Mavzu: “Istiqlol g`unchalari”
Alifbe bayram senariysi.
Moxichehra Yo`ldosheva
5-sinf o`quvchisi.
Osmon uzra kamalak
Eshiting qiziq ertak
Bor ekan bir majmua
Zarafshon tumanida
Rahbari Nasiba opa –
Bag’ri keng, ko’ngli toza
Qo’l ostida ishlarkan
Ustozlar, murabbiylar
Tinmay mehnat qilarkan
Majmuada barchalar.
Shu majmua qoshida –
Hurriyat opa bag’rida
O’qir quvnoq o’g’il-qiz
Misoli ko’kda yulduz.
A’lo o’qish, yozishga
Sarf etarlar bor kuchin.
Ustozlari mehnatin
Oqlash ularning burchi.
Bugun bayram, tantana
“Savodxonlik” kechasi
Olgan bilim, o’gitin
Ko’rsatarlar barchasi.
To’g’ri o;qish, yozishni,
Ham qo’shish, ayirishni,
Sher aytish va kuylashni,
Intizomli bo’lishni
O’rgandilar uch oyda
Har bir qiz-o’g’il bola.
Ushbu kun ularning barchasi
Mo’jiza yaratarlar,
Barchani o’zlariga
Lol qilib qaratarlar.
Musiqa ostida o`quvchilar kirib kelishadi.
O`qituvchi:
Assalom xalqimizning eng ulug’ siymolari
Assalom yurtimizning ustoz mehribonlari,
Assalom sinfimizning dono og’il qizlari,
Assalom bayramimiz siz aziz mehmonlari.
Xush kelibsiz ilmu fanning soxibu davronlari,
Xush kelibsiz davramizning eng aziz mehmonlari,
Xush kelibsiz muallimlar xamda munis onalar,
Xush kelibsiz kechamizga barcha aziz mehmonlar.
Ruxsat bering boshlamoqqa savodxonlik bayramini,
O’yin, kulgi, qo’shiq bilan xursand etaylik sizni.
Turfa olam gullarisiz, istiqlol g`unchalari
Alifbodan boshlab ilm ochib bering olam sirin.
Savodxonlik bayramingiz muborak bo`lsin
Barchangizni dilingiz quvonchga to`lsin
Olloh sizga doimo madadkor bo`lsin
Yo`llaringiz hamisha nurlarga to`lsin.
Sinfimiz faxridir yigirma yetti bolasi
o`n besh lola bilan gullab turar xonasi
O`n ikkitadir mard o`g`loni Vatanimiz posboni yulduzlarni etib lol barchangiz hayron qilar.
Muhammad Yulduz bilan Muxlisaga boqingiz,
Matematiklar deya havas bilan boqingiz.
Madina Marjonalar Surayyo Diyoralar
Shahzodu Shahzodalar Shohida Shahnozalar
Ona tilin e`zozlar onamizdek e`zozlar.
Eldor Azizbek Bekzod Laylo Shahrizodalar
Bellashadi o`qishda Qolib ketmang siz chetda
Lazizjon Behruzjonlar Farangiz Azimjonlar
Anvaru Samandarlar Tabiat oshnosidir gullarning shaydosidir.
Abdumalik Muzrobni Sohiba Diyorani
Rassomlar deb tan oling
Ishiga qoyil qoling.
Boshlovchilar:
Muxlisa Assalom iymoni omon insonlar
Assalom bu kunni intiq kutganlar
Mehribon onajonlar jon buvilarim
Bayramga tashrif buyurgan aziz do`stlarim
Muhammad: Assalom mehmonlar mehri ziyolar
Yuragi quyoshu qalbi daryolar
Sizga ham tengdoshlar dildan ehtirom
Qo`llar ko`ksimizda deymiz assalom.
Muxlisa. Ustozlarning o`gitin dilimizga joyladik
Dilda hayajon bilan bayramimiz boshlaylik
Alifbeni ko`p o`qib she`r qo`shiqlar yod olib
Savodxonlik bayramin o`tkazamiz shodlanib.
