9-Nazorat savollari
1. Shartli belgi deganda nimani tushunasiz ?
2. Ishlatiladigan shartli belgilarni sanang ?
3. Topografik kartalar asosan qanday tasvirlanishi mumkin
Kartografik shartli belgilar. Ko'rinishlani tasvirlashning umumiy ta'rifi. Shartli belgi deganda. Topografik kartalarda va yer tuzish rejalarida bar xil narsalarning tasvirini soddalashtirib tasvirlash tushuniladi. Maktab (kursidan) geografiya fanidan malumki yer sathini qog'ozda tasvirlashda daryolar, kanallar, aholi yashash joylari. uylar. daraxtlami kichraytirish masshtabida ularning rasmini eslatuvchi ya'ni shakli tasvirlanadi (33 - rasm). Topografik kartalarda tasvirlar asosan masshtabda va masshtabsiz tasvirlanishi mumkin. 33-b, rasmda katta maydandagi bog'lar, haydalgan yerlar, o'rmonlar, butazorlar masshtabda bajariladi. 33-v, rasmda ko'rsatilgandek kichikroq maydonga (hajmga) ega sanoat inshoatlari (zavod, fabrika. elektr stansiyalar) qurilma boylik manbalari masshtabsiz tasvirlanadi. Har qanday holatda ham har bir tasvirga sonli yoki so'zlar bilan tushuntirish xatlari yoziladi. Undagi aylanachalar taxminan bajariladi. Daraxtlarning nomi «Chinor», «Dub» va ularning balandligi, diametri hamda o'rmon zichligi metr (m) hisobida. Anhor va daryolarning oqimi yo'nalishi strelka bilan oqish tezligi metr sekund (m/s 0,5) da, yoki botqoqliklrga vertikal strelka bilan uning chuqurligi (0,8), zavod fabrikalar shartli belgisi yoniga («bum» - bumajniy) qog'oz, («mash» - mashinniy) mashina va hokazo yozuvlar yozilishi mumkin. Ayrim hollarda ayniqsa aholi yashash joylari shahar, qo'rg'oncha, qishloqlar tuman markazlari aholisining ko'p kamligiga qarab katta yoki kichik shriftlarda ulaming nomlari yoziladi, «Samarqand» yoki «Juma». Tafsilotlarning joylashishiga qarab ham ma'no kelib chiqadi. Masalan, rejada aylanachalar ixtiyoriy joylashgan bolsa, o'rmon daraxtlarini anglatadi. Yuqorida aytib o'tilgan shartli belgilarning o'zaro joylashishi, ularning soni, har xil shtrixlar, ranglar barcha barchasi Topografik chizmaning mazmun mohiyatini ochib beradi. Bulardan tashqari yana bir qancha shartli belgilar borki. ular bajarilishiga qarab murakkablashib boraveradi. Masalan, avtomobil. yo'Ilari (shosse) dagi yuqoriga ko'tarilish, pastga tushish qiyaliklari 10% dan oshsa. qo'shimcha belgilar ishlatiladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.