Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Оценка 4.9
Документация
docx
воспитательная работа
Взрослым
25.11.2018
В данной статье рассказывается как должен преподаватель вести себя Если он молодой и только начал работать высшем учебном заведении. Какие методы он должен использоваться при преподавании. Как он должен общаться со студентами и каким способом держать дистанция. Данная информация полезна всем новым преподавателем
kurs ishi slaydga.docx
Muammoning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 2017yil 20noyabr kuni jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligiga
bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Prezidentning Davlat
maslahatchilari, ichki ishlar vaziri, O’zbekiston yoshlar ittifoqi va Xotinqizlar
qo’mitasi rahbarlari ishtirok etdi. 20172021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Davlat tuzilmalarining fuqarolik
jamiyati institutlari, OAV bilan hamkorligini mustahkamlash borasida aniq
vazifalar belgilangan. O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to’g’risida”gi, “Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish to’grisida”gi qonunlari, Prezidentimizning
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish choratadbirlari to’risida”gi qarori qabul qilindi, Davlat
tashkilotlari va keng jamoatchilik oldida turgan muhim vazifalar aniq va ravshan
belgilab olindi. Ta’kidlanganidek o’tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida
salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar organlari tizimi tubdan
takomillashtirildi. Profilaktika inspektorlarining bilimi va kasb tayyorgarligini
oshirish, ular uchun munosib ish sharoitini yaratish, o’z vazifalarini bajarish
natijadorligi uchun moddiy rag’batlantirishning tasirchan mehanizmlarini joriy
etish bevosita o’zlariga biriktirilgan hududda hizmat turar joyi bilan ta’minlash
choralari ko’rildi.
Natijada joriy yilning 10 oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat
sodir etish holatlari 9.698 taga yoki 14% ga, jinoyat qidiruv yo’nalishida esa 4.562
taga yoki 11%ga kamayishiga erishildi.
1 Ayni paytda mahallalarda jinoyatning oldini olish bo’yicha olib borilayotgan
profilaktik tadbirlar tufayli 1 ming 243 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir
etilmadi.
Sh.Mirziyoyev “Xavfsiz hudud”, ”Xavfsiz shahar” Konsepsiyalariga alohida
e’tibor berdi.
O’tgan davrda 7.730 ta mahallada jinoyat sodir etilgan. Eng achinarlisi,
akademik litsey va kasbhunar kolledjlari o’quvchilari tomonidan 875 ta, maktab
o’quvchilari 310 ta og’ir va o’ta o’g’ir jinoyatlar sodir etilgan. Yig’ilishda bunday
salbiy holatlar davlat va jamoat tashkilotlari o’rtasida hamkorlik to’g’ri yo’lga
qo’yilmagani oqibatida yuzaga kelayotgani qayd etildi.
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» kabi me’yoriy
hujjatlarda ta’kidlanganidek, «aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy
tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri» hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi:
Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar kelib chiqishining
ijtimoiy sabablarini aniqlash;
Ularni bartaraf etishning yo’llarini ishlab chiqish;
Jinoyatlarning oldini olish samaradorligini oshirish.
Kutilgan samarani maksimal darajaga yetqazish;
Kurs ishining vazifalari:
2 Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlar kelib chiqishining ijtimoiy
sabablari va ularni bartaraf etish pedagogik muammo ekanligini aniqlash;
Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda pedagogik
psixologik ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish uchun ularda
Vatanparvarlik ruhini yanada shakllantirish maqsadida harbiy tizimni joriy
qilish.
Kurs ishining obyekti: Toshkent shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablari,
kasbhumar kolledjlari, Oily o’quv yurtlari o’quvchilari o’rtasida huquqbuzarliklar
va jinoyatlar kelib chiqishining ijtimoiy sabablarini o’rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir
etilishining ijtimoiy sabablarini o’rganishning mazmuni, shakli.