Behruz. Alifbeni tugatdim endi o`qiy olaman
So`zlarni qo`shib birga jumla to`qiy olaman
S. Marjona Harflarni tanidim yetib oldim siriga
So`zlar tuzsa bo`larkan birin qo`shib biriga
Eldor Qancha unli undosh bor hammasini bilaman
Toblab bilim zehnimni sizni xursand qilaman
Shahzoda A`lo o`qish vazifam tolmayman o`rganishdan
Olimlar ham ilmni boshlagan harf tanishdan
Hammasi: Rahmat aziz muallim mehringiz dilimizda
Yoshlikda olgan bilim nur sochar yo`limizda.
Muhammad. O`stirdingiz onajon oq yuvib oppoq tarab
Sho`x bulbulday sayrayman zavq bilan yayrab yayrab
I.Marjona Ichga sig`mas quvonchim maktabim bag`rin ochdi
Alifbejon kitobim oftob kabi nur sochdi.
Abdumalik Alifboni yod oldim harflar tilsimi go`yo
Ona, lola,vatan non mazmuni tengsiz dunyo
Surayyo Murg`ak qalbim angladi bitmas ustoz sehrini
Yuragimga joyladim vatan ona mehrini.
1-raqs “O`zbekistonim”
O`qituvchi. Endi esa sahnaga Navoiy va Bobur bobolarimizni taklif etamiz.
Navoiy. Abdumalik.
Samarqandni kezgan edim, orzu etib beshta asar
Qad rostlabdi bugun mana, beshta emas besh yuz asar.
Bobur. Behruz.
Yaralamang shahrimni ey, Vatan qadrin bilmaganlar
Anda-jonim qolgan manim, Andijonim bilmaganlar.
O`qituvchi. Mana Navoiy va Bobur bobolarimiz ham sizdek ilmni alifbodan boshlaganlar. Qani siz ham alifboning sirlarini ochingchi.
A- Alifbedan Ani oldik atirgul so`ziga soldik
Assalom deb shu gullarni Onajonlar sizga oldik
L- Loladek porlab yuzingiz mehri daryo har so`zingiz
Ta`zim aylab bu gullarni Ustozlar sizlarga oldik
I- Ilm-hunar egasisiz oilaning tayanchisiz
Bog`imizning bog`bonlari otajonlar bor bo`lingiz
F- Fan bog`imiz g`unchasisiz aka-opa ukamizsiz
Mehmon bo`lib kelibsiz siz xush keldingiz deymizda biz
B- Bilimimiz sinab ko`ring so`zlarimiz tinglab ko`ring
Raqsimizga qoyil qolib zukko ekan barchasi deng
E- Elga ta`zim aylaymiz biz Dunyomizning tiragidir
Yerga ta`zim aylaymiz biz Ona-Vatan yuragidir.
Ona bola sahnasi.
O`qituvchi oyisi. Qizalog`im senga men atlas olib beraymi?
Madina qizi. –Yo`q, yo`q
Oyisi. – Chamandagi alvonrang gullar terib beraymi?
Qizi. – Yo`q, yo`q
Oyisi. – Nega ko`ngling to`lmas hech, mana qara qo`g`irchoq
Qizi - yo`q, yo`q kerakmas, buni ko`nglim istamas
Oyisi – Nima bo`ldi ayt qizim, olaqolgin o`yinchoq,
Mazza qilib o`ynaysan, qaragin ko`zi munchoq.
Qizi. - Muncha so`rayverasiz, kerakmas dedimku he
Meni sevsangiz oyi olib bering Alifbe.
Oyisi – Maktabga ilk qo`yganda qadam, kim baxsh etar nuru-ziyoni
Sizga hamroh va yaqin hamdam, Kim sizga keng ochgan dunyoni?
Hamma. Alifbe kitobi.
Muxlisa. Rahmat sizga muallim berdingiz bizga ta`lim
Bu bayram sababkori bilimlar poydevori
Ma`noli shirin so`zi oftobday nurli yuzi
Bilmaysizmi bolalar qani alifbe o`zi?
