Inson rivojlanishining asosiy maqsadi odamlarning farovonligini ta‘minlash, sog‘lom va bunyodkorlik hayotidan yetarlicha bahra olish imkoniyatini beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik muhitni yaratishdan iborat.
Statistik ma‘lumotlar kambag‘allik muayyan darajada ta‘lim darajasiga ham bog‘liq ekanini tasdiqlaydi. Bu bir tomondan, kam rivojlangan mamlakatlarning o‘z ta‘lim sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashi uchun moliyaviy resurslarining cheklanganligi bilan izohlanadi. Ikkinchi tomondan, mamlakatning yuqori darajali ish unumdorligini va pirovardida iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasini ta‘minlash imkoniyati ham aynan ta‘lim darajasiga bog‘liqdir.Aholisi ancha savodli mamlakat ishlab chiqarishni rivojlantirish, ish o‘rinlarini tashkil etish borasida nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ta‘lim aholining salomatlik darajasi va uning kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi, ya‘ni inson rivojlanishining yana bir muhim ko‘rsatkichi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘qimishli aholi o‘z sog‘lig‘ini asrab-avaylaydi, profilaktika choralarini yaxshi qo‘llaydi, asosan sog‘lom turmush tarziga rioya qilib hayot kechiradi, kasallikni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘ziga birinchi yordam ko‘rsatadi, malakali tibbiy yordamga murojaat qila oladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.