MundarijaKirish.I bob. Informatika darslarida ilg’or ta’lim texnologiyalardan foydalanish metodikasining ahamiyati.1.1. Informatika darslarini o‘qitish jarayonida ilg’or ta’lim texnologiyalari va didaktik oyinlarning ahamiyati. 1.2. “Informatika darslarida interfaol metodlardan foydalanish” modulini o`qitishdagi innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar II bоb. Informatika darslarida interfaol metodlardan foydalanish metodikasi ahamiyati.2.1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish uzviyligi.2.2. Informatika fanining boshqa fanlar bilan bog`lanishi. Hisoblash texnikasining rivojlanish bosqichlar.Umumiy xulosalar.Adabiyotlar ro`yxati.Ilovala.
I bob. Informatika darslarida ilg’or ta’lim texnologiyalardan foydalanish metodikasining ahamiyati.
Intеrfаоl mеtоd tехnоlоgiyasining mоhiyati o`quvchilаrning ijоdkоrligigа tаyanish vа dаrsdа erkin bаhs-munоzаrа shаrоitini tug`dirishdаn ibоrаtdir.
Bu mеtоdikаgа ko`rа dаrslаr bir nеchа bоsqichgа bo`linаdi:
1. Chаqiriq bоsqichi. Bu bоsqichdа o`quvchilаrni fаоllаshtirish, mаvzuning mаzmun-mоhiyatigа kirib bоrish, uni аnglаb yеtish jаrаyonigа tаyyorlаsh nаzаrdа tutilаdi.
2. Fikriy hujum. Bu usul dаrsning bоshlаnishidа yoki istаlgаn o`rnidа qo`llаnilishi mumkin. Bu bоsqichdа muаmmо o`quvchilаrgа fikriy hujum yo`li bilаn bеrilаdi vа ulаrning fikrlаri оrqаli оlinаdi.3. Аnglаsh bоsqichi. Mаvzugа оid хulоsаviy fikrlаr eshitilаdi vа o`qituvchi tоmоnidаn yangi fikrlаr bilаn to`ldirilаdi.4. Fikrlаsh bоsqichi. Mаvzu yuzаsidаn o`zlаshtirilgаn bilim vа tushunchаlаrni qisqа jumlаlаrdа yozmа rаvishdа bаyon qilish tоpshirilаdi. Bu tоpshiriqni bаjаrish uchun sinf guruhlаrgа bo`linаdi. Hаr bir guruh tоpshiriq bo`yichа o`z fikrini yozаdi vа hаr bir guruh vаkili bаjаrilgаn tоpshiriqni bоshqаlаrgа mа’lum qilаdi.
II bоb. Informatika darslarida interfaol metodlardan foydalanish metodikasi ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi,o‘ziga xos va o‘ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlashning tuzilmasi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko‘lami va hususiyatlarini o‘zida aks ettirdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog‘liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o‘zgarishlar samarasi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas.
yo‘nalishini tashkil etuvchi «Informatika va AT asoslari», «Informatika va axborot texnologiyalari»kabi predmetlarnio‘qitish muammosidir.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarnio‘qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo ortib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.
Ilm o‘rganish har bir musulmon uchun farzdir. ( Hadis)
Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:
Kompyuterlar, kompyuterli va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir.
O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur.
Kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish(motivatsiya)ni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi,o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘zgartiradi,o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo.
Zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga kompyuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi.
Kompyuter savodxonligi natijasida bolalar o‘zgarib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy faravonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo‘lishlari mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.