Bolalar. Do`stlaring senga mushtoq alifbejon kel tezroq. Alifbe Alifbe…...
Alifbe kitobi Moxichehra
Salom aziz bolalar, chiroyli gul lolalar,
Chiqib endi savodi, o’qish bo’lib murodi,
Maktabga mehir qo’ygan, ustozin jondan suygan,
Bilimlarga intilgan, bayramni boshlang shu on.
Har biri jimjimador qani safga tursinlar
O`z sirin aylab bayon Harflar tilga kirsinlar.
Harflar she`rlarini aytadilar.
Muxlisa “A” - A harfiman azaldan, alifbening avvali
Aytsam: Kuch-adolatda, aqli a`lo afzali.
Muhammad “B” – Baquvvat, bardam, botir, B harfi bo`laman
Bilimdonlarga balli, bundan kuchga to`laman.
S.Marjona. “D” – Dovrug`im dostonlarda, D harfiman dastyorman
Donolar durdonasi, dilga dardkash do`st-yorman.
Eldor “E” Ertakchi E harfiman, erkatoyim eshitgin
Ertaklar tinglab zehning, erta charxlab pishitgin.
Yulduz “F” Fazilatim fahmlab, foydamni bilganlar ko`p
F harfiman fidoiy, filday bardoshliman xo`p.
Shahzoda “G” G harfi gul giyohman, go`zal gullar timsoli
Gullaganda gulbog`lar, go`yo godak misoli.
Azizbek “H” H harfiman hamisha, har qadamda hamrohman
Hikmat, hadis,hikoya, hushyor hamda ogohman.
I.Marjona “I” Ilmga intil izlan, ishlashga topgin imkon
I harfiman istagim, ibratli bo`lgin inson.
Bekzod “J” J harfiman jarangli, jozibador va jo`shqin
Jonimga joylaganman, jonajon Vatan mehrin.
Laylo “K” Kamina kamtar K man, kamsuhan bo`l ko`p dema
Kelajaging-kamoling, kurash,intil,pand yema.
Madina “L” L harfiman labbaylab, labimda lazzatli bol
Laylo,Lobar,Lolaman, lafzim bor luqmam halol.
Shaxrizoda “M” M harfiman mag`rurman, maqtovim tushgan tilga
Mard maydonda sinalar, mehnatim manzur elga.
N.Diyora “N” Nonim,nasibam ulug`, N harfiman nonim but
Noshukr,nodon bo`lma, niholsan,o`zingni tut.
Farangiz “O” O-man olam meniki, “oltin olma-duo ol”
Ota-ona: oftob-oy, odob,olqish olib qol.
Shohida “P” P harfiman pahlavon, palov oshga pazanda
Puxta,pishiq o`zimga, pishib chiqdim qozonda.
Azimjon “Q” Qoyil qilaman qarang, Q harfi quvvatliman
Qo`shilsa-chi qo`lga-qo`l, qanchalar qudratliman.
Behruz “R” R harfidan rahmdil, rostgo`yman rizqim halol
Ranjitma ota-onang, rozi qilib rahmat ol.
Sohiba “S” S harfiman sifatim, savlatim xos sakkizga
Sadoqatli sirdoshman, samimiy do`stman sizga
Samandar “T” Turmushda T harfiga, topilar turfa ta`rif
Tashakkur to`g`ri topding, tashvish tortmagin Zarif
Shahnoza “U” Ulug`larga ustozman, unvonimni unutmang
U harfi uzun unli, umuman nafas yutmang.
Abdumalik “V” V harfiman vazifam, va`daga vafodorlik
Vijdoniman vatanning, vujudimda bedorlik.
Laziz “X” Xavf-xatardan xabardor, X man xolis xokisor
Xotira xo`p xazina, xasislarga dunyo tor.
Surayyo “Y” Y harfin yo`qlasangiz, yo`q yerdan yondiraman
Yo`l-yo`riq,yo`l ko`rsatish, yo`lini do`ndiraman.