Psixologiya fanlari doktori Ergash G’oziyev “Psixologiya” (yosh davlari
psixologiyasi) o’quv qo’llanmasida o’smirlar va ularning psixikasi haqida batafsil
ma’lumotlarni bergan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini
tula hisobga olgan holda ta’limnitarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo
munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq
psixologik iqlimni yaratadi.
O’smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtasi nazarning shakllanmaganligi,
hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashki ta’sirlarga
beriluvchan o’smir o’g’ilqizlarga alohida e’tibor berish zarur.
O’smirlar muammosiga e’tiborni kuchaygirish zarurligining asosiy sabablari: 1)
fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy
3 iqtisodiy shartsharoitlarning o’zgarayotgani 2) ommaviy axborot ko’lamining
kengayishi tufayli o’smirlar ongliligi darajasining ko’tarilgani; 3) o’g’il va
qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan yetarli
darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; 5)
o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviysiyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga
alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya
muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o’quvchilar uchun
mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi boshqarish, anglash, baholash
va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.
Xo’sh, o’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O’smirning
psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan
yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama
qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Mana shu dialektik qarama
qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan
barqarorlashgan, stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari
o’rtasida sodir bo’ladi
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy
jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni,
psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni 10
11 dan 1415 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda
insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan
o’z mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu
intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo’lishga, atrof
muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik extiyojlari va
mayllari shaxsning faolligini belgilar emish.
Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy yetilishga
alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan inktfozga
yetaklovchi, hayajonga soluvchi subyektiv ichki kechinmalari o’g’il va qizlarni
tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik, qo’pollik,
4 qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy
yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xattiharakatida
hukmron bo’lib, uning xulqatvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda.
O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga
bog’liq emasligi hammaga ayondir
Amerikalik psixolog R. Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani
qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiyaxloqiy kategoriyadir, degan g’oyani
olg’a suradi. Ammo noto’g’ri nuqtai nazardan o’smirlikni biologik va psixologik
kategoriyadan tashqari, deb hisoblaydi. R.Kulenning fikricha, o’smirlik davrida
uchta asosiy ijtimoiyaxloqiy tamoyil mavjud bo’lib, ular emansipasiya (kattalar
ta’siridan qutulish) va mustaqillikka erishish, hayot yo’li va kasbhunar tanlashga
jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiyaxloqiy normalarni o’zlashtirishdan
iboratdir. Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e’tibor bermas ekan,
o’smirlik davri qancha bo’lishidan qat’i nazar, u bolaligicha qolaveradi. R. Kulen
o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning psixologik
xususiyatlarini ham hisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor qiladi
ko’pchiligida moddiy ehtiyojlar ma’naviylaridan ustun qo’yilib, shu orqali
bolalarning qimmat narsalarga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi.
Erkalash, moddiy ta’minlash sovet pedagogikasining prinsiplariga to’liq mos
keladi. Lekin bu usullar bir tomonlama, oshirib qo’llanilganda erkalash natijasida
bolada egoistlik paydo bo’ladi, uni parvarish qilish natijasida mustaqilligi
yo’qoladi, birgalikda faoliyat yuritmaslik emotsional kontaktlardan ayiradi.
Tarbiya tizimida ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogikpsixologik
faoliyatini quyidagilarga bo’lib o’rganilsa, to’g’ri deb o’ylaymiz, ya’ni:
1) shaxslarning psixikasiga og’zaki, yozma va texnik vositalar orqali ta’sir
etish;
2) shaxslarning intellektual darajasi va uni rivojlantirishga pedagogik
psixologik faoliyatni yo’naltirish;
5 3) shaxslarning xattiharakatida tarbiyaga bo’ysuna bilish yoki bo’ysuna olmaslik
harakatlarini ham o’rganib borish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Voyaga yetmaganlar ishlari
bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida»gi (2000 yil 27
sentyabr)
Jazoni o’tab qaytgan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishda,
avvalo, ular bo’sh vaqtlarini qanday, qayerda o’tkazishlari va qanday
mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari o’rganiladi. Shular asosidagina yakka
tartibdagi tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki
bunday shaxslarning bo’sh vaqti samarali tashkil etilishiga ichki ishlar organlari
xodimlarining yetarli, kerakli darajada e’tibor bermasligi tarbiyada kamchiliklarga,
eng asosiysi, jazoni o’tab qaytgan shaxslar ustidan o’rnatiladigan nazoratning
pasayishiga olib keladi. Bunday hol esa jazoni o’tab qaytgan shaxslarning
jamiyatga zid psixologiyaga ega kishilar bilan umumiy til topishishlariga yordam
beradi, tezlashtiradi.
