   cheklanganlar   va   imkoniyati cheklangan bolalar uchun ishonch telefonlari ishga tushib boshladi. Natijada ularga davlat tomonidan katta yordam berilib, ularning muammolari hal etildi. Bizning davlatimizda ham  shunday  ishonch telefoni  ishga  tushsa,  ularga  katta qulaylik yaratilgan   bo’lardi.   Hozirda   ko’pchilik   bunday   kishilar   nima   qilishni,   qayerga murojaat qilishni bilishmaydi. Shuning uchun yagona ishonch raqamalari bo’lsa, ularning murojatlari ko’rib chiqilishi oson bo’lardi. Bundan ular ham manfaatdor bo’lishardi. Ikkinchidan,  O’zbekistonda   nogironlar   jamiyatining   targ’ibotchilik faoliyatini kuchaytirish zarur. Chunki aynan shu jamiyat ularning haq­huquqlarini himoyalovchi, ularga ma’naviy va moddiy ko’maklashuvchi jamiyatdir.  Ularning targ’ibotini kuchaytirish deganda ularning xayriya ishlarini kuchaytirish, fuqarolar bilan   imkoniyati   cheklanganlarga   yordam   qo’lini   cho’zishga   oid   uchrashuvlar o’tkazish,   ular   bilan   turli   konsert   dasturlarini   o’tkazish   va   boshqalar   nazarda tutiladi. Bu ishlar kuchaygan taqdirdagina ular boshqa oddiy odamlar kabi, ular bilan bir qatorda ekanligini his qiladi.   Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari,   ta’lim   muassasalari,   yoshlar   va   boshqa tashkilotlarning   samarali   faoliyatini   tashkil   etish   kabi   maqsadlarni   oldinga tashlagan holda davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir yoshning orzu, umidi mujassamlashgan desak adashmaymiz.  Uchinchidan  esa,   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   takomillshtirish” bo’limida nogiron bolalarga ham alohida qarash belgilab berilishini istar edik. Bu bolalarga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishning yana bir omili bo’lar edi. Bu yoshlar o’rtasida   ularning   orasidan   talantli,   bilimlilarini   tanlab   olib,   ularning   iqtidorini yuksaltirgan holda chet ellarga o’qishga yuborish, ularni ham to’garaklarga jalb qilish   iqtidorini   oshirish   lozim.   Ular   ham   boshqalar   kabi   Vatan   uchun   xizmat qilishni xohlashadi, albatta. Vaholanki, kelajak yoshlar qo’lida. Ular hatto uydan chiqmay hunarmandlik bilan shug’ullanishi, yangi  saytlar yaratishi, she’rlar va asarlar yaratishi mumkin.    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga   ko'taramiz"­,   deya   aytganlar   o'zining   "Erkin   va   farovon   demokratik O'zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo   etamiz"   asarida.[4].   Shunday   ekan Vatanimizga munosib farzand bo'laylik. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2014­yil. 2. Sh.M.Mirziyoyev   "Erkin   va   farovon   demokratik   O'zbekiston   davlatini birgalikda barpo etamiz"­Toshkent: ”O’zbekiston” MNIU. 2016­yil. 14­bet. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan   qo‘llab­quvvatlash   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora­tadbirlari to‘g‘risida”gi   farmoni.   Qonun     hujjatlari   ma’lumotlari   milliy   bazasi,PF­5270. 04.12.2017 yil.  4.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   “O’zbekiston   Respublikasini   yanada rivojlantirish   bo’yicha 2017­2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasi” farmoni.  PF­4849. 7.02.2017 yil. 5. Sh.M.Mirziyoyev "Tanqidiy tahlil qatiy tartib­intizom va shaxsiy javobgarlik har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo'lishi   kerak"­Toshkent: ”Ozbekiston” MNIU. 2017­yil. 47­bet 6. O’zbekiston milliy axborot agentligi sayti: uza.uz.

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.

HARAKATLAR   STRATEGIYASI: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO'LLAB QUVVATLASH.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
28.09.2019