M.Diyora “Z” Z harfiman ziynatim, zehnliman,ziyrakman
Ziyo sochar zarramda, zo`rman,zarur,kerakman
Shahzod “O`” O` harfiman o`rtoqjon, o`qigan ishda o`zar
O`qib o`rgan,erinma, o`qimagan el buzar.
Anvar “G`” G` harfiman g`amxo`rman, g`olib g`ozman g`ayratli
G`alaba hamroh menga, g`oliblik g`oyat totli.
Muzrob “SH” Shavkatli sh harfiman, shayman sharaf-shonlarga
Shunqor sho`x sharofatli, shukr bolajonlarga.
Yulduz “CH” CH harfiman chidamli, chaqqon,chaqnoq,chaqinman
Chegaradan chiqmayman, chug`urchuqqa yaqinman
Behruz “Ng” Men birikma harf Ng, ohang bongim rang-barang
Zang urganda baka-bang, so`l-u o`ngga bir qarang
Muxlisa “` ” Kimning kelsa bilgisi, menman tutuq belgisi
Vazifamda sergakman, o`z o`rnimda kerakman
Ayrim bir so`zlarda goh, qilmoqni etgum ogoh
Unli tovushning ozroq, talaffuzda cho`ziqroq
Jumladan: a`lo, Ra`no, Da`vo,Ma`suma, ma`no
Esda tuting belgimni, bilib qo`llang o`rnimni.
2-Raqs. “Andijon polka”
O`qituvchi.
Elni sevib, elim deb yashang Chetga chiqib,ellarni ko’ring
Yurtni sevib tuprog’in asrang. Har biringiz mustaqil bo’ling,
Yurtga doim sog’ omon bo’ling Ilm-fanni chuqur o’rganib.
Kerak bo’lsa jon fido qiling. Vatan uchun siz tirgak bo’ling.
S.Marjona : Do`st qadrdon alifbo seni o`qib yayradik
Sendagi harflarni dilimizga joyladik
Muhammad :Sensan mening birinchi buyuk ona kitobim
G`urur bo`lgan qalbimda jonajonim oftobim.
Alifbe:
Bolajonlar men sizga,
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Quyoshu oftobdurman.
Ko’rdim bugun, donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish, yozishni bilgan
Aqli raso bolasiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasixatimni tinglang.
Fursat yetdi siz bilan
Xayrlashib ketaman
Do`stim o`qish kitobni
Endi taklif etaman.
O`qituvchi. Ey kitobim oftobim seni toza saqlaymiz
A`lo o`qib hamisha va`damizni oqlaymiz.
Endi esa aziz bolajonlar o`qish va ona tili kitoblarini taklif etamiz.
Bolalar. Kelaqolgin o`qishjon yo`lingda biz intizor.
O`qish kitobi. Dilnoza Umarova.
Men o’qish kitobiman
Ko’p uqish kitobiman,
Sizlarga do’st bo’laman
Ongingiz o’stiraman.
Meni varaqlab ko’ring
Mag’zimni chaqib ko’ring
Sahifamda ne bo’lsa,
Berilib o’qib ko’ring.
Bilaman sizlar meni
Varaqlab o’rganasiz,
Yahshi g’ayrat qilsangiz
O’qib olim bo’lasiz.
Aziz bolajonlar endi men sizlarni o`rgangan bilimlaringizni sinab ko`raman rozimisiz?
Bolalar. Ha rozimiz
O`qish kitobi.Unday bo`lsa men she`riy topishmoq aytaman siz esa topasiz. Bunda 5ta o`quvchini yonimga taklif etaman ular bittadan konvert olishadi men konvertdagi topishmoqlarni o`qiyman ushbu topishmoqlarda buyuk allomalarning siymolari aks ettirilgan. Tayyor bo`lsangiz boshlaymiz.
1-konvert. U kim erur umri davomida yurt tuzdi
Elim deb, yurtim deb jonini fido qildi
Topqir bo`lsang qiynalmay javob bergin
Bobomizni davraga taklif etgin
N.Diyora Bobomiz Amir Temur buyuk va qudratli davlat tuzdi.
O`qish kitob Barakalla juda to`g`ri topding. A.Temurni davraga taklif etamiz.