Rolli o’yinlardan yana biri – “Adolat o’lkasiga sayohat” deb nomlangan.
O’yinning maqsadi o’quvchilar huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda
huquqiy idrok va zehnni shakllantirish. Mazkur o’yin bellashuv tarzida
uyushtirilipga mumkin. Unda ikki yoki to’rtta guruh ishtirok etib, bir qator
shartlarni bajaradilar.
Adolat o’lkasi bir necha ko’cha Bilag’onlar, Konstitusiya, Izquvar,
Jumboq, Tafakkur, Mahorat nomli ko’chalardan iborat bo’lib, guruhlap ushbu
ko’chalarda bo’lgan vaqtlarida ular nomi bilan bog’liq shartlarni bajarishlari lozim.
Chunonchi:
Bilag’onlar ko’chasi. Bu yerda har guruh portretlarda tasvirlangan yoki
o’zlari tanlab olgan varaqalarda nomlari yozilgan davlat, siyosat va huquq
6 arboblariniig hayoti, faoliyati to’g’risida hikoya qilib berishlari kerak bo’ladi.
O’yinda Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Fayzulla
Xo’jayev, Akmal Ikromov, Yo’ldosh Oxunboboyev, Usmon Yusupov, Sharof
Rashidov, Jahon Obidova, Xadicha Sulaymonova, Islom Karimov va boshqa
shaxslarning portretlari ko’rsatilishi hamda ular to’g’risida ma’lumotlar berilishi
talab etilishi mumkin.
Konstitusiya ko’chasi. U yerda har bir guruhning O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi mazmunini qay darajada bilishlari hamda sharxlay olishlari
aniqlanadi. Guruh a’zolarining bu boradagi bilimlarini aniqlash Respublika
Qomusi bo’yicha tuzilgan savollarga ularning bergan javoblarini besh balli tizim
bo’yicha baholash asosida kechadi.
Izquvarlar ko’chasi. Bu yerda guruhlarga 8 yoki 10 ta yuridik so’zdan iborat
hikoya tuzish vazifasi tolshiriladi. Guruhlar o’zlariga berilgan quyidagi so’zlar:
sud, o’g’rilik, jazo muddati, qoralovchi, hukm, surishtirish, qaror, yil va hokazolar
yordamida shartni bajarishlari mumkin, bu so’zlar bellashuv hay’ati tomonidan
taqdim etiladi. Yoki boshqa mazmundagi shartlarni bajarishlari mumkin. Masalan
A.KonanDoylning “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” nomli
asaridan olingan, jinoiy xattiharaktlar sirini ochish borasidagi syujet berilishi
mumkin.
Jumboq ko’chasi. Bu yerda guruhlar e’tiboriga huquqiy mazmundagi rebus
yoki krossvord (boshqotirmalar)larni yechish vazifasi yoki quyidagi ko’rinishdagi
jadval mazmunini yoritish topshiriladi:
a) O’zbekiston Respublikasi
Qomusining quyida berilgan bo’lim va
boblarining qanday nomlanishini ayting;
1 bo’lim 1 bob
2 bo’lim VII bob
5 bo’lim XXI bob
6 bo’lim
7
3 bo’lim XIV
4 bo’lim XVI b) Quyida berilgan ifodalar
qaysi yuridik hujjatlarning mazmunini
yoritmoqda:
Topshiriqlar
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’limtarbiya
O’zbekiston umumta’lim maktabi o’z
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlatlari
berish; kasbhunar o’rganishning huquqiy
faoliyatida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga,
huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuqori darajadagi
asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim
shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan
huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy
olishdan iborat konstitusiyaviy huquqni
boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur
bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun
ta’minlashga qaratilgan.
Nizomga amal qiladi.
huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli
muntazam tizimini yaratadi.
Ushbu ko’chada beriluvchi shartlarning tarkibi huquqiy lingvistikadan ham
iborat bo’lishi mumkin. Masalan: quyida berilgan qo’shimchalar orasida shunday
bir mustaqil so’zlarni yozingki, natijada yuridik atama yoki ikki, uch so’zdan
iborat tizim hosil bo’lsin:
QO...LIK aloqa almashuv vositasi yordamida hosil qilinuvchi jinoyat
tarkibi (qotillik);
TAL...ChI lahza, muddat yordamida hosil qilinuvchi jinoyat sodir etgan
shaxs (talonchi);
BOS...ChI pichoq solinuvchi maxsus niqob yordamida hosil qilinadigan
jinoyatchi nomi (bosqinchi);
8 TAD...KOR sanoq soni yordamida hosil qilinuvchi jismoniy shaxs,
ma’lum soha egasi (tadbirkor).
Tafakkur ko’chasi. Bu yerda har bir guruh “O’zbekiston davlat va huquqi
asoslari” kursi doirasidagi istalgan mavzu yuzasidan ko’rsatmali qurol, jadval yoki
tarh tayyorlash kerak bo’ladi.
Mahorat ko’chasi. Bu yerda har bir guruh, huquqiy mavzudagi she’r, qo’shiq
ijro etib berishlari kerak (mazkur shartda axloqiy mavzudagi, xususan, adolat,
haqiqat, odillik, vatanparvarlik, insonparvarlik, diyonat, vijdon kabi tuyg’ular
haqidagi badiiy asar namunalaridan ham foydalanish mumkin).
XULOSA
O’zbekistonning kelajagi bo’lgan yosh avlodni jismoniy sog’lom, aqliy yetuk,
axloqiy pok, manaviy boy, insofli, diyonatli qilib tarbiyalash g’oyat murakkab va
mas’uliyatli vazifadir. Shu maqsadda Respublikamizda jamiyatni sog’lomlashtirish
va har bir narsaga yangicha qarash jarayoni og’ishmay amalga oshirilmoqda. Shu
bilan birgalikda yoshlar tarbiyasiga e’tibor kuchaymoqda.
TAVSIYALAR
1. Yoshlarga sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar statistikasi va ularga
qo’llangan jazolar haqida ma’lumotlarni yetqaizsh. (og’zaki)
2. O’quv maskanlari va harbiy qismlarda huquqbuzarlik va jinoiy ishlarga
doir fotosuratlar, va ushbu hattiharakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarlik
moddalari aks etgan plakatlarni joriy qilish. (ko’rgazma)
3.Joylarda yoshlarga huquqbuzarlik va jinoiy ishlarga doir fotosuratlar, va
ushbu hattiharakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarlik moddalari aks etgan
bukletlar tarqatish. (material)
9 4.Shaxs madaniyati va uni shakllantirishning maqsadli tizimini ishlab
chiqish, huquqiy axborotli muhitni qaror toptirish.
5. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishning falsafiy, pedagogik,
psixologik va huquqiy jihatlariga doir qo’llanmalari va metodik tavsiyanomalar
yaratish.
6.O’smirlarning huquqiy madaniyati darajasi va ahvolini aniqlash maqsadida
Respublika mutasaddi tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda jamoatchilik
hamkorligida ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish, bu asosda istiqbol rejalari va amaliy
tadbirlarni belgilash.
10
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Как вести себя со студентами если ты молодой преподаватель
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.