2-konvert. U kim erur Hirotda dunyoga keldi, she`r yozdi davlat
arbobi bo`ldi
Yozgan she`rlari dillarga navodek yoqimli bo`ldi
Topqir bo`lsang qiynalmay javob bergin bobomizni
davraga taklif etgin.
Shahzod. Bobomiz A.Navoiy davlat arbobi bo`lgan.
3-konvert U kim erur Afshonada tug`ilgan Kitobga mehr qo`yib tib sirlarin o`rgangan
Topqir bo`lsang qiynalmay javob bergin bobomizni davraga taklif etgin
Azizbek. Bobomiz ibn Sino tabobat sirlarini o`rganganlar
4-konvert U kim erur koinotga Narvon qo`yib
Ming yulduzga ot qo`yib rasadxona qurdirdi
Topqir bo`lsang qiynalmay javob bergin bobomizni
davraga taklif etgin
Bekzod. Bobomiz Mirzo Ulug`bek koinot sirlarini o`rganganlar
5-konvert U kim erur ko`p sargardon yurt kezdi O`z yurtiga
sig`may Afg`on Hind kezdi
Topqir bo`lsang bizga shundan xabar ber bobomizni
davraga taklif et.
Shohida. Bobomiz Mirzo Bobur vataniga sig`may yurt kezdilar
O`qish kitobi Barakalla bolajonlar siz hammasini to`g`ri topdingiz. Endi Dono bobolarimizning hikmatli so`zlari va o`gitlaridan ham aytib berolasizmi?
Azimjon. Kuch adolatda. Boshga qilich kelsada rost so`zla
Shohida. Oz-oz o`rganib dono bo`lur, qatra-qatra yig`ilib daryo
bo`lur. Tilga ixtiyorsiz elga e`tiborsiz
Madina Oz yeyish va oz gapirishni odat qil. Besh qoidaga amal qilgan inson doimo sog`lom bo`lur.
S.Marjona. Kimki o`z ajdodlari tarixini bilmasa u otasiz tug`ilgan bolaga o`xshaydi.
Muhammad. Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli,don ova albatta baxtli bo`lishlari shart.
Shahzod. Hamisha to`g`ri gapiringlar
Shahnoza. Birovlarning tinchini buzmanglar
Samandar. Yomonlar bilan yurmanglar
Shaxrizoda. Urushmanglar, ahil bo`linglar
Azimjon. Kecha-kunduz ilm egallang
M.Diyora. Ota-onangizni tiriklik chog`ida qadriga yetinglar.
3-Raqs. “Duet Aka-singil”
Endi bolajonlar biz ona tili kitobidan olgan bilimlaringizni sinab ko`ramiz.
Bekzod. Vergul. Bizlar tinish belgisi nuqta vergul qo`shtirnoq
Kuchli hayajon hissi nuqta undov inoqmiz
Laylo. Ikki nuqta. Ikki nuqta ko`p nuqta nuqta vergul qo`shtirnoq
Chalkashtirar nutqda bizlarni adashtirmoq.
Diyora N. so`roq Har birimiz o`rnida qo`llaganda azizmiz
So`roq belgi juda mos bir nima so`ralganda
Madina. Nuqta Nuqta qo`yishlik ma`qul fikr tugab yetganda
Laziz undov his-tuyg`uga undov xos nuqtaga qaraganda
Shaxzod qo`shtirnoq Qo`shtirnoqqa olinar ko`chirma gap odatda.
O`qish. Rahmat bolajonlar meni juda xursand ettingiz.
O`qituvchi. Kimning qo`lidan tushmasa kitob
ilm osmonida bo`ladi oftob.
Dunyoda eng aziz inson kim?
Hamma. Ota-ona.
Azizbek.
Ota-ona ikki so`z, biri qoshu biri ko`z
Bir-biridan qimmatli mehri daryo himmatli
Ular o`zin o`ylamas, farzandi sog` bo`lsa bas
Yulduz.
Farzand deb umrin yashar, farzand deb devon oshar
Goh yiqilib tursa ham, gohi yig`lab kulsa ham
Hammasiga chidarlar, bular qo`sha chinorlar.
O`qituvchi. Vatan deganda nimani tushunasiz?
Vatan haqida she`rlardan aytiladi. 3 ta she`r
Abdumalik, Azizbek, I.Marjona.
4-Raqs:( Onalar haqida)
O`qituvchi. Aziz bolalar nima uchundir matematika kitobi kechikiyapdi. Qani birgalashib chaqiraylikchi
Hamma. Hisoblashni o`rgatgan to`g`ri yo`lni ko`rsatgan
Ziyo sochib dilimga matematikam kela qol.
Matematika kitobi. Elda bor shunday naql hisob aql qayrog`i
Tinglab sonlar tavsifin bo`lingiz chin o`rtog`i.
Raqamlar tilga kirsin. 1dan 10gacha bo`lgan raqamlarga she`rlar aytiladi.
Slayd. Gimnastika namoyishi.
Matematika kitobi: she`riy topishmoqlar aytib bolalar topqirligini sinaydi.
Yangi yilga atab sahna ko`rinishi.
1-sahna. Shahzoda va Muhammad (do`konda)
2-sahna. Azizbek va Behruz (tadbirkor)
3-sahna. Farangiz,Madina,Shahnoza,Marjona (biznesmen)
Bolajonlar yaqinda qanday bayram keladi
Yangi yil Bizning bayramimizga kim yetishmayapdi?
Hamma. Qorbobo. Qani unda qorboboni chaqiraylik.
Bolalar: Qorbobo, qorbobo …….
Qorbobo. Chiqib keladi salomlashadi. Hammani kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklaydi. Bolajonlar qishda nima yog`adi?
Bolalar: Qor.
Qorbobo: Qor qanday yog`adi?
5-raqs. (Qor parchalari)
O`quvchilar bilan topishmoq topish,maqol, tez aytish va archa haqidagi she`rlardan so`raydi. Ota-onalar bilan o`yin o`tqazadi. 1-o`yin otalar va onalar kim tez va kim chiroyli archa bezaydi.
2-o`yin Kim tez pufakni shirib uni yorib ichidagi savollarga javob beradi.
Qorbobo bolalarga o`z sovg`alarini topshiradi.
O`qituvchi. Poyoniga yetdi mana bugun bayram tantanasi
Arimasin uyingizdan bolajonlar qah-qahasi.
Ozodbek qo`shig`i bilan yakunlanadi. Kelganingiz uchun rahmat xayr sog` bo`linglar!
Ketma-ketlik.
1. 5-sinf o`quvchisi Moxichehra boshlaydi.
2. Kamolot qo`shig`i bilan bolalar kirib keladi.
3. O`qituvchi so`zi tanishtiruv
4. boshlovchilar she`ri.
5. she`r Alifbe haqida
6. 1-raqs “O`zbekistonim”
7. Navoiy va Bobur kelishi
8. Alifbe sirini ochish
9. Ona-bola sahnasi
10. Alifbe kitobi keladi
11. Alfavit she`rlari
12. 2-raqs “Andijon polka”
13. Alifbe xayrlashadi
14. O`qish kitobi kelishi
15. 5-ta konvert savol-javob
16. hikmatli so`zlar aytiladi
17. 3-raqs “Aka-singil duet”
18. Tinish belgilari chiqadi
19. O`qish kitob xayrlashadi
20. Ota-ona, Vatan haqidagi she`rlar
21. 4-raqs “Onajonim”
22. Matematika kitobi keladi
23. raqamlar she`ri
24. slayd “gimnastika”
25. Matematika kitobi she`riy topishmoq o`tkazadi
26. Yangi 2011- yilga atab sahna ko`rinishi
27. Qorbobo keladi
28. 5-raqs “Qor parchalari”
29. tez aytish, topishmoq, maqol, qish haqidagi she`rlar
30. ota-onalar bilan o`yin
31. yakuniy qism.O.Nazarbekov” O`zbekiston” qo`shig`i bilan yakunlash